Научная статья на тему 'BО‘LAJAK TEXNOLOGIYA О‘QITUVCHISINING TEXNOLOGIK TA’LIMIDAGI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR'

BО‘LAJAK TEXNOLOGIYA О‘QITUVCHISINING TEXNOLOGIK TA’LIMIDAGI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR Текст научной статьи по специальности «Фундаментальная медицина»

CC BY
3
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
texnologiya о‘qituvchisi / kompetensiya / raqamli texnologiyalar.

Аннотация научной статьи по фундаментальной медицине, автор научной работы — Sayidova Muxtaram Xamidullayevna, Isaqova Irodaxon, Tursinova Mohlaroy, Ergasheva Saida, Taniyeva Madina

Maqolada bо‘lajak texnologiya о‘qituvchisining kompetensiyalari haqida, bо‘lajak о‘qituvchilar tomonidan texnologik ta’limda zamonaviy elektron, raqamli va axborot texnologiyalari texnologiyasidan foydalanish ahamiyati haqida fikrlar bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BО‘LAJAK TEXNOLOGIYA О‘QITUVCHISINING TEXNOLOGIK TA’LIMIDAGI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR»

BO'LAJAK TEXNOLOGIYA O'QITUVCHISINING TEXNOLOGIK TA'LIMIDAGI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR

1Sayidova Muxtaram Xamidullayevna, 2Isaqova Irodaxon, 3Tursinova Mohlaroy,

4Ergasheva Saida, 5Taniyeva Madina

1Chirchiq davlat pedagogika universiteti, "Texnologik ta'lim" kafedrasi o'qituvchisi 2,3,4,5Chirchiq davlat pedagogika universiteti talabalari https://doi.org/10.5281/zenodo.13898209

Annotatsiya. Maqolada bo'lajak texnologiya o'qituvchisining kompetensiyalari haqida, bo'lajak o'qituvchilar tomonidan texnologik ta'limda zamonaviy elektron, raqamli va axborot texnologiyalari texnologiyasidan foydalanish ahamiyati haqida fikrlar bayon etilgan.

Kalitso'zlar: texnologiya o'qituvchisi, kompetensiya, raqamli texnologiyalar.

Аннотация. В статье описываются компетенции будущего учителя технологии, важность использования современных электронных, цифровых и инфoрмaциoнных технологий в технологическом образовании будущими учителями.

Ключевые слова: учитель технологии, компетентность, цифровые технологии.

Abstract. The article describes the competencies of the future technology teacher, the importance of the use of modern electronic, digital and Information Technology in technological education by future teachers.

Keywords: technology teacher, competence, digital technology.

Kirish. 2020 yilda yangidan qabul qilingan "Ta'lim to'g'risida"gi Qonunga muvofiq, o'qituvchilar malakasini oshirish oliy ta'limning Davlat ta'lim standartlarini hisobga olgan holda amalga oshiriladi [1].

O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ma'lumotlariga ko'ra, hozirgi vaqtda 15 ta oliy ta'lim muassasasida texnologiya o'qituvchilarini tayyorlash amalga oshirilmoqda, ularda 8000 mingga yaqin talaba tahsil oladi. Xususan, 2022-2023 o'quv yilida texnologik ta'lim yo'nalishi bor OTMlarga jami 1120 nafar talabalar qabul qilindi. Shundan kunduzgi ta'limda 195 nafar talaba grantga va 450 nafar talaba shartnoma asosida, sirtqi ta'limga 475 nafar talabalar o'qishga qabul qilindilar.

Mamlakatimizda 60112300 - Texnologik ta'lim bakalavrlar ta'lim yo'nalishi bo'yicha mutaxassislar tayyorlash kunduzgi, sirtqi va kechki ta'lim shakllarida amalga oshiriladi. Bugungi kunda texnologik ta'lim yo'nalishi talabalari kredit-modul tizimida ta'lim olayapti. Kunduzgi ta'limda bakalavriat dasturining meyoriy muddati 3 yil.

Mavzuga oid adabiyotlar tahlili.

