Научная статья на тему 'PISTACIA VERA L. (PISTACHIO) O’SIMLIGINING MARKAZIY OSIYO TARQALISHI.'

PISTACIA VERA L. (PISTACHIO) O’SIMLIGINING MARKAZIY OSIYO TARQALISHI. Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
100
17
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Xandon pista / introduksiya / navlar / taksonomiya / bioxilma-xillik.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Jabbarova Dildora Xosilbekovna, Yusupov Ziyovuddin

Pistachio (Pistacia L.) turkumiga mansub Pistacia vera L. Pistacia L. turkumiga mansub qimmatbaho mevaga ega. Bu o’simlik asosan Markaziy Osiyo davlatlarida, Afg’oniston shimolida va Suriyada tabiiy holatda tarqalgan yarim qurg’oqchil sharoitda o’sa oluvchi o’simlik.Hozirda xandon pista (yashil oltin) ni yetishtirib sotish bo’yicha Eron va Turkiya yuqori savdo mavqeiga ega hidoblanadi. Maqolada Pistacia vera L. o’simligining morfologiyasi, sistematikasi, geografik tarqalishi va ekologiyasi haqida ma’lumotlar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «PISTACIA VERA L. (PISTACHIO) O’SIMLIGINING MARKAZIY OSIYO TARQALISHI.»

PISTACIA VERA L. (PISTACHIO) O'SIMLIGINING MARKAZIY OSIYO

TARQALISHI.

1Jabbarova Dildora Xosilbekovna, 2Yusupov Ziyovuddin

1 O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti stajor-tadqiqotchisi 2 O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti katta ilmiy hodim Phd.

1dildorajabbarova04@gmail.com +998976493239 https://doi.org/10.5281/zenodo.10078199

Annotatsiya. Pistachio (Pistacia L.) turkumiga mansub Pistacia vera L. Pistacia L. turkumiga mansub qimmatbaho mevaga ega. Bu o'simlik asosan Markaziy Osiyo davlatlarida, Afg'oniston shimolida va Suriyada tabiiy holatda tarqalgan yarim qurg'oqchil sharoitda o'sa oluvchi o'simlik.Hozirda xandonpista (yashil oltin) niyetishtirib sotish bo 'yicha Eron va Turkiya yuqori savdo mavqeiga ega hidoblanadi. Maqolada Pistacia vera L. o'simligining morfologiyasi, sistematikasi, geografik tarqalishi va ekologiyasi haqida ma'lumotlar berilgan.

Kalit so'zlar: Xandon pista, introduksiya, navlar, taksonomiya, bioxilma-xillik.

Kirish.

Pistacia L. turkumi Anacardiaceae oilasiga mansub kichik daraxt shaklidagi o'simliklarni o'z ichiga oluvchi turkum hisoblanadi [1]. Bu turkumga kiruvchi turlar kserofit, daraxt yoki butasimon hayotit shaklga ega.Ko'pgina tadqiqotlarga qaraganda bu turkum 9 ta tur va 5 ta kichik turni o'z ichiga oladi. Turkumning 13 ta turi olimlar tomonidan tasdiqlangan. Bu turlar O'rta Yer dengizi mamlakatlarida, Xitoyda va Meksika kabi davlatlarda tarqalgan. Pistacia L. turkumiga mansub Pistacia vera L. turi alohida ahamiyatga ega o'simlik hisoblanadi. Bu tur 1.82 va 3.38 million yil oldingi vaqt orali'g'ida kelib chiqqan deb tahmin qilinadi, hudud jihatdan esa Markaziy, G'arbiy va kichik Osiyoda shakllanib Suriya orqali Kavkaz va Afg'onistonga qarab tarqalgan. Markaziy Osiyoda Pistacia L turkumining faqat bitta haqiqiy yoki xandon pista (Pistacia vera L) turi o'sadi. Bu tur eng qimmatli pista mevali daraxt hisoblanadi. Mevasi dumaloq tuxumsimon, ingichka ekzokarpli qattiq, juda mazali, iste'mol qilinadi va oziq ovqat sanoatida judayam qadrli hisoblanadi. Mag'zi tarkibida 60-70% moy bor. Tanasi, bargi va mevalarida xushbo'y efir moyi bo'ladi. Barglarida tannid nomli modda mavjud.

