Научная статья на тему 'Milliy pensiya taʼminoti tizimini isloh etishning xorij tajribasi (Kanada pensiya tizimi misolida)'

Milliy pensiya taʼminoti tizimini isloh etishning xorij tajribasi (Kanada pensiya tizimi misolida) Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
307
80
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and Education
Область наук
Ключевые слова
pensiya tizimi / pensiya taʼminoti / Kanada pensiya tizimi / Keksa yoshdagilarni himoyalash (Old Age Security OAS / Kanada pensiya dasturi (The Canada Pension Plan CPP) va Xususiy pensiya dasturi (Individual Pension Plan IPP) dasturlar / pensiya fondlari / Bazis pensiya / kanadalik pensionerlar / daromadlilik normalari

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Shirin Amonullayevna Shermuxamedova

Maqolada pensiya tizimiga iqtisodchilarni bergan taʼriflari keltirilgan. Jahon mamlakatlari pensiya taʼminoti tizimini oʼrganish ilmiy ishimiz asosi boʼlgani uchun oʼyekt sifatida Kanada pensiya tizimi olindi. Bunda Kanada pensiya taʼminoti tizimi tarkibi, Kanada pensiya taʼminoti tizimida amal qilayotgan dasturlar, OAS dasturi pensiya turlari, Kanada pensiya taʼminoti tizimida faoliyat olib borayotgan pensiya fondlariga xos xususiyatlar, Kanada pensiya tizimiga taʼsir etuvchi demografik oʼzgarishlar dinamikasi, Bazis pensiyalarning kanadalik pensionerlar uchun daromadlilik normalarining oʼzgarishi prognozlari koʼrib chiqilgan hamda ushbu koʼrib chiqilgan mavzu yuzasidan xulosa shakllantirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «Milliy pensiya taʼminoti tizimini isloh etishning xorij tajribasi (Kanada pensiya tizimi misolida)»

Milliy pensiya ta'minoti tizimini isloh etishning xorij tajribasi

(Kanada pensiya tizimi misolida)

Shirin Amonullayevna Shermuxamedova Toshkent moliya instituti

Annotatsiya: Maqolada pensiya tizimiga iqtisodchilarni bergan ta'riflari keltirilgan. Jahon mamlakatlari pensiya ta'minoti tizimini o'rganish ilmiy ishimiz asosi bo'lgani uchun o'yekt sifatida Kanada pensiya tizimi olindi. Bunda Kanada pensiya ta'minoti tizimi tarkibi, Kanada pensiya ta'minoti tizimida amal qilayotgan dasturlar, OAS dasturi pensiya turlari, Kanada pensiya ta'minoti tizimida faoliyat olib borayotgan pensiya fondlariga xos xususiyatlar, Kanada pensiya tizimiga ta'sir etuvchi demografik o'zgarishlar dinamikasi, Bazis pensiyalarning kanadalik pensionerlar uchun daromadlilik normalarining o'zgarishi prognozlari ko'rib chiqilgan hamda ushbu ko'rib chiqilgan mavzu yuzasidan xulosa shakllantirilgan.

Kalit so'zlar: pensiya tizimi, pensiya ta'minoti, Kanada pensiya tizimi, Keksa yoshdagilarni himoyalash (Old Age Security - OAS, Kanada pensiya dasturi (The Canada Pension Plan - CPP) va Xususiy pensiya dasturi (Individual Pension Plan -IPP) dasturlar, pensiya fondlari, Bazis pensiya, kanadalik pensionerlar, daromadlilik normalari

Foreign experience of the reform of the national pension system (in the case of the Canadian pension system)

Shirin Amonullayevna Shermukhamedova Tashkent Financial Institute

Abstract: The article presents the definitions given by economists to the pension system. Since the study of the pension system of world countries is the basis of our scientific work, the Canadian pension system was taken as an object. This includes the composition of the Canadian pension system, programs operating in the Canadian pension system, types of OAS program pensions, characteristics of pension funds operating in the Canadian pension system, dynamics of demographic changes affecting the Canadian pension system, forecasts of changes in the rate of return of basic pensions for Canadian pensioners. was considered and a conclusion was formed on this topic.

Keywords: pension system, pension provision, Canadian pension system, Old Age Security (OAS, The Canada Pension Plan - CPP) and Individual Pension Plan

(IPP) programs, pension funds, Basic Pension, Canadian Pensioners, Income Standards

Kirish

Samarali pensiya islohotlari rivojlanayotgan mamlakatlardagi makroiqtisodiy holatni tubdan yaxshilash imkonini yaratishi mumkin. Pensionerning minimal turmush darajasini ta'minlab bera oladigan minimal pensiyani joriy etish, mehnat faoliyati davomida to'langan badallar va pensiya miqdori o'rtasida bevosita bog'liqlikni ta'minlash, pensiya to'lovlarini moliyalashtirish manbalarini tabaqalashtirishdan iborat bo'lgan pensiya ta'minoti tizimini yaratish uchun isohotlarni amalga oshirish mavzuning dolzarbliligini belgilab beradi.

