Научная статья на тему 'PROCEDURE AND CHARACTERISTICS OF INITIATING, PREPARING, AND TRIALING AN ECONOMIC CASE'

PROCEDURE AND CHARACTERISTICS OF INITIATING, PREPARING, AND TRIALING AN ECONOMIC CASE Текст научной статьи по специальности «Право»

CC BY
7
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Область наук
Ключевые слова
iqtisodiy ish / da’vo arizasi / sud muhokamasi / dalil / hal qiluv qarori / huquqiy ko’mak / “Inson qadri uchun”.

Аннотация научной статьи по праву, автор научной работы — Nabijonova Dilafruz Abdujalil Qizi

Ushbu maqolada O’zbekiston Respublikasi iqtisodiy sudlarida sud ishini qo‘zg‘atish va tayyorlash tartibi, ishni sudga tayyorlash, iqtisodiy ishni sudda muhokama qilish va o‘tkazish, sudning hal qiluv qarorini chiqarish tartibi va xususiyati haqidagi mavzu yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «PROCEDURE AND CHARACTERISTICS OF INITIATING, PREPARING, AND TRIALING AN ECONOMIC CASE»

Central Asian Journal of

Education and Innovation

PROCEDURE AND CHARACTERISTICS OF INITIATING, PREPARING, AND TRIALING AN ECONOMIC CASE

Nabijonova Dilafruz Abdujalil qizi

[email protected] Faculty of Law, Namangan State University,

Namangan, Uzbekistan https://doi.org/10.5281/zenodo.13841755

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi: 20- Sentabr 2024 yil Ma'qullandi: 23- Sentabr 2024 yil Nashr qilindi: 26- Sentabr 2024 yil

KEY WORDS

iqtisodiy ish, da'vo arizasi, sud muhokamasi, dalil, hal qiluv qarori, huquqiy ko'mak, "Inson qadri uchun".

Ushbu maqolada O'zbekiston Respublikasi iqtisodiy sudlarida sud ishini qo'zg'atish va tayyorlash tartibi, ishni sudga tayyorlash, iqtisodiy ishni sudda muhokama qilish va o'tkazish, sudning hal qiluv qarorini chiqarish tartibi va xususiyati haqidagi mavzuyoritilgan.

Mustaqillik yillaridan beri sud-huquq tizimini tubdan isloh qilish orqali fuqarolik jamiyatini shakllantirish hamda demokratlashtirishning tarkibiy qismi sifatida sud hokimiyatini xolis, mustaqil tarmoq sifatida mustahkamlandi. Qonun ustuvorligi, inson huquq va erkinliklari ishonchli himoyalanishini ta'minlash bo'yicha izchil ishlar amalga oshirildi. Prezidentimiz Sh.M. Mirziyoyev tomonidan olib borilayotgan siyosatning adolatliligi, qonuniyligi va xolisligi shundaki, qabul qilinayotgan tarixiy hujjatlar oddiy xalqning fikri, uning xohish-irodasi, azaliy orzu va maqsadlarini ifoda etib, ularning asosiy mazmun-mohiyati inson manfaatlarini mustahkam muhofaza qilishdan iborat. Shu maqsadda Prezidentimizning 21.02.2017-yildagi "O'zbekiston Respublikasi sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyatini samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to'g'risidagi"farmoni qabul qilindi.

Davlatimiz rahbarining 2017 yil 13-iyunda sudyalar bilan bo'lib o'tgan birinchi tarixiy uchrashuvida so'zlagan nutqida sud tizimini fuqarolarimizning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qiladigan adolat qo'rg'oniga aylantirishdek ustuvor maqsad o'z mujassamini topgan. Yurtboshimiz 2017-yil 22-dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida sudlarning asosiy vazifasi adolatni qaror toptirishdan iboratligi, buning uchun sud har bir ish yuzasidan qonuniy, asosli va adolatli qaror chiqarishi kerakligi hamda Sudyaning ongida - adolat, tilida - haqiqat, dilida - poklik bo'lishi muhimligi haqida alohida ta'kidlab o'tadilar[1].

