Научная статья на тему 'MUHIM INVAZIV HASHAROTLARNING FARG‘ONA VODIYSIDA TARQALISHI HAQIDA MA’LUMOTLAR'

MUHIM INVAZIV HASHAROTLARNING FARG‘ONA VODIYSIDA TARQALISHI HAQIDA MA’LUMOTLAR Текст научной статьи по специальности «Биологические науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
sabzavot-poliz / invaziv / tur / T.vaporariorum / A.sputator / P.operculella / T.absoluta / M.pardalina / D.platura / Farg‘ona.

Аннотация научной статьи по биологическим наукам, автор научной работы — Asqarova D., Zokirov I.I.

Maqolada sabzavot-poliz ekinlarida uchrovchi invaziv turlar tarqalishi haqida ma’lumotlar keltirilgan. Farg‘ona vodiysi sharoitida Trialeurodes vaporariorum, Agriotes sputator, Phthorimaea operculella, Tuta absoluta, Myiopardalis pardalina, Delia platura turlari ekinlarga jiddiy zarar yetkazadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MUHIM INVAZIV HASHAROTLARNING FARG‘ONA VODIYSIDA TARQALISHI HAQIDA MA’LUMOTLAR»

MUHIM INVAZIV HASHAROTLARNING FARG'ONA VODIYSIDA TARQALISHI

HAQIDA MA'LUMOTLAR 1Asqarova D., 2Zokirov I.I.

1FarDU tadqiqotchisi, 2FarDU professori, b.f.d. https://doi.org/10.5281/zenodo.11186174

Annotatsiya. Maqolada sabzavot-poliz ekinlarida uchrovchi invaziv turlar tarqalishi haqidama'lumotlar keltirilgan. Farg'ona vodiysisharoitida Trialeurodes vaporariorum, Agriotes sputator, Phthorimaea operculella, Tuta absoluta, Myiopardalis pardalina, Delia platura turlari ekinlarga jiddiy zarar yetkazadi.

Kalit so'zlar: sabzavot-poliz, invaziv, tur, T.vaporariorum, A.sputator, P.operculella, T.absoluta, M.pardalina, D.platura, Farg'ona.

Аннотация. В статье приведены сведения о распространении инвазивных видов, обнаруженных в овоще-бахчевых культур. В условиях Ферганской долины серьезно повреждают посевы виды Trialeurodes Vaporariorum, Agriotes sputator, Phthorimaea operculella, Tuta absoluta, Myiopardalis pardalina и Delia platura.

Ключевые слова: овоще-бахчевые, инвазивные, виды, T.vaporariorum, A.sputator, P.operculella, T.absoluta, M.pardalina, D.platura, Фергана.

Abstract. The article provides information on the distribution of invasive species found in vegetable and melon crops. In the conditions of the Fergana Valley, the species Trialeurodes Vaporariorum, Agriotes sputator, Phthorimaea operculella, Tuta absoluta, Myiopardalis pardalina and Delia platura seriously damage crops.

Keywords: vegetable-melon crop, invasive, species, T.vaporariorum, A.sputator, P.operculella, T.absoluta, M.pardalina, D.platura, Fergana.

Tadqiqotlar davomida sabzavot-poliz agrobiotsenozlarida uchrovchi invaziv turlar haqida ma'lumotlar tahlil etildi. Farg'ona sharoitida sabzavot va poliz ekinlari entomofaunasida 6 tur xavfli invaziv zararkunanda hasharotlar aniqlangan [1, 2].

Ushbu invaziv turlar ichida zarar keltirish xususiyat yuqori bo'lgan issiqxona oqqanoti -Trialeurodes vaporariorum Westwood, 1856 keyingi chorak asr davomida vodiyning ko'plab hududlarida tarqaldi. Uning oziqlanadigan sabzavot-poliz ekin turlari soni 11 ta bo'lib, shulardan pomidor va bodrin agrotsenozida dominantlik qiladi. Issiqxona oqqanoti mintaqamizda keng tarqalgan turlardan biri sanaladi. U O'zbekiston sharoitida 1970-yildan boshlab g'o'za ekinlariga moslasha boshlagan.

Bizning kuzatishlarimiz davomida issiqxona oqqanotining populyatsiyalari Farg'ona vodiysining deyarli hududlarida issiqxona va ochiq dalalardagi sabzavot-poliz ekinlarida uchrashi aniqlandi.

Simqurtlar ichida - Agriotes sputator (Linnaeus, 1758) bizning hududimizda keyinchalik paydo bo'lib, hozirgi kunda 8 ta agrotsenozda uchrab, shulardan lavlagida dominantlik qiladi.

Ituzumdoshlarning jiddiy kushandasi kolorado qo'ng'izi (Leptinotarsa decemlineata) 4 ta agrotsenozda tarqalib, shulardan 3 tasida (S.tuberosum, S.Lycopersicum, S.melongea) (75%) dominantlik qiladi.

Keyingi o'n yillikda O'zbekistonning g'arbiy hududlarida paydo bo'lgan Phthorimaea operculella (Zeller, 1873) - kartoshka kuyasi 2016-yilga kelib Markaziy Farg'onada qayd etildi. U hozirgi kunda 3 ta agrotsenozda yashaydi va 1 tasida (S.tuberosum) dominant hisoblanadi.

