Научная статья на тему 'QO‘YLAR XLAMIDIOZINING IMMUNOLOGIK REAKSIYАLARGA MUNOSABATI'

QO‘YLAR XLAMIDIOZINING IMMUNOLOGIK REAKSIYАLARGA MUNOSABATI Текст научной статьи по специальности «Фундаментальная медицина»

CC BY
2
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
xlamidioz / immunoglobulin / vaksina / immunitet / immunofon / antigen / mikroorganizm / retseptor / seroguruh

Аннотация научной статьи по фундаментальной медицине, автор научной работы — Navruzov N.I., Sayfiddinov B.F., Aktamov U.B

В статье представлены данные по изучению иммунитета у овец иммунизированных эмульгированной ГОА формол вакциной против хламидиоза овец с помощью тест наборов ИФА производства НИИВ и СП ООО «UNIGEN». Установлены средние значения показателей IgG, при вакцинации (0,275±0,015), ревакцинации (0,310±0,025) по сравнению с контрольной группой (0,104±0,006), данная разница является статистически достоверной и свидетельствует об иммунологической перестройке в организме овец уже при первичном введении вакцины.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «QO‘YLAR XLAMIDIOZINING IMMUNOLOGIK REAKSIYАLARGA MUNOSABATI»

UDK: 619. 2. 616. 989.75.

QO'YLAR XLAMIDIOZINING IMMUNOLOGIK REAKSIYALARGA

MUNOSABATI

Navruzov N.I. - v.f.f.d., katta ilmiy xodim., Sayfiddinov B.F. - kichik ilmiy xodim., Aktamov U.B. - kichik ilmiy xodim. Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti

Аннотация. В статье представлены данные по изучению иммунитета у овец иммунизированных эмульгированной ГОА формол вакциной против хламидиоза овец с помощью тест наборов ИФА производства НИИВ и СП ООО «UNIGEN». Установлены средние значения показателей IgG, при вакцинации (0,275±0,015), ревакцинации (0,310±0,025) по сравнению с контрольной группой (0,104±0,006), данная разница является статистически достоверной и свидетельствует об иммунологической перестройке в организме овец уже при первичном введении вакцины.

Summary. The article presents data on the study of immunity in sheep immunized with emulsified GOA formol vaccine against sheep chlamydia using ELISA test kits manufactured by NIIV and JV LLC "UNIGEN". The average values of IgG indicators were established, with vaccination (0.275±0.015), revaccination (0.310±0.025) compared with the control group (0.104±0.006), this difference is statistically significant and indicates an immunological restructuring in the body of sheep already with the initial administration of the vaccine.

Kalit so'zlar: Key words:

xlamidioz, immunoglobulin, vaksina, Chlamydia, immunoglobulin, vaccine,

immunitet, immunofon, antigen, immunity, immunophone, antigen,

mikroorganizm, retseptor, seroguruh. microorganism, receptor, serotype.

Mavzuning dolzarbligi. Respublikamiz iqtisodiyotiga mayda va yirik shoxli hayvonlarning xlamidiozi katta zarar keltirishi barcha fermer xo'jaliklar misolida yillar davomida kuzatishimiz mumkin. Chorva hayvonlari orasida tekshirishlar natijasiga ko'ra yiliga 12 foizgacha abort bo'lishi aynan xlamidioz kasalligi tufaylidir. I.I.Nosov, va A.A.Volkovalar ma'lumotiga ko'ra xlamidioz natijasida qishloq xo'jaligi hayvonlarida 50 foizgacha abort bo'lishi aniqlangan. Kasal hayvonlarni davolash va kasallikka qarshi kurashish tadbirlari uchun katta mabla g' sarflanadi.

Ma'lumotlariga ko'ra; mayda shoxli hayvonlar orasida AQShda 18-43,6; Kanadada 9-21,6; Gollandiyada 16-24,8; Fransiyada 18-57; Angliyada 14-46,4; Avsraliyada 6-26,2 va Isroilda 3-34 foiz xlamidioz tarqalganligi ta'kidlangan.

