Научная статья на тему 'FUQАRОLАRNING HUQUQ VА QОNUNIY MАNFААTLАRINI TА'MINLАSHDА FUQАRОLIK SUDLАRINING TUTGАN О'RNI'

FUQАRОLАRNING HUQUQ VА QОNUNIY MАNFААTLАRINI TА'MINLАSHDА FUQАRОLIK SUDLАRINING TUTGАN О'RNI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
151
34
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Fuqаrоlik sudi / huquq / оilа / fuqаrо / qоnun / mаnfааt / сhоrа / intizоm. / Civil court / law / family / citizen / law / interest / judgment / discipline.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — S. To’Xtayev, D. Xayrullayeva

Ushbu mаqоlаdа О`zbеkistоn Rеspublikаsi fuqаrоlаrining huquq vа qоnuniy mаnfааtlаrini tа`minlаsh dоirаsidа fuqаrоlik sudlаrining tutgаn о`rni, ulаrning fаоliyаt yо`nаlishlаri, bеlgilаngаn mе`yоriy hujjаtlаr, qоnunlаr vа hukumаt qаrоrlаri muhоkаmа еtilаdi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE OF CIVIL COURTS IN ENSURING THE RIGHTS AND LEGAL INTERESTS OF CITIZENS

This article discusses the role of civil courts in the framework of ensuring the rights and legal interests of the citizens of the Republic of Uzbekistan, their directions of activity, established regulatory documents, laws and government decisions.

Текст научной работы на тему «FUQАRОLАRNING HUQUQ VА QОNUNIY MАNFААTLАRINI TА'MINLАSHDА FUQАRОLIK SUDLАRINING TUTGАN О'RNI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

FUQАRОLАRNING HUQUQ УА QОNUNIY MАNFААTLАRINI TА,MINLАSHDА FUQАRОLIK SUDLАRINING TUTGАN О,RNI To'xtayev Sardor Sulton o'g'li

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Xalqaro huquq fakulteti 2-kurs talabasi

Ilmiy rahbar: O'zbekiston Respublikasi Tumanlararo Iqtisodiy Sudi sudyasi Xayrullayeva Dilbar https://doi.org/10.5281/zenodo.7336825

Annotatsiya. Ushbu maqolada Ozbekiston Respublikasi fuqarolarining huquq va qonuniy manfaatlarini ta'minlash doirasida fuqarolik sudlarining tutgan orni, ularning faoliyat yo'nalishlari, belgilangan me yoriy hujjatlar, qonunlar va hukumat qarorlari muhokama etiladi.

Kalit so'zlar: Fuqarolik sudi, huquq, oila, fuqaro, qonun, manfaat, chora, intizom.

РОЛЬ ГРАЖДАНСКИХ СУДОВ В ОБЕСПЕЧЕНИИ ПРАВ И ЗАКОННЫХ

ИНТЕРЕСОВ ГРАЖДАН

Аннотация. В dannou cmambe paccMampueaemcR ponb грaждaнcких cydoe в paMKax o6ecne4eHUH npae и 3aKoHHux UHmepecoe гpaждaн Pecny6nuKu Y36eKucmaH, HanpaeneHuR их denmenbHocmu, ycmaHoeneHHue HopMamueHue doxyMeHmu, 3aKoHu и peшeнuя npaeumenbcmea.

Ключевые слова: Гpaждaнcкuй суд, 3aKoH, ceMbR, гpaждaнuн, 3aKoH, uHmepec, peшeнue, дucцunлuнa.

THE ROLE OF CIVIL COURTS IN ENSURING THE RIGHTS AND LEGAL

INTERESTS OF CITIZENS

Abstract. This article discusses the role of civil courts in the framework of ensuring the rights and legal interests of the citizens of the Republic of Uzbekistan, their directions of activity, established regulatory documents, laws and government decisions.

Keywords: Civil court, law, family, citizen, law, interest, judgment, discipline.

KIRISH

Mamlakatimizda har bir fuqaroning huquqlarini himoya etish asosiy siyosiy mezonlardan biri hisoblanadi. Mustaqillikka erishganimizdan bugungi kunga qadar bu boradagi ishlar, rivojlanishlar davom etmoqda. Jumladan 2018 -yil 1-aprelda kuchga kirgan O'zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksining yangilangan ko'rinishi bugungi kunda har bir fuqaro uchun himoya hujjati desak adashmaymiz.

