Научная статья на тему 'PETRUSHKA O‘SIMLIGINI YETISHTIRISH VA UNDAN OQILONA FOYDALANISH'

PETRUSHKA O‘SIMLIGINI YETISHTIRISH VA UNDAN OQILONA FOYDALANISH Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
559
45
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Petrushka / vitamin / barg / gul / urugʻ / ildiz / poya / tuproq / ekish / dorivor / parsley / vitamins / leaves / flowers / seeds / roots / stems / soil / planting / medicine.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Mamanazarov Baxtiyor Saminovich, Xoshimova Nasiba Gulomatovna, Saminov Avazbek Alimardon O‘g‘li

Maqolada petrushka o‘simligini yetishtirish orqali inson salomatligi uchun muhum bo‘lgan tabiiy toza mahsulot yetkazish bilan birga undan oqilona foydalanish yo‘llari yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

GROWING PETRUSHKA PLANT AND USING IT WISELY

The article describes how to grow parsley and use it wisely, as well as providing a natural product that is important for human health.

Текст научной работы на тему «PETRUSHKA O‘SIMLIGINI YETISHTIRISH VA UNDAN OQILONA FOYDALANISH»

PETRUSHKA O'SIMLIGINI YETISHTIRISH VA UNDAN OQILONA

FOYDALANISH Mamanazarov Baxtiyor Saminovich

Farg'ona davlat universiteti zootexniya va agronomiya kafedrasi o'qituvchisi Xoshimova Nasiba Gulomatovna

Farg'ona davlat universiteti zootexniya va agronomiya kafedrasi o'qituvchisi Saminov Avazbek Alimardon o'g'li

Farg'ona davlat universiteti zootexniya va agronomiya kafedrasi o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.6773499

Annotatsiya. Maqolada petrushka o'simligini yetishtirish orqali inson salomatligi uchun muhum bo'lgan tabiiy toza mahsulot yetkazish bilan birga undan oqilona foydalanish yo'llari yoritib berilgan.

Kalit so'zlar: Petrushka, vitamin, barg, gul, urug', ildiz, poya, tuproq, ekish, dorivor.

ВЫРАЩИВАНИЕ РАСТЕНИЯ ПЕТРУШКА И ИСПОЛЬЗОВАНИЕ ЕГО С

РАЗУМОЙ

Аннотация. В статье рассказывается, как правильно выращивать петрушку и использовать ее с умом, а также получать натуральный продукт, важный для здоровья человека.

Ключевые слова: петрушка, витамины, листья, цветки, семена, корни, стебли, почва, посадка, лекарство.

GROWING PETRUSHKA PLANT AND USING IT WISELY

Abstract. The article describes how to grow parsley and use it wisely, as well as providing a natural product that is important for human health.

Keywords: parsley, vitamins, leaves, flowers, seeds, roots, stems, soil, planting, medicine.

KIRISH

Petrushka (Petroselinum L.) - soyabonguldoshlar oilasiga mansub bir yoki ikki yillik o't o'simliklar turkumi va sabzavot ekini hisoblanadi. Asosan vatani O'rta yer dengizi sohillari hisoblanadi.

TADQIQOT MATERIALLARI

Petrushka o'simligi ekilgandan so'ng birinchi yili barg va ildizmeva hosil qiladi. Barglari 3-karra patsimon bo'lib. Ikkinchi yili o'simlik uzun sershox poya chiqarib gullaydi. Gullari mayda, chetdan changlanadi, to'pguli — soyabonsimon. Urug'i mayda. Petrushka sovuqqa chidamli, namsevar va yorug'sevar o'simlik; 3-5 kunda urug'i unib chiqadi. Bargi va ildizmevasida oqsil, yog', shuningdek, efir moylari, C,A,B guruh vitaminlari uchraydi. Petrushkaning ildizi, poyasi va bargi iste'mol etiladigan ikki xil turi bor. Ildizi va poyalaridan oziq-ovqat sanoati va tibbiyotda foydalaniladi. Bargi iste'mol qilinadigan turining ildizi ingichka va sershox bo'ladi.

Petrushka urug'i erta bahorda yoki kech kuzda sabzi kabi sepiladi. Oshko'k sifatida ishlatiladi. O'zbekistonda Petrushkaning Nilufar, Saharnaya hamda Novos kabi navlari yetishtiriladi [1, 2, 4].

TADQIQOT NATIJALARI

Yerni tayyorlash - sug'oriladigan tuproqlarning agrokimyoviy, fizik-kimyoviy, biogeokimyoviy xossalariga e'tibor bergan holda tuproq iqlim sharoiti talab darajasida unumdor, mexanik tarkibi yengil, o'rtacha yengil tuproqlarni tanlash tavsiya etiladi [11, 12, 13, 14].

Shundagina o'simlik bexato unib chiqadi. Urug'larni ekilganidan so'ng tuproqqa ishlov berib, organik o'g'itlar bilan ta'minlab turiladi [7, 8].

