Научная статья на тему 'RAHBAR FAOLIYaTIDA QAROR QABUL QILISHNING DINIY VA IJTIMOIY-PSIXOLOGIK XUSUSIYaTLARINING TAHLILI'

RAHBAR FAOLIYaTIDA QAROR QABUL QILISHNING DINIY VA IJTIMOIY-PSIXOLOGIK XUSUSIYaTLARINING TAHLILI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

253
20
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «RAHBAR FAOLIYaTIDA QAROR QABUL QILISHNING DINIY VA IJTIMOIY-PSIXOLOGIK XUSUSIYaTLARINING TAHLILI»

RAHBAR FAOLIYaTIDA QAROR QABUL QILISHNING DINIY VA IJTIMOIY-PSIXOLOGIK XUSUSIYaTLARINING TAHLILI

Azamat Sottarovich Nazarov

O'zXIA "Din psixologiyasi va pedagogika" kafedrasi katta o'qituvchisi

Ma'lumki, boshqaruv qarorlari boshqaruv jarayonining barcha funksiyalariga aloqador sanalaib, uning sifatiga sezilarli ta'sir etuvchi muhim tarkibiy qismlardan biri hisoblanadai. Boshqaruv qarorlari asosan, boshqaruv sikli davomida qabul qilinib, u rahbarning faoliyatining individual uslubi uchun ham o'ta muhim hisoblanadi. Boshqaruvda qaror qabul qilish bir tomondan kognitiv, tartibga soluvchi, kommunikativ xarakterga ega bo'lsa, ikkinchi tomondan esa, rahbar shaxsining boshqaruvdagi keyingi harakatlari uchun asos bo'luvchi ijtimoiy-psixologik hodisa sanaladi. Tadiqiqotchi L.H.Ivanovning ta'biri bilan aytganda, boshqaruv jarayon sifatida qarorlarni ishlab chiqish va ularni amalga oshirishning uzluksiz tizimidir. Ya'ni, biror dolzarb muammoni hal qilish bo'yicha, ko'plab harakatlar yo'nalishlaridan birini tanlash jarayoni hisoblanadi. Boshqaruv qarorlarining muhim ijtmoiy-psixologik xususiyati shundaki, ular favqulodda holat yuzaga kelganda, tizimning haqiqiy holati va kutilayotgan yangi holat o'rtasidagi farqlarni baholashga keng imkon beradi.

A.I.Orlov o'zining "Boshqaruv qarorlarini qayta ishlash usullari va nazariyasi" monografiyasida, boshqaruvda rahbar tomonidan qaror qabul qilishda, yo'l quyiladigan xatoliklar sababini quyidagilar bilan tavsiflaydi:

- Qaror tayyorlashda vaqtning cheklanganligi;

- Vazifaga oid ma'lumotning yetishmasligi;

- Muammoni aniqlashda tajribaning yetarli emasligi va hokazo.

Yuqorida keltirilgan tasnifdan shuni anglash mumkinki, boshqaruvda samarador qarorlarni qabul qilish nafaqat oldindan tayyorgarlikka balki, rahbar shaxsining bilim va ko'nikmalari, shaxsiy tajribasi, boshqaruv sohaga bo'lgan kompetensiyalariga ham uzviy bog'liqdir. Ana shundagina, qabul qilingan har qanday qarorlar o'z kuchiga ega bo'ladi va boshqaruv samaradorligiga keng ta'sir etadi.

E.A.Smirnovning ta'kidicha, muvaffaqqiyatli rahbar uchun, samarali qaror qabul qilishda quyidagilar xarakterli hisoblanadi:

- Boshqaruv faoliyati sirlari va xodimlarning sifatlaridan to'liq xabardorlik;

|_May 21

Republican Scientific and Practical Conference

- Yetakchilik sifatlariga ega bo'lish va yuqori motivatsiyaning mavjudligi;

- Yangiliklar va kutilmagan vaziyatlardan qo'rqmaslik;

- Tavakkal qila olish, oxirgi vaziyatlarda qaror qabul qila olish tajribasiga ega bo'lish;