Xandon pista Markaziy Osiyodagi tog' qiyaliklarda yovvoyi holda o'sadi. Pistacia L turkumi kata iqtisodiy ahamiyatga ega (ayniqsa Pistacia vera L.) undan yiliga 2 mlrd $ lik hosil olinadi. Dunyo bo'ylab pista ishlab chiqarish yiliga 855 000 tonnani tashkil qiladi. So'nggi bir necha yil ichida global pista ishlab chiqarish keskin oshdi. 1970-yillar atrofida 50 ming tonnadan global miqyosda ishlab chiqarilgan, 2000-yilda esa 500 ming tonnagacha , 2020-yilda 1 million tonnadan ortiq. Eronda 415,5 ming tonna, AQShda 233,1 ming tonna, Xitoyda 76,9 ming tonna. va Suriyada 28.8 ming tonna. Eron, AQSH, va Turkiya dunyodagi asosiy pista ishlab chiqaruvchilar hisoblanadi, jahon pista yetishtirishning 90% dan ortig'ini egallaydi . Xandon pista yoki" yashil oltin "Eronning eng muhim qishloq xo'jaligi mahsulotlaridan biridir. Xandon pistasining genetik bioxilma-xilligini Kermen viloyatida ko'rish mumkin. Kermen viloyatida Xandon pistaning 70 dan ortiq navlari yetishtiriladi [3]. Iordaniya, Madagaskar, Qirg'iziston, AQShda, Kaliforniya, Turkiya, O'zbekiston, Ozarbayjon va Meksika kabi davlatlarda pista yetishtirishni 3 barobar orttirgan. O'zbekistonni o'zida xandon pistaning 13 ta navi yetishtirilmoqda.

Botanikasi va Sistematikasi.

Pista vera L. - barcha xandon pistalarining avlodi - kserofit, ikki uyli daraxt o'simliklar. Changlanishi asosan shamol yordamida kechadi. Populyatsiyasida o'simliklar soni yuqori bo'lsa yaxshi hosil beradi. Turkiyadagi arxeologik topilmalar shuni ko'rsatadiki xandon pista yong'oq kabi miloddan avvalgi 7000 yillarda iste'mol qilingan. Pistacia L. turkumining yer yuzida 13 ta turi tarqalgan. Karl Linney (1753) o'zining "Species Plantarum" asarida Pistacia L. ning 6 ta turini (P. lentiscus, P. narbonensis, P. simaruba, P. terebinthus, P. trifolia va P. vera.) tan olgan. Linneydan oldin Turnefort (1700) P. Lentiskus ni alohida turkum, Lentiskus deb hisoblagan bo'lsa, P. terebinthus va P. vera turlarini Terebinthus turkumiga kiritgan. Hozirgi vaqtda eng to'liq taksonomik tadqiqotni Maykl Zohari (1952) o'tkazgan bo'lib, u 11 turni to'rt sectionga ajratgan. [3]

1 section: Lentiscella- P. mexicana Humb., Bonpl. & Kunth and P. texana Swingle

2 section: Eu Lentiscus- P. lentiscus L., P. saportae Burnat, and P. weinmannifolia Poiss. ex Franch.

3 section: Butmela- P. atlan- tica Desf.

4 section: Eu Terebinthus- P. chinensis Bunge, P. khinjuk Stocks., P. palaestina Boiss., P. terebinthus L., and P. vera L.

Pistacia L. uchun 51 binomial Xalqaro o'simliklar nomlari indeksida topilgan, ulardan faqat 13 tasi mualliflar tomonidan tan olingan.

Turlar o'rtasidagi filogenetik munosabatlarni aniqlash uchun Pistacia L. ning har xil turdagi ma'lumotlaridan foydalangan holda taksanomiyasini qayta ko'rib chiqish zarur. O'zbekistonda Pistacia L. turkumining faqatgina Pistacia vera L. turi uchraydi. 7-10 m daraxt. Kurtaklari mayda, uchli, to'q jigarrang. Barglari 3-5 bargli toq patsimon, shakli tuxumsimon. Gullari bir jinsli, ikki uyli (changili va urug'chili gillari alohida). Gulpoyasi kalta, Changchili gullari gulkosachasi 2-5 qismli, changchilari 2-5 ba'zan 6 ta changchi iplari kalta. Mevasi dumaloq tuxumsimon, ingichka ekzokarpli qattiq meva (fig 1). O'rta Osiyoda ko'pincha Celtis caucasica W. , Amygdalus spinosissima (achchiq bodom) kabi o'simliklar bilan birga uchraydi.

O'zbekiston, Surxondaryo viloyati, Bobotog' tizmasi. Qizil mayda tuproqli qiyalik. 23.05.2021. Sardor Pulatov © 2021 1-rasm

Tarqalishi va Ekologiyasi.

O'zbekistonda Pistacia vera L. ning 12 ta urug'chili va 1 ta changchili navi mavjud[3]. Haqiqiy pista - quruq issiq mamlakatlar o'simligi. Odatda tog' yonbag'irlarida va adirlarda o'sadi va faqat vaqti-vaqti bilan alohida namunalar shaklida vodiylarga tushadi. O'rta Osiyoda pista asosan shimoliy, g'arbiy va sharqiy yon bag'irlarida joylashgan bo'lib, dengiz sathidan 2000 m balandlikdagi tog'larga ko'tariladi. Bu o'simlik o'zining eng yaxshi rivojlanishiga dengiz sathidan 600-1200 m balandlikda erishadi (fig 2).

