Научная статья на тему 'HINDISTONDA MARIFATCHILIK HARAKATI SHAKLLANISHIDA RAM MOHAN ROY VA MAHATMA GANDILARNING O’RNI'

HINDISTONDA MARIFATCHILIK HARAKATI SHAKLLANISHIDA RAM MOHAN ROY VA MAHATMA GANDILARNING O’RNI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Hindiston / marifatchilik / milliy ozodlik / din / falsafa / Ram Mohan Roy / Mahatma Gandi / insonparvarlik / satyagraha / kuch ishlatmaslik.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Sherdor Nematjonovich Pulatov

XIX asr oxiri XX asr boshlarida Hindistonda mustamlakachilik zulmi va ijtimoiy tengsizlikka qarshi harakatlar paydo bo'la boshladi. Mahalliy ijtimoiy-siyosiy tashkilotlar va Milliy kongressda mustamlakachilik tuzumiga qarshilik ko'rsatishning yo'l va usullari bo'yicha mafkuraviy hamda siyosiy kurash avj oldi. Hindistonning kelgusidagi ijtimoiy rivojlanishi to'g'risida turli fikrlar vujudga kela boshladi. Ram Mohan Roy va Mohandas Karamchand Gandi ketma-ket yashaganlar butun dunyoda kechayotgan marifatchilik harakati, Hindiston ijtimoiy-siyosiy va madaniy jarayoniga ta‟sir ko‟rsatishni boshlagan yangi g'oyalarga jamiyat muhtoj bo'lib, milliy ozodlik harakati bilan birlashgan liberal g'oyalar shaklanishida muhim ro'l o'ynadilar.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «HINDISTONDA MARIFATCHILIK HARAKATI SHAKLLANISHIDA RAM MOHAN ROY VA MAHATMA GANDILARNING O’RNI»

Tashkent State University of Economics

HINDISTONDA MARIFATCHILIK HARAKATI SHAKLLANISHIDA RAM MOHAN ROY VA MAHATMA GANDILARNING O'RNI

Sherdor Nematjonovich Pulatov

Alfraganus universiteti Ijtimoiy fanlar kafedrasi mudiri Falsafa fanlari bo'yicha falsafa doktori PhD v.b. dotsenti https://orcid.org/0009-0002-1665-0545

ANNOTATSIYA

XIX asr oxiri - XX asr boshlarida Hindistonda mustamlakachilik zulmi va ijtimoiy tengsizlikka qarshi harakatlar paydo bo'la boshladi. Mahalliy ijtimoiy-siyosiy tashkilotlar va Milliy kongressda mustamlakachilik tuzumiga qarshilik ko'rsatishning yo'l va usullari bo'yicha mafkuraviy hamda siyosiy kurash avj oldi. Hindistonning kelgusidagi ijtimoiy rivojlanishi to'g'risida turli fikrlar vujudga kela boshladi. Ram Mohan Roy va Mohandas Karamchand Gandi ketma-ket yashaganlar butun dunyoda kechayotgan marifatchilik harakati, Hindiston ijtimoiy-siyosiy va madaniy jarayoniga ta'sir ko'rsatishni boshlagan yangi g'oyalarga jamiyat muhtoj bo'lib, milliy ozodlik harakati bilan birlashgan liberal g'oyalar shaklanishida muhim ro'l o'ynadilar.

Kalit so'zlar: Hindiston, marifatchilik, milliy ozodlik, din, falsafa, Ram Mohan Roy, Mahatma Gandi, insonparvarlik, satyagraha, kuch ishlatmaslik.

ABSTRACT

At the end of the 19th - beginning of the 20th centuries. Movements began to emerge in India against colonial oppression and social inequality. In local socio-political organizations and the National Congress, the ideological and political struggle about ways and methods of resistance to the colonial system intensified. Different opinions began to emerge about the future social development of India. Ram Mohan Roy and Mohandas Karamchand Gandhi lived consistently, the educational movement took place all over the world, society needed new ideas that began to influence the socio-political and cultural processes of India, and liberal ideas were combined with the national liberation movement. played an important role in its formation.

