Научная статья на тему 'QADIMGI DUNYO VA DIPLOMATIYA'

QADIMGI DUNYO VA DIPLOMATIYA Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

2212
350
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Qadimgi dunyo / diplomatiya / qadimgi Misr / Mesopotamiya / buyuk ko`chish / Vavilon / Kritdagi Minay sulolasi / Pona yozuvlar / Aleksandr Makedonskiy. / Ancient world / diplomacy / ancient Egypt / Mesopotamia / the great migration / Babylon / the Mina dynasty in Crete / the Pona inscriptions / Alexander the Great.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Muhammadyusuf Muborakxoja Ogli Маxkamov

Kishilik jamiyati shakillanish jarayonida munosabatlar o`ta muhim ro`l o`ynaydi. Munosabat shakillanish jarayoni uning mezoniy strukturasi bo`lib, davrlar aro rivojlanib keladi. Bu rivojlanish natijasida diplomatiya shakillanadi, qadimgi dunyo diplomatiyani o`z xolicha tushunib munozaralar kelishuv va hamkorlik deb xisoblashgan. Jamiyat va davlat rivojlanishida esa Diplomatiyaning o`rni juda kotta.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ANCIENT WORLD AND DIPLOMACY

Relationships play a very important role in the formation of human society. The process of relationship formation is its criterion structure, which develops over time. As a result of this development, diplomacy is formed, and the ancient world understood diplomacy in its own way and considered discussions as a compromise and cooperation. Diplomacy plays an important role in the development of society and the state.

Текст научной работы на тему «QADIMGI DUNYO VA DIPLOMATIYA»

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-736-742

QADIMGI DUNYO VA DIPLOMATIYA

Muhammadyusuf Muborakxo'ja o'g'li Maxkamov

[email protected]

ANNOTATSIYA

Kishilik jamiyati shakillanish jarayonida munosabatlar o ta muhim ro l o'ynaydi. Munosabat shakillanish jarayoni uning mezoniy strukturasi bo'lib, davrlar aro rivojlanib keladi. Bu rivojlanish natijasida diplomatiya shakillanadi, qadimgi dunyo diplomatiyani oz xolicha tushunib munozaralar kelishuv va hamkorlik deb xisoblashgan. Jamiyat va davlat rivojlanishida esa Diplomatiyaning orni juda kotta.

Kalit so'zlar: Qadimgi dunyo, diplomatiya, qadimgi Misr, Mesopotamiya, buyuk ko'chish, Vavilon,Kritdagi Minay sulolasi, Pona yozuvlar, Aleksandr Makedonskiy.

THE ANCIENT WORLD AND DIPLOMACY ABSTRACT

Relationships play a very important role in the formation of human society. The process of relationship formation is its criterion structure, which develops over time. As a result of this development, diplomacy is formed, and the ancient world understood diplomacy in its own way and considered discussions as a compromise and cooperation. Diplomacy plays an important role in the development of society and the state.

Keywords: Ancient world, diplomacy, ancient Egypt, Mesopotamia, the great migration, Babylon, the Mina dynasty in Crete, the Pona inscriptions, Alexander the Great.

KIRISH

Professional diplomatiya, diplomatik xizmat xalqaro munosabatlardan ancha yoshroqdir. Million yoki hatto millionlar yillar ibtidoiy bosqichda bo'lgan insoniyat boshqaruvning maxsus idoralari, professional siyosat degan narsalarni bilmagan. Ammo bu turdan turga, qabiladan qabilaga o'tishda bartaraf qilib bo'lmaydigan to'siqqa aylanmagan. Ma'lumki, Eykumen inson o'zlashtirgan tarqoq, bir biridan

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-736-742

ancha uzoq masofada joylashgan alohida hududlardan tashkil topgandir1. Madaniy taraqqiyot sur'atlari turli hududlarda bir biridan ancha farqli tarzda kechgan. Qadimgi inson yashashi uchun tabiiy-iqlim sharoitlari o'ta qulay bo'lgan Messopotamiya yoki Misrda madaniyat o'choqlari paydo bo'lgan bir paytda iqlimi ancha keskin bo'lgan hududlarda inson poda ko'rinishida yashash uchun kurashgan.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Madaniy jarayonlar sur'atlarining tenglashuviga xalqaro, aniqroq qilib aytganda, qabilalararo munosabatlar imkon yaratdi. Maqsadga yo'naltirilgan mustamlaka qilish, urushlar, savdo aloqalari, ko'chib o'tishlar singari rejali harakatlar yoki ov paytida, tabiiy ofatlar yuz berganda, yashash uchun yangi joy qidirish, asirlik yoki qullikdan qochish singari tasodifiy harakatlar kishilarning ilg'or

bilimlari va ko'nikmalari, mehnat va urushning samaraliroq qurollari, turmush va

• 2

muloqot madaniyati tarqalishiga imkon yaratdi .