O'zbekiston Respublikasi Konsutitutsiyasining 44-moddasiga asosan har bir shaxsga o'z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalarining g'ayriqonuniy xatti-harakatlari ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanadi.

O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 1-moddasiga asosan har qanday manfaatdor shaxs buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqi yoxud qonun bilan qo'riqlanadigan manfaatini himoya qilish uchun qonunda belgilangan tartibda sudga murojaat qilishga haqli. U fuqarolik sud ishlarini yuritish to'g'risidagi qonunchilik buyruq tartibidagi ishlarni, da'vo tartibidagi ishlarni, alohida tartibda yuritiladigan ishlarni, hakamlik sudining hal qiluv qarori bilan bog'liq ishlarni va chet davlat sudlarining hamda chet davlat hakamlik sudlarining (arbitrajlarining) hal qiluv qarorlarini tan olish va ijroga qaratish bilan bog'liq

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

ishlarni ko'rib chiqish hamda hal etish tartibini belgilaydi. Qonunga kora Fuqarolik sud ishlarini yuritish vazifalari quyidagilardan iborat:

fuqarolarning shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy huquqlarini, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini, O'zbekiston Respublikasining huquqlari va manfaatlarini, shuningdek korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalari va fuqarolar o'zini o'zi boshqarish organlarining (bundan buyon matnda tashkilotlar deb yuritiladi) huquqlari hamda qonun bilan qo'riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish maqsadida fuqarolik ishlarini to'g'ri, o'z vaqtida ko'rib chiqish va hal etish;

qonuniylik va huquq-tartibotni mustahkamlashga, demokratiyani, ijtimoiy adolatni, fuqarolar o'rtasida tinchlik va milliy totuvlikni ta'minlashga ko'maklashish;

qonunga va sudga nisbatan hurmat munosabatini shakllantirish. TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Mamlakatimizda barkamol avlodni tarbiyalash, ularni har tomonlama yetuk mutaxassislar bo'lib yetishida ta'lim va tarbiya berish sohasidagi darsliklar, o'quv-uslubiy adabiyotlarni takomillashtirish, ularni yangi avlodlarini yaratish muhim vazifalardan biridir. Shu ma'noda TDYI «Fuqarolik protsessual huquqi» kafedrasi professor-o'qituvchilari M.M. Mamasiddiqov, Z.N. Esanova, D.Y. Habibullayevlar tomonidan tayyorlangan «Fuqarolik protsessual huquqi» o'quv qo'llanmasi talabalar va o'quvchilarni fuqarolik sud ishlarini yuritishga oid bilim saviyalarini yuksaltirishda, ushbu huquq sohasi bo'yicha nazariy va amaliy ko'nikma hosil qilishida muhim ahamiyat kasb etadi.

Fuqarolik protsessual huquqining predmetini fuqarolik sud ishlarini yuritish sohasida vujudga keladigan fuqarolik protsessual munosabatlar tashkil etib, ushbu munosabatlar fuqarolik ishlari tufayli vujudga keladigan sud va protsessning boshqa ishtirokchilari, sud qarorlarini ijro etuvchi idoralar o'rtasida yuzaga keladi.

Fuqarolik protsessual huquqining manbalari fuqarolik sud ishlarini yuritish tartibini belgilovchi fuqarolik protsessual normalardan iborat bo'lgan O'zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari hamda O'zbekiston Respublikasi ishtirokidagi xalqaro shartnomalar hisoblanadi.

Fuqarolik protsessual huquqining asosiy manbai o'zida sud ishlarini yuritishning muhim prinsiplarini m ustahkamlagan O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi hisoblanadi (11, 106, 107, 108, 110, 112, 113, 114, 115, 116-moddalari). Konstitutsiya fuqarolik protsessual qonunchilikning rivojlanishidagi muhim huquqiy bazadir. O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi mamlakatimizning haqiqiy mustaqil davlat maqomiga ega ekanligiga qonuniy asos soldi, uning tegishli normalarida jamiyat tuzilishida va davlat qurilishida, fuqarolaming huquq va erkinliklarga erishishida sodir bo'lgan tub o 'zgarishlar o'z aksini topdi va mustahkamlandi.