- Boshqalarga ta'sir ko'rsata olish yoki barchani yagona g'oyaga ergashtira olish kompetensiyasi va hokazo. Bundan tashqari, rahbarning xatti-harakatlari uning aqliy imkoniyati va hayotiy tajribasini yaqqol ifodalaydi. Biroq, rahbar qabul qilgan qarorlarning mazmuni va uslubi, jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlar, me'yorlar va an'analar, qonun va qoidalarga hamohang ravishda bo'lishi lozim. Ammo, boshqaruv qarorlarini qabul qilish har doim ham oson kechmaydi. Ya'ni kutilmagan ishtimoiy -psixologik vaziyatlar va stressli holatlarda qaror qabul qilish jarayoni ancha qiyin kechadi. Tadqiqotchilardan V.I. Varfolomeev hamda S.N.Vorobyovlarning so'zlariga ko'ra, agar kutilmagan qiyin vaziyatlarda boshqaruvda tizim yaxshi yo'lga qo'yilgan bo'lsa, unda qaror qabul qilish oson kechadi, bunda rahbar faqat nazoratchi vazifasini bajaradi. Aksincha, tizim noto'g'ri ishlayotgan bo'lsa, qaror qabul qilish qiyin kechadi va bu yerda rahbar tashabbusi ko'proq rol o'ynaydi. Shuning uchun, qaror qabul qilish uchun rahbarlarda maxsus professional ko'nikmalar zarur yoki yuqori qidiruvchanlik sifatlari talab etiladi.

Dj.Shermerorn hamda Dj. Xantlarning aytishicha, qaror qabul qilish jarayoni rahbar shaxsining ko'p qirrali faoliyati hisoblanib, u ko'proq rahbarlarning ijtimoiy mavqe'i bilan belgilanadi. Shuningdek, ko'p holatlarda boshqaruvda qabul qilingan strategik qarorlar va uni amalga oshirishning istiqbollari, rahbarning bilim va ko'nikmalari, boshqaruv jarayoniga xos bo'lgan muhim ijtimoiy-psixologik kompetensiyalari orqali baholanadi. Demak, boshqaruv qarorlari va ularning samaradorlik jihatlarini o'rganishda, funksional yondoshuvning mazmuni ko'proq ahamiyat kasb etib, unda rahbar shaxsining mafkuraviy va siyosiy sifatlari, qaror qabul qilish va tanlovni amalga oshirishining o'ziga xosliklari, tashkiliy va innovatsion qobiliyatlari ko'proq e'tiborga olinadi

G.X.Bakirovaning ta'rificha, boshqaruv qarorlari nafaqat rahbar shaxsining imkoniyatlarini belgilaydi balki, u boshqaruv jarayonidagi voqe'alarning rivojlanishiga keng ta'sir etadi shuningdek, boshqalarning ob'ektiv imkoniyatlari va sub'ektiv holatlari haqida ham ma'lumot berishga keng imkon beradi. Mazkur qarashlardan shuni anglash mumkinki, qarorlar nafaqat yetakchi shaxs qadriyatlari uchun balki, boshqaruv jarayonining samaradorligini ta'minlovchi barcha jihatlar uchun muhim bo'lgan ijtimoiy-psixologik

hodisadir.

|_May 21

Republican Scientific and Practical Conference

Ijtimoiy-psixologiya fanining hozirgi kundagi yetakchi olimlaridan biri sanalgan, T.Yu.Bazarovning aytishicha, qaror qabul qilish jarayoni murakkab ijtimoiy-psixologik hodisa sanalaib, unda rahbar shaxsining barcha yutuq va kamchiliklari aniq namoyon bo'ladi. Bundan tashqari, rahbar har bir imkoniyatlarni tanlash jarayoni uchun javobgar shaxsdir. Boshqaruv qarorlarini qabul qilish jarayonida rahbarning o'zini tutishi, noaniqlik sharoitlardagi say-harakatlari, professional xususiyatlari, o'z faoliyatiga bo'lgan munosabati, kasbiy motivatsiya darajalari kabilar qay darajada rivojlanganligi o'z aksini topadi. Mazkur g'oyaga ko'ra, boshqaruv jarayoni uchun ko'proq rahbar javobgar shaxsdir, ya'ni u qabul qilgan qarorlar yo muvaffaqqityaga yoki muvaffaqqiyatsizlikka olib borishi ta'kidlangan.

