Научная статья на тему 'PENSIYA TIZIMI SAMARADORLIGINI BAHOLASH MEZONLARI'

PENSIYA TIZIMI SAMARADORLIGINI BAHOLASH MEZONLARI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Pensiya / pensiya tizimi samaradorligi / ko‘p darajali pensiya dasturlari / global pensiya indeksi / keksa yoshlilarga bog‘liqlik koeffitsienti / demografiya. / Pension / pension system efficiency / multi-pillar pension schemes / global pension index / old-age dependency ratio / demography.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Nargiza Baxodirovna Abdulazizova

Maqolada Pensiya tizimi samaradorligini baholash mezonlari, ularga ta’sir etuvchi omillar yoritib berilgan. Pensiya tizimi barqarorligi va samaradorligini oshirishda ko‘p darajali pensiya modellari haqida bayon qilingan. Shuningdek, global pensiya indeksini baholash mezonlari ko‘rib chiqilgan. Bundan tashqari, pensiya rejalarini baholash tamoyillari tahlil qilingan. Olingan ma’lumotlarga asoslanib yechimlar va xulosalar bayon etildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

CRITERIA FOR ASSESSING EFFICIENCY OF THE PENSION SYSTEM

The article outlines the criteria for assessing the efficiency of the pension system and the factors affecting it. Multi-level pension models to improve the stability and efficiency of the pension system are outlined. The criteria for assessing the global pension index are also considered. In addition, the principles of pension plan valuation have been analyzed. Based on the information obtained, solutions and conclusions were outlined.

Текст научной работы на тему «PENSIYA TIZIMI SAMARADORLIGINI BAHOLASH MEZONLARI»

PENSIYA TIZIMI SAMARADORLIGINI BAHOLASH MEZONLARI

Nargiza Baxodirovna Abdulazizova

O 'zbekiston Respublikasidagi Yaponiya Elchixonasi iqtisodiy hamkorlik bo 'limi xodimi E-mail: n. abdulazizova91 @mail.ru

Annotatsiya: MaqoladaPensiya tizimi samaradorligini baholash mezonlari, ularga ta 'sir etuvchi omillar yoritib berilgan. Pensiya tizimi barqarorligi va samaradorligini oshirishda ko'p darajali pensiya modellari haqida bayon qilingan. Shuningdek, global pensiya indeksini baholash mezonlari ko 'rib chiqilgan. Bundan tashqari, pensiya rejalarini baholash tamoyillari tahlil qilingan. Olingan ma 'lumotlarga asoslanibyechimlar va xulosalar bayon etildi.

Kalit so'zlar: Pensiya, pensiya tizimi samaradorligi, ko 'p darajali pensiya dasturlari, global pensiya indeksi, keksa yoshlilarga bog 'liqlik koeffitsienti, demografiya.

CRITERIA FOR ASSESSING EFFICIENCY OF THE PENSION SYSTEM

Nargiza Baxodirovna Abdulazizova

Embassy of Japan in the Republic of Uzbekistan Economic Co-operation Officer E-mail: n. abdulazizova91 @mail.ru

Annotation: The article outlines the criteria for assessing the efficiency of the pension system and the factors affecting it. Multi-level pension models to improve the stability and efficiency of the pension system are outlined. The criteria for assessing the global pension index are also considered. In addition, the principles of pension plan valuation have been analyzed. Based on the information obtained, solutions and conclusions were outlined.

Keywords: Pension, pension system efficiency, multi-pillar pension schemes, global pension index, old-age dependency ratio, demography.

КРИТЕРИИ ОЦЕНКИ ЭФФЕКТИВНОСТИ ПЕНСИОННОЙ СИСТЕМЫ

Наргиза Бахадировна А бдулазизова

Посольство Японии в Республике Узбекистан Сотрудник отдела экономического сотрудничества

E-mail: n. abdulazizova91@mail.ru

Аннотация: В статье изложены критерии оценки эффективности пенсионной системы и факторы, влияющие на них. Обозначены многоуровневые пенсионные модели для повышения стабильности и эффективности пенсионной системы. Также рассмотрены критерии оценки глобального пенсионного индекса. Кроме того, проанализированы принципы оценки пенсионных планов. На основе полученной информации были намечены решения и выводы.