Texnologiya o'qituvchilarini tayyorlashni takomillashtirish, ularni raqamlashtirilgan ta'lim muhitida rivojlantirish, raqamli texnologiyalarning ta'lim sifatini oshirishdagi roli kabi muammolar bo'yicha U.N. Nishonaliyev, A.R. Xodjabayev, N.SH. Shodiyev, N.A. Muslimov, X.I. Ibragimov, E.I. Ro'ziyev, O'.Q. Tolipov, N. Sayidahmedov, D. Ergashev, SH.S. Sharipov, O. Abduquddusov, E.T. Choriyev, O. To'raqulov, J. Hamidov, A. Jo'rayev, U. Jumanazarov, O. Qo'ysinovlar va boshqa ko'plab vatanimiz olimlar tomonidan ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilgan.

Tadqiqot metodologiyasi. Maqolaning metodologiyasi ilmiy va tobora ommalashib borayotgan manbalarni tahlil qilishdan boshlab, bo'lajak texnologiya o'qituvchilarini kasbiy faoliyati, texnologik salohiyati, bo'lajak o'qituvchilarni tayyorlashda raqamli texnologiyalardan foydalanish ahamiyati va rolini tahlil qiladi [2].

Texnologiya darslarining sifatini oshirishda raqamli texnologiyalar tarkibini tahlil qilish usullari, ta'lim sifatini oshirish bo'yicha ishchi dasturlar va qo'llanmalar, zamonaviy veb-vositalardan foydalanish bo'yicha ilmiy umumlashtirish, ushbu tadqiqot muammosi bo'yicha bo'lajak texnologiya o'qituvchilari bilan suhbatlar usullari ham qo'llanildi.

Tahlil va natijalar. Bo'lajak texnologiya o'qituvchilari o'zlarining kelgusi pedagogik faoliyatida quyidagi kasbiy vazifalarini bajarishga qodir bo'lishi lozim:

- o'quv jarayonini rejalashtirish: DTS va o'quv dasturlarining maqsadlariga muvofiq o'quv reja ishlab chiqish, o'quvchilarning ehtiyojlari va qiziqishlaridan kelib chiqib o'quv dasturlarini moslashtirish, fanlarni korrelyatsiya va integratsiya tamoyillariga ko'ra rejalashtirish, darsning aniq maksad va natijalariga ko'ra dars rejasini ishlab chiqish, differensial yondashuv asosida dars shakllari va usullarini rejalashtirish, o'quv, namoyish va tarqatma materiallardan foydalanishni rejalashtirish;

- ta'lim samaradorligini ta'minlash: dars maqsadlariga ko'ra o'quvchilar imkoniyatidan kelib chiqib vazifalarni belgilash, dars mavzusiga mos namoyish va tarqatma materiallardan foydalanish, darsda vaqt taqsimotini to'g'ri rejalashtirish, ta'lim jarayonida AKTdan unumli foydalanish, o'quvchilarning o'zlashtirish natijalariga ko'ra darsni tashkil etish va ta'lim berishdagi yondashuvlarning samaradorligini tahlil kilish, o'quvchilarning ta'limiy maqsadlari va yosh xususiyatlariga mos keladigan o'qitish usullari va yondashuvlarni tanlash, o'qitishning faol usullaridan foydalanish, o'quvchilarning asosiy kompetensiyalari va hayotiy ko'nikmalarini rivojlantirishga yo'naltirilgan usullardan foydalanish, o'quvchilarning jamoaviy va loyihaviy ishlarini tashkil etish, o'z-o'zini nazorat qilish ko'nikmalaridan foydalanish, o'quvchilarga differensial yordam berish, nazariya va amaliyot uyg'unligini ta'minlash, o'quvchilarni mustaqil fikrlash imkoniyatini yaratish, darsda motivatsiyaga erishish, sinfda samarali muloqotga erishish;

- o'zlashtirishni baholash va qayta aloqani taqdim etish: ta'lim natijalarini baholash uchun turli usul va vositalardan foydalanish, ta'lim natijalarini diagnostika qilish uchun turli usul va vositalardan foydalanish, ta'lim natijalarini tahlil qilish, dars rejasi va usullarini moslashtirishda tahlil natijalaridan foydalanish, baholash mezonlarini bilishi va amalda qo'llay olishi, mavjud muammolarni aniqlay olishi va tahlil kilish;

