Научная статья на тему 'PROFESSIONAL TA’LIMNING RAQAMLI MALAKA OSHIRISH MUHITIDA TINGLOVCHILARNING MUSTAQIL O‘QUV FAOLIYATGA TAYYORGARLIGI'

PROFESSIONAL TA’LIMNING RAQAMLI MALAKA OSHIRISH MUHITIDA TINGLOVCHILARNING MUSTAQIL O‘QUV FAOLIYATGA TAYYORGARLIGI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
2
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Professional ta’lim / raqamli va telekommunikasion texnologiyalar / Raqamli malaka oshirish muhiti / Pedagogik / psixologik / falsafiy / ilmiy / ijtimoiy / iqtisodiy adabiyotlar / Professional education / digital and telecommunications technologies / skills development environment / psychological / philosophical / scientific / social / economic literature.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Umrzoqova B.U., Abdusaidov S.U.

Ushbu maqolada professional ta’limning raqamli malaka oshirish muhitini tashkil etishning maqsadi malaka oshirish jarayoniga raqamli va telekommunikasion texnologiyalarni qo‘llash hisobiga tinglovchilarning kasbiy tayyorgarligini uzluksiz rivojlantirishdan iborat.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

READINESS OF STUDENTS FOR INDEPENDENT STUDY ACTIVITY IN THE ENVIRONMENT OF DIGITAL PROFESSIONAL DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL EDUCATION

in this article, the purpose of organizing a digital skills development environment of professional education is the continuous development of professional training of listeners at the expense of the application of digital and telecommunication technologies to the process of professional development.

Текст научной работы на тему «PROFESSIONAL TA’LIMNING RAQAMLI MALAKA OSHIRISH MUHITIDA TINGLOVCHILARNING MUSTAQIL O‘QUV FAOLIYATGA TAYYORGARLIGI»

Umrzoqova B. U.

Baxmal tumani 67- umumta'lim maktabi O'quv tarbiyaviy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari

Abdusaidov S. U.

Asisistent. Jizzax Politexnika institute

PROFESSIONAL TA'LIMNING RAQAMLI MALAKA OSHIRISH MUHITIDA TINGLOVCHILARNING MUSTAQIL O'QUV FAOLIYATGA TAYYORGARLIGI

Annotatsiya: Ushbu maqolada professional ta'limning raqamli malaka oshirish muhitini tashkil etishning maqsadi malaka oshirish jarayoniga raqamli va telekommunikasion texnologiyalarni qo 'llash hisobiga tinglovchilarning kasbiy tayyorgarligini uzluksiz rivojlantirishdan iborat.

Kalit so'zlar: Professional ta'lim, raqamli va telekommunikasion texnologiyalar, Raqamli malaka oshirish muhiti, Pedagogik, psixologik, falsafiy, ilmiy, ijtimoiy, iqtisodiy adabiyotlar

Umrzokova B.U.

Deputy director for educational affairs of the 67th comprehensive school of Bakhmal district

Abdusaidov S. U.

Assistant. Jizzakh Polytechnic Institute

READINESS OF STUDENTS FOR INDEPENDENT STUDY ACTIVITY IN THE ENVIRONMENT OF DIGITAL PROFESSIONAL DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL EDUCATION

Annotation: in this article, the purpose of organizing a digital skills development environment of professional education is the continuous development of professional training of listeners at the expense of the application of digital and telecommunication technologies to the process of professional development.

Keywords: Professional education, digital and telecommunications technologies, digital skills development environment, pedagogical, psychological, philosophical, scientific, social, economic literature.

Professional ta'limning raqamli malaka oshirish muhiti - bu malaka oshirishda ta'limiy axborotlarni o'zatish va tezkorlik bilan almashishni ta'minlovchi vosita hisoblanadi. Ushbu muhit asosida tinglovchilarni bir-birini tushunishga, o'zgalar fikrini hurmat qilishga, o'z fikrini erkin bayon qilishga va birgalikda muammolarni hal etishga o'rgatishga imkoniyat yaratiladi. Natijada yagona malaka oshirish muhitiga kirib boriladi.

