Научная статья на тему 'PAXTACHILIKDA MASHINA-AGREGATLARIDAN OQILONA FOYDALANISHNING TEXNIK-IQTISODIY SAMARADORLIGI BASHORATI'

PAXTACHILIKDA MASHINA-AGREGATLARIDAN OQILONA FOYDALANISHNING TEXNIK-IQTISODIY SAMARADORLIGI BASHORATI Текст научной статьи по специальности «Энергетика и рациональное природопользование»

CC BY
74
7
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
IQTISODIY SAMARADORLIK / MASHINA-AGREGAT / PAXTA EKISH SEYALKASI / KULTIVATOR / YONILG'I SARFI / BASHORAT / ISH UNUMI

Аннотация научной статьи по энергетике и рациональному природопользованию, автор научной работы — Soatov A.M.

Maqolada mashina-agregatlar ishchi kengligini oshirishning texnik iqtisodiy samaradorligi bashorati paxta ekish seyalkasi va kultivatorlar misolida bayon qilinadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PREDICTION OF TECHNICAL AND ECONOMIC EFFICIENCY OF RATIONAL USE OF MACHINE-AGGREGATES IN COTTON-GROWING

The article presents a forecast of the technical and economic efficiency of increasing the width of the machine-aggregates using the example of cotton-seeding machines and cultivators.

Текст научной работы на тему «PAXTACHILIKDA MASHINA-AGREGATLARIDAN OQILONA FOYDALANISHNING TEXNIK-IQTISODIY SAMARADORLIGI BASHORATI»

Soatov A.M. katta o'qituvchi Jizzax Politexnika instituti

PAXTACHILIKDA MASHINA-AGREGATLARIDAN OQILONA FOYDALANISHNING TEXNIK-IQTISODIY SAMARADORLIGI

BASHORATI

Annotatsiya: Maqolada mashina-agregatlar ishchi kengligini oshirishning texnik iqtisodiy samaradorligi bashorati paxta ekish seyalkasi va kultivatorlar misolida bayon qilinadi.

Kalit so'zlari: iqtisodiy samaradorlik, mashina-agregat, paxta ekish seyalkasi, kultivator, yonilg'i sarfi, bashorat, ish unumi, iqtisodiy samaradorlik.

Soatov A.M. head teacher Jizzax Polytechnic Institute

PREDICTION OF TECHNICAL AND ECONOMIC EFFICIENCY OF RATIONAL USE OF MACHINE-AGGREGATES IN COTTON-

GROWING

Abstract: The article presents a forecast of the technical and economic efficiency of increasing the width of the machine-aggregates using the example of cotton-seeding machines and cultivators.

Keywords: efficiency, machine-aggregate, cotton seeder, cultivator, fuel consumption, forecasting, performance, economy.

Maqolada mashina-agregatlar ishchi kengligini oshirishning texnik iqtisodiy samaradorligi bashorati paxta ekish seyalkasi va kultivatorlar misolida bayon qilinadi.

Texnikadan foydalanish harajtlarini kamaytirish va bu bilan qishloq xo'jalik mahsulotini arzonlashtirishning asosiy yo'li, mashina-agregatlardan foydalanish darajasini oshirish hisoblanadi. Bu esa mashina-agregatlarining mavsumdagi ish unumini oshirish va ulardan butun yil davomida intensiv foydalanish yo'llarini izlashni taqozo etadi.

Yuqorida ta'kidlangan muammolarni hal qilish maqsadida qishloq xo'jalik texnikalaridan oqilona foydalanishni boshqarishning nazariy imkoniyatlari bashoratini paxtachilik, xususan chigit ekish va g'o'za parvarishi misolida ilmiy asoslsh maqsad qilib olindi.

Qo'yilgan maqsadga mos holda bunda asosiy e'tibor paxtachilikda qo'llanib kelinayotgan STX-4A rusumli 90x90 sm sxemada ekishga

mo'ljallangan seyalkaning ramasiga qo'shimcha jiddiy o'zgartirishlarsiz 60x60 sm sxemada ekadigan S4X-6B takomillashgan olti qatorli seyalka hosil qilinadi.

So'z yuritilgan chigit ekish seyalkasining olti qatorga o'zgartirilishi o'z nabatida kultivatorning ham olti qatorli bo'lishini taqozo qilishi tabiiy. Buning uchun ham 90x90 sm sxemaga mo'ljallangang to'rt qatorli KRX-3.6 rusumli kultivator oldingi ramasiga 60x60 sm sxemaga moslab ishchi organlar uch qatordan joylashtiriladi. Orqadagi ishchi organlar ham 60x60 sm sxemaga moslashtirilib o'rnatiladi.

Mazkur so'z yuritilgan takomillashtirishlarning texnik-iqtisodiy samaradorligi quyidagicha.

Ko'rsatgichlar bo'yicha to'rt va olti qatorli chigit ekish agregatlarining qiyosiy jadvali. 1-jadval._

№ Ko'rsatgichlar nomi O'lchov birligi To'rt qatorlida Oli qatorlida Farqi

1 Smenali ish unumi Gektar/sm 6.28 8.44 +2.16

2 Agregatning o'tishlar soni (1 gektar uchun) O'tish/gektar 21 14 -7

3 Yonilg'i sarfi Kg/gektar 7.58 6 -1.58

4 Mehnat sarfi Kishi-soat/gektar 0.33 0.23 -0.1

1-jadvaldagi bir gektarga nisbatan olingan ko'rsatkichlar orqali Republikamiz miqyosida ushbu texnologiya joriy etilgandagi yillik iqtisodiy samaradorlikni quyidagicha bashorat qilishni mantiqiy asosga ega deyish mumkin.