Xlamidioz - enzootik kechadigan kontagioz infeksion kasallik bo'lib, homila yo'ldoshining, ayniqsa kotiledonlarning yallig'lanishi, bo'g'ozlikning 2 - yarmida abort yoki nimjon layoqatsiz qo'zi va buzoqlarning (umuman yosh hayvonlarning) tug'ilishi hamda ularda o'pkaning yallig'lanishi (pnevmoniya) bilan xarakterlanadi.

Veterinariya sohasidagi dolzarb muammolar yechimi yosh tadqiqotchilar talqinida | TO'PLAM — 2/24

Qo'zg'atuvchisi - Chlamydphila abortus ovis Chlamydiacea oilasi va Chlamydiacea psittaci avlodiga mansub. Xlamidiyalar hujayra ichi paraziti bo'lib, o'lchami 250-300 nmgacha bo'ladi. Ularning hujayra devori qalin bo'lib, tarkibida DNK va RNK mavjud mikroorganizmlar hisoblanadi.

Xlamidiya qo'zg'atuvchisi murakkab antigenlik tuzilishga ega bo'lib, unda uchta- jinsga, turga va seroguruhga xos antigenlik markazlari mavjuddir. Uning jinsga bog'liqligi- gram manfiy bakteriyalar singari hujayra devori termostabilligi tufaylililipo-polisaxariddir. Antigenlik jinsning o'ziga xosligini aniqlaydigan epitop uglevodda joylashgan maxsus bog'lanuvchi retseptor va 3 monomerdan iborat oligosaxarid molekulasidan iboratligi bilan ifodalanadi (G.A.Dmitriev va boshqalar., 1999). Antigen serotiplari turga xos determinantlarni oqsil membranasida sisteinga boy aminokislotasini maxsus lokalizatsiya qilishidan farqlanadi.

Tadqiqotning maqsadi. Qo'ylarning xlamidioziga qarshi qo'llaniladigan GOA formol emulgirlangan vaksinaning immun tizimga ta'sir barqarorligi "UNIGEN" MCHJ QK tomonidan ishlab chiqilgan IgM va IgG test to'plamlari bilan vaksinaning samaradorligini hamda immunofonni aniqlash tajribamizning bosh mezonidir.

Tadqiqot ob'ekti va uslubiyatlari.

Tadqiqotlar Veterinariya ITIning Mikrobiologiya va Hududiy diagnostika laboratoriyalarida, ishlab chiqarish sharoitida Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumani "M.Ibragimov nomli Qorako'lchilik shirkat" MCHJ koorperativ chorvachilikka ixtisoslashtirilgan kompleksida olib borildi.

Organizmning mikroblar bilan qarshi kurashishi immunoglobulinlar miqdori va qo'zg'atuvchilarga ta'siri bilan belgilandi. Qishloq xo'jaligi hayvonlarida immunoglobulin - E va immunoglobulin - D deyarli aniqlanmagan (F.J.Bourne et al. 1978). Makroglobulinlardan IgM-immun reaksiyalarning boshlang'ich stadiyasida paydo bo'ladi. IgG-qon zardobidagi asosiy immunoglobulin bo'lib, uning ikkita Ig-G1 va Ig-G2 turlari farqlanadi. Immunoglobulinlardan tashqari organizmning asosiy hujayra elementlari makrofaglar (monotsitlar), shuningdek, faol T va B - limfotsitlar ham organizmning mikroorganizm va viruslarga qarshi chidamliligini ta'minlaydi (S.A.Grin., A.I.Albulov., Ye.A.Ruban., A.V.Grin). Kasallikni davolashda ishlatiladigan antibiotik vositalar organizm to'qima va hujayralarining morfologik va patologik holatiga salbiy ta'sir etadi.

