Научная статья на тему 'PEDAGOGIK HAMKORLIK ASOSIDA TA’LIM TIZIMIDA YOSHLAR HUQUQIY ONG VA HUQUQIY MADANIYATNI YUKSALTIRISH'

PEDAGOGIK HAMKORLIK ASOSIDA TA’LIM TIZIMIDA YOSHLAR HUQUQIY ONG VA HUQUQIY MADANIYATNI YUKSALTIRISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
27
11
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
huquqiy ta’lim / huquqiy ong / huquqiy ma’daniyat / intellektual va madaniy salohiyat / inson va uning ilmiy-ma'rifiy potensiali / maktabgacha ta’lim / umumiy o‘rta ta’lim / pedagogik mahorat / o'quv jarayoni.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Akayeva N.A

Maqolada yoshlar huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish jarayoni ko‘rsatilgan Shaxs huquqiy ongini shakllanishida huquqiy ta’lim va tarbiyaning roli va ahamiyati tahlilga tortilib, ilmiy-nazariy xulosalar chiqarilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «PEDAGOGIK HAMKORLIK ASOSIDA TA’LIM TIZIMIDA YOSHLAR HUQUQIY ONG VA HUQUQIY MADANIYATNI YUKSALTIRISH»

PEDAGOGIK HAMKORLIK ASOSIDA TA'LIM TIZIMIDA YOSHLAR HUQUQIY ONG VA HUQUQIY MADANIYATNI YUKSALTIRISH

Akayeva N.A

Toshkent davlat pedagogika universiteti dotsenti, pedagogika fanlari bo'yicha falsafa

doktori (PhD) https://doi.org/10.5281/zenodo.10112904

Annotatsiya. Maqolada yoshlar huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish jarayoni ko'rsatilgan Shaxs huquqiy ongini shakllanishida huquqiy ta'lim va tarbiyaning roli va ahamiyati tahlilga tortilib, ilmiy-nazariy xulosalar chiqarilgan.

Kalit so'zlar: huquqiy ta 'lim, huquqiy ong, huquqiy ma'daniyat, intellektual va madaniy salohiyat, inson va uning ilmiy-ma'rifiy potensiali, maktabgacha ta'lim, umumiy o'rta ta'lim, pedagogik mahorat, o'quv jarayoni.

Аннотация. В статье показан процесс повышения правосознания и правовой культуры молодежи, проанализирована роль и значение правового воспитания и воспитания в формировании правового сознания личности, сделаны научно-теоретические выводы.

Ключевые слова: правовое воспитание, правосознание, правовая культура, интеллектуально-культурный потенциал, человек и его научно-образовательный потенциал, дошкольное образование, общее среднее образование, педагогическое мастерство, воспитательный процесс.

O'zbekiston Respublikasida ta'lim sohasidagi milliy dasturlar doirasida amalga oshirilayotgan ishlar va erishilgan qator ijobiy o'zgarishlarga qaramasdan, ta'lim sifati va samaradorligini yanada oshirish, bunda yaratilgan shart-sharoitlar va imkoniyatlardan foydalanish bugungi kunda eng dolzarb masalalardan hisoblanadi. Yoshlarning bilim olish motivatsiyalarini shakllantiruvchi mexanizmlarni va o'qitishning yangi shakl, noan'anaviy uslublari orqali ularning bilish hamda ta'lim-tarbiya jarayoni tizimini takomillashtirish va sifatini boshqarish mexanizmlarini ishlab chiqib, ularni amalga oshirish zarurati mavjud. Aynan mana shular uzluksiz ta'lim tizimini mazmunan takomillashtirishni, ta'lim-tarbiya samaradorligini yangi sifat bosqichiga ko'tarishga xizmat qiladigan ta'sirchan choralarni ko'rishni taqazo qiladi. Ta'limning ustuvor vazifalaridan biri - yoshlar ongu shuurida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni qaror toptirish, jamiyatda o'z o'rnini topishi uchun amaliy - hayotiy ko'nikmalarni shakllantirish hamda yoshlarning ijtimoiy huquqiy munosabatlarda faol ishtirok etishiga zamin hozirlashdir.

