Научная статья на тему 'RAJA RAM MOHAN ROY QARASHLARIDAGI IJTIMOIY VA FALSAFIY MASALALAR'

RAJA RAM MOHAN ROY QARASHLARIDAGI IJTIMOIY VA FALSAFIY MASALALAR Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Hindiston / bag’rikenglik / XVIII asr Hindiston ijtimoiy muhiti / “Brahma samach” / jamiyat / diniy nizolar / madaniyat / millat / ayollar huquqlari / Satiya / Hindu kolleji / kasta / diniy islohot / Vedalar. / India / tolerance / 18th century Indian social environment / Brahma samach / society / religious conflict / culture / nation / women’s rights / Satya / Hindu College / caste / religious reform / Vedas.

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Qorakoʻz Muxtorjon Qizi To‘Lanboyeva, Jasur Sulaymanov

Ushbu maqolada Hindistonning yirik islohotchilaridan biri hisoblangan Raja Ram Mohan Royning faoliyati, uning jamiyat rivojiga hissa qo’shgan qarashlaridagi masalalar ko’rib chiqiladi hamda islohotchilik harakatlari tahlil etiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SOCIAL AND PHILOSOPHICAL ISSUES IN THE VIEWS OF RAJA RAM MOHAN ROY

This article examines the activities of Raja Ram Mohan Roy, who is considered one of the great reformers of India, the issues of his views that contributed to the development of society, and analyzes the reform efforts.

Текст научной работы на тему «RAJA RAM MOHAN ROY QARASHLARIDAGI IJTIMOIY VA FALSAFIY MASALALAR»

RAJA RAM MOHAN ROY QARASHLARIDAGI IJTIMOIY VA

FALSAFIY MASALALAR

Qorako'zMuxtorjon qizi To'lanboyeva

3-kurs Falsafa (Sharq falsafasi va madaniyati) ta 'limyo 'nalishi talabasi

Tosh ken t davlat sharqshunoslik un iversiteti,

Toshkent O 'zbekiston. Ilmiy rahbar: Jasur Sulaymonov PhD, Sharq falsafasi va madaniyati kafedrasi mudiri, Tosh ken t davlat sharqshunoslik un iversiteti,

Toshkent O'zbekiston.

Annotatsiya: Ushbu maqolada Hindistonning yirik islohotchilaridan biri hisoblangan Raja Ram Mohan Royning faoliyati, uning jamiyat rivojiga hissa qo 'shgan qarashlaridagi masalalar ko 'rib chiqiladi hamda islohotchilikharakatlari tahlil etiladi.

Tayanch tushuncha va iboralar: Hindiston, bag'rikenglik, XVIII asr Hindiston ijtimoiy muhiti, "Brahma samach ", jamiyat, diniy nizolar, madaniyat, millat, ayollar huquqlari, Satiya, Hindu kolleji, kasta, diniy islohot, Vedalar.

SOCIAL AND PHILOSOPHICAL ISSUES IN THE VIEWS OF RAJA RAM

MOHAN ROY

Karakoz Tolanbayeva

3rdyear student of Philosophy (Eastern philosophy and culture).

Tashkent State University of Oriental Studies,

Tashkent, Uzbekistan. Scientific supervisor: Jasur Sulaymanov

PhD, senior lecturer of the Department of Eastern Philosophy and Culture

Tashkent State University of Oriental Studies,

Tashkent, Uzbekistan.

Abstract: This article examines the activities of Raja Ram Mohan Roy, who is considered one of the great reformers of India, the issues of his views that contributed to the development of society, and analyzes the reform efforts.

Key concepts and expressions: India, tolerance, 18th century Indian social environment, Brahma samach, society, religious conflict, culture, nation, women's rights, Satya, Hindu College, caste, religious reform, Vedas.

СОЦИАЛЬНЫЕ И ФИЛОСОФСКИЕ ПРОБЛЕМЫ МНЕНИЯМИ

РАДЖИ РАМ МОХАНА РОЙ

КаракозМухтарджоновна Толанбоева

Студентка 3 курса факультета философии (Восточная философия и культура). Ташкентский государственный университет востоковедения,

Ташкент, Узбекистан.

Научный руководитель: Джасур Сулайманов Кандидат философских наук, старший преподаватель кафедры восточной

философии и культуры Ташкентский государственный университет востоковедения,

Ташкент, Узбекистан.

Аннотация: В данной статье рассматривается деятельность Раджи Рам Мохана Роя, считающегося одним из великих реформаторов Индии, вопросы его взглядов, способствовавших развитию общества, и анализируются реформаторские усилия.