Bunday fermentli va bosqichli reaksiyalarda poliklonal faollashuv sindromlari noto'g'ri ijobiy natijalarning sababi bo'lishini inobatga olish kerak bo'ladi. Shu bilan birga hayvon organizmida individual (ontogonistik) davrda maxsus moddalar -superantigenlar -B limfositlar tomonidan turli organizmga kirib kelgan begona antigenlarga qarshi maxsus himoyalanuvchi oqsil tabiatli fermentlar ishlab chiqarilishi va javob qaytarilishini o'ziga xos bo'lgan tarzda rag'batlantiradi. Amalda, bu jarayonlar bir vaqtning o'zida ko'plab patogenlarga antigen titrining o'ziga xos bo'lmagan tarzda ortishi bilan ifodalanadi. Antigenlarni aniqlashda noto'g'ri salbiy natijalar immunitet tanqisligi holatlariga, shuningdek, reaksiyani shakllantirishdagi texnik xatolarga bog'liq bo'lishi mumkinligi adabiyot manbalarida keltirilgan.

Dastlabki reaksiya aniqlanuvchi immunoglobulin-Ig (immunoglobulin, antitelo) va immunologik planshet chuqurqasi yuzasiga o'rnashgan (fiksasiya

qilingan) xlamidiya qo'zg'atuvchining tozalangan antigeni o'rtasida ro'y beradi. Hosil bo'lgan immuno-komplekslarni aniqlash uchun ikkinchi immunologik reaktsiya o'tkaziladi, bunda antigen sifatida bog'langan maxsus Ig (xlamidiya qo'zg'atuvchi antigeni bilan bog'lanib, immuno-kompleks hosil qilgan) qatnashadi, unga antitelo sifatida kon'yugat (quyon yoki boshqa hayvon qon zardobiga muvofiq keluvchi ferment (peroksidaza) bilan belgi qo'yilgan immunoglobulin (Ig) qatnashdi. Keyinchalik kon'yugat molekulasining maxsus fermentli qismi tomonidan kataliz qilinuvchi fermentativ reaktsiya boradi. Bu reaksiyada substart sifatida rangsiz modda - xromogen qatnashadi va reaksiya jarayonida rangli modda hosil qildi. Reaksiya davomida planshet chuqurchasidagi suyuqlik rangining intensivlik darajasi muayyan tarzda namunadagi immunoglobulinlar miqdoriga bog'liqligini inobatga oldik.

Reaksiya to'xtatilgach maxsus apparat (kolorimetr) yordamida planshet chuqurchalaridagi suyuqlikning ranglanish zichligi o'lchanadi, natijalarni hisoblash uchun maxsus apparatdan foydalanildi. Nazoratdagi namunalar optik zichligi bilan solishtirilib, tahlil natijalari matematik ishlovdan o'tkaziladi. Ushbu chuqurchada optik zichlik qancha yuqori bo'lsa, namunadagi maxsus xlamidiya antitelolar miqdori shuncha ko'p bo'ladi.

IFT uchun chuqurchalari devorlariga oldindan antigen adsorbtsiya qilingan 96 chuqurchali polistirol planshetlardan foydalanildi. Tekshirilayotgan qon zardobi planshet chuqurchasiga solindi. Bunda gomologik antitelolar oldindan adsorbtsiya qilingan antigenga birikdi. Xlamidiyalarning birikmagan antitelolari yuvish (vosher uskunasida) jarayonida chiqib ketadi. Keyin chuqurchaga konyugat - quyon yoki boshqa hayvon immunoglobulinlarga (xlamidiya antitelolariga) qarshi ferment bilan belgilangan antitelolar qo'shildi. Agar tekshirilayotgan qon zardobida aniqlanayotgan xlamidiya antitelolari mavjud bo'lsa, ular bu bosqichda antigen rolida qatnashadilar va fermentga belgilangan xlamidiya antitelolari bilan birikadi. Yuvishdan so'ng qo'shilgan xromogen modda (rang beruvchi) chuqurchalarda bo'yalishning rivojlanish bo'yicha reaksiyani hisobga olish imkonini beradi. Bo'yalish intensivligi ferment miqdoriga proporsional, demak, xlamidiyalar antitelolar miqdoriga ham proporsionaldir (son jihatdan ekvivalent bo'ladi). Chuqurchalardagi suyuqlikning optik zichligini o'lchashda va uni nazorat namunasi bilan solishtirishda antitelolar kontsentrasiyasi hajm birligida hisoblandi. Natijalarni optik zichlik birligida hisoblashdan foydalanildi. IFT natijalarini, me'yoriy va patologik ko'rsatkichlar pog'onalarini hisobga olish bo'yicha har bir test-tizimlarning o'z ko'rsatkichlari mavjud hamda IFT natijalarini tahlil qilishda ularga asoslanish lozim.