Xalqlarning buyuk ko'chishlari deb atalgan hodisa ham insoniy tamaddunning vujudga kelishida eng sezilarli rol o'ynagan.

Bu ko'chib yurishlar kelgindilar va tub aholining oddiy bo'lmagan munosabatlari - urushlar, mustamlaka qilish, bo'ysunish, yon berish, uzoq davom etgan raqobat, ittifoq tuzishlar, turli etnik guruhlarning aralashib ketishi bilan birga kechganini tasavvur qilish mumkin. Shu asnoda qabilalar va qabilalar ittifoqi muloqotning ayg'oqchi orqali ma'lumot olish (razvedka), sezlirmay kuzatish, asirga olish, shuningdek, dastlabki diplomatik harakatlar: elchilar yuborish, oliy darajadagi uchrashuvlar (ya'ni qabila boshliqlarinin uchrashuvlari), bitimlar tuzish va ularni bekor qilish, vositachilik, garovga olish bilan kafolatlash va h.k. usullardan foydalangan bo'lishlari mumkin.

Ammo voqelik shundan iboratki, diplomatiya xizmati tarixi faqat yozma tarix zamonlaridan beri - yozuv rivojlangan davlatlar yaratilgan davrlar, ya'ni insoniy tamaddunning dastlabki o'choqlari - Qadimgi Misr, Vavilon, Kritdagi Minay sulolasi va h.k.lar paydo bo'lgan davrdan boshlanganligini ko'rsatmoqda.

Haqiqatan ham, Qadimgi Misr tarixini o'rganishda davlat va uning apparati vujudga kelishida uning ichki ishlari bilan bir qatorda tashqi, ya'ni xalqaro ishlari vazifalari ham paydo bo'lganligi ma'lum bo'ladi. Tarixchilar tomonidan o'qib chiqilgan ponada yozilgan taxtakachlarda tashqi ishlar kim tomonidan va qanday olib

1 KOCHMOB A. M. ^Hn^OMaTHH acoc^apn. - T.: 1996. - 94 6.

2 KOCHMOB A.M. ^HnnoMaTHK Ba KOHcy^HK xroMara. - T.: 1998.

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-736-742

borilganligi haqida ma'lumotlar mavjud. Masalan, VI sulola hukmdori (Eramizga qadar XXV asr) Misrning janubiy qo'shnilari bilan ko'p qiziqqan ko'rinadi. Ponada yozilgan taxtakachlardan ma'lum bo'lishicha bu hukmdor Punt mamlakatiga (hozirgi Habashiston yoki Somali hududining qayeridadir joylashgan) 11 marta o'z elchilarini yuborgan ekan. Bundan birinchidan, hukumatning tashqi ishlari muntazam va tizimli olib borilganligi, ikkinchidan, xalqaro aloqalar uchun maxsus tayyorlangan kishilar bo'lganligi (Chunki har bir ikki yil oralig'ida yuboriladigan vakillar uchun har safar tayyorgarlikka ega bo'lmagan kishilar yuborilmagan bo'lsa kerak) borasidagi hulosaga kelish mumkin.

Pona yozuvlarni o'qishda davom etadigan bo'lsak yuqoridagi xulosalarni tasdiqlashga va diplomatik xizmat ta'sirining samarali bo'lganligi borasidagi fikrlarni tasdiqlashga imkon topishimiz mumkin. Bizning eramizgacha bo'lgan 1296 yilda Firavn Ramzes II o'z diplomatlaridan juda rozi bo'lgan, ular jangovor xettlar davlati (Old Osiyo) bilan urushsiz sulh tuzishga muvaffaq bo'lishgan.