Ключевые понятия и выражения: Индия, толерантность, индийская социальная среда XVIII века, Брахма самач, общество, религиозный конфликт, культура, нация, права женщин, Сатья, индуистский колледж, каста, религиозная реформа, Веды.

KIRISH. INTRODUCTION. ВСТУПЛЕНИЕ.

Raja Ram Mohan Roy Hindiston, shuningdek, Bengaliya tarixida o'chmaz iz qoldirgan yirik shaxs hisoblanadi. Shu sababli ham,"Zamonaviy Hindistonning otasi" yoki, "Bengal Uyg'onish davrining otasi" nomlari bilan tanilgan. Robendrat Tagor Ram Mohan Royni "hind tarixi osmonidagi yorqin yulduz" deb ta'kidlaydi.

Dastlab, Raja Ram Mohan Roy hayoti haqida ma'lumot berib o'tsak. Shu bilan birga o'sha davr ijtimoiy-siyosiy, diniy muhit bilan ham tanishib chiqamiz.

1772-yil 22-may oyida Bengal hududining Hugli tumani, Radhanagar shahrida pravoslav bengal hindu oilasida tug'ilgan. Uning ta'lim olish jarayoni Patna hududi bilan bog'liq. Ram Mohan Roy Patnaga o'qishga yuboriladi va o'sha yerda arab va fors tillarini o'rganadi. Ba'zi manbalarga ko'ra, Raja Rammohan Roy o'n besh yoshida bengal, fors, arab va sanskrit tillarini o'rgangan1. Shuningdek u hindiy va ingliz tillarini ham yaxshi egallagan.

Keyingi ta'lim jarayonlarida Ram Mohan Roy Qur'onni hamda Arastu va Aflotun asarlarining arabcha tarjimalarini, so 'fiy tasavvuf shoirlarining ijodlarini o'qiy boshlaydi. Uning qarashlarida falsafa ham alohida o'ringa ega. U Varanasiga borib, Vedalar, Upanishadlar va Hindu falsafasini chuqur o'rgandi. O'sha davrda jamiyatdagi kata ta'sirga ega bo'lgan Xristianlik va islom dinini ham o'rgangan. U nasroniylikning marosimlarini tanqid qildi va Iso Masihni Xudoning mujassamlanishi sifatida rad etdi. Isoning amrlarida (1820) u mo'jizaviy hikoyalar orqali etkazilgan Yangi Ahdning axloqiy va falsafiy xabarlarini ajratishga harakat qildi.2 Ram Mohan Roy o'zi yashab turgan muhitdagi barcha mafkuralar bilan tanishishga harakat qiladi. Chunki mavjud vaziyatni o'zgartirish uchun har bir omillarni tahlil eta bilish kerak.

O'n olti yoshida u hindlarning butga sig'inishini oqilona tanqid qila boshlaydi. Keyinchalik Ram Mohan Roy monoteistik qarashlarga asoslangan g'oyalarni ilgari sura boshlaydi.

1803-yildan 1814-yilgacha u Vudford va Digbi qo'l ostida Sharqiy Hindiston (Ost India) kompaniyasida shaxsiy devon bo'lib xizmat qildadi. 1814-yilda u ishdan voz kechib, hayotini diniy, ijtimoiy va siyosiy islohotlarga bag'ishlash uchun Kalkuttaga boradi. 1830-yil noyabr oyida u Sati amaliyotini taqiqlovchi qonun tufayli yuzaga kelishi mumkin bo'lgan tartibsizliklarga qarshi turish uchun

1 m - vRM ^OM^^TW (byjus.com)

2 2 https://www.drishtiias.com/hindi/daily-news-analysis/raja-ram-mohan-roy-1 www.sharqiurnali.uz

Angliyaga ketadi. U Angliyaga Boburiy hukmdor Akbarshoh II (Bahodirshohning otasi) elchisi sifatida tashrif buyurgan va 1833-yil sentabrda Angliyaning Bristol shahridankasallikdan vafot etgan. Boburiy hukmdor Akbar II unga Dehlining "Rajasi" unvonini berdi va uning shikoyatlarini Britaniya qiroliga taqdim qildi.

USLUBLAR. METHODS. МЕТОДЫ.

Maqolada muhokama qilinadigan muammolarni tadqiq qilish uchun bir qator metodlardan foydalanildi. Xususan, deduktiv va komparativistik metodlardan foydalanildi.

