Научная статья на тему 'PEDAGOGNING MAS’ULIYATI VA MOSLASHUVCHANLIGI'

PEDAGOGNING MAS’ULIYATI VA MOSLASHUVCHANLIGI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
1676
129
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
pedagog / ma’suliyat / moslashuvchanlik / pedagogic faoliyat. / teacher / responsibility / flexibility / teaching activity.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — D. Astanova

Ushbu mavzuni yoritishda pedagogning faoliyat jarayonlarga moslashishi, ta lim sohasidagi o‘zgarishlarni qa’bul qila olishi va jamoaga moslashishda rahbarnig o‘rni haqida mulohazalar bildirilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

TEACHER'S RESPONSIBILITY AND ADAPTABILITY

When covering this topic, comments were made about the teacher's ability to adapt to the processes of activity, accept changes in the field of education, and the role of a leader in adaptation in a team.

Текст научной работы на тему «PEDAGOGNING MAS’ULIYATI VA MOSLASHUVCHANLIGI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

PEDAGOGNING MAS'ULIYATI VA MOSLASHUVCHANLIGI Astanova Dilsuz Omonovna

Toshkent shahar Bektemir tumani 293-maktabning oquv ishlari boyicha direktor orinbosari

https://doi.org/10.5281/zenodo.7125657

Annotatsiya. Ushbu mavzuni yoritishda pedagogning faoliyat jarayonlarga moslashishi, ta lim sohasidagi o'zgarishlarni qa'bul qila olishi va jamoaga moslashishda rahbarnig o'rni haqida mulohazalar bildirilgan

Kalit so'zlari: pedagog, ma'suliyat, moslashuvchanlik, pedagogic faoliyat.

ОТВЕТСТВЕННОСТЬ И АДАПТИРУЕМОСТЬ УЧИТЕЛЯ

Аннотация. При освещении данной темы высказывались замечания о способности педагога приспосабливаться к процессам деятельности, принимать изменения в сфере образования, роли лидера в адаптации в коллективе.

Ключевые слова: педагог, ответственность, гибкость, педагогическая деятельность.

TEACHER'S RESPONSIBILITY AND ADAPTABILITY

Abstract. When covering this topic, comments were made about the teacher's ability to adapt to the processes of activity, accept changes in the field of education, and the role of a leader in adaptation in a team.

Keywords: teacher, responsibility, flexibility, teaching activity.

KIRISH

Ma'lumki, insonning ehtiyojlari ijtimoiy tuzum shakllari taraqqiyotiga qarab o'zgaradi. Shu bois o'z ehtiyojlarini qondirish uchun inson harakat qiladi va anashu harakatlari yordami bilan muhitga moslashadi va undan o'z ehtiyojlari uchun foydalanadi.

Lekin shu bilan birga odam muhitni o'z ehtiyojlariga muvofiqlashtirib o'zgartiradi, qayta quradi va o'ziga moslashtiradi. Odamning shaxs sifatidagi faollik xususiyati shundan iboratki, o'z ehtiyojlarini qondirishga yordam beradigan harakatlari instinktiv harakatlar emas, balki ongli harakatlardir.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Bu onglilik shundan iboratki, odam oldindan biron-bir maqsadni ko'zlab harakat qiladi, shu maqsadga yetishish uchun yordam bera oladigan vositali yo'l va usullarni oldindan qidirib topadi, to'sqinlik va qiyinchiliklarni yengish uchun ongli ravishda kuch g'ayratini ishlata soladi.

Jumladan pedagoglarda ham bosqichma bosqich asta sekinlik bilan jarayonlarga, pedagogik faoliyatga moslashish holatlari kuzatiladi. Inson turli vaziyatlarga moslashish jarayonida albatta stress holoatlariga ham duch keladi.

Organizmni stressga qarshi kurashish yoki qochish vaqtida yurak urishi tezlashadi, qon aylanishi buziladi ya'ni maqsadga intilish uchun tayorgarlik ko'rishda organizmda qochish va kurashish kechadi. Bu reaktsiyani organizmni moslashish tizimi deb ataladi.

Shuni ham aytib o'tish kerakki, stress har doim ham zararli emas, ba'zan inson organizmiga yordam, ko'mak foyda berishi mumkin. Ayrim hollarda stressga tushib qolganda odam yashash uchun kurashish o'z ehtiyojini qondirish uchun faollashib, o'zi bilmagan zahiradagi energiyasini ishga solishi mumkin Jems Lange va Kenon-Bardlar tirik organizmning noqulay tashqi sharoitlariga moslashuvchanlik muammosini o'rganib chiqqan.