Keywords: India, enlightenment, national liberation, religion, philosophy, Ram Mohan Roy, Mahatma Gandhi, humanism, satyagraha, non-violence.

XIX va XX asrlarda yashagan mutafakkirlar, millat fidoyilari, siyosatchi, ziyolilar milliy mafkura va siyosat shakllanishiga katta hissa ko'shganlar. Ularning g'oyalari

519

17-aprel, 2024

Tashkent State University of Economics

Uzbekistan - 2030 Strategy:

mustamlaka Hindistonning ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy hayotdagi voqealar ta'siri osti da o'zgarib, rivojlanib bordi. Nazariy-g'oyaviy jihatdan qaraganda hind milliy ozodlik harakatiga xos ta'limotning ko'zga tashlanadigan tomonlaridan biri uning diniy-aqidaviy mazmunidir. Buning sababi shundaki, diniylik mustamlakaga qarshi qo'zg'algan hind xalqining ijtimoiy ruhiyatidagi yetakchi elementlardan biridir. Shuning uchun ushbu harakat rahbarlari siyosiy va nazariy jihatdan diniy omilga katta urg'u berdi, atrofiga ko'plab ihlosmand insonlarni to'pladi.

Hind milliy ozodlik harakati jarayonida diniy-falsafiy ta'limotlarni dolzarb siyosiy muammolarga moslashtirish maqsadida ularni zamonaviylashtirish, ushbu harakat talablariga muvofiqlashtirish, ayniqsa, o'ta dolzarb vazifa bo'lib qolgan edi. Jumladan, an'anaviy diniy-mistik g'oyalar, ularning mavhum shakllarini vatanparvarlik, hatto, mustamlakaga qarshi ruhda talqin etish faollashdi.

Mulkdorchilik munosabatlarining rivojlanishi mafkura sohasida jamiyatning yetakchi doiralarida diniy islohot va ma'rifiy g'oyalar tashkil topishi shaklida aks etdi.

Shu bilan birga, S. Radhakrishnan kabi hind faylasuflari xorijiy g'oyaviy oqimlar bilan milliy ma'naviy merosni uyg'unlashtirish yo'lida "sintez" shaklidan unumli foydalanishga harakat qilgan hind faylasuflarining da'vatlari J. Neruga o'xshagan atoqli davlat arboblari tomonidan ham qo'llab-quvvatlanib kelindi.

Milliy o'zlikni uyg'otish islohotlarini Ram Mohan Roy (1774-1833), Rabindranat Tagor (1817-1905), Dayananda Sarasvati (1824-1883), Dadabhay Naorodji (1825-1917), Ramakrishna (1836-1886), Svami Vivekananda (1863-1902), Bal Gangadhar Tilak (1856-1920) va boshqalar boshlab berdi. Tashkiliy jihatdan ushbu ishlar Brahmo Samaj

^HM) (Brahmanni sharaflash jamiyati), Arya Samaj ^HM) (Oriylar

(ma'rifatchilar) jamiyati) va shunga o'xshash jamiyatlar atrofida jamlangan edi1.

Hindistonning ilk milliy-ma'rifatparvarlik nuqtai nazaridagi mutafakkiri Ram Mohan Roy (1772-1883) ham diniy islohotchi, ham ma'rifatparvar sifatida faoliyat olib borgan. Bu xususiyat keyingi avlod hind mutafakkirlariga, xususan, Gandiga ham xos bo'lib, uning dunyoqarashi diniy islohot hamda ma'rifatparvarlik elementlariga ega bo'lgan. 1828 yilda Ram Mohan Roy tomonidan tashkil etilgan "Brahmo Samaj" Hindistonda Angliyaning mustamlakachilik ta'siridagi muammolarni hal etishni maqsad qilib qo'ygan dastlabki diniy-ijtimoiy islohotchilik harakati edi. Shuningdek, bu harakat Yevropa madaniyati va ta'limining ahamiyati, yutuqlarini tan olish bilan birgalikda, ba'zi urf-odatlarini (masalan, o'rta asrlar odatlaridan biri erining vafotidan keyin ayolini ham yoqish - Sati odati, 1829 yilda bekor qilingan) tartibga soldi. "G'arblashish"