Ключевые слова: Пенсия, эффективность пенсионной системы, многоуровневые пенсионные программы, глобальный пенсионный индекс, коэффициент зависимости от пожилых, демография.

Kirish

B

u

g

u

n

g

i k

u n d a d a v l a t

b

e n s i

y Uslublar

a Tadqiqotda asosan analiz, sintez, statistik ma'lumotlar tahlilidan foydalanildi. fßhuningdek, ilmiy-tadqiqot institutlarining pensiya tizimiga doir tahliliy ma'lumotlari,

^ ww.sharqjumali.uz

z

i

m

"XXI аср: фан ва таълим масалалари" илмий электрон журнали. №1, 2024 йил ISSN: 2181-9874 SJIF 2022: 6.698

xalqaro ilmiy nashrlar bazalari ma'lumotlari tahlilidan iborat bo'ldi.

Natijalar

Jahon mamlakatlarida, samaradorligi tushib borayotgan milliy pensiya tizimlari holatini yaxshilash va byudjet xarajatlari miqorini kamaytirish va shu orqali davlat byudjeti defitsiti hajmlarini qisqartirish maqsadida hukumatlar ikki muqobil yo'ldan birini tanlashga majbur bo'lmoqdalar:

• Pensiya fondlari daromad qismlarida tushumlar hajmini ko'paytirish, ya'ni ijtimoiy sug'urta badallari miqdorini oshirish siyosati;

• Ishlayotgan aholi sonini qisqartirmagan holda pensionerlar sonini qisqartirish siyosati. Ya'ni, aholini pensiyaga chiqish yoshini qonun asosida belgilangan muddatlarini uzaytirish natijasida mamlakatdagi pensionerlar sonini nisbatan qisqartirishga harakat qilish.

Turli rivojlanish darajasidagi mamlakatlar Pensiya tizimini tanlashdagi asosiy omillari sifatida quyidagilar ko'rsatiladi: YalM hajmi, aholi jon boshiga to'g'ri keluvchi YaIM miqdori, Davlat byudjeti daromadlari, inflyatsiya darajasi, aholi daromadlari darajasi, davlat fuqarolarining turmush darajasi va holati, qimmatli qog'ozlar bozori holati va kredit tizimi. Aynan shu iqtisodiy-ijtimoiy omillar mamlakatning u yoki bu pensiya modelini tanlashi va imkoniyatlardan kelib chiqqan holda, pensiya tizimi islohotlarini amalga oshirishiga ta'sir ko'rsatadi.

Albatta, pensiya tizimi barqarorligiga tashqi va ichki omillar doimiy ravishda ta'sir ko'rsatib turishi tabiiy. Pensiya tizimi samaradorligini baholash uchun qator ko'rsatkichlar holatini tahlil qilish lozim. Shunday ko'rsatkichlarga quyidagilar kiradi:

• Keksa yoshlilarga bog'liqlik koeffitsienti;

• Umumiy pensiya ta'minoti uchun joriy xarajatlar YalMga nisbatan foizlarda;

• Pensionerlar ichida kambag'allik riski darajasi, 65 yoshdan yuqori bo 'lgan keksalarning median nisbiy daromadi, qoplash koeffitsientining jamlanmasi,

• 55-64 yoshdagilarning bandlik darajasi, 65-74 yoshdagilarning bandlik darajasi, pensiyaga chiqishning o 'rtacha samarali yoshi1.

