QASHQADARYO TURIZMIDA SHAHRISABZ SHAHRINING TUTGAN
O'RNI
Erkin G'ulomxasanov Nilufar Rahmatova
QarDU
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada O'zbekistonning turistik shaharlaridan biri hisoblanmish Shahrisabz shahrining turistik saloyihati va tarixi haqida so'z yuritilgan.
Kalit so'zlar: Turizm, Shahrisabz, tarix, iqtisodiyot, YUNESKO, tarixiy, obidalar, shahar, turistik salohiyat
THE ROLE OF SHAHRISABZ IN TOURISM IN KASHKADARYA
ABSTRACT
This article discusses the tourist potential and history of Shakhrisabz, one of the tourist cities of Uzbekistan.
Keywords: Tourism, Shahrisabz, history, economy, UNESCO, history, monuments, city, tourist potential
Rivojlanib borayotgan O'zbekiston davlatini turizmsiz tasavvur etib bo'lmaydi. Ma'lumingizkim, bugungi kunda ushbu so'z, o'zbek tiliga shu darajada o'zlashdiki, bugungi kun taraqqiyotining bir bo'lagiga aylanib qoldi.Bu borada yurtboshimizning ushbu sohaga e'tibor berayotganlarini alohida e'tirof etib o'tish lozim.
O'zbekiston boshqa davlatlardanfarqli o'laroq, zamonaviy arxitektura namunalari bilangina emas, balki qadimiy qadamjolari bilan ham mashhurdir. Fikrimizning dalili sifatida buyuk bobokalonimiz Amir Temurning, "Bizning qudratimizga shubha qilsang, qurgan binolarimizga boq.''-degan gaplarini dalil sifatida keltirishimiz mumkin [1-3].
Yurtimiz tarixiy joylarga boy, ammo Sohibqiron Amir Temur tug'ilib-o'sgan Shahrisabz shahri alohida e'tiborga molikdir.Ushbu shahar tarixiga nazar solsak,Shahrisabz -O'zbekistonning qadimiy va go'zal shaharlaridan biri bo'lib,tarixiy markazi YUNESKOning Butunjahon madaniy merosi ro'yxatiga kiritilgan,shuningdek bu jannatmakon o'lka O'zbekistobdagi qadimiy shaharlardan biridir.Arxeologik ma'lumotlarga ko'ra,shaharga miloddan avvalgi 1-ming yillikning o'rtalarida asos solingan va bu ko'hna diyor milod boshlarida va ilk o'rta asrlarda turli nomlar bilan atalgan [4-8]. XIII asrdan so'ng Shahrisabz nomi ham urf bo'lgan ,ba'zi ma'lumotlarga ko'ra,shahar miloddan avvalgi Vlllasrda tashkil etilganligi haqidagi ma'lumotlarni ko'rishimiz mumkin.Shahar qadimgi davrlarda Kesh deb nomlangan.Shahrisabz yaqinidagi Xo'ja Ilg'or qishlog'i (hozirgi Yakkabog' tumani hududi) da Sohibqiron
Amir Temur tavallud topgan. Shahar o'sha davrda , , Qubbatul ilm val adab'' nomi bilan yuritilgan.Mening o'ylashimcha,bu ko'hna diyorda ko'plab mashhur allomalarimiz tavallud topganligi uchun ham tarixiy obidalarga boyva bu obidalarni ularning nomlari bilan ham yodga olishimiz mumkin bu allomalardanXusrav Dehlaviy,Bedil,Mirzo G'olib kabilarni aytishimiz mumkin.