IF tahlilni o'tkazishda "Socorex" dozatorlari, Elx405 mikroplanshetlarni yuvish pribori, ELx808 mikroplanshetli avtomatik analizatoridan foydalanildi. Reaksiya jarayonida olingan natijalar interpretatsiyasi Bio-Tek KC4™ ta'minlovchi dasturi yordamida elektron tarzda (kompyuterda) amalga oshirildi.

"UNIGEN" MCHJ QK tomonidan tayyorlangan IgM va IgG test to'plamlari orqali profilaktik samaradorligi o'rganildi. Buning uchun tajribada qo'ylar xlamidioziga qarshi emulgirlangan vaksina bilan emlangan, serologik

Veterinariya sohasidagi dolzarb muammolar yechimi yosh tadqiqotchilar talqinida | TO'PLAM — 2/24

(immunobiologik) reaksiya natijasida ularning tabiiy kasallarida tadqiqotlar 3 guruhga taqsimlangan 30 bosh (har guruhda 10 boshdan) qo'ylarda o'rganildi.

I tajriba guruhidagi 10 bosh qo'ylarga "Xlamidiozga qarshi emulgirlangan vaksina" teri ostiga 2 marta in'eksiya qilindi.

10 bosh II qiyosiy guruhga "Xlamidiozga qarshi emulgirlangan vaksina" bilan faqat bir marta emlandi.

III guruh (10 bosh) nazorat guruhi bo'lib, ularga hech qanday preparat qo'llanilmadi. Tadqiqotlar uchun ajratilgan qo'ylar xo'jalik veterinariya vrachini anamnez ma'lumotlari asosida avvalgi yil abort qilgan va tuqqan bolalari hayotga layoqatsiz va nimjon ekanligi inobatga olingan holda belgilandi.

Tadqiqotlarning natijalari.

Immunofermentli tahlil (IFT) reaksiyasini qo'zg'atuvchi antigeni yoki unga qarshi hosil bo'lgan maxsus antiteloga nisbatan qisqa vaqtda aniqlab berishiga asoslangan holda o'rgandik. Tajribadagi mayda shoxli hayvonlar xlamidioziga qarshi emlangan hollarda IFT uslubi bilan tekshirish, kasallangan va vaksinatsiya qilingan hayvonlarni bir-biridan farqlash imkonini bersada, biz serologik (KBR) uslubning immunologik uslubga nisbatan oson, tez, qulay holda tashxislash takomillashganini aniqlash maqsadida foydalandik.

Immunofermentli tahlil - laboratoriya tadqiqoti bo'lib "antigen-antitelo" immunologik reaksiyalarining yuqori darajadagi maxsuslik va sezuvchanlik xususiyatlariga asoslangan. IFT 2 ta turli komponentdan - immun va fermentli reaksiyalardan iborat. Immun reaksiya (mikroorganizm va virus molekulalari) antigen va antitelo bog'lanishi bo'lib xizmat qildi. Fermentli reaksiya esa immunologik reaksiya natijalarini ko'rish va o'lchash imkoniyatini beruvchi kolorimetrdan foydalanildi. Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumani "M.Ibragimov nomli Qorako'lchilik shirkat" MCHJ koorperativ chorvachilikka ixtisoslashtirilgan kompleksi xo'jaligida epizootologik holatni nazorat qilish va umumiy immunofonni aniqlashda immunobiologik usul sifatida immunofermentli tahlil (IFT yoki ELISA) reaksiyasi qo'llanildi. Reaksiyani bajarishda, avvalo, laboratoriyadagi biologik xavfsizlik qonun - qoidalarini ta'minlash bo'yicha chora-tadbirlar ko'rildi.