Yuqorida sanab o'tilgan ko'rsatkichlar Yevrostat ma'lumotlar bazasidan tanlab olingan bo'lib, ular mos samaradorlik ko'rsatkichlarini yaratishning boshlang'ich nuqtasi hisoblanadi. Keksa yoshlilarga bog'liqlik koeffitsienti davlatning pensiya islohotlarini amalga oshirishga eng muhim turtki bo'ladi. Demografiya aslida pensiya tizimi va uning moliyaviy barqarorligi uchun muammo emas. Muammo fan va ta'lim rivojlanishi hisobiga uzoq va sog'lom yashayotgan hamda mehnat bozorini kech tark etayotgan insonlar, uning iqtisodiy ta'minotini o'ylamaganliklaridadir. Demografiya

1 Chybalski, F. The Multidimensional Efficiency of Pension System: Definition and Measurement in Cross-Country

Studies. Soc Indic Res 128, 15-34 (2016).

www.sharqjumali.uz

"XXI аср: фан ва таълим масалалари" илмий электрон журнали. №1, 2024 йил ISSN: 2181-9874 SJIF 2022: 6.698

tashqi, qolganlari esa ichki tasir omili hisoblanadi. Samarali pensiya tizimlari esa, demografik o'zgarishlarga chidamli bo'lishi lozim.

Dunyo pensionerlarining holati qanchalik yaxshilanib yoki yomonlashib turganini monitoring qiluvchi Natixis Investment Managers va CoreData Research tomonidan ishlab chiqilgan Global Retirement Index (GRI) ko'rsatkichi mavjud bo'lib, u 2012 yildan beri Xalqaro valyuta fondiga kiruvchi taraqqiy etgan mamlakatlar, OECDga a'zo davlatlar va BRICS mamlakatlarini qator ko'rsatkichlar asosida doimiy baholab turadi. Unga ko'ra 190 ta davlat jami 18 ta ko'rsatkichni 4 guruhga birlashtirgan holda baholanadi. Ya'ni, quyida ko'rsatilgan asosiy 4 indeks orqali mamlakatlar pensiya holati monitoring qilinadi:

Jadval 1

Global Pensiya Indeksini baholash mezonlari2_

Pensiyada moliya Moddiy farovonlik Salomatlik Hayot sifati

-qarilarga -daromadlar -umr davomiyligi; -baxtlilik darajasi;

bogliqlik ; tengligi; -sogliqni saqlash -havo sifati;

-bankning -aholi jon boshiga uchun aholi jon -sanitariya va suv

ishlamaydigan to'g'ri keluvchi boshiga xarajatlar; taminoti;

kreditlari; daromad; -sugurtasiz -ekologik omillar;

-inflyatsiya; -ishsizlik sog'liqqa -bioxilma-xillik va

-foiz stavkasi; xarajatlar yashash joylari.

-soliq bosimi;

-boshqaruv;

-davlat qarzdorligi

Mazkur indeksga ko'ra, 2023 yilda Norvegiya, Shveytsariya, Islandiya, Irlandiya, Lyuksemburg, Niderlandiya kabi davlatlar yetakchilik qildi. Demak, yuqoridagi indekslar bo'yicha tahlil qiladigan bo'lsak, bugungi kun pensionerlar holati nafaqat moddiy farovonlikka balki salomatlik va hayot sifati ko'rsatkichlari asosida ham aniqlanadi.

Jahon amaliyotida pensiya dasturlarini baholash mezonlari mavjud bo 'lib, ular barcha uchun yetarli pensiyalarni hamda teng imkoniyatlarni taqdim etishi, adolatli va mustahkam bo'lishi lozim. Aynan shu tamoyillar asosiga qurilgan pensiya tizimlari samarali hisoblanadi (Jadval 2).

Jadval 2

Pensiya dasturlarini baholash mezonlari3

2 2023 Natixis global retirement index P.18

3 Nomura Institute of Capital Markets Research, based on Holzmann, Hinz and Dorfman (2008) www.sharqjumali.uz

Yetarlilik - muayyan mamlakatda aholining barcha qatlamlari uchun keksalikdagi kambag'allikning oldini olish uchun yetarli darajada nafaqa berish; - Ko'pchilik aholi uchun hayot davomida iste'molni barqarorlashtirish uchun ishonchli vositasini taqdim etish;