Amir Temur va Temuriylar davrida Shahrisabz ulkan saltanatning yirik shahriga, barlos beklarining yozgi qarorgohiga aylantirilgan, shuningdek Temuriylar davrida shaharlarning ansambllarmajmuiy qurilishi keng tarqalgan, bu Shahrisabzda ham yaqqol ko'rinadi, bu yerda Dorus-Tilovat va Dorus-Saodat ansambllari ajralib turadi. Dorus-Tilovatni sobiq mahalliy xonaqohlar maqbarasida saqlanib qolgan uchta inshoot tashkil etadi. Bu Shamsiddin Kulol va Gumbazi Seyidon maqbaralari hamda Ko'k Gumbaz jome' masjidi inshootlaridir. Shamsiddin Kulol maqbarasi eng birinchi qurilgan Shayx 1370 yilda vafot etgan bo'lib, uning qabri izzat-ehtirom qilingan. Uning yonida Gumbazi Seyidon-Sayidlar gumbazi nomli Ulug'bek avlodlaring maqbarasi qurilgan [912]. Bu bino kichik bo'lishiga qaramay, o'zining nafis mutanosibligi va chuqur o'ymakor naqshlar bilan qoplangan, ajoyib ishlangan kirish eshigi bilan insonni mahliyo qiladi. Me'morchilik ansamblini mo'g'ullargacha bo'lgan qurilish poydevorida qad ko'targan Ko'k Gumbaz jome' masjidi tugallaydi. Temuriylar davrida qurilgan Oqsaroy qasrining peshtoq devori, Dorus-saodat majmuasi, Ko'k Gumbaz masjidi, Shamsiddin Kulol maqbarasi,Jahongir maqbarasi,Hazrati Imom masjidi, hamda Chorsu bozori ,Chubin madrasasi,Eshonpir,Kunduzak masjidlari kabi me'moriy obidalar saqlanib qolgan. Shuningdek, Temuriylar davrida Oqsaroy majmuasi ham qurilgan bo'lib, barpo etilgan barcha inshootlar orasida eng antiqasi hisoblanadi. Ispan elchisi Klavixo o'z kundaligida shaharda ko'plab mahobatli binolar va masjidalr borligini hamda qurilayotganini ta'kidlaydi, lekin Shahrisabz faqatgina buyuk amirning, ,taxt zamini'' emas,balki Temurning tug'ilishidan ancha ilgari u o'z tarixiga ega edi.
Avvalo,Shahrisabz jahonning eng qadimgi shaharlaridan biri ekanligini unutmasligimiz lozim.Olimlarning fikricha,Shahrisabz 2700 yoshda ,bu esa , , Boqiy shahar ''Rimning yoshidir.YUNESKO qaroriga ko'ra aynan shu sana 2002-yilda butun madaniy dunyoda nishonlangan.Eramizdan avvalgi IV asrda Iskandar Zulqarnayn lashkarlari dam olishi uchun Kesh vohasida to'xtagan, Baqtriyaning satrapi bo'lgan Bess Doro III ni o'ldirib ,o'zini , , osiyo podshohi'' deb e'lon qilgan,lekin uning aynan o'zi shu yerda asirga olingan.VII asrda shaharni arablar qamal qilgan,bir asr keyn esa Kesh shahri Muqanna rahbarligi ostida arablarga qarshi kuchli qo'zg'olonning markazi ham bo'ldi [13-17].
Qancha qiyinchiliklar va yomon kunlar bo'lmasin xalqimiz ularning barchasini yengib o'tdi va muayyan bir xalq sifatida shakllandi.Mustaqillik yillarida shahar qiyofasi tubdan o'zgartirildi va qayta qurildi.Shahrisabz ahlining Temuriylar davri ulkan madaniy va ma'naviy merosi,noyob tarixiy yodgorliklarini asrab-avaylash,yosh avlodni
buyuk ajdodlarimizning munosib vorislari qilib tarbiyalash va ularni ozod mamlakatimiz buyuk istiqbolini yaratishga qodir kishilar qilib yetkazish ishiga qo'shgan alohida xizmatlari e'tiborga olinib hamda Amir Temur tavalludining 660 yilligi munisabati bilan Shahrisabz , Amir Temur ordeni'' bilan mukofotlandi. Bu xalqimiz uchun munosib taqdirlash boldi desak ham hech mubolag'a bo'lmaydi.