NATIJALAR. RESULTS. РЕЗУЛЬТАТЫ.

Ram Mohan Roy ilm olish jarayonida g'arbiy zamonaviy g'oyalar bilan tanishar ekan, ratsionalizm va zamonaviy ilmiy yondashuvga urg'u berish kerak ekanligini tushunib yetadi. Ram Mohan Royning o'zi tug'ilgan joy- Bengaliyadagi diniy va ijtimoiy tanazzul jamiyatdagi bevosita muammolardan biri edi. Shu sabali mavjud vaziyatni yaxshi tomonga o'zgartirish, o'z xalqini yana-da ma'rifatli bo'lishi uchun o'zining islohotchilik harakatlarini olib bora boshladi. Bu harakatlar keng tarmoqlarda amalga oshirilgan. Uning diniy islohotchilik g'oyalariga nazar soladigan bo'sak, u diniy fundamentalizm jamiyatning ahvolini yaxshilash o'rniga ijtimoiy hayotga zarar yetkazadi va odamlarni ko'proq iztirobga soladi, deb hisoblagan.3 Shuningdek, Ram Mohan Roy ijtimoiy va siyosiy rivojlanishda diniy islohot birlashmalari samarali qurol ekanligiga ishondi va buni tasavvurida avvaldan shakllantirib kelgan edi. O'z dinidagi kamchiliklarni baholash uchun jamiyatda bor bo'lgan boshqa dinlarni ham o'rganib chiqadi. Yillar davomida hinduiylik tamoyillari o'zgarishga uchraganligi sababli uni asl mohiyatini tiklash va ommaga tushuntirish uning asosiy maqsadiga aylandi. Ram Mohan Roy islom monoteizmidan juda ta'sirlanadi. Uning aytishicha, monoteizm ham Vedantaning asosiy xabaridir. U monoteizm insoniyat uchun umumiy modelni qo'llab-

3Mandal, M. M. M., & Behera, S. K. (2015). Raja Ram Mohan Roy as an educational reformer: An evaluation. International Journal of Humanities & Social Science Studies, 1(4), 91-95.

quvvatlaydi, deb hisoblaydi. Bundan tashqari, monoteizm hinduizm va nasroniylik politeizmini tuzatuvchi qadam bo'lishi kerakligini izohlaydi.

Ram Moxan Roy har bir gunohkor o'z gunohlarini yuvishi kerak va bu poklanish dabdaba va marosimlar orqali emas, balki o'zini poklash va tavba qilish orqali amalga oshirilishi kerakligini ta'kidlaydi. U butga sig'inishga qarshi bo'lgan. Diniy matnlarni sharhlash uchun ruhoniylar qatlamiga ehtiyoj borligini rad etdi. Buning natijasida Vedalarning xatosiz ekanligi haqidagi nazariyani ommalashtirdi. U barcha odamlarning ijtimoiy tengligiga ishongan va shuning uchun kasta tizimining kuchli tanqid ostiga olgan.

Raja Ram Mohan Royning birinchi nashri "Tuhfat-ul-muvahidin" (Xudolarga sovg'a) 1803-yilda yozilgan bo'lib, unda hindlarning mantiqsiz diniy e'tiqodlari va noo'rin amaliyotlari ochib beriladi. 1814-yilda u butga sig'inish, kastachilikdagi qattiqqo'lliklar, ma'nosiz marosimlar va boshqa ijtimoiy ,,yovuzliklar" ga asoslangan harakatlarga qarshi norozilik bildirish uchun Kalkuttada Atmiya Sabhaga asos solgan. Ram Mohan Roy o'zining ijtimoiy islohotchilik harakati davomida 1821-yilda Kalkutta Unitar uyushmasini va 1828-yilda Brahmo Sabhani (keyinchalik Brahmo Samajga aylandi) asos soldi.

MUHOKAMA. DISCUSSION. ОБСУЖДЕНИЕ.

