Научная статья на тему 'YOPIQ GRUNTLARDA SABZAVOT EKINLARI HOSILINI CHAMALASH'

YOPIQ GRUNTLARDA SABZAVOT EKINLARI HOSILINI CHAMALASH Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
7
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
yopiq grunt / normativ hosil / chamalash / bonitet bali / unumdorlik.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Isag‘aliyev M., Shermatov T., Tolibova D.

Maqola yopiq gruntda mineral genezisli tuproqlarida sabzavot ekinlardan pomidorni hosildorligini chamalash masalalarga bag‘ishlangan. Ko‘p yillik o‘rtacha maksimal hosildorlik asosida sabzavot ekinlari uchun tavsiya etilgan bir ballga to‘g‘ri keladigan koeffitsiyentga o‘zgartirish kiritilgan. Issiqxona sharoitida bir bonitet baliga nisbatan hisoblangan normativ hosildorlik 5,5 s/ga tengligi isbotlangan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «YOPIQ GRUNTLARDA SABZAVOT EKINLARI HOSILINI CHAMALASH»

YOPIQ GRUNTLARDA SABZAVOT EKINLARI HOSILINI CHAMALASH 1Isag'aliyev M., 2Shermatov T., 3Tolibova D.

1B.f.d., professor, Farg'ona davlat universitet 2Mustaqil izlanuvchi, Farg'ona davlat universitet 3Magistrant Farg'ona davlat universitet https://doi.org/10.5281/zenodo.11206603

Annotasiya. Maqola yopiq gruntda mineral genezisli tuproqlarida sabzavot ekinlardan pomidorni hosildorligini chamalash masalalarga bag'ishlangan. Ko'p yillik o'rtacha maksimal hosildorlik asosida sabzavot ekinlari uchun tavsiya etilgan bir ballga to'g'ri keladigan koeffitsiyentga o'zgartirish kiritilgan. Issiqxona sharoitida bir bonitet baliga nisbatan hisoblangan normativ hosildorlik 5,5 s/ga tengligi isbotlangan.

Kalit so'zlar: yopiq grunt, normativ hosil, chamalash, bonitet bali, unumdorlik.

Аннотация. Статье посвящена проблемам определения нормативной урожайности помидора в соответствие на один балл бонитета почв минерального генезиса в закрытом грунте. Рекомендуется изменение коэффициента в основной как бонитета для овощных культур, основываясь на среднемноголетней максимальной урожайности. Доказано, что нормативная урожайность, рассчитанная на один балл в тепличных условиях равна 5,5 ц/га.

Ключевые слова: закрытый грунт, нормативная урожайность, прогнозировать, балл бонитет, плодородия.

Abstract. The article is devoted to the problems of determining the normative yield of tomato in accordance with one point of bonitet of soils of mineral genesis in the closed ground. It is recommended to change the coefficient in the basic as bonitet for vegetable crops, based on the average annual maximum yield. It is proved that the normative yield calculated on one point in greenhouse conditions is equal to 5.5 c/ha.

Keywords: closed ground, normative yield, forecast, bonitet score, fertility.

Bugungi kunda respublikamizda qishloq xo'jaligini rivojlanishda tuproq unumdorligini, yetishtiriladigan qishloq хo'jaligi mahsulotlarini oshirish va ilmiy asosda rejalashtirish va boshqarish, jumladan, olinadigan hosilni chamalashga bog'liq. Qishloq xo'jaligi yerlardan unumli, oqilona foydalanish va uni asrash masalalari O'zbekiston Respublikasi Yer Kodeksining (1998) 15, 40, 47, 78-boblaridagi tegishli moddalarda alohida ko'zda tutilgan [1].

Mamlakatimizda yetishtirilgan yalpi ichki mahsulotning hozirgi kunda 37,6 foizi xizmat ko'rsatish, 26,8 foizi qishloq xo'jaligi, 17,1 foizi sanoat, 4,5 foizi qurilish va 14 foizi boshqa sohalar hissasiga to'g'ri keladi, yillik o'rtacha o'sish sur'atlari o'tgan yillarga nisbatan 5,6-7,7 foizni tashkil etmoqda.

