УДК 631.362.022
QISHLOQ XO'JALIGI EKINLARI DONINI AJRATADIGAN QURILMADA BOSHOQLI VA DUKKAKLI EKINLAR POYALARINING QAMRAB OLINISH
JARAYONINI TADQIQ ETISH
Egamnazarov G'ayrat G'aybullayevich dotsent, Jizzax politexnika instituti, tel: +998973252090, Е-mail: e gamnazarov 1974@mail. ru
Pardayev Obid Raximboboyevich dotsent, Jizzax politexnika instituti, tel: +998993964303, Е-mail: pardayevobid 143@gmail. com
Achilov Elyor Temirovich assistent, Jizzax politexnika instituti, tel: +998901049332, Е-mail: [email protected]
Аnnatatsiya. Qishloq xo'jaligi ekinlari donini ajratadigan qurilmada boshoqli va dukkakli ekinlar poyalarining qamrab olinish jarayonini tadqiq etish natijalari keltirilgan. Boshoqli va dukkakli ekinlar poyalarini savag'ich bilan qamrab olinib, donni boshog'i va dukkaklaridan ajratishga olib kirish uchun qamrash burchagining maksimal qiymati 790 bo'lishi kerak ekan.
Аннотация. В статье преведены результаты исследования процесса покрытия стеблей злаковых и бобовых культур в устройстве для отделения зерна от сельскохозяйственных культур. Максимальный угол охвата должен быть 790, чтобы венчиком охватывал стебли злаковых и бобовых и позволял зерну отделиться от стеблей и бобовых.
Abstract. The article presents the results of a study of the process of covering the stems of cereals and legumes in a device for separating grain from crops. The maximum wrapping angle should be 790 so that the whisk covers the stalks of cereals and legumes and allows the grain to separate from the stalks and legumes.
Kalit so'zlar. Qurilma, boshoq, dukkak, urug', uzunlik, qakinlik, nov, burchak, kuch, qishloq xo'jaligi ekinlari urug'i.
Ключевые слова. Устройство, колос, боб, зерно, длина, толщина, сорт, урл, сила, cемена сельскохозяйственных культур.
Key words. Device, ear, bean, grain, length, thickness, wheat, шя1, beat, crop seeds.
Kirish
Ma'lumki, keyingi yillarda hukumatimiz tomonidan paxta ekiladigan maydonini qisqartirish, bo'shagan yerlarda kartoshka, sabzavot-poliz, ozuqa va tuproq ubumdorligini yaxshilaydigan ekinlar, jumladan, qishloq xo'jaligi ekinlar yetishtirishni ko'paytirishga alohida e'tibor qaratilmoqda.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-martdagi PQ-2832-sonli "2017-2021-yillarda respublikada boshoqli va dukkakli ekinlar o'stirishni tashkil etish chora-tadbirlari" bo'yicha muhim vazifalar belgilab berilgan [1]. Bundan tashqari, mazkur qarorga asosan qishloq xo'jaligi ekinini yetishtirish agrotexnologiyasini takomillashtirish, ilg'or fan-texnika yutuqlarini joriy etish hamda undan yuqori hosil olishga erishish birinchi darajali vazifa etib belgilab qo'yilgan.
Hozirgi kunda dehqon va fermer xo'jaliklarida qishloq xo'jaligi ekinlari donini boshog'i va dukkaklaridan ajratib oladigan qurilma mavjud emas. Shuning uchun dehqon va fermer
xo'jaliklari qishloq xo'jaligi ekinlari donini boshog'i va dukkaklaridan ajratib olish uchun ilmiy asoslangan parametrlarga ega bo'lmagan qo'lbola qurilmalardan foydalanishga majbur bo'lishayapti. Shundan kelib chiqib, dehqon va fermer xo'jaliklari uchun qishloq xo'jaligi ekinlari donini boshog'i va dukkaklaridan ajratib oladigan tuzilishi jihatdan sodda, energiya va resurstejamkor qurilmani ishlab chiqish hamda parametrlarini asoslash katta ahamiyatga ega.