Adabiyotlar sharhi

Iqtisodchi olimlar tomonidan aholini ijtimoiy himoyalash, xususan pensiya tizimini islox qilish yuzasidan bir qancha tadqiqotlar olib borilgan. Aholini ijtimoiy himoyalashni turli iqtisodchi olimlarning qarashlari, pensiya tushunchasini nazariy asoslarini chuqur o'rganishga harakat qilamiz.

Jahon tajribasi ko'rsatishicha, pensiya ta'minoti tizimi - bozor iqtisodiyoti sharoitida fuqarolarni qarilik, kasallik, mehnat qobiliyatini to'la yoki qisman yo'qotish, boquvchisini yo'qotganlik, ishsizlik holatlarida moddiy ta'minlanishlariga bo'lgan konstitusion huquqlarini ro'yobga chiqarishni ta'minlashi lozim bo'lgan asosiy ijtimoiy himoya institutlaridan biridir. Olinadigan mablag'lar miqdori sug'urta (mehnat) staji davomiyligi, ish haqi miqdori, mehnat qobiliyatini yo'qotganlik darajasiga bog'liq bo'ladi va qonun asosida tartibga solinadi.1

Jahon amaliyoti pensiya tizimining avlodlar birdamligi hamda jamg'arish tizimiga asoslangan turlari farqlanadi. O'zbekiston pensiya tizimi ushbu ikki tizimga asoslangan.2

Pensiya tizimi - ijimoiy, iqtisodiy va huquqiy institutlarni birlashtiruvchi organizm bo'lib, u jamiyatning turli ijtimoiy qatlamlarining manfaatlarini qondirish uchun mo'ljallangan. Pensiya tizimi - bu ijtimoiy himoya va ijtimoiy yordamning bir ko'rinishidir.3

Pensiya tizimi - bu iqtisodiy va ijtimoiy munosabatlar bog'langan sohadir. Uning faoliyati ichki va tashqi faktorlarga bog'liq. Shu bilan birga pensiya tizimini o'zi jamiyat xayotining turli jarayonlariga, jumladan ishchi kuchini ishlab chiqarishga har

1 Ли А. Узбекистан Республикаси молия хукуки: Юридик олий укув юртлари учун дарслик. - T.: "TDYU", 2006. 241-Б.

2 Вахабов А.В. Пенсия тизимининг молиявий баркарорлигини таъминлаш муаммолари. "Пенсия тизимининг молиявий баркарорлигини таъминлаш ва самарадорлигини ошириш" мавзусида республика илмий-амалий конференция. - Toshkent.: "Universitet". 2017. - B. 21-27.

3 Турсунов Ж.П., Жумабаева К.Б. Узбекистонда пенция таъминоти тизими: бугунги холат ва ривожланиш истикболлари. // Фундаментал тадкикотлар. № 1 (2023) Б. 25-33

tomonlarma ta'sir ko'rsatadi.4

Tadqiqot metodologiyasi

Tadqiqotning asosiy maqsadi O'zbekiston pensiya tizimi va amaldagi holati tahlili natijalari asosida ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqish uchun ilmiy xulosalar qilishdan iborat. Ushbu maqolaning nazariy va uslubiy asosi sifatida umumiqtisodiy adabiyot hamda ilmiy maqolalar, iqtisodchi olimlarning pensiya tizimi islox qilish bo'yicha izlanishlari, olimlar va soha vakillari bilan suhbat, ularning yozma va og'zaki fikr-mulohazalarini tahlil qilish, ekspert baholash, jarayonlarni kuzatish, iqtisodiy hodisa va jarayonlarga tizimli yondashuv asosida xulosa, taklif va tavsiyalar berilgan. Mavzuni o'rganish jarayonida taqqoslash, nazariy va amaliy materiallarni jamlash hamda tizimli tahlil kabi usullar qo'llanilgan.

Tahlil va natijalar

Iqtisodiy nuqtai nazardan pensiya sug'urtasi dasturlari tizimi bir tarafdan ish haqi olmayotgan pensiya yoshidagi aholining keksalikdagi daromad manbai hisoblansa, ikkinchi tarafdan u keksa aholi qatlamlarining xarid qobiliyati paritetini qo'llab-quvvatlovchi funktsiyani bajaradi. Keynschilar fikrlariga ko'ra pensiya nafaqalari mamlakat iqtisodiyotida talabni jonlantiruvchi omil bo'lib, u keksa aholi qatlamlarining iste'mol tovarlari va xizmatlariga bo'lgan talabini qondirishga yo'naltirilgan hisoblanadi.

Jahon mamlakatlari pensiya ta'minoti tizimini o'rganishda Kanada pensiya tizimi muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Ushbu tizim 1951-yildan buyon mamlakatda shakllanishni boshladi. Hozirda mamlakat pensiya ta'minoti tizimi turli darajadagi dasturlar asosida amal qilib kelmoqda. Bugungi kunda Kanadada aholisining o'rtacha umr ko'rish uzunligi 82 yoshga teng bo'lsa, kanadaliklar uchun pensiyaga chiqish yoshi 65 yosh etib belgilangan. Mamlakat pensiya ta'minoti tizimida uch turdagi pensiya ta'minoti dasturlari amal qilib, ular qatoriga "Keksa yoshdagilarni himoyalash (Old Age Security - OAS)", "Kanada pensiya dasturi (The Canada Pension Plan -CPP)" va "Xususiy pensiya dasturi (Individual Pension Plan - IPP)" dasturlarini kiritish mumkin bo'ladi.