Hozirgi kunda davlatimiz iqtisodiyotida qishloq xo'jaligi asosiy, yetakchi tarmoqlardan biri hisoblanadi. Qishloq joylarda aholining taxminan 60 foizi, ishga yaroqli aholining 37 foizi yashaydi. Qishloq xo'jaligida 6017,1 ming tonna don, 3535,4 ming tonna paxta xom-ashyosi, 187,4 ming tonna sholi, 894,7 ming tonna kartoshka, 3315,9 ming tonna sabzavot, shuningdek poliz, uzum, meva kabi dehqonchilik mahsulotlari, 996,3 ming tonna go'sht, 4279,8 ming tonna sut, 1859,9 mln tonna tuhum hamda jun, qorako'l teri, pilla kabi qimmatbaho chorvachilik mahsulotlari yetishtirildi. Qishloq xo'jaligida yetishtiriladigan yalpi ichki mahsulotning 53,7 foizi dehqonchilikdan, 43,3 foizi chorvachilikdan olinadi.

4,3 million gektari sug'oriladigan yerlar bo'lsa, bu jami hisobga olinadigan yerlariga nisbatan 9,6% ni tashkil qilib, buning 1,6 mln. gektariga g'alla, 1,3 mln. gektariga g'o'za, qolgan 1,3 mln. gektariga meva, sabzavot, yem-xashak va boshqa ekinlar ekiladi. Sabzabot ekinlari asosan sug'oriladigan yerlarda yetishtiriladi.

So'nggi yillarda qishloq xo'jaligini isloh qilish va sohaga bozor mexanizmlarini joriy qilish borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, qishloq xo'jaligida ishlab chiqarishning klaster usuli yo'lga qo'yildi, klasterlarga ajratilgan qishloq xo'jaligi maydonlarining hajmi ekin turlari bo'yicha paxta-to'qimachilikda 67% ni, chorvachilikda 8% ni, meva-sabzavotchilikda 7,5% ni tashkil etmoqda.

Klaster usulida qishloq xo'jaligida yetishtirilgan mahsulotlarni qayta ishlash natijasida iste'molchiga tayyor mahsulot ko'rinishida yetkazib berish imkoni yaratilmoqda.

Bugungi kunda respublikamizda yetishtirilayotgan 80 turdan ortiq qishloq xo'jaligi mahsulotlari dunyoning 66 ta mamlakatiga eksport qilinmoqda va uning geografiyasi kundan-kunga kengayib bormoqda. 2010 yilda eksportning 11,3 foizi paxta tolasi hissasiga to'g'ri kelgan bo'lsa, 2018 yilga kelib ushbu ko'rsatkich 1,6 foizgacha kamaygan. Shu bilan birga, sohada, ayniqsa meva-sabzavotchilik va uzumchilikni rivojlantirishda samarali bozor mexanizmlari tizimli yo'lga qo'yilmaganligi, ilmiy yondashuvning yetarli emasligi tarmoqning mavjud imkoniyatlaridan to'liq foydalanilmasligiga olib kelmoqda.

Hisob-kitoblarga ko'ra, bir gektar maydonda yetishtirilgan paxta xom-ashyosiga nisbatan uzumdan 7 baravar, gilosdan 6 baravar, yong'oqdan 5 baravar ko'p daromad olish imkoniyati mavjud.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-oktabrdagi "O'zbekiston Respublikasi qishloq xo'jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo'ljallangan strategiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PF-5853-sonli Farmoni ijrosini ta'minlash, meva-sabzavot va uzumchilik sohasida yuqori qo'shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish, eksport hajmini oshirish, foydalanishdan chiqqan va lalmi yerlarni o'zlashtirish, paxta, g'alladan qisqartirilayotgan maydonlarga eksportbop qishloq xo'jaligi ekinlari ekishni ko'paytirish, shuningdek, bog', tokzor va issiqxonalar imkoniyatlaridan samarali foydalanishni yo'lga qo'yish vazifalari qo'yilgan [2].