G.Sel'eni fikricha, shu sabablar muhim va nomuhim stressni keltirib chiqaradi Organizmni nerv- muskul reaktsiyalarining paydo bo'lishi quyidagi bosqichlarda ya'ni

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

- xavotirlik bosqichi;

- moslashish bosqichi;

- o'ta charchash bosqichlarda amalga oshadi.

Xavotirlik bosqichida taloqning kichrayishi, oshqozonda o'tkir yallig'lanishning sodir bo'lishi, buyrak tepasida leykosidlarning kamayishi kuzatiladi. Shu bilan birga, ko'z yoshlanishi, so'lakning ajralishi kuzatiladi. Agarda ta'siri kuchli bo'lsa, bu bosqichda xavotirlik holati boshlanadi.

Moslashish bosqichida buyrak usti bezlari kattalashadi, organlar va to'qimalarning ishlashi sekinlashadi. Agar stressni keltirib chiqaruvchi omil organizmga kuchli ta'sir etsa shu holat uzoq vaqt saqlanib qoladi.

Agar ta'sir kuchli bo'lsa, uchinchi bosqich boshlanadi. o'ta charchash bosqichi kuzatiladi va bunda odatda organizm kasallanadi.

Stress xolatlari albatta ish unumdorligiga salbiy ta'sir etadi.

Quyida stressdan chiqish usullari va vaziyatlarga moslashish boyicha tavsiyalar beramiz.

Muxit va ranglar.

Ko'zingizga ranglar yetishmasa, tezda charchab qolasiz. Shuning uchun ish joyingizda ranglarga e'tibor bering.

Qizil rang o'zingizga ishonchni orttiradi,

Yashil — tinch va xotirjam tortishga yordam beradi.

Jigarrang esa do'stona muhitni xosil qilishga ko'maklashadi.

Jismoniy harakatlar:

Oddiy jismoniy harakatlarni amalga oshirish, ertalabki yengil badantarbiya organizmning ham jismoniy, ham hissiy zo'riqishlariga dosh berishga yordam beradi.

Har qanday mashqqa sekin-astalik bilan kirishing. Xarakat. Kun davomida faol bo'ling. Xatto, 15 daqiqalik sayr ham organizm va miyaga kislorod kirishini oshiradi va depressiyani yo'qotuvchi garmon ajralishi ortadi.

Ijobiy "sozlanish".

Toliqqaningiz haqida qanchalik ko'p o'ylasangiz, bu charchoq hissini qaytanga kuchaytiradi.Shuning uchun o'zingizda pozitiv fikrlash ko'nikmasini shakllantiring.

Kunduzgi uyqu. qisqa muddatli uyqu tetiklashtiradi. Agar yarim soatdan oshiq uxlasangiz, organizm chuqur uyqu fazasiga o'tadi. Bunday uyqu buzilsa, o'zingizni yetarlicha dam olmaganday sezasiz.

Kunning qolgan yarmida esa me'yoriy faollikni saqlab qola olmaysiz.

Yoqimli kishilar davrasi.

Ko'pchilikni ayrim kishilar davrasida bo'lish asabiylashtiradi. Odatda bundaylar xamisha nolib, boshqalarni ayblashni yaxshi ko'radi. Ulardan uzoqroq yuring. Burundan nafas olish. Noto' gri nafas olish ham charchoqqa olib keladi.

Chuqur nafas olmaydigan (negaki nafasni ogizdan olishadi) kishilar odatda juda tez toliqib qoladilar. Burundan shunday nafas olingki, butun diafragma ishtirok etsin. Ichki uygunlik.

Meditatsiya — charchoq, toliqishga qarshi eng yaxshi vosita. Maxzun musiqani qo'yi b, divanga cho'ziling va bo'shashing. Xayotingizda sodir bo'lgan ko'ngilli vaziyatlarni esga oling. Stress oqibatlari

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Demak yuqoridagi fikrlardan xulosa qiladigan bolsak, pedagogik faoliyat davomida o'qituvchi avvalo o'z o'zini boshqarish usullarini yaxshi bilishi va o'zi ishlab turgan jamoaga , auditoriyaga, shuningdek, o'quvchilar jamoasiga ham o'zini moslashtira olishi kerak. Buning uchun esa u o'zining aql zakovotini, kuchi va irodasini ishga solib, turli xil vaziyatlarda hattoki noqulay vaziyatlarda ham o'zini boshqara olish imkoniyatiga ega bo'lishi talab etiladi.

Ayniqsa ta'limda yuz berayjtgan yangicha yondoshuv va strategiyalarni qabul qila olish va ularni ammaliyotda qo'llay olish malakasiga ega bo'lishi kerak.

