Научная статья на тему 'QISHLOQ XO‘JALIGI BIOTEXNOLOGIYASI'

QISHLOQ XO‘JALIGI BIOTEXNOLOGIYASI Текст научной статьи по специальности «Животноводство и молочное дело»

CC BY
923
90
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
genetika / molekulyar biolagiya / meditsina / hujayra / o‘simlik

Аннотация научной статьи по животноводству и молочному делу, автор научной работы — Raxivov Madaminjon Alijonovich, Nurmatova Moxira Madumarovna

Maqolada biotexnologiyaning qishloq xo‘jaligi sohasidagi yutuqlari va ilmiy yangiliklar, xususan dexqonchilikka oid izlanishlar haqidagi ma’lumotlar yoritilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «QISHLOQ XO‘JALIGI BIOTEXNOLOGIYASI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

QISHLOQ XO'JALIGI BIOTEXNOLOGIYASI 1Raxivov Madaminjon Alijonovich, 2Nurmatova Moxira Madumarovna

1FarDU Aholi tomorqalaridan samarali foydalanish va dorivor o'simliklar kafedrasi dotsenti

q.x.f.n.

2FarDU Kimyo kafedrasi dotsenti k.f.b.f.d. https://doi.org/10.5281/zenodo.8002056

Annotatsiya. Maqolada biotexnologiyaning qishloq xo'jaligi sohasidagi yutuqlari va ilmiyyangiliklar, xususan dexqonchilikka oidizlanishlar haqidagi ma'lumotlaryoritilgan.

Kalit so'zlar: genetika, molekulyar biolagiya, meditsina, hujayra, o'simlik

Kirish. Molekulyar biologiya va genetika hozirgi vaqtda organizm irsiyatini maqsadga muvofiq o'zgartirish va sun'iy usulda yangi shakllar yaratish davriga kirdi. Shuning uchun bu yo'nalish meditsina, qishloq xo'jaligi va sanoatda katta ahamiyatga ega.

Hujayra injeneriyasi alohida ajratib olingan hujayralar, to'qima va protoplastlardan foydalanishga asoslanadi. Hozirgi davrda o'simlik to'qimalarini sun'iy muhitda ustirish alohida ahamiyat kasb etmoqda, chunki ulardan biotexnologiyada foydalanish mumkin. Bu usulni biotexnologiyadagi ahamiyati uch yo'nalishda boradi: 1.Birinchi yo'nalish ajratib olingan o'simlik hujayralarini sun'iy muhitda (in vitro) o'stirilganda medisina, parfyumeriya va boshqa sanoat yo'nalishlari uchun zarur moddalar sintezlashda ishlatiladi, alkaloidlar, steroidlar, glyukozidlar, garmonlar, efir moylar, insektisidlar va h.k. Masalan: shu maqsadda jenshenni hujayralardan ko'paytirish, tamaki hujayralarini o'stirib nikotin kislotasini sintezlashga Yaponiyada erishildi. 2.Ikkinchi yo'nalish sun'iy muhitda o'stirilgan to'qimalaridan klonal mikroo'simliklar va ekish uchun toza (virus va boshqa zararkunandalardan tozalangan) ko'chat etishtirish. Bu klonal mikroo'simlik etishtirish usuli yordamida bir meristemadan(yunoncha meristoz- bo'linuvchi, hosil qiluvchi to'qima) yil davomida, tashqi muhit ta'siridan qat'iy nazar millionlab o'simliklar va mahsulot etishtirish mumkin. 3.Ajratib olingan hujayralardan seleksiya maqsadida foydalanish turlicha tarkibga ega sun'iy muhitda o'stirilgan hujayralarning genetik jihatdan har xil bo'lishi xususiyatidan foydalanib, hujayralar orasidan, qurg'g'oqchilikka, sho'rlanishga, past temperaturaga, fitopatogenlarga va yuqori mahsulot beruvchi shakllarini tanlab olish imkoniyati tug'ildi. Har xil protoplastlarni biriktirib jinssiz usulda (somatik) duragaylar olib yangi o'simliklar yaratish ham mumkin, bu uslub uzoq duragaylashga ham yo'l ochib beradi. Shu yo'l bilan ajratilgan protoplastlarga yangi genlarni olib kirish, bu esa mutloq yangi irsiy xususiyatga ega o'simlik turlarini yaratishga imkon beradi. Yuqorida korsatilgan usul - yangi hujayra texnologiyasi amaliy genetika va seleksiya ishida yangi yonalish - hujayra injeneriyasi bo'lib qoldi[1, 4, 6, 7,9,10].

