Научная статья на тему 'PROFILAKTIKA INSPEKTOR TALABALАRIDA MUSTAQIL TAʼLIMNI RIVOJLANTIRISH'

PROFILAKTIKA INSPEKTOR TALABALАRIDA MUSTAQIL TAʼLIMNI RIVOJLANTIRISH Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
24
6
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
metod / innovatsiya / innovatsion texnologiyalar / nazariya va amaliyot / dars / chet tili / ta’lim / talabalar / fan / kommunikativ madaniyat / method / innovation / innovative technologies / theory and practice / lesson / foreign language / education / students / science / communicative culture

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Aripova, Shahnoza

Ushbu maqolada ta’lim jarayonida foydalaniladigan,ayniqsa ingliz tili darslarida qo’llaniladigan axborot manbalarining imkoniyatlari yoritib berilgan. Ko’zlangan natijaga erishish uchun ingliz tili darslaridagi tanlangan metodlar talabaga har taraflama qulay sistematik to’g’ri yondashilgan bo’lishi lozim. Ingliz tilini o’rganishning aosiy maqsadlaridan biri talabalarning kommunikativ madaniyati va tajribalarini shakllantirish va rivojlantirishdan iborat.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

DEVELOPMENT OF INDEPENDENT EDUCATION IN STUDENTS OF PREVENTION INSPECTOR

This article describes the possibilities of information sources used in the educational process, especially in English lessons. In order to achieve the desired result, the chosen methods in English lessons must be systematically correct in all respects. One of the main goals of learning English is to form and develop studentscommunicative culture and experiences.

Текст научной работы на тему «PROFILAKTIKA INSPEKTOR TALABALАRIDA MUSTAQIL TAʼLIMNI RIVOJLANTIRISH»

International scientific-practical conference on the topic of "Problems and perspectives of modern technology in teaching foreign languages"

PROFILAKTIKA INSPEKTOR TALABALARIDA MUSTAQIL TA'LIMNI RIVOJLANTIRISH

d https://doi.org/10.24412/2181-1784-2022-20-587-591

Aripova Shahnoza

Toshkent davlat yuridik universitetining "ixtisoslashtirilgan" filiali

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada ta'lim jarayonida foydalaniladigan,ayniqsa ingliz tili darslarida qo'llaniladigan axborot manbalarining imkoniyatlari yoritib berilgan. Ko'zlangan natijaga erishish uchun ingliz tili darslaridagi tanlangan metodlar talabaga har taraflama qulay sistematik to'g'ri yondashilgan bo'lishi lozim. Ingliz tilini o'rganishning aosiy maqsadlaridan biri talabalarning kommunikativ madaniyati va tajribalarini shakllantirish va rivojlantirishdan iborat.

Kalit so'zlar: metod, innovatsiya, innovatsion texnologiyalar, nazariya va amaliyot, dars, chet tili, ta'lim, talabalar, fan, kommunikativ madaniyat.

ABSTRACT

This article describes the possibilities of information sources used in the educational process, especially in English lessons. In order to achieve the desired result, the chosen methods in English lessons must be systematically correct in all respects. One of the main goals of learning English is to form and develop students 'communicative culture and experiences.

Keywords: method, innovation, innovative technologies, theory and practice, lesson, foreign language, education, students, science, communicative culture.

Yurtimizda ingliz tilini chuqur o'qitishga katta e'tibor qaratilib, ilm-fan, zamonaviy va uzluksiz ta'lim tizimini yanada takomillashtirishda bir qator islohotlar amalga oshirilmoqda. Xususan, «Aholi orasida xorijiy tillarni o'rganishni ommalashtirish va ularni mukammal o'zlashtirish uchun zarur sharoitlar yaratish, xorijiy tillarni o'qitishning xalqaro tan olingan dastur va darsliklari ta'limning barcha bosqichlarida joriy etilishini muvofiqlashtirish hamda o'qituvchilarda zamonaviy o'qitish ko'nikmalarini rivojlantirish» kabi vazifalar belgilangan. Mustaqil ta'limga talabalarni yo'naltirishning - bugungi kun zamonaviy ta'limining eng muhim va samarali yo'nalishlaridan biriga aylanib ulgurdi. Chunki u zamonaviy jamiyatdagi insoniyat taraqqiyotining asosiy va muhim shartlaridan biri sifatida shaxsning

