Научная статья на тему 'POMIDORNI TURLI NAVLARINI QURITISH USULLARI'

POMIDORNI TURLI NAVLARINI QURITISH USULLARI Текст научной статьи по специальности «Сельское хозяйство, лесное хозяйство, рыбное хозяйство»

CC BY
31
5
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
pomidor yetishtirish / o'zbekistonda qishloq xo'jaligi / pomidor vitaminlari / sabzavot ekinlari / dunyo bo'yicha pomidor yetishtirish / milliy iqtisodiyot / pomidorning ozuqaviy qiymati / pomidor quritish usullari / qishloq xo'jaligi mahsulotlarini qayta ishlash / vitamin va mineral moddalar / pomidorning xalq xo'jaligidagi ahamiyati / oziq-ovqat xavfsizligi / pomidor hosildorligi / zamonaviy pomidor navlari / pomidorni saqlash va qayta ishlash.

Аннотация научной статьи по сельскому хозяйству, лесному хозяйству, рыбному хозяйству, автор научной работы — Nazarov A. M., Boltaev M.A.

Ushbu maqolada respublikamizda etishtirilayotgan pomidor navlaridan quritishbop navlarini tanlash. Tadqiqot davomida O‘zbekiston Respublikasi hududida ekishga tavsiya qilingan qishloq xo‘jaligi ekinlari davlat reestri ro‘yxatiga kiritilgan Yusuf F1, Uzbekistan, Burxon F1, TMK-22, Madera, Lodjeyn F1 pomidor navlaridan foydalanildi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra quritilgan mahsulot chiqishi bo‘yicha eng yaxshi natija Lodjeyn F1 va Yusuf F1 navlarida kuzatildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «POMIDORNI TURLI NAVLARINI QURITISH USULLARI»

POMIDORNI TURLI NAVLARINI QURITISH USULLARI

1Nazarov A. M., 2Boltaev M.A.

1Toshkent davlat agrar universiteti tadqiqotchisi 2Toshkent davlat agrar universiteti dotsenti https://doi.org/10.5281/zenodo.13954550

Annotatsiya. Ushbu maqolada respublikamizda etishtirilayotgan pomidor navlaridan quritishbop navlarini tanlash. Tadqiqot davomida O'zbekiston Respublikasi hududida ekishga tavsiya qilingan qishloq xo'jaligi ekinlari davlat reestri ro'yxatiga kiritilgan Yusuf F1, Uzbekistan, Burxon Fi, TMK-22, Madera, Lodjeyn Fi pomidor navlaridan foydalanildi. Tadqiqot natijalariga ko'ra quritilgan mahsulot chiqishi bo'yicha eng yaxshi natija Lodjeyn Fi va Yusuf Fi navlarida kuzatildi.

Kalit so'zlar: pomidor yetishtirish, o'zbekistonda qishloq xo'jaligi, pomidor vitaminlari, sabzavot ekinlari, dunyo bo'yicha pomidor yetishtirish, milliy iqtisodiyot, pomidorning ozuqaviy qiymati, pomidor quritish usullari, qishloq xo'jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, vitamin va mineral moddalar, pomidorning xalq xo'jaligidagi ahamiyati, oziq-ovqat xavfsizligi, pomidor hosildorligi, zamonaviy pomidor navlari, pomidorni saqlash va qayta ishlash.

Аннотация. В этой статье проведен подбор сортов для сушки из сортов томатов, выращиваемых в нашей стране. В ходе исследований использовали сорта томата Юсуф F1, Узбекистан, Бурхан F1, ТМК-22, Мадера, Лоджейн F1, включенные в перечень государственного реестра сельскохозяйственных культур, рекомендованных к посеву на территории Республики Узбекистан. По результатам исследования наилучший результат по выходу сушеной продукции отмечен у сортов Лоджейн F1 и Юсуф F1.

Ключевые слова: выращивание томатов, сельское хозяйство Узбекистана, витамины томатов, овощные культуры, выращивание томатов в мире, народное хозяйство, пищевая ценность томатов, способы сушки томатов, переработка сельскохозяйственной продукции, витамины и минеральные вещества, значение томата в народном хозяйстве. продовольственная безопасность, урожайность томата, современные сорта томата, хранение и переработка томата.