Kanada pensiya ta'minoti tizimi tarixiga nazar soladigan bo'lsak, ilk bor pensiya ta'minoti dasturlarining vujudga kelishi 1951 yildan boshlangan bo'lib, mazkur davrda 70 yoshga to'lgan mamlakatdagi keksa aholini munosib turmush darajasi bilan ta'minlash va ularning ijtimoiy muhtojlik holatlarini oldini olish maqsadida "Keksa yoshdagilarni himoyalash (OAS)" dasturi joriy etildi. 1960 yilga kelib mazkur xizmatdan foydalanish uchun fuqarolar yoshi 65 yosh bo'lishlari lozimligi belgilab berildi. Mazkur pensiya ta'minoti tizimi avlodlar birdamligi tamoyili asosida faoliyat yuritib, 1970 yilda bitta pensionerga yettita ishchi to'g'ri kelgan bo'lsa, 1990 yilga

4 Мажидов Н. М. и др. Перспективы пенсионной системы в Узбекистане. // Человеческий капитал и профессиональное образование № 2 (22) 2017

kelib ushbu ko'rsatkich bitta pensionerga ikkita ishchi to'g'ri keladigan ko'rsatkichga tushib qoldi.5

OAS pensiya dasturi asosida to'lanadigan pensiya to'lovlari to'rt guruhdan tashkil topgan bo'lib, ular keksa yoshdagilarni himoyalash pensiyasi (Old Age Security Pensions), xalqaro pensiyalar (International Benefits), kafolatlangan qo'shimcha daromad (Guaranted Income Supplement) va ijtimoiy nafaqalar dasturi (Allowance program) nafaqalaridan iborat hisoblanadi.

Keksa yoshdagilarni himoyalash (Old Age Security)

Kanada pensiya dasturi (The Canada Pension Plan.)

Xususiy pensiya dasturi (Individual Pension Plan)

2-rasm. Kanada pensiya ta'minoti tizimi tarkibi6

Amaldagi qonunchilikka asosan pensionerning OAS dasturi asosida oladigan pensiya to'lovi miqdori Kanada hududida pensionerning qancha muddatda yashashi va har to'liq 20 yil uchun pensiya to'lovi hisoblanishi belgilab qo'yilgan. Pensionerdan mazkur tizim asosida pensiyaga chiqishi uchun 40 yillik mehnat staji talab etiladi. OAS dasturi qonunchiligiga ko'ra, mazkur dastur keksa yoshdagi aholini minimal pensiyalar bilan ta'minlaydi va fuqaro 20 yillik mehnat stajiga va mamlakat fuqaroligiga ega bo'lsa, u taqdirda pensiya nafaqasining 50 foiziga teng bo'lgan miqdordagi qismi to'lab beriladi. Agarda fuqaro 18 yoshga to'lgandan so'ng Kanada fuqarosi sifatida mamlakatda 40 yil istiqomat qilgan bo'lsa, unga to'liq miqdordagi pensiya miqdori tayinlanadi. Agar fuqaro 18 yoshga to'lgandan so'ng mamlakat hududida 20 yil istiqomat qilib, keyinchalik u pensiya yoshiga yetganda boshqa mamlakatga ko'chib o'tadigan bo'lsa ham unga mamlakatda istiqomat qilgan 20 yili uchun OAS pensiya to'lovi to'lab beriladi.

OAS pensiya dasturi asosida to'lanadigan pensiya to'lovlari to'rt guruhdan tashkil topgan bo'lib, ular keksa yoshdagilarni himoyalash pensiyasi (Old Age Security Pensions), xalqaro pensiyalar (International Benefits), kafolatlangan qo'shimcha daromad (Guaranted Income Supplement) va ijtimoiy nafaqalar dasturi (Allowance program) nafaqalaridan iborat hisoblanadi.

Keksa yoshdagilarni himoyalash pensiyasi barcha kanadaliklar uchun to'lanadigan pensiya nafaqasi hisoblanadi. Ushbu pensiya nafaqasini olish uchun

5 Canada, Office of the Superintendent of Financial Institutions (1998). Canada Pension Plan, Seventeenth Actuarial Report. Government of Canada. http://www.osfi-bsif.gc.ca/Eng/Docs/cpp17.pdf

6 A.V.Vaxobov, Sh.X.Xajibakiyev, B.B.Baxtiyorov, "Pensiya tizimini rivojlantirishning xorij tajribasi". "Iqtisod-Moliya" 2018

pensioner mehnat faoliyati davrida pensiya fondlariga sug'urta badalini to'lab borishi va yuqoridagi talablarni bajarishi talab etiladi.

3-rasm. OAS dasturi pensiya turlari7

Xalqaro nafaqalarni olish uchun pensioner 65 yoshdan oshgan bo'lishi va boshqa mamlakatga ma'lum bir muddatga ko'chib ketgan bo'lishi lozim. Bunda uning pensiya to'lovlari fuqaro ko'chib o'tgan mamlakatning davlat pensiya ta'minoti fondi yoki tegishli bank muassasalariga pul o'tkazish yo'li bilan o'tkazilib beriladi. Agarda fuqaro boshqa mamlakat fuqaroligini oladigan bo'lsa, ushbu pensiya olish huquqidan mahrum bo'ladi.