International scientific-practical conference on the topic of "Problems and perspectives of modern technology in teaching foreign languages"

hayotdagi muvaffaqiyatlari omili bo'lib xizmat qilmoqda. Har bir inson hayoti davomida mustaqil ta'lim o'z hayotini rejalashtirish, tashkil qilish va tartibga solishda o'ta dolzarb ahamiyat kasb etuvchi jihatdir. Chunki, aynan mustaqil ta'lim shaxsning ta'lim tizimiga kirib borishini, o'z ustida ishlashini, ko'nikmalarini yuksaltirish borasida malakalarga, bilimlarga doimiy ega bo'lishini, ta'limning esa mustaqil ta'lim darajasiga o'sishini taqazo qiladigan jarayon ekanligini unutmasligimiz kerak. Profilaktika inspektor talabalarda mustaqil ta'limga bo'lgan intilishni shakllantirish, rivojlantirish, takomillashtirish va maqsadga erishish bilan bog'liq jarayonlar birinchi galda jamiyatning va insonning ehtiyoji natijasida paydo bo'lgan. Ammo, oliy ta'lim muassasalarining ko'pchilik talabalari o'zlarining mustaqil ta'limini tashkil qilish va uni samarali olib borishga tayyor emas, yoki imkoniyati ham yo'q. Shuningdek, ta'lim tizimining jadal sur'atlar bilan rivojlanib borayotganligi, ushbu sohada turli ilg'or pedagogik texnologiyalarning samarali qo'llanilishi va talabalarda kompetentsiyalarning jadal taraqqiy etishi bilan xarakterlanadigan bugungi sharoitda oliy ta'lim muassasalari talabalarining mustaqil ta'lim kompetentsiyasini shakllantirish va uning yordamida globallashuv jarayonida mutaxassislarga nisbatan talabning o'zgarishi bilan bog'liq muammolarni yechish, mutaxassislik sifatlarini oshirish bilan bog'liq muammolarning dolzarb ahamiyat kasb etadi. Pedagoglar har bir talaba bilan mustaqil ishlash, ularni nafaqat auditoriyada, balki undan tashqarida ham ishlash va ta'lim olish ko'nikmalarini ham o'zlashtirishlarini o'rganish, monitoring qilish, to'g'ri yo'naltirishlari lozimligi bugungi kun pedagogikasining ajralmas qismi ekanligini ham bir necha marotaba ta'kidlab o'tdik. Zero, professional mutaxassis bo'lib yetishish bilan bog'liq jarayonlar nafaqat talabaning mehnatiga va intilishlariga, balki pedagogning talabani har tomonlama rivojlantira olish qobiliyatlariga va tahliliy salohiyatiga ham har tomonlama bog'liq ekanligini e'tibordan qochirmaslik lozim . Ayniqsa, bugungi talabalarning ma'lum bir qismi qaysi sohada ta'lim olishidan qat'iy nazar bo'lajak pedagog ekanligini hisobga olgan holda, ularda mustaqil ravishda o'rganish, ta'lim olish, axborot qidirish va topish, axborot bilan ishlash tajribalarini qo'lga kiritish, mustaqil ta'lim faoliyatini yzlga qo'ya olish tajribasini shakllantirishga qaratilgan o'quv-tarbiyaviy jarayon vujudga kelishiga birinchi darajada e'tibor qaratish maqsadga muvofiq. [Медведев И.Ф., 2013:42]. Mustaqil ta'limning muvaffaqiyati talabalarning o'quv imkoniyatlariga bog'liq. Bu imkoniyatlarning talabalar tomonidan anglab yetilishi ularda o'z xatolari ustida ishlash va o'quv sur'atlarini aniqlashtirishlari uchun zaruriy omil hisoblanadi. Shaxsning eng muhim qobiliyatlaridan biri - bu uning ta'lim olish qobiliyatidir.

International scientific-practical conference on the topic of "Problems and perspectives of modern technology in teaching foreign languages"

Aynan u tufayli bilimlami o'zlashtirish va o'quv faoliyatining imkoniyatlari baholanadi. Aynan bilim olish qobiliyati shaxsning bir muncha barqaror xususiyati bo'lish bilan bir qatorda, ularda ma'lum bir bilimlar shakllanish jarayonini tezlashtiradi, har qanday masalani aql bilan hal qilish sari intilishini kuchaytiradi. Ta'lim olishga bo'lgan layoqat aqliy faoliyatning usullariga hamda talabaning tafakkuri sur'atiga, tanqidiy yondashuviga, egiluvchanligiga, faolligi va mustaqilligiga, xotira imkoniyatlariga va diqqatiga ham bog'liq. Ta'lim olishga bo'lgan layoqatning muhim jihati oqilona tafakkurga va mantiqiy fikrlay olish salohiyati hisoblanadi. Yana bir muhim jihati bu tafakkur samaradorligi va aqliy barkamolligi hisoblanadi.

Talabalarning mustaqil ta'limga tayyorgarligini ularda faollik va mustaqillik belgilari borligi bilan aniqlash mumkin. Ba'zi mutaxassislarning fikricha, erkinlik va faollikni rivojlantirishning pedagogik sharti o'quv muassasasining butun bir o'quv-tarbiyaviy kompleksi orqali amalga oshiriladi. Erkinlik va faollikni rivojlantirishning pedagogik shartiga quyidagilarni kiritish mumkin:

a) fanning asoslarini o'rganish jarayonida anglash vazifalarini qo'ya olish;

b) talabaga bilimlarni o'zlashtirishda bosqichma-bosqich ildamlash yo'lini anglashga imkon beradigan o'quv jarayonining aniq bir mantig'i;

d) ta'limning mos metodlari.