Huquqiy ta'lim shaxsning huquqiy ong darajasini inson, jamiyat, davlat manfaatlariga javob beradigan eng umumiy yuridik prinsiplar va normalarni anglab yetishga yo'naltiradi. Huquqiy ongni shakllantirish ko'p jihatdan huquqiy ta'limga bog'liq. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to'g'risida" farmonida jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishda, eng avvalo, ta'lim-tarbiyaning tizimli va uzviy ravishda olib borilishiga alohida e'tibor qaratish, maktabgacha ta'lim tizimidan boshlab, aholining barcha qatlamlariga huquqiy ong va huquqiy madaniyatni chuqur singdirish, shaxsiy manfaatlar hamda jamiyat manfaatlari o'rtasidagi muvozanatni saqlash g'oyalarini keng targ'ib qilish asosiy vazifa qilib belgilangan. Shuningdek, ushbu farmonda tarbiyaviy va o'quv ishlari shaxsning huquqiy ong daraj asini inson, jamiyat, davlat manfaatlariga javob beradigan eng umumiy yuridik prinsiplar va normalarni

anglab yetishga qadar oshirishga yo'naltirilishi, huquqiy ta'lim uzluksiz bo'lib, yoshlikdan boshlab berib borilishi, bolalar maktabgacha tarbiya muassasalaridayoq xulq-atvor qoidalaridan xabardor bo'lishi, ma'naviy va ba'zi huquqiy normalar to'g'risida boshlang'ich tushunchalar olishi, kelgusida o'qitish davomida bu bilimlar kengaytirilishi va chuqurlashtirilishi, aniq ifodalangan huquqiy xususiyat kasb etishiga olib kelishi ta'kidlangan. Mamlakatimizda hozirgi paytda yoshlarga ta'lim va tarbiya berishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Ta'lim-tarbiya hamisha jamiyat taraqqiyotining asosi bo'lgan. Chunki, inson jamiyatdagi barcha munosabatlar, aloqalarning markazida turadi. Fan-texnika va axborotdagi revolyusiya inson va uning ilmiy-ma'rifiy potensialini ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning hal qiluvchi omiliga aylantirdi. Fan-texnika taraqqiyotining ilg'or natijalarini qo'llash, ishlab chiqarishni intensivlashtirish, yuqori samarali texnika texnologiyalardan foydalanish bilan bir qatorda, eng muhimi yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash bu boradagi muhim vo'nalishlardan biri hisoblanadi. Barqaror iqtisodiy o'sishni ta'minlash, xalqaro mehnat taqsimotida munosib o'rin egallash, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini ta'minlash muammolari ko'p jihatdan ish kuchining bilimi, malakasi, vaziyatga qarab ish tuta olishiga bog'liq. Kelajakda erishishimiz lozim bo'lgan buyuk maqsadlarga yetishish uchun eng avvalo yuqori malakali, zamon talabiga javob beradigan mutaxassis kadrlar tayyorlashimiz kerak.

Hozirgi davrda o'quv jarayonini tashkil etish o'qituvchidan faqat chuqur bilimgina emas, balki pedagogik mahoratga ega bolishlarini, dars berishning turli metodlarini bilishni hamda o'z ustida tinmay ishlashni talab qiladi. Farzandlarimizning yoshlikdan huquqiy fikrlay bilishi uchun, mamlakatimizda o'rta maktabdan boshlab huquqiy bilim asoslarini o'rganishga kirishildi. Shuning uchun ham talabalar orasidagi oilali talabalar bilan ishlashda ularning huquqiy bilimlarini ham hisobga oilish masalasi muhim o'rin egallaydi.