Abstract. In this article, the selection of drying varieties from tomato varieties grown in our country. Yusuf Fi, Uzbekistan, Burkhan Fi, TMK-22, Madera, Lodzhein Fi tomato varieties included in the list of the state register of agricultural crops recommended for planting in the territory of the Republic of Uzbekistan were used during the research. According to the results of the study, the best result in terms of dried product yield was observed in Lodzhein Fi and Yusuf Fi varieties.

Keywords: tomato cultivation, agriculture in Uzbekistan, tomato vitamins, vegetable crops, tomato cultivation around the world, national economy, nutritional value of tomatoes, tomato drying methods, processing of agricultural products, vitamin and minerals, importance of tomato in national economy, food security, yield of tomato, modern varieties of tomato, storage and processing of tomato.

Kirish

O'zbekiston pomidor etishtirish bo'yicha dunyoda 12 o'rinda turadi. Bugungi kunda yurtimizda 70 ming gektarga yaqin maydonda pomidor etishtirili gektaridan 35-40 tonna hosil olishga erishilmoqda. Umumiy hisobda 2 mln 648 ming tonnadan ortiq pomidor etishtirilmoqda. Bu degan yurtimiz aholising jon boshiga o'rtacha 80 kg atrofida to'g'ri keladi degani. Shuning

uchun pomidor etishtirish mamlakat uchun katta milliy iqtisodiy ahamiyatga ega hisoblanadi. Pomidorning boshqa muhim jihatlaridan biri S vitaminiga boyligidir. Pomidor mevalari yuqori ozuqaviy, ta'm va parhez fazilatlari bilan ajralib turadi. Pomidor mevalari S vitaminining ajoyib manbai (30-35 mg). Bundan tashqari, pomidor mevalarida B1 (anevrin), B2 (riboflavin), B3 (pantotenik kislota), foliy kislotasi, PP (nikotinik kislota, provitamin A (karotin), kaliy, natriy, kaltsiy, magniy, fosfor tuzlari vitaminlari mavjud, temir, yod va boshqa foydali moddalar.

Ma'lumotlarga ko'ra, pomidorni Peruliklar tomonidan miloddan avvalgi 5 asrdan boshlab etishtirib kelishadi. Pomidorni Evropaga birinchi bo'lib Kolumb 1493 yilda G'arbiy Hindiston orqali olib kelgan degan taxminlar mavjud. Ilk bor Evropada pomidor 16-asrning 50-60-yillarida yoppasiga etishtirish boshlashgan. 16-asrning oxirida Fransiya, Angliya, Belgiya, Germaniya, Italiya, Ispaniya, Portugaliyada pomidorni sevgi olmasi deb ataladi. Chexoslovakiya, Vengriya va Yugoslaviyada pomidorlar paradiskas yoki jannat olmalari deb ataladi.

Sabzavot ekinlari ichidan pomidor (4 million gektar), shu jumladan himoyalangan erlarda (umumiy maydonning 60%) dunyoda birinchi o'rinda turadi. Ushbu sabzavot ekin maydonlaring katta qismi Xitoyda - 974 ming ga (25 million tonna), Hindistonda - 520 ming gektar (7,4 million tonna), Turkiyada - 225 ming gektar (9 million tonna), Misrda - 180 ming ga (6,3 million tonna). ), AQSH - 177 ming ga (12 million tonna). Umuman olganda, dunyoda har yili qariyib 108,5 million tonna pomidor etishtiriladi va shundan o'rtacha 25 million tonnasi qayta ishlanadi.

O'zbekiston pomidor etishtirish bo'yicha dunyoda 12 o'rinda turadi. Bugungi kunda yurtimizda 70 ming gektarga yaqin maydonda pomidor etishtirili gektaridan 35-40 tonna hosil olishga erishilmoqda. Umumiy hisobda 2 mln 648 ming tonnadan ortiq pomidor etishtirilmoqda. Bu degan yurtimiz aholising jon boshiga o'rtacha 80 kg atrofida to'g'ri keladi degani. Shuning uchun pomidor etishtirish mamlakat uchun katta milliy iqtisodiy ahamiyatga ega hisoblanadi. Pomidorning boshqa muhim jihatlaridan biri S vitaminiga boyligidir. Pomidor mevalari yuqori ozuqaviy, ta'm va parhez fazilatlari bilan ajralib turadi. Pomidor mevalari S vitaminining ajoyib manbai (30-35 mg). Bundan tashqari, pomidor mevalarida B1 (anevrin), B2 (riboflavin), B3 (pantotenik kislota), foliy kislotasi, PP (nikotinik kislota, provitamin A (karotin), kaliy, natriy, kaltsiy, magniy, fosfor tuzlari vitaminlari mavjud. , temir, yod va boshqa foydali moddalar.

