Научная статья на тему 'QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRIShDA O‘SIMLIKSHUNOSLIKNING ILMIY VA AMALIY AHAMIYATI'

QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRIShDA O‘SIMLIKSHUNOSLIKNING ILMIY VA AMALIY AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Агробиотехнологии»

CC BY
42
5
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
O‘simlikshunoslik / qishloq xo‘jaligi / o‘sish / rivojlanish / ontogenez / fitotsenoz / agrotsenoz / biologik va ekologik xususiyatlar.

Аннотация научной статьи по агробиотехнологии, автор научной работы — Mavlanova Xurshida

Ushbu maqolada O‘simlikshunoslik faning qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va inson salomatligini mustahkamlashda ilmiy-amaliy ahamiyati, o‘simlikshunoslikda qo‘llanadigan ayrim atamalar, o‘simlik hosiliga ta’sir qiluvchi omillar haqida so‘z yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRIShDA O‘SIMLIKSHUNOSLIKNING ILMIY VA AMALIY AHAMIYATI»

QISHLOQ XO'JALIGINI RIVOJLANTIRIShDA O'SIMLIKSHUNOSLIKNING ILMIY VA AMALIY AHAMIYATI

Mavlanova Xurshida Umarovna

Qumqo'rg'on Agrotexnologiyalar texnikumi o'qituvchisi

Annotatsiya. Ushbu maqolada O'simlikshunoslik faning qishloq xo'jaligini rivojlantirish va inson salomatligini mustahkamlashda ilmiy-amaliy ahamiyati, o'simlikshunoslikda qo'llanadigan ayrim atamalar, o'simlik hosiliga ta'sir qiluvchi omillar haqida so'z yuritilgan.

Аннотация. В статье рассматривается научное и практическое значение растениеводства в развитии сельского хозяйства и здоровья человека, некоторые термины, используемые в растениеводстве, а также факторы, влияющие на урожайность растений.

Abstract. The article discusses the scientific and practical significance of plant growing in the development of agriculture and human health, some terms used in plant growing, as well as factors affecting plant productivity.

Kalit so'zlar: O'simlikshunoslik, qishloq xo'jaligi, o'sish, rivojlanish, ontogenez, fitotsenoz, agrotsenoz , biologik va ekologik xususiyatlar.

Ключевые слова: растениеводство, земледелие, рост, развитие, онтогенез, фитоценоз, агроценоз, биологические и экологические характеристики.

Key words: crop production, agriculture, growth, development, ontogenesis, phytocenosis, agrocenosis, biological and environmental characteristics.

O'simlikshunoslik insoniyat paydo bo'lganidan beri qiziq va o'rganilgan soha bo'lib kelgan. O'simliklar tabiatning muhim qismlaridan biri sifatida hayotimizning barcha jabhalarida o'zaro ta'sir qiladi. Shu jumladan, o'simlikshunoslik qishloq xo'jaligining asosiy tarmoqlaridan biri bo'lib, aholi uchun oziq - ovqat mahsulotlari, chorvachilik uchun yem - hashak va yengil sanoatning ko'pgina tarmoqlari uchun xom ashyo yetishtirish maqsadida ekib o'stirish va tabiatda yovvoyi holda o'sadigan

98

o'simliklardan foydalanish masalalari bilan shug'ullanadigan fandir. Bu tarmoqning o'ziga xos xususiyatlari mavjud. Eng avvalo, qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishning mavsumiyligi, muayyan agrotexnika tadbirlarini malum muddatlarda o'tkazish, sharoitni har doim o'zgarib turishidir. Qishloq xo'jaligida doimo yangi navlar, yangi texnologiyalarning kirib kelishi bu sohadagi mutaxssislardan chuqur va har tomonlama puxta bilimga ega bo'lishi talab qilinadi. O'simlikshunoslik fani hozirgi davrda, asosan, dala ekinlari bilan shug'ullanadi. O'simlikshunoslik - agronomiyaning bir bo'limidir. Bu fan madaniy ekinlarni guruhlarga bo'lib, ularning biologik va ekologik xusisiyatlarini o'rganish bilan shug'ullanadi. Ekinlar va navlardan muttasil mo'l hosil olishni taminlaydigan yangi texnologiyasini ishlab chiqadi. O'simlikshunoslik agrokimyo, dehqonchilik, seleksiya, urug'chilik, biokimyo, o'simliklar fiziologiyasi kabi qator fanlar bilan chambarchas bog'langan.

