(OP^Alfraganus
Universitet:
Qo'ysinova Fazilat Oripovna 1
RADIKALLASHUV XAVFLI IJTIMOIY, MA'NAVIY VA MAFKURAVIY HODISA SIFATIDA
RADICALIZATION AS A DANGEROUS SOCIAL, SPIRITUAL AND IDEOLOGICAL PHENOMENON
РАДИКАЛИЗАЦИЯ КАК ОПАСНЫЙ СОЦИАЛЬНЫЙ, ДУХОВНЫЙ И ИДЕОЛОГИЧЕСКИЙ ФЕНОМЕН
i>
1 O'zbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligi Markaziy apparat xodimi. Siyosiy fanlar bo'yicha falsafa doktori, PhD, dotsent. e-mail: [email protected]. ORCID: 0009-0009 6521-7853
KIRISH
Barcha mintaqalarda globallashuv jarayoni ijtimoiy-madaniy xodisalarga o'zining turlicha ta'sirini o'tkazmoqda. Ushbu ta'sir ko'lami dunyo mamlakatlarning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, axborot, ma'naviy saloxiyati va geosiyosiy omillar bilan chambarchas bog'liq. Bunday sharoitda jamiyat havfsizligi xamda mamlakat barqarorligini ta'minlash hozirgi kunning dolzarb muammosi hisoblanadi. Dunyo mikyosida globallashuv jarayonining kuchayishi natijasida avj olib borayotgan ma'naviy va mafkuraviy tahdidlar, yot g'oya va mafkuralar ta'sirida inson qalbi va ongini zabt etishga xarakat tobora kuchayib bormoqda. Radikal mafkuraning tarqalishi, insonlarning siyosiy, diniy, ijtimoiy, milliy, hududiy, etnik manfaatlarini manipulyatsiya qilish orqali sodir bo'lmoqda. Radikalizmning xalqaro miqyosda keng tarqalishi, global muammolardan biri sifatida qayd yetilmoqda.
Radikalizatsiya va deradikalizatsiya masalasi nemis olimi Daniel Kyoler, Yevropa davlatlaridagi radikallashuv jarayoni Karolin Goerzik va Xolid al-Hoshimiy, jazoni o'tash muassasalarida mahkumlarning radikallashuvi muammolari Daan Veggemans, Beatris de
globallashuv, mafkura, diniy ekstremizm, terrorizm, radikallashuv, deradikalizatsiya, diniy reabilitatsiya, islomiy tarbiya, destruktiv g'oyalar.
Ключевые слова* I globalization, ideology, religious yextremism, terrorism, radicalization,
' I deradicalization, religious rehabilitation, Islamic yeducation, destructive ideas.
Key words:
Tayanch so'zlar
глобализация, идеология, религиозный экстремизм, терроризм, радикализация, дерадикализация, религиозная реабилитация, исламское воспитание, деструктивные идеи.
Alfraganus Universitet
Graaf, Inmakulado Marero Rocha, M.Umberto va Truxillo Mendoza tomonidan ko'rib chiqilgan . Jihodchilarni deradikalizatsiya qilish jarayoni Umar Ashur ilmiy asoslantirgan. Olim tadqiqotida muvaffaqiyatli deradikalizatsiya sodir bo'lishi mumkin bo'lgan o'ziga xos jihatlar tahlil qilingan.
Radikalizmning xalqaro miqyosda yoyilishi, global muammolarning ushbu ijtimoiy hodisaga ta'siri masalasi olimlar N.Jdanov, S.Samoylov, A.Arystanbekova, E.Tukumov va boshqalar tadqiqotlarida yoritilgan .
Markaziy Osiyo ekspert va olimlari S.Qushkumboev, E.Karin, M.Laumulin, M.Abisheva, T.Shaymergenova, M.Onuchkolar tadqiqotida xalqaro xavfsizlik muammolari tadqiq etilib radikallashuv, ekstremizm, terarizm masalalari alohida e'tibor qaratilgan .