Fuqarolik protsessual huquqining ma'muriy huquq bilan o'zaro bog'liqligi fuqarolik sud ishlarini yuritishning muhim turi boMmish davlat organlari va boshqa organlar, shuningdek, mansabdor shaxslarning xatti-harakatlari (qarorlari) ustidan berilgan shikoyat va arizalar bo'yicha ish yuritishda yaqqol ko'zga tashlanadi. Mazkur ishlarning sudga taalluqliligi ma'muriy huquq manbalariga nid hujjatlarda belgilangan (masalan, Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeks va boshq.).

Mamlakatimiz fuqarolik protsessual qonunchiligi fuqarolik sud ishlarini yuritishning bir qator turlarini nazarda tutadi. Bular buyruq tartibidagi ishlar; da'vo tartibidagi ishlar; organlar va mansabdor shaxslar xatti-harakatlari (qarorlari) ustidan shikoyatlar bo'yicha ishlar; alohida

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

tartibda ko'riladigan ishlardir (FPKning 2-moddasi). Mazkur sud ishlarini yuritish turiari fuqarolik ishlarining moddiy-huquqiy xususiyatlariga ko'ra belgilanadi.

Sud buyrug'ini chiqarish uchun qator shartlar mavjud bo'lishi talab etiladi.

Birinchi shart shundan iboratki, undiruvchi sud buymg'ini chiqarish to'g'risidagi ariza bilan birga qarzdoming o'z zimmasiga olgan majburiyatini tasdiqlovchi hujjatlami taqdim etishi shart Taqdim etilgan hujjatlar ishning mohiyatini o'zida to'laqonli aks ettirishi ikkinchi shartdir. Uchinchi shart esa, nizoning mavjud bo'lmasligi. Uchinchidan, sud buymg'i faqat qonunda belgilangan asoslar (FPKning 238 -moddasi) mavjud bo'lgandagina chiqariladi. Sud buyrug'i nizosiz talablar yuzasidan chiqarilib, qonunda belgilanmagan asoslar yuzasidan chiqarilishi mumkin emas. To'rtinchidan, buymq tartibida ish yuritish jarayonida taraflar sifatida undimvchi va qarzdor e'tirof etiladi. Beshinchidan, sud buyrug'i ijro hujjati kuchiga ega bo'lib, sud hujjatlarini ijro etish uchun qonunda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Davlat organlari va boshqa organlar, shuningdek, mansabdor shaxslaming xatti-harakatlari (qarorlari) ustidan berilgan shikoyat va arizalar bo'yicha ish yuritish fuqarolik sud ishlarini yuritishning umumiy qoidalari bo'yicha sudda ko'riladi. Fuqarolik sud ishlarini yuritishning ushbu turi o'ziga xos xususiyatlarga ega.

Mamlakatimiz fuqarolik protsessual qonunchiligi bo'yicha mansabdor shaxslar xatti-harakatlari (qarorlari) ustidan shikoyatlar bo'yicha ishlarga quyidagilami kiritish mumkin:

fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini buzadigan xattiharakatlar va qarorlar ustidan shikoyatlar;

• notariusning, fuqarolik holati aktlarini qayd qilish organining muayyan harakatlarni bajarishni rad etganligi yoki noto'g'ri bajarganligi ustidan shikoyatlar;

• prokurorning huquqiy hujjatni g'ayriqonuniy deb topish haqidagi arizasi (FPKning 264-moddasi).

Davlat organlari va boshqa organlar, shuningdek, mansabdor shaxslaming hay'at tarkibi tomonidan hamda yakka tartibda amalga oshirilgan va pirovard natijada:

• fuqarolarning huquqlari va erkinliklari buzilishiga;

• fuqarolam ing o 'z huquqlari va erkinliklarining amalga oshirilishi yo'lida to'sqinliklar vujudga kelishiga;

• fuqaro zimmasiga birorta g'ayriqonuniy ravishda biron-bir javobgarlikka tortilishiga sabab bo'lgan xatti-harakatlari (qarorlari) sudga shikoyat qilinishi mumkin bo'lgan xattiharakatlar jumlasiga kiradi.

Alohida tartibda sud ishlarini yuritish uchun tegishli fuqarolik ishlarida huquq to'g'risidagi nizoning mavjud emasligi va buning oqibatida taraflar boMmasligi bu turdagi sud ishlarini yuritishni fuqarolik jarayoni huquqiga oid sud ishlarini yuritishning mustaqil turi deb hisoblashga asos bo'ladi. Alohida sud ishlarini yuritishning o'ziga xos xususiyatlari maxsus tartibda sudlar tomonidan ko'rib hal qilinadigan fuqarolik ishlarining tabiatidan kelib chiqadi va mazkur ishlar qonunda ko'rsatilgan ayrim istisnolar bilan sud ishlarini yuritishning umumiy qoidasi asosida hal qilinadi.