A.L.Juravlevning ta'kidlashicha, aksariyat tadqiqotchilar boshqaruv qarorlarini tahlil etishda, faoliyatning ierarxik tuzilishi nuqtai-nazaridan yondoshishga harakat qiladilar. Ya'ni rahbar shaxsining boshqaruv faoliyatida namoyon bo'ladigan psixofiziologik funksiyalari, o'z faoliyatini qo'llab-quvvatlash darajasi, boshqaruv sub'ektining maqsad va rejalari kabi masalalarga ko'proq e'tibor qaratadilar. Shuning uchun, faoliyatdagi doimiy kurash yoki motivlarning to'qnashuvi, rahbar boshqaruv faoliyatining o'ziga xos xususiyatlarini rivojlanishiga katta ta'sir etadi.

Umuman olganda, rahbar, birinchi navbatda, o'z bo'ysunuvchilarining faoliyati to'g'risida qaror qabuluvchi yagona shaxsdir. Rahbar tomomonidan qabul qilingan qarorlar barcha bo'ysunuvchilar uchun balki, xodimlar uchun ham majburiy sanaladi.

REFERENCES

1. Назаров, А. С. (2020). Adoption of management decisions as the main function of the modern manager. In Проблемы современной экономики (pp. 7-12).

2. Nazarov, A. S. (2020). Карор кабул килиш бошкарув фаолиятининг психологик мезони сифатида. Молодой ученый, (11), 280-282.

3. Умаров, Б. М., & Назаров, А. С. (2020). Низоли вазиятларда бошкарув карорларини кабул килишнинг ташкилий ва ижтимоий-психологик механизмлари. Молодой ученый, (7), 352-353.

4. Nazarov, A. S. (2020). Psychological analysis of levels of administration of management decisions. Вопросы экономики и управления, (3), 1-5.

5. Назаров, А. (2019). Психологические особенности руководителей, влияющие на принятие управленческих решений. Молодой ученый, (44),

298-300. 6. Назаров, А. С., & Худайбергенова, З. (2020).

Щ_May 21

Republican Scientific and Practical Conference

Socio-psychological features of management decision-making. Молодой ученый., (50), 430-432.

7. Назаров, А. С. (2020). Psychological aspects of managerial decision making. Молодой ученый, (44), 45-48.

8. Назаров, А. С. (2020). Принятие управленческих решений как основная функция современного менеджера. Вопросы экономики и управления, (2), 1-5.

9. Nazarov, A. S. (2021). Psychological foundations of managerial decisionmaking. Молодой ученый, (3), 46-48.

10. Назаров, А. С. (2021). THE PSYCHOLOGY OF DECISION-MAKING STRATEGIES. Актуальные научные исследования в современном мире, (1-7), 79-82.

11.Назаров, А. С. (2021). ПСИХОЛОГИЧЕСКИЕ ОСОБЕННОСТИ РАЗРАБОТКИ И РЕАЛИЗАЦИИ УПРАВЛЕНЧЕСКИХ РЕШЕНИЙ. Актуальные научные исследования в современном мире, (2-9), 3135.

12. Назаров, А. (2021). Scientific and methodological foundations of the influence of the social and psychological properties of the manager on managerial decisions. Общество и инновации, 2(4/S), 523-532.

13.Назаров, А. (2021). Научно-методические основы влияния социальнопсихологических свойств руководителя на управленческие решения. Общество и инновации, 2(4/S), 523-532.

14.Назаров, А. С., & Митина, О. В. (2020). ПСИХОЛОГИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ ПРИНЯТИЯ УПРАВЛЕНЧЕСКИХ РЕШЕНИЙ. Наука и мир, (12-1), 73-75.

