QARDOSH BO'LMAGAN O'ZBEK VA INGLIZ TILLARIDA DO'STLIK
KONSEPTINING VERBALLASHUVI
Mardiyev T.K.
SamISI dotsenti, PhD
Annotatsiya: Ushbu maqolada qardosh bo'lmaga ikki til ingliz va o'zbek tillarida do'stlik konseptining lingvomadaniy jihatdan verballashuvi mazkur tillarda mavjud bo'lgan til birliklari orqali qiyoslangan.
Kalit so'lar: Lingvomadaniy, verball, axloqiy, obrazli, lisoniy, his-tuyg'u, mental, muqaddas.
Аннотация: Вданной статье анализируется вербализация концепта дружба в английском и узбекском языках с лингвокультурологической точки зрения.
Ключевые слова: языковой, культурный, словесный, нравственный, образный, языковой, эмоциональный, ментальный, сакральный.
Annotation: This article analyzes the verbalization of the concept of friendship in English and Uzbek from a linguocultural point of view.
Key words: linguistic, cultural, verbal, moral, figurative, linguistic, emotional, mental, sacred.
Kirish. Turli xalqlar olamning lisoniy manzarasini tadqiq qila turib, ularning lisoniy qobiliyatlari semantik tuzilishiga, leksik informatsiyani saqlash mexanizmiga duch kelamiz. Lisoniy shaxsning dunyoni verbal obyektivlashtirish orqasida nima yotganini chuqurroq anglashi uchun shubhasiz his-tuyg'u obrazlarining dunyosini tadqiq qilish lozim bo'ladi. U konseptning "obrazli", metaforik komponentini tashkil etadi. Buning uchun XVI-XX asrlar ingliz va o'zbek mualliflarining poetik matnlari, mashhur mutafakkirlarning hikmatli so'zlari (aforizmlar), shuningdek, kombinator lug'atlarning maqolalaridan foydalanildi.
Shunday qilib, "do'stlik" o'zining metaforik ifodalanishida qanday ko'rinishga ega bo'lishini aniqlashga harakat qilamiz, do'stlik abstrakt tushunchasi hissiyotli dunyo predmetlariga qiyos qilinadi. Eng avvalo, ta'kidlash kerakki, bu konsept ko'p hollarda o'zbek matnida, ingliz tilida ham bunday munosabatlar subyekti orqali taqdim etiladi, metaforistik ko'chirish nisbatan past chastotali bo'ladi. Aniqrog'i, ko'pchilik shunday hollarda aynan "do'st" / "friend" leksemasi yangi konseptlarga erishishga yordam beradigan universal tushunchalar sifatida qo'llanadi.
Mavzuga oid adabiyotlar tahlili. Inson tafakkuridagi etnik aksiologiyaning bazaviy kategoriyalaridan biri sifatida "do'stlik" konsepti boshqa mental mohiyatlar qatorida turadi, ular "ko'rinmas dunyo"ga etnosning ma'naviy qadriyatlarini yo'naltiradi. Bunday semantik tuzilmalar dunyo lisoniy tavsifining shakllanishida hal qiluvchi omil hisoblanadi. Demak, tilning madaniy spetsifikasini tushunish uchun, eng avvalo, unga tegishli bo'lgan eng muhim jihatlarini tahlil qilish lozim, bular qatoriga so'zsiz "do'stlik" ham kiradi. Uning etnospesifik xususiyatlarini tadqiq
qilishga qiziqish lingvomadaniyat doirasida gumanitar belgi paradigmasining antropotsentrik roli tufayli paydo bo'ladi. Lekin, "do'stlik" konsepti lingvistik tafakkurda yetarli darajada tadqiq qilinmagan. Ba'zi bir masalalar P.Florenskiy, A.Vejbiskaya, N.Ufimseva, shuningdek, T.Pshenina, N.Shaymerdinova, A.Smirnov, O.Lukashkovalarning ishlarida ko'rib chiqilgan. O'zbek tilshunosligida esa bu masala bo'yicha hali keng miqyosda maxsus tadqiqotlar olib boril-ganicha yo'q. Ammo bu sohada G'.Salomov X.S.Karomatov, T.Mirzayev, B.Sarimsoqov, H.Berdiyorov, R.Rasulov, Sh.Abdurazzoqova, Sh.Shomaqsudov, Sh.Shorahmedov, Sh.Shomuhammedov va boshqalarning lug'atlarida ba'zi bir fikrlar mavjud.
Tadqiqot metodologiyasi. Ushbu maqolada asosan, tavsifiy, chog'ishtirma, konseptual tahlil usullaridan hamda nazariy, madaniyatlararo kommunikatsiya nazariyasida qo'llanilgan ilmiy metodlardan foydalanilgan.