- tarbiyaviy faoliyatni tashkil etish: tarbiyaviy ishlarning zamonaviy, interaktiv shakl va usullarini mashg'ulot hamda sinfdan tashqari ishlarda qo'llash, tarbiyaviy ishlarda o'quvchilarning jinsi, yoshi, madaniy va individual xususiyatlarini inobatga olishi, ta'lim muassasasining ustavi va ichki tartib qoidalariga muvofiq o'quvchilar uchun aniq odob-axloq qoidalarini o'rnatish, ijtimoiy sog'lom muhitni yarata olish, o'quvchilarda kognitiv faollik, mustaqillik, tashabbuskorlik, ijodkorlik fuqarolik pozitsiyasi, mehnatga layoqati, sog'lom va xavfsiz turmush tarzi madaniyatini rivojlantirish;

- xavfsiz rivojlantiruvchi ta'lim muhitini yaratish va ta'minlash: o'quvchilar orasida o'zaro hurmat muhitini yaratish, o'quvchilarga sinf hayotida teng imkoniyatlar yaratsa, nizoli vaziyatlarda optimal yechimli qaror chiqara olishi, o'quvchilar bilan individual ishlar olib borishi, zamonaviy ommaviy axborot vositalari dunyosida xavfsiz ishlashga yordam bera olish;

- o'z-o'zini rivojlantirish va kasbiy o'sish: muntazam malaka oshirish kurslaridan o'tish, fanga oid adabiyotlar bilan tanishib, yangi bilimlarni amaliyotda qo'llash, kasbiy faoliyat yuzasidan seminar va treninglarda ishtirok etish hamda tashkil etish, o'zaro darslarda qatnashish, darslarni tahlil qilish, ochiq darslar o'tkazish, kasbiy faoliyatda kerakli o'zgarishlarni amalga oshirish;

- hamkasblar va ta'lim oluvchilarning ota-onalari (ularning o'rnini bosuvchi shaxslar) bilan hamkorlik o'rnatish: o'quvchilarning ota-onalarini (ularning o'rnini bosuvchi shaxslarni)

ta'lim jarayoniga maktab hayotiga jalb qilish, o'quvchilarning ota-onalarini (ularning o'rnini bosuvchi shaxslarni) o'quvchilarni rivojlanishi va ta'lim muhiti to'g'risida qaror qabul qilishda ishtirok etishga jalb etish, tarbiyaviy muammolarni hal qilishda va o'quvchilarni hayotga tayyorlashda boshqa pedagogik xodimlar va mutaxassislar, jamoat tashkilotlari va bo'limlari bilan hamkorlik qilish.

Bo'lajak texnologiya o'qituvchisi kuyidagi umummadaniy kompetensiyalarga ega bo'lishi

lozim:

- dunyoqarash bilan bog'lik tizimli bilimlarga ega bo'lishi; gumanitar va tabiiy-ilmiy fanlar asoslarini, joriy davlat siyosatining dolzarb masalalarini bilishi, ijtimoiy muammolar va jarayonlarni mustaqil tahlil qila olishi;

- tabiat va jamiyatda kechayotgan jarayon va hodisalar haqida yaxlit tasavvurga ega bo'lishi, tabiat va jamiyat rivojlanishi haqidagi bilimlarni egallashi hamda ulardan zamonaviy ilmiy asoslarda hayotda va o'z kasb faoliyatida foydalana bilishi;

- insonning boshqa insonga, jamiyatga, atrof muhitga munosabatini belgilovchi huquqiy va ma'naviy mezonlarni bilishi, kasb faoliyatida ularni hisobga ola bilishi;

- axborotni olish, saralash, saqlash va qayta ishlash metod, usul va vositalaridan foydalanish va mediasavodxonlik; global kompyuter tarmoqlar bilan ishlash ko'nikmalariga egalik;

- elektron axborot ta'lim muhitida ta'lim jarayonini pedagogik loyihalashtirish;

- ijtimoiy o'zaro harakatga kirishishda ta'lim ishtirokchilarining etnomadaniy o'ziga xosliklarini hisobga olish;

- tegishli bakalavriat yo'nalishi bo'yicha raqobatbardosh umumkasbiy tayyorgarlikka ega bo'lishi;

- yangi bilimlarni mustaqil egallay bilishi, o'z ustida ishlashi va mehnat faoliyatini ilmiy asosda tashkil qila olishi;

- bitta xorijiy tilni erkin so'zlashuv darajasida egallagan bo'lishi;

- sog'lom turmush tarzi va unga amal qilish zaruriyati to'g'risida ilmiy tassavvur hamda e'tiqodga, o'zini jismoniy chiniqtirish o'quv va ko'nikmalariga ega bo'lishi kerak;

- gigiyena, mehnat muhofazasi va tashqi ta'sirlardan himoya qilish qoidalari talablariga muvofiq, sog'lom turmush tarzi ko'nikmalarini shakllantirishga qobiliyatlilik [3].

