Научная статья на тему 'BOBURIYLAR DAVRI FORSIYZABON ADABIYOTI. ZEBUNISO– FORS ADABIYOTINING «MAXFIY» CHEHRASI'

BOBURIYLAR DAVRI FORSIYZABON ADABIYOTI. ZEBUNISO– FORS ADABIYOTINING «MAXFIY» CHEHRASI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
191
44
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Sukunatning uch asri / Hindiston forsiyzabon adabiyoti / Boburiylar saltanati / hind uslubi / Zebuniso Begim. / Три века молчания / индийско-персидская литература / династия Бабур / индийский стиль / Зебунисо Бегум.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Turdiyeva, Oydin Zafardinovna

Mazkur maqola Hindiston adabiy muhitida shakllangan, ravnaq topgan forsiyzabon adabiyot va hind uslubi tadqiqiga bag‘ishlangan. Maqolada hind uslubning o‘ziga xos xususiyatlari hamda ushbu uslubda sermahsul ijod qilgan boburiy malika Zebuniso Maxfiy she’riyati tahlil qilinadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PERSIAN LITERATURE OF THE BABURIAN PERIOD. ZEBUNISO THE "SECRET" FACE OF PERSIAN LITERATURE

This article is devoted to the study of Persian-language literature and Indian style, which was formed and flourished in the literary environment of India. The article analyzes the unique features of the Indian style and the poetry of the Baburi princess Zebunisa Mahfi, who created prolifically in this style.

Текст научной работы на тему «BOBURIYLAR DAVRI FORSIYZABON ADABIYOTI. ZEBUNISO– FORS ADABIYOTINING «MAXFIY» CHEHRASI»

BOBURIYLAR DAVRI FORSIYZABON ADABIYOTI. ZEBUNISO- FORS ADABIYOTINING «MAXFIY» CHEHRASI

d https://doi.org/10.5281/zenodo.7394059

Turdiyeva Oydin Zafardinovna

filologiya fanlari doktori, dotsent Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Toshkent, O'zbekiston +99897 763-99-41; e-mail: [email protected]

ANNOTATSIYA

Mazkur maqola Hindiston adabiy muhitida shakllangan, ravnaq topgan forsiyzabon adabiyot va hind uslubi tadqiqiga bag'ishlangan. Maqolada hind uslubning o'ziga xos xususiyatlari hamda ushbu uslubda sermahsul ijod qilgan boburiy malika Zebuniso Maxfiy she 'riyati tahlil qilinadi.

Kalit so 'z va iboralar. Sukunatning uch asri, Hindiston forsiyzabon adabiyoti, Boburiylar saltanati, hind uslubi, Zebuniso Begim.

Eron adabiyotining mumtoz davri adabiyotshunoslikda keng va atroflicha tadqiq etilgan. XVI-XVIII asrlar esa olimlar tomonidan «sukunatning uch asri» deb nomlangan va еtarlicha o'rganilmagan. Nashr etilgan devonlarning so'zboshisi, adabiyot tarixi kitoblarida keltirilgan o'sha davr va uning namoyandalari haqidagi qisqacha ma'lumotlar, shu bilan birga ayrim risola va maqolalarni hisobga olmaganda jiddiy tadqiqotlar deyarli yo'q.

Ma'lumki, XVI asrgacha bo'lgan Eron adabiyoti O'rta Osiyo xalqlari adabiy va madaniy hayoti bilan chambarchas bog'liq bo'lgan. XVI asrga kelib Eron va O'rta Osiyo ikki kuch - bir tomondan Shayboniyxon boshchiligidagi o'zbek qabilalari, ikkinchi tomondan fors-ozarbayjon qabilalaridan iborat Safaviylar tomonidan istilo qilindi. Bu ikki kuchning to'qnashuvi natijasida O'rta Osiyo - Shayboniylar, Eron va Xuroson esa safaviylar hukmronligi ostiga o'tadi. Bulardan tashqari uchinchi bir davlat - Amir Temur avlodlari tomonidan asos solingan Hindistondagi Boburiylar davlati bo'lib, bu uchala davlatda XVI-XVIII asrlar mobaynida forsiyzabon adabiyot ravnaq topdi. Bungacha bu xalqlar adabiyoti uslub, til, mazmun va shaklda mushtarak bo'lib, o'ziga xoslikka ega emas edi. Biroq uch davlatning tashkil topishi uchta mustaqil adabiy jarayon va uch

adabiyotning shakllanishiga turtki bo'ldi. Bular: 1) forsiy, 2) hindiy-forsiy, 3) fors-tojik adabiyoti.