Kafolatlangan qo'shicha daromad pensiyasini olish uchun fuqaro OAS pensiyasi sug'urta badaliga qo'shimcha o'zi istagan miqdorida sug'urta badali to'lab borishi talab etiladi. Bu aholi pensiya yoshiga yetganda pensiya to'loviga ustama olish huquqini beradi. Pensioner oladigan ustama uning to'lab borgan qo'shimcha badallari hajmidan kelib chiqqan holda hisoblab beriladi. Bugungi kunda 500 mingdan ortiq kanadaliklar mazkur pensiya dasturi xizmatlaridan foydalanib kelmoqdalar.

Ijtimoiy nafaqalar dasturi asosida beriladigan pensiya to'lovlari aholining ijtimoiy muhtoj qatlamlari uchun mo'ljallangan bo'lib, bu turdagi pensiyalar aholiga ma'lum bir muddat davomida berilib boriladi. Agarda fuqaro yolg'iz (beva) bo'lib, 60-64 yosh oralig'ida bo'lsa, u taqdirda bu turdagi pensiya to'lovi unga pensiya yoshiga yetgunga qadar berilib boriladi.

OAS dasturi asosida faoliyat yuritayotgan pensiya fondlari daromadlarining asosiy qismi ish beruvchi va ishlovchi hodimlarning sug'urta badallari hisobidan shakllanadi. Mamlakatda amal qilayotgan qonunchilikka binoan ishchilar oylik ish haqiga, ish beruvchilar esa ish haqi fondiga nisbatan pensiya fondiga 4,5 foiz miqdoridan sug'urta badallari to'laydilar.

Kanada pensiya dasturi (The Canada Pension Plan - CPP) mamlakatda davlat pensiya ta'minoti tizimi hisoblanib, mazkur dasturga 1966 yilda asos solingan. Ushbu

7 A.V.Vaxobov, Sh.X.Xajibakiyev, B.B.Baxtiyorov, "Pensiya tizimini rivojlantirishning xorij tajribasi". "Iqtisod-Moliya" 2018

tizimda yoshga doir pensiyalar bilan bir qatorda nogironlik va boquvchisini yo'qotganlik pensiya nafaqalari ham Kanada fuqarolariga beriladi. CPP dasturiga tegishli qonunchilikka asosan fuqaro yoshga doir pensiya nafaqasini olish uchun pensiya yoshiga yetishi va kamida 18 yillik mehnat stajiga ega bo'lishi talab etiladi. CPP pensiya fondlariga pensiya sug'urtasi badallari 1966 yilda ish beruvchi ish haqi fondiga va ishlovchi hodimning ish haqiga nisbatan 3,6 foizni tashkil etgan bo'lsa, 1987 yilga kelib ushbu ko'rsatkich 9,9 foizga teng bo'ldi, 2003 yildan keyingi davrda esa sug'urta badallari 3,6 foizdan etib belgilab qo'yilgan bo'lib, bugungi kunda ham kanadaliklar ushbu miqdordi sug'urta badallarini to'lab kelmoqdalar.

Jahon amaliyotida keng tarqalgan ixtiyoriy pensiya fondlari faoliyatini Kanadada ham kuzatish mumkin bo'lib, bu shakldagi pensiya tizimi mamlakatda xususiy pensiya dasturi (Individual Pension Plan - IPP) deb nomlanadi. Bu turdagi pensiya fondlari moliyalashtirish mexanizmiga ko'ra ikki xil shakda mavjud bo'lib, ular kasbiy-korporativ pensiya fondlari va shaxsiy jamg'arib boriladigan pensiya fondlari hisoblanadi.

Kasbiy-korporativ pensiya fondlari xususiy kompaniyalar tomonidan tashkil etiladi, ba'zi holatlarda maxalliy hokimiyat va davlat tashkilotlari va muassasalari tomonidan ham bu turdagi pensiya fondlari tashkil etiladi. Ushbu pensiya fondlari aktivlaridan uning tashkilotchisi qimmatli qog'ozlar bozori va investitsion dasturlarda ishtirok etish huquqiga ega hisoblanadi. Ushbu chora-tadbirlarni amaliyotda qo'llash kasbiy-korporativ pensiya fondlarini tashkil etishni rag'batlantirish va pensiya fondlarining moliyaviy barqarorligini ta'minlashga qaratilgan. Shuningdek, kasbiy pensiya fondlari daromadlari kasaba uyushmalari tomonidan ham moliyalashtirilishi mumkin bo'ladi. Sug'urta badallari miqdori mehnat shartnomasida belgilangan miqdorda to'lab boriladi.

