Научная статья на тему 'RAQAMLI DIDAKTIKANING HAMDA АXBОRОT TEXNОLОGIYАLАRINING TАSVIRIY SАN’АT О‘QITUVCHISI KАSBIY FАОLIYАTIDАGI O‘RNI'

RAQAMLI DIDAKTIKANING HAMDA АXBОRОT TEXNОLОGIYАLАRINING TАSVIRIY SАN’АT О‘QITUVCHISI KАSBIY FАОLIYАTIDАGI O‘RNI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
аxbоrоt texnоlоgiyаlаri / kоmpyuter dаsturlari / tаsviriy sаn’аt / elektrоn resurs / ilоvа / internet pоrtаli / reprоduksiya albоmlari.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Xudayberdiyev Mirоlim Iskandar О‘G‘Li

Ushbu Mаqоlаdа аxbоrоt texnоlоgiyаlаrini tаsviriy sаn’аt о‘qituvchisining kаsbiy fаоliyаtidаgi о‘rni kо‘rib chiqilаdi. Аn’аnаviy tаsviriy sаn’аtdаgi о‘zgаrishlаrning о‘qitish jаrаyоnigа texnоlоgiyаni bevоsitа jоriy etish sоhаsi tаhlil qilinаdi vа kоmpyuter dаsturlаri vа qо‘shimchа ishlаnmаlаrdаn fоydаlаnish qulayliklari haqida sо‘z bоradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «RAQAMLI DIDAKTIKANING HAMDA АXBОRОT TEXNОLОGIYАLАRINING TАSVIRIY SАN’АT О‘QITUVCHISI KАSBIY FАОLIYАTIDАGI O‘RNI»

RAQAMLI DIDAKTIKANING HAMDA АXBОRОT TEXNOLOGIYALARINING TASVIRIY SAN'AT O'QITUVCHISI KASBIY FAOLIYATIDAGI O'RNI Xudayberdiyev Mirolim Iskandar o'g'li

Qori Niyoziy nomidagi O'zPFITI 2-kurs tayanch doktoranti https://doi.org/10.5281/zenodo.10982296

Annotatsiya. Ushbu Maqolada axborot texnologiyalarini tasviriy san'at o'qituvchisining kasbiy faoliyatidagi o'rni ko'rib chiqiladi. An'anaviy tasviriy san'atdagi o'zgarishlarning o'qitish jarayoniga texnologiyani bevosita joriy etish sohasi tahlil qilinadi va kompyuter dasturlari va qo'shimcha ishlanmalardan foydalanish qulayliklari haqida so'z boradi.

Kalit so'zlar: axborot texnologiyalari, kompyuter dasturlari, tasviriy san'at, elektron resurs, ilova, internet portali,reproduksiya albomlari.

Аннотация. В dannou cmambe paccMampmaemcnponb инфoрмaциoнных mexHonozuu в прoфeссиoнaльнoй деятельшсти учителя изoбрaзитeльнoгo ucKyccmea. Анaлизируются изменения в трaдициoннoм изoбрaзитeльнoм ucKyccmee в oблaсти нeпoсрeдствeннoгo внeдрeния тeхнoлoгий в учебный npo^cc, oбсуждaeтся ydo6cmeo испoльзoвaния квмпьютерных прoгрaмм и дoпoлнитeльныхpa3pa6omoK

Ключевые слова: инфврмaцивнныe тeхнвлвгии, koмпьютерные првгрaммы, извбрaзитeльнвe искусствв, элeктрвнный ресурс, прилвжeниe, интeрнeт-пвртaл, рeпрвдукцивнныe aльбвмы.

Abstract. This article examines the role of information technology in the professional activity of a fine arts teacher. Changes in traditional fine arts are analyzed in the area of direct introduction of technology to the teaching process, and the ease of use of computer programs and additional developments is discussed.

Keywords: information technologies, computer programs, visual arts, electronic resource, application, internet portal, reproduction albums.

Axborot texnologiyalarining keng tarqalishi hayotning barcha sohalariga ta'sir ko'rsatyapti va shu jumladan tasviriy san'at o'qituvchisi kabi kasbiy faoliyatni e'tiborsiz qoldirmayapti. Tasviriy san'atning o'zi kompozitsiya jihatdan qo'l mehnati inson aql idroki mahsuli sifatida bilimlarni o'z ichiga olgan murakkab jarayon hisoblanadi. Lekin bu sohada axborot texnologiyalarini joriy etish tasviriy san'atni umumta'lim va san'at maktablarida, keyinchalik oliy o'quv yurtlarida o'qitish hozirgi globallashuv jarayoni talabi bo'lib bormoqda.

Tasviriy san'atda AKT dan foydalanishning qulayliklari [1]::

- uni o'rgatish aniq multimedia uskunalaridan foydalanish imkonini beradi

- nazariy va ko'rgazmali materiallarni birlashtirib, taqdimotni yaxshilaydi

va talabalar tomonidan ma'lumotlarni o'zlashtirish imkoniyatini kengaytiradi.

Bundan tashqari adunyoning mashxru rassomlari tomonidan yaratilgan mashxur asarlarning tasvirlari taqdim etiladigan Internet kabi manba yuqori natijani beradi va eng kichik detallari va afzalliklarini ham ko'rastib berish imkonini beradi;

Bularning barchasini esa ommaga ochiq va turli formatlarda taqdim etish, matn, tasvirlar (fotosuratlar, diagrammalar, rasmlar), audio yozuvlar, videolar, taqdimotlar va boshqalarni taqdim etish orqali tanishtirish mumkin bo'ladi.