Xalq xo'jaligidagi ahamiyati. Ituzumdosh sabzavot guruhiga pomidor, baqlajon va qalampir kiradi. Ulardan eng keng tarqalgani pomidor. Uning mevasi yangi uzilgan holida achchiq-chuchuk ko'rinishida, tuzlangan, marinadlangan, turli qo'shimcha holida iste'mol qilinadi. Pomidor hosilining yarmi sharbat, pyure, pasta, sous sifatida qayta ishlanadi. Pomidorning mevasi to'yimli mazali va shifobaxsh xususiyatlarga ega. Uning tarkibida o'rtacha 6-5% quruq modda, shu jumladan 3% shakar, 1% oqsil, 0,5 organik kislota, 0,8% biriktiruvchi to'qima, 0,1% pektin oshyolari, 0,2% quruq yog', 0,6% mineral tuzlar, mavjud. Ularning tarkibida kaliy, natriy, kalsiy, magniy, fosfor, temir, oltingugurt, kremniy, xlor bor. Ular S darmondoriga boy (15-30 mg/%, ba'zan 55 mg/%). Bundan tashqari RR, K, karotin, V guruh darmondorilarga ham ega [T.E.Ostonaqulov, V.I. Zuev, O.Q. Qodirxo'jaev, 2008].

B.A.Rubinning ma'lumotlariga ko'ra pomidor tarkibida o'rta hisobda quyidagilar (xom-ashyosida foiz hisobida): quruq modda -6,0-9,0 %; uglevodlar (sellyulozaasiz) -3,99%, oqsil-0,95 %; yog'lar-0,19 %; sellyuloza -0,84 %; kul moddasi -0,61%; 1 kilogrammida 215 kkal energiya mavjud. Pishgan mevalar tarkibida 0,5% atrofida olma va limon kislotalar, shuningdek, S, A, V va V2 vitaminlari ham ko'p. YAna uning tarkibida kaliy, natriy, kalsiy, fosfor, temir, oltingugurt, kremniy, xlor va boshqalar bor.

Pomidor er yuzining hamma joyida etishtiriladi. Biroq u etishtiriladigan asosiy saxn 650 shimoliy va 400 janubiy kenglik bilan chegaralangan.

V.Zuev, A.Abdullaevlarning (1997) ma'lumotiga ko'ra, dunyo bo'yicha 50 mln. tonna atrofida pomidor etishtiriladi. AQSH -6,1-6,3 mln tonna, MDH 4,7-4,8 mln tonna, Xitoy 4,1-4,2 mln tonna, Italiya 4,0-4,1 mln tonna, Turkiya 3,5-3,7 mln tonna, Misr 2,6-2,8 mln tonna, Ispaniya 2,1-2,3 mln tonna etishtiradi. Hamda eng ko'p tomat etishtiruvchi mamlakatlar hisoblanadi. MDH davlatlarida uning ekin maydoni 2 mln 500 ming gektarni umumiy maydoni esa sabzavot ekinlari maydonining 24 % ni, hosilini yangi sabzavot xosilining 27,4%ini tashkil etadi. Eng katta pomidor maydonlari Ukraina xamda Rossining janubiga (35-36% dan), Moldaviyaga (8.4%), O'zbekistonga (6.5%) xamda Ozarbayjonga (5%) to'g'ri keladi.

Fanda dunyoning barcha halqlari o'simligi va mevasini tomat deb ataydi. Pomidor mevasi po'stloq, et, sharbat va urug'dan iborat. Mevaning ichki bo'shlig'i urug' bo'limlariga ajralgan. Meva kameralarining tashqi devorlari po'stloq bilan tutashgan, ichki devorlar kameralarni bir-biridan ajratadi. Kamera ichi bo'shlig'i sharbat va urug' bilan to'lgan.