Eron va Xurosonda forsiy adabiyot, Hindistondagi boburiylar saltanatida esa hind uslibida forsiy-hindiy adabiyot rivojlandi. Shuningdek Hindiston adabiy muhitida turkiy-forsiy ikki tillilik ham ravnaq topdi. Bu haqida sharqshunos olim Inomxo'jayev Rahmonxo'ja o'zining "Тюрко-персидское двуязычие в литературной жизни Индии XVI в." Nomli monografiyasida batafsil ma'lumotlar berib o'tgan.1 Monografiyada XVI asr Hindiston adabiy doiralarining shakklanishi, turkiy-forsiy ikki tilli shoirlar Zahiriddin Muhammad Bobur, Komron Mirzo, Humoyun Mirzo, Aliquli Sulton, Mirzo Ibrohim Andijoniy, Abdurahim xoni xonon, Bayramxon kabi shoirlar hayoti va ijodi tadqiq etilgan.

Hindiston forziyzabon she'riyatida hind uslubida ijod etish ravnaq topdi. Umuman olganda, fors adabiyoti she'riy uslublarini davrlashtirish bahsli masala bo'lib, uni o'rganish aniq tahlillarni talab etadi. IX asrdan hozirgi kungacha bo'lgan davr fors she'riyati uslublarining rivojlanish bosqichlarini davrlashtirish bo'yicha turli olimlar tomonidan turlicha fikr-mulohazalar bildirilgan.

Fors she'riyati uslublarini tasniflashga qaratilgan so'nggi urinishlar ayrim eronshunos olimlar tomonidan uni 8 davrga bo'lib o'rganishni ma'qullashgan bo'lsa, shoir va adabiyotshunos olim Malik ush-Shuaro Taqiy Bahor (1886-1951) fors she'riyatida to'rtta asosiy uslubni ajratib ko'rsatdi. Biz Malik ush-shuaro Bahorning fikrlariga qo'shilgan holda hamda ushbu mavzuni batafsilroq ko'rib chiqish uchun, olim tasniflagan uslublarga e'tibor qaratamiz. Bular quyidagi uslublar:

1. Xuroson uslubi (IX asrning ikkinchi yarimi-XI asrlar)

2. Saljuqiylar davri o'rta uslubi (XII asr)

3. Iroq uslubi (XIII-XV asrlar)

4. Hind uslubi (XVI asr -XVIII asrning birinchi choragi)

Yuqoridagi she'riy uslublarning har biri bo'yicha ko'plab dissertasiyalar, tadqiqotlar, monografiyalar yaratilgan, maqolalar yozilgan, olimlar tomonidan o'rganilgan, tahlil qilingan. Mazkur maqola Boburiylar davri forsiyzabon adabiy otining o'ziga xosliklari, xususan boburiy malika Zebuniso Begim ijodiga bag'ishlanganligi uchun, maqolada asosan hind uslubi haqida to'xtalamiz.

Hind uslubi forsiyzabon adabiyotda mavjud bo'lgan to'rt uslubiy yo'nalishlardan biri bo'lib, u XVI asr-XVIII asrning birinchi choragida adabiyotda keng tarqaldi. Ko'pchilik bu uslubning ildizlarini Hirot she'riyat maktabiga borib taqaladi, deb hisoblaydilar.

1 Рахмонхожа Иномхожаев. Тюрко-персидское двуязычие в литературной жизни Индии XVI в. Ташкент 1993.

