Научная статья на тему 'QISHLOQ HUDUDLARIDA OILAVIY TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISHNING HUQUQIY ASOSLARI'

QISHLOQ HUDUDLARIDA OILAVIY TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISHNING HUQUQIY ASOSLARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
tadbirkorlik / kichik biznes / huquqiy asoslar / qishloq / hudud / ustuvor yo‘nalishlar / bozor mexanizmlari

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Marasulov Sardorbek Muxammadmurod O‘G‘Li

Ushbu maqolada qishloq hududlarida oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishning huquqiy asoslari, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha qabul qilingan qarorlarda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashning bo‘yicha tavsiyalar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «QISHLOQ HUDUDLARIDA OILAVIY TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISHNING HUQUQIY ASOSLARI»

«GLOBALLASHUV VA IQLIM O'ZGARISHI SHAROITIDA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA'MINLASH: MUAMMO VA YECHIMLAR» RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2024 YIL 15 - MAY

QISHLOQ HUDUDLARIDA OILAVIY TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISHNING HUQUQIY ASOSLARI

Marasulov Sardorbek Muxammadmurod o'g'li

Toshkent davlat agrar universiteti magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.11402613

Annotatsiya. Ushbu maqolada qishloq hududlarida oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishning huquqiy asoslari, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish bo'yicha qabul qilingan qarorlarda belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlashning bo'yicha tavsiyalar berilgan.

Kalit so'zlar: tadbirkorlik, kichik biznes, huquqiy asoslar, qishloq, hudud, ustuvor yo'nalishlar, bozor mexanizmlari.

O'zbekistonda so'nggi yillarda amalga oshirilayotgan izchil islohotlar natijasida aholi faravonligi oshirish va ularning bandligini ta'minlash tadbirkorlikka alohida e'tibor qaratilmoqda. Ayniqsa qishloq joylarida tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanuvchi aholi soni ortib bormoqda. Shu bois, tadbirkorlikni har tomonloma qo'llab-quvvatlashda huquqiy-me'yoriy hujjatlami takomillashtirish, rivojlangan davlatlar tajribasini o'rganish va ularning ilg'or tajribalarini respublikamizda joriy etishni taqozo etadi. Iqtisodiyotda ro'y berayotgan turli makroiqtisodiy o'zgarishlar ko'p jihatdan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlanishi bilan uzviy bog'liqdir. Tadbirkorlik davlatning muhim ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy muammolarini hal etishi uning hozirgi globallashuv jarayonida naqadar muhim soha ekanligidan dalolat beradi.

Tadbirkorlik faoliyati (kichik tadbirkorlik) - tadbirkorlik faoliyati sub'ektlari tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan, o'zi tavakkal qilib va o'z mulkiy javobgarligi ostida daromad (foyda) olishga qaratilgan tashabbuskorlik faoliyatidir.

Mamlakatimizda aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish, oilaviy tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash, yoshlarning biznes g'oyalarini amalga oshirishga har tomonlama ko'maklashish borasida qator choralar ko'rilmoqda. Hududlarda oilalarni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb qilishga, ularning barqaror va qo'shimcha daromad manbaiga ega bo'lishiga, milliy hunarmandchilik yanada rivojlanishiga, xotin-qizlarning tadbirkorlik tashabbuslari amalga oshirilishiga, yosh tadbirkorlarning istiqbolli g'oyalari va loyihalari ro'yobga chiqishiga hamda shu asosda aholining bandligi ta'minlanishiga zamin yaratilmoqda. Shu bilan birga, aholining mehnat orqali daromad topishga bo'lgan qiziqishini keskin oshirish, ayniqsa muhtoj oilalarning hunarmandchilik, kasanachilik va boshqa tadbirkorlik faoliyatini, shuningdek, hududlarda foydalanilmayotgan binolarda ishlab chiqarish va xizmatlar ko'rsatishni, aholi tomorqalari va bo'sh ekin maydonlaridan unumli foydalangan holda qishloq xo'jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish bilan bog'liq loyihalarni imtiyozli shartlarda moliyalashtirishni tizimli ravishda davom ettirishni taqozo etmoqda.