Petrushka urug'larini ekish uchun saralashda uning tozaligiga, kasallanmaganiga katta e'tibor berishimiz zarur. Ekishdan oldin urug'larni begona urug'lar va turli qo'shimchalardan yaxshilab tozalanadi [9, 10].

Petrushkani asosan erta bahorda yoki kuzda ekilishi talab qilinadi. O'simlik urug'lari yerga yuzaroq qilib ekiladi. Urug'larni sochib bo'lgach urug'larni xaskash bilan tuproqqa aralashtiriladi. Maysalar unib chiqqandan so'ng ularni bir tartibga keltirish oralarini 3-5 sm qoldirib yagana qilish lozim. Petrushka zararkunandalarga ancha chidamli o'simlik hisoblanadi, shu sabali uning o'sishi qolgan o'simliklarga nisbatana osonroq kechadi. O'simlikning bo'yi 15-20 sm bo'lganda erta tongda o'rib olinadi. Petrushkani xalq taboabtida va oziq-ovqat sanoatida ishlatish uchun quritish, muzlatish, marinadlash, tuzlash va boshqa usullar bilan saqlab qo'yiladi. Har xil usul bilan saqlab qo'yilgan petrushkalar eksport uchun va qish faslida xalqimiz uchun ishlatiladi [5, 6].

Petrushkaning ovqatga qo'shilgan bir nechta barglari ishtahani ochuvchi ko'kat sifatida iste'mol qilinadi, metabolitik jarayonlarni rivojlantiradi va oshqozon-ichak organlariga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Ko'pincha mutaxassislar buyrak va siydik yo'llari yallig'lanishi kasalliklari bor bemorlarga petrushkadan foydalanishni ya'ni ovqatlar bilan qo'shib iste'mol qilishni tavsiya qilishadi.

Laktatsiya - ya'ni onalarning emizikli davrlarida petrushkadan tayyorlangan damlama, taomlar iste'mol qilish ishtahani ochish hamda sut miqdorini ko'paytirishi alohida takidlash mumkin.

O'simlikdan yana ortiqcha vazndan halos bo'lish maqsadida ham foydalanish mumkin. Bundan tashqari o'simlikdan kosmetaloyiga va stamatologiya sohalarida ham foydalanib kelinmoqda. Shuni ta'kidlash lozimki, uning sharbati tishlar emalini oqartirishi va mustahkamlashi boshqa bir ko'katlardan ajralib turadi.

Har bir insonning kundalik taomlarida ko'katlar bo'lishi kerak. Bu ko'katlar orasida petrushkaning bo'lishi muhim sanaladi. U arzon va qiymati katta o'simlik hisoblanadi. Petrushka tarkibida makro va mikro elementlardan: kaltsiy, kaliy, fosfor, natriy, magniy, temir, yod, rux va boshqa bir qator elementlar mavjud. Bunday mineral moddalarga boy o'simlik tananing salomatligi va go'zallikni saqlashga yordam beradi.

Petrushka bir qator foydali xususiyatlarga ega - Bular quydagilardir.

- buyrak, siydik yo'llari tizimi va qalqonsimon bez faoliaytini yaxshilaydi;

- moddalar almashinuvini me'yorlashtiradi;

- yallig'lanishga qarshi antipirutik vosita siaftida ishlatiladi;

- miyani kislarod bilan boyishiga yordam beradi;

- oshqozon va o'n ikki barmoq ichakning ish faoliyatini normallashtiradi;

- ko'zning xiralashishini oldini oladi va ko'rishni yaxshilaydi.

Petrushkaning erkaklar uchun foydasi:

- har kuni o'simlikning damlamasi yoki taomlarini qabul qilish prostata adenomasini oldini olishga yordam beradi;

- bepushtlikni oldini oladi;

- petrushka sharbati alkagol va nikotin bilan zaharlanganda yordam beradi;

- yurak mushaklarini kuchaytiradi va yurak hurujlarini oldini oladi.

Petrushkaning ayollar uchun manfaatlari; (foydali jihatlari)

- o'simlikning sharbati ayollik davrida og'riqni yengillashtiradi va ayollik davrini normallashtiradi;

- petrushka homiladorlik vaqtida sog'lom homilani shakllantirishga foyda beradi;

- o'simlik suvi kosmetalogiyada terini oqartirish vazifasini ham bajaradi;

- petrushka urug'lari soch to'kilishini oldini oladi va sochdagi kepaklarni yo'qotadi.

O'simlikni bolalar uchun foydasi - bular quydagilardan iborat:

- ichak faoliyatini yaxshilaydi;

- qondagi gemoglabin miqdorini oshirishda samarali xisoblanadi;

- kesish, ko'karishlar, teri yaralari bitishiga yordam beradi;

- immunitetni oshiradi, virus va yuqimli kasalliklardan himoya qiladi.

Bolalarga o'simlikni berishdan avval shifokor bilan maslahatlashish tavsiya etiladi. Chunki ko'pgina bolalarda o'simlikka nisbatan allergik holatlar kuzatilishi mumkin. Ushbu holatda O'simlikdan foydalanish tavsiya etilmatdi.

