Научная статья на тему 'PROFESSIONAL TA’LIMDA SHAXSGA YO‘NALTIRILGAN TA’LIM TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISHNING AHAMIYATI VA O‘RNI'

PROFESSIONAL TA’LIMDA SHAXSGA YO‘NALTIRILGAN TA’LIM TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISHNING AHAMIYATI VA O‘RNI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
28
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalari / interfaol ta’lim / innovatsion ta’lim / ijodiy topshiriqlar / muammoli vaziyatlar / bahs-munozara / debat. / личностно-ориентированные образовательные технологии / интерактивное образование / инновatsiонное образование / творческие задачи / проблемные ситуatsiи / дискуссия / дискуссия.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Boboxo‘Jayev B.Ya., Xolmamatov D.H.

mazkur maqolada professonal ta’limda o‘qitishni tashkil etish jarayonida shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalaridan foydalanishning ahamiyati, shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalarining mazmuni, o‘ziga xos jihatlari yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

в данной статье описывается важность использования персонализированных образовательных технологий в процессе организatsiи обучения в профессиональном образовании, содержание и особенности персонализированных образовательных технологий.

Текст научной работы на тему «PROFESSIONAL TA’LIMDA SHAXSGA YO‘NALTIRILGAN TA’LIM TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISHNING AHAMIYATI VA O‘RNI»

PROFESSIONAL TA'LIMDA SHAXSGA YO'NALTIRILGAN TA'LIM TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISHNING AHAMIYATI VA O'RNI

Boboxo'jayev B.Ya.

Kattaqo'rg'on servis texnikumi direktori

Xolmamatov D.H.

SamISI, Marketing kafedrasi dotsenti

Annotatsiya: mazkur maqolada professonal ta'limda o'qitishni tashkil etish jarayonida shaxsga yo'naltirilgan ta'lim texnologiyalaridan foydalanishning ahamiyati, shaxsga yo'naltirilgan ta'lim texnologiyalarining mazmuni, o'ziga xos jihatlari yoritilgan.

Kalit so'zlar: shaxsga yo'naltirilgan ta'lim texnologiyalari, interfaol ta'lim, innovatsion ta'lim, ijodiy topshiriqlar, muammoli vaziyatlar, bahs-munozara, debat.

Аннотatsiя: в данной статье описывается важность использования персонализированных образовательных технологий в процессе организatsiи обучения в профессиональном образовании, содержание и особенности персонализированных образовательных технологий.

Ключевые слова: личностно-ориентированные образовательные технологии, интерактивное образование, инновatsiонное образование, творческие задачи, проблемные ситуatsiи, дискуссия, дискуссия.

Abstract: this article describes the importance of using personalized educational technologies in the process of organizing training in professional education, the content and specific aspects of personalized educational technologies.

Key words: person-oriented educational technologies, interactive education, innovative education, creative tasks, problem situations, debate, debate.

Kirish. Mamlakatimizda so'ngi yillarda amalga oshirilayotgan islohotlarning markaziy qismida ta'lim sohasi turibdi. Barcha sohalarning rivojlanishi, taraqqiy etishi, iinovatsiyalarni yaratilishi, iqtisodiyotning barcha tarmoq va sohalarida yuqori natijalarga erishish bevosita yuqori malakali kadrlarga bog'liqdir. Shuning uchun ham ta'lim tizimini rivojlantirish masalasi davlatimizning eng yuqori darajadagi siyosatida o'z aksini topib kelmoqda. Jumladan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 11 sentyabrdagi ""0'zbekiston-2030" strategiyasi to'g'risida"gi 158-sonli Farmoni bilan tasdiqlanga "0'zbekiston-2030" strategiyasining 6-maqsadida "Professional ta'lim tizimini rivojlantirish orqali o'quvchilarni zamonaviy bilim va ko'nikmalarga o'rgatish" belgilangan. 2030 yilgacha erishiladigan maqsadlarning samaradorlik ko'rsatkichlari sifatida 700 ta professonal ta'lim muassasalarida ta'lim sifatini oshirish va moddiy-texnika bazasini takomillashtirish, 14 ta hududiy professonal tayyorgarlik markazlarini tashkil etish, malaka toifasiga ega bo'lgan pedagog kadrlar ulushini 50 foizga, masofaviy yoki aralash shakllarda tashkil etiladigan malaka oshirish kurslari ulushini 30 foizga yetkazish, o'rta bo'g'in mutaxassislarini tayyorlashda davlat grantini axborot

texnologiyalari, qurilish, transport va logistika yo'nalishlarida 100 foizga yetkazish rejalashtirilgan.

Ushbu maqsadlar va erishiladigan maqsadlarning samaradorlik ko'rsatkichlarini ta'minlash bevosita professonal ta'lim muassasalarida talabalarni o'qitishga ham bog'liqdir. Bugungi kunda o'qitishda qo'llaniladigan ilg'or metodlarni, shaxsga yo'naltirilgan ta'lim texnologiyalardan foydalanish muhim ahamiyatga ega.