Tahlil va natijalari. "Do'stlik" konseptining obrazli komponetlari tahlili bir qancha parametrlarda amalga oshiriladi: Chunonchi, tadqiq qilinayotgan tillar metaforizatsiyasi konkret usullarining o'ziga xos universallik, (ularning chastotaliligi, obraz turi leksemaning to'g'ri ma'nosi bo'yicha, uni yordamchi subyekt ifoda etadi, unga do'stlik tenglashtiriladi) o'xshashlikni aniqlash belgisi hamda ushbu obraz atalish darajasi bo'yicha amalga oshiriladi.
Do'stlik o'zbek lisoniy tafakkuri sohibi uchun muqaddas unsur sifatida tasavvur qilinadi. Unga sodiq yoki sodiq bo'lmaslik, samimiylik kabi munosabatlarda bo'lishi mumkin. Masalan, Hajr iztiroblari - tanholik, sog'inch qiynoqlarini kechirayotgan oshiq ko'zlariga yorug' va keng dunyo tor zimistonga aylanganda yaqin do'stlar, munislar uni yolg'izlatib qo'ymaydilar, samimiy mehribonliklar ko'rsatib, ko'nglini olishga intiladilar [4,172]; Bir hakimdan so'radilar: "Qanday safar uzoq safar?" javob berdi: "Sadoqatli do'stni qidirish safari"; Qidirgan narsani topish mumkindir, biroq sodiq do'stni topmoq muammo [8,78].
Xullas, o'zbek matnlarida sodiq va sadoqatlilik do'stlikning oliy xususiyati deb ifodalanadi. Bu muqaddas xususiyatga ega bo'lgan do'stni hamisha eslaydilar, uni hurmat qiladilar, uning sharafiga va xotirasiga bag'ishlab yaxshi amallar qiladilar / do smth for friendships sake. Ingliz poetik kontekstida bunday misollar deyarli kuzatilmaydi, lug'atda uchraydigan so'z birikmalari "holly / sacred friendship", "to swear eternal friendship" bundan istisno.
U yoki bu holatda ham do'stlik shunday qadriyatki, uni asraydilar / value, uni saqlaydilar, avaylaydilar qadrlaydilar, yo'qotishdan qo'rqadilar / value, cherish, afraid to lose it, agar yo'qotsalar, achchiq qayg'uradilar va ko'pincha boshqalarni ayblaydilar. Bu qimmatbaho predmetni hamma joydan izlaydilar / look for, seek agar uni senga taklif etsalar / offer, exland, buni bemalol topsa bo'ladi / find - topmoq, gain - olmoq. Ba'zan do'stlikka kurashib erishadilar / win. Har qanday qimmatbaho narsada bo'lgani kabi do'stlikning ham baxti bor, lekin uni amalda aniqlab bo'lmaydi: "U do'st o'zining sadoqatliligi bilan bahosini oshirdi, / Butun dunyo oldida uning qadr-qiymatini rad etmaslik uchun" to set a valuation on friendship. Oldindan aytish mumkinki do'stlik qimmatbaho tuyg'u, haqiqiy, chin / true, lekin u
qalbaki / false ham bo'lishi mumkin. Shubhasiz, har ikkala holatda ham subyekt qandaydir qimmatbaho hisoblanadi. Ingliz lisoniy tafakkuri uchun esa uning kelib chiqishini ta'kidlab o'tish xarakterlidir. U vaqt o'tishi bilan yaqqolroq bo'ladi: to
make / form / knit / cement / strike up / cultivate friendship kabilar (Vejbiskaya A. 2001, str. 88.).
Do'stlikni jonlashtirish hollari ham tez-tez uchrab turadi. Ana o'shanda u subyekt til sohibiga xos bo'lgan xususiyatlarga ega bo'ladi. Leksikografik tahlil, shuningdek, poetik matnlar tahlili ko'rsatadiki, do'stlik tug'ilishi, o'sishi, voyaga yetishi, yashashi va nihoyat, o'lishi mumkin. Masalan, Do'stlik ipini uzma, ulasang tuguni qolar [6,245]; Quyosh havoni isitsa do'stlik qalbni isitadi; Daraxtni tomiri saqlaydi. Odamni do'sti saqlaydi [7,86]; Bir-birlarining arzimas kamchiliklarini kechira olgan kishilargina chinakam do'stlik iplari bilan bog'lana oladilar; Qayerda tenglikka putur yetsa u yerda do'stlik ham bo'lmaydi; Yoshlikda tug'ilgan do'stlik ajralmas va lazzatlidir, u ham hech qachon o'lmaydi" Do'stdan ajralmaslikning yagona yo'li uni sotmaslikdir [1,283].