Biroq, mamlakatda keyingi 15-20 yil ichida sabzavot yetishtirish bir qancha qiyinchiliklar va muammolar paydo bo'ldi. O'tish davrining dastlabki yillarida inqirozdan chiqish, makroiqtisodiy barqarorlikni ta'minlash zarur edi. Buning uchun bir qator chora-tadbirlar ko'rildi, iqtisodiy islohotlar o'tkazildi. Iqtisodiy mustaqillikni ta'minlashda, avvalo yil davomida ekologik toza, eksportbop sabzavotlar bilan ta'minlash vazifasi qo'yildi. Shu sababli g'alla va g'o'za ekin maydonlari 0,5-0,7 mln. gektarga kamaytirildi.

Hozirgi kunda sabzavotchilik tarmog'ini rivojlantirish uchun barcha imkoniyatlar yaratilmoqda va bu keyingi yillarda o'z samarasini bermoqda, jumladan, mustaqillikning dastlabki 5-6 yilida ishlab chiqarish sur'atlari pasayib borgan bo'lsa, keyingi yillarda har yiliga 5-7 foiz stabil o'sish darajasiga erishilmoqda.

Bu o'rinda yer resurslaridan samarali foydalanish strategiyasida yer resurslarini sifat va miqdor jihatidan baholanishi va baho natijalaridan esa to'g'ri foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Tuproqlarning miqdori, sifati almashtirib bo'lmaydigan kattaliklar qatorida joylashadi. Bu masala Davlat yer kadastrining tarkibi qismi bo'lgan tuproq bontirovkasi orqali hal qilinadi.

Bonitirovkalash ishlarida asosiy ko'rsatkich tuproqning sifatini aniqlash hisoblanadi. Tuproqlarni sifat bahosi orqali undan olinadigan qishloq xo'jaligi ekinlari, xususan, sabzavot ekinlarining hosilini rejalashtirish muhim ilmiy va amaliy ahamiyat kasb etadi.

Tuproqlarning sifat bahosiga, ya'ni unumdorlik darajasiga bo'z va cho'l mintaqalarida uning eroziyalanganligi, ya'ni yuvilganlik darajasi, sho'rlik darajasi, gumus miqdori, gumus qatlami qalinligi, toshli yoki qumli qatlamning joylashgan o'rni, sizot suvi sathi va mineralizatsiyasi, gips miqdori, gips qatlamining joylashgan chuqurligi va hokazolarga bog'liq. Tuproqning sifat bahosiga qarab agrotexnik tadbirlar majmuasi (o'g'itlash, ekinlarni tanlash, sug'orish, sho'r yuvish va boshqa agromeliorativ tadbirlar) o'tkaziladi.

Bonitirovkalash natijalari uni, ya'ni tuproqni tabiiy shu kundagi mavjud hamda potentsial unumdorlik darajalarini belgilaydi.

Shu bilan birga bonitirovka natijalari yerlarni o'rtacha agrotexnika va jadallikka ega dehqonchilik holati mavjud bo'lgandagi unumdorligini ham belgilaydi. Bonitirovka tuproq xossa-xususiyatlari asosida amalga oshiriladi, ya'ni tabiiy xossa va xususiyatlari bilan birga madaniylashganlik darajasini ham qamrab oladi.

Uslubiyatga ko'ra bonitirovka natijalari bonitet ballari tariqasida 100 balli shkala asosida aniqlanadi. Ushbu ballar qishloq xo'jalik ekinlarini shu yerdan olinadigan aniq hosillariga to'g'ri keladi, ya'ni hosil miqdori bilan to'g'ridan-to'g'ri korrelyatsiyalanadi.

Tuproq bonitirovkasi qadimiy tarixga ega, ya'ni qadimdayoq o'z isboti va o'rnini topgan. Masalan, Yegipetda eramizdan avval 330-305 yillarda yer sifati katta aniqlikda aniqlangan va shu asosda yerdan don topshilgan. AQSH va rivojlangan Yevropa mamlakatlarida har bir ekin turi uchun alohida-alohida bonitirovkalash ishlari o'tkaziladi. Bonitirovka natijalariga ko'ra qishloq xo'jalik ekinlarini tabaqalashtirib joylashtirish mumkin va shunday qilish ham kerak [3].