Shaxsiy jamg'arib boriladigan pensiya fondlari fuqarolarning keksalikdagi turmush farovonligini o'z ixtiyoriga ko'ra kafolatlashi uchun xizmat qiladi. mamlakatda o'rnatilgan qounchilikka binoan mazkur pensiya fondlariga sug'urta badali sifatida to'langan aholi daromadlaridan ajratmalar soliqqa tortilmaydi. Ushbu pensiya fondlarida shakllantirilgan jamg'armalardan fuqaro pensiya yoshiga yetmagan bo'lsa ham uy-joy harid qilish va o'quv kurslarida malakasini oshirish zarurati bo'lgan holatlarda foydalanishi mumkin. Bu esa o'z navbatida fuqarolarni uchun bu turdagi pensiya xizmatlaridan foydalanishdagi rag'batlantirish chora-tadbirlari hisoblanadi. Fuqaro mazkur pensiya fondlariga o'zi istagan miqdorda sug'urta badalini to'lashi mumkin.

Kanada pensiya ta'minoti tizimida amal qilayotgan dasturlarga ko'ra fuqaro eng kamida 18 yil mehnat stajiga ega bo'lgan holda yoki 20 yillik mehnat stajiga ega bo'lib xorij mamlakatiga ko'chib o'tadigan bo'lsa unga pensiya olish huquqi beriladi. Yuqorida keltirib o'tilgan ma'lumotlar shuni ko'rsatmoqdaki, Kanada pensiya

ta'minoti tizimi avlodlar birdamligi va jamg'ariladigan tamoyillar asosida faoliyat yuritadi. Shu bilan bir qatorda xususiy pensiya fondlarini tashkil etishni rag'batlantirish maqsadida pensiya fondi tashkilotchiligidagi fondlarda shakllangan aktivlardan ularning moliyaviy barqarorligini ta'minlash maqsadida foydalanish imkoniyati berilgan. Kanada pensiya ta'minoti tizimida pensiya nafaqalari iste'mol narxlari bo'yicha indeksatsiya qilinadi.

Kanada pensiya fondlari aktivlari kanadaliklar uchun daromad manbai hisoblansa, jahon iqtisodiyotida mazkur fondlar aktivlari investitsion kapital sifatida e'tirof etiladi. Kanada pensiya ta'minoti tizimi Kanada moliya tizimi jami kapitalining qariyb 15 foiz, yoki 1,5 trln. ulushiga egalik qiladi. Kanada pensiya ta'minoti tizimida faoliyat olib borayotgan pensiya fondlari, jumladan, yirik pensiya fondlari hisoblangan katta sakkizlik pensiya fondlari mamlakat ichki iqtisodiyotida pensiya fondlari investitsion kapitalining 3/2 qismiga egalik qilib, ular 1 trln. doll.dan ziyod investitsion mablag'ga ega bo'lgan fondlar hisoblanadi. Mazkur fondlarning mamlakat iqtisodiyotiga uzoq muddatli investitsiyalarni kiritish strategiyasini amalga oshirilishida o'rni muhim hisoblanib, ular investitsion bozorda yetakchi rol o'ynaydilar. Katta sakkizlik fondlariga quyidagilar kiradi: the Canada Pension Plan Investment Board (CPPIB), Caisse de dépôt et placement du Québec (CDPQ), the Ontario Teachers Pension Plan (OTPP), the British Columbia Investment Management Corporation (bcIMC), the Public Sector Pension Investment Board (PSPIB), the Alberta Investment Management Corporation (AIMCo), Ontario Municipal Employees Retirement System (OMERS) va the Healthcare of Ontario Pension Plan (HOOPP). Katta sakkizlik qatoriga kirgan ushbu fondlarning investitsion aktivlari hajmi 64 mlrd. dollardan 265 mlrd. dollargacha bo'lgan miqdorda shakllangan.

Ushbu fondlarning barchasi dunyodagi katta pensiya fondlari 100 taligi va ularning uchtasi katta 20 talik qatoriga kiradi.

2008 yilda yuz bergan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozidan so'ng katta sakkizlik qatoriga kirgan pensiya fondlari aktivlari hajmida 2009 yilga kelib biroz pasayish holati kuzatildi. Mazkur holat rivojlangan mamlakatlarda vujudga kelgan ishsizlik, iqtisodiy berqarorlik va o'z o'rnida pensiya fondlariga sug'urta badallari oqimining qisqarishi bilan bir qatorda ularning xarajatlarining ortib ketishi bilan ifodalanadi. Ushbu vaziyatni oldini olish maqsadida pensiya fondlari o'zlari egalik qilayotgan aktivlar ustidan yillik nazoratni o'rnatdilar. Bunga ko'ra, ular pensiya fondlari daromadlari va xarajatlari, jumladan investitsion kapitalning maqsadli yo'naltirilishini kuchli nazorat ostiga oldilar. Natijada, 2015 yil oxiriga kelib ularning investitsion aktivlari hajmi 1,5 trln. Kanada dollariga teng bo'ldi.

Kanada pensiya ta'minoti tizimida faoliyat olib borayotgan pensiya fondlariga xos xususiyatlar quyidagilardan iborat:

• Pensiya fondlarining iqtisodiy salohiyatini oshirishga qaratilgan ichki

boshqaruvning mavjudligi;

• Investitsion strategiyalarning asoslanganligi, aniqliligi va pensiya fondlarining aktivlarining yuqori darajadagi likvidliligi;

• Investitsion sharoit, geografik hududlar va aktivlarning turlari bo'yicha diversifikatsiyalashuv;

• Pensiya fondlarining ichki va tashqi bozordagi yuqori raqobatbardoshligi.