Ta'limda yangicha yondoshuv va strategiyalarni qabul qila olish

TADQIQOT NATIJALARI

Bugungi kunda mustakil taraqqiyot yo'lidan borayotgan mamlakatimizning uzluksiz ta'lim tizimini isloh qilish va takomillashtirish, yangi sifat bosqichiga ko'tarish, unga ilg'or pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy qilish hamda ta'lim samaradorligini oshirish davlat siyosati darajasiga ko'tarildi.

Innovatsion pedagogik texnologiyalarning rivojlanishi va ularning o'quv-tarbiya jarayoniga kirib kelishi, shuningdek, axborot texnologiyalarining tez almashinuvi va takomillashuvi jarayonida har bir pedagog-o'qituvchi o'z kasbiy tayyorgarligini, pedagogik maxoratini rivojlantirib borishini talab etadi.

Ta'limning samaradorligini oshirish, shaxsning ta'lim markazida bo'lishini va yoshlarning mustaqil bilim olishlarini ta'minlash uchun ta'lim muassasalariga yaxshi tayyorgarlik ko'rgan va o'z sohasidagi bilimlarni mustaxkam egallashdan tashqari zamonaviy pedagogik texnologiyalarni va interfaol uslublarni biladigan, ulardan o'quv va tarbiyaviy mashg'ulotlarni tashkil etishda foydalanish qoidalarini biladigan o'qituvchilar kerak.

Buning uchun barcha fan o'quvchilarini pedagogik va axborot texnologiyalar, interfaol uslublar bilan qurollantirish hamda olgan bilimlarini o'quv-tarbiyaviy mashg'ulotlarda qo'llash malakalarini uzluksiz oshirib borish lozim.

Demak, hozirgi zamonaviy pedagog har qanday vaziyatlarda ham o'zini vaziyatlarga va yangi faoliyat jarayonlarga moslashtira olishi, o'z ustida tinimsiz ishlashi talab etiladi. Chunki shiddat bilan kechayotgan jaxon miqyosidagi o'zgarishlar oldida pedagog yangi ma'lumotlardan ortda qolishi mumkin emas. Ayniqsa o'z o'quvchilaridan oldinroqda qadam bosmas ekan u judayam tezlik bilan o'z obro'sini tushirib qo'yishi va bu orqali bolani ta'limga bo'lgan ishtiyoqini ham susaytirib qo'yishi mumkin Jamoa so'zi arabcha «jam'o» so'zidan olingan bo'lib, yig'ilma, omma, birgalikdagi majlis, birlashma, guruh ma'nolarini anglatadi. Jamoaga moslashishda rahbarning o'rni. JAMOA BU NIMA? Ijtimoiy foydali faoliyat asosida jipslashgan, umumiy faoliyatga ega, bir - birlarini yaxshi biladigan odamlar guruxi

MUHOKAMA

Jamoada sog'lom muhit yaratishda va xodimlarni faoliyatga moslashishida rahbarning o'rni beqiyosdir. Hozirgi zamonda rahbarning fazilati asosan uning dadilligidan, tashabbuskorligidan, bilimdonligidan, halol va va'dasiga vafodorligidan ma'lum bo'ladi. Shu nuqtai nazardan hozirgi raxbarlar haqiqiy fazilat va xususiyatlarga ega bo'lishi uchun:

Keng siyosiy bilimga ega bo'lish.

Pedagogik mahoratga ega bo'lish

Kollektivning ishlarini qila oladigan va ularga nisbatan yaxshi muomalada bo'lishi. Ota - onalar va jamoatchilik o'rtasida katta obro' e'tiborga ega bo'lish. Dunyoqarashi keng, ilmiy -metodik ilmga ega bo'lish, o'z fanini yaxshi bilshni.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Izlanuvchan omilkor bo'lish va yangiliklarga ijobiy munosabatda bo'lish. Muassasaning hamma sohalarini keng o'rgangan bo'lishi, ishga vijdonan munosabatda bo'lishi.

Xo'jalik masalalarni to'g'ri hal qiladigan bo'lishi lozim. Zamonaviy rahbarning o'z faoliyatida muvaffaqiyatga erishishi uchun quyidagilarga qat'iy rioya qilishi zarur: -Jamoa a'zolariga bergan va'dasini doim o'z vaqtida bajarishi kerak;

-Mag'rurlanib ketmaslik, jamoa o'rtasida kamtar, o'ziga ortiqcha baho bermasligi zarur;

-Faqat o'zining nuqtai nazarini, fikrini o'tkazish emas, o'zgalarning ham fikri bilan hisoblashishi zarur;

-Hamkorlarning bilim va malakalarini, topqirlik qobiliyatini ham qadrlash lozim;