Yuqorida ta'kidlanganlardan kelib chiqib, keying yillarda Qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti bilan Jizzax politexnika instituti o'rtasida olib borilgan hamkorlikdagi ilmiy-tadqiqot ishlari natijasida qishloq xo'jaligi ekinlari donini boshog'i va dukkaklaridan ajratib oladigan qurilma ishlab chiqildi [2,3,4,5,6,7,8,9,10,11,12]. Ushbu qurilmada qishloq xo'jaligi ekinlari donini boshog'i va dukkaklaridan agrotexnik talablar darajasida ajratib olish uchun valga vintsimon shaklda mahkamlangan savag'ich boshoqli va dukkakli ekinlar poyalarini qamrab olinishi muhim ahamiyatga ega.
Tadqiqot maqsadi
Qishloq xo'jaligi ekinlari donini ajratadigan qurilmada boshoqli va dukkakli ekinlar poyalarining qamrab olinish jarayonini hamda uning burchagini nazariy asoslash.
Tadqiqot usullari va materiallari Qishloq xo'jaligi ekinlari donini ajratadigan qurilmada boshoqli va dukkakli ekinlar poyalarining qamrab olinish jarayonini nazariy tadqiqi nazariy mexanikaning qonun va qoidalaridan foydalanilgan holda, matematik tahlil asosida o'tkazildi.
Tadqiqot natijalari va ularning muhokamasi Boshoqli va dukkakli ekinlar poyalari nov orqali silindrga kelib tushgan vaqtda valga vintsimon mahkamlangan savag'ichlar bilan o'zaro ta'sirda bo'ladi. Natijada, savag'ich boshoqli va dukkakli ekinlar poyalarini qamrab olishi, silindrning ichiga tortish bilan birga, boshoq va dukkaklardan donlarni ajratib olinish uchun ham hizmat qiladi.
Ushbu jarayonni yanada mohiyatini ochish uchun nov orqali silindrga uzatilayotgan vaqtda boshoqli va dukkakli ekinlar poyalarining massasiga ta'sir etuvchi kuchlarning o'zaro munosabatini nazariy tadqiq etib o'tamiz.
1-rasm. Savag'ich boshoqli va dukkakli ekinlar poyalarini qamrab olinish jarayonida
unga ta'sir etuvchi kuchlar sxemasi
Silindrga nov orqali d burchak ostida uzatilayotgan b qalinlikdagi boshoqli va
dukkakli ekinlar poyalari uning ichki sirti va savag'ich orasidagi d tirqishdan kirish paytida
savag'ichlar tomonidan FZ kuch bilan ta'sir etib, uni nov tomon siqadi. Shundan keyin, boshoqli
va dukkakli ekinlar poyalari novga og'irlik kuchi P va nov sirtining unga aks ta'sir etuvchi Nm hamda boshoqli va dukkakli ekinlar poyalarining nov sirtidagi ishqalanish kuchi vujudga keladi. Shuningdek, boshoqli va dukkakli ekinlar poyalari savag'ichlar bilan qamrab olinganda Ps kuch bilan siqilganda uning savag'ich sirtiga aks ta'sir kuchi NS va silindr ichki sirtining ishqalanish kuchi FS paydo bo'ladi.
Rasmda tasvirlangan savag'ich boshoqli va dukkakli ekinlar poyalarini qamrab olinish jarayonida unga ta'sir etuvchi kuchlar sxemasiga asosan, boshoqli va dukkakli ekinlar poyalar massasining silindr ichiga kirishi uchun quyidagi shart bajarilishi kerak
FS cos^-a) + Psina > Fishq, (1)
bunda a -savag'ichning boshoqli va dukkakli ekinlar poyalarini qamrab olish burchagi, grad.