1 Юрлов Ф.Н., Юрлова Е.С. История Индии ХХ век. - М.: Институт востоковедения РАН, 2010. - С. 19. Rus faylasuf va tarixchilari o'z tadqiqotlarida Hindistondagi diniy islohotlar masalalariga katta e'tibor berishgan. Ular orasida: Л.Б. Алаев, Н.П. Аникеев, Э.Н. Комаров, Б.И. Клюев, В.С. Костюченко, А.Д. Литман, О.В. Мезенцева, Л.Р. Полонская, Р.Б. Рыбаков, И.П. Челышева ва бош^алар бор.

17-aprel, 2024

520

Tashkent State University of Economics

Uzbekistan - 2030 Strategy:

madaniyati yuqori hind davralarida rusumga aylana boshladi. Aslida, bu hinduiylik asoslaridan voz kechmagan holda, G'arb madaniyatida mavjud bo'lgan ijobiy odatlarni o'zlashtirish va tan olish edi.

Ram Mohan Royning barcha diniy-teologik asarlarida hinduviylik dini ilk ko'rinishini yo'qotib, "U faqatgina zarar keltiradi, insonlarning yashash sharoitlarini yaxshilash o'rniga ularga qiyinchilik va yo'qotishlar olib keladi" , - degan fikr o'z aksini topdi.

Yuz yildan so'ng, Gandi mamlakatda hukm surayotgan o'rta asrlarga oid urf-odatlardan nafratlanib, Hindistonni "minglab hindular musulmonlarning uyidan suv olib ichgandan ko'ra, chanqoqdan o'lishini afzal bilgan" "axmoqliklar mamlakati" , deb ataydi. Kasta bo'linishlari sababli yuzaga kelgan minglab guruh va bo'linmalar esa, ularni vatanparvarlik tuyg'usidan mahrum qiladi. Siyosiy jarayonlar va jamiyat farovonligi uchun dinni isloh qilishni lozim, deb hisoblaydi.

Ram Mohan Roydan boshlab, Mahatma Gandigacha - diniy-falsafiy nuqtai nazardan islohotlar "monoteistik" va "deistik" tushunchalarni o'zgartirishga qaratilgan edi. Bu esa, o'z navbatida, dindan voz kechmay turib, dunyoni rasional ravishda qabul qilishga intilishni aks ettirgan. Shu bilan birga, Hindstondagi hukmron diniy islohotlarning yana bir o'ziga xos xususiyati dinni odob-axloq normalari bilan to'ldirish tendensiyasidir. Ram Mohan Roy boshlab bergan bu intilish keyingi hind mutafakkirlarida, ayniqsa, XIX asr oxiri - XX asr boshida yanada rivoj topdi. An'anaviy hinduviylikni tanqid qila turib, Roy ham rasional, ham odob-axloq normalari nuqtai nazaridan yondashgan. Eng asosiy axloqiy tamoyil sifatida quyidagi fikrni ilgari surgan: "Abadiy baxt-saodatga intilgan inson boshqalarga ham xuddi o'zidagidek munosabatda bo'lishi kerak, o'zgalar baxti yoki baxtsizligini o'ziniki deb hisoblamog'i lozim"4. Keyinchalik ushbu tamoyilni Gandi yanada rivojlantirib, "Dinning asl mohiyati odob-axloqdir"5, degan fikrni ilgari surgan.