Imkoniyat - Jismoniy shaxslar va jamiyatning moliyalashtirish imkoniyatlari doirasida tizim; - Boshqa ijtimoiy yoki iqtisodiy imperativlarni nomunosib holatda ko'chirmaydigan va boshqarib bo'lmaydigan moliyaviy oqibatlarga olib kelmaydigan tizim;

Barqarorlik - Yaqin kelajakda oqilona prognozlar orqali saqlab turish mumkin bo'lgan moliyaviy barqarorlik

Tenglik - bir xil badallar sharoitida bir xil foyda bilan ta'minlash; - daromadlarni teng taqsimlashni ta'minlash;

Bashoratlilik - nafaqa formulasi siyosatchilar yoki boshqaruvchilar ixtiyoridan kelib chiqib emas qonun bilan belgilanishi; - o'rnatilgan to'lovlar sxemasini inflyatsiyadan himoyalash; - nafaqa pensiyaga chiqish davrida avtomatik indekslanishi;

Mustahkam -o'zgaruvchan iqtisodiy, demografik va siyosiy shoklarga chidam beradigan mustahkam tizim.

Jahon bankining so'nggi o'n yil ichidagi kuzatuvlariga ko'ra, dunyo mamlakatlarida amalga oshirilayotgan pensiya tizimi islohotlari avval boshida 3 ta komponentdan: a) majburiy jamg'ariluvchi davlat o'rnatilgan to'lovlari; b) xususiy ishonchli tashkilot boshqaruvidagi majburiy jamg'ariluvchi o'rnatilgan to'lovlar; c) ixtiyoriy individual pensiya hisoblari tizimidan iborat bo'lgan bo'lsa, hozirda ularga yana 2 ta yangi komponent: d) bazaviy ("0" nol) darajadagi kambag'allikni qisqartirish bo'yicha komponent; e) nomoliyaviy (to'rtinchi) element ya'ni ijtimoiy himoyani kengroq miqyosda amalga oshirishni kozda tutuvchi: oilaviy yordam, sogliqni saqlash xizmatlaridan foydalanish imkoniyati, turar joy bilan ta'minlash kabilar qo'shildi. Ko'p darajali tizim afzalligi, bir-biri bilan uyg'unlikda qo'llanganda jamiyat a'zolariga ijobiy samara beruvchi turli xarakteristikaga ega, bir qator elementlarni tizimga qo'shish orqali risklarni minimallashtirishdan iborat. (Jadval 1)

Jadval 1

Besh darajali Pensiya dasturlari_

Daraja "0" - jamg'arilmaydigan, universal qamrov -asosiy pensiya yoki universal yordam

Daraja 1 - majburiy ishtirok - davlat pensiya dasturi

Daraja 2 - majburiy ishtirok - kasbiy yoki xususiy pensiya dasturlari - to liq moliyalashtiriladigan o'rnatilgan badallar yoki to liq moliyalashtiriladigan o'rnatilgan to'lovlar rejasi

Daraja 3 - ixtiyoriy ishtirok - kasbiy yoki xususiy pensiya dasturlari - to liq moliyalashtiriladigan o'rnatilgan badallar yoki to liq moliyalashtiriladigan o'rnatilgan to'lovlar rejasi

Daraja 4 - Norasmiy qo'llab-quvvatlash (oila), boshqa rasmiy ijtimoiy dasturlarga kirish (sog'liqni saqlash) - Boshqa alohida moliyaviy va moliyaviy bo'lmagan aktivlar (uy-joyga egalik qilish)

Shuningdek, pensiya islohotlarini amalga oshirishda davlat bosh islohotchi sifatida iqtisodiyotning asosiy 3 guruh segmenti: kambag'allar, norasmiy sektorda bandlar va davlat ishchilarining pensiya ta'minotini kafolatlashi lozim. Demak, pensiya islohotini amalga oshirishda davlat aralashuvi kambag'allikni qisqartirish va daromadlarni adolatli taqsimlash orqali izohlanadi. Davlat aralashuvisiz moliya bozori ham rivojlanmaydi, shu sababdan ham davlat pensiya ta'minoti bilan bog'liq munosabatlarni tartibga solishda davlat bosh ishtirokchi sifatida namoyon bo 'ladi.