Qishloq xo'jaligi biotexnologiyasida hujayradan foydalanish usulida ayrim qiyinchiliklar ham mavjud. 1.Ajratib olingan o'simlik hujayrasini qanday qilib bo'linishga majbur qilish. 2.Qanday usulda ko'paytirilgan bir guruh (aralash) hujayralar kallusidan bir butun o'simlik olish mumkinligi. Bu muammolarni birinchisi hal qilinmoqda, lekin ikkinchisi hamma vaqt ham amalga oshmayapti. Boshoqli don ekinlarida bir hujayradan o'simlik olish qiyin amalga oshmoqda. Inson uchun zarur bo'lgan moddalarni hujayra injenerligi va biotexnologik usullar yordamida keng miqyosida ishlab chiqarish biotexnologiyaning asosiy maqsadidir[2,3,5,8].

Gen injeneriyasining maqsadi rekombinant DNK yaratish va shu asosda organizm uchun foydali yangi belgilarni va xususiyatlar hosil qilishdir. Tabiatni o'zida ham bu kabi

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

rekombinasiya yuz berishi kuzatiladi. Viruslar, faglar, bakteriyalar o'zidagi genetik moddani boshqa organizmlarga o'tkazish xususiyatiga ega. Genlarni yangi kombinasiyasini hosil qilish -rekombinasiya tabiatdagi barcha tirik mavjudot vakillarida yuz beradi. Bakteriofaglar mikroorganizmlar dunyosida genlarni tashuvchi hisoblanadi. Amerika olimlari Liderberg va Tatum 1946 yilda bakteriyalarda jinsiy ko'payish borligini aniqladilar. Bakteriyalarning ayrimlari erkak, ba'zilar urg'ochi bo'lib, erkak jinsdagilari urg'ochilariga o'zining genlarini maxsus genetik qurulma - plazmidalar orqali o'tkazadi. Faglarda boshqa mikroblarga genlari o'tkazish va jinsiy ko'payish usuli mikroorganizmlar dunyosida almashinishni va ularni yashab qolishini ta'minlaydi. Ayrim plazmidalar bakteriyalarga dori-dormonlarga (kasalliklarga) chidamlilik genini o'tkazib, insonlar uchun xavfli kasalliklar tarqatishi mumkin. Agar dori-dormonlarga chidamli bakteriya yaratilsa inson uchun o'ta xavfli antibiotiklar ham ta'sir qilmaydigan kasallik vujudga kelishi mumkin. Gen injeneriyasi fan sifatida 1972 yili O.Stenford universitetida Djekson, Simons va Berg maymun virusi DNK si va ichak tayoqchasi bakteriyasi DNK sidan iborat duragay molekula yaratishgandan so'ng paydo bo'ldi. Tabiatdagi bir avlodga kiruvchi qarindosh organizmlar rekombinant DNK sini hosil qilish qulay hisoblanadi. Gen injeneriyasining vazifasi esa, qarindosh bo'lmagan uzoq turlar rekombinant DNK sini hosil qilish hisoblanadi. Bu ish ancha qiyin bo'lib, agar begona DNK bakteriya hujayrasiga kirib qolsa, uning tarkibidagi ferment restriktaza ta'sirida tezda parchalab tashlanadi. Irsiy moddani (gen, xromosomalar) bir organizmdan ikkinchisiga o'tkazish yo'li bilan tirik organizmlarni o'zgartirish texnologiyasi gen injeneriyasi deyiladi. Bir turning genlarini ik-kinchi turga o'tkazish, DNK molekulasining barcha tirik mavjudodlarda-mikroorganizmlardan odamgacha bir xil tuzilganligiga asoslanadi. Gen injeneriyasida quyidagi usullardan foydalaniladi:1.Genlarni ajratib olish yoki yangi genni sun'iy sintezlash. 2. Duragay DNK olish. 3.Yangi DNK ni ko'paytirish va boshqa organizmga o'tkazish[11,12,13,14].

Genlarni ajratib olish.Organizmga yangi genni yoki bir gruppa genlami kiritish (transgenoz), ular shu organizmda ishlashi, ya'ni oqsilni sintez qilishi uchun "toza gen"larni alohida ajratib olish zarur. Toza genlari ajratib olishni bir necha usullari ma'lum: a) kimyoviy sintez usuli. b) M-RNK asosida DNK ni sintezlash. v) DNK moddasini fermentlar yordamida kesish (restriktaza) va tikish (ligaza).