Bugungi yurist shiddat bilan o'zgarayotgan zamon bilan hamnafas, uning to'laqonli ishtirokchisi bo'lishi darkor. Muhtaram prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev biz asosiy qonunimiz talablarini to'liq amalga oshirish borasida hali oldimizda ulkan vazifalar turganini yaxshi tushunishimiz, ya'ni xalqimiz hayot darajasini hamda sifatini yanada yaxshilash, inson huquq va manfaatlarini amalda ta'minlash bo'yicha hali ko'p ish qilishimiz lozimligini bizga da'vat etadilar[2].

METODLAR

Da'vo taqdim etish huquqi da'vo taqdim etishning protsessual-huquqiy tomoni bo'lsa, da'voni qanoatlantirilishiga bo'lgan huquq - da'vo taqdim etish huquqining moddiy-huquqiy tarafi hisoblanadi. Agar da'vogarda ushbu huquq layoqatining ikkalasi ham mavjud bo'lsa, u o'zining buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlari yoxud qonun bilan qo'riqlanadigan manfaatlarini himoya qilishni so'rab iqtisodiy sudga da'vo taqdim etish huquqiga ega bo'ladi. Boshqacha qilib aytganda, da'vo taqdim etish huquqi bu nafaqat moddiy huquqning buzilishi, balki da'vo shaklida va uni majburiy amalga oshirishning protsessual tartibida himoyaga ega bo'lish imkoniyatidir[3]. IPKda belgilanganidek har qanday manfaatdor shaxs o'zining bilan qo'riqlanadigan manfaatlarini himoya qilishni so'rab iqtisodiy sudga murojaat qilishga Ish qo'zg'atish uchun asoslar mavjud bo'lishi zarur, ya'ni sud manfaatdor shaxslarning arizalari bo'yicha, prokurorning arizasi bo'yicha, davlat organlari va boshqa shaxslar yuridik shaxslar va fuqarolarning huquqlari hamda qonun bilan qo'riqlanadigan manfaatlarini, jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qilish maqsadida qonun bo'yicha sudga murojaat qilish huquqiga ega bo'lgan hollarda, shu davlat organlarining va boshqa shaxslarning arizalari bo'yicha ish qo'zg'atadi.

Har bir ishni sudda ko'rishga tayyorlash sudning odil sudlovni amalga oshirish vazifasini bajarishiga qaratilgan iqtisodiy protsessning zaruriy hamda mustaqil bosqichi hisoblanadi. Bu bosqich da'vo arizasini ish yuritishga qabul qilish bilan sud muhokamasi bosqichlarini o'zaro bog'lab turuvchi bo'g'indir, uning maqsadi iqtisodiy nizoni to'g'ri va o'z vaqtida qabul qilinishini ta'minlashdan iborat. Ishni sudda ko'rishga tayyorlash bosqichining asosiy vazifalari iqtisodiy protsessual kodeksida belgilab qo'yilgan. Ishni ko'rish uchun tayyorlash yuzasidan barcha protsessual harakatlar faqat sudya tomonidan qilinganidan so'ng yetarli darajada tayyorlangan hisoblanadi.

Sudya da'vo arizasi kelib tushgan kundan e'tiboran besh kundan kechiktirmay, sudgacha majlis o'tkazilgan hollarda esa da'vo arizasi ish yuritishga qabul qilingan va ish qo'zg'atilgan kundan e'tiboran o'n kundan kechiktirmay ishni sud muhokamasiga tayyorlash to'g'risida ajrim chiqaradi, unda o'zi hamda ishda ishtirok etuvchi shaxslar tomonidan amalga oshirilishi lozim bo'lgan harakatlar, ushbu harakatlar amalga oshirilishi kerak bo'lgan muddatlar, sud muhokamasini o'tkazish vaqti va joyi ko'rsatiladi.