Manbalarda qayd yetilishicha radikalizm odatda har qanday qarashlarga, fikrlash tarziga, kontseptsiyaga o'ta murosasiz amal qilish deb tushuniladi. Ya.Yaxyaev ta'kidlashicha radikalizm o'ta tajovuzkor mafkuraga o'ta buzg'unchi harakatlarga asoslangan ijtimoiy-siyosiy faoliyat bo'lib, u butun ijtimoiy-siyosiy tuzumni o'zgartirishga yo'naltiriladi .
METOD
O'zining dastlabki ma'nosida radikalizm murosasizlikni anglatgan bo'lsada, uni zo'ravonlik xususiyatiga ega, faqat buzg'unchilikka yo'naltirilgan voqelik deb tushunish to'g'ri emas. Ko'pgina mualliflar radikalizmni nafaqat destruktiv, balki taraqqiyotni tezlashtiradigan ijobiy hodisalarning katalizatori deb qayd etishgan.
Shuningdek, radikalizm muammosiga bag'ishlangan ayrim tadqiqotlarda bu atamaning ta'rifi va mazmuniga nisbatan boshqacha yondashuvlar mavjud bo'lib unda radikalizmning ajralmas elementlari sifatida tajovuzkorlik va buzg'unchilik keltirilib, ular g'oya toifasidan radikal, ko'pincha noqonuniy faoliyat toifasiga o'tishi asoslantirilgan.
ilmiy adabiyotlarda radikalizm turlari va tushunchalarning mohiyatiga oid aniq fikrlar to'liq shakllanmagan. Manbalarda radikalizm tushunchasi bir qancha ma'noda keltirilgan. Xususan:
-radikalizm siyosiy tendentsiya sifatida talqin qilishnib, unda ijtimoiy-siyosiy tizimga tanqidiy yondashilib, radikal ijtimoiy o'zgarishlar va siyosiy islohotlar zarurligi ta'kidlanadi. Bunda radikalizm faqat ijtimoiy-siyosiy mafkura sifatida tushuniladi. Ushbu mafkuraga ko'ra radikalizm siyosiy faoliyat usuli hisoblanmaydi;
- keskin choralarni qo'llash orqali hal qiluvchi harakat deya ta'riflanib, bunda ijtimoiy faoliyat turidan qat'i nazar, radikalizm tegishli ijtimoiy sub'ektlarning harakat usullari sifatida tushuniladi .
- radikalizm ijtimoiy va siyosiy xususiyatga yega faoliyat sanalib, u keskin, yuqori darajada tajovuzkor mafkuraga asoslanadi. U mavjud ijtimoiy-siyosiy tizimni tubdan o'zgartirishga qaratilgan harakatlar orqali amalga oshiriladigan ijtimoiy-siyosiy xarakterdagi faoliyatni anglatadi. Ushbu faol harakt ekstremizm deb ataladi .
Shuni alohida ta'kidlash joizki ushbu hodisa muayyan sub'ektlarning davlatdagi mavjud siyosiy tizim yoki davlatning ijtimoiy-iqtisodiy xolatiga qarshi reaktsiyasi sifatida talqin qilinishi ahamiyatlidir. Ushbu jarayon radikalizmning o'zaro bog'liq bo'lgan ikki jihati - radikal mafkura va radikal faoliyatning paydo bo'lishi va rivojlanishi uchun zamin yaratadi.
TAHLIL
Radikalizm uning tashuvchisining rivojlanganlik darajasiga va u joylashgan ijtimoiy sharoitga qarab keskin qarashlarni nazarda tutadi. Yuqori darajadagi ijtimoiy inqirozlar davrida radikal dunyoqarash destruktiv qudratga ega bo'ladi. Radikal dunyoqarash ijtimoiy hayotning mavjud modelini barbod etishga qaratilgan faol harakatlarga undaydi. Bunday sharoitda radikal qarashlar tarafdorlari mamlakatdagi hokimiyatga da'vogar kuchlar tomonidan o'z siyosiy maqsadlariga
Alfraganus Universiteti^l^
erishish uchun ideal vositaga aylanadi. Bunday hollarda diniy radikalizmga siyosiy mazmun berilib, undan hokimiyat uchun kurashda foydalaniladi.