Xettlarning o'zi ham diplomatiyada sezilarli iz qoldirgan. Xet hukumati xattotlari bitgan pona bilan yozilgan taxtakachlar orasidaan tarixchilar namunaviy xalqaro shartnoma matnini topishgan. Namunaviy shartnoma tuzilmasi uch qismdan: preambula ya'ni shartnoma nimaga bag'ishlanganligi; asosiy matnda bir necha moddada shartnomaning mazmuni; tomonlarning o'zaro olingan majburiyatlarni bajarish borasidagi qasamlari keltirilgan, shu asnoda o'zlarining rost so'zlayotganligi hamda sadoqat kafolati tarzida o'zlarining ma'budlari guvohlikka chaqirilgan va shartnoma bajarilmay qolgan taqdirda turli tuman balo ofatlar yog'ilishi ko'rsatilgan. Xettlarning shimoldagi qudratli qo'shnilari - Assiriya davlati xorijiy mamlakatlarda o'zining doimiy diplomatik vakolatxonalariga ega bo'lgan. Uning Vavilondagi elchilari pona bilan yozilgan taxtakachlardan ma'lum bo'lishicha o'ta qattiq ishlashgan, ular o'zlari ishlab turgan mamlakatdagi ahvol borasida har kuni yozishmalar yuborgan, bu yozishmalardagi ma'lumotlar puxtalik bilan mahalliy hukumat o'qiy olmaydigan qilib mahfiylashtirilgan.

NATIJALAR VA MUHOKAMA

Bir necha yuz yilliklar davomida Qadimgi Dunyoning qudratli davlati bo'lgan Vavilon Yaqin va O'rta Sharqdagi barcha davlatlar bilan doimiy yoki muvaqqat aloqalarni saqlab turgan. U harbiy qudrati, iqtisodiyotining rivojlanganligi bilan, madaniyati va fan darajasi bilan qo'shnilariga nisbatan ancha ilg'or bo'lgan.

3 Хидоятов Г.А. Основы дипломатии. - Т.: УМЭД, 2002.

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-736-742

Vaviloncha targ'ibot esa bu usunliklarni horijliklar nazarida ko'paytirishga intilgan. Afsonada keltirilishicha Navuxodonossar ismli shoh xorijiy diplomatlarni kutayotganida butun mamlakat bo'ylab ko'chanining ikki chetiga qurollangan harbiylar otryadlarni yoki harbiycha kiyinib olgan mahallliy dehqonlarni joylashtirgan, shaharlarda esa temirchilar, tegirmonchilar ishdan to'xtamagan yoki metaldan tayyorlangan buyumlarni u yoqdan bu yoqqa ko'rgazmali tarzda olib yurgan. Bularning barchasi xorijiy elchilarga ruhiy ta'sir o'tkazishi lozim edi.

Ammo Vavilonning yakka hukmronligi mintaqada tanazzulga yuz tutdi. Bunda fors shohi Doriyning dilomatiyasi hal qiluvchi rol o'ynadi. Fors elchilari Vavilonda doimiy makon qurib olgan holda hukmron doiralarda keng va ishonchli aloqalar o'rnatdilar. Ular dunyoviy hukumat va Vavilon kohinlari o'rtasidagi, shuningdek hukmdor xonadonidagi ziddiyatlarni tez ilg'ab olgan holda mohir diplomataar bu ziddiyatlarni qarama-qarshilikka, oliy hukumat vakillarining sotqinligi va hiyonatiga qadar yetkaza oldilar. Natijaja fors armiyasi yengilmas hisoblangan Vavilon qo'shinlarini yengib poytaxtni va mamlakatni egallab oldi. Bu Qadimgi Sharq diplomatik xizmatining eng yirik g'alabalaridan biri bo'ldi.

Bizning eramizgacha I asrda Hindistonda yaratilgan Manu qonunlari to'plamida diplomatik faoliyat to'g'risida qiziqarli fikrlar keltirilgan. Qadimgi hind donolari "diplomatiya san'ati - bu mamlakatni urushlardan asrashdir" deb hisoblashgan. To'plamda diplomatik xizmatga olinadigan kishilar qanday bo'lishi borasida mahorojalarga (hukmdorlarga) maslahatlar keltirilgan. Shunday qilib hindlarning fikrlariga ko'ra diplomat katta yoshdagi, o'z hukmdoriga faqat rost so'zlaydigan sadoqatli, harakatlari chaqqon, yaxshi xotiraga ega bo'lgan hamsuhbatining qiyofasidan uning fikrlarini o'qib oladigan kishi bo'lishi lozim.