Respublika hududlarida aholining daromad topishga qaratilgan muayyan mehnat faoliyati bilan shug'ullanishiga, oilaviy tadbirkorlik rivojlanishiga har tomonlama ko'maklashish va mazkur yo'nalishdagi ishlarni tizimli tashkil etish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-martdagi "Hududlarda aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-4231-son qarori qabul qilindi.

«GLOBALLASHUV VA IQLIM O'ZGARISHI SHAROITIDA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA'MINLASH: MUAMMO VA YECHIMLAR» RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2024 YIL 15 - MAY

Bundan tashqari, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-noyabrdagi "Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-5242-son Farmoni, 2018-yil 7-iyundagi ""Har bir oila — tadbirkor" dasturini amalga oshirish to'g'risida"gi PQ-3777-son va 2018-yil 14-iyuldagi "Aholi bandligini ta'minlash borasidagi ishlarni takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-3856-son qarorlari asosida imtiyozli kreditlar berish tizimi yaratildi. Shuningdek, tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantirish, qulay shart-sharoit yaratish, qishloq hududlarida oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va aholi bandiligini ta'minlash O'zbekiston Respublikasining 2012-yil 2-maydagi «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to'g'risida»gi O'RQ-328-son Qonuniga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritilib, takomillashtirilib kelinmoqda. Bu esa, o'z navbatida huquqiy-me'yoriy hujjatlarni soddalashuvi natijasida qishloq hududlarda mulkdorlar sinfi kengaydi.

Yangi O'zbekistonni barpo etishda aholining tadbirkorlik tashabbuslarini moliyaviy qo'llab-quvvatlash, birinchi navbatda, mahallalarda kichik biznes va tadbirkorlik muhitini yanada yaxshilash, yoshlar va xotin-qizlarni daromadli mehnat bilan band qilish borasidagi tadbirlarni tizimli ravishda davom ettirish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-yanvardagi "Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida aholining biznes tashabbuslarini qo'llab-quvvatlashni yangi bosqichga olib chiqishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-39-son qarori qabul qilindi. Ushbu qarorga ko'ra oilaviy tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash va ushbu tizimni samarali faoliyat olib borishi uchun 2023 yildan boshlab quyidagi mexanizmlar joriy etildi.

kreditlar ustuvor ravishda dasturlar bo'yicha avval kreditlardan foydalanmagan aholi va tadbirkorlik subyektlariga ajratiladi;

agrar tarmoqda o'z biznesini tashkil etishga ko'maklashish, qishloq xo'jaligi mahsulotlarini yetishtirishda dehqon xo'jaliklarining ulushini oshirish maqsadida uzoq muddatga qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yer maydonlarini ijaraga olib, belgilangan tartibda ro'yxatdan o'tgan dehqon xo'jaliklari va kichik tadbirkorlik subyektlariga 50 mln so'mgacha garovsiz kredit beriladi;

tadbirkorlik subyektlarining mahallalarda, shu jumladan tashkil etilgan mikromarkazlarda ishlab chiqarishni, xizmat ko'rsatish sohasini va hunarmandchilikni hamda aholi bilan kooperatsiya va kasanachilikni kengaytirishga yo'naltirilgan loyihalari uchun hokim yordamchilarining tavsiyanomasi asosida ajratiladigan kreditlar miqdori amaldagi 225 million so'mdan 300 million so'mgacha oshiriladi. Bunda, tashabbuskor loyihada kamida o'ttiz foiz ulush bilan ishtirok etishi lozim;