Mustaqillik yillarida turizmni rivojlantirish, sayyohlar oqimini ko'paytirish maqsadida keng qamrovli islohotlar amalga oshirilganligini har bu soha misolida yaqqol ko'rishimiz mumkin. Xalqimizning noyob madaniy boyligi va tarixiy merosinitarg'ib qilish, xalqaro miqyosda mamlakatimizning ijobiy ko'rinishini shakllantirish vositasi bo'lgan turizm ahamiyati jihatidanVatanimizni dunyoga tanitishda sport, san'at va madaniyatning boshqa sohalari qatoridan muhim o'rin egallaydi.
Eng muhimi shundaki, yurtimizda ya'ni ko'hna zaminimiz Shahrisabzda ham turizmni rivojlantirish uchun barcha shart- sharoitlar yaratilmoqda va turistalar sonini yanada ko'paytirish maqsadida bir qancha islohotlar ham amalga oshirilmoqda. Bunga biz hozirgi kunda imzolanayotgan diplomatic shartnoma va kelishuvlarni aytishimiz mumkin. O'zbek milliy o'yinlarini xorijiy va mahalliy sayyohlarga namoyish etish maqsadida Kitob tumanida joriy yilning 23-mart kuni uloq-ko'pkari o'yinlari tashkil etildi. Uni 80dan ortiq xorijiy va 100dan ortiq mahalliy sayyohlar zo'r qiziqish bilan kuzatdilar.
Turistlarni keng jalb qilish bo'yicha tadbirlarni jadallashtirish borasida shaharning turistik brendini yaratish va keng miqiyosda targ'ib qilish bo'yicha tanlov e'lon qilindi,chet el ommaviy axborot vositalari va turistik kompaniyalari uchun infoturlar tashkil etish maqsadida yo'nalish va mehmonxonalar ro'yxati tayyorlanmoqda,videofilmlar yaratish yuzasidan ssenariy va shaharning turistik ekskursiya kartasi ishlab chiqilmoqda,shuningdek turistik ma'lumotnoma ofislari tashkil rtish bo'yicha ishlar olib borilmoqda. O'tgan 2019-yilning yakunlariga ko'ra, O'zbekistonga 6, 748 million kishi tashrif buyurgan bo'lib, bu 2018-yil statistikasidan 125 foizga shubhasz ko'pdir. O'zbekistonga tashrif buyurgan turistlarning umumiy sonidan 6, 260 million kishi MDH mamlakatlaridan,488, 4 ming sayyoh esa olis xorij mamlakatlaridan kelgan.
Shahrisabz bo'ylab sayr qilar ekansiz, eski madrasalarda yoki shunchaki yo'l bo'ylab joylashgan ko'plab esdalik sovg'alar bilan savdo qiluvchi ustaxonalarni ko'rishingiz mumkin. Tarvuz qo'ltiqlagan ko'ngli ochiq chollar, o'yib ishlangan sandiqchalar va rang -barang matolar kabi hunarmandchilik mahsulotlarini taklif etishga ustalar tayyor turishadi. Ular orasida shahar tasviri tushurilgan turli xil shakldagi magnitlar alohida ajralib turadi [18]. Odatdagidek loy va keramikadan yasalganlardan tashqari, yog'och, qog'oz, teri va hatto marmardan yasalganlari ham bor. Bundan tashqari Shahrisabz iqlimi ham turistlar uchun mos keladi negaki, havo unchalik issiq emas va tabiat qo'ynida sayohat qilayotganda iqlim ularga xalaqit bermaydi. Tog'
yonbag'irlariga turistlar bilan tashrif buyurganda esa yovvoyi hayvonlarni daryolarda esa bir necha turdagi baliqlarni ko'rishimiz mumkin. Eng qiziqarlisi shundaki, Shahrisabzdan o'tadigan asosiy magistral buyuk italyan sayyohi Makro Poloning marshrutini takrorlaydi.