Petrushka kosmetik vosita sifatida ham keng qo'llaniladi. O'simlik tarkibidagi mikroelementalar va vitaminlar yuz terisi uchun juda foydali hisoblanadi. O'simlik bargidan tayyorlangan niqoblar yuzdagi ajinlarni tekislab yuzni tarang holatga keltiradi va pigmentli nuqtalarni yo'qotadi. Niqoblarni yuzga muntazam ravishda qo'llash to'qimalarda qon aylanishini yaxshilaydi, hujayralarning yangilanish jarayonlarini tezlashtiradi, yuz terisini tozalash, oziqlantirish, namlantirishga va umuman uning yosharishiga olib keladi. [3]

Petrushkaning foydali xususiyatlari juda ko'p lekin shu bilan birga zararli tomoni ham yo'q emas. O'simlikning uchuvchi efir moylari zararli hisoblanadi, bu moddalar allergiyaga olib kelishi mumkin. Shuning uchun shifokorlar o'simlik mahsulotlarini homiladorlik paytida tavsiya etishmaydi. Olimlar olib borgan so'nggi tadqiqotlarida efir moylarini foydali xususiyatlari haqida ham bir qancha ma'lumotlarni keltirgan. Uchuvchan birikma tarkibida miristitsin bor, u o'smaning rivojlanishini sekinlashtirishi aniqlaganlar.

XULOSA

Bir so'z bilan aytganda petrushka o'simligi inson organizmi uchun ko'plab dorivorlik xoususiyatlarga ega bo'lgan o'simlik hisoblanadi. O'simlik faqat toza muhit va o'zi uchun qulay sharoitda o'sgandagina o'zining haqiqiy foydasini ko'rsatadi.

Biz bunday vitamin va minerallarga boy dorivor o'simliklarni keng miqyosda ko'paytirishimiz kerak. Bugungi kunda tabiiy dori vositalardan foydalanish ortib boermoqda shuning uchun, dorivor o'simliklarni madaniylashtirish va xom-ashyosini ko'paytiriashga katta e'tibor qaratmog'imiz lozim.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Bo'riyey X.C., Allallayev A.G., Tomorqa sabzavotchiligi. T., .Mehnat., 1 994-y

2. Bo'riyev X.S., Sabzavot ekinlari selektsiyasi va urug'chiligi. T. "Mehnat". 1999.

3. Xolmatov H.X, Ahmedov O' .A. Farmakognoziya. Toshkent 1995

4. Atabayeva X. O'simlikshunoslik. - Toshkent, 2004.

5. Saminov Avazbek Alimardon o'g'li. Nasriddinova Dilnavoz Kamoliddin qizi - Zanjabil

o'simligini ochiq maydonlarda yetishtirish texnologiyasi , « SCIENCE AND INNOVATION INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL », DOI:10.5281/zenodo.6644810

6. Эшпулатов Ш.Я., Тешабоев Н.И., Мамадалиев М.З.У. Евразийский Союз Ученых,

2021 Интродукция, свойства и выращивание лекарственного растение стевия в условиях ферганского долины

7. Mukhtarovna, N.R., Alimardonugli S.A., and Botiraliyevich U.N., "Features of treatment

of winter wheat seeds by different processors." International Engineering Journal For Research & Development 6 (2021): 3-3.

8. Anvarjonovich D.Q., Saminov A.A., Xusanboyev G'.A., The importance of fungicides and

stimulants in preparing seed grains First page : ( 415) Last page : ( 419) Article DOI : 10.5958/2278-4853.2021.00272.X

9. Teshaboyev, N., Abduraximova, M., Eshpulatov, A., & Mahkamova, D. (2021, July).

Ecological culture is a demand of today. In Конференции.

10. Turdaliev A., Yuldashev G., Askarov K. and Abakumov E. (2021) Chemical and Biogeochemical Features of Desert Soils of the Central Fergana. Agriculture (Pol'nohospodarstvo), Vol.67 (Issue 1), pp. 16-28. https://doi.org/10.2478/agri-2021-0002.

11. Askarov K., Musayev I., Turdaliev A., Eshpulatov Sh. (2020) "Geochemical barriers in irrigated soils and the impact of them on plants." European Journal of Molecular & Clinical Medicine, 7, pp. 3082-3089.

12. Obidov M., Isagaliyev M., Turdaliyev A., Abdukhakimova Kh. Biogeochemistry Properties of Calcisols and Capparis Spinosa L. //International Journal of Modern Agriculture, Volume 10. No.1. 2021. P. 94-101. (Web of Sciences).

13. Хайдаров М.М., Турдалиев А.Т., Саминов А.А.У. Энергетические особенности аминокислот в светлых сероземах // Тенденции развития науки и образования. -2021. - № 80-3. - С. 45-47. - DOI 13.18411/trnio-12-2021-121.

14. Турдалиев А.Т., Аскаров К.А., Мирзаев Ф.А.У. Морфологические особенности орошаемых почв Центральной Ферганы //Почвы и окружающая среда. - 2019. - Т. 2. №3. С. 56-61.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.