Hind islohotchilarining ham diniy, ham odob-axloq universalizmida insonlarning qaysi dinga e'tiqodidan qat'i nazar, tengligi g'oyasi ilgari surilgan. Bu, o'z navbatida, turli konfessiya vakillari, millat va irqlarning tengligini anglatgan. 1804 yilda Ram Mohan Roy shunday yozgan: "Barcha insonlar qaysi dinga ishonishidan qat'i nazar, bir xil azob-uqubatlardan, sovuq va qorong'ulikdan, xastalik va hayot zarbalaridan, tana va ruhiy majruhlikdan aziyat chekishadi"6. Diniy bag'rikenglikning targ'ib qilinishi turli dinlarga e'tiqod qiluvchi hind jamiyati, eng avvalo, hindlar va musulmonlarning milliy

2Roy R.M. The English Works. - Allahabad., 1906. - P. 29-30.

3 Tendulkar D.G. Mahatma: Life of Mohandas Karamchand Gandhi. - New Delhi. The Publications Division, Vol. I. 2016. - P. 229.

4Roy R.M. The English Works. - Allahabad., 1906. - P. 811.

5Ганди M.K. Моя жизнь. - М.: Наука, 1969. - C. 40.

6Roy R.M. The English Works. - Allahabad., 1906. - P. 960 p.

17-aprel, 2024

521

Tashkent State University of Economics

Uzbekistan - 2030 Strategy:

ozodlik harakati yo'lida birlashishini nazarda tutar edi. Ushbu ishtiyoq Gandi singari XIX asrning keyingi islohotchilarida Royga nisbatan yanada kuchliroq edi. 1908 yilda Mahatma Gandi shunday degan: "Turli dinlar bitta nuqtada kesishadigan turli yo'llardir. Agar ular bitta manzilga olib borsa, bizning turli yo'llardan ketayotganimizning nima ahamiyati bor. Demak, bizning urushishimizga hech qanday sabab yo'q"7.

Insonlar tengligi va milliy birlashuv g'oyalarini ilgari sura turib, din tarafidan yoqlangan kasta tizimini shu davrning ma'rifatparvarlari tanqid qilganlar. Ram Mohan Roy "kastalarga bo'linish" Hindistonning tashqaridan kelgan bosqinchilarga osongina qurbon bo'lishining sababi, deb bilgan. Uning fikriga ko'ra, hindlar "Umumiy va siyosiy, hamda zamonaviy ilmiy bilimlarni egallay boshlaganlaridan keyin har qanday adolatsizlik va jabr-zulmga qarshi tura oladilar"8.

Hindistonning liberal mutafakkirlari mamlakatda yangi ta'limning joriy etilishini (Ram Mohan Royning tashabbusiga ko'ra, 1816 yilda hind savdogarlari mablag'lariga Kal'kuttada ilk yevropacha usulda maktab ochilgan), hindlar ilmiy va texnik bilimlarni egallashlarini, iqtisodiy rivojlanish, XIX asrning ikkinchi yarmiga kelib esa, sanoatni rivojlantirish g'oyasini ilgari surganlar. Ular milliy va tabaqalar tengligini targ'ib qilganlar, davlat boshqaruvining respublika shaklining tarafdori bo'lganlar, hindlarning fuqarolar huquqlari va milliy qadriyatlarini himoya qilganlar.

Ma'rifatparvarlik g'oyalarining targ'ib qilinishi nafaqat o'rta asrlarga oid munosabatlarning, balki mustamlakachilik tizimining ham tanqid qilinishiga olib keldi. Vaqt o'tishi bilan ushbu jarayon XIX asr milliy tashkilotlarining faoliyatida sezilarli o'rin egallay boshladi. Bu, asosan, mustamlakachilik va ekspluatatsiyaga, hindlarning Hindistonni qoloqlikka, xalqni esa qashshoqlikka mahkum etayotgan britan hokimiyati oldida haq-huquqsizligiga qarshi tanqidlardan iborat edi.