1. Mavsumiy ish unumdorligi (ekish agregati uchun)

a) to'rt qatorlida - 59.0 ga/mav

b) olti qatorlida - 80.64 ga/mav

2. Respublikamiz bo'yicha talab qilinadigan ekish agregat (seyalka)lari soni. Paxta maydonini 2 mln. gektar deb olamiz. U holda 2 mln gektar maydonga bir mavsumda talab qilinadigan seyalkalar soni:

a) to'rt qatorlida - 33334 dona

b) olti qatorlida - 25000 dona

Demak, olti qatorliga o'tilsa 8334 ta ekish agregatiga hojat qolmaydi. Ana shu tejalgan ekish agregatlarining narxi bo'yicha iqtisodiy samaradorlik quyidagicha bo'ladi. Traktor narxi - 32000000 so'm va seyalka narxi - 338600 so'm bo'lgandagi mavsumiy iqtisod

I= 8334x32000000+8334x338600=266 mlrd 688 mln + 27 mlrd 825 mln=294 milliard 544 million so'mni tashkil qiladi.

Yonilg'i sarfi tejamkorligi. 1-jadvaldan ko'rinadiki, olti qatorli ekish agregatida yonilg'i sarfi gektariga 1558 kg tejaladi. U holda respublika bo'yicha chigit ekish mavsumida 2 mln gektarga to'g'ri keladigan iqtisod 1.58x2000000=3160000 kg yonilg'i narxi 1000 so'm/kg bo'lgandagi iqtisodiy samaradorlik 3160000x1000=3 mlrd 160 mln so'mni tashkil etadi.

Ana shu natijani olti qatorli kultivatorga o'tishga tadbiq etamiz. Kultivatsiya paytidagi yonilg'i sarfini taxminan ekish agregatiga teng deb olamiz. Kultivatsiya sonini mavsum uchun 10 marta deb olganimizda yonilg'i sarfi tejamkorligining 3 mlrd 160 mln x 10 = 31 mlrd 600 mln so'mni tashkil qilishini ko'rish mumkin.

Ekish va kultivatsiya qilishni to'rt qatorlidan olti qatorliga o'tkazishdagi iqtisodiy samaradorlik yuqoridagi ikkita ko'rsatkichning o'zidayoq jami 294 mlrd 544 mln + 34 mlrd 760 mln = 329 mlrd 304 mln so'mga teng bo'ladi.

Bir gektar yerga chigit ekishdagi agregatning o'tishlari soni olti qatorlida 7000 marta kam bo'lishini (1-jadval) hisobga olinsa, 2 mln gektar uchun u 2.000000 x 7000 = 14000000000= 14 milliard martani tashkil etadi.

Ushbu raqamni 10 marta kultivatsiya qilishga qo'llasak o'tishlar soni unda 140 milliard martaga kam bo'ladi va mos holda yerning zichlanishi ham shunchaga kamayadi, bu esa hosildorlikning gektariga 4.5 sentnerga oshishiga olib keladi. Respublikamiz bo'yicha o'rtacha 3 s/gek deb olganda ortiqcha paxta hosilining 2.000000 gek x 3 s/gek = 6.000000 s yoki 600 ming tonna bo'lishiga erishish mumkin bo'ladi. Bu kamida ikkita viloyatning paxtasi demakdir.

Shuningdek, bu yerda so'z yuritilmagan ortiqcha ishchi kuchiga ish haqi, texnik qarov, saqlash uchun joylar, milliardlab ortiqcha o'tishlar bilan bog'liq texnikaning yoyilib ishdan chiqishi ta'mirlash va boshqa harajatlarga ham mazkur texnologiya amalga oshirilsa barham beriladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. В.З.Бубнов, М.В.Кузмин "Эксплуататсия машинно-тракторного парка". Москва. "Колос". 1980г.

2. V.Z.Bubnov "Texnikadan qanday to'g'ri foydalanish mumkin?" Toshkent. "O'zbekiston" 1982 yil.

3. Mahkamovich S. A., Parmanovich I. A. Korxona faoliyati samaradorligini ta'minlashda transformatsiyalashning o 'rni va roli //Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences. - 2021. - Т. 1. - №. 5. - С. 800-805.

4. Makhkamovich S. A. The Quality Education For Engineering Graphics Teaching Material Construction //JournalNX. - С. 270-277.

5. Parmanovish I. A., Mahkamovish S. A. Methods, Perspectives and Mechanisms of Increasing the Efficiency of Tourism in Jizakh Region //Academic Journal of Digital Economics and Stability. - 2021. - С. 558-563.

6. Игамбердиев Х. Х. и др. Горизонтально шпиндельная хлопкоуборочная машина с приводом клиноременной передачи //Научно-практические пути повышения экологической устойчивости и социально -экономическое обеспечение сельскохозяйственного производства. - 2017. - С. 1225-1228.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.