Научная статья на тему 'PAXTA XOMASHYOSINI TASHISHDA HAVODAN AJRATISH JARAYONIDA TOLA SIFAT KOʻRSATKICHLARINI ANIQLASH YOʻLLARI'

PAXTA XOMASHYOSINI TASHISHDA HAVODAN AJRATISH JARAYONIDA TOLA SIFAT KOʻRSATKICHLARINI ANIQLASH YOʻLLARI Текст научной статьи по специальности «Технологии материалов»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
paxta / chigit / tola / havo / qoʻzgʻaluvchan qurilma / separator / mayda ifloslik / sidirgich / vakuum-klapan / toʻrli yuza / paxta tozalash / HVI tizimi / cotton / seeds / fiber / air / excitable device / separator / fine dirt / diuretic / vacuum-valve / mesh surface / cotton cleaning / HVI system

Аннотация научной статьи по технологиям материалов, автор научной работы — M.N.Saloxiddinova

Ushbu maqolada paxtani tashishda qoʻllaniladigan qoʻzgʻaluvchan qurilmaning elementlari hamda ishchi qismlarini paxtaning sifat koʻrsatkichlariga taʼsiri oʻrganilgan boʻlib, buntdan, qurilmadan oldin va keyin namuna olinib, ushbu tola namunalarini HVI tizimida sifat koʻrsatkichlari aniqlangan hamda taqqoslangan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

METHODS FOR DETERMINING FIBER QUALITY INDICATORS IN THE PROCESS OF AIR SEPARATION DURING TRANSPORTATION OF RAW COTTON

This article examines the influyence of the elements and working parts of transshipment device used in the transportation of cotton on the quality indicators of cotton, from the reel, before and after the device, the quality indicators of these fiber samples were determined and compared in the HVI system.

Текст научной работы на тему «PAXTA XOMASHYOSINI TASHISHDA HAVODAN AJRATISH JARAYONIDA TOLA SIFAT KOʻRSATKICHLARINI ANIQLASH YOʻLLARI»

UDK 677.21.021.152

PAXTA XOMASHYO SINI TASHISHDA HAVODAN AJRATISH JARAYONIDA _TOLA SIFAT KO'RSATKICHLARINI ANIQLASH YOLLARI_

M.N.Saloxiddinova* salohiddinova.m@mail.ru

Kalit so'zlar: paxta, chigit, tola, havo, qo'zg'aluvchan qurilma, separator, mayda ifloslik, sidirgich, vakuum-klapan, to'rli yuza, paxta tozalash, HVI tizimi.

Mamlakatimizda paxtachilik tarmog'ini rivojlantirish, paxta tozalash korxonalarini modernizatsiyalashtirish hamda texnik qayta jihozlash, ishlab chiqarish va paxta xom ashyosini qayta ishlash rentabelligini, shu bilan birga, ishlab chiqariladigan mahsulotlarning raqobatbardoshliligini oshirish bo'yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda, shu jumladan: O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi "2022-2026-yillarga mo'ljalangan yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida"gi PF-60 sonli Farmoni, jumladan "...Milliy iqtisodiyot barqarorligini ta'minlash va yangi ichki mahsulotda sanoat siyosatini davom ettirib, sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmini 1,4 baravarga oshirish maqsad qilinib, bunda to'qimachilik sanoati mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 2 baravarga ko'paytirish..." vazifasi belgilab berilgan bo'lib, ushbu vazifalarini amalga oshirishda, jumladan paxta tozalash korxonalarida qayta ishlash jarayonida chigit va tolalarga shikast yetkazmasdan samarali tashish