Fuqarolik protsessining bosqichlari fuqarolik sud ishlarini yuritishning vazifalarini amalga oshirish, fuqarolik ishlarini to 'g'ri va o'z vaqtida ko'rib chiqish hamda hal etish kabi muhim maqsadga yo'naltirilgan protsessual harakatlaming yig'indisi hisoblanadi.

Fuqarolik protsessual huquqi nazariyasida fuqarolik protsessining quyidagi bosqichlari ko'rsatib o'tilgan:

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

• fuqarolik ishini qo'zg'atish;

■ ishni sudda ko'rishga tayyorlash;

■ ishni sud majlisida ko'rish va hal qilish;

• sudning hal qiluv qarorlari, ajrim va qarorlari yuzasidan shikoyatlar berish va protestlar keltirish;

• sudning hal qiluv qarorlarini ijro etish.

Sud ishlari yuritiladigan til prinsipi Konstitutsiyaning 115-moddasida mustahkamlab qo'yilgan. Bu esa O'zbekiston Respublikasida sud ishlarini yuritish o'zbek tilida, qoraqalpoq tilida yoki muayyan joydagi ko'pchilik aholi so'zlashadigan tilda olib borilishi, sud ishlari olib borilayotgan tilni bilmaydigan sudda qatnashuvchi shaxslaming taijimon orqali ish materiallari bilan to'la tanishish va sud ishlarida ishtirok etish huquqi hamda sudda ona tilida so'zlash huquqi ta'minlanishi to'g'risidagi Konstitutsiyaviy normaning fuqarolik sud ishlarini yuritish sohasida rivojlanishi va amal qilishini ko'rsatadi.

Fuqarolik protsessual huquq layoqati bu — shaxslarga qonun bilan fuqarolik sud ishlarini yuritish jarayonida protsessual huquqlarga ega bo'lish va protsessual majburiyatlami bajarish bo'yicha berilgan imkoniyat hisoblanadi.

Fuqarolik sud ishlarini yuritish ishtirokchilarining asosiy guruhini ishda ishtirok etuvchi shaxslartashkil qiladi. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar quyidagi ikki guruhlarga ajratiladi:

1) o'zining subyektiv huquq va manfaatlarini himoya qiluvchi shaxslar. Ushbu shaxslarga taraflar va uchinchi shaxslar kiritiladi.

2) protsessda boshqa shaxslarning subyektiv huquq va manfaatlarini himoya qiluvchi shaxslar. Mazkur shaxslar qatoriga boshqa shaxslaming huquq va manfaatlarini himoya qilish maqsadida sudga murojaat qilish vakolatiga ega bo'lgan prokuror va davlat organlari, mahalliy o'zini o'zi boshqarish organlari, tashkilotlar va ayrim fuqarolar kiritiladi.

TADQIQOT NATIJALARI

Oila huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolarning sudga taalluqliligi O'zbekiston Respublikasining Oila kodeksi qoidalari bo'yicha belgilanadi. Oila kodeksining 11-moddasiga ko'ra, oilaviy huquqlarni himoya qilish sud tomonidan fuqarolik sud ishlarini yuritish qoidalari bo'yicha, ushbu kodeksda nazarda tutilgan hollarda esa, vasiylik va homiylik organlari yoki boshqa davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.

Sudda ishni ko'rish fuqarolik protsessining asosiy bosqichi hisoblanadi. Ushbu jarayonda odil sudlovning barcha demokratik prinsiplari tolaligicha harakatda boladi.

Fuqarolik sud ishlarini yuritish jarayonida sudda ish ko'rish sud protsessining tarkibiy qismi hisoblanib, uning asosiy vazifasi birinchi instansiya sudlarida fuqarolik ishlarini mazmunan ko'rish va hal etishdan iboratdir. Sud majlisi esa sudda ish ko'rishning shakli hisoblanib, o 'z navbatida, sudda ish ko'rish sud majlisisiz mavjud boMishi mumkin emas. Chunki fuqarolik protsessual qonunchilik sud majlisi o 'tkazmasdan turib, nizoli ishlarni mazmunan ko'rish hamda hal qilish tartibini belgilamaydi.