Duragay DNK olish uchun plazmida va begona ikkinchi yana bir organizm DNK moddasi olinadi. Ular avval "Restriktaza" fermenti yordamida kesib bir necha bo'laklarga bo'linadi. Keyin ular aralashtirilib ligaza fermenti ta'sir qilinadi. Ligaza ta'sirida bu ikkita DNK aralashmasi qayta birlashadi va yangi rekombinat DNK hosil bo'ladi. Yangi rekombinat DNK ni ishga tushirish uchun uni yana boshqa bakteriya tarkibiga kiritiladi. Plazmida tarkibidagi yangi DNK ni bakteriyaga oson o'tkazish mumkin. Yangi genlarni ishga tushirishni bakteriyalarda oson amalga oshirish mumkin. Chunki bakteriya tez ko'payadi. Masalan: ichak tayokchasi bakteriyasi (E.Koli) 20 minutda 2 hujayraga ajralib, 2 sutkada 129 generasiya beradi.

Kaliforniya medisina maktabi laboratoriyasida 1977 yil Boyer odam organizmida ishlab chiqiladigan garmon-somatotropin va insulin genni bakteriyalar yordamida sintezlashga erishdi. Avval bunday gen kimyoviy usulda sintezlandi. Keyin bu gen ichak tayoqchasi bakteriyalaridan olingan - plazmidaga o'tkazildi va yana bakteriyaga qaytarildi. Sintezlangan gen mikrob hujayrasida ishlay boshladi va odam oqsili garmonlarni sintezlay boshladi. Olingan "samototropin" o'sishi sekinlashgan yosh bolalarni davolashda insulin esa qand kasalligini davolashda ishlatila boshlandi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

Xulosa. Hozirgi vaqtda gen injeneriyasi usullari yordamida insoniyat tirik organizmlar irsiyatning o'zgartirish imkoniyatiga ega bo'lmoqda. Genlarni bir organizmdan ikkinchiga o'tkazish, shu yo'l bilan esa yangi shakllar yaratish, inson salomatligi uchun zarur dori-darmonlarni sanoat asosida koplab ishlab chiqarish usullariga ega bo'ldik. Gen injeneriyasi erishgan yutuqlar yordamida genlarni bakteriya hujayrasiga o'tkazib, fermentlar, garmonlar, dori-darmonlar va boshqa mahsulotlarni ishlab chiqarish yo'lga qo'yildi.

REFERENCES

1. T.E.Ostonaqulov, I.T.Ergashev, K.Q.Shermuhamedov, B.A.Normatov

2. «Genetika asoslari» Toshkent 2003 y

3. M.N.Aberqulov, K.K. Shermuhamedov Genetikadan amaliy mashg'ulotlar.

4. Toshkent 2004 y.

5. K.K. Shermuhamedov, M.N.Aberqulov. «Genetika» ma'ruza matnlari 2000

6. yil.

7. Raximov M.A, Javxarov O.Z. Organization of full-value feeding of dairy cows in farm //Gospodarka i Innowacje. - 2022. - Т. 24. - С. 840-843.

8. Raximov M.A, Nurmatova M. Morphological and biochemical composition of the blood of cattle bulls Science and innovation 1 (D8), 12-16

9. Рахимов М.А. Резервы повышения мясной продуктивности бычков крупного рогатого скота при откорме. Агро илм, 66-68

10. Рахимов М.А. мясная продуктивность бычков привозного скота. Science and innovation 1 (D6), 189-192

11. Raximov M, Muydinov X, Abdullayeva G, Komiljonov A. Peculiarities of the influence of climatic conditions on the morphological and biochemical composition of the blood of bulls of transported cattle. Konfrensiya 2021.

12. Raximov M, Saminov A. Aholi tomorqa xo'jaliklarida va himoyalangan joylarda sabzavot yetishtirishning jadal texnologiyasi. Science and innovation 1 (D6), 231-236

13. Рахимов М.А. Влияние технологии кормления на рост и развитие бычков выращиваемых на мяса. Агроилм 2021.

14. Raximov M, Saminov A. Aholi tomorqa xo'jaliklarida va himoyalangan joylarda sabzavot yetishtirishning jadal texnologiyasi //sai. 2022. №d6. url: https:// cyberleninka.ru ... halqaro jurnal Science and innovation, 231-235

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.