Sud muhokamasi buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlarni himoya qilishga erishish, huquq to'g'risidagi nizoni ochiq sudda adolatli va xolis hal qilish, sudlov ishlarini taraflarning tortishuvchanlik tamoyili asosida hal qilish hamda manfaatdor shaxslarning o'z huquqlari va qonun bilan qo'riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish, dalillar taqdim etish uchun sharoit yaratish imkoniyatining ta'minlanishida ifodalanadi. Sud muhokamasining tartibi bu sudning, ishda ishtirok etayotgan shaxslar va sud muhokamasi boshqa ishtirokchilarining nizoni mazmunan hal qilishga qaratilgan qonunda belgilangan harakatlar ketma-ketligi, shuningdek, sud muhokamasida qonun bilan o'rnatilgan intizomdir[5].

NATIJALAR

O'zbekiston Respublikasining Kanstitutsiyasida inson va fuqorolarning asosiy huquq va erkinliklari, burchlari kanstitutsiyaviy norma sifatida mustahkamlab qo'yilgan. Qonunlar ushbu normalar asosida shakllantiriladi. Ushbu qonun hujjatlaring maqsadi yuqorida aytilgan kanstitutsiyaviy normalarni amalyotga tatbiq etishdan iborat. O'zbekiston Respublikasi prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning tashabbusi bilan 2017 yil 31- mayda "O'zbekiston

Respublikasining Kanstitutsiyaviy sudi to'g'risida" gi Kanstitutsiyaviy qonun qabul qilindi. Darhaqiqat iqtisodiy sudlar tadbirkorlar manfaatlarini himoya qilishi, chunki, iqtisodiy qarzdorlik, iqtisodiy muammolarni hal qilishi barchamizga ma'lum.

Hozirgi kunda sud huquq tizimini isloh qilish bo'yicha bir qator ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizning 98 - moddasiga binoan, O'zbekiston Respublikasi Oliy Sudi hamda Konstitutsiyaviy Sudi qonunchilik tashabbusi huquqiga egaligi yoritilgan. Ular Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga qonun loyihalarini kiritish, qonunlarga o'zgartirish kiritish taklifi bilan chiqish huquqiga ega.

Bugun mamlakatning sud tizimida gender tenglikni ta'minlash, ayollarning sud-huquq sohasidagi mavqeini oshirish, ayniqsa, ayol sudyalarni qo'llab-quvvatlash borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, 2019-yilda 149 ayol sudya faoliyat yuritgan bo'lsa, 2020-yilga kelib bu ko'rsatkich 157 tani tashkil etdi. 2021-yilning I-choragida esa mamlakatda jami 1214 nafar sudyadan 1053 nafari erkak bo'lib, ayol sudyalar 161 ta, ya'ni 15,3% ni tashkil etdi. Shuningdek, bugungi kunda oliy sudda faoliyat yuritib kelayotgan jami 63 ta sudyadan 15 nafari ayol sudyadir. Bu Oliy sud sudyalarining 31,25% ini tashkil etadi. Shuningdek, ozodlikdan mahrum qilish joylarida saqlanayotgan mahkumlar sonining 2,5 barobarga kamayishi inson huquqlarini himoya qilish sohasida muhim qadamdir[6]. Ushbu ishlar natijasida sud tizimini yanada isloh qilishga hamda sud huquq tizimida demokratlashtirish jarayonlarini bosqichma - bosqish amalga oshirish mumkin.

MUHOKAMA

Nafaqat iqtisodiy sudda balki barcha sudlarni tubdan isloh qilish, ulardagi ish samaradorligini oshirish maqsadida amalga oshirish mumkin bo'lgan quyidagi takliflarni yosh yurist sifatida bermoqchiman:

Birinchi navbatda fuqarolar hamda tadbirkorlarga o'z huquq va qonuniy manfaatlarini sudlarda himoya qila olishi uchun barcha imkoniyatlarni yaratilishi, sud ishlarini yuritishda kodeksda belgilanganidek tortishuv va taraflarning tengligi tamoyillarini to'laqonli ro'yobga chiqarishi juda muhim hisoblanadi.