dasturlar doirasida ilgari olgan kreditlaridan samarali foydalanib, tadbirkorligini yo'lga qo'ygan va kredit to'lovlarini o'z vaqtida amalga oshirgan kichik tadbirkorlik subyektlariga faoliyatini yanada kengaytirishi uchun mazkur kreditlardan takroran foydalanishga ruxsat etiladi;

imtiyozli kreditlardan foydalanib, daromad topishga qaratilgan faoliyat bilan shug'ullanayotgan fuqarolar qonunchilikda belgilangan yo'nalishlar bo'yicha o'zini o'zi band qilgan shaxs sifatida tasniflanadi;

hokim yordamchisining tavsiyasiga ko'ra kredit summasining 10 million so'mgacha bo'lgan qismi (hunarmandlar uchun 20 million so'mgacha) bank kartalariga o'tkazib beriladi;

ajratilgan kreditlarni o'z muddatida qaytarmagan fuqaro va tadbirkorlik subyektlariga dasturlar doirasida yangi kreditlar berilishiga yo'l qo'yilmaydi.

«GLOBALLASHUV VA IQLIM O'ZGARISHI SHAROITIDA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA'MINLASH: MUAMMO VA YECHIMLAR» RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2024 YIL 15 - MAY

Albatta ushbu yaratilgan tizim o'zining ijobiy natijasini berib, kichik biznes, xususiy tadbirkorlik sub'ektlari va fermer xo'jaliklarining eksport salohiyatini yanada kengaytirish, ularga zamonaviy, chet el bozorlarida raqobatdosh mahsulot ishlab chiqarishni ko'paytirishda va uni eksportga chiqarishda zarur huquqiy, moliyaviy va tashkiliy yordam ko'rsatish, mamlakatimizning eksport qiluvchi tadbirkorlarini tashqi bozor kon'yunkturasi o'zgarishlari xavf-xatarlaridan ishonchli himoya qilishni ta'minlaydi (1-jadval).

1-jadval

2023 yilning yanvar-dekabrida kichik tadbirkorlik subyektlarining soni har 1000 aholiga nisbatan hududlar bo'yicha ko'rsatkichi

№ Hudud nomi birligi

1 Toshkent shahri 29,2

2 Navoiy viloyati 21,0

3 Sirdaryo viloyati 17,3

4 Jizzax viloyati 16,4

5 Buxoro viloyati 16,3

6 Toshkent viloyati 15,2

7 Xorazm viloyati 14,3

8 Qoraqalpog'iston Respublikasi 13,7

9 Farg'ona viloyati 11,8

10 Qashqadaryo viloyati 11,7

11 Samarqand viloyati 11,7

12 Namangan viloyati 9,6

13 Andijon viloyati 9,5

14 Surxondaryo viloyati 9,5

Ushbu jadval ma'lumotlariga ko'ra, 2023 yilning yanvar-dekabrida kichik tadbirkorlik sub'ektlarining soni har 1000 aholiga nisbatan hududlar bo'yicha eng yuqori ko'rsatkichi Toshkent shahrida 29,2 birlik, Navoiy viloyatida 21,0 birlik, Sirdaryo viloyatida 17,3 birlik, Jizzax viloyatida 16,4 birlik va Buxoro viloyatida 16,3 birlikni tashkil etgan.

Xulosa qilib aytganda, qishloq hududlarida oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishning huquqiy asoslarini takomillashuvi kichik biznesni rivojlanishi va tadbirkorlikni yanada barqaror o'sish sur'atlariga ega bo'lishida muhim omil bo'lib xizmat qiladi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasining 2012-yil 2-maydagi «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to'g'risida»gi O'RQ-328-son Qonuni.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-yanvardagi "Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida aholining biznes tashabbuslarini qo'llab-quvvatlashni yangi bosqichga olib chiqishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-39-son qarori.

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-martdagi "Hududlarda aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-4231-son qarori.

4. D.S.Qosimova "Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik" Darslik. Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi nashriyoti. Toshkent-2020.: 328 bet.

5. https://www.stat.uz/.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.