Ingliz tilida esa antropomorf metaforalar ham oz miqdorni tashkil etadi: friendship tug'iladi (be born), o'sadi (grow), rivojlanadi (develop), o'ladi (die); shunday bo'lsa ham u ishlaydi (work), azob chekadi (suffer), u mahkum etilgan bo'lishi mumkin (be doomed) va uni oldinga surish, oshirish mumkin (promote). Ingliz tilida do'stlikni inson tanasi bilan ifodalanadigan biron - bir o'xshatma yo'q. Kamdan kam hollarda do'stlik subyektning jismoniy qismi ekanligini aytib o'tiladi: "When on by one der friends have gone, / And loft our bosoms bleeding" [2,214]. Do'stlik kuchli (strong), samimiy (cordial), ehtirosli (passionate), vijdonli (honest), sog'lom (healthy) bo'lishi mumkin. Ba'zan uning kasalliklari haqida eslatishni ham uchratish mumkin.
Antropomorf metaforik realizatsiyalardan tashqari jonsiz subyektlarga o'xshatish holatlari tez-tez uchrab turadi, ular jismoniy gavda xususiyatlarga ega bo'ladi. Masalan, ko'pincha sinestezik metaforalar uchrab turadi. Bunda bu yerda til sohiblarining ta'm bilish sezgilari o'rtasidagi farq ham kuzatiladi. O'zbek badiiy matnlarida do'stlikka xuddi shirin - lazzatli substansiyadagi kabi ko'proq refrensiya mavjud bo'ladi: "Do'stdan bir olma ham sovg'a"; "Do'st - jon ozig'i, Do'stsiz boshim - tuzsiz oshim [3,85]; Oqsa ham ming turli meva nozu-ne'mat sharbati, foydada afzaldir undan do'stlarning suhbati; Birov so'z, ko'katdan olar xush nafas, Bizga do'st diydori nasib etsa bas; Gavhar erur do'st og'zidan chiqqan har bir so'z; Achchiq gapirgan do'stning shirini bo'laver! Do'stlikning lazzatini bilmagan - yashamagan hisobida [5,63]. Bunday xususiyatlar ingliz tilida o'ziga xos ko'rinishlarga ega. Chunonchi, g'azab va ehtirosli damda ham do'stlik saqlanish va buzilmasligini ingliz badiiyotida ifodalaydigan to'g'ridan to'g'ri qarama-qarshi qo'yiladigan misollar uchraydi: "There's the silence of a great hatred, And the silence of a great love, And the silence of a deep peace of mind, And the silence of an embittered friendship". Ushbu misolda yomon ko'rishda, qattiq sevishda,
chuqur damlarda bo'lganidek do'stlikning qahrli damida ham sukunat hukmron bo'ladi degan mental ma'no ifodalangan.
Bundan tashqari bu yerda do'stlikni jismoniy parametrlar bilan yonma-yon material substansiyaga yo'naltiradigan qator metaforalar-ning uchrashini ta'kidlash mumkin. Fizik parametrlarga zichlik, qattiq-lik, noziklik, ba'zan temperatura ham kiradi. "Then if my friendships break and bend, there's no need to cry"; "Friendship is the only trustworthy fabric of the affections .... Friendship is warmth in cold, firm ground in a bog". "I clear my throat. Darling! Thanks, darling, he says, with a loving smile, and I smile back, trying to ignore the tiny protests inside my head" [9,41].
Xullas, abstraksiyaning oliy darajadagi universal lingvo-mental tuzilma hisoblangan "do'stlik" konsepti o'z yadroviy tuzil-masida o'zbek va ingliz tili adabiy matnlarida qisman o'xshash, asosan antropomorf, chizmalarga ega bo'ladi. Lekin, ularda periferiya farqlar-ning ham borligi seziladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati
1. Абдуроззокова Ш. Тафаккур гулшани. Т.: Г.Гулом, 1989, 462 б.
2. Anthology of English and American Verse./ сост. B.B. Захиров. Б.Б. Томашевский - Moscow: Progress Publishers, 1972, 917 c.
3. Бердиёров Х., Расулов Р. Узбек тилининг паремиологик лугати. - Т.: Укитувчи 1984, 288 б.
4. Ботирхон Акрам. Фасохат мулкининг сохдбкирони. - Т.: Узбекистон. 1986, 172 б.
5. Матлаббека Улугбек кизи. Х,икматлар гулдастаси. - Т.: Укитувчи. 1994, 284 б.
6. Содикова М. Узбекча - русча макол ва маталлар лугати. - Т.: Фан 2005, 410 б.
7. Шомаксудов Ш., Шорахмедов Ш. Х,икматнома. -Т.: Шарк, 1990, 524.
8. Хдмиджон Хрмидий Махмуд касаний. Машрик замин хдкмат бустони. -Т: Шарк. 1997, 440 с.
9. O.G.Nenry. авт. Т.Н.Шишкина. Selected stories. Москва. Из-два. Прогресс 1977. l p. 328.