Namangan viloyati sug'oriladigan yerlarini o'rtacha bonitet balli 59 ni tashkil qiladi. Yer to'g'risidagi qonunlarda yerlarni bonitirovkalash va iqtisodiy baholash ishlari natijalaridan qishloq xo'jalik ekinlarini hosilini rejalashda, yalpi mahsulot yig'ishda, ilmiy almashlab ekishni joriy qilishda, yerdan foydalanishda, soliq miqdorini aniqlashda, noqishloq xo'jalik mahsulotlari uchun yer ajratish foydalanish ko'rsatilgan.

Lekin hozirgi vaqtda qishloq xo'jalik ekinlaridan olinishi lozim bo'lgan hosilni miqdorini va hatto soliq miqdorini aniq va ravshan belgilashda bundan to'g'ri foydalanilmoqda deyish qiyin, bu holat o'z navbatida yer munosabatlarida hukumat qarorlarini ijrosiga o'z ta'sirini ko'rsatmay qolmaydi.

Muhim muammolardan yana biri nisbatan tez o'zgaruvchan hisoblanadigan tuproq unumdorligini davriy ravishda aniqlash, ya'ni bonitirovkalash va bonitirovka natijalaridan to'g'ri foydalanish hisoblanadi. Unumdorligi turlicha bo'lgan yerlarda yetishtiriladigan sabzavot va boshqa qishloq xo'jalik ekinlarining o'rtacha hosildorligi qanday bo'lishini aniqlash uchun aniq tuproq bonitet ballini 1 ballning bahosiga ko'paytirish kifoya. Aniq bir qishloq xo'jaligi ekin turini ma'lum yerdagi hosildorligini aniqlash uchun eng avvalo ekin ekilgan maydonning ball boniteti aniqlangan bo'lishi kerak.

Bevosita hosilni chamalash uchun bir ballni hosilga muvofiq qiymatini, ya'ni bir ball necha s/ga ni ifodalashini aniqlab, shu ko'rsatkichga mos keladigan raqamga, ya'ni joyning ball bonitetiga ko'paytiriladi. Bir ballning hosilga to'g'ri keladigan qiymatini aniqlash uchun Respublika bo'yicha olingan o'rtacha maqsimal hosil miqdorini eng unumdor, ya'ni 100 balli tuproq ko'rsatkichiga bo'linadi, ya'ni bizning sharoitda tumanda qishloq xo'jaligi ekin turidan olingan maksimal hosil miqdorini 100 ballga bo'lish orqali aniqlandi.

Bevosita hosil miqdorini rejalashtirishda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 18-avgustdagi 235-sonli "Qishloq xo'jaligi ekin maydonlarining normativ qiymatini aniqlash tizimini takomillashtirish to'g'risida"gi qarorida belgilangan asosiy

qishloq xo'jaligi ekinlari, bog'lar va tokzorlarning tuproqlarining bir bonitet baliga nisbatan hisoblangan normativ hosildorligi qiymati asosida hisoblanadi [4].

Misol uchun, Namangan viloyatining o'rtacha 59 balli [5] tuproqlari uchun sabzavotlar hosilini hisoblash quyidagi tartibda amalga oshiriladi: 59*3,0=177 s/ga. Bu viloyatda o'rtacha gektaridan 177 sentner hosil chamalash mumkinligini bildiradi.

Yuqoridagi bir ballga to'g'ri keladigan ko'rsatkich, ya'ni koeffitsiyent umumiy sabzavot ekinlari uchun ishlangan bo'lib, ma'lumki, bugungi kunda sabzavot ekinlari turlar va navlari ko'pchilikni tashkil qiladi. Bundan tashqari yopiq grunt tuproqlari sharoiti hamda tuproq xossa va xususiyatlarining yillar davomida o'zgarishi e'tibordan chetda qolgan.

