Научная статья на тему 'ПСИХОЛОГО-ПЕДАГОГИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ ФОРМИРОВАНИЯ КОМПЕТЕНТНОСТНЫХ ПОДХОДОВ В МАТЕМАТИКЕ'

ПСИХОЛОГО-ПЕДАГОГИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ ФОРМИРОВАНИЯ КОМПЕТЕНТНОСТНЫХ ПОДХОДОВ В МАТЕМАТИКЕ Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
12
5
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
КОМПЕТЕНТНОСТЬ / МАТЕМАТИКА / ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА / КОМПЕТЕНТНОСТНЫЙ ПОДХОД К ОБУЧЕНИЮ

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Саломов Д. З., Фаридов О. О.

В статье раскрыты психолого-педагогические основы формирования компетентностных подходов в математике.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ПСИХОЛОГО-ПЕДАГОГИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ ФОРМИРОВАНИЯ КОМПЕТЕНТНОСТНЫХ ПОДХОДОВ В МАТЕМАТИКЕ»

УДК 378

Д.З. Саломов, О.О. Фаридов

ПСИХОЛОГО-ПЕДАГОГИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ ФОРМИРОВАНИЯ КОМПЕТЕНТНОСТНЫХ

ПОДХОДОВ В МАТЕМАТИКЕ

В статье раскрыты психолого-педагогические основы формирования компетентностных подходов в математике.

Ключевые слова: компетентность, математика, теория и практика, компетентностный подход к обучению.

Komponentlilik - (lot. Competens-layoqatli, qobiliyati bor) komponentlilik tarkibida sof kasbiy bilim, ko'nikma va malakalardan tashqari, tashabbuskorlik hamkorlik, guruhda ishlash layoqati, kommunikativ qobili-yati, real baholay olish, mantiqiy fikrlash, axborotni saralash va foydalana olish xususiyatlari ham kiradi. Kom-petensiya-fan bo 'yicha egallagan nazariy bilim, amaliy ko ' nikma va malakalarni kundalik hayotda duch keladigan amaliy va nazariy masalalarni yechishda foydalanib, amaliyotda qo'llay olishidir. Shu nuqtai nazarda matematika o'qitish jarayonida o'quvchilarda matematik bilimlarni amalda qo'llay olish, mantiqiy fikrlash, o'quv-o'rganish, matematik savodxonlik kompetensiyalarini shakllantirish, ilmiy bilish metodlari bilan tanishtirish lozim.

Matematika fanini o'qitishda kompetensiyalarni shakllantirish quyidagi elementlar asosida amalga oshiri-ladi: bilimlar aniq bir maqsadga qaratilganini kuzatish, taqqoslash va umumlashtirish, gipotezalarni qo'yish va ularning to'g'riligini sodda usullar yordamida tekshirish. Kompetensiyalarning yuqoridagi tarkibiy qismlarini shakllantirishda quyidagi faktlarni hisobga olish lozim:

- alohida amallarni bajarish orqali kompetensiyalarni shakllantirish;

- kompetensiyalar tuzilishini ochish;

- har xil o'quv materiallaridan foydalanib, kompetensiyalarni shakllantirish;

- bilimga oid masalalarni yechish orqali kompetensiyaning tarkibiy qismlarini shakllantirish.

Bularni e'tiborga olib, matematikadan kompetensiya shakllantirishda masalalarni ikki turga ajratish mum-

kin:

- kompetensiya tarkibini ochadigan masalalar;

- tadqiqiy faoliyat elementlarini shakllantiradigan masalalar.

Kompetensiyalarni shakllantirishga yo'naltirishgan ta'lim-o'quvchilarda egallagan bilim, ko'nikma va ma-lakalarni o'z shaxsiy, kasbiy va ijtimoiy faoliyatlarida amaliy qo'llay olish kompetensiyalarni shakillantirishga yo'naltirilgan ta'limdir. Hozirgi kunda o'quvchilarning matematik qobiliyatlarini tobora o'stira borish birinchi da-rajali ahamiyatga ega bo'lmoqda. Matematik qobiliyatni rivojlantirish, o'quvchilarda kompetensiya shakllantirish bilan bevosita bog'liqdir. Hozirgi zamon psixologiyasida kompetensiyalarni shakllantirish asosida qobiliyatlarni rivojlantirish muhim masalalardan biri hisoblanadi. Matematik qobiliyatlarni rivojlantirish muammosi umuman shaxsning rivojlanish muammosidir.

Ta'lim jarayonida motivlashtirish asosiy o'rinni egallaydi. Har qanday kompetensiyani, jumladan, matematik bilimlarni amaliyotda qo'llash kompetensiyasini shakllantirish harakatning asosiy qismlari - boshqaruvchi, ijro etuvchi va nazorat qiluvchi tuzilishlar bilan yuqori darajada bog'langan. Qayd qilib o'tganimizdek, kompetensiya elementlarini shakllantirishning asosiy vositasi masalalar tizimi hisoblanadi. Shu bilan birga bunday ho-latda harakatning asosiy qismlari quyidagicha ajraladi:

- boshqaruvchi (masala tahlili va yechimni qidirish);

- ijro etuvchi (yechimni amalga oshiruvchi reja);

- nazorat qiluvchi (yechimni tekshirish va tahlil qilish).

O'quvchi dars jarayonidagi masalani mustaqil yecha olmaganida u to'g'ridan-to'g'ri yordamchi masalani ham yecha olmasligini tushunishi kerak. O'quvchilar bilan ko'rib chiqilgan har xil yordamchi masalalar ularni kuzatuvchan bo'lishga undaydi hamda masala yechish orqali o'rnatilgan matematik bilim va faktlarni puxta egal-lashlariga imkon yaratadi. Ayrim masalalarni yechishda o'qituvchi masala yechimlarini qidirish yo'llariga e'tibor berishi, boshqa bir masalalarni yechishda esa olingan natijani o'rganishga diqqatini jalb qilishi lozim. Masalalarni qayta ifodalashda masala elementlari yangi sifat darajasida qatnashishi uning yechimlarini topishda katta imkoni-yatlar ochadi. Har bir masalani qayta ifodalash uni yechishda muhim o'rin tutadi, ya'ni biron-bir masalaning har xil ko'rinishda ifodalanishi uni yechayotgan o'quvchi uchun katta ahamiyatga ega.

Xulosa qilib aytganda, ta'lim jarayonida o'quvchilarda kompetentsiyalarni shakllantirishni quyidagi bos-qichlarga ajratish mumkin:

- yangi bilimlarni idrok etishga tayyorlash;

© Саломов Д.З., Фаридов О.О., 2021.

- o'qitish jarayonida ko'rgazmali qurollardan foydalanish;

- o'quvchilarni kitob bilan ishlashga yo'naltirish.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.Остонов Математика ва информатика укитиш услубияти. Маърузалар матни. - Самарканд, СамДУ.2001. 2.Методика преподавания математики. Частная методика. Под ред. В.И. Мишина. - М:Просвещение, 1987 г.

САЛОМОВ ДАДАХОН ЗОКИРОВИЧ - преподаватель, школа №17, Каракулский район, Бухарская область, Узбекистан.

ФАРИДОВ ОЙБЕК ОТАБЕК УГЛИ - студент, физико-математический факультет, Бухарский государственный университет, Узбекистан.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.