• Investitsion strategiyalarning asoslanganligi, aniqliligi va pensiya fondlarining aktivlarining yuqori darajadagi likvidliligi;

• Investitsion sharoit, geografik hududlar va aktivlarning turlari bo'yicha diversifikatsiyalashuv;

• Pensiya fondlarining ichki va tashqi bozordagi yuqori raqobatbardoshligi.

Kanada pensiya fondlari yirik banklar bilan hamkorlikda qimmatli qog'ozlar

bozoridagi aktivlarni sotib olish, ularni qayta sotib olish faoliyatini amalga oshirib kelmoqdalar. Bu esa o'z navbatida pensiya fondlarining o'rnatilgan daromad darajasi likvidliligini oshirish dastagi bo'lib xizmat qilmoqda. 2015 yilda Kanada pensiya fondlari jami aktivlarining 15-30 foizi miqdoridagi qismini qimmatli qog'ozlarni sotib olish yoki ularni qayta sotib olish, investitsion dasturlarni qayta moliyalashtirish faoliyatiga yo'naltirdilar.

Kanada pensiya fondlarining moliyaviy aktivlarni boshqarish va ularni investitsion dasturlarga yo'naltirish strategiyasi to'g'ri va maqsadli tarzda amalga oshirilib kelinayotganligi sababli, yuqori rivojlanish ko'rsatkichiga erishib kelinmoqda. Jahon amaliyotga nazar soladigan bo'lsak, so'nggi o'n yil mobaynida ushbu ko'rsatkich boshqa rivojlangan mamlakatlarda 4 foizdan ortmaganini ko'rishimiz mumkin bo'ladi. Bugungi kunda Kanada pensiya fondlari uzoq muddatli investitsion dasturlarni moliyalashtirish, infratuzilma ob'ektlariga yirik investitsiyalar kiritish bilan shug'ullanib kelmoqdalar.

Kanada pensiya dasturi (the Canada Pension Plan - CPP) Kanada milliy pensiya tizimini o'zida mujassamlashtirgan dastur hisoblanadi. ushbu dastur kanadaliklarning keksalikdagi va ularning ijtimoiy hayotidagi ayrim muammoli vaziyatlarda tegishli daromadga ega bo'lishini kafolatlaydi. Shu bilan bir qatorda Kanada pensiya dasturi jamg'ariladigan komponentlarga ham ega bo'lib, bu turdagi pensiya dasturlari faqatgina mamlakat fuqarolari uchun mo'ljallangan. Bu turdagi jamg'armalarga yo'naltirilgan pensiya va boshqa turdagi sug'urta mablag'lari mamlakatda amal qilayotgan qonunchilikka ko'ra, soliqdan ozod etilgan.8

2006-yilda CPPIB tizimida amalga oshirilgan islohotlar natijasida pensiya fondlari investitsion faoliyatdan olgan daromadlarini tegishli qismini pensionerlarga taqsimlab berish majburiyatini o'z zimmasiga oldi. Bunda, pensiya fondi va

88 Canada (1997). Information on the history, mandate, and performance of the CPPIB is available at http://www.cppib. com/en/home.html

sug'urtalanuvchi fuqaro o'rtasida pensiya fondiga to'lab borilayotgan sug'urta badallaridan investitsion faoliyatda foydalanish uchun o'zaro shartnomalar tuzilib, va mazkur shartnomada qayd etilgan miqdordagi foiz asosida pensionerlaming pensiya to'lovlariga ustamalar qo'shib berish boshlandi. Bu esa o'z navbatida fuqarolarning pensiya sug'urtasi badallarini to'lashga bo'lgan qiziqishlarini ortishiga sabab bo'ldi. Natijada pensiya fondlarining investitsion imkoniyatlari yildan yilga rivojlanib, ularning moliyaviy holatlari yaxshilanib bordi.

Shu bilan bir qatorda Kanada pensiya tizimida demografik muammolar ham mavjud bo'lib, so'nggi yillarda mamlakatda keksa aholi soni ortib bormoqda. 2015-yilda mamlakatning umumiy aholisi soni 35,9 mln. kishini tashkil etgan bo'lsa, keksa aholi soni umumiy aholi soniga nisbatan 23,7 foizga teng bo'ldi. Ekspertlar tomonidan berilayotgan pronozlarga ko'ra, mazkur ko'rsatkich 2050-yilga borib 42,0 foizga teng bo'lishi mumkin.

45,2

30,7

23,7

18,4

2000 it 2015 h. 2050 0.

Urnurni', aholi soni (mln kuljij

Pensiya yoshidagi all oil join (jami aholi^a ni&batan fbizda]

4-rasm. Kanada pensiya tizimiga ta'sir etuvchi demografik o'zgarishlar dinamikasi.9 Mazkur vaziyatni inobatga olgan holda keyingi yillarda mamlakatda pensiya yoshini oshirishga qaratilgan islohot chora-tadbirlari ishlab chiqildi. Natijada 2023-2029-yillar mobaynida Kanadada pensiya yoshini 65 yoshdan 67 yoshga oshirish mo'ljallanmoqda. Pensiya yoshini oshirish zaruriyatinining muhim sabablaridan biri bu mamlakatda 65 yoshdan so'ng kutilayotgan aholining umr davomiyligi ko'rsatkichining barqaror sur'atlarda oshib borishi hisoblanadi. 2000-2015-yillarda ayollar va erkaklarning 65 yoshdan so'ng kutilayotgan umr davomiyligi ko'rsatkichi mos ravishda 20,6/17,2 yildan 22,1/19,1 yilga ortdi. Ekspertlar tomonidan berilayotgan prognozlarga qaraganda, 2050 yilga borib ushbu ko'rsatkich ayollarda 24,9 yilga, erkaklarda esa 21,4 yilga teng bo'lishi kutilmoqda.

