Научная статья на тему 'TA’LIM SIFATINI OSHIRISHDA O’QITUVCHI VA O’QUVCHILAR O’ZARO HAMKORLIGI'

TA’LIM SIFATINI OSHIRISHDA O’QITUVCHI VA O’QUVCHILAR O’ZARO HAMKORLIGI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

1055
110
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
O‟qituvchi / o‟zgarishga moyillik / o‟z xatolarini tan olish / rivojlanishga moyillik / bolalarga hurmat hissi / tolarentlik / o„qituvchi o„zining xizmat ko„rsatayotganini tushunishi / haqiqiy narsalar bilan hurmatga ega bo„lishga tayyor turish / chegarani his qilish / o‟z vazifasini tushunishi / o„z-o„zini tanqid qila bilish / o„z-o„ziga shama qilish. / Учитель / склонность к переменам / признать свои ошибки / склонность к развитию / чувство уважения к детям / толерантность / учитель понимает что служит / быть готовым быть уважаемым за то / что реально / почувствовать предел / понимать свой долг / самокритика / подсказка.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Charos Komiljon Qizi Nasriddinova, Baxtiyor Sharipovich Radjabov

Ushbu maqolada uzluksiz ta‟lim sifatini oshirish maqsadida zamonaviy o‟qituvchi hozirgi shiddat bilan rivojlanayotgan zamon talablariga mos ravishda o‟zining ustida ishlashi va u o‟quvchi bilan hamkorlik qilish davrida qanday sifatlarga ega bo‟lishi kerakligi yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

СОТРУДНИЧЕСТВО ПРЕПОДАВАТЕЛЕЙ И СТУДЕНТОВ В ПОВЫШЕНИИ КАЧЕСТВА ОБРАЗОВАНИЯ

В этом статье рассказывается как современный учитель должен работать над собой в соответствии с требованиями сегодняшнего стремительно меняющегося времени и какими качествами он должен обладать в период сотрудничества со студентом для повышения качества непрерывного образования.

Текст научной работы на тему «TA’LIM SIFATINI OSHIRISHDA O’QITUVCHI VA O’QUVCHILAR O’ZARO HAMKORLIGI»

TA'LIM SIFATINI OSHIRISHDA O'QITUVCHI VA O'QUVCHILAR O'ZARO

HAMKORLIGI

Charos Komiljon qizi Nasriddinova

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti, matematika o'qitish metodikasi 1-bosqich magistr talabasi charosrakhmatova5 @gmail.com

Baxtiyor Sharipovich Radjabov

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti Matematika kafedrasi professori texnika fanlari doktori b.radjabov@cspi.uz

Annotatsiya: Ushbu maqolada uzluksiz ta'lim sifatini oshirish maqsadida zamonaviy o'qituvchi hozirgi shiddat bilan rivojlanayotgan zamon talablariga mos ravishda o'zining ustida ishlashi va u o'quvchi bilan hamkorlik qilish davrida qanday sifatlarga ega bo'lishi kerakligi yoritilgan.

Kalit so'zlar: O'qituvchi, o'zgarishga moyillik, o'z xatolarini tan olish, rivojlanishga moyillik, bolalarga hurmat hissi, tolarentlik, o'qituvchi o'zining xizmat ko'rsatayotganini tushunishi, haqiqiy narsalar bilan hurmatga ega bo'lishga tayyor turish, chegarani his qilish, o'z vazifasini tushunishi, o'z-o'zini tanqid qila bilish, o'z-o'ziga shama qilish.

СОТРУДНИЧЕСТВО ПРЕПОДАВАТЕЛЕЙ И СТУДЕНТОВ В ПОВЫШЕНИИ КАЧЕСТВА ОБРАЗОВАНИЯ

Аннотация: В этом статье рассказывается как современный учитель должен работать над собой в соответствии с требованиями сегодняшнего стремительно меняющегося времени и какими качествами он должен обладать в период сотрудничества со студентом для повышения качества непрерывного образования.

Ключевые слова: Учитель, склонность к переменам, признать свои ошибки, склонность к развитию, чувство уважения к детям, толерантность, учитель понимает что служит, быть готовым быть уважаемым за то, что реально, почувствовать предел, понимать свой долг, самокритика, подсказка.

INTERACTION OF TEACHERS AND STUDENTS IN IMPROVING THE

QUALITY OF EDUCATION

Abstract: In this article are considered the modern teacher has covered itself in order to work on the requirements of modern teacher in accordance with the modern time, and what qualities should have during cooperation with students.