O'simliklarning kelib chiqishi, tarqalishi katta ilmiy va amaliy ahamiyatga ega. O'simlikshunoslik fani o'simliklarning dastlabki ekila boshlanishi, tarqalishi, qo'llanishi bo'yicha ma'lumotlarga ega bo'lishi kerak. O'simliklarning kelib chiqish markazlarini bilish asosida biologiyasini, genetikasini va seleksiyasini tadqiqot qilish, shu ekinlardan yuqori hosil yetishtirishni boshqarishda yordam beradi va yangi navlarni yaratishda samaradorlikni oshiradi.

O'simliklarning biologiyasi va yetishtirish texnologiyasini o'rganishdan oldin o'simlikshunoslikda qo'llanadigan ayrim atamalar bilan tanishish zarur.

> O'sish -o'simlik organlarining (bo'yi, barg soni, vazni) o'zgarishi.

> Rivojlanish - o'simlikda sifat tomonidan bo'ladigan o'zgarishlar, generativ organlarning shakllanishi, ontogenez jarayonining bir davrdan keyingi davrga o'tishi. O'simliklarning o'sishi va rivojlanishi bir xil o'tmaydi.qisqa kun o'simliklari shimolda ekilgan bo'lsa, yaxshi o'sadi, ammo rivojlanishiga kerakli issiqlik yetarli bo'lmaganligi uchun o'suv davri uzayadi, davrlararo davr uzayadi. Uzun kun o'simliklari janubda ekilsa, davrlararo davr tez o'tadi, chunki kerakli issiqlik qisqa muddat davom etadi, shuning uchun bu o'simliklar yaxshi o'sa olmaydi, bo'yi past bo'lib qoladi.

> Ontogenez - bir yillik o'simliklarda urug' unib chiqqandan to yana urug' hosil bo'lguncha o'tgan davr, ko'p yillik o'simliklarda urug' unib chiqishdan qurib qolguncha davom etadi.

> O'suv davri - bir yillik ekinlar uchun ekishdan boshlab pishish davrigacha bo'lgan vaqt tushuniladi. Ko'p yillik ekinlarda - bahorda kurtaklar hosil bo'lishidan to kuzgi o'sish to'xtaguncha bo'lgan vaqt o'suv davri deb hisoblanadi.

> O'sish davri - bir yillik ekinlarda maysalanishdan shonalash davrigacha, ko'p yillik ekinlarda - bahorda o'sish boshlanishidan shonalash davrigacha kuzatiladi.

> Generativ davri - ekinlarning shonalash davridan to'la pishish davrigacha davom etadi. O'simliklarning generativ davri o'sish davridan uzoqroq davom etganda urug' hosili yuqori bo'ladi. O'suv davri uzoq davom etganda urug' hosili yuqori bo'ladi. O'suv davri uzoq davom etgan tur va navlarda ko'k massa hosili yuqori bo'ladi.

> Organogenez - ontogenez davrida o'simlik organlarining ketma - ket o'sishi va rivojlanishiga aytiladi. O'simliklarning rivojlanish davrlari ontogenez jarayonidagi shartli tanlangan o'simlikda keskin ro'y beradigan o'zgarishlar, masalan, maysalanish davrining boshlanishi yer yuzida donli ekinlarning birinchi bargi ko'rinishidan shu davrgacha bo'ladigan o'zgarishlar hisobga olinmaydi yoki tuplanish davrining boshlanishi yer ustida yon poyalarning o'sib chiqish davridan hisobga olinadi. Haqiqatda, tuplanish davri poyaning yer ostki qismida yon poyalarning rivojlanishidan boshlanadi.