Shu bilan bir qatorda mamlakatda amal qilayotgan pensiya tizimida jamg'ariladigan komponentning ulushini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarga yanada ustuvorlik qaratilishi kutilmoqda. Boshqacha qilib aytganda davlat pensiya

9 CPPIB, 2008, 2015. For a timeline of important reforms and changes made to the CPPIB, see <http://www.cppib.com/en/who-we-are/our-history.html>.

fondi orqali fuqarolar faqatgina minimal pensiyalar bilan ta'minlanib, qo'shimcha tarzda ularning sug'urta badallarining bir qismi jamg'ariladigan pensiya sug'urtasi shaxsiy raqamlariga o'tkazib borilishi kuchaytiriladi.

1.0

o_

201S 2020 2025 203Ü 2035 2040 2045 2050 2055

5-rasm. Bazis pensiyalarning kanadalik pensionerlar uchun daromadlilik normalarining o'zgarishi prognozlari10

Natijada bazis pensiyalarning fuqarolar uchun daromadlilik normasi bir muncha pasayadi.

Ekspertlar tomonidan amalga oshirilgan hisob-kitoblarga ko'ra, bazis pensiyalarning nominal daromadlilik darajasi 2015-2055 yillarda 6,0 foizdan 4,3 foizgacha kamayishi mumkin bo'ladi.

Mutaxassislar tomonidan amalga oshirilgan hisob kitoblarga ko'ra, bazis pensiyalarning daromadlilik normasining kamayib borishi o'z navbatida mamlakat mehnat bozoridagi rasmiy bandlik darajasini ortishiga olib kelishi bilan bir qatorda pensiya sug'urtasi badallarini to'lab borish uchun ma'lum bir motivni vujudga keltiradi.

Xulosa

Xulosa qilib aytish mumkinki, Kanada pensiya tizimining moliyaviy barqarorligini ta'minlashga qaratilgan islohotlarni amalga oshirilishi CPP dasturining yanada mukammallashib borishiga o'z ta'sirini o'tkazmoqda.

Bugungi kunda deyarli barcha mamlakatlar demografik qarish jarayonlari boshdan kechirmoqdalar. Aholi tarkibida keksa yoshdagilar ulushining ortib ketishi pensiya ta'minot tizimi xarajatlarini oshirib daromadlarini pasayishiga olib keladi. Bunday sharoitda pensiya ta'minoti tizimida islohotlar olib borilishi zarurati paydo bo'ladi. Ushbu vaziyatda pensiyani isloh etish modellari ham yaratilgan bo'lib demografik qarish jarayonlarini boshdan kechirayotgan mamlakatlarning ma'lum qismi ushbu modellar orqali islohotlarni amalga oshirmoqdalar.

10 Modeling and calculations by the authors. Sources used to build the model were: Canada, 1997, 1998, 2013, 2014, 2016; Canada Revenue Agency, 2015a, 2015b; DR Pensions Consulting, 2016; Runchey, 2016; Godbout et al., 2014; Yih, 2016.

Yuqorida keltirgan Kanada pensiya ta'minoti tizimida ham muammolar mavjud. Ushbu mamlakat ham demografik qarish jarayonini boshdan kechirmoqda. Umr davomiyligining oshib borishi pensiya yoshini oshirish, pensiya sug'urta badallari tarkibini ko'rib chiqishni taqozo qilmoqda.

O'zbekistonda hali demografik qarish jarayoni kuzatilmagan bo'lsada, yaqin kelajakda umr davomiyligining oshishi pensiya tizimida islohotlarni amalga oshirish zaruratini keltirib chiqaradi. Ushbu maqolada o'rganilgan pensiya tizimini isloh etish modellari hamda xorij tajribasi asosida O'zbekiston pensiya ta'minoti tizmida islohotlarni davom ettirish lozim.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Ли А. Узбекистан Республикаси молия хукуки: Юридик олий укув юртлари учун дарслик. - T.: "TDYU", 2006. 241-Б.