Asosiy qism. Globallashuv sharoitida ta'lim shaxsni har tomonlama voyaga yetkazish, unda komillik va malakali mutaxassisga xos sifatlarni shakllantirishda muhim o'rin tutadi. Bugungi tezkor davr talabalarni ham qisqa muddatda va asosli ma'lumotlar bilan qurollantirish, ular tomonidan turli fan asoslarini puxta o'zlashtirilishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishni taqozo etmoqda.

Zamonaviy sharoitda professional ta'limning barcha imkoniyatlariga ko'ra shaxsni rivojlantirish, ijtimoiylashtirish va unda mustaqil, tanqidiy, ijodiy fikrlash qobiliyatlarini tarbiyalashga yo'naltirilishi talab qilinmoqda. O'zida ana shu imkoniyatlarni namoyon eta olgan ta'lim shaxsga yo'naltirilgan ta'lim deb nomlanadi.

Shaxsga yo'naltirilgan ta'lim - talabaning fikrlash va harakat strategiyasini inobatga olgan holda uning shaxsi, o'ziga xos xususiyatlari, qobiliyatini rivojlantirishga yo'naltirilgan ta'lim.

Bu ta'lim o'qitish muhitining talaba imkoniyatlariga moslashtirilishini nazarda tutadi. Unga ko'ra ta'lim muhiti, pedagogik shart-sharoitlar, ta'lim hamda tarbiya jarayonini to'laligicha talabaning shaxsiy imkoniyatlarini ro'yobga chiqarish, qobiliyatini rivojlantirish, shaxs sifatida kamolotga yetishini ta'minlash, tafakkuri va dunyoqarashini boyitishni nazarda tutadi.

Shaxsga yo'naltirilgan ta'limning o'ziga xos jihati ta'lim oluvchi shaxsini tan olish, uni har tomonlama rivojlantirish uchun qulay, zarur muhitni yaratishdan iborat.

Bu turdagi ta'lim talabalarda mustaqillik, tashabbuskorlik, javobgarlik kabi sifatlar, shuningdek, mustaqil, ijodiy va tanqidiy fikrlash qobiliyatlarini tarbiyalashga xizmat qiladi. Bu turdagi ta'limni tashkil etishda pedagoglardan har bir talaba imkon qadar individual yondashishni, uning shaxsini hurmat qilishni, unga ishonch bildirish taqozo etiladi. Qolaversa, shaxsga yo'naltirilgan ta'lim o'qitish jarayonining ishtirokchilari pedagog-talaba yoki talaba-talaba, talaba-talabalar guruhi, talaba-talabalar jamoasi tarzida o'zaro hamkorlikda bilim olish, shaxs sifatida kamol toptirish uchun qulay pedagogik sharoitni yaratish zaruriyatini ifodalaydi.

Pedagog ta'lim jarayonida shaxsga yo'naltirilgan ta'lim turlaridan foydalanar ekan, bir qator shartlarga qat'iy rioya etishi kerak. Ushbu talablar quyidagilaran iborat:

- har bir talabani alohida, o'ziga xos shaxs sifatida ko'ra olishi;

- talabani hurmat qilishi;

- talabaning ruhiy holatini to'g'ri baholay olishi;

- talabaning xohish-istak, qiziqishlarini inobatga olishi;

- har bir talabaga tolerant munosabatda bo'lishi;

- talabaning kuchi, imkoniyati va intilishlariga ishonch bildirishi;

- har bir talaba uchun qulay ta'lim muhitini yaratishi;

- talabalarning mustaqil yoki kichik guruhlarga erkin ishlashlari uchun imkoniyat yaratish;

- talabalarni o'z faoliyatlarini mustaqil nazorat qilish, faoliyati samaradorligini aniqlash, yutuqlarning omillari va yo'l qo'yilgan xatolarning oqibatlarini tahlil qilish o'rgatish;

- ta'lim j arayonida hech bir talabaga tazyiq o 'tkazmaslik;

- alohida talabaning kamchiliklarini bo 'rttirib ko 'rsatmaslik;

- bordi-yu, talaba tomonidan bilimlarni o'zlashtira olmaslik, ta'lim jarayonida o'zini odobsiz tutish holati qayd etilsa, u holda qat'iy xulosa chiqarmasdan, buning sabablarini aniqlash;

- aniqlangan sabablar asosida talabaning sha'ni, g'ururiga ziyon etkazmagan holda u tomonidan bilimlarni o'zlashtira olmaslik, o'zini odobsiz tutish kabi holatlarni bartaraf etish;

- ta'lim jarayonida har bir talaba uchun "muvaffaqiyat muhiti"ni yarata olish;

- har bir talabaga ta'lim olisha muvaffaqiyatga erisha olishiga yordam berish;

- talabaning qobiliyatini o'stirish, shaxs sifatida rivojlanishiga yordam berish;

- talabaning shaxsini emas, balki uning aniq xatti-harakatlarini baholashi;

- pedagog sifatida har bir talabaning hurmati va ishonchini qozona olishi zarur.