1-rasm. Talabalarning yosh va psixologik xususiyatlariga tayangan holda ularning oila huquqiga oid bilimining shakllanganlik darajalarini belgilovchi mezonlar

Ushbu mezonlardan kelib chiqqan holda talabalar tomonidan o'zlashtirilishi lozim bo'lgan asosiy tushunchalar, ko'nikma va malakalar mazmunini aniqladik. Talabalar - huquq tizimi, huquqiy faoliyat, huquqiy bilim, huquqiy ta'lim, huquqiy tarbiya, huquqiy tasavvur, huquqiy idrok, huquqiy tafakkur, huquqiy mas'ullik, huquqiy e'tiqod, huquqiy savodxonlik, kabi

tushunchalar mohiyati va mazmunini chuqur tahlil qilib tushinib yetadilar. Oila huquqini shakllantirish jarayonida huqiqiy madaniyat tushunchasi, uning tarkibiy qismlari, ularning mohiyatini anglash, ularning shaxs qiyofasida aks etishiga erishish muhim jarayon sanaladi.

Qadriyatlar va ularning mohiyatini o'rganish, talabalar o'rtasida huquqiy qadriyatlar mohiyatini targ'ib etishga yo'naltirilgan bilimlarini keng qo'llashga targ'ib etish o'zining ijobiy natijasini beradi.

Zero, ulug' alloma Abdulla Avloniy ta'kidlaganlaridek "Tarbiya - biz uchun yo hayot - yo mamot, yo najot - yo halokat, yo saodat-yo falokat masalasi, jamiyatimizning ertangi taqdiri farzandlarimiz tarbiyasi bilan bog'liq" degan fikrini alohida ta'kidlab o'tgan edi.

Talabalar ongida oila huquqiga oid bilimni shakllantirishda quyidagi ustuvor yo'nalishlar belgilab olinadi:

- talabalarni huquqiy bilimlardan to'la xabardor etish, ularda huquqiy bilimlarni o'zlashtirishga bo'lgan ehtiyoj va qiziqishlarni uyg'otish, oila huquqi unsurlarini qaror toptirish va rivojlantirib borishni ta'minlash;

- talabalarning huquqiy ongi va faoliyatini shakllantirish, oila huquqini vujudga keltirishga qaratilgan ta'lim-tarbiya ishlarini tashkil etish jarayonida umuminsoniy va milliy qadriyatlarga tayanish, milliy an'ana va jahon tajribasidan ijodiy foydalanish;

- talabalarda huquqiy bilimlarni tasdiq etish va ijtimoiy-huquqiy tadqiqotlarni olib borish ishida rag'batlantirish asosida ularda amaliy ko'nikma va malakalar hosil qilish;

- huquqiy ta'lim samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi ta'lim va tarbiyaning shakl, metod va unsurlarini yaratish hamda ularni amaliyotiga tatbiq etish ishini yaxshilash;

- talabalar ongida oila huquqiga oid bilimni shakllantirishda, talabalar o'z-o'zini boshqarish organlari, yoshlar uyushmalari, jamoatchilik va huquqni muhofaza qiluvchi organlari yordamidan foydalanish, bu yo'lda muhim bo'lgan ommaviy-axborot vositalari rolini kuchaytirish.

Talabalar ongida oila huquqiga oid bilimni shakllantirishda huquqiy ta'lim-tarbiyaning samaradorligini hisobga olish maqsadga muvofiqdir.

Pedagoglar, oila huquqi sohasi bo'yicha mutaxassislar ota-onalarning bolalarga tarbiyaviy ta'siriga ko'ra oilalarni farovon va notinch oilalarga ajratmoqdalar. Birinchi Prezidentning "Muxtasar aytganda, hammamizga ayon bo'lishi tabiiyki, oila sog'lom ekan — jamiyat mustahkam, jamiyat mustahkam ekan — mamlakat barqarordir" degan so'zlari bejiz emas.