2. Вахабов А.В. Пенсия тизимининг молиявий баркарорлигини таъминлаш муаммолари. "Пенсия тизимининг молиявий баркарорлигини таъминлаш ва самарадорлигини ошириш" мавзусида республика илмий-амалий конференция. - Toshkent.: "Universitet". 2017. - B. 21-27.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

3. Турсунов Ж.П., Жумабаева К.Б. Узбекистонда пенция таъминоти тизими: бугунги холат ва ривожланиш истикболлари. // Фундаментал тадкикотлар. № 1 (2023) Б. 25-33

4. Мажидов Н. М. и др. Перспективы пенсионной системы в Узбекистане. // Человеческий капитал и профессиональное образование № 2 (22) 2017В.И. Тарасов "Формирование новой социально-экономической системы пенсионного обеспечения". автореферат диссертации на соискании учёной степени кандидата экономических наук. 1999 г. с.3

5. Canada, Office of the Superintendent of Financial Institutions (1998). Canada Pension Plan, Seventeenth Actuarial Report. Government of Canada. http://www.osfi-bsif.gc.ca/Eng/Docs/cpp17.pdf

6. A.V.Vaxobov, Sh.X.Xajibakiyev, B.B.Baxtiyorov, "Pensiya tizimini rivojlantirishning xorij tajribasi". "Iqtisod-Moliya" 2018

7. Canada (1997). Information on the history, mandate, and performance of the CPPIB is available at http://www.cppib.com/en/home.html

8. CPPIB, 2008, 2015. For a timeline of important reforms and changes made to the CPPIB, see <http://www.cppib.com/en/who-we-are/our-history.html>.

9. Modeling and calculations by the authors. Sources used to build the model were: Canada, 1997, 1998, 2013, 2014, 2016; Canada Revenue Agency, 2015a, 2015b; DR Pensions Consulting, 2016; Runchey, 2016; Godbout et al., 2014; Yih, 2016.

10. Jumaniyazov, I. T. (2021). The Progressive Foreign Experiments in the Activity of Sovereign Wealth Funds. Annals of the Romanian Society for Cell Biology,

109-116.

11. Jumaniyozov, I. (2018). Impact of Development Finance Institutions on Economic Growth: Implications for Reconstruction and Development Fund of Uzbekistan. International Journal of Management Science and Business Administration, 4(2), 84-88.

12. Jumaniyozov, I. (2020). ISSUES OF ENSURING THE TRANSPARENCY OF SOVEREIGN WEALTH FUNDS. International Finance and Accounting, 2020(5), 1.

13. Jumaniyazov, I. (2020). FOREIGN EXPERIENCE IN THE ACTIVITIES OF SOVEREIGN FUNDS. International Finance and Accounting, 2020(2), 1.

14. Jumaniyazov, I. T. (2021). Transparency Is A Key Indicator Of The Activity Of Sovereign Wealth Funds. The American Journal of Management and Economics Innovations, 3(05), 30-37.

15. Жуманиязов, И. Т. (2016). Основные задачи Фонда реконструкции и развития Республики Узбекистан. Наука, образование и культура, (7 (10)), 27-28.

16. Жуманиязов, И. Т. (2016). Направления использования средств Фонда реконструкции и развития Республики Узбекистан. Economics, (7 (16)), 28-29.

17. Jumaniyazov, I. T. (2022). O'zbekistonda davlat moliya tizimidagi islohotlar va rivojlantirish istiqbollari. Science and Education, 3(5), 1637-1645.

18. Inomjon Turaevich Jumaniyazov, & Bexruz Hazratov (2022). Foreign experience in the development of special economic zones in Uzbekistan. Science and Education, 3 (5), 1628-1636.

19. Jumaniyazov Inomjon Turaevich, & Juraev Maqsud Annaqulovich (2022). Korxonalarda moliyaviy qarorlar qabul qilish va risklarni baholash usullari. Science and Education, 3 (5), 1646-1654.

20. Jumaniyazov, I. T. (2019). The impact of Uzbekistan Reconstruction and development fund's expenditure on GDP growth. Science, research, development № 16. Monografiya pokonferencyjna.

21. Jumaniyazov, I., & Xaydarov, A. (2023). The importance of social insurance in social protection. Science and Education, 4(1), 1033-1043. Retrieved from https://openscience.uz/index.php/sciedu/article/view/4941

22. Inomjon, J. (2023). GENDER BYUDJETLASHTIRISHDA DAVLAT MOLIYAVIY NAZORATINING O'RNI. Новости образования: исследование в XXI веке, 1(6), 1187-1191.

23. Бахронов, Ж., & Жуманиязов, И. (2023). Партисипатор бюджетлаштириш ва уни Узбекистонда куллаш долзарблиги. Science and Education, 4(2), 1486-1493. Retrieved from https://openscience.uz/index.php/sciedu/article/view/5234

24. Davlatboyeva, M. S. qizi, & Jumaniyazov, I. T. (2023). Yashil

byudjetlashtirish va uni O'zbekistonda joriy etish istiqbollari. Science and Education, 4(2), 1509-1516. Retrieved from

https://openscience.uz/index.php/sciedu/article/view/5237

25. I. T. Jumaniyazov, & A. Khaydarov. (2023). THE IMPACT OF UZBEKISTAN'S SOVEREIGN WEALTH FUNDS ON ECONOMIC GROWTH. American Journal of Research in Humanities and Social Sciences, 10, 1-7. Retrieved from https://www.americanjournal.org/index.php/ajrhss/article/view/495

26. www.mf.uz (O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi)

27. www.lex.uz (O'R qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy ba'zasi);

28. www.publicfinance.uz (O'zbekistonda byudjet islohotlari loyihasi)

29. www.interfinance.uz (Toshkent moliya institutining "xalqaro moliya va hisob" ilmiy elektron jurnali

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.