Radikalizmning o'ziga xos bo'lgan turi - inqilobiy (revolyusion) radikalizm har qanday to'siqni kuch ishlatish yo'li bilan, shuningdek, murosasiz va qurbon berish yo'li bilan bo'lsada, amalga oshirishga qaratilganligi bilan ajralib turadi. Bugungi kunga kelib yesa radikalizmning bu turi hokimiyat uchun, hududlarni qo'lga kiritish yoki g'oyalar, diniy va yetnik g'oyalar uchun siyosiy va mafkuraviy kurash yo'lini tanlaganligi bilan ajralib turadi . Siyosiy radikalizm har qanday murosadan to'la voz kechgan holda belgilangan maqsadlarga majburiy ravishda yerishishni anglatadi. Diniy radikalizm - bu ma'lum bir ye'tiqod tizimi tarafdorining maqsadli harakatlar bilan birga keladigan mafkuraviy qarashlar, g'oyalar tizimi hisoblanadi .
Diniy e'tiqoddan radikal maqsadlarda foydalanish hamda uni shaxsiy manfaatlar yo'lida siyosiylashtirish umuminsoniy qadriyatlarga nisbatan destruktiv g'oyalarning shakllanishiga sabab bo'ladi. N.Kutuzovaning fikricha, diniy radikalizm mavjud diniy an'analar doirasida vujudga kelgan, asosiy dogmaga qarshi chiqish va tanqid qilish yo'li bilan rivojlanadigan mafkura deb ye'tirof yetiladi . Olima diniy radikalizmning uch turini keltiriladi:
- diniy radikalizm
- diniy-yetnik radikalizm;
- diniy-siyosiy radikalizm.
diniy radikalizm - diniy yetakchi atrofida ma'lum bir ijtimoiy-diniy loyihalarni amalga oshirish uchun shakllanadi va yesxatolorik yelementlar bilan to'ldiriladi. Odatda, bunday radikalizm ijtimoiy larza larga olib kelmaydi, ommaviy namoyishlarga va siyosiy aksiyalarga chaqirmaydi;
Diniy-yetnik radikalizm yetnik diniy o'yg'onish g'oyalaridan jahon diniy faoliyat qurilishiga qarshi tarzda shakllanadi;
MUNOZARA
Diniy-siyosiy radikalizm diniy-yetnik radikalizmning davomi bo'lishi mumkin. Chunki bunday radikalizm bosiqma-bosqich siyosiy ahamiyat kasb yetib boradi va o'z navbatida yekstremizmga qadar o'sib borishiga jiddiy sharoit yaratadi. Diniy-siyosiy radikalizmning maqsadi davlat darajasida diniy g'oyalarni ro'yobga chiqarish uchun diniy nizolarni vujudga keltirish yo'li bilan hokimiyatni kuch bilan qo'lga kiritish hisoblanadi.
Manbalar tahlilida olimlar diniy radikalizm/ekstremizm bilan fundamentalizm fenomeni ko'p jihatdan bir biriga bog'liq deb hisoblaydilar. Diniy fundamentalizmning asosiy vazifalaridan biri jamiyatdagi hukmron diniy tuzilmalarga qaytishdir . N.Safarova tadqiqotida radikalizm, fundamentalizm, ekstremizm va terrorizmning o'zaro aloqadorligi, terrorizm klassifikatsiyasi va dinamikasi hamda unga qarshi g'oyaviy kurash masalasi tarixiyfalsafiy jihatdan tahlil etilgan . Demak "diniy fundamentalizmning o'zgaruvchanlik, o'sib boruvchi xususiyatlari radikalizm, ekstremizm va terrorizmning kelib chiqishiga asos bo'lgan" .