284

Bu davrda ko'plab Eron shoirlari Eron adabiy markazlaridan Hindistonga ko'chib o'ta boshladilar va u erda iliq kutib olinar edilar. Chunki Safaviylar davlat tepasiga kelishlari bilan darhol shi'a mazhabini davlat dini darajasiga ko'tardilar. Shi'alik g'oyasi va ma'naviyati mamlakatda qolgan sunniylarni yo'q qilishga qaratilgan edi. Shu maqsadda shi'a mazhabi namoyandalari birinchi galda so'fiylik g'oyalarining targ'ibotchilariga qat'iy qarshi chiqdilar. Sunniy mazhabiga tegishli bo'lgan aholi nochor ahvolda qolgan edi. Shoirlar, rassomlar, minatyura ustalari, allo-malar oldida ikki yo'l turardi: shi'a mazhabini qabul qilish yoki boshqa davlatlarga (xususan, shimoliy Hindistonga) ketish. U erlarda har holda turli dinlarga munosabat bir muncha yaxshi edi. Shi'a mazhabini qabul qilmagan barcha yozuvchilar, shoirlar, rassomlar quvg'in qilina boshlandi.

Hind uslubning kelib chiqishi bevosita Hindiston bilan bog'liq emas, biroq uslubning shakllanishi va tarqalishi yozuvchi va shoirlarning Hindistonga muhojirat qilishi davriga to'g'ri kelgani sababli ham "Hind uslubi" nomi paydo bo'ldi. Bu uslubning paydo bo'lishida din, muhojirlik, ijtimoiy-iqtisodiy muammolar, Eron va Hindiston o'rtasidagi madaniy aloqalar, Hind shohlarining homiyligi, falsafa olamidagi o'zgarishlar va tasavvuf kabi omillar muhim ahamiyatga ega bo'ldi. Istiloh sifatida XIX asrda, ya'ni bu uslubning adabiyotdagi o'rnini aniqlashga urinishlar boshlangan bir davrda shakllandi. Ungacha bu uslubga nisbatan tarz-e toze, shive-ye xoss atamalari keng qo'llanilgan. Bu uslub namoyandalari orasida kelib chiqishi eronlik, Markaziy Osiyolik bo'lgan shoirlarni uchratish mumkin.

Hind uslubida turkiy so'zlar va iboralarining keng tarqalishi, Hindistondagi fors lahjasining leksik shakllari va xususiyatlari kabi lingvistik xususiyatlarni qayd etish mumkin, bu esa ko'pincha matnning noaniqligiga olib keldi. Hind uslubidagi she'riyatda shaklga emas, mazmunga alohida e'tibor berildi. Ushbu uslubning asosiy xususiyati shakl emas, balki ma'no va mazmunni ilgari surish tamoyili hisoblanadi. Ma'no va mazmunni taqdim etishga bo'lgan bunday tamoyil hind uslubidagi shakl va obraz noaniqligiga olib keldi. Badiiy darajaga keladigan bo'lsak, shoirlar she'r ritmi va she'riy bezaklardan foydalanishga katta e'tibor qaratishmadi.

Mazmun darajasida ular ko'pincha alohida semantik texnikaga murojaat qilishdi, masalan: allyuziya, allegoriya, masal va diniy matnlarga murojaat. Ushbu uslub izdoshlarining masalga alohida e'tibor berishlari ularning she'rlarini tenglamalarga o'xshatdi. Bu davr shoirlari g'azal janrini afzal ko'rishgan, lekin ba'zan undagi baytlar soni 40 taga etgan. Bundan tashqari, avvalgi davrlardan farqli o'laroq, qofiyaning takrorlanishi kamchilik sifatida qaralmagan. Fard janri hind uslubida alohida ahamiyatga ega bo'lganligi uchun shoirlar g'azal uyg'unligini qat'iy

R 0 #

saqlab qolishga qattiq harakat qilmaganlar. Hind uslubidagi ko'p ma'nolilik va noaniqlik o'z qoidalariga ega bo'lib, minimal so'zlar bilan maksimal ma'noni berish, bayonning haddan tashqari qisqarishi, inson ongi tushunishi qiyin bo'lgan mavhumliklarni ifoda etish, notanish taqqoslashlar va misollardan foydalanish kabi texnikalardan iborat edi.