Bo'lajak texnologiya o'qituvchisidan quyidagi kasbiy kompetensiyalarga ega bo'lishi talab

etiladi:

- umumkasbiy vazifalarni hal etishda fan va ta'limning zamonaviy muammolariga doir bilimlardan foydalanishga tayyorlashi hamda muvaffaqiyatli amalga oshirishga doir axboriy-didaktik ta'minotni yaratish va amalda qo'llash ko'nikmalariga ega bo'lish;

- turli yosh davrlarida insonning xulq-atvori va faoliyatini boshqarishning o'ziga xosliklari, psixik va psixofiziologik rivojlanishning maxsus qonuniyatlari hamda individual o'ziga xosliklarini hisobga olish vositalaridan foydalanish qobiliyatiga egalik;

- ota-onalar (yoki ularning o'rnini bosuvchi shaxslar) bilan munosabatga kirisha olish; turli yosh guruhidagi bolalarning rivojlanishi, muloqoti, faoliyatini tashxis etish metodlaridan foydalanish qobiliyatiga egalik;

- pedagoglik kasbining yuksak ijtimoiy ahamiyat kasb etishini tushunish, kasbiy etika tamoyillariga rioya qilish; kasbiy faoliyatning ilmiy sohasidagi o'zgarishlarni anglash, tahlil etish, umumlashtirish, aniq xulosalar qabul qilish ko'nikmasiga ega bo'lish;

- birlamchi manbalar asosida kasbiy bilimlarni rivojlantirish, kasbiy shakllanish va ijtimoiylashtirish imkoniyatini taqdim etish, inklyuziv ta'limga kadriyatli munosabatning tarkib topganligi;

- materiallar va ularning xossalari, xususiyatlari hamda texnik obyekt va texnologik jarayonlarga oid ma'lumotlarni o'rganish; texnik obyekt hamda texnologik jarayonlarda maxsus va umummehnat operatsiyalarini bilish;

- texnik va kreaktiv fikrlashni, intellektual kobiliyatlarini shakllantirish; texnologik jarayon va tayyorlangan mahsulotlarni bajarish ketma-ketligi hamda mahsulot sifatini tahlil qila olish;

- jarayonlarni bajarilishiga oid xulosalar chiqarish hamda mehnat operatsiyalarini, mahsulot sifatini baholay olish;

- kasb tanlashga yo'naltirish ko'nikmalariga ega bo'lish; psixika, shaxs, faoliyat, muloqot, bilish jarayonlari, irodaviy sifatlar, hissiy holatlar, individual xususiyatlarga doir bilim, ko'nikma va malakalarni shakllantirish hamda bo'lajak pedagog mutaxassislar tomonidan psixik taraqqiyot konuniyatlari, davrlari, mexanizmlari, omillari va shart-sharoitlari haqidagi zamonaviy ilmiy bilimning o'zgartirilishini tashkil etish;

- umumiy o'rta ta'limning texnologiya fani bo'yicha olimpiada va tanlov masalalarini yechish; umumiy o'rta ta'lim maktab o'quvchilarida estetik madaniyat va ijodkorlik, o'z-o'zini rivojlantirish va asrash, amaliy faoliyatni rivojlantirish kompetensiyalari shakllantirish;

- umumiy o'rta ta'limning texnologiya darslarida o'quvchilarning texnik ijodkorligini, qobiliyatini, tafakkurini rivojlantirish, dars jarayonida tabiiy va sun'iy hamda metall va metallmas materiallarga texnologiya asosida ishlov berish usullarini o'rgatish orkali kasb-hunarga yo'naltirish, xalq hunarmandchiligi asoslari, qishloq xo'jaligi asoslari, ro'zg'orshunoslik, elektrotexnika ishlarini bajarishda kasb-hunarga yo'llash bo'yicha bilim, ko'nikma va malakalarni egallash hamda ularni hayotda qo'llay olish layoqatini shakllantirish [4].