Qadimgi Gretsiyaning diplomatiyasi to'g'risidagi ma'lumotlar qadimgi afsonalarda va Gomerning poemalarida uchraydi, birinchi diplomatlar esa - bular afsonaviy ma'budlar va qahramonlar bo'lib ular muntazam o'zaro raqobatda bo'lgan, ittifoqlar tuzishgan, fitnalar uyushtirgan, Elladaning qabilalari va xalqlarini shu fitnalarga tortgan4. Grek polislari hududlarni kengaytirishga, qullar keltirishga, xalqaro savdoda imtiyozlar olishga yo'naltirilgan bir muncha amaliy tashqi siyosat olib borgan. Qiyin zamonlarda mudofa ittifoqlari tuzish, raqiblarni tarqatib yuborish va ularga yolg'on axborot yetkazish, tinchlik va yon berishlarga erishish to'g'risida gap borgan.5 Tashqi siyosat vazifalarining mazmunini diplomatiya urush manfaatlariga xizmat qilishi oldindan belgilab qo'ygan. Qadimgi Gretsiyaning buyuk

4 Попов В. И. Современная дипломатия. Теория и практика. М., 2004.

5 Berridge G. R. Diplomacy. Theory and Practice. 2 nd edn. London. 2002.

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-736-742

diplomatlari harbiy sarkardalar va siyosiy dohiylar bo'lgan. Bir martalik diplomatik missiyalarni bajarish uchun elchilar - xabarchilar va oqsoqollar xalq yig'ilishlarida tayinlangan. Shahar hukumati - polislar elchilarga maxsus yorliqlar - papirus yoki pergamentdan tayinlangan ikki varaqdan iborat diplomalar bergan. O'z vazifalarini ado etgandan so'ng elchilar xalq yig'inlarida muzokaralar natijalari to'g'ris ida hisob bergan, bu ishlar natijalari o'ziga xos ratifikatsiyadan o'tgan.6

Greklarni o'rab turgan olamga varvarlarning umumiy ehtiyotsizligi diplomatlarning rolini yetarli baholamaslikda, elchi shaxsining dahlsizligi borasidagi qadimdayoq shakllangan odatlarni rad etishda namoyon bo'lgan. Fors mamlakatidan yer va suv, ya'ni bo'ysunishni talab qilgan elchilarni greklar chuqur quduqqa tiriklay tashlab yuborilgan holat mavjud. Spartalik berahm kishi "suvni o'sha yerdan olinglar " degan.

Aleksandr Makedonskiy qiyin murakkab vazifani hal qilolmasdan kuch ishlatishi Qadimgi grek diplomatiyasining mantiqiy hotimasi bo'ldi. Ellada diplomatiyasi o'zi mo'ljallangan vazifani ado eta olmadi, mamlakatni tashqi hatardan himoya qila olmadi, dastlab bu mamlakat Aleksandr Makedonskiy saltanatining bir

. H

hududiga aylandi, so'ngra Rimga bo'ysundirildi .

Rim davlati o'zi yaratilgan lahzadan boshlab mustamlaka qilishga, tashqi mamlakatlarga hujumlar qilishga mo'ljallangan edi. Shu asnoda diplomatiyaga armiya bilan bir qatorda muhim rol ajratilgan. Ilgarigi Rim respublikasida diplomatik xizmat kasbga aylanganini aytish mumkin. Diplomatlikka nobiletning eng salohiyatli va bilimli kishilari tanlangan. Diplomat lavozimiga nomzodni Respublika konsuli tanlagan. Rimdagi diplomatik vakillar uch toifaga: legatlar, notiqlar va xabarchilarga bo'lingan. Xabarchilar odatda noma yetkazish maqdsadida (masalan, tez kunda elchi kelishi haqida) yuborilgan, notiqlar muzokaralar olib borish vakolotiga ega bo'lgan, legatlar esa Rimning to'laqonlli vakillari bo'lib sulh, ittifoq, shartnoma va boshqalar tuzishi mumkin edi. Elchilarni Respublika senati tayinlagan va ularga ishonch yorliqlari berilgan va uning nomi huddi greklarda bo'lganidek diplom deb atalgan. Bunday yorliq- diplom olgan kishilarni diplomatlar, uning faoliyati sohasini esa diplomatiya deb atay boshlashdi.