Tarkib va bayon nuqtai nazaridan hind uslubini shartli ravishda uchta kichik bo'limlarga bo'lish mumkin:

a) sabk-e Hindustoniy - Hindustoniy uslubi (asosan Bedil Dehleviy ijodida uchraydi);

b) sabk-e hindi-yi roushan - aniq hind uslub (Eron shoirlari she'rlari);

v) sabk-e hindi-yi baynobayn - oraliq hind uslubi (Eronda keng tarqalgan va Kalim Koshoniy, Muxtasham Koshoniy, So'ib Tabriziy kabi shoirlar ijod etgan uslub)

Ushbu uslubda turli xil adabiy mavzular ko'tarilgan. Hattoki, ushbu uslubda yozilgan va o'sha davrda keng tarqalgan diniy-epik hamda tarixiy xarakterdagi asarlarni ham uchratish mumkin.

Yevropalik tanqidchilar Hind uslubini Barokko uslubiga qiyoslaydilar. Ma'lumki, Hind uslubi o'ziga xos Sharq sharoitida, Barokko uslubi esa G'arbda paydo bo'ldi. Shuni ta'kidlash kerakki, bu ikki uslub - Hind va Borokko uslubi maxsus siyosiy, ijtimoiy va madaniy sharoitlarda shakklandi va rivojlandi. Shuning uchun bu ikki uslubning o'xshash va farqli xususiyatlari haqida so'z borganida, ular paydo bo'lgan muhitning o'ziga xosligi va umumiy manbalari haqida fikr bildirish lozim bo'ladi. Bu esa, o'z navbatida, juda ko'p tadqiqotlar va qiyosiy ishlarni talab qiladi.

Yuqorida ta'kidlanganidek, hind uslubi she'rda nozik va murakkab istioralar, kinoya va o'xshatishlarning, xalq maqollarining, matallarining keng ravishda ishlatilishi nuqtai nazaridan boshqa uslublardan ajralib turadi.

Bu davr «irsoli masal»ning «oltin asri» deb ham yuritiladi. «Mir'oti nazir», «husni ta'lil» kabi badiiy san'atlar rivojlandi.

Bu uslub namoyandalari she'rlarini shaklan «soddalashtirishga» intilganlar, yuksak poetik leksikani «oddiylashtirishga» harakat qilganlar, biroq qadimiy obrazlilik va ramziylik saqlanib qolgan. Shuning uchun, she'rdagi bayt strukturasi soddalashish o'rniga murakkablashgan, tushunish qiyinlashgan. Forsiy she'riyatda asosiy poetik birlik hisoblangan baytga katta ma'no va tagma'no yuklatilgan. Ya'ni har bir baytda ifodalangan birlamchi ma'nodan tashqari, misralar qatiga «yashiringan» bir necha «tagma'no» mavjud bo'lgan. Shu orqali poetik obrazning

R О #

ko'p ma'noliligiga erishilgan. Mualliflar xilma-xil, bir-birini takrorlamaydigan poetik obrazlar, poetik mavzular va syujetlar yaratishga intilganlar.

Hind uslubida ijod etgan shoirlar qatorida Bobo Fig'oniy, Tolib Omuliy, Salim Tehroniy, Urfiy Sheroziy, Naziriy Nishopuriy, So'ib Tabriziy, Kalim Koshoniy, Muhtasham Koshiniy kabi ijodkorlarni sanab o'tish mumkin. Shu bilan birga Fayzi Fayoziy, Zebuniso Begim, Bedil, G'ani Kashmiriy singari Hindistonda tug'ilib o'sgan shoirlar ijodi ham diqqatga sazovordir. Ko'plab eronlik shoirlar o'z hayotlarini Hindiston bilan bog'ladilar, hind xalqining urf-odatlari, tarixi, adabiyot va falsafasini, turli din peshvolarining asarlarini chuqur o'rgandilar.