XIX asr oxiri - XX asr boshlarida Hindistonda ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy-madaniy vaziyat keskin edi. 300 millionlik aholi ko'plab diniy hamda irqiy guruhlarga bo'lingan, ularni til va kasta tizimi ajratib turgan. Ingliz mustamlakachiligining toji bo'lib, sanoat, iqtisodiyot, qishloq xo'jaligi, to'qimachilik va boshqa ko'plab sohalar ustidan nazorat va talon-tarojlik mamlakat ziyolilari va faollari o'rtasida keskinlikni kuchaytira boshladi. Bu davrda butun dunyoda rivojlanayotgan milliy uyg'onish va ma'rifatparvarlik harakatlari Hindistonni ham chetlab o'tmadi. Hindiston milliy-ozodlik harakatining yetakchi mutafakkirlaridan Ram Mohan Roy, Bal Gangadhar Tilak, Dayananda Sarasvati, Ramakrishna Paramahamsa, Svami Vivekananda, Rabindranat Tagor, Aurobindo Ghosh, Dadabhay Naorodji, Chottopaddxay Bonkimchondro, Ananda Kumarasvami, Sayyid Ahmadxon, Muhammad Iqbol, Djotiba Phule, Raychandbhai,

7 Gandhi M.K. Indian Home Rule or Hind Swaraj. - Ahmedabad. Navajivan Publishing House, 2008. - P. 41.

8 Камаров Э.Н., Литман А. Д. Мировоззрение Мохандас Карамчанд Ганди. - М.: Наука, 1969. - С. 17.

17-aprel, 2024

522

Tashkent State University of Economics

Uzbekistan - 2030 Strategy:

Ayyankalilarning g'oya va qarashlari Gandi fikrlari shakllanishida tarixiy-ma'naviy asos bo'lib xizmat qildi. Mustamlakachilik tuzumi va ingliz hukmronligiga qarshi e'tiroz, demokratik tizimni shakllantirish va unga qo'shimcha ravishda Hindistonda ingliz hukmronligiga barham berish; boylarning cheksiz hokimiyati singari "zamonaviy sivilizatsiya" tanqidi, yirik sanoatdan voz kechib mayda ishlab chiqaruvchilar jamiyati haqidagi orzular, mustamlakachilar bilan hamkorlik qilmaslikni, davlat muassasalarida baykotlar uyushtirish, xorijiy tovarlarni sotib olmaslik va soliqlarni to'lashdan bosh tortish hamda diniy tafakkurni ideallashtirish, diniy-axloqiy targ'ibot va ijtimoiy kelishuvga intilish - bularning barchasi Gandining ijtimoiy konsepsiyasida mujassamlashtirilgan edi.

REFERENCES

1. Юрлов Ф.Н., Юрлова Е.С. История Индии ХХ век. - М.: Институт востоковедения РАН, 2010. - С. 19.

2. Roy R.M. The English Works. - Allahabad., 1906. - P. 29-30.

3. Tendulkar D.G. Mahatma: Life of Mohandas Karamchand Gandhi. - New Delhi. The Publications Division, Vol. I. 2016. - P. 229.

4. Gandhi M.K. Indian Home Rule or Hind Swaraj. - Ahmedabad. Navajivan Publishing House, 2008. - P. 41.

5. Камаров Э.Н., Литман А.Д. Мировоззрение Мохандас Карамчанд Ганди. - М.: Наука, 1969. - С. 17.

6. Пулатов Ш.Н. Махатма Ганди ижтимоий-фалсафий карашларига кадимги х,инд фалсафасининг таъсири// Монография - Тошкент: ТДШУ, 2019. - Б. 43.

7. Ганди М.К. Ревoлюция без насилия. - М.: Алгоритм, 2012. - C. 7.

8. Пулатов, Ш. Н. (2023). ^ИНД ФАЛСАФАСИДАГИ ИНСОН МАСАЛАСИНИНГ МАХАТМА ГАНДИ ^АРАШЛАРИГА ТАСИРИ. International scientific journal of Biruni, 2(3), 96-103.

9. SNPulatov, AXLOQ VA AHIMSA TUSHUNCHALARINING O'ZARO BOG'LIQLIGI. Academic Research in Educational Sciences ISSN: 2181-1385, 5/2. 2024, B50-55.