Senatda elchilar qilingan ishlar to'g'risida hisobot berishgan, senatga referat taqdim etilgan. Rim diplomatik amaliyotidan ko'plab atamalar va iboralar boshqa mamlakatlar tiliga ham o'tib qoldi. Memorandum, nota, persona non grata,

6 Ковалёв А. Г. Азбука дипломатии. М. 1985.

7 Миркасымов С. М. Рахимова. Дипломатическая служба: теория и практика. Учеб. пособие. - Т.: 2004. - 221 с.

8 R. G. Feltham. Diplomatic handbook. N. Y. 1990. 298 p.

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-736-742

shartnomalarni bajarish lozim (Pacta servanda sunt) va boshqalar ana shular jumlasidandir.

Yil bo'yi o'nlab rim elchixonalari qo'shni mamlakatlar va hududlar bo'ylab kezib yurgan, yangi urushlar uchun ittifoqilar izlashgan, raqiblarni cheklab qo'yishga yoki bir birlariga qayrab qo'yishga intilgan. Ularni qo'rqitishga, rim mustamlakasining bo'lg'usi qurbonlarini ruhini sindirishga urinilgan. "Parchalab tashla va hukmronliq qil" (Divide et impere) rim strategiyasining asosiy shiori edi.

Rimliklar diplomatik faoliyat uchun mablag' va vaqtni ayashmagan. Ular xorijiy delegatsiyalarni kutib olish, muzokaralar olib borish, diplomatik yozishmalar olib borish usullari, protokoli batafsil ishlab chiqilgan. Xorijiy elchilarni Respublika chegarasida, (keyinchalik Imperiya chegarasida) obro'li rimlik harbiy eskort bilan kutib olgan va poytaxtga yetguncha kuzatib borgan. Elchixonaga hurmat va mehmondo'stlik ko'rsatilgan, elchixona rahbariga senatda nutq so'zlash huquqi berilgan.

Dushman davlat elchilarini qabul qilish bir muncha boshqacharoq kechgan. Elchilar Mars maydoniga joylashtirilgan, ularning uyi oldida har kuni rimlik legionerlar shug'ullangan. Shu tarzda rim diplomatiyasi muzokaralar bo'yicha sheriklarga ruhiy bosim o'tkazishga, ularni qo'rqitishga, qudratli Rimga bo'ysunishga moyil qilishga uringan.

XULOSA

Rim tarixi tajribasi diplomatiya ham umuman siyosat singari imkondagi san'at ekanligi borasidagi farazni tasdiqladi. Rim gullab -yashnagan davrda diplomatik xizmat uning muvaffaqiyatlariga faol xizmat qildi. Biroq imperiyanng ichki va tashqi ishlarida salbiy omillar ko'paya borgandan so'ng diplomatiya Rim tanazzulini bir necha o'n yilliklargacha orqaga surib turgan bo'lsada oning oldini ololmadi. Aynigan, ichki ziddiyatlar bilan parchalangan Rim 476 yilda jangovar varvarlar zarbasi ostida taslim bo'ldi.

REFERENCES

1. К,осимов А. М. Дипломатия асослари. - Т.: 1996

2. Косимов А.М. Дипломатик ва консуллик хизмати. - Т.: 1998.

3. Миркасымов С. М. Рахимова. Дипломатическая служба: теория и практика. Учеб. пособие. - Т.: 2004.

4. Хидоятов Г.А. Основы дипломатии. - Т.: УМЭД, 2002.

5. Попов В. И. Современная дипломатия. Теория и практика. М., 2004.

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-736-742

6. Ковалёв А. Г. Азбука дипломатии. М. 1985.

7. Исраэлян В.Л. Дипломаты лицом к лицу. -М., Международные отношения, 1990.

8. Зорин В. Основы дипломатической службы. - М.: Международные отношения, 1987.

9. Никольсон Г. Дипломатическое искусство. - М., 1962. - 117 с.

10. Дипломатическая служба: Учеб. пособие / Под ред. А. В. Торкунов, А. Н. Панова. М., 2014.

11. Дипломатия иностранных государств / Под ред. Т. В. Зоновой - М., 2004.

12. R. G. Feltham. Diplomatic handbook. N. Y. 1990. 298 p.

13. Mayer M. The diplomats. N. Y. 1983.

14. Berridge G. R. Diplomacy. Theory and Practice. 2 nd edn. London. 2002.

15. Kissenger H. Diplomacy. - New York. Simon and Shuster. 1994.

16. Watson A. Diplomacy. Dialogue between states. - London.: 1982.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.