> Fitotsenoz- (fito-o'simlik, senoz-jamoa) - o'simliklar majmuasi.

> Agrotsenoz -bu inson tomonidan yaratilgan (ekilgan) bir yoki ko'p turli o'simlik majmuasi.

> Hosil - qishloq xo'jalik ekinlarini yetishtirish jarayonida olingan mahsulot.

> Hosildorlik - bu ma'lum bir o'simlik turining, navining duragayining hosil darajasi. Bir xil sharoitda har xil navlarning, turlarning hosili har xil bo'ladi.

> Hosildorlik imkoniyati - ekilgan navni talabi bo'yicha sharoit yaratilgandagi olinadigan eng yuqori hosil. Bu ekinning genotipiga bog'liq.

100

> Hosil tarkibi- hosilning shakllanishiga ta'sir qiladigan tarkibiy qismlar, masalan, o'simlikning tup soni, tuplanish darajasi, mahsuldor tuplanish, boshoqchalar soni, don soni, bir boshoqdagi don vazni, hosil indeksi (donni poyaga nisbati) tushuniladi.

> Biologik hosildorlik - ma'lum bir maydonda ( gektar, kvadrat metr) yetishtirilgan mahsulot miqdori. Bu ko'rsatkich xosilga nisbatan bir muncha ortiq bo'ladi, chunki hosil yig'ish jarayonida bir qismi nobud bo'ladi, quriydi. O'g'itlash me'yori - bir gektarga solinadigan sof modda hisobida o'g'itning miqdori.

> O'g'itning o'lchov miqdori - yillik o'g'itlash me'yoridan bir o'g'itlashda solinadigan o'g'itnig miqdori. Masalan, kuzgi bug'doy yetishtirishda azotli o'g'itning me'yori 150 kg/ga. Shu me'yorning 30 kg ekishdan oldin, 60 kg nay o'rash davrida va qolgani gullash davrida solinadi. O'simlikni o'sishi, rivojlanishi va hosilning sifati xamda miqdoriga tashqi muhit omillari birgalikda ta'sir qiladi, ammo biri birining o'rnini bosa olmaydi. Masalan, suv ko'p bo'lgani bilan yorug'lik yetishmasa, o'simlikda generativ organlar shakllanmaydi yoki azot miqdori yetarli bo'lgani bilan fosfor yetarli bo'lmasa, o'simlik yaxshi rivojlanmaydi.

Har bir sharoitda hosilning shakllanishi, uning miqdori, sifati, yetishmaydigan omilga bog'lanib qoladi. Ma'lum bir sharoitda tashqi omil ko'rsatkichlari muqobil darajada bo'lganida o'simlik yaxshi o'sib rivojlanadi va yuqori hosil shakllanadi. Tashqi omillarning bir qismini inson boshqara olmaydi, bir qismini qisman boshqaradi va ayrimlarini boshqara oladi. Hosilga ta'sir qiladigan omillarni uch guruxga bo'lish mumkin:

1. Boshqarilmaydigan omillar - issiq haroratning davom etishi, kechki sovuqning tushishi, quyosh nurining ta'siri, foydali harorat yig'indisi, shamol tezligi, havoning nisbiy namligi, yog'ingarchilik miqdori, yog'ingarchilikning oyma-oy taqsimlanishi, yog'ingarchilikning tezligi, do'l, qishki xarorat, qor qalinligi, tuproq relefi.

2. Qisman boshqarish mumkin bo'lgan omillar - yer yuzida qorni tekislash, taqsimlash, tuproq namligi, fitotsenozdagi havoning namligi, suv va shamolning tuproqni yemirishi, tuproq chirindisining miqdori, tuproq muxiti, tuproqning

mikrobiologik faolligi, tuproqning ozuqa elementlari bilan to'yinganligi, tuproqning suv bilan to'yinish kompleksi.