Bo'lajak texnologiya o'qituvchilarining fanga doir kompetensiyalari quyidagilarni tashkil

etadi:

- texnologik ta'limning o'ziga xosliklarini anglash, turli tipdagi ta'lim muassasalarida o'quvchilarni o'qitishda uzviylikni amalga oshirish vositalarini egallaganlik;

- texnologiya fanining nazariyasi va amaliyoti doir zamonaviy bilimlarni egallaganlik;

- fanga doir bilim, ko'nikma va malakalarni qo'llay olish hamda egallangan tayanch bilimlarni o'quvchilarga yetkazish qobiliyati;

- sohaning nazariy asoslarini puxta egallagan bo'lishi va undan turdosh tarmoqlarda samarali foydalana olishi, amaliy harakatlarni bajarish ko'nikmasiga va malakasiga ega bo'lishi;

- "Texnologiya ta'limi metodikasi" fanining rivojlanishi, tarixi, pedagogik texnologiyalar, o'qitish metodlari, o'qitish vositalarini amaliyotga samarali qo'llay olishi, ta'limni DTS meyorlari, o'quv dasturlariga ko'ra tashkil etishi, baholash mezonlarini tushunishi, xalqaro baholash tadqiqotlarini bilishi va o'quvchilarning tabiiy-ilmiy savodxonligini (PISA kontekstlari) rivojlantirish faoliyatida zamonaviy ta'lim texnologiyalaridan samarali foydalana olish ko'nikma va malakalariga ega bo'lishi.

Bizning fikrimizcha, hissiy-irodaviy sifat bo'lajak texnologiya o'qituvchisi shaxsining asosiy xarakteristikasi bo'lib, u o'z xatti-harakatlarini tartibga solish qobiliyatini, his-tuyg'ularni adekvat ifoda etishni va boshqalarning his-tuyg'ulariga munosib javob berishni, tashqi va ichki hissiy reaksiyalarni, o'z-o'zini tashkil qilish orqali ichki ta'sirlar - vazminlik, o'z-o'zini nazorat qilish va ixtiyoriy fazilatlarning namoyon bo'lishini boshqarishni belgilaydi.

Bo'lajak texnologiya o'qituvchisining hissiy va irodaviy sifatini murakkab, integral va ko'p o'lchovli kasbiy sifat bo'lib, uning quyidagi tarkibiy qismlarini ko'rib chiqishni talab qiladi:

1) o'qituvchining kasbiy mahorati va qobiliyatlari (o'ziga egalik qilish, o'zini tuta bilish, o'zini nazorat qilish, o'z faoliyatini tashkil eta bilish, o'zini cheklay bilish, o'zini tuzata bilish va boshqalar.);

2) o'qituvchining kasbiy va shaxsiy fazilatlari (stressga chidamlilik, hissiy barqarorlik, qat'iyatlilik, chidamlilik, vazminlik, ta'sirchanlik, bag'rikenglik, pedagogik empatiya, optimizm, intizom va boshqalar.);

3) ta'lim muassasasining qulay ta'lim muhitini ta'minlaydigan pedagogik qobiliyat va fazilatlar (o'quv faoliyatida muvaffaqiyat vaziyatlarini yaratish, umumiy optimizm va pedagogik jarayonning qulayligi) [5].

Bo'lajak texnologiya o'qituvchisining kasbiy-pedagogik va shaxsiy fazilatlari, ko'nikma va malakalarining shartli guruhlari biz o'rganayotgan hodisaning muhim tarkibiy qismidir. Biz ularni samarali muvaffaqiyatli pedagogik faoliyat yo'nalishini belgilaydigan omil deb hisoblaymiz. O'rganilayotgan hodisaning tarkibiy tahlili asosida biz bo'lajak texnologiya o'qituvchisi egallashi kerak bo'lgan pedagogik mahorat guruhlarini aniqladik:

axborot oqimlarining kuchli salbiy ta'sirini zararsizlantirish, o'qituvchi shaxsining salbiy axborot-agressiv omillarga barqarorligini oshirish qobiliyati;