Xulosa so'ngida shuni aytish joizki, Shahrisabz har tomonlama turistlar uchun qulay makon hisoblanadi, undagi mehmonxonalar ham turistlar uchun har tomonlama moslashtirilgan.
REFERENCES
[1] Qadimiy Shahrisabz tarixidan lavhalar O.Holmatov
[2] uzbekistan.travel/uz/i/shahrisabz/
[3] Ziyonet.uz
[4] Shodiev, T., Turayey, B., & Shodiyev, K. (2021). ICT and Economic Growth Nexus: Case of Central Asian Countries. Procedia of Social Sciences and Humanities, 1.
[5] Shodiyev, K. (2021). Contribution of ict to the tourism sector development in Uzbekistan. ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL, 11(2), 457-461.
[6] Шодиев, К. (2021). ТУРИСТИК СО^АДА КЛАСТЕР ВА ДАВЛАТ ХУСУСИЙ ШЕРИКЧИЛИГИ АСОСИДА ТАДБИРКОРЛИКНИ РИВОЖЛАНТИРИШ. Scientific progress, 1(6), 857-864.
[7] Shodiyev, K. (2021). OPTIMIZATION OF PRODUCTION ACTIVITY OF THE TOURIST ENTERPRISE. Academic Journal of Digital Economics and Stability, 6, 106-114.
[8] Shodiev, K. (2021). THE ENTREPRENEURSHIP DEVELOPMENT ON THE BASIS OF GOVERNMENT-PRIVATE PARTNERSHIP AND CLUSTERING IN THE TOURISTIC SPHERE. ResearchJet Journal of Analysis and Inventions, 2(04), 177-183.
[9] Sirojiddinov, U. S., & Shodiyev, K. (2021). Investigation of Alkali Cements and Concrete Based on Local Raw Materials. International Engineering Journal For Research & Development, 6(3), 1-16.
[10] Atamurodov, B., Sirozhiddinov, U., & Kamolov, A. Investigation of Alkali Cements and Concrete Based on Local Raw Materials. JournalNX, 359-364.
[11] Qizi, Y. Z. S. (2021). Determination of pressure in the plunger during the operation of oil wells by submersible pumps. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(3), 159-163.
[12] Sirojiddinov, U. S., & Shodiyev, K. (2021). ALKALINEACTIVATED OIL-WELL CEMENTS AND SOLUTIONS ON THE BATE OF LOCAL ACTIVE MINERAL SUBSTANCES AND WASTES OF PRODUCTION. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(5), 486-491.
[13] Shodiyev, K. (2021). FEATURES OF STATE REGULATION OF DEVELOPMENT OF TOURISM IN UZBEKISTAN. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(5), 492-497.
[14] Shodiyev, K. (2021). Contribution of ict to the tourism sector development in Uzbekistan. ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL, 11 (2), 457-461.
[15] Shodiyev, K. (2021). The Contribution of ICT to the Development of Tourism in Uzbekistan. Academic Journal of Digital Economics and Stability, 9, 38-42.
[16] Shodiyev, K. (2021). THE USE OF ECONOMIC AND MATHEMATICAL METHODS WHEN ANALYZING THE ACTIVITIES OF ENTERPRISES. Scientific progress, 2(3), 108-118.
[17] Shodiyev, K. (2021). THE USE OF ECONOMIC AND MATHEMATICAL METHODS WHEN ANALYZING THE ACTIVITIES OF ENTERPRISES. Scientific progress, 2(3), 108-118.
[18] Hasan, S. A. (2021). CREATING A MAP OF TOURIST ATTRACTIONS IN UZBEKISTAN. KASHKADARYA TOURISM. O „ZBEKISTONDA TURIZMNI RIVOJLANTIRISHDA TARIXIY MUZEYLARNING O „RNI, 308.