80 ta mamlakatda pensiya islohotlarini amalga oshirishda ishtirok etgan Jahon Banki ekspertlarining xulosasiga ko'ra, ko'p komponentli pensiya tizimlari demografik, iqtisodiy va siyosiy risklarga duch keladigan har qanday pensiya tizimlarining kambag'allikni qisqartirish, aholi daromadlarini adolatli taqsimlash kabi masalalarini hal qilishda samarali hisoblanadi. Jahon Banki ko'p komponentli pensiya tizimining eng optimal yechimi sifatida esa (ayniqsa "0"darajasi mavjud va majburiy va ixtiyoriy jamg'ariluvchi komponentdan tashkil topgan), belgilangan badallar yoki ularsiz shartli jamg'ariluvchi komponentdan tashkil topgan tizimga o'tishni tavsiya qiladi, chunki mutaxassislar aynan shu variant yuqorida sanab o'tilgan uchta guruh talablarini to'laqonli hisobga oladi deb hisoblaydi.

Islohotlarni tahlil qilish orqali bir komponentlidan ko'ra ko'p komponentli pensiya tizimlari demografik, iqtisodiy va siyosiy risklarga duch keladigan har qanday pensiya tizimlarining kambag'allikni qisqartirish, aholi daromadlarini adolatli taqsimlash kabi masalalarini hal qilishda egiluvchan ekanligini tushunish mumkin.

Muhokama

Pensiya daromadlari rejimlari xilma-xil bo'lib, ko'pincha turli xil sxemalarni o'z ichiga oladi. Jahon amaliyotida pensiya tizimining universal guruhlanish modeli mavjud emas. Biroq Jahon Banki tomonidan taklif etilgan pensiya tizimini "darajalar" bo'yicha guruhlanishi bugungi kunda keng tarqalgan. Ushbu tizim tuzilishi ikkita

"XXI aср: фaн Ba тaълим мaсaлaлaри" илмий электрон журнaли. №1, 2024 йил ISSN: 2181-9874 SJIF 2022: 6.698

majburiy "daraja" dan iboratdir. Birinchisi, ishlagan davrdagi daromad darajasidan qat'iy nazar, pensiya daromadini yaratadi, ikkinchisi esa daromad bilan bog'liq komponentlarni qamrab oladi. Ixtiyoriy pensiya ta'minoti tizimlari esa shaxsiy yoki ish beruvchi tomonidan amalga oshirilib, uchinchi darajani tashkil qiladi. Bunda 2 va 3 darajalar davlatga tegishli va xususiy bo'lishi mumkin.

Bazaviy pensiyalar ikki xil shaklda bo'lishi mumkin: Turar joyiga ko'ra nafaqa yoki faqat o'z ish faoliyati davomida hissa qo'shganlar uchun beriladigan nafaqa. Nafaqa miqdori rezidentlik yillari yoki to'lagan badallariga qarab farq qilishi mumkin, ammo oylik maosh miqdoriga bog'liq bo'lmaydi. Misol tariqasida Osiyo davlatlaridan faqat Tailandda bo'lajak pensionerlar uchun turar joyiga qarab bazaviy pensiya mavjud bo'lib, nafaqa miqdori yoshga qarab o'zgaradi. Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotiga a'zo mamlakatlardan ikkitasi shunday sxemaga ega, ya'ni Kanada va Yangi Zelandiya.

Barcha Osiyo mamlakatlarida majburiy ikkinchi ustun daromad bilan bog'liq pensiyalar mavjud, Yangi Zelandiya bunday tizimga ega bo'lmagan yagona davlatdir. U yerda to ' rt turdagi sxemalar mavjud.

Osiyo iqtisodiyotlarining hech birida pensiyani hisoblash ball tizimi mavjud emas. OECD mamlakatlari orasida faqat Fransiyada bunday tizim mavjud. Ishchilar o'z ish haqi asosida pensiya ballini to'plab boradilar. Pensiyaga chiqqanda, pensiya ballari miqdori pensiya ballari qiymatiga ko'paytirish orqali pensiya to'loviga aylantiriladi.