Sud majlisida shu sudning raisi, uning o'rinbosari yoki sudya raislik qiladi. Fuqarolik sud ishlarini yuritishning vazifalarini muvaffaqiyatli hal etish, asosan sudning, eng awalo, sud protsessiga raislik qilayotgan sudyaning bilim, malaka va mahoratiga bog'liq bo'ladi. Raislik qiluvchi sud majlisini boshqarib, ishning barcha holatlari, taraflarning huquq va majburiyatlari to'liq, har taraflama va xolisona aniqlanishini, sud protsessining tarbiyaviy ta'sirini ta'minlaydi, ko'rilayotgan ishga aloqasi bo'lmagan hamma narsani sud muhokamasidan chetlatadi. Ishda

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

ishtirok etuvchi shaxslar, ekspertlar, mutaxassislar, taijimonlar, guvohlardan birortasi raislik qiluvchining xatti-harakatiga e'tiroz bildirsa, bu e'tirozlar sud majlisining bayonnomasiga kiritiladi va masala sud tomonidan hal qilinadi. Raislik qiluvchi sud majlisida tegishli tartibni ta'minlash uchun zarur chora-tadbirlar ko'radi (FPKning 164-moddasi).

Sud O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasiga muvofiq chet davlatning huquq normalarini ham qoMlaydi. Zero, hal qiluv qarorining qonuniyligi sudlar tomonidan umum e'tirof etilgan prinsip va normalarga, mamlakat xalqaro shartnomalariga rioya etilishini anglatadi. Shuning uchun ham, basharti, O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O'zbekiston Respublikasining fuqarolik sud ishlarini yuritish to'g'risidagi qonun hujjatlaridagidan boshqacha qoidalar belgilangan bo'lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qollanilishi nazarda tutilgan (FPKning 3-moddasi).

Ko'pgina yuridik adabiyotlarda ta'kidlanishicha, alohida tartibda ish yuritish — bu sud ishlarini yuritishning alohida turi bo'lib, fuqarolik sud ishlarini yuritisbning umumiy qoidalariga asoslangan holda huquqiy tartibga solishning maxsus usuli sanalib, sud oiganlariga tegishli huquq to'g'risidagi nizosiz ishlarni ko'rish tartibi hisoblanadi. MUHOKAMA

O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 2-moddasiga ko'ra, fuqarolik sud ishlarini yuritish to'g'risidagi qonun hujuatlari da'vo tartibidagi ishlami, davlat organlari va mansabdor shaxslarning xatti-harakatlari (qarorlari) ustidan berilgan shikoyatlar bo'yicha ishlarni, buymq tartibidagi ishlarni hamda alohida tartibda yuritiladigan ishlami ko'rib chiqish va hal etish tartibini belgilaydi.

Sud ishlarini yuritishning mustaqil turi sifatida alohida tartibda ko'riladigan ishlar o'zining xususiyatlari bilan da'voli tartibda, buymq tartibida hamda davlat organlari va mansabdor shaxslaming xatti-harakatlari (qarorlari) ustidan berilgan shikoyatlar bo'yicha ishlardan tubdan farq qiladi. XULOSA

Jumladan, alohida tartibda ko'riladigan ishlarda nizo bo'lmasligi, taraflar bo'lmasligi, O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 31-moddasiga ko'ra, faqat sudga taalluqli bo'lishi, sudlovliligj, hal qiluv qarorini bekor qilish tartibi bilan ham boshqa fuqarolik sud ishlarini yuritish turlaridan farq qiladi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respuhlikasining Konstitutsiyasi

2. O'zbekiston Respuhlikasining Fuqarolik kodeksi. Rasmiy nashr. T., O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, 2007.

3. O'zbekiston Respuhlikasining Fuqarolik protsessual kodeksi. Rasmiy nashr. T., O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, 01.04.2018.

4. Е. Egamberdiyev. Fuqarolik sud ishlarini yuritish turlari. T., «Kamalak», 2016.

5. D.Y. Habibullayev Alohidatartibda ishyuritish. O'quvqo'llanma. T., TDYl, 2018

6. Sh.Sh. Shorahmetov. O'zbekiston Respublikasining fuqarolik protsessual huquqi. Darslik. T., «Adolat», 2017.

7. Sh.Sh. Shorahmetnv O'zbekiston Respublikasining fuqarolik protsessual huquqi. Darslik T , «Adolat», 2011

8. I.B. Zokirov. Fuqarolik huquqi. Darslik T., TDYI, 2016.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.