Raja Ram Mohan Royning faoliyatidagi yana bir ajralib turuvchi jihati ayollarning huquqlari va ularning jamiyatdagi o'rni qanday belgilanishi borasidagi qarashlaridir. Uning fikricha, agar ayollar savodsizligi, bolalar nikohi, sati amaliyoti kabi g'ayriinsoniy shakllardan xalos bo'lmasa, hind jamiyati rivojlana olmaydi. Ayniqsa Sati harakatini insoniy hamda ijtimoiy munosabatlarning buzilishi va kastaning axloqiy tanazzulining natijasi sifatida tasvirlaydi. Shuning uchun kasta tizimiga, xurofot va giyohvandlikka, daxlsizlikka, qarshi turdi. U bolalarni turmush qurishiga, ayniqsa yosh qizlarni erta turmushga berib yuborishiga, ayollarning savodsizligiga, beva qolgan ayollarning xorlovchi holatlariga qarshi kurash olib bordi. Shu bilan birga ayollarga meros va mulk huquqiga ega bo'lishlarini t alab qildi. Jamiyatdagi bu illatlarni xalqqa ma'rifat ulashish orqali bartaraf etish maqsadi

www.sharqiurnali.uz

ko'zda tutilgan edi. Fuqarolik erkinliklari masalalarida ham Ram Mohan Royning bir qancha yondashuvlari mavjud edi. Masalan, u Britaniya konstitutsiyaviy boshqaruv tizimi tomonidan odamlarga berilgan fuqarolik erkinliklarini ko'rib juda hayratlandi va o'sha boshqaruv tizimining afzalliklarini hind xalqiga ham yetkazmoqchi edi. Bunday g'oyalar o'sha davr uchun dastlabki oshkor tarzda amalga oshirilgan harakatlarga yo'l ochdi.

Raja Ram Mohan Roy bengaliyalik uy egalarining zolim munosabatlarini tanqid ostiga oldi va minimal ijara haqini belgilashga harakat qildi. Shuningdek, u soliq masalalarini ham isloh qilishda bir qancha talablarni qo'ydi. U xorijdagi hind tovarlariga nisbatan eksport bojlarini kamaytirish va Sharqiy Hindiston (Ost India) kompaniyasining savdo huquqlarini bekor qilishga chaqirdi. U yaxshiroq xizmatlarni hindlashtirishga va ijro etuvchi hokimiyatni sud hokimiyatidan ajratishga intildi. U hindlar va yevropaliklar o'rtasida tenglikni talab qildi.

Ram Mohan Roy vatandoshlari orasida zamonaviy ta'limni yoyish uchun juda ko'p harakat qildi. U 1817-yilda Devid Xarening hind kollejini tashkil etish bo'yicha sa'y-harakatlarini qo'llab-quvvatlagan, Royning ingliz maktabida esa mexanika va Volter falsafasidan dars bergan. 1825-yilda u Vedanta kollejiga asos soldi, bu yerda hindshunoslik va G'arb ijtimoiy va fizika fanlari o'qitildi. 1817-yil 20-yanvarda tashkil etilgan Hindu maktabiga Raja Ram Mohan Roy, Radxakant Deb, Devid Xare, adliya ser Edvard Xayd East, Baidyanat Muxopadxay va Rasmay Dutt asos solgan. Hindu kollejining kichik bo'limi Hindu maktabi deb o'zgartirildi. 1855-yilda Prezidentlik kollejiga aylantirilgan. Boshqacha qilib aytganda Osiyodagi eng birinchi oliy ta'lim muassasasi edi. 2010 yilda unga Prezidentlik universiteti sifatida mustaqil universitet maqomi berildi. 1944 yilda qizlarga kollejga kirishga ruxsat berildi va shundan beri kollej qo'shma ta'lim muassasasiga aylandi.4

Axborot almashinuvini rivojlantirish maqsadida nashr qilish va boshqa faoliyatlari bilan Hindistonda erkin matbuot uchun harakatni qo'llab -quvvatladi.

4 Siddharth, M. (2018). A study on raja ram mohan roy and abolision of sati system in India. International journal of

social science and economic research, 3(12), 7173-7180.

www.sharqjurnali.uz

1819-yilda Lord Xastings tomonidan matbuot senzurasi yumshatilganda, Ram Mohan Roy uchta jurnalni - Brahminist Patrika (1821-yil); Bengal haftaligi -Samvad Kaumudi (1821-yil) va forscha haftalik - Mirat-ul-akbar nashr ettiradi.

Raja Ram Mohan Roy 1828 yil avgustda Brahmo Sabhaga asos solgan, keyinchalik u "Brahmo Samaj" (Xudo Jamiyati) deb nomlangan. Brahmo Samajning maqsadi abadiy, erishib bo'lmaydigan, o'zgarmas Xudoga sig'inish va sajda qilish edi. "Barcha diniy e'tiqod va mazhab vakillari o'rtasida bag'rikenglik, xayriya, odob-axloq, xayrixohlikni targ'ib qilish, birdamlik rishtalarini mustahkamlash"ga alohida e'tibor berilgan.