Hind uslibida ijod etgan, biroq hayoti va ijodining salmoqli qismi yaxshi o'rganilmagan shoirlar va adiblar juda ko'p. Ana shunday shoiralardan biri boburiy malika Zebuniso Begim Maxfiy hisoblanadi. Hozirgi kunda Zebunisoning rus va o'zbek tiliga qilingan bir necha ruboiy va g'azallari tarjimalarini kichik she'riy to'plamlardagina ko'rish mumkin 2. Bu tarjimalar shoira hayoti va ijodini to'liq o'rganish, tahlil qilish imkonini bermaydi.

Zebuniso Boburiy hukmdorlardan Avrangzeb Olamgir nomi bilan butun dunyoda mashhur boburiy hukmdor va sarkardaning to'ng'ich farzandi bo'lib, 1638 yil 15 fevralda Davlatobodda tug'ilgan. Zebunisoning onasi Dilrasbonu Begim Avrangzebning birinchi xotini, Safaviylar sultonlar avlodiga mansub ayol bo'lgan. Zebuniso otasining sevimli qizi edi, uning xohish-istaklari va iltimoslari har doim otasi tomonidan qabul qilinar, bajarilar edi. 1658 yilda Dilrasbonu Begim kenja farzandi Muhammad Akbarni dunyoga keltirish chog'ida hayotdan ko'z yumdi. Shundan keyin ukalari Muhammad Akbar, Muhammad A'zam, singillari Ziynatniso Begim va Zubdalniso Begimga vasiylik qilish Zebuniso Begimga berildi. Zebuniso Begim ukasi Muhammad Akbarga o'zgacha mehr qo'ygan edi.

Zebunisoga iqtidor va salohiyat otasidan o'tgan deyish mumkin. U uch yil ichida Qur'onni yod olgan, etti yilda hofizai Qur'onga aylangan. Ushbu yutuq sababli otasi tomonidan katta bayram tantana uyushtirilgan. Qizining yutug'idan baxtiyor ota qiziga va qizining ustoziga 30 ming oltin tangadan pul mukofoti bergan3.

Shundan keyin Zebuniso o'z zamonasining ilmlari - falsafa, riyoziyot, astronomiya, adabiyotni mashhur fors shoiri Muhammad Sa'id Ashrof Mozandaroniydan o'rgandi. Forsiy, arabiy va urdu tillarini mukammal o'zlashtirdi, husnixati bilan ham mashhur edi. Uning kutubxonasi huquq, adabiyot, tarix,

2 Избранная лирика Востока. Зебунниса, Дильшод, Анбар-Атын. Избранное. Т.- 1983. Ст.5-7.

3 Raman, Sista Anantha (2009). Women in India A Social and Cultural History. Library of Congress Cataloging -in -Publication Data. p. 10.

R O #

ilohiyotga oid kitoblami o'z ichiga olgan. Shuningdek musiqaga ham qiziqqan va manbalarda kelishicha, o'z zamonasining eng yaxshi sozandasi bo'lgan.

Zebuniso Begim nihoyatda mehribon bo'lib, muhtojlarga, beva va etimlarga yordam bergan, har yili o'z hisobidan ziyoratchilarni Hajga yuborib turgan.