10. Po'Latov, S. N. M. (2020). Hindistondapedagogikta'liminingrivojlanishbosqichlari. ScienceandEducation, 1(SpecialIssue 1), 21-26.

11. Polatov, S. N. (2020). XIX ASR OXIRI XX ASR BOSHLARIDA HINDISTONDAGI IJTIMOIY-SIYOSIY VAZIYAT. AcademicResearchInEducationalSciences, (4), 468-474.

12. Po'Latov, S. N. M. (2021). MAHATMA GANDI FALSAFIY QARASHLARIDA "MUTLOQ G 'OYA" TUSHUNCHASI. Orientalrenaissance: Innovative, educational, naturalandsocialsciences, 1(5), 1134-1143.

17-aprel, 2024

523

Tashkent State University of Economics

13. Po'Latov, S. N. M. (2020). RabindranattagorningHindistonilm-ma'rifatgaqo'shganhissasi. ScienceandEducation, 1(SpecialIssue 1), 136-143.

14. Пулатов, Ш. Н. (2022). МАХАТМА ГАНДИ ФАЛСАФИЙ КОНЦЕПЦИЯСИДА "САТЯГРА^А" ТУШУНЧАСИ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(Special Issue 23), 890-896.

15. Pulatov, S. N. M. (2022). AHIMSA TUSHUNCHASINING FALSAFIY MOHIYATI. Academic research in educational sciences, 3(TSTU Conference 1), 162166.

16. Po'Latov, S. N. M. (2022). MAHATMA GANDINING INSON TABIATI HAQIDAGI QARASHLARI. Academic research in educational sciences, 3(3), 10-19.

17. Pulatov Sh.N. The Concept of "Truth" in the Philosophical Views of Mahatma Gandhi// Akshara Multidisciplinary Research Journal Peer-Reviewed & Refereed International Research Journal, India // E-ISSN: 2582-5429 Vol.02 Issue V, 2021. -P. 12-18.

18. Muhamedov A. (2023) Кутадгу билигда билимдан тугри фойдаланиш масалалари . Шарк фалсафаси. Илмий-услубий журнал. 7-сон. 39-42 b.

19. Muhamedov A. Michel Montaigne is a renaissance creative. Necmettin Erbakan University Press (NEU PRESS) Yaka Mah. Yeni Meram Cad. Kasim Halife Sok. B Blok No: 11 Meram / KONYA / TURKIYE 0332 221 0 575 - www.neupress.org

20. Muhamedov A. (2024) Sharq Renessansining vujudga kelishidagi ijtimoiy omillar. "Экономика и социум" №2(117)

21. Muhamedov A. (2023) Маънавий тараккиётнинг хозирги боскичида юсуф Хос Х,ожиб маънавий меросига эхтиёж. Тафаккур манзиллари. Илмий-услубий журнал. 7-сон. 78-82.

22. Muhamedov A. (2022) Юсуф хос Х,ожибнинг ижтимоий адолат хдвддаги карашлари. // International Conference on Developments in Education. - Bursa, Turkey.

23. Пулатов, Ш. (2019). Философская концепция Махатмы Ганди. Востоковедения, 3(3), 214-224. извлечено от http s ://inlibrary. uz/index.php/oriental-studies/article/view/15683

24. Po'latovSh. N. Mahatma Gandiijtimoiy-falsafiyqarashlarigaqadimgi hind falsafasiningta'siri. (TDSHI). - Toshkent. 2019. - 120.

25. Po'latovSh.N. Jaynizmdiniy-falsafiyta'limoti. 16-son Sharqshunsolar anjumani.Toshkent davlat sharqshunsolik universiteti, 2020 307-312.

26. Po'latovSh.N. Mahatma Gandi diniy qarashlarining tahlili. Нам ДУ илмий ахборотномаси. 2021 y. 8-son. 205-212 b.

524

17-aprel, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.