Dayanand Sarasvati tomonidan asos solingan Arya Samaj Ram Mohan Roy asos slogan Brahma Samach biroz farq qilinadi degan farazlar bor. Bunga ko'ra, Ariya Samajda Vedalarning benuqson hokimiyatiga ishonishga asoslangan qadriyatlar va amaliyotlarni targ'ib qilgan. Arya Samaj a'zolari yagona Xudoga ishonadilar va butlarga sig'inishni rad etadilar. Brahmo Samaj Vedalarning xatosizligiga ishonmagan.

Raja Ram Mohan Royning adabiy asarlari:

• ^W-^-^ciliBih (Tuhfat-ul-muvohidin) 1804-yil

• ïïM (Vedanta Gatha) 1815-yil

^14 Ф^ ФТ (Vedanta mohiyatining qisqartmasi

tarjimasi) 1816-yil

• Ф-Пчйч^ (Kenopanishad) 1816-yil

• ^ЧЙЧ^ (Ishopanishad) 1816-yil

• Ф0!чР|ьК (Kathopanishad) 1817-yil

• ^Ф ^ЧЙЧ^ (Mundaka Upanishad) 1819-yil

• i^ ^ Ф ^T (Hinduizmni himoya qilish) 1820-yil

• d Ä d ïïl^ С (Isoning ko'rsatmalari -tinchlik va baxt uchun qo'llanma) 1820-yil

• ^1ФЧи1 (Bengal tili grammatikasi) 1826-yil

• ^ ^ft^d frdta (Umumjahon din) 1829-yil

• HR^fa ФТ (Hind falsafasi tarixi) 1829-yil

• Itéfa ^1ФЧЧ (Gaudiya grammatikasi) 1833-yil5 XULOSA. CONCLUSION. ВЫВОДЫ.

Raja Ram Mohan Roy zamonaviy davrning ahamiyatini anglagan o'z davrining chinakam ziyoli insonlaridan biri edi. U qarashlarida insoniyat sivilizatsiyasining eng yuksak namunasi yakka holda erkinlikda emas, balki xalqlarning o'zaro hamkorligida, shuningdek, shaxslarning o'zaro bog'liqligi va birodarligida ekanligi namoyon bo'ladi. O'z millatini azaliy qadriyatlarini saqlagan holda, jamiyatga zamonaviy dunyoni tanitish va unda o'z o'rniga ega bo'lish harakatlari Ram Mohan Roy faoliyatidagi ajralmas qism hisoblanadi. Zamonaviy til bilan aytganda, gender tengligi masalalarini olib chiqishi, siyosiy jihatdan ayollarga ham erkinlik berilishini taklif qilishi o'sha davr uchun chinakam islohotchilik harakatlari edi. Bundan tashqari, uning falsafiy tafakkuridagi jihatlarni ,,Brahma Samaj" orqali ko'rishimiz mumkin. Dinlar o'rtasidagi asosiy brlashtirib turuvchi jihatlarni taklif qiluvchi konsepsiyasi yana bir falsafiy yondoshuvni bildiradi. Ram Mohan Roy Sati harakatini bekor qilish bilan birga, odamlarning fikrlash va tafakkurini ham o'zgartirishga to'xtovsiz harakat qildi va bunga oradan biroz vaqt o'tkach erishildi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR. REFERENCE. ЛИТЕРАТУРА:

1. https://m-hindi. webdunia.com/inspiring-personality/raia-ram-mohan-roy-121092700052_ 1. html?amp= 1

2. https://www. drishtiias .com/hindi/daily-news-analysis/raja-ram-mohan-roy-1

3. https://www. drishtiias .com/hindi/paper4/raja-ram-mohan-roy

4. 4Ml m - ^кЛч ^ШФ (byjus.com)

5. Shastri, A. (2018). Raja Ram Mohan Roy: The Great Emperor of Modern India. Anish Kumar Verma, 53.

5 https ://www.drishtiias .com/hindi/paper4/raja-ram-mohan-roy

"XXI acp: $aH Ba Tat^HM Maca^a^apw" h^mhh э^ектрон ^ypH&™. №1, 2024 hh^ ISSN: 2181-9874 SJIF 2022: 6.698

6. Siddharth, M. (2018). A study on raja ram mohan roy and abolision of sati system in India. International journal of social science and economic research, 3(12), 7173-7180.

7. Mandal, M. M. M., & Behera, S. K. (2015). Raja Ram Mohan Roy as an educational reformer: An evaluation. International Journal of Humanities & Social Science Studies, 1(4), 91-95.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.