Hind uslubida ijod qilgan sufiy shoira Zebuniso "Maxfiy" taxallusi bilan she'rlar bitgan. Zebuniso Begim umrining oxirigacha oila qurmagan. Bunga turli manbalarda turlicha sabablar ko' rsatiladi. Shoira 1702 yilda Dehlida 64 yoshida vafot etgan. U umrining oxirgi 20 yilini Salimgar qal'asida otasi tomonidan zindonband qilingan holda o'tkazdi. Manbalarda shoiraning zindonband qilinishiga ham turlicha sabablar ko'rsatilgan. Masalan, sabablardan biri sifatida Lahor shahrining hokimi Aqilxon Roziy bilan shoira o'rtasida sirli ishqiy munosabatlar ko'rsatilsa, yana bir sabab uning musiqa va she'riyatga bo'lgan muhabbati va Avrangzeb davrida bu sohalarning har ikkisi diniy tomondan taqiqlangani ko'rsatiladi, yana birida esa shoira taxt uchun kurashlarda ukasi Muhammad Akbarni qo'llab-quvvatlagani va 1681 yildagi qo'zg'olonlar davrida ukasi bilan yozishmalari sabab qilib ko'rsatiladi.

Zebunisodan boy adabiy va ilmiy meros qolgan. Uning besh ming baytga yaqin she'rlari o'limidan keyin "Devon" nomi ostida jamlangan, shuningdek, shoiraning yozishmalaridan iborat "^-¿^l ^j" - "Zebulmunshaot" asari ham mavjud. Zebunisoning "jM^I ^yj" - "Zebittafosir"i ham mashhurdir. Bu asar Qur'on tafsiri bo'lib, hozirgi kunga qadar ayol kishining qalamiga mansub birinchi va yagona tafsirdir. Quyida shoiraning qalamiga mansub eng mashhur she'rlarni keltiramiz:

Ij^ jjjj j^ jj jj^ Jj^j JS jl

Jjlj j^AjJ jS ^l^jJ

JS ^JJ jj jj Jdjl^ ^âA.^ jÂ.^1 jJ Jjjj j^'" jj jjlj JA jJjJ Ji^

(Bulbul guldan yuz o'girar, chamanda ko'rsa meni,

Butparastlik qilmagay gar Barahman ko'rsa meni.

So'z ichra pinhon bo'ldim, go'yo gul ichra ifor,

Har kimki ko'rmak istasa, so'zdan qidirsin meni.)

***

1^5 jl

(Taqdir bo'lib, xitoyi oyna sindi, Yaxshi bo'ldi, xudbilik asbobi sindi.)

***

'"l AJSJ yl"lji ^JJ jjj^' jlj '"l AJSJ yl^jl AJ J '"l o^JjJ AJ^J

(Bugun yana qalbim Xuroson tomon ketdi, Kufr rishtasi uzilib, iymon tomonga ketdi.)

& & &

'"ljA JJ yj'w^ j^. Jj ¿Л A^. jS

'"Ь jo^jj lo^. ^jj ^л ljA-^a AJ j"

(Layli zotidan esam-da, dilda Majnuncha havo

Sahroni kezgim kelur, lekin yo'lim to'sgay hayo.)

& & &

^l OJJJI jSa AJ JJ (j&jJj ^Ui jjiJ

(Shoh qizi bo'lsam-da, qildim faqr yo'lin ixtiyor

Bas, menga bu zebu ziynatkim, ismim Zebunniso.)

Shoiraning har bir baytida bir olam ma'no bor. Xulosa qilib aytganda, Zebuniso Begim hayoti va ijodi xuddi shoiraning taxallusi kabi maxfiy, sirli bo'lib, uni o'rganish va tahlil qilish kelajak avlod oldida turgan muhim vazifalardan hisoblanadi. Shubhasiz, shoira ijodi alohida katta tadqiqotlarga manba bo'lib xizmat qiladi. Zero uni o'rganish va tadqiq etish, Boburiylar davridagi ayol kishining jamiyat, siyosat va ilm-ma'rifat maydonlaridagi ulushini aniqlashga yordam beradi.

REFERENCES

1. Рахмонхожа Иномхожаев. Тюрко-персидское двуязычие в литературной жизни Индии XVI в. Ташкент 1993.

2. Избранная лирика Востока. Зебунниса, Дильшод, Анбар-Атын. Избранное. Ташкент - 1983.

3. Raman, Sista Anantha (2009). Women in India A Social and Cultural History. Library of Congress Catologing -in - Publication

4. https://hawzah.net

4 https://hawzah.net

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.