Oliy ta'lim tizimida o'qiyotgan talabalarning xorijiy tillarni o'rganishidagi professional kommunikativ tarkibiy qismni rivojlantirishda auditoriyadan tashqari ta'lim shaklining samaradorligini, ularni takomillashtirish zarurati bugungi kunda tobora dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Bu holat ayniqsa, xorijiy tillarni o'rganish zaruriyati yuqori bo'lgan, lekin nolingvist yo'nalishda ta'lim olayotgan talabalar uchun nihoyatda muhimdir. Salohiyati yetarli bo'lmagan pedagoglarning dars jarayonida talabalar bilan jonli muloqot qila olmasligi, buning uchun zaruriy kompetentsiyalarning yetishmasligi pedagoglarning nufuzi pasayishiga ham sabab bo'layotganligini qayd etishimiz lozim.[Watson J.,2008:16]. Mustaqil ta'lim olish jarayoniga turli metodologik uslublarni tatbiq qilish muammolari ham bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biri bo'lib qolmoqda. Zero, talabalar faqatgina auditoriyada olingan nazariy yoki laboratoriyalar, seminar va amaliy mashg'ulotlar yordamida olgan bilimlarini to'liq mustahkamlay olmaydi. Buning uchun esa mustaqil ta'limni rivojlantirish, talabalarda mustaqil ta'lim olish ko'nikmalarini shakllantirish va eng asosiysi tizimni rivojlantirishga qaratilgan tadqiqotlarni kengaytirish masalasi ham kun tartibidagi asosiy vazifalar qatoridan o' rin olmoqda.

International scientific-practical conference on the topic of "Problems and perspectives of modern technology in teaching foreign languages"

Talabalarning mustaqil ta'lim olishga ishtiyoqini oshirish, bu tizimning, uslubning samaradorligini ko'rsata bilish, uning natijalarini talabalar ham his qilishlariga ko'maklashish va eng asosiysi talabalarning mustaqil ta'lim olish ko'nikmalarini shakllantirish va uni boshqarish metodlarini ishlab chiqish, mustaqil ta'lim texnologiyalarini takomillashtirish masalalari davlat ta'lim tizimi oldida turgan eng katta muammolardan biri bo'lib qolmoqda va uning yechimi kopmleks vazifalar yechimini talab qilmoqda. Mustaqil ta'limni tashkil qilish, samarador faoliyatga aylantirish va eng muhimi talabalar tomonidan doim ijobiy qabul qilinishi uchun uning motivatsion xususiyatlarini aniqlash va joriy qilish omillarini belgilab olish muhim ahamiyat kasb etadi. Talabalarda mustaqil ta'limga nisbatan ishtiyoqni vujudga keltiradigan motivatsion omillarning ahamiyati shundaki, ularni avvlo, natijalar bilan rag'batlantirish, talabalarda ro'y berayotgan o'zgarishlarni dinamik tahlil qilish va natijalarini ularning o'zlari bilan muhokama qilish, kamchilik va muammolarni birgalikda muhokama qilish, bartaraf etish kabi vazifalar pedagogning eng muhim vazifasiga aylanishi lozim.

REFERENCES

1. Xoliqov.A Pedagogik mahorat. Toshkent, —Tafakkur bo' stonil, 2011 y

2. Медведев И.Ф. Концепция самообразования: основные понятия и структура // Инновационные проекты и программы в образовании. 2013. № 3. - С.42 - 46

3. Watson J. Blended learning: The convergence of online and face - to - face education. - Vienna: North American Council for Online Learning, 2008. - 16 p.

4. Atamuratova.T va b. Mutaxassislik fanlarni o'qitish mеtodikasi. T.,Yangi asr avlodi. 2008. -180 b.

PoTatova.P.M. Maxsus pеdogogika. T.:Gafur Gulom, 2005.-223 b

5. Хашимова С. On some features of teaching foreign language for students of non-philological areas at the initial stage. - 2019. - Евразийское Научное Объединение. - С. 334-338.

6. Hashimova, S. A., & Nasirova, S. A. (2021). FEATURES OF FORMING OF ANIMATED NOUNS WITH THE AFFIXES IN MODERN CHINESE LANGUAGE. Journal of Central Asian Social Studies, 2(04), 1-10

7. Nasirova, S. A. (2020). CONCEPTS OF ФШ CHINESE DREAM" AND Щ ^ Ш ^ ^ " COMMUNITY OF THE ONE FATE OF HUMANITY"-A LINGUISTIC AREA. Journal of Central Asian Social Studies, 7(01), 05-14.

International scientific-practical conference on the topic of "Problems and perspectives of modern technology in teaching foreign languages"

8. Abdullaevna, N. S. (2020). Lexical-semantic and cognitive specifics of political discourse (based on Si Jinping's speeches). ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 10(5), 1086-1092.

9. Nasirova, S. A., Hashimova, S. A., & Rikhsieva, G. S. (2021). THE INFLUENCE OF THE POLITICAL SYSTEM OF CHINA ON THE FORMATION OF SOCIAL AND POLITICAL TERMINOLOGY. Journal of Central Asian Social Studies, 2(04), 10-17.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.