Научная статья на тему 'QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING UMUM OVQATLANISHNI TASHKILLASHTIRILISHI'

QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING UMUM OVQATLANISHNI TASHKILLASHTIRILISHI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

3
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
maktab o'quvchilari / bepul ovqatlanish / bolalar va o‘smirlar salomatligi / jismoniy rivojlanishi / ratsional ovqatlanish / maktab o'quvchilari / bepul ovqatlanish / bolalar va o‘smirlar salomatligi / jismoniy rivojlanishi / ratsional ovqatlanish

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — F.I.Salomova, N.O.Axmadaliyeva, M.K.Sadirova

Qoraqalpog‘iston respublikasi umumta’lim maktablarida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ovqatlanishshni o'ziga xos xususiyatlari va umum ta’lim maktablarida ular uchun ajratilgan qo‘shimcha bepul ovqatlanishni tashkillashtirilish holati tahlil qilingan. Taomnoma bo‘yicha o‘quvchilar organizmi kuniga qo‘shimcha 470−500 kaloriya energiya bilan ta’minlanadi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ОРГАНИЗАЦИИ ОБЩЕГО ПИТАНИЯ УЧАЩИХСЯ НАЧАЛЬНЫХ КЛАССОВ В ОБЩЕОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ ШКОЛАХ РЕСПУБЛИКИ КАРАКАЛПАКСТАН

В статье анализируются особенности питания учащихся начальных классов в общеобразовательных школах Республики Каракалпакстан и состояние организации выделяемого для них дополнительного бесплатного питания в общеобразовательных школах. Согласно диете организм учащихся обеспечивается дополнительно 470-500 калориями энергии в сутки.

Текст научной работы на тему «QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING UMUM OVQATLANISHNI TASHKILLASHTIRILISHI»

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology,

Pedagogy: a Problem and Solutions

Toshkent tibbiyot akademiyasi Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi:

muammo va yechimlar

QORAQALPOG'ISTON RESPUBLIKASI UMUMTA'LIM MAKTABLARIDA BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARINING UMUM OVQATLANISHNI TASHKILLASHTIRILISHI

F.I.Salomova, N.O.Axmadaliyeva, M.K.Sadirova

Toshkent tibbiyot akademiyasi

MAQOLADA

Qoraqalpog'iston respublikasi umumta'lim maktablarida boshlang'ich sinf o'quvchilarining ovqatlanishshni o'ziga xos xususiyatlari va umum ta'lim maktablarida ular uchun ajratilgan qo'shimcha bepul ovqatlanishni tashkillashtirilish holati tahlil qilingan. Taomnoma bo'yicha o'quvchilar organizmi kuniga qo'shimcha 470-500 kaloriya energiya bilan ta'minlanadi.

Kalit so'zlar: maktab o'quvchilari, bepul ovqatlanish, bolalar va o'smirlar salomatligi, jismoniy rivojlanishi, ratsional ovqatlanish

ОРГАНИЗАЦИИ ОБЩЕГО ПИТАНИЯ УЧАЩИХСЯ НАЧАЛЬНЫХ КЛАССОВ В ОБЩЕОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ ШКОЛАХ РЕСПУБЛИКИ

КАРАКАЛПАКСТАН

Ф.И.Саломова, Н.О.Ахмадалиева, М.К.Садирова

Ташкентская медицинская академия

В статье анализируются особенности питания учащихся начальных классов в общеобразовательных школах Республики Каракалпакстан и состояние организации выделяемого для них дополнительного бесплатного питания в общеобразовательных школах. Согласно диете организм учащихся обеспечивается дополнительно 470-500 калориями энергии в сутки.

Ключевые слова: школьники, бесплатное питание, здоровье детей и подростков, физическое развитие, рациональное питание.

ORGANIZATION OF COMMON FOOD FOR PRIMARY CLASS PUPILS IN SECONDARY SCHOOLS OF THE REPUBLIC OF

KARAKALPAKSTAN

F.I.Salomova, N.O.Akhmadalieva, M.K. Sadirova

22

April 26, 2024

Tashkent medical academy

The article analyzes the special features of primary school pupils' meals in general education schools of the Republic of Karakalpakstan and the state of organization of additional free meals allocated for them in general education schools. According to the diet, the body of pupils is provided with an additional 470-500 calories of energy per day.

Keywords: school children, free meals, health of children and adolescents, physical development, rational nutrition

Kirish. Ovqatlanish aholi salomatligini belgilovchi eng muhim omillardan biridir. Ayniqsa, to'g'ri ovqatlanish bolalarning o'sishi va rivojlanishini ta'minlaydi, kasalliklarning oldini olishga yordam beradi, hayotni uzaytiradi, bolalar va o'smirlarni ilm olishi, aqliy rivojlanishida samaradorlikni oshiradi va atrof-muhitga etarli darajada moslashish uchun sharoit yaratadi. Yosh avlodning sog'lom ovqatlanishini ta'minlash davlat siyosatining eng muhim yo'nalishidir [2, 4].