Xalqaro yondashuvlar va pensiya islohoti bo'yicha tajriba almashinuvi kelajakdagi islohotlarni ishlab chiqish va amalga oshirish uchun qimmatli saboqlar berishi mumkin. Biroq, o'ziga xos institutsional, texnik va huquqiy jihatlarni hisobga olgan holda, milliy pensiya tizimlarining faoliyatini taqqoslash har doim ham oson emas. Lekin, milliy pensiya siyosatining birlamchi maqsadlaridan bo'lgan keksalikdagi kambag'allikni oldini olish uchun mamlakatlar turli chora-tadbirlarni amalga oshiradilar. Dunyo miqyosida qariyalarning o'rtacha 80% ga yaqinida pensiya olish imkoniyati mavjud emas4. Shu bois, keksalarni ijtimoiy himoya qilish ko'plab rivojlanayotgan mamlakatlarda tobora dolzarb masalaga aylanib bormoqda.

Xulosa va takliflar

Jahon tajribasida mavjud turli pensiya sxemalari va modellarini tahlil qilish orqali xulosa qilib shuni aytish mumkinki, pensiya tizimi samaradorligiga ta'sir etuvchi demografik omil aslida davlat byudjetiga katta muammo keltirib chiqarmaydi. Muammo iqtisodiy faol aholi pensiya ta'minoti tizimi daromadlarini yaratishda ishtirok etmasliklaridadir. Pensiya dasturlari samarali ishlashi uchun yetarlilik, barqarorlik, tenglik, bashoratlilik, mustahkamlik kabi tamoyillardan kelib chiqib ishlab

4 ILO 2010a; Holzmann, Robalino va Takayama 2009 www.sharq' urnali.uz

"XXI аср: фан ва таълим масалалари" илмий электрон журнали. №1, 2024 йил ISSN: 2181-9874 SJIF 2022: 6.698

chiqilishi lozim. Qariyalarning pensiya olish imkoniyatini kengaytirish va tizim bilan qamrab olish, ularni keksalikdagi kambagallikdan himoya qilish uchun Jahon banki tomonidan kambag'allikni qisqartirish bo'yicha komponent va nomoliyaviy shakldagi ijtimoiy himoya komponenti pensiya dasturlariga qo'shildi. Hozirda jahon mamlakatlarida olib borilayotgan pensiya islohotlarining mohiyati ish beruvchi va ishchi orasidagi munosabatlarni tubdan o'zgartirishga qaratilgan bo'lib, bunda keksalikdagi pensiya ta'minoti bo'yicha ishchilarning o'z ma'suliyatini oshirish hamda ish beruvchilarning sug'urta to'lovlarini amalga oshirishga doir ma'suliyatini kuchaytirish nazarda tutiladi. Demak, moliyalashtirish manbalari diversifikatsiyalashgan arxitekturaga ega bo'lgan, gibrid shakldagi pensiya dastur va sxemalari pensiya tizimlarining samarasini oshirishga xizmat qiladi.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. Chybalski, F. The Multidimensional Efficiency of Pension System: Definition and Measurement in Cross-Country Studies. Soc Indic Res 128, 15-34 (2016). https://doi.org/10.1007/s11205-015-1017-3

2. Mercer CFA Institute Global Pension Index 2023. https://rpc .cfainstitute. org/-/media/documents/article/industry-research/mercer-cfa-insitute-global-pension-index-2023.pdf

3. Thinking ahead Institute. Global Pension Assets Study 2024. https://www.thinkingaheadinstitute.org/content/uploads/2024/02/GPAS-2024.pdf

4. ILO 2010a; Holzmann, Robalino va Takayama 2009

5. Эрхонова, М., Турсунов, Б., Ёдгоров, С., & Саидмуродов, Ф. (2024). Совершенствование пенсионной системы в Узбекистане на основе рекомендаций Международного Валютного Фонда. Modern Science and Research, 3(5). https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/32709

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.