O'zbekiston, Bobotog' tog'lari, Qashqa qishlog'i, Besharcha massivi, 1200 m. 27.04.2022. Doston Turdiev © 2022 2-rasm

Pista o'sadigan eng keng maydonlar Markaziy Osiyoda joylashgan. Pistacia vera L. Avg'oniston, Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston, Turkmaniston, O'zbekiston da tabiiy holatda uchraydi. Bolgariya, Fransiya, Gretsiya, Eron, Italiya,Ispaniya, Turkiya, Libya larda introduksiya qilingan [2]. Eron, Turkiya, Osiyoda tarqalgan. Yevropa va Afrikada tabiiy holatda yo'q. Pistacia vera L. o'sadigan eng keng maydonlar Markaziy Osiyoda joylashgan. Tojikistonda asosiy hududlar Qoratog', Bobotog', Teriklitog', Oq tog' yonbag'irlarida joylashgan. Bu tog'larning barchasi Tojikistonning janubiy qismida joylashgan. Tojikistonning Hisor tizmasi yon bag'irlarida kichik guruhlar yoki alohida daraxtlarda uchraydi. Shimolda Tojikistonda bu o'simlikning faqat bitta namunalari topilgan. Yovvoyi pista Issiqko'lning g'arbiy qirg'oqlari va Himoloy tog'larining shimoli-g'arbiy yonbag'irlaridan Suriya va Falastingacha cho'zilgan kichik maydonni egallaydi. O'zbekistonda Bobotog'ning shimoliy qismida keng maydonni egallaydi, Surxon va Kofirnigonda tarqalgan. O'zbekistonning boshqa hududlarida pista faqat yakka daraxtlar yoki guruhlar bo'yicha tarqalgan. Bu shaklda Hisor tizmasining janubi-g'arbiy etaklarida, Nurota tog'larida, Turkiston tizmasining g'arbiy uchida va Toshkent Olotog'ining janubi-g'arbiy etaklarida tarqalgani ma'lum. Qirg'izistonda pistazorlar Jalolobod o'rmon xo'jaligida, Suzoq traktida (Ko'gar dacha) va Bozorqo'rg'ondan Chorvoqga boradigan yo'lda, Bozorqo'rg'on dachasi yaqinida, Qiziljar o'rmon xo'jaligida, dachalarda, Xo'ja ota, Aflotun qishlog'idan shimolda tarqalgan. Bu pistalar Farg'ona va Chotqol tizmalarining yon bag'irlarida, Talas Olatovi tog'larida joylashgan. Talas Olatovi yon bag'irlari bo'ylab pista Qozog'istonga o'tadi. Ko'pincha bu tur Matbalskaya va Bugun-Boroldaevskaya dachalarida uchraydi [1].

Xulosa.

Pistacia vera L. o'simligi iqtisodiy va oziq-ovqat jihatdan judayam ahamiyatli o'simlik hisoblanadi. Tabiiy holatda asosan O'rta Osiyoda va kam holatda Falastin va Suriyada tarqalgan. Eronda va Turkiyada pista mevasini yetishtirish va sotish juda yaxshi rivojlangan. Xandon pista Tojikiston, Turkmaniston, Qirg'iziston, O'zbekiston hududlarida tarqalgan, bular ichida Tojikiston pista o'simligiga boyroq. Hozirda O'zbekistonda Xandon pista yetishtirish uchun yirik plantatsiyalar tashkillashtirilgan. O'simlikshunoslarning tavsiyasiga ko'ra pista populyatsiyalarida o'simliklar sonining ko'p bo'lishi yaxshi changlanishi va yuqori hosil olish uchun muhim.

REFERENCES

1. Xamzaev A. X. Eshankulov B. I. Kholmurotov M. Z. Pistachio genepool. Novateur Publication India's International Journal of Innovations in Engineering Research and Technology [IJIERT]

2. Mohannad G. AL-Saghir1, Duncan M. Taxonomic Revision of the Genus Pistacia L. (Anacardiaceae) http://dx.doi.org/10.4236/ajps.2012.31002 Published Online January 2012 (http://www.SciRP.org/i ournal/ajps). 12-32.

3. Mir-Makhamad, B.Bjorn, R.Stark, S.Spengler. Pistachio (Pistacia vera L.) Domestication and Dispersal Out of Central Asia. Agronomy 2022, 12, 1758. https://doi.org/10.3390/ agronomy 12081758

4. М. Н. Абдуллаева и др. ; Ред. Т. А. Адылов.Определитель растений Средней Азии. Критический конспект флоры. Ташкент, 1983. 80-81.

5. Н.И.Вавилов, Р.Я. Кордон, Е.Д.Харюзова. Культурная Флора СССР VIII. 1936 й. 325339.

6. www. http. International Plant Names Index (IPNI)

7. GBIF—the Global Biodiversity Information Facility

8. www. http.Plant of the World Online (Powo)

9. https://www.plantarium.ru/page/view/item/28465.html

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.