1-rasm. Xlamidiyalarning mikroskopik ko'rinishi Ramonovskiy-Gimza bo'yicha

Tabiiy sharoitda abort bo'lgan, rivojlanmagan homilaning ichki parenximatoz organlaridan ajratilgan xlamidiya qo'zg'atuvchisining (C.trachomatis) patogenligi oq sichqonlarda o'rganildi. Burun bo'shlig'iga yuborilgan kunlik kultura namunasidan

kuzatuvning 14-15-kunlari 2 bosh sichqonlarda pnevmoniya rivojlangan bo'lsa, 3 bosh oq sichqon 38 kundan so'ng nobud bo'ldi.

Bir hafta davomida qo'zg'atuvchilar tovuq embrioni zararlashi tadqiqotlar davomida kuzatildi. Xlamidiyaning etuk morfologik tuzilishdagi mikroskopik (yorug'lik) ko'rinishida uning diametri 250-350 nm gacha bo'lgan sharsimon shaklli, qattiq hujayra devori va sitoplazmatik membrana bilan chegaralanganligi o'rganildi.

Xlamidiyani bo'yash uchun Romanovskiy-Gimsa (1-rasm), Machiavello, Stemp usullari bo'yicha o'rganildi. Yorug'lik mikroskopida xlamidiyalar yorqin yashil rang berishi kuzatildi.

Qoramol va mayda shoxli hayvonlar qon zardoblaridagi xlamidiyalarga qarshi IgG- maxsus antitelolarni aniqlash bo'yicha immunofermentli tahlil (IFT yoki ELISA) Veterinariya ITI va "UNIGEN" MCHJ qo'shma korxonalari hamkorligida ishlab chiqilgan "Xlamidiya qo'zg'atuvchisiga "Xlamidiya IgG-IFA" IgG antitelolarini immunoferment bilan aniqlash uchun reagentlar to'plami" ("Набор реагентов для иммуноферментного выявления IgG антител к возбудителю хламидия крупного и мелкого рогатого скота") test-tizimi yordamida bajarildi (2,3-rasmlar).

Barcha IFT reaksiyalari test-tizim jamlanmasini ishlab chiqaruvchi tashkilotning qo'llash yo'riqnomasiga va IFT reaksiyasini o'tkazishning umumiy qoidalariga amal qilgan holda bajarildi.

2-rasm. IgM-immunoglobulin

3-rasm. IgG-immunoglobulin

Xlamidiozga qarshi emulgirlangan vaksinaning immunologik tahlili.

Guruhlar Hayvonlar bosh soni T a h l i l t u r l a r i

C reaktiv oqsil (me'yorda 0,10,3 mg/l) IgM (me'yorda 0,4-2,3 mg/l) IgG (me'yorda 716 mg/l)

I tajriba guruhi 10 0,31±0,025 2,8±0,23 19,4±0,96

II qiyosiy guruh 10 0,275±0,015 2,19±0,143 16±1,152

III nazorat guruhi 10 0,104±0,006 0,357±0,017 7,3±0,09

C-reaktiv oqsil miqdori I tajriba guruhida me'yordan 1,55 marta yuqori ekanligi aniqlandi. II qiyosiy tajriba guruhida me'yor darajasida bo'lib, birinchi guruh II qiyosiy tajriba guruhidan 1,13 martaga yuqoriligi aniqlandi. Kasallikning surunkali holatda kechishini IgG ning o'zgarishiga qarab aniqlanilganda I tajriba guruhi me'yordan 1,69 marta, II guruhdan esa 1,213 marta yuqori ekanligi aniqlandi.