-O'zining ishtiroki zarur bo'lgan masalalarnigina hal qilishda qatnashishi shart;

-Sheriklari va qo'l ostidagi xodimlarni maqtash, kerak bo'lsa rag'batlantirish, ularning fikrini agar o'rinli bo'lsa ma'qullash, bu kabi tadbirlarni jamoatchilik oldida amalga oshirish kerak;

-Sheriklarining takliflarini e'tibor bilan tinglashi, to'g'ri bo'lsa, ish faoliyatida foydalanish, noto'g'ri bo'lsa, xushmuomalalik biln ulardan voz kechishi lozim;

-Har qanday sharoitda jamoa oldida o'zini yo'qotib qo'ymasliklari zarur; Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, pedagogik jarayonda moslashuv jarayoni o'zaro munosabatlar asosida shakllanadi.

XULOSA

Demak, bu vaziyatda pedagogik muloqotning samarali usullaridan foydalanish o'ta muhim masala hisoblanadi. Shuning uchun jamoada sog'lom muhit bo'lishi uchun shaxs muomila madaniyati va uni o'zlashtirish sirlarini yaxshi egallagan bo'lishi lozim. Bularga D Kernegining quyidagi takliflarini berish mumkin: Odamlar bilan muomala qilishning asosiy tamoyillari

- Suxbatni sekin va shoshilmasdan boshlang;

- Odamlarga samimiy va do'stona qarash bilan boqing:

- Har qanday tilda o'z nomini eshitishdan yoqimliroq tovushdan ortig'i yo'q, shuning uchun suhbatdoshingizga ismi bilan murojaat qiling;

- Har doim tabassum qilib turing (qovog'ingizni solmang);

- Yaxshi tinglovchi bo'ling. Odamlarning ular haqidagi suhbatga tortishga harakat qilin g;

- Suhbatdoshingiz muloqot boshidanoq sizga "ha" "ha" deb javob berishga erisha oling;

-Suhbatdoshingizni ham qiziqtirgan narsalar haqida so'zlashing va unga ko'proq

gapirishga imkon bering;

- Odamlarga o'z qadr-qimmatlari sezishlariga yordam bering va buni samimiy qiling ;

Boshqalarning fikriga hurmat bilan qarashingizni namoyish eta oling, hech qachon "siz

nohaqsiz" deb aytmang;

- Agar nohaq bo'lsangiz, zudlik bilan tan oling va samimiyligingizni qayd eting;

- Birovni tanqid qilishdan oldin suhbatdoshingizni avval ijobiy tomonlarini ta'kidlashdan boshlang;

- Birovga to'ppa to'g'ri buyruq berish o'rniga avval savol bering;

- Voqealarga boshqa odamlar nazari bilan to'g'ri qarashga urinib ko'ring;

- Odamning bir qadam bo'lsa ham oldinda ekanligini, kichkina bo'lsa ham yutuqlari borligini maqtang;

- Odamlarga har doim yaxshi baho beringki, u shuni oqlashga intilsin

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

- Suhbatdoshingizda ham ezgu va olijanob istaklar paydo qila oling.

Mavzu yzasidan test savollari:

1 Inson muhitga qanday moslashadi?

A) Insonning o'z ehtiyojlarini qondirish uchun inson harakat qiladi va shu harakatlari yordami bilan muhitga moslashadi.

B) O'z harakatlari yordamida.

S) Boshqalarni yordamida.

D) Raxbarning yordamida.

2 Stressning foydali tomoni bormi?

A) Stressga tushib qolganda odam yashash uchun kurashish o'z ehtiyojini qondirish uchun faollashib, o'zi bilmagan zahiradagi energiyasini ishga solishi mumkin.

B) Stressningfoydali tomoni yo'q.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

S) Stress vaqtida odamni kayfiyati buzilib, xolsizlanadi.

D) Stress vaqtida odam o'zini yaxshi boshqaradi.

REFERENCES

1. Musokhonovna K. L. ICT-As a means of achieving new educational results in teaching natural disciplines in secondary schools //ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal. - 2021. - Т. 11. - №. 10. - С. 315-321.

2. Kharaxonova L. M. SPECIFIC ASPECTS OF MEDIA EDUCATION AND ITS USE IN HIGH SCHOOLS //Academic research in educational sciences. - 2021. - Т. 2. - №. CSPI conference 3. - С. 278-284.

3. Караханова Л. 6. DEVELOPMENT OF STUDENT S 'KNOWLED GE BASED ON THE USE OF 3D EDUCATIONAL TECHNOLOGIES IN THE BIOLOGY EDUCATION //Образование и инновационные исследования международный научно-методический журнал. - 2020. - №. 2. - С. 55-59.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.