Quruq modda va qandlarga kameralarning ichki devorlari boy, tashqi devorlarda kamroq. Sharbatda qandlar miqdori etga nisbatan kamroq, ammo tuzlar sharbatda ko'proq. Faqat temir tuzlari etda ko'proq bo'ladi. Askorbin kislotasi asosan epidermis va urug'ni o'rab olgan sharbatning quyuladigan qismida bo'ladi. Shakli bo'yicha pomidor mevalari oval va cho'zinchoq, shar shaklida pachoqroq bo'ladi. Tomat-pasta va tomat-pyure ishlab chiqarish uchun 70-100 g vaznli yirik, yuzasi silliq sharsimon tomatlarni ishlatish maqsadga muvofiq bo'ladi (X.Bo'riev va boshqalar, 2002).

Pomidorning kaloriya miqdori past (160-200 kkal / kg). Shunday qilib, pomidor mevalarida 5 dan 8% gacha quruq moddalar, shu jumladan 3-7% shakar, 1% gacha olma va limon kislotalari va oqsillar mavjud. Bu moddalarning barchasi inson organizmidagi metabolizmni normallashtirish va uning ish qobiliyatini saqlab qolish uchun zarurdir va pomidorni muntazam iste'mol qilish ayniqsa erkaklarning salomatligi va reproduktiv funktsiyasi uchun foydalidir.

Yetishtilgan pomidor odatda 13-21°C havo haroratida va 90-95% nisbiy namlikda saqlanadi. Pomidorlar sovutgichga juda sezgir, shuning uchun tavsiya etilgan saqlash harorati meva pishishiga qarab o'zgaradi. Saqlashda haroratni nazorat qilish muhim ahamiyatga ega. Bir oz qizil pomidor bir hafta davomida 10° C da saqlanishi mumkin. Uzoq muddatli saqlash muddati ularning ta'miga ta'sir qiladi. Kuchli pishgan pomidorlar bir necha kun davomida 10° C da saqlanishi mumkin. Agar bozoriga jo'natilishdan oldin pishib o'tib ketgan pomidorlarni uzoq muddatli saqlash zarurati tug'ilsa, ular uch hafta davomida 0-1,5 ° S haroratda saqlanishi mumkin.

Yuqoridagilardan xulosa qilgan holda pomidorni yil davomida is'temol qilish uchun uni sarxil holda saqlashdan boshqa usullaridan ham foydalanishni taqoza etadi. Pomidorni asosan tuzlab va konserva holda ham saqlanadi. Ulardan tashqari turli xil souslarni tayyorlash uchun ishlatiladi.

Bugungi kunda pomidorni saqlashning eng istiqbolli usullaridan biri uni quritib saqlashdir. O'zbekistonda bu usul juda kam qo'llaniladi.. Pomidorlarni quritish dunyoda keng tarqalgan. Quritilgan pomidorlar oziq-ovqat yoki ziravorlarga qo'shiladigan kukunlarni tayyorlash uchun ishlatiladi. Pomidorlar asosan butunligicha, teng yarmigi bo'linib yoki har xil bo'laklarga bo'linib quritiladi. Pomidorlar bizning sharoitda asosan quyoshda quritiladi. Quyoshli kunlar kam mamlakatlarda ko'pincha har elektr quritkichlarda quritiladi. Quritilgan pomidorlar qadoqlangan holda saqlanadi.

Shuni ta'kidlash kerakki, to'g'ri quritilgan (quritilgan) pomidorlar yanada aniq ta'mga ega va juda uzoq muddat davomida qimmatli ozuqaviy xususiyatlarini saqlab qoladi. Bundan

tashqari, pomidor tarkibidagi vitaminlar va karotinlar to'g'ri qayta ishlangan mahsulotda to'liq so'riladi.

Tadqiqotning maqsadi. Pomidorni turli xil quritishbop nav va duragaylarini tanlash va intensiv usulda quritishni sifatli tashkil etish va shu bilan birga quritilgan mahsulotni tarkibidagi yuqori oziqaviylik xususiyatga ega bo'lgan moddalarni ilmiy asoslash muhim ahamiyatga ega.