3. Boshqara oladigan omillar - ekin turi, nav. Begona o'tlar bilan ifloslanish darajasi, o'simlikni kasallik va zararkunandalar bilan zararlanganligi, tuproqni azot, fosfor, kaliy va kalsiy xamda mikroelementlar bilan ta'minlanishi, tuproq muhitini o'zgartirish, tuproqning havo o'tkazishini yaxshilash ( tuproqqa asosiy, ekishdan oldin va parvarishlash jarayonida ishlov berish) O'simlkning rivojlanishi uchun èg'ingarchilik miqdori taqsimlanishi, foydali harorat yig'indisi, quyosh radiatsiyasi hosilga ta'sir qiladi, boshqarish imkoniyati yo'q, bu geografik mintaqalarga bog'liq.

O'simlikshunoslik ilmiy fan sifatida qishloq xo'jaligidagi mavjud muammolarni hal qilishda muhim rol o'ynaydi. O'simlikshunoslikning rivojlanishi, umuman jamiyatning taraqqiyotiga bog'liq bo'lib, fanning rivojlanishiga ko'p olimlar o'z hissasini qo'shishgan. O'zbek olimlaridan akademik A.I.Imomaliev, M.V.Muxammadjonov, seleksioner S.M.Mirahmedov, M.A Karimov, 3.3okirov, N.N.Nazirov, A.V.Avtonomov, V.Zuyev, K.Saidov, S.X.Yo'ldoshev, Sh.Ibrohimov, S.R.Muhammadxonov, Z.U.Umarov, G'.Qurbonov, G'.Rahimov, D.T.Abdukarimov, H.Otaboyeva va boshqalar muhim hissa qo'shgan. O'simlikshunoslikda ilmiy ish olib borish fizika, kimyo, botanika, tuproqshunoslik, meteorologiya fanlari bilan bog'langan va bundan tashqari maxsus qishloq xo'jalik fanlariga asoslanish lozimligini taqozo etadi.

Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki, o'simlikshunoslik - bu qishloq xo'jaligining asosiy tarmog'i bo'lib, dala ekinlari va urug'larning biologik va ekologik xususiyatlarini o'rganish, malum tuproq va iqlim sharoitiga mos bo'lgan ilg'or texnologiyalarni ishlab chiqish va uni ishlab chiqarishga joriy etish natijasida mo'l va sifatli hosil olishni ilmiy va amaliy asoslab beradi. Shuningdek, bugungi kunda o'simlikshunoslik genetika, ekologiya, biotexnologiya va boshqa ko'plab kichik sohalarda rivojlanishda davom etmoqda. Shu jihatdan kelib chiqib, tabiatimizni muhofaza qilish, qishloq xo'jaligini rivojlantirish va inson salomatligini mustahkamlashda o'simlikshunoslikning ahamiyati katta.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Atabaeva. X., Qodirxo'jaev O.-O'simlikshunoslik -T. Yangi asr avlodi, 2006.

2. Atabaeva X.N. va boshq. O'simlikshunoslik -T. Mehnat, 2000.

3. Posipanov G.S. Rastenievodstvo. M. Kolos. 1997.

4. Umarov Z.U., Atabaeva H.N., va boshqalar. Non rizqimiz. T. Navro'z, 1994 y.

5. Omonov A.R.Bo'riev.X.Ch.Gafurova L.A.,Nurbekov A.-Bir boshoq don, -T.2004

6.Elektron darslik, ilmiy monografiya, maqolalar, doktorlik, nomzodlik va magistrlik dissertatsiyalari, ilmiy - amaliy anjumanlar, ma'ruzalar to'plamlari, gazeta va jurnallar, statistik ma'lumotlar to'plamlari, ma'ruza matnlarining elektron versiyasi.

7. Internet saytlari: http://www.icac.org/

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.