Professional ta'limning raqamli malaka oshirish muhitini samarali tashkil etish uchun quyidagilar e'tiborga olinishi zarur: qo'yilgan muammoni yechish uchun tabiiy, fizik, ijtimoiy va boshqa hodisalar ustidan ko'p, tizimli, bir martalik yoki uzoq muddatli kuzatish, turli mintaqalardan ma'lumotlar to'plash; turli joylarda yuzaga keladigan hodisalar, dalillar, voqealarning aniq tendensiyasini aniqlash uchun taqqoslab o'rganish, qarorlar qabul qilish va takliflar ishlab chiqish; tarmoq ishtirokchilarining madaniy, etnik, geografik shartlari o'rtasidagi farqlarni hisobga olgan holda har bir muammo yoki masalani yechish yo'llarining (alternativ yoki turli usullarini) samaradorligini taqqoslab o'rganish; o'ziga xos madaniy, an'anaviy va boshqa xususiyatlarni hisobga olgan holda ijtimoiy va madaniy qarashlarni qiyosiy tahlil qilish; birgalikda ma'lum bir muammoni hamkorlikda tadqiq qilish sharti bilan biror bir (amaliy, ijodiy, ilmiy va boshqa) ijodiy g'oyani ishlab chiqish; malaka oshirish mummmolarni o'rganish va hal etish bo'yicha musobaqalar o'tkazish va bunda yuzaga keladigan muammoli vaziyatlarni madaniy, malaka oshirishdagi

Raqamli malaka oshirish muhitining nazariy yadrosi - pedagogika fanining yangi yo'nalishi bo'lib, raqamli malaka oshirish muhiti yangilanishga yo'naltirilganlik mohiyatidan kelib chiqib, pedagogik jarayonlarni tadqiq qiladi. Shuning uchun an'anaviy malaka oshirish jarayoniga u yoki bu shaklda yangi pedagogik tizimni kiritish ko'p hollarda samarasizdir. Shu bois yangi sifat tuzilmasiga, tizimni tashkil etishning yangi mezonlariga ega bo'lgan butunlay yangi didaktik modelni yaratish lozim.

Tadqiqot davomida ilmiy manbalarni tahlil qilish asosida tinglovchilarning o'z qobiliyatlari va mustaqil o'quv faoliyatini amalga oshirish imkoniyatlarini samarali qo'llash maqsadlarida tinglovchilarning mustaqil boshqaruvni va o'ziga ongli ravishda ta'sir ko'rsatishni o'z qo'liga olishi talabada quyidagi mahorat va ko'nikmalar shakllanishi zarurati to'g'risida xulosa qilish imkonini berdi: o'zini o'zi motivatsiyalash (maqsadlarga erishishga va shaxsiy qobiliyatlarni faollashtirish uchun); ishlarni mustaqil tashkil etish (ishlarni rejalashtirish, shaxsiy vaqt va makonni tashkil etish, vazifalarni hal qilish texnologiyalari va usullarini tanlash uchun); o'zini o'zi nazorat qilish (ish borishi va uning oraliq natijalarini monitoring qilish, vaziyatlarga adekvat munosabat bildirish, o'zini chegaralash va bemahsul harakatlardan voz kechish uchun); o'zini o'zi baholash, o'z-o'zini rivojlantirish-refleksiv (ish natijalarini baholash).

Pedagogik, psixologik, falsafiy, ilmiy, ijtimoiy, iqtisodiy adabiyotlarni, ilmiy-tadqiqot ishlarini va me'yoriy-huquqiy hujjatlarni o'rganish "tinglovchilarning mustaqil ishlashi sifati" tushunchasini ishlab chiqish asoslanishi lozim bo'lgan malaka oshirish sifati sohasidagi qator ilmiy-nazariy qoidalarni ajratish imkonini berdi.