Veterinariya sohasidagi dolzarb muammolar yechimi yosh tadqiqotchilar talqinida \ TO'PLAM — 2/24

Ayniqsa, bu ko'rsatkichlar birinchi guruhda IgM va IgG larni yuqori darajada bo'lganligi, II guruhga nisbatan ozroq farq borligi III guruhga nisbatan esa vaksinaning samarasi ancha yuqori ekanligi tadqiqotlar natijasida aniqlandi.

Tadqiqotlar davomida o'rganilgan hayvonlardagi immunofon yoki xlamidiozga qarshi emulgirlangan vaksina bilan emlash natijalariga ko'ra; epizotik tadbirlar me'yorida olib borilgan I guruhda kerakli IgM va IgG ko'rsatgichlariga ega. Qiyosiy jihatdan o'rganilgan, faqat bir marta xlamidiozga qarshi emulgirlangan vaksina bilan emlangan va nazorat guruhidagi bazi hayvonlarda immun tizimni muvozanatlovchi IgM va IgG immun tanachalar me'yori mos ravishda 2,l9±0,143; 16±1,152 qiymatlari aniqlanildi. Har bir organizm uchun emlamalar natijasida hosil bo'luvchi yot antigenlarni neytrallab, ularga mos maxsus oqsil retseptorli murakkab himoya komplekslar hosil qiluvchi ko'rsatkichlar I guruhda 0,31±0,025; II qiyosiy o'rganilgan guruh hayvonlarida 0,275±0,015; nazorat guruhida esa 0,104±0,006 ekanligi aniqlanildi.

Xulosalar;

1. Samarqand viloyatining tadqiqotlar olib borilgan chorvachilik xo'jaliklarida fevraldan may oyigacha xlamidioz 8,2 foiz, Qashqadaryo viloyati xo'jaliklarida esa 6,9 foiz xlamidioz uchrashi aniqlandi.

2. Navoiy viloyatining chorvachilik xo'jaliklarida 5,3 foiz, Jizzax viloyati xo'jaliklarida esa 7,l foiz xlamidioz uchrashi aniqlandi.

3. Serologik (KBR) va immunologik (IFT) uslublarda xlamidiozni tashxislash, har ikki holatda ham reaksiyalarni sezgir va aniqlik darajasi yuqori bo'lishiga qaramasdan immunofermentli tahlildan foydalanish qulayligi aniqlandi.

3. Samarqand va Qashqadaryo viloyatlaring ayrim naslchilikka ixtisoslashgan chorvachilik xo'jaliklarida aniqlangan xlamidioz qo'zg'atuvchisining kultural, tinktorial, morfologik (xlamidiyaning etuk morfologik tuzilishdagi yorug'lik mikroskopik ko'rinishida uning diametri 250-350 nm gacha bo'lgan sharsimon shaklli, qattiq hujayra devori va sitoplazmatik membrana bilan chegaralanganligi o'rganildi) va patogenlik (oq sichqonlar uchun patogenligi l0 kundan 40 kungacha) xususiyatlari o'rganildi.

4. Xlamidiya qo'zg'atuvchisining antibiotiklarga sezuvchanligiga ko'ra oleandomitsin, doksiloks va biomitsinga sezuvchan, teliozin, oksatsilin, gentamitsin sezuvchan emas va eritromitsinga kam sezuvchan ekanligi aniqlandi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. . Navruzov, N. I., & Elmurodov, B. A. CALVES AND THE EFFECT ON THE IMMUNE SYSTEM.

2. Шералиева, И., Элмуродов, Б., Абдалимов, С., & Наврузов, Н. (2014). Эффективность лечения смешанных бактериальных болезней телят. in Library, 4(4), 27-29.

3. Шералиева, И., Элмуродов, Б., Наврузов, Н., & Султонова, И. (2015). О выявлении, лечении и профилактике инфекционных болезней каракольских овец. in Library, 1(3), 56-59.