Diniy ekstremizm radikal amaliyotlarning oxirgi chorasi sifatida fundamentalizm ta'sirida shakllangan va g'ayriinsoniy mafkura va amaliyotga asoslanib, radikalizm va fundamentalizmga moyilligi, radikal tabiatga ega jihatlarning mavjudligi bilan din niqobi ostida zo'ravonlikning barcha shakllarini qabul qilishi mumkin.
Bizning fikrimizcha, ilmiy adabiyotlarda diniy yoki boshqa turdagi radikalizm tushunchasi mohiyatiga oid aniq fikr shakllanmagan. Umumiy ma'noda radikalizm odatda har qanday qarashlarga, fikrlash tarziga, kontseptsiyaga o'ta murosasiz amal qilish deb tushuniladi. Ushbu atama ko'proq siyosiy va ijtimoiy sohalarda ishlatilib, u mavjud ijtimoiy tuzilmalar yoki institutlarni tubdan o'zgartirish zaruriyati vujudga kelganda qo'llaniladi.
XX- XXI asrda radikalizm siyosiy, diniy, ijtimoiy, milliy, hududiy, yetnik sohalarda namoyon bo'lmoqda. Bu o'z navbatida inson ongi va shuuriga murosasizlik, o'zlariga tegishli bo'lmagan har qanday g'oya va qarashlardan norozilik kabi jarayonlarga sabab bo'lmoqda.
rAlfraganus Universitet
Jamiyat va davlat hayotida radikalizmning shakllanishi va rivojlanishiga sabab bo'luvchi omillarni quyidagilarda ko'rishimiz mumkin:
• bolalikdagi tarbiya, ya'ni oilalarda bolaga nisbatan turli bosimlar o'tkazilishi, unga ruhiy ta'sir kuchaytirilishi, uning o'ziga va kelajagiga bo'lgan ishonchiga putur yetkazilishi va xokazo holatlar;
• shakllanayotgan shaxsning o'ziga past baho berishi, hayotda o'z o'rnini topishga bo'lgan ishonchi va ishtiyoqining pastligi va yeng asosiysi, o'ziga nisbatan qaysidir yo'llar bilan "yupanch" topishga intilishi;
• hayotida ro'y beradigan keskin yoki murakkab holatlarda biror bir ruhiy "zarba" olishi va undan chiqish uchun destruktiv yo'llarni qidirishi;
• muayyan shaxsning xulq-atvorida o'zgarishlar sodir bo'lishi, ya'ni birovga bo'ysinuvchanlik, tobelik va ularning izmiga tushgan holda, radikal qarashlarga yega bo'lish.
So'z va e'tiqod erkinli mavjud bo'lgan demokratik davlatlarda radikal oqimlarning kelib chiqishini aniqlash yoki uni kuzatish juda qiyin, chunki demokratiya mutlaq so'z va e'tiqod erkinligini nazarda tutadi. Radikal oqimlarni aniqlash darajasiningpastligi ularni yanada rivojlanishi va tabiiy ravishda ekstremizmning paydo bo'lishiga olib keladi. Shu bilan birga, radikal qarashlar insonning mamlakatda sodir bo'layotgan va u qabul qila olmaydigan jarayonlardan o'ziga xos himoya reaktsiyasi sifatida paydo bo'lishi mumkinligi kuzatiladi. O'z navbatida, qarashlarning radikalligi va ularga xos maksimalizm ekstremizmning paydo bo'lishiga yordam beradi. Natijada bu yo'nalishni kuch bilan o'zgartirish yoki uni keltirib chiqaradigan siyosiy tizimni yo'q qilish istagida namoyon bo'ladi. Bunday qarashlarni amalga oshirishga chorlash ham o'z-o'zidan ekstremizm hisoblanadi.
Olim R.Prus "radikalizmni maqsadli harakatlar tizimi bilan birga keladigan mafkuraviy qaysarlik sifatida baholaydi" . Har qanday g'oyaga, uning mazmunidan qat'i nazar, ko'r-ko'rona amal qilishi biror guruh yoki muayyan shaxsni ekstremistlar qatoriga kiritishga asos bo'ladi.
