T^OMIDO^
TARQALISHI D.S.Nuralieva
Toshkent davlat agrar universiteti, O'simliklarni himoyasi va karantini kafedrasi
dotsenti D.Sh Muhammadiyeva Toshkent davlat agrar universiteti talabasi
Annotatsiya: Ushbu maqolada so'ngi yillarda dunyoda keng tarqalgan Pomidor kuyasi (Tuta absoluta)ning kelib chiqish o'choqlari va mamlakatlar bo'ylab qanday tarzda tarqalishi adabiyotlar ma'lumotiga tayangan holda keltirilgan
Pomidor kuyasi Tuta absoluta uyimqanotlilar oilasiga - Gelechiinae mansub bo'lib, ular asosan pomidorni zararlaydi va o'simlik bargida g'ovak xosil qiladi. Birinchi marta Janubiy Amerikaning shimoliy qismida uchrashi aniqlanganfl].
Adabiyotlar tahliliga [3] ko'ra bu zararkunanda birinchi marta 1917 yilda Peru davlatida topilgan. 1960 yillargacha Chili, Kolumbiya va Argentinada, 1970 yillardan so'ng esa, Boliviya, Paragvay, Urugvayda pomidorni zararlab ko'payib borgan. Braziliyada esa, 1979 yilda birinchi marotaba uchrab, 1990 yilda ushbu davlatning sabzavot ekilaeügan maydonlarida keng tarqalib, sezilarli darajada zarar keltira boshlagan.
YeOKZR ma'lumotlariga ko'ra pomidor kuyasi Tuta absoluta (Lepidoptera: Gelechidae) kelib chiqishi Markaziy va Janubiy Amerika bo'lib, eng xavfli zararkunanda xisoblanadi, pomidor xosilini 50-100% gacha nobud qilganligi aniqlangan (EPPO Bull., 2005).
S. Ijevskiy va b. [3] ma'lumoti bo'yicha birinchi bor Janubiy Amerika pomidor kuyasi Tuta absoluta 1979 y Peruda, Lima shaxrini 200 km sharq tomonida uchragan. 1970 yilda esa Boliviya, Paragvay va Urugvayda. 1979 yilxiing ohiriga kelib Braziliyaning Parana shtatining janubiy shtatida paydo bo'ldi. Bir yil davomida zararkunanda butun shaxar bo'yicha tarqaldi, issiqxonalarda esa 1990-yilning o'rtalarida uchray boshladi. Tomatning bozori chaqqonligi sababli, zararkunanda nafaqat xosilda balki mahsulotlarning qadoqlangan idishlarida xam uchray boshladi. Awaliga zararkunanda Niderlandiyaning qadoqlash stansiyasida uchradi, (Ispaniya va Marokaning pomidorlarida). Keyingi 2 yil davomida olib borilgan izlanishlar natijasida qadoqlash stansiyasining 2km atrofidagi 84ta issiqxonadan 24 tasida zararkunanda uchraganligi aniqlangan.
Uni Yevropada birinchi bor Ispaniyaning fermerlari tomonidan 2006 yil oxirida uchratishgan. Ushbu yangi zararkunandaning pomidor hosiliga yetkazgan zarari juda katta bo'lganligi ta'kidlangan (Urbaneja, 2007).
Jimerkin [2], S. Ijevskiy va boshqalaming [3-4] ta'kidlashicha pomidor kuyasi xavfli zararkunanda bo'lib, 2006 yilgacha Yevropada uchramagan. Birinchi marta Ispaniyada (2006 y.), so'ngra Marokash, Jazoir, va Niderlandiyada (2008 y), Fransiya, Italiya, Portugaliya va Angliya (2009 y) davlatlarida uchrab, 2010 yildan boshlab, butun Yevropa davlatlariga tarqalgan. Rossiyaning Krasnodar o'lkasida 2010 yilning noyabr oyida birinchi marta aniqlanib mutaxassislar tomonidan pomidor kuyasi xavfli karantin zararkunandalar ro'yxatiga kiritilgan.
Rossiyada yiliga 2 min t. tomat yetishtirilishiga qaramay, qo'shimcha 600 ming t chetdan kirib kelishi tufayli zararkunanda Rossiyaning janubida moslashib keng tarqala boshladi.
2011 yilning oxiriga kelib bu 4 yil davomidagi amaliy Ispaniyada uchraganidan keyin Yevropaning 30 dan ortiq mamlakatlarida tarqaldi, Shimoliy Afrika, Yaqin va Uzoq Sharqda. Zararkunandaning sharqiy chegarada tarqalishi Eron, Rossiya, Ukraina, Belorusiya, Litvadan o'tib keldi.
Ukrainada 2010 yilda bir partiya Turkiya va Suriyadan keltirilgan mahsulotda pomidor kuyasibilan zararlanganligi Lvov, Chernoviskiy, Odessa, Kiev, Ternopol viloyatlarida aniqlanib, chegaradan kiritish taqiqlab quyilgan [6] va shu yili bu zararkunanda xavfli zararkunanda hisoblanib, karantin zararkunandalar ro'yxatiga kiritilgan [5].
Ukrainaning Veterinär va fitosanitar korxonalarining 01.01.2013 ma'lumotiga ko'ra [6]Janubiy Amerika pomidor kuyasi bo'yicha 98ga maydon karantin nazoratida bo'ldi. Shunga qaramay kelayotgan xabarlarda ma'lum qilinishicha karantin tekshiruvi natijasida chegaralarda pomidor kuyasi uchraganligi ta'kidlangan.
Armeniya chegarasidan kiritilayotgan mahsulotlarda birinchi bor pomidor kuyasi (Tuta absoluta) 2012 yilda aniqlandi. O'zining moslashish qobiliyati kuchli bo'lganligi sababli, u butun Respublika bo'ylab ayniqsa Ararat vodiysida ko'pgina tomat yetishtiradigan fermer xo'jaliklariga ziyon yetkazdi[7],
O'zbekistonda esa birinchi marta 2015 yilda Navoi va Buxoro viloyatlarining issiqxonalarida uchrab zarar keltirish aniqlandi va bugungi kunda sohamiz olimlari tomonidan pomidor kuyasining rivojlanishi hamda qarshi kurash choralari bo'yicha ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Ахатова A.K., Ижевский C.C., Вредители тепличных и оранжерейных растений (морфология, образ жизни, вредоносность, борьба.) - Москва: товарищество научных изданий КМК, 2004,- С. 307.
2. Жимеркин В.Н., М.К.Миронова, М.В.Дулов // Защита и карантин растений, 2009, № 6, - С. 34-35.
3. Ижевский C.C. Новости ЕОКЗР. Появление томатной моли в Европе // Защиты карантин растений, 2008, №5,- С. 45.
4. Ижевский С.С., Ахатова А.К., Синев С.Ю. Томатная минирующая моль выявлена уже в России// Защита и карантин растений, 2011, №3,-С.40~44.
5. Клечковский Ю.Э. Томатная моль - новая угроза сельскому хозяйству//Защиты и карантин растений. №4. 2014 г. -С.36-39.
6. Челомбитко А., Башинська О. Пивденноамерикаская томатная моль в Украини- реалне небезпека // Пропозиция, 2013. №1,- С. 76-78.
7. Саргсян JI.X. Распространенность томатной моли на Араратской равнине // Агронаука, 2015,№ 1-2,- С. 23.