15. Назаров, А. С. (2020). Психологический анализ уровней принятия управленческих решений и факторов, влияющих на него. Молодой ученый, (21), 739-740.

16. Nazarov, A. S. (2021). RAHBAR FAOLIYATIDA BOSHQARUV QARORLARINI QABUL QILISH TAMOYILLARINI IJTIMOIY-PSIXOLOGIK XUSUSUSIYATLARI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, ^(Special Issue 2), 342-348.

17. Назаров, А. РАХБАРНИНГ ШАХСИЙ КОМПЕТЕНТЛИ ОМИЛИНИНГ БОШКДРУВ КАРОРЛАРИНИ КАБУЛ килишга таъсирининг ИЖТИМОИЙ-ПСИХОЛОГИК ТАДЛИЛИ.

18. Mengboevich, U. В., & Sottarovich, N. A. (2021). SOCIAL AND PSYCHOLOGICAL CHARACTERISTICS OF THE

May 21

https://ares.uz/ Republican Scientific and Practical Conference

133

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-02-130-134

LEADER IN THE IMPLEMENTATION OF MANAGEMENT DECISIONS. Science Time, (10 (94)), 31-35.

19. Umarov, B. M., & Nazarov, A. S. SOCIO-PSYCHOLOGICAL ASPECTS AND MECHANISMS AFFECTING MANAGEMENT DECISION-MAKING IN THE ACTIVITIES OF THE HEAD. Международный научно-практический электронный журнал «МОЯ ПРОФЕССИОНАЛЬНАЯ КАРЬЕРА». Выпуск № 29 (том 1)(октябръ, 2021). Дата выхода в свет: 31.10. 2021., 91.

20. UMAROV, В., & NAZAROV, A. PSYCHOLOGICAL MODELS OF BEHAVIOR OF MANAGERS IN THE PROCESS OF MAKING MANAGEMENT DECISIONS.

21. Nazarov, A. S. DECISION MAKING AS A KEY PART OF MANAGEMENT ACTIVITY. Международный научно-практический электронный журнал «МОЯ ПРОФЕССИОНАЛЬНАЯ КАРЬЕРА». Выпуск № 33 (том 1)(февралъ, 2022). Дата выхода в свет: 28.02. 2022., 77.

22. Nazarov, A. S. PSYCHOLOGICAL ASPECTS OF MANAGEMENT DECISION-MAKING IN EMERGENCY SITUATIONS. Международный научно-практический электронный журнал «МОЯ ПРОФЕССИОНАЛЬНАЯ КАРЬЕРА». Выпуск № 34 (том 1)(март, 2022). Дата выхода в свет: 31.03. 2022, 131.

23. Sottarovich, N. A., & Zilola, K. (2022). PSYCHOLOGICAL MECHANISMS FOR MAKING MANAGERIAL DECISIONS IN MANAGEMENT ACTIVITIES. Science Time, (2 (98)), 27-33.

24. Rihsivayevna, S. B. (2021, February). FEATURES OF TRANSLATING RELIGIOUS VALUES TERMS OF RELIGIOUS DISCOURSE. In Archive of Conferences (Vol. 14, No. 1, pp. 8-9).

25. Шамсематова, Б. Р. (2020). ПРАГМАТИЧЕСКИЙ И КОГНИТИВНЫЙ ПОДХОДЫ К ОПИСАНИЮ ДИСКУРСА. Актуальные проблемы гуманитарных и естественных наук, (1), 136-138.

26. Barno, S. (2019). BEST APPROACHES TO THE ASSESSING LEARNERS'WRITING. Суз санъати халкаро журнали, 1(6).

27. Rikhsivayevna, S. B. (2021). Structural And Semantic Aspects of Lexemic Units Expressing National Value in English and Uzbek Languages. Eurasian Research Bulletin, 2, 37-39.

28. Shamsematova, B. (2021, April). VALUE AS AN AXIOLOGICAL COMPONENT OF THE LINGUISTIC PICTURE OF THE WORLD.

■_May 21

Republican Scientific and Practical Conference

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.