Radikalizm va ekstremizmning kuchayishiga turmush darajasining keskin yomonlashuviga olib keladigan iqtisodiy va ijtimoiy silsilalar, shuningdek, tashqi aralashuv yordam berishi mumkin. "Ekstremizm deganda keskin qarashlarga rioya qilishga asoslangan va mavjud normalar va tamoyillarni buzish, destruktiv ta'sir ko'rsatish yoki parchalashga qaratilgan zo'ravonlik yoki boshqa noqonuniy harakatlar bilan bog'liq faoliyat tushunililadi" . Ekstremizmning eng tajovuzkor ko'rinishi terrorizm bo'lib, maqsadlarga kuch bilan erishishning eng shafqatsiz usuli hisoblanadi. Shunday qilib, ko'rib chiqilayotgan tushunchalar radikalizmdan ekstremizmgacha bo'lgan ijtimoiy xavf, natijada ushbu xavfning yovuz ko'rinishi - terrorizmga qadar kuchayishi kuzatiladi. Ushbu tushunchalar mohiyatan bir-biriga mos kelishi olimlar tomonidan ilmiy asoslantirilgan.
XULOSA
Xulosa o'rnida aytish lozimki, radikalizm -yoshlar ongu-ruhiga jiddiy salbiy ta'sir ko'rsatayotgan jarayon sifatida xavfli tendensiyaga aylanmoqda. Eng asosiysi, radikalizm davlat va jamiyatning tinchligi va barqarorligi uchun jiddiy xavotir o'yg'otadigan ijtimoiy, kerak bo'lsa siyosiy voqelik sifatida namoyon bo'lmoqda. Aynan yoshlarning turli oqimlar ta'siriga tushib qolishi, diniy radikal kuchlarning "o'ljasiga" aylanishining dastlabki qadami sifatida - ularda aqliy immunitetning yetarli darajada hosil bo'lmaganligi sharoitida turli diniy "ilm"larni egallashga bo'lgan qiziqish va intilishini ortishi, ushbu ilmni egallashda turli axborotlarga ishonuvchanligi, katta muvaffaqiyatlarga birdaniga erishishga bo'lgan intilishi kabi ma'naviy-ruhiy omillarni alohida ajratib ko'rsatish lozim. Shuningdek, radikalizm botqog'iga botib qolishning yana bir omili - bu oiladagi moddiy yetishmovchiliklar, ishsizlik, qiyinchilik va ular tufayli shaxsning jamiyatdan yoki hokimiyatdan norozi bo'lishi, alamzadalikning chuqurlashib borishiga sabab bo'ladi. Ijtimoiy vaziyat ham shaxsning radikallashuvining asosiy omili bo'lib xizmat qiladi.
«ALFRAGANUS» xalqaro ilmiy jurnali
Alfraganus Universiteti'
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. Koehler D. Understanding Deradicalization: Methods, Tools and Programs for Countering Violent Extremism. - NY.: Routledge, 2016. - 322 p/
2. Gorzig C., Al-Hashimi K. Radicalization in Western Europe: Integration, Public Discourse and Loss of Identity among Muslim Communities. - NY.: Routledge, 2015. - 192 р.
3. Weggemans D., De Graaf B. Reintegrating Jihadist Extremist Detainees: Helping Extremist Offenders Back into Society. - NY.: Routledge, 2017. - 165 р.
4. Rocha I.M., Mendoza H.M.T. Jihadism, Foreign Fighters and Radicalization in the EU: Legal, Functional and Psychosocial Responses. - NY.: Routledge, 2018. - 278 р.
5. Жданов Н.В. Исламская концепция миропорядка. - М.: Междунар. отношения, 2003. -568 с.
6. Самойлов С.Ф. К проблеме разграничения понятий социального и политического радикализма // Общество: политика, экономика, право. - 2008. - № 2. - С. 81-87.
7. Арыстанбекова А.Х. Глобализация. -Алматы: Дайк Пресс, 2007. -304 с.
8. Тукумов Е.В. Религиозно-политический экстремизм как угроза региональной, национальной безопасности стран Центральной Азии: автореф. ... канд. полит. наук. - Алматы, 2004.
- 29 с
9. Кушкумбаев С.К. Ислам в Казахстане: между общностью и размежеванием // В кн.: Центральная Азия: пространство «шелковой демократии». Ислам и государство. - Алматы: Фонд им. Фридриха Эберта, 2017. - С. 24-34.
10. Карин Е.Т. Операция "Жусан". - Алматы: Print House Gerona, 2020 - 272 с.; Лаумулин М.Т. Эволюция восприятия террористической и экстремистской угрозы // Профилактика экстремизма. Успехи и трудности: матер. междунар. науч.-практ. конф. - Нур-Султан: КИСИ при Президенте РК, 2019. - С. 141-148.
11. Абишева М.А., Шаймергенов Т.Т. Религиозно-политический экстремизм в странах Центральной Азии: анализ причин распространения // Центральная Азия и Кавказ. - 2006. - № 6(48). - С. 50-64.
12. Онучко М.Ю. Религиозный экстремизм среди молодежи в Центральной Азии: особенности проблемы и пути решения // Центральная Азия и Кавказ. - 2019. - № 3. - С. 123-137.;
13. Яхъяев М.Я. Причины радикализации ислама в современном мире // Исламоведение. -2012. - № 2. - С. 4-14.
14. Айтжанова Д.А. Опыт европейских стран в противодействии религиозному экстремизму: Дисс. ... д-ра по проф. - Нур-Султан, 2021. - С.21. 180 с.
15. Gаlаntе Оагсо^ F. I rаdicаli in ПаНа (194852). Mil., 1973
16. Prus R. Tеrrоrism, Tyranny а^ Rеligiоus Ехtrеmism аs СоПе^^е А^^ку: Веуо^ Ше Dеviаnt, Psychоlоgicаl, а^ Pоwеr Mystiq^s // ^е Аmеricаn Sоciоlоgist. - 2005. -Уо1. 36(1). - Р. 4774.
17. Кутузова Н.А. Религиозный радикализм и альтернативные социальные проекты // Религия и общество. Актуальные проблемы современного религиоведения: сб. науч. тр. - Могилев, 2008. - С. 164-167.
18. Marty M.E., Appleby R.S. An Interim Report on a Hypothetical Family // In book: Fundamentalisms Observed. - Chicago; London: Chicago University Press, 1991. - Vol. 1. - Р. 814-842.
19. Safarova N. Terrorizm: manbalar, maqsadi, globallashuv jarayoni. (Monografiya) T.: - Fan. 2006. -B.191.
20. Kurbanov D.D. Markaziy Osiyo ijtimoiy-falsafiy tafakkuri tarixining diniy fundamentalizm va ekstremizmga qarshi kurashdagi ahamiyati: Fals. f-i bo'y. fal. d-ri (PhD) diss. ... avtoref. - Buxoro, 2023. - B.12.
21. Prus R. Terrorism, Tyranny and Religious Extremism as Collective Activity: Beyond the Deviant, Psychological, and Power Mystiques // The American Sociologist. - 2005. -Vol. 36(1). - Р. 4774.
22. Hoiub A. Ekstremizm i radykalizm jako srodowiska rozwoju terroryzmu //Studia Politicae Universitatis Silesiensis. - 2016. - №. 17. - С. 23-38
23. Oripovna Q.F. Markaziy Osiyo davlatlari integratsiyasida xalqaro tashkilotlarning roli: // Obrazovanie i innovatsionnbie issledovaniya mejdunarodnbiy nauchno-metodicheskiy jurnal. - 2022.
- №. 12. - S. 42-48.
«ALFRAGANUS» xalqaro ilmiy jurnali
ГЯЯ