Keywords: Teacher, inclination, acknowledging one's own mistakes, evidence, feelings of respect for children, toes, the teacher understands his career, being ready to have respect for real things, feeling a limit, understanding its duties, self-criticism, to insult to self.

Malumki, har qanday kasbni egallashda avvalo ustoz-muallimning o'rni beqiyos. Dastlabki ham dunyoviy ham ilmiy saboqni ham o'qituvchi beradi. Shuning uchun ham barcha kasblar ichida oqituvchilik-muallimlik kasbi o ta sharafli va mas'uliyatli hisoblanadi. Mana shu o'rinda tabiiy ravishda savol tug'iladi. Xo'sh, o'qituvchi kim? U qanday sifatlarga ega bo'lmog'i lozim?

Xususan, bugungi kun o'qituvchisi qanday malakalar bilan qurollantirilmog'i darkor? O'qituvchi jamiyatning yosh avlod ta'lim-tarbiyasiga qo'yilgan ijtimoiy buyurtmasining asosiy ishtirokchisidir. O'qituvchilik kasbida chuqur bilimdonlik, zukkolik, o'z kasb mahoratini muntazam shakllantirib borishga ishtiyoq bo'lmas ekan, u yaxshi ustoz-o'qituvchi bo'la olmaydi. Zero, davlatimizning istiqboli, Prezidentimiz tomonidan olg'a surilayotgan pedagogika sohasidagi barcha islohotlarning ijobiy yechimi ana shu ziyokorlik ishining samarasi bo'lib xizmat qiladi. Shuning uchun ham bugungi mustaqillik sharoitida o'qituvchiliik kasbiga bo'lgan e'tibor va ehtiyoj har qachongiga nisbatan ortib bormoqda. Shuning bilan birga o'qituvchi oldiga qo'yiladigan talablar ham o'zgacha ahamiyat kasb qilib bormoqda. Chunki bugun O'zbekiston mustaqil davlat sifatida jahonga yuz tutar ekan, bu borada pedagog o'qituvchilarning o'z o'rni, o'ziga xos mohiyati borligini unutmaslik lozim.

Biz g'aroyib davrda yashayapmiz: atrofimizdagi olam juda tez sur'atlarda, tanib bo'lmas darajada o'zgarib bormoqda. Shuning uchun o'sib kelayotgan avlod bilan ishlaydigan o'qituvchi quyidagilarga tayyor bo'lishi kerak:

— O'zgarishlarga moyillik.Bu eng qiyini, biroq to'laqonli shaxs sifatida namoyon bo'lish uchun zarur bo'lgan shart.

— O'z xatolarini tan olish.Hech narsa qilmagan kishigina xato qilmaydi. O'qituvchi esa bundaylar toifasiga kirmasligi zarur.

— Rivojlanishga moyillik.Agar jahon taraqqiyot sur'ati bir necha avlodlar davomida o'zgarmagan bo'lsa, hozirda u shu qadar tez sur'atlarda rivojlanyaptiki, "Alisa ko'zgu orti mamlakatida" asaridagi Qora qirolicha aytganidek, o'z joyida qolish uchun "oyoqni qo'lga olib yugurish kerak" degan fikr juda ham o'rinli bo'lib qolmoqda.[1;29]

O'qituvchi zamonaviy o'quvchilar nima bilan yashayotganini ham tushunishi kerak. Bundan tashqari, o'qituvchi zamonaviy o'quvchilar boshqacha ekanini ham yodda tutishi lozim. Ular internet muhitida yashashmoqda, ularda

jamiyat talablariga javob bera oladigan shaxs madaniyati hali shakllanmagan. Foyda keltirish va o'z mehnati mahsulidan bahra olish uchun zamonaviy muallim va o'qituvchilar quyidagi sifatlarga ega bo'lishi kerak: [2;2]

1. Bolalarga hurmat hissi

Odatda "O'qituvchi bolalarni yaxshi ko'rishi kerak" deyishadi. Biroq bu fikr juda mavhum va turli talqinlarga sabab bo'lishi mumkin. Axir "yaxshi ko'rish" tushunchasi juda ko'p qirrali. Hurmat tushunchasi bilan esa bari oddiy. O'quvchini hurmat qilish - demak, unda oppoq qog'ozni emas, shaxsni ko'rish demakdir.