Rasmdagi sxemaga asosan ishqalanish kuchi quyidagiga teng bo'ladi
Fishq = fNm = f [P C0Sa + FS Sin(ai - a )j. (2)
bunda f - boshoqli va dukkakli ekinlar poyalarining novdagi sirpanish ishqalanish koeffisienti.
Agar FS = fNS , NS = PS , P = mg эekanligini va (2) ifodani hisobga olsak, u holda (1) shart quyidagicha ko'rinishga ega bo'ladi
fPs cos(a - a) + mgsina > f [mgcosa + fPs sin(a - a )j. (3)
bunda g - erkin tushish tezlanish, m/s2;.
m - boshoqli va dukkakli ekinlar poyalarining massasi, kg; f - boshoqli va dukkakli ekinlar poyalarining savag'ich orasdagi sirpanish ishqalanish koeffisienti.
(3) ifodani mos ravishda hadlar bo'yicha hadlarga guruhlab olib quyidagi ifodani hosil
qilamiz
fPs [cos(a - a) - f sin(a - a )j > mg (f cosa - sina). (4)
yoki
fPs [cosa - a) - f sin(a - a )j+ mg (sina - f cosa) > 0. (5)
(5) ifodaning tahlili shuni ko'rsatadiki, Ushbu shart bajarilishida hususiy xol uchun quyidagi shartlar bajarilishi kerak
cos(a - a ) - f sin(a - a ) > 0; sina - f cosa > 0. (6)
(6) ifodaga ayrim matematik o'zgartirishlar kiritilib quyidagi ko'rinishga keltiramiz:
Vi+7
1 f
cos(a -a ) —, sin(a -a ) > 0;
л/1+^f
1f
sina —, cosa > 0.
(7)
yoki,
cos((a - a ) + arccos
cos(a + arccos
f
л/1+7
л/l+f 0 < 0.
0 > 0;
(8)
(8) ifodani o'zgartirishlar kiritgan holda, quyidagi yechimga kelamiz
ж 1
-<a-a + arccos 2 1
ж ^ 7
— <a + arccos— ) <—.
2
л/l+f2
2
yoki,
ж 1 ж 1
—+ a - arccos^ < a < —+ a- arccos——
2 Л+7 1 2
ж 7
--arccos
2
^ 7
<a <--arccos-
л/ь^" "2 V^Tf2
Agar f =0,66 ga teng bo'lsa,
arccos
arccos
ж
VFTf2 4' 7
)
л/r^f2 3
ga ega bo'lamiz.
ж
(9)
(10)
7ж
Bu qiymatni (10) ifodadagi ikkinchi tengsizligidan a ning qiymati — <a<— ga
6 6
tengligi kelib chiqadi. Вoshoqli va dukkakli ekinlar poyalarining fizik-mexanik xossasiga
17 ж
asosan, uning ishqalanish koeffisienti a=340 ya'ni a = qiymati yuqoridagi oraliqqa mos keladi.
a =
17 ж 90
qiymatni (10) ifodaning birinchi tengsizligiga qo'yib quyidagiga ega bo'lamiz
<
1
<
<
1
л 17 л л л 17 л л
---1----< а < —I----,
2 90 4 1 2 90 4'
101л 79л
-< а < —
180 1 180
yoki
-1010 <а< 790. (11)
Ushbu qiymatga ko'ra, boshoqli va dukkakli ekinlar poyalarini savag'ich bilan qamrab olinib, donni boshog'i va dukkaklaridan ajratishga olib kirish uchun qamrash burchagining maksimal qiymati 790 bo'lishi kerak ekan.
Xulosa
Boshoqli va dukkakli ekinlar poyalarini savag'ich bilan qamrab olinib, donni boshog'i va dukkaklaridan ajratishga olib kirish uchun qamrash burchagi qishloq xo'jaligi ekinlarining fizik-mexanik xossasi va uzatish novining qiyalik burchagiga bog'liq bo'lib, ushbu parametrlarni o'zgartirish orqali texnologik jarayonni boshqarish mumkin.