Bu nafaqat kattalar uchun balki kichik yoshdagi o'quvchilar uchun ham juda qulay va ulardan foydalanish o'quv jarayonini sezilarli darajada osonlashtiradi va shu bilan birga materialni taqdim etishda izchillik tamoyilini amalaga oshiradi. Masalan: (1-rasm),

Tasviriy san'atni o'rgatish uchun o'yin simulyatorlari

Shunday qilib, yangi kompyuter texnologiyalari yordamida o'quv jarayonini tezlashtirish va tasviriy san'at sohasida olingan ta'lim sifatini sezilarli darajada oshirish. Natijada ta'lim muassasalarida malakali kadrlar yetishib chiqishiga ta'sir qiladi va bu esa shaxslarning keyingi kasbiy faoliyati to'g'risida, shuningdek, ushbu sohadagi mutaxassislarning umumiy malakasi darajasining oshishiga olib keladi.

Bu zamonaviy tasviriy san'at yangi bosqichga ko'tarilganligi bilan izohlanadi. Ushbu soha mutaxassislari hozirda sezilarli darajada an'anaviy vositalar, usullar va materiallardan tashqari, axborot texnologiyalaridan faol foydalanmoqdalar. Rassomlar o'z asarlarini yaratish va takomillashtirish uchun kompyuter dasturlaridan (masalan, Adobe Photoshop, CorelDraw va boshqalar) foydalanadilar, shuningdek Internet orqali o'z ijodini reklama qilib tijorat yo'li sifatida keng targ'ib qilgan holda o'z asarlarini dunyo bo'ylab oldi sotdi ishlarini amalaga oshirmoqda [2]:.

Yuqoridagilarning barchasini hisobga olgan holda, biz ushbu kasbiy faoliyatga axborot texnologiyalari ta'sirining uchta asosiy yo'nalishini ajratib ko'rsatishimiz mumkin:

Tasviriy san'atga qiziqadigan insonlar ko'pchilikni tashkil qiladi hozirgi kunda. O'zlarini qiziqtirgan barcha san'at asarlari bilan shaxsan tanishish uchun dunyoning barcha muzeylariga va shaxsiy kolleksiyalarga tashrif buyurishini istashadi ammo bu juda ko'pchilik uchun iqtisodiy va itimoiy tarafdan deyarli imkonsiz. Ammo bunday muammo axborot texnologiyalari yordamida butunlay hal qilsa bo'ladi. Bunda muzey va galereyalarning veb-saytlari, tasviriy san'atga bag'ishlangan internet portallari va, albatta, turli elektron axborot vositalarida jahonga mashhur asarlar kataloglarining paydo bo'lishi asosiy rol o'ynaganini ta'kidlash lozim [3] (2-rasm).

Ma'lumot olish uchun muzeylarda QR kodlardan foydalanish mobil ilova orqali san'at asari haqida

Bir qancha vaqtlar ilgari rassomlar o'z asarlarini keng ommaga taqdim etish uchun juda ko'p mehnat qilishgan. Hozirgi vaqtda esa yosh rassomlar o'zlarining yaratgan asarlarini keng ommaga bemalol namoish qilishmoqda albatta bularning tagida IT texnologiyalarining yordami mavjud.

Yuqorida aytib o'tilganidek, yangi texnologiyalar tasviriy san'at rivoji uchun sezilarli darajada ta'sir ko'rsatmoqda. Masalan, uch o'lchovli animatsiya, virtual haqiqat, interaktiv tizimlar va boshqalar.

Qishloq sharoitidagi maktab talab ava o'quvchilarining mustaqil bilim olishi, ijodiy mehnat qilishi uchun internet tarmog'ining o'rni katta. Ko'pincha bu tasviriy va amaliy san'at, arxitektura, dizayn haqida mavjud ma'lumotlarning yagona manbai hozirgi kunda internet xizmatlari hisoblanadi. Lekin ayrim olis hududlarda bu himatlar yetarli darajada emas. Hozirgi kunda shunday holat va vaziyatlar uchun yuqori sifatli reproduksiya albomlari mavjud bulardan foydalaniosh va ulani qo'llashni albatta oq'ituvchilar tomonidan o'quvchilarga yetarli darajada kompetensiyalarni o'rgata olishi lozim.

REFERENCES

1. Eroxin S.V. Zamonaviy tasviriy san'atdagi raqamli texnologiyalar // Voronej davlat pedagogika universiteti yangiliklari. - 2008. - 8-son. - 145-148-betlar

2. Zabaturina E.P. Tasviriy san'at va zamonaviy axborot texnologiyalari [Elektron resurs]. -Kirish rejimi: http://nsportal.ru/shkola/izobrazitelnoe-iskusstvo/library/2013/01/26/izobrazitelnoe-iskusstvo-i-sovremennye (kirish sanasi: 04/07/2017).

3. Maistrovich T.V. Kutubxonalar va muzeylar "shaxsiy madaniyat muassasalari" kontekstida. - M., 2008 yil.

4. Petrenko M.K. Tasviriy san'at va MHK o'qitishda zamonaviy innovatsion texnologiyalardan foydalanish [Elektron resurs]. - Kirish rejimi: https://www.metod-kopilka.ru/ispolzovanie_sovremennyh _innovacionnyh_tehnologiy_v_ obuchenii_izobrazitelnomu_iskusstvu_i_mhk-31827.htm (kirish sanasi: 04/07/2017).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.