Bolalar tarbiyasi - oilaning asosiy funksiyasidir. Inson baxti uchun oilaning tengi yo'q: hech narsa hech qachon bola uchun qadrdon uy, ota-ona muhabbati o'rnini bosa olmaydi.

Bola tarbiyasida sog'lom nasl masalasi ham muhim rol o'ynashini inkor etib bo'lmaydi. Aqli raso har qaysi inson yaxshi anglaydiki, bu yorug' dunyoda hayot bor ekan, oila bor. Oila bor ekan, farzand deb atalmish bebaho ne'mat bor. Farzand bor ekan, odamzot hamisha ezgu orzu va intilishlar bilan yashaydi.

Oliy o'quv yurtining, ayniqsa, huquqiy yo'nalishdagi o'quv yurtining talabalari esa huquqiy fikrlashnigina emas, keng doiradagi huquqiy muammolarni aniqlash, tahlil qilish,huquqiy islohatlar rivojlanish tendensiyalariga baho berish, bu o'zgarishlar kelajakda qanday natijaga oiib kelishi mumkinligini his qila bilishi, ko'z o'ngiga keltira bilishni-o'rganishi zarur. Buning uchun esa huquq fanlarni chuqur bilish talab qilinadi.Huquq fanlarni o'rganish uchun to'g'ri metod tanlash muhim ahamiyatga ega. Dars o'tishda to'g'ri metod tanlanmasa, nazariy jihatdan o'qituvchining bilimi yuqori bo'lishidan qat'inazar, kutilgan natijani bermaydi.

O'qituvchining bilimi pedagogik mahorat bilan qo'shilgandagina o'quv jarayonini samarali

tashkil etish mumkin. Buning uchun o'quv jarayonini tashkil etishning turli metodlari va ularni

qo'llashni bilish kerak.Huquq fanlarni o'qitish metodikasi (uslubiyati) aynan ana shu maqsadga

qaratilgarr. U huquq fanlarni o'rganish metodlari va uni dars jarayonida qo'llash yo'llarini o'rgatadi.

REFERENCES

1. Mirziyoyev Sh. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 27 yilligiga bag'ishlangan tantanali marosimdagi ma'ruzasi. 2019 yil.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to'g'risida" 2019 yil 9 yanvardagi PF-5618-son Farmoni.

3. Tadjixanov U., Saidov A. Huquqiy madaniyat nazariyasi. Darslik - T.: IIV Akademiyasi, 1998.- 57 b.

4. Abdug'aniev O. Ta'lim jarayonida modellashtirish orqali talabalarda ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyani rivojlantirish //Innovations in Technology and Science Education. - 2022. -T. 1. - №. 5. - S. 161-168.

5. Abduganiyev O. T. Development of socially active citizenship competencies in students-as a social pedagogical need //prospects of development of science and education. - 2022. - T. 1. - №. 5. - S. 78-83.

6. Tursunboyevich A. O. Development of socially active citizenship competence in students and youth in continuous education. - 2022

7. Tursunboyevich O. A. Pedagogical and psychological opportunities for the development of social active civil competences in students //ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal. - 2021. - T. 11. - №. 3. - S. 1888-1897.

8. Abduganiyev O. Formation of legal training aimed at competitiveness in pupils of secondary schools //European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences. - 2019. - T. 9. - №. 7.

9. Tursunboyevich O. A. Pedagogical and psychological opportunities for the development of social active civil competences in students //ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal. - 2021. - T. 11. - №. 3. - S. 1888-1897.

10. Abduganiyev O. T. Factors affecting the development of socially active citizenship competence in students //E Conference Zone. - 2022. - S. 10-13.

11. Oglu A. O. T. Pedagogical Conditions And Mechanisms Of Development Of Social Active Civil Competence In Students //Turkish Journal of Computer and Mathematics Education. -2021. - T. 12. - №. 7. - S. 433-442.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.