4. Наврузов, Н., Хамракулов, Н., Вохидова, Н., & Ергашев, К. (2024). Исследование нарушений фосфорно-кальциевого обмена препарата хитозан Bombyx Mori гидроксиапатит у кур-несушек. in Library, 2(2), 282-286.

5. Наврузов, Н., Пулатов, Ф., Шералиева, И., Султонова, И., & Актамов, У. (2024). Значение сукцината хитозана при колибактериозе ягнят. in Library, 2(2), 5235-5241.

6. Navruzov, N. I., Elmurodov, B. A., & ZN, K. Intervention of Bacterial Diseases in Poultry. International Journal of Biological Engineering and Agriculture е-ISSN, 2833(5376), 8-12.

7. Элмуродов, Б. (2022). Инновационные вакцины для профилактики пастереллёза кроликов и других животных. in Library, 22(1), 282-284.

8. Наврузов, Н. И., Элмуродов, Б. А., Абдусатторов, А., Менглиев, Г. А., & Улмасов, Б. Ф. Бузокларнинг колибактериоз ва сальмонеллёз касалликларини олдини олувчи гипериммун зардоб учун комплексли бактерия антигенини олиш усули. Patent: Ozbekiston respublikasi adliya vazirligi huzuridagi intellektual mulk agentligi.№ IAP, 6162.

9. Navruzov, N. I., Sayfidinov, B. F., & Aktamov, U. B. Significance of immunological Reaction (IFT) in Sheep Chlamydiosiosis. Web of Scholars, 63-67.

10. Navruzov, N. I., & Elmurodov, B. A. Veterinariya meditsimsi" jurnali-Toshkent, 2023.-№ 6 (187).

11. Navruzov, N. I., Sayfidinov, B. F., & Aktamov, U. B. Chlamydiosis in Sheep: Immunological Examination And Path morphological Changes/Scopus preview-Scopus-Journal of Advanced Zoology. India. ISSN, 0253-7214.

12. Наврузов, Н. И. (2012). БА Элмуродов Ёш хайвонлар касалликларини даволашда полимерли препаратларнинг ахамияти Агросаноат мажмуаси учун экологик хавфсиз полимерлар Республика илмий ва илмий-техник анжумани.

13. Наврузов, Н. И., & Элмуродов, Б. А. (2013). НР Вохидова Сальмонеллёз касаллик кузгатувчисига нанотехнологияли хитозан препаратининг таъсири/''Zoovetermariya" илмий оммабоп журнали. Тошкент, 8, 69.

14. Navruzov, N. I., Элмуродов, Б. А., Рашидова, С. Ш., & Вохидова, Н. Р. (2013). Ёш хайвонлар касалликларининг профилактикаси ва уларни даволашда полимер: металл системаларини куллаш/Узбекистон кишлок хужалиги журналининг 'A.gro ilm" иловаси. Тошкент, 4(28), 51-52.

15. Наврузов, Н. И., Элмуродов, Б. А., Шопулатова, З. Ж., & Рузикулова, У. X. (2014). Ёш хдйвонлар юкумли касалликларини аниклаш, даволаш ва олдини олиш хакида. Zooveterinariya" илмий оммабоп журнали.-Тошкент, 5(78), 12-13.

16. Наврузов, Н. И., Элмуродов, Б. А., Муродов, Х. У., & Киямова, З. Н. (2020). Бузоклар колибактериоз, сальмонеллёз ва пастереллёз касалликларини олдини олиш самарадорлиги.

17. Наврузов, Н. И. (2020). БА Элмуродов Бузоклар колибактериозининг патоморфологик диагностикаси, профилактикаси ва даволаш буйича тавсиянома. Ветеринария илмий-тадцицот институти илмий кенгашининг.

18. Наврузов, Н. И. (2020). Бузоклар колибактериозининг профилактикасида иммуностимуляторларнинг роли.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.