Tadqiqotning usullari. Ilmiy tadqiqotda, pomidorning agrotexnologik xususiyatlari baholanib uni quritish usullari, ulardagi mavjud fizik va kimyoviy jarayonlarni hamda fenologik kuzatuvlar, biometrik o'lchovlar, o'rtacha og'irlik hamda maydon birligiga nisbatan hosildorlikni aniqlash, saqlashdan oldingi va keyingi organoleptik baholash hamda undagi tabiiy kamayishlar bo'yicha kuzatuvlar o'tkazilgan, tajribalar qo'yish va ularni olib borishning asosiy tamoyillari quritilgan pomidor mevasini tarkibidagi qand miqdori "Areometrik" va "Refroktometrik" uslublar yordamida, quruq moddalar miqdori "Xalqaro standart tashkiloti (ISO) Standartlashtirish metrologiya va sertifikatsiya" bo'yicha davlatlararo kengashi (SMS) tomonidan qabul qilingan ISO 2173-2013, GOST bo'yicha, faol kislota miqdori 26188-2016, GOST bo'yicha, meva tarkibidagi nitrat miqdorini aniqlash 34570-2019 GOST bo'yicha, pomidorni quritishgacha va quritishdan keyingi tarkibidagi mono va disaxaridlar, organik kislotalar, pektin moddalari-karbazol usuli bilan; R vitamini-Vigorovga ko'ra; vitaminlar V1, V2 - GOST 25999 bo'yicha; karotin - GOST 8756.22 bo'yicha; GOST 8756.1 bo'yicha ta'tib ko'rish orqali organoleptik baholash, mevalarini quritish texnologiyasi bo'yicha Z.S.Iskandarov ilmiy tadqiqot uslubi bo'yicha aniqlangan. Tajribalarda olingan natijalar statistik tahlili «Excel 2010» va «Statistica 7.0 for Windows» kompyuter dasturlarida, 0,95% ishonchlilik oralig'i bilan B.A.Dospexov (1985) uslubi bo'yicha matematik-statistik tahlil qilingan.

Tajriba natijalari. Tadqiqod o'tkazilgan hudud ya'ni Toshkent viloyati respublikamizning shimoliy-sharqiy qismida joylashgan bo'lib, G'arbiy Tyan-Shan tog'i va tog'oldi hududlarini, Angren va Chirchiq daryolari vodiysini o'z ichiga oladi.

Ilmiy tadqiqotlar ikki yil davomida Toshkent davlat agrar universitetining «Qishloq xo'jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash» kafedrasiga tegishli laboratoriya hamda universitetning Axborot maslahat markazi (extension center)da joylashgan quritish maydonchasida olib borildi.

Tajribalarda O'zbekiston Respublikasi hududida ekishga tavsiya qilingan qishloq xo'jaligi ekinlari davlat reestri ro'yxatiga kiritilgan Yusuf Fi, Uzbekistan, Burxon Fi, TMK-22, Madera, Lodjeyn Fi pomidor navlaridan foydalanildi.

Tadqiqotlar quyidagi quritish usullarida turli xil variantlarda o'tkazildi:

1. Quyosh panelli quritkichda quritish.

2. Yuqori chastotalik infra-qizil nurli quritkichda.

Pomidor mevalarini ochiq havoda qurtish tadqiqotlari 4 ta takroriylikda va 4 variantda olib borildi:

Quyosh panelli quritkichda tadqiqotlar natijalarini tahlil qilish davomida nazorat naviga nisbatan bir muncha yuqori hosildorlik Yusuf Fi - 50,0 t/ga duragayida kuzatilgan bo'lib, quritilgan mahsulot chiqishi ham bir muncha yuqorironi ya'ni 111,0 % ni tashkil qildi.Qolgan to'rtta navimiz esa hosildorligi bo'yicha nazorat navimiz Uzbekistanga nisbatan biroz past bo'ldi. Quritilgan mahsulot chiqishi bo'yicha pomidor nav va duragvylarimiz nazorat naviga nisbatan olganda Burxon Fi- 96,6%, TMK-22- 75%, Madera - 95,0% va Lodjeyn Fi - 90,0 % ni tashkil qildi.(i- jadvalga qarang.)

1-jadval

Pomidorni turli navlarini hosildorligi va quritilgan mahsulot chiqish miqdori, 2023 y.)

№ Navlar nomi Tajriba o'tkazilgan yil Mahsulot chiqish miqdori, % ± nazoratga nisbatan mahsulot chiqish miqdori

2022-2023

Quritis hdan olding i quruq modda , % O'rta cha hosil dorli k, t/ga Quriti shga qo'yil gan mahsu lot, gr Quritilgan mahsulot chiqish miqdori, gr