Shaxsga yo'naltirilgan ta'lim talabani ta'lim tizimiga moslashtirishni emas,

aksincha, uning individual xususiyatlarini inobatga olgan holda har tomonlama rivojlanishi, shaxs sifatida kamolotga yetishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishni nazarda tutadi. Bu turagi ta'lim talabalarni o'z-o'zini rivojlantirishga, mustaqil bilim olishga, o'zining ichki imkoniyatlari, qobiliyatlarini to'la namoyon eta olishi, bilish faolligini oshirish uchun zarur sharoitni vujudga keltirishi zarur. Talabalar shaxsga yo'naltirilgan ta'lim jarayonida o'quv materialini o'zlashtirishga ijodiy, tanqidiy yonashishni, yangi g'oyalarni ilgari surish, ularni asoslash, o'z fikrini himoya qilish, muammoli vaziyatlarda samarali yechimni topish ko'nikma, malakalarini o'zlashtirish imkoniyatiga ega bo'ladi.

Professional ta'limda pedagog tomonidan ta'lim jarayonida innovatsion xarakterga ega turli faol metodlarning qo'llanilishi talabalarni rivojlantirish, qobiliyatlarini yanada o'stirishga xizmat qiladi. Xususan:

- muammoli izlanish;

- kichik tadqiqotlarni olib borish;

- debat;

- bahs-munozara;

- evristik suhbat;

- kichik guruhlarda ishlash va boshqalar.

Mashg'ulotlarini tashkil etishda pedagoglar o'quv axborotlarining talabalar bilim, ko'nikma, malaka va tajribalariga tayangan holda ularni qiziqtira oladigan,

fikrlashga, ijodiy yondashishga undaydigan imkoniyatga ega bo'lishini ta'minlashga alohida e'tibor qaratishlari zarur.

Ta'lim jarayonida pedagoglar tomonidan:

- turli shakl, metod, vosita va texnologiyalardan samarali, maqsadli foydalanish;

- o'quv topshiriqlarini bajarishda talabalarga usullarni mustaqil tanlash imkonini berish;

- talabani juftlikda, kichik guruhda va jamoada ishlashini ta'minlash;

- mashg'ulotlarning loyihalashtirilishiga e'tiborning qaratilishi nafaqat o'qitish sifatini yaxshilayi, samaradorligini oshiradi, talabalar shaxsning rivojlanishi uchun qulay sharoitni vujudga keltiradi.

Eng muhimi pedagoglar o'quv mashg'ulotlarining nafaqat axborot berish, balki rivojlantirish xarakteriga ega bo'lishlariga e'tiborni qaratishlari zarur. Shuningdek, muhokama qilinayotgan masala, muammo, o'rganilayotgan mavzu yuzasidan talabalarning mustaqil fikr bildirishlari (noto'g'ri bo'lsa-da, fikr bilirishlari)ga imkon berish, nima bo'lganda ham ularni o'ylashga, fikrlashga undash shaxsga yo'natirilgan ta'limga xos muhim belgilardan biri sanaladi.

Ayni vaqtda shaxsga yo'naltirilgan ta'limning quyidagi turlari farqlanmoqda 1-

rasm:

S N Asosiy turlari

InnovatsioH ta'lim

Masofaviy ta'lim

с

Modul

ta'limi

V J

Hamkorlik ta'limi

Kompyuter ta'lim

Muammoli ta'lim

с N

Interfaol

ta'lim

V J

Rivojlantiruvchi ta'lim

Tabaqalashtirilgan ta'lim

f N

Individual

ta'lim

V

f Dasturiy ta'lim "S

V

с Loyiha ta'limi N

V J

O'yin texnologiyalari

1-rasm. Shaxsga yo'naltirilgan ta'limning asosiy turlari.

Professional ta'lim jarayonida quyidagilardan foydalanish shaxsga yo'naltirilgan ta'limning yana bir belgisidir:

- ijodiy topshiriqlar;

- kreativ yondashishni taqozo etuvchi vazifalar;

- muammoli vaziyatlar;

- rolli va ishbilarmonlik o'yinlari;

- bahs-munozara, debat;

- musobaqa ko'rinishidagi bellashuvlar.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati

1. Greg Light, Roy Cox, Susanna Calkins. Learning and Teaching in Higher Education. Los Angeles, London, New Dehli. 2014, 341 p.

2. Акимова О.Б., Исмаилова З.К., Махсудов П.М., Уткина С.Н. Методика профессионального обучения. - Т.: Navro'z, 2020.-146 с.

3. Иноятов У.И., Муслимов Н.А., Рузиева Д.И., Усмонбоева М.Х,. Педагогика: нопедагогик олий таълим муассасалари учун мулжалланган дарслик. - Тошкент: Низомий номидаги ТДПУ, 2016. - 256 бет.

4. Tojiboeva D., Yoldoshev A. Maxsus fanlarni o'qitish metodikasi. Darslik. -Т.: Aloqachi, 2018. -568 б.

5. Hakimova M.F., Lutfullaeva N.X., Abdullaeva R.M. Maxsus fanlarni o'qitish metodikasi. - T.: Iqtisodiyot, 2019.-138 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.