Kartoshka kuyasi ituzumdoshlarda oziqlanib, hosildorlikka jiddiy zarar keltiruvchi tur bo'lib, uning tarqalish areali juda keng. Kartoshka kuyasi bugungi kunda dunyo miqyosida 70 dan ortiq davlatda keng tarqalib ulgurgan. U 2009 yilda respublikaning g'arbiy hududida paydo bo'lib, keyinchalik mamlakatning boshqa viloyatlarida ham tarqala boshlagan.

Sabzavot-poliz agrotsenozlarida uchrovchi invaziv hasharotlar ro'yxati

Oilalar nomi Invaziv turlar nomi Invazivlik xususiyati

Aleyroidoidae Trialeurodes vaporariorum (i)

Aphididae Aphis fabae (i)1

Elateridae Agriotes sputator (i)1

Chrysomelidae Leptinotarsa decemlineata (i)

Gelechiidae Phthorimaea operculella (i)

Tuta absoluta (i)

Anthomyiidae Delia platura (i)

Tephritidae Myiopardalis pardalina (i)

(i) - invaziv tur; (i)1 - invazivlik xususiyati namoyon bo'layotgan tur.

Pomidor kuyasi - Tuta absoluta (Meyrick, 1917) 2015-yilda O'zbekistonga kirib kelgan bo'lib, u pomidorda dominant va yana 4 ta agrotsenozda uchraydi. Pomidor kuyasi 1917-yilda Janubiy Amerikada topilgan. Keyinchalik Argentina, Boliviya, Chili, Ekvador, Kolumbiya, Urugvay va Venesuelada katta maydonlardagi hosilga ko'p yillar davomida zarar yetkazib kelgan. U Yevropada (Ispaniya) 2006-yilda, Markaziy Osiyo davlatlarida 2012-yilda, O'zbekistonda esa 2015-yilda qayd etilib, karantin nazoratiga olingan.

Zararkunandaning tabiiy tarqalish tezligi ham o'ta yuqori bo'lib, bunday holatni tut parvonasining mamlakatimizga kirib kelishi va keng tarqalishi bilan qiyoslash mumkin.

Qovun pashshasi - Myiopardalis pardalina Bigot, 1891 2016-yilda Farg'ona vodiysida (Yozyovon tumani) paydo bo'lib, keyingi mavsumdanoq qovun polizida dominant turga aylangan. Unga qarshi jiddiy kurashish natijasida 2019 yilga kelib qirib yuborilgan.

Qovun pashshasining Markaziy Osiyoga kirib kelishi 1996-1997 yillarga to'g'ri keladi. Eron poliz agrotsenozlarida jadal ko'paygan zararkunanda dastlab Turkmanistonning Axal va Mari viloyatlarida paydo bo'lib, keyinchalik Lebap va Toshhovuz hududlarida, 1999-2000 yillarda esa bu mam-lakat hududlarini deyarli to'liq egallagan.

Piyoz pashshasi - Delia platura (Meigen, 1826) ham mintaqa uchun invaziv tur sanaladi. Uning 1980-yillar oxirlarida vodiy hududiga kirib kelishi va piyozdoshlarda oziqlanishga moslashib ketishi hamda hozirda 6 ta agrotsenozda tarqalib, piyoz va sarimsoq piyozda dominant sifatida o'zining o'rnini egallashiga sabab bo'ldi. Bu tur tarqalish jihatidan kosmopolit turlardan biri sanaladi. O'zbekistonda Qoraqalpog'iston Respublikasidan tashqari barcha viloyatlarda uchraydi.

Farg'ona mintaqasiga keyingi 20-25 yil ichida kirib kelgan. 2000-yilga kelib zararkunanda populyatsiyasi Farg'ona viloyati tumanlarini deyarli to'liq egallagan. Shuni alohida qayd etish kerakki, turning miqdor zichligi ozuqa o'simligi hamda iqlim sharoitiga ko'ra o'zgarib turadi. Ayrim yillari keskin ko'payib ketsa, boshqa yillari esa, mavsum davomidagi miqdor zichligi o'ta past ko'rsatkichni tashkil etadi.

Cho'l sharoitida muhim turlarning geografik tarqalishi va biologiyasini keng qamrovli yoritish hasharotlarning faunadagi o'rni va ahamiyatini izohlash imkonini berdi.

Shundan kelib chiqib, mazkur yo'nalishda keyingi tadqiqotlarda mahalliy shart-sharoitlarga bog'liq ravishda muhim zararkunandalar - invaziv turlarning tarqalishi, rivojlanishi, hayot sikli va bioekologik xususiyatlariga oid ma'lumotlarni tahlil etish maqsadga muvofiq.

REFERENCES

1. Zokirov I. I., Azimov D. A. The Fauna of Insects of Vegetables and Melons of Central Fergana, Especially Its Distribution and Ecology //International Journal of Science and Research.(IJSR).-India, Raipur. - 2019. - T. 8. - №. 8. - S. 930-937.

2. Зокиров И. И. Марказий Фаргонанинг сабзавот-полиз экинлари хдшаротлари фаунаси ва экологияси: Биол. фан. докт.(DSc)... дисс. автореф //Биол. фан. докт. дисс.(DSc) автореф.-Тошкент. - 2019. - Т. 59.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.