Quyos 1 panelli quritkichda

1 Uzbekistan (nazorat) 5,8 48,0 1048 63 6,0 -

2 Yusuf F1 5,1 50,0 1028 69 6,7 111,0

3 Burxon F1 4,3 38,0 1031 60 5.8 96,6

4 TMK-22 3,9 42,0 1022 47 4,5 75.0

5 Madera 4,8 35,0 1045 60 5,7 95,0

6 Lodjeyn F1 5,5 39,0 1060 58 5,4 90,0

Yuqori chastota ik infra-qizil nurli quritkichda

1 Uzbekistan (nazorat) 5,8 48,0 1035 71 6,8 -

2 Yusuf F1 5,1 50,0 1065 68 6,3 92,6

3 Burxon F1 4,3 38,0 1044 70 6,8 100

4 TMK-22 3,9 42,0 1007 69 6,8 100

5 Madera 4,8 35,0 1065 53 4,9 72,0

6 Lodjeyn F1 5,5 39,0 1029 75 7,2 105.8

Yuqoridagi jadvalda keltirilishicha yuqori chastotalik infra-qizil nurli quritkichda tadqiqotlar natijalarini tahlil qilish davomida nazorat naviga nisbatan bir muncha Lodjeyn Fi duragayida kuzatilgan bo'lib, quritilgan mahsulot chiqishi ham bir muncha yuqorironi ya'ni 105,8 % ni tashkil qildi. Qolgan ikkita Burxon Fi va TMK-22 navlarimizda nazorat navi bilan bir xil natijaga ega bo'lishdi. Quritilgan mahsulot chiqish miqdori bo'yicha eng past ko'rsatkich Madera navimizda kuzatildi.

Xulosa

Bugungi kunda jahonda pomidor etishtirish juda keng tarqalgan. Pomidorlar asosan ochiq dalada va himoyalangan joylarda ya'ni issiqxonalarda etishtiriladi. Ammo har doim aholini ushbu ajoyib ta'mli sabzavot bilan ta'minlash biroz mushkul hisoblanadi. Bunga albatta qishning qattiq kelishi sabablardan biri hisoblanadi. Buni muammoni echimlaridan biri pomidorni qayta ishlash va saqlashdir. Shu sababli, ko'pgina ilmiy ishlar pomidorni saqlash, quritish va boshqa assortimentdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishni ilmiy jihatdan tadqiq etishga qaratilgan texnologiyalarni joriy etishni jadal rivojlantirishga yo'naltirilgan. Bugungi kunda jahon miqyosida insonning kundalik ovqatlanishi ratsionini yaratishda tabiiy vitaminlar, mikro va

makroelementlarga boy bo'lgan meva-sabzavotlar, jumladan xurmo mevasini qayta ishlab, tabiiy komponentlari maksimal saqlab qolingan holda foydalanib, tayyor mahsulotning raqobatbardoshligini ta'minlash, xarajat va tannarxini kamaytirish kabi dolzarb yo'nalishlarda ilmiy tadqiqotlar olib borilgan.

Sun'iy quritish texnologiyalari kichik fermer va oilaviy fermer xo'jaliklari hamda yirik pomidorni qayta ishlash korxonalarida munosib o'rin egallashi mumkin. Sun'iy quritilgan yoki ochiq havoda quyoshda quritilgan pomidorlar oziq-ovqat sanoatida va aholini is'temoli uchun munosib bo'lgan mahsulotdir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 23 oktyabrdagi "O'zbekiston Respublikasi qishloq xo'jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo'ljallangan strategiyasini tasdiqlash to'g'risida"giPF-5853-son farmoni //O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2019y - 2 -i6b.

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF- 60-sonli "2022-2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida"gi Farmoni.

2. O'zbekiston Respublikasida Prezidentining 20i9 yil 29 iyul, PQ-4406-son "Qishloq xo'jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash va oziq-ovqat sanoatini yanada rivojlantirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi. Farmoni.

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 20i9 yil ii dekabr PQ-4549-son qarori "Meva-sabzavotchilik va uzumchilik tarmog'ini yanada rivojlantirish, sohada qo'shilgan qiymat zanjirini yaratishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi. Farmoni.

4. Popov, V. M. Problembi proektirovaniya infrakrasnbix ustanovok dlya vbisokovlajnogo sbirya /V. M. Popov, V. A. Afonkina, V. N. Levinskiy// Vestnik Bashkirskogo gosudarstvennogo agrarnogo universiteta. - 20i8. - № 3 (47). - S. 84-88.

5. https://sushilnoedelo.ru/info/sushka-tomatov-perspektivy-i-tekhnologicheskie-osobennosti.html

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.