ADABIYOTLAR
1. 2017 yil 14 martdagi PQ-2832-sonli "2017-2021 yillarda respublikada boshoqli va dukkakli ekinlar o'stirishni tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori.
2. Шасталка селекционная ШС-0,1 и шасталки селекционно-семеноводческая ШСС-0,5 [Текст] // Руководство по механизации селекционно- семеноводческих процессов. -М.:ВИМ, 1978. - С. 108-113.
3. Патент №1250209. Устройство для удаления околоплодника у семян/ П.А.Хегай и др. // Бюл. -№30. -1986.
4. Rosaboev A., Egamnazarov G'., Qo'ychiyev O., Pardayev O. Qishloq xo'jalik ekinlarining urug'ini ajratadigan qurilma// Iqtisodiy tarmoqlar rivojlanishini ta'minlovchi fan, ta'lim hamda modernizatsiyalashgan energiya va resurstejamkor texnologiyalar, texnika vositalari: muammolar, yechimlar, istiqbollar: Respublika ilmiy-texnik anjumani materiallari - Jizzax, 2016. - B. 144-146.
5. Росабоев А.Т., Эгамназаров Г.Г., Йулдошев О.К., Пардаев О.Р. Устройство для отделения семян сельскохозяйственных культур // Молодой учёный. Международный научный журнал. - Москва, 2016. - №7.2 (111.2). - С. 70-72.
6. Rosaboev A.T, Pardayev O.R. Qishloq xo'jalik ekinlarining urug'ini ajratadigan qurilmani takomillashtirish// Agro Ilm. - Toshkent, 2017. - № 5.- B. 97.
7. Pardayev O.R. Urug'larni boshog'i va poyasidan ajratadigan qurilmani ishlab chiqish natijasi // Zamonaviy tadqiqotlar, innovatsiyalar, texnika va texnologiyalarning dolzarb muommolari va rivojlanish tendensiyalari: Respublika ilmiy-texnik anjumani materiallari -Jizzax, 2018. - B. 86-88.
8. Rosaboev A.T, Pardayev O.R. Urug'larni boshog'i va poyasidan ajratadigan qurilmani ishlab chiqish natijasi // Oliy ta'lim tizimida ta'lim sifati va ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish istiqbollari: Respublika miqyosida ilmiy-amaliy anjumani materiallar to'plami. - Namangan, 2020. -B. 190-192.
9. Rosaboev A.T, Pardayev O.R. Dukkakli ekinlar urug'chiligini rivojlantirish istiqbollari // O'zbekiston Respublikasi boshoqli don, noan'anaviy va moyli hamda ozuqa ekinlarini innovatsion texnologiyalar asosida yetishtirish istiqbollari: Respublika miqyosida ilmiy-amaliy anjumani materiallar to'plami. - Andijon, 2020. - B. 133-136.
10. Росабоев А., Пардаев О., Махмудов Н.М. Дуккакли экинлар уругчилигини ривожлантириш учун энергия ва ресурстежамкор курилмалар // Эффективность применения инновационных технологий и техники в сельском и водном хозяйстве: Материалы Международной научно-практической онлайн-конференции. - Бухоро, 2020. - С. 75-78.
11. Tuxtakuziyevich, R. A., & Boqijonovich, I. U. (2016). Substantiating theoretically the parameters of the blade in-built in the drum group of shelling installation. European science review, (5-6), 193-195.
12. Imomqulov, U. B., Imomov, M. H., Akbaraliyev, X. X., Nabijonov, U. A., & Mirzaabdullayev, M. M. Substantiation Angle of Incidence of the Device with a Changing Curvilinear Surface to the Drum. International Journal on Integrated Education, 3(12), 481483.