o'qituvchining shaxsiyatiga salbiy hissiy bosimning oqibatlarini bartaraf etish qobiliyati, bu katta ish yuki va jamiyatda ushbu kasbni ijtimoiy-iqtisodiy qo'llab-quvvatlashning past darajasi tufayli amalga oshiriladi;

ta'lim muassasasining ko'p tarmoqli fanlarini o'qitishda turli pedagogik vaziyatlarda harakatlarning ta'sirchanligi qobiliyati;

o'zining hissiy holatini tartibga solish, unga buzg'unchi emas, konstruktiv xarakter berish qobiliyati;

ta'lim muassasasining qulay ta'lim muhitini yaratish va saqlash qobiliyati; o'quv jarayonida o'quvchilarning o'quv va kognitiv faoliyatining maqbul hissiyligini ta'minlash qobiliyati;

hamkasblar, o'quvchilarning ota-onalari va ta'lim muassasasi rahbariyati bilan ijobiy munosabatlar o'rnatish, qulay hissiy va psixologik muhit yaratish qobiliyati;

o'qituvchining o'quvchilarining ruhiy salomatligi va hissiy farovonligi holatini o'rganish qobiliyati;

bolaning hissiy holatini to'g'ri aniqlash, salbiy his-tuyg'ularning namoyon bo'lishining sabablari va usullarini bilish, o'quvchining hissiy sohasi haqidagi bilimlar zaxirasidan foydalanish qobiliyati;

barqaror kasbiy pozitsiyani saqlab qolish qobiliyati, o'z kasbining falsafiy mohiyatini tushunish, o'qituvchi shaxsining o'z-o'zini tushunchasini mustahkamlashga hissa qo'shadigan o'zlarining ijobiy imkoniyatlarini anglash va boshqalar [6].

Xulosa. Shunday qilib, bo'lajak o'qituvchilar tomonidan zamonaviy elektron, raqamli va axborot texnologiyalari texnologiyasini batafsilroq o'zlashtirishni ta'minladi. Buni quyidagilarda ko'rish mumkin:

- mutaxassislik pedagogik ta'limdan chiqarib tashlandi va o'qituvchilarni tayyorlash faqat bakalavr / magistr tizimida mumkin bo'ldi;

- pedagogik ta'lim standarti ta'lim dasturlarining barcha profillari uchun bir xil, asosiy ta'lim dasturining profili oliy o'quv yurti tomonidan taxminiy dasturlarga muvofiq belgilanadi;

- o'zlashtirish natijalariga qo'yiladigan talablar DTSda bitiruvchiga ega bo'lishi kerak

bo'lgan kompetensiyalar shaklida ishlab chiqilgan asosiy o'quv dasturlari joriy etildi;

- asosiy ta'lim dasturlari tarkibiga qo'yiladigan talablar universitetlarga asosiy ta'lim

dasturlarini fanlar va modullar bilan to'ldirish uchun keng imkoniyatlar yaratdi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Qonuni. Ta'lim to'g'risida. 2020 yil 7 avgust. www.lex.uz

2. Jo'rayev R.X., Tayloqov N. I. Axborotlashgan ta'lim muhiti - o'qitish samaradorligini oshirish vositasi // Uzluksiz ta'lim. IMJ. - T.: 2004. - №3. - 3-7 b.

3. Ishmuhamedov R., Abduqodirov A., Pardayev A. Ta'limda innovatsion texnologiyalar (ta'lim muassasalari pedagog-o'qituvchilari uchun amaliy tavsiyalar). - T.: Iste'dod, 2008. - 180 b.

4. Taylaqov N.I. Ta'lim tizimida zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etishning istiqbollari // "Ta'lim va tarbiya". IMJ.- T.: 2002. - №1-2.- 27-30 b.

5. Sayidova M.X. Talabalarda ijodiy va kreativ qobiliyatni shakllantirish masalalari / Xalq ta'limi. IMJ. -T.: 2023. - № 3. -13-16 b.

6. Sayidova M.X. Reflection of advanced technologies in the content of modern technological education in an educational institution / Web of technology: multidimensional research journal. Volume 1, Issue 7, October 2023. P.45-48.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.