2. Tolerantlik

Insonlarning bari turlicha. Ba'zida odam o'zgalarga o'xshamaganligi uchun ham g'ashimizni keltiradi. Agar u o'zini tabiiy tutayotgan va axloq-odob qoidalarini buzmayotgan bo'lsa, bunga e'tibor berish kerakmi? Odamning shaxsiy fikrga ega bo'lish huquqi haqida ham shunday deyish mumkin. Gap yagona to'g'ri javob berish mumkin bo'lmagan savollar haqida ekan, kutilmagan va original takliflarni darhol o'chirib tashlash yaramaydi. Ular standart javoblarga qaraganda ko'proq mos keladigan bo'lishi mumkin. Bolalar kattalar kabi "qolipga tushib qolgan fikrlar" bilan o'ylashmaydi, shuning uchun erkin fikrlashadi. O'quvchining o'zgacha bo'lish huquqini tan oling. Balki siz yangi Eynshteynni kamol toptirayotgandirsiz.

3.O'qituvchi o'zining xizmat ko'rsatayotganini tushunishi

Nima uchundir bu band ko'plab o'qituvchi va ota-onalarning jahlini chiqaradi? Balki gap obro'dadir. "O'qituvchi" so'zi iftixor bilan jaranglaydi.

4. Haqiqiy narsalar bilan hurmatga ega bo'lishga tayyor turish

Balandparvoz so'zlar, buyruq ohangi bilan zamonaviy bolada taassurot

uyg'ota olmaysiz. Bari "gamburg"cha hisob-kitob bilan bo'lishi kerak: yaxshi o'qituvchi o'z fanini yaxshi biladi, uning foydasini tushuntira oladi va materialni qiziq qilib yetkazadi.

Qo'rqitish - befoyda. Hozirgi bolalar avvalgi odamlar qo'rqqan narsalardan hadiksirashmaydi.

5. Chegarani his qilishi

Bu ruhiy chegaralarga ("ko'ngilga tegmaslik") ham, shaxsiy bilimlarga ham tegishli. Axir bolalar ba'zi jihatlarda o'qituvchilarga nisbatan ko'proq narsalardan boxabar.

6. O'z vazifasini tushunishi

O'qituvchi "Google" qidiruv tizimida topish mumkin bo'lmagan foydali bilimlarni berishi kerak (agar aksi bo'lsa, u vaqtini bekorga sarflayapti).

7. O'z-o'zini tanqid qila bilishi

Agar o'qituvchi o'z faoliyatini tahlil qilib, uni qanday rivojlantirish haqida o'ylasa, u ko'p narsaga erishadi. Hamma ham adashishi mumkin. Katta amaki va xolalar ham bundan mustasno emas. Bolalar buni qancha tez anglasa, shuncha yaxshi.

8. O'z-o'ziga shama qilish

Jiddiy bo'lmaslik va o'zini hazil qilish qobiliyati - zo'riqishlarga qarshi turishning tarkibiy qismi. Jamiyatdagi hayot uchun ham a'lo xislat. O'z-o'zini hazil qilish murakkab vaziyatni yumshatib, chalg'ish va qiyin masalalarni hal etishga yordam beradi.

Albatta, xislatlarning bariga ega bo'lish ham oson emas. Ko'p hollarda maktabda o'qituvchilarni tanlab olish imkoniyati mavjud emas. Biroq shunga qaramay, idealga qarab intilish zarur.

O'qituvchi o'z tajribasidan kelib chiqib, o'quvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda, quyidagilarga qattiq e'tibor berishi shart.[3;4]

_ integral fanlarning ilg'or yutuqlari, kompyuter, pedtexnologiyalar va axborot texnologiya imkoniyatlaridan keng foydalanish, darsni zamonaviy o'quv -tarbiyaviy jarayon qonuniyatlari asosida tashkil etish;

_ darsda barcha didaktik tamoyil va qoidalarning optimal nisbatlarini ta'minlash;

_ o'quvchilarning qiziqishi, iqtidori va talablarini hisobga olish;

_ o'quvchining o'zi qiziqqan, orzu qilgan kasbi bo'yicha mahoratini shakllantirishni motivatsiyalash va faollashtirish;

Hozirgi kun o'qituvchisi eng avvalo, faol, mehnatkash, fidoiy, talabchan, izlanuvchan, davr bilan hamnafas hamda ijodkor bo'lishi kerak!

REFERENCES

1. Hozirgi zamon o'qituvchisi va unga qo'yiladigan talablar. Международная научно-практическая интернет-конференция. Украина. 30.04.2014.

2. Sh. Ilboyev. Zamonaviy o'qituvchiga qo'yiladigan talablar. Ilmiy axborotnoma jurnali. Toshkent. 19.03.2015

3. A. Xoliqov. Pedagogik mahorat. Toshkent. 2011.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.