To'raqorg'on tumani ko'p yillik pomidor hosildorligi (2020-2023)

№ Korxona, fermer xo'jaligi nomi Ekin maydoni, gektar Jami hosil, tonna Hosildorlik, s/ga

1. Nodirabegim Zuxro Timsoli 2 108 540

2. Bog'i Baland Servis 2,5 136 544

3. Muxammad Yusuf Sanoat 2,2 127 577

4. Mo'minov Sayfiddin Nuriddinovich 1 53 530

5. Mushtariy Muxayo Asqarov 1,5 86 573

6. Abdug'afforov Farxod 2 108 540

7. Ko'klam Zamin 2 113 565

8. Baxt Zamin Saxovati 2 109 545

9. Sayram Ko'rkam Diyori 2 85 425

10. Ilxomjon Kelajak Sari 0,3 17 567

11. Doniyor Fayz Asl Savdo 1 55 550

12. Dilrabo-SDA 2 115 575

13. Sardor Baxrom Zoo 0,9 52 578

14. TRANSOS 1 59 590

Jami 22,4 1223 550*

* o'rtacha

Keltirilgan jadvaldan shuni ta'kidlash mumkinki, tumanda mineral genezisli sharoitda pomidor yetishtirishga ixtisoslashgan 14 ta xo'jalikda o'rtacha 550 s/ga hosil olingan.

Bundan ko'rinadiki, 1 ball uchun koeffitsiyent 5,5 ga teng bo'ladi, lekin respublikamiz bo'yicha koeffitsiyent 3,0 ga teng. Birinchi koeffitsiyent orqali tumanda yetishtirilgan pomidor hosildorligini chamalaydigan bo'lsak, yuqoridagi keltirilgan uslubiyatga ko'ra 72 ballga teng tipik bo'z tuproqlar sharoitidagi issiqxonada 72*3,0=216 s/ga hosil ko'tarish mumkinligini bildiradi. Aslida esa bunday unumdorlikka ega bo'lgan tuproqlarda 72*5,5=396 s/ga hosil chamalash mumkin.

Bundan ko'rinadiki, tipik bo'z tuproqlarining ball boniteti 72 ga, ya'ni yaxshi unumdorlikka ega bo'lganda tabiiy holatda 417,6 sentner hosil beradi. 3,0 koeffisiyent orqali hisoblaydigan bo'lsak, 216 s/ga yillik me'yor (norma) belgilash, ya'ni fermer uchun shartnoma tuzish kerak bo'ladi. Lekin issiqxona sharoitida to'g'ri agrotexnik tadbirlar o'tkazilganda o'tracha 396 s/ga hosil olish mumkinligini ko'rsatadi. Bu esa bugungi kunda har bir sabzavot ekinlari uchun hosildorlikni chamalash bo'yicha bir ballga to'g'ri keladigan koeffitsiyenlarni takomillashtirishni, ishlab chiqishni taqazo etadi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Yer Kodeksi. T., 1998.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 5853-son "O'zbekiston Respublikasi qishloq xo'jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo'ljallangan strategiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi Farmoni. 23-oktabr 2019-yil.

3. Qo'ziyev R.Q., Yuldashev G'.Yu., Akpamov I.A. Tuproq bonitirovkasi. T., Moliya nashriyoti, 2004. 61 b.

4. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 235-son "Qishloq xo'jaligi ekin maydonlarining normativ qiymatini aniqlash tizimini takomillashtirish to'g'risida"gi qarori. 18-avgust 2014-yil.

5. Кузиeв Р.К., Гaфурoвa Л.А., Aбдрaxмoнoв Т.А. no4BeHHbie рeсурсы Y36emCTaHa и Bonpocbi прoдoвoльствeннoй бeзoпaснoсти. В кн. Зeмeльныe рeсурсы и прoдoвoльствeннaя 6e3onacHocTb Цeнтрaльнoй Азии и Зaкaвкaзья. ФАО, Рим, 2016. С. 75-128.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.