Malaka oshirish jarayonida asosiy e'tiborni professor-o'qituvchi egallaydi. Shu sababli malaka oshirishni sifatli tashkil etish professor-o'qituvchilar tarkibini to'g'ri shakllantirishdan boshlanadi. Savol tug'iladi: professor-

o'qituvchi sifatini qanday aniqlash mumkin? Professor-o'qituvchi nafaqat tinglovchilarga bilim beradi, u kadrlar shaxsini, dunyoqarashini va ma'naviyatini shakllantirishda ham muhim rol o'ynaydi. Shu sababli professor -o'qituvchi sifati majmuaviy tushuncha bo'lib, u asosan quyidagilarni o'z ichiga olishi mumkin:

> kompetentlik darajasi - aniq fan va amaliyot sohasi bo'yicha yuqori bilim va tajribaga ega bo'lishi;

> professor-o'qituvchilik faoliyati bilan shug'ullanishga qobiliyat va ishtiyoqning mavjudligi;

> ko ' zatuvchanlik - o ' quvchilardagi qobiliyatlarni va alohida xususiyatlarni tez ilg'ab olish;

> tashqi va ichki muhit bilan aloqa o'rnatish qobiliyati;

> o'z sohasi bo'yicha tanilganligi, mavqei;

> ilmiy -tadqiqot sohasidagi faolligi;

> ilmiy maktabining mavjudligi.

Ochiq raqamli malaka oshirish muhitida tashkil etiladigan professional ta'limda professor-o'qituvchining vazifalari birmuncha o'zgaradi. Chunki ochiq malaka oshirish masofadan boshqarishga asoslangan bo'lib, unda professor-o'qituvchi va tinglovchi o'rtasida ma'lum masofaviy oraliq bo'ladi. Bunda professor-o'qituvchi malaka oshirish jarayonini muvofiqlashtirishi, maslahatlar berishi, mustaqil o'quv faoliyatga rahbarlik qilishi, malaka oshirish kursini takomillashtirishi va o'z malakasini oshirish ustida ishlashi talab etiladi. Ochiq malaka oshirish muhitida malaka oshirish jarayoni yuqori texnologiyaga asoslangan bo'lib, unda raqamli va telekommunikatsiyaning yutuqlaridan keng foydalaniladi. Professor-o'qituvchi sifatini baholash uchun yuqorida tavsiya etilgan ko'rsatkichlar sonli baholanmaydigan omillar hisoblanadi. Jumladan, kompetentlik darajasini professor-o'qituvchining tayanch ma'lumoti, ilmiy darajasi va unvoni, pedagogik staji, aniq soha bo'yicha amaliy tajribasi orqali baholash mumkin.

Malaka oshirish jarayonlari integratsiyasiga bo'lgan ehtiyoj ochiq malaka oshirish muhitini shakllantirishni taqozo etadi, u quyidagilarga imkon beradi: o'quv jarayonini malaka oshirish muassasasidan tashqariga olib chiqish, masofaviy malaka oshirishni qo'llab-quvvatlash; yirik malaka oshirish konsorsiumlarini barpo etish; raqamli malaka oshirish resurslari global kutubxonalarini yaratish; tinglovchilarning global axborot makonidagi yangicha ish sharoitiga moslashuvini ta'minlash. Shunga ko'ra, professional ta'limda malaka oshirish jarayonida malakali kadrlarni tayyorlashda amaldagi malaka oshirish yondashuvlarini o'zgartirish, mustaqil o'quv faoliyatga tayyorgarlikni rivojlantirish orqali mantiqiy tafakkur va kasbiy muammolarga yechim topishda zaruriy kompetensiyalarni shakllantirish muhim vazifa hisoblanadi. Shu sababli tinglovchilarni professional ta'limning raqamli malaka oshirish muhitida mustaqil o'quv faoliyatga tayyorgarligini rivojlantirish ularning kasbiy faoliyat turlariga tayyorgarligini rivojlantirishda muhim omil hisoblanadi.

Adabiyotlar

1 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida"gi PF - 4947 Farmoni. -Toshkent, 2017-yil 7-fevral.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta'lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-6108 Farmoni. -T., 2020-yil 6-noyabr.

3. Azizxo'jayeva N.N. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat: O'quv qo'llanma. -T.: TDPU, 2003 - 174 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.