Ikkinchidan, sudlar faoliyatini to'liq raqamlashtirgan hold sun'iy intellekt texnologiyalarini joriy etilishi kerak.

Uchinchidan, sudyalarning mustaqilligi va daxlsizligi kafolatlarini kuchaytirish orqali sudga hurmatsizlik qilish va sud ishiga aralashish holatlarining oldini olish bo'yicha samarali mexanizmlarni ishlab chiqilishi darkor. Bu nafaqat sudyalarga ishni qonuniy ko'rishga imkon beradi balki fuqarolarning sudga bo'lgan ishonchini ham oshiradi.

To'rtinchidan, sudyalar va sud xodimlarida yuksak muomala madaniyatini shakllantirilishi lozim. Hozirgi kunda ayniqda sudlarda ko'riladigan ishlar ko'pligidan xodimlar psixologik va fizologik charchash natijasida sudga huquqiy ko'mak so'rab kelgan fuqaroga qo'pol munosabatda bo'lishlari juda achinarli holat. Har qanday holatda ham sudga murojaat qilgan har bir fuqaro va tadbirkorda suddan, pirovardida esa davlatdan rozilik hissini uyg'otish darkor.

XULOSA

Xulosa o'rnida shuni ta'kidlash joizki, yuqorida bayon etilgan o'zgarishlarni inobatga olsak, huquqiy demokratik davlat qurish davrida olib borilayotgan sud huquq tizimidagi islohotlarda ijobiy natijalarga erishiladi. Bugungi kun taraqqiyoti har bir davlat va uning fuqarolaridan muntazam tarzda yangilik sari intilishini, yangi goyalar, tashabbuslar,

kutilmagan yondashuvlar va yechimlarni talab etmoqda. Bu jarayondan qisqa muddat uzilish yoki ortda qolish pirovardida boshqa davlatlardan sezilarli qoloqlikni keltirib chiarishi tayin. Shu o'rinda ta'kidlab o'tish kerakki, O'zbekiston Respublikasining Prezidenti bir nechta sud huquq sohasiga oid farmon va qarorlaridan ("Sud hokimiyati organlari faoliyatini

raqamlashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" gi qarori > "Sudlar faoliyatini yanada

takomillashtirish va odil sudlov samaradorligini oshirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar

to'g'risida" gi farmoni )so'ng mutasaddilar tomonidan mummolar va ularga istiqbolli yechimlar shakllantirildi[7]. Ushbu vazifalar hayotimizga tatbiq etilishi natijasida mamlakatimizda adolat va qonun ustuvorligini ta'minlashga xizmat qiladigan "Yangi O'zbekiston - xalqchil va insonparvar davlat" g'oyasi amalga oshadi hamda "Inson qadri uchun" degan ustuvor tamoyil to'laqonli ro'yobga chiqariladi. Jumladan, bunda sud tizimining roli va mas'uliyati yanada kuchayadi[7].

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi (Yangi tahrir. 01.05.2023)

2. Iqtisodiy protsessual kodeksi. 01.04.2018. 3-modda.

3. Shavkat Mirziyoyevning O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24 yilligiga bag'ishlangan marosimdagi ma'ruzasidan. https://www.gazeta.uz/oz/2016/12/07/speech/

4. Esonova Z. 2020. Iqtisodiy protsessual huquq. Darslik. 211-b.-Toshkent. Adolat nashriyoti.

5. Mualliflar jamoasi. Iqtisodiy protsessual huquq. Darslik. 131-b.- Toshkent: TDYU, 2021.

6. http://www.insonhuquqlari.uz/oz/articles/odil-va-mustail-sud-jangi-zbekiston-pojdevori

7. Taraqqiyot strategiyasi markazi ^ sud-huquq tizimidagi strategik islohotlar inson manfaatlari uchun xizmat qilmoqda (strategy.uz)

8. Odil va mustaqil sud - yangi o'zbekiston poydevori (insonhuquqlari.uz)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.