Respublikamizda sog'liqni saqlash hamda jismoniy tarbiya va sport sohalarini isloh qilish yuzasidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarda ushbu tizimlarni takomillashtirish barobarida aholi o'rtasida sog'lom turmush tarzini shakllantirishga mazkur sohada davlat siyosatining muhim yo'nalishlaridan biri sifatida ahamiyat qaratilmoqda.

Jahon sog'liqni saqlash tashkilotining ma'lumotiga ko'ra, jismoniy faollik hamda ovqatlanish me'yor va qoidalariga amal qilmaslik, tarkibida tuz, qand, yog' miqdori ko'p bo'lgan taom va shirinliklarni me'yoridan ortiq iste'mol qilish, shuningdek yetarli darajada vitamin va minerallar iste'mol qilmaslik oqibatida yoshlarda ratsional o'sish va aqliy rivojlanishda ortda qolish, kattalarda esa yurak qon-tomir, endokrin, xavfli o'sma kabi insonning erta o'limiga olib keluvchi qator kasalliklarning rivojlanishiga sabab bo'ladi [5-7].

Qoraqalpog'iston respublikasi aholisi o'rtasida suvchechak kasalligining Mo'ynoq tumanida 95,1% oshganligi va endemik kasalliklarning tarqalishi, ya'ni flyuoroz kasalligi 80% bolalar va 47% kattalarda uchrashi aniqlangan [3].

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Aholining sog'lom ovqatlanishini ta'minlash bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida" gi 10.11.2020 yildagi PQ-4887-sonli qarori bo'yicha

"2022 — 2026 yillarga mo'ljallangan yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida" O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonining

23

April 26, 2024

taraqqiyot strategiyasida inson qadrini ulug'lashga yo'naltirilgan ijtimoiy himoya siyosati bo'yicha belgilangan vazifalar doirasida Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyatida birinchi-to'rtinchi (boshlang'ich) sinf o'quvchilarini Davlat byudjeti mablag'lari hisobidan bepul ovqat (nonushta yoki tushlik) bilan 2022 yilning 1 aprelidan boshlab ta'minlanishi qaror loyihasi kiritilgan edi. Ma'lumki, Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi umumta'lim maktablarining boshlang'ich sinf o'quvchilarini bepul ovqatlantirish yo'lga qo'yildi. Bu borada keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda. Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 25 avgustdagi tegishli qarori bilan tasdiqlangan Nizomda keytering tashkiloti tayyor taomlarni qadoqlangan, bir marta ishlatiladigan qutilarda sovutgich moslamasi o'rnatilgan maxsus avtotransport vositalarida maktablarga yetkazishi belgilangan bo'lib, tender shartlariga kiritilgan. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Fan, ta'lim, madaniyat va sport masalalari qo'mitasi tomonidan joriy o'quv yilida yuqoridagi qarorga muvofiq, umumiy o'rta ta'lim muassasalarida keytering usulida sog'lom ovqatlantirish tizimini tashkil etish ishlarini nazorat qiluvchi ishchi guruh tarkibi va umumiy xarid komissiyasi tarkibi tasdiqlangan. Qoraqalpog'iston Respublikasida joylashgan umumiy o'rta ta'lim muassasalarida sog'lom ovqatlantirish tizimini doimiy nazorat qilish bo'yicha mas'ul xodimlar biriktirilgan [6].

Qoraqalpog'iston va Xorazmda tajriba-sinov tariqasida keytring usulida maktablarning boshlang'ich (1-4) sinf o'quvchilariga bepul ovqat yetkazib berilmoqda. 2022 yil uchun mahalliy byudjetdan 200 mlrd so'm ajratilgan.

Qoraqalpog'iston maktablarida 1-sinfdan 11-sinfgacha 354,6 ming o'quvchi, shu jumladan 140,2 ming boshlang'ich sinf o'quvchilari o'qiydi. Nukus shahrida 51 ta umumta'lim maktablari mavjud. Boshlang'ich sinf o'quvchilari soni 24544 tani tashkil qiladi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Fan, ta'lim, madaniyat va sport masalalari qo'mitasi ma'lumotlariga ko'ra, ayni chog'da 716 ta umumta'lim maktabi hududlar kesimida 64 ta lotlarga joylashtirilgan. Bugungi kunda 716 ta umumiy o'rta ta'lim maktabidan 510 tasida jami 101 ming 568 nafar o'quvchilarni bepul oziq-ovqat bilan ta'minlanishi yo'lga qo'yilgan. 2022 yil fevral-may oylarida 139 ming 374 nafar boshlang'ich sinf o'quvchilari bepul tayyor oziq-ovqat bilan keytering usulida ta'minlanlanishi yo'lga qo'yilgan [6].

Tadqiqot maqsadi. Nukus shahridagi umumta'lim maktablarida boshlang'ich sinf o'quvchilari uchun umum ovqatlanishning tashkillashtirilish holatini tahlil qilish

Materiallar va tadqiqot usullari. O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligining Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo'mitasi

24

April 26, 2024

hamda O'zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi ma'lumotlari, Nukus shahridagi 25 umumta'lim maktabida boshlang'ich sinf o'quvchilarga beriladigan bepul ovqatlanishni tahlili keltirilgan.

Olingan natijalar. 2023 yilning 23 avgustida O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligining Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo'mitasi hamda O'zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan respublika umumta'lim maktablarida 7-11 yoshli o'quvchilarning sog'lom ovqatlanishi uchun mo'ljallangan 5 kunlik taomnoma kelishildi va tasdiqlandi. Taomnoma bo'yicha o'quvchilarning bir kunlik umumiy ovqatlanishiga qo'shimcha 470-500 kkaloriyaga ega ovqat, tabiiy sok va mevalar bilan ta'minmoqda. Quyidagi jadvalda 5 kunlik taomnomaga kiritilgan maxsulotlar to'plami keltirilgan.

Kelishuvda mavsumni inobatga olgan holda unga o'zgartirish kiritilishi hamda kunning issiq kunlari ichimlik suvi, sovuq kunlari issiq choy berilishi rejalashtirilgan.

Bunda Qoraqalpog'iston barcha umumta'lim boshlang'ich sinf o'quvchilariga bir martalik ovqat yetkazib beriladi, o'quvchilarni o'z sinf xonalarida ovqatlanishi tashkil etiladi. Bu bir tomondan maktabda oshxona yoki bufeti yo'q maktablarga hamda olis hududdagi umumta'lim maktablariga boradigan o'quvchilar uchun anchagina qulaylik yaratadi.

1-kun 2-kun 3-kun 4-kun 5-kun

Magizli Keks- 60 g; Korjik- 60 g; Venskie vafli - Magizli

bulochka - 60 Suli Mikronutrientlar bilan 60 g; bulochka -

g; yormasidan boyitilgan qandolat Galetli pechene 60 g;

Yodlangan pechene mahsuloti (gemotogen - 30 g; Yodlangan

pechene - 30 (ovsyanka) - albuminsiz) - 25 g; Quritilgan meva pechene - 30

g; 40 g; Meva - 100 g; - 20 g; g;

Pastila - 20 g; Meva - 100 g; Ichimlik suvi - 200 ml. Sharbat meva - 100

Ichimlik suvi - Ichimlik suvi - (qadoqlangan) - g;

200 ml. 200 ml. 125 ml Ichimlik suvi -200 ml.

Xulosa. So'nggi besh yillik islohotlarning natijasida mamlakatimizda Yangi O'zbekistonni barpo etishning zarur siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-ma'rifiy asoslari yaratildi. Aholining sog'lom ovqatlanishini ta'minlash bo'yicha qabul qilinayotgan qo'shimcha chora-tadbirlar respublikasizning asosiy resursi bo'lgan bolalar va o'smirlarning salomatligini saqlash va mustahkamlashning asosiy tamoyillaridan biri bo'lib xizmat qiladi.

April 26, 2024

25

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology,

Pedagogy: a Problem and Solutions

Toshkent tibbiyot akademiyasi Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi:

muammo va yechimlar

REFERENCES

1. Богомолова Е.С и др. Оценка нарушений пищевого статуса современных городских школников/ Е.С. Богомолова, Е.Г. Кузмичев, Е.А. Олюшина [и др.] // Актуальные проблемы безопасности и анализа риска здоровью населения при воздействии факторов среды обитания: Материалы VI Всероссийской научно-практической конференции с международным участием/ Под ред. проф. А.Ю. Поповой, академика РАМН Н.В. Зайцевой. Перм, 2015. С. 408-413.

2. Клещина Ю.В. и др. Особенности формирования нарушений питания у детей/ Ю.В. Клещина, Ю.Ю. Елисеев, Н.Н. Павлов// Здоровье населения и среда обитания. 2012. №8 (233). С. 20-22.

3. Косымбетова А.Б., Рахманова Л.Ж., Утекеева С.А., Орынгалиева Н.Д. Частота встречаемости эндемического флюороза у коренных жителей республики Каракалпакстан// Доктор Ахборотномаси, 2015. -№3. 87-88 бетлар.

4. Кучма В.Р. и др. Мониторинг модернизации организации питания детей в общеобразовательных учреждениях/ В.Р. Кучма, В.В. Чернигов// Здоровье населения и среда обитания. 2012. №8 (233). С. 7-10.

5. Nutrition of frequently ill preschool children in organized collectives

N.O. Akhmadaliyeva, F.I. Salomova, Kh.A. Sadullayeva, L.K. Abdukadirova and A.O. Imamova.BIO Web Conf., 84 (2024) 01011 DOI: https://doi.org/10.1051/bioconf/20248401011

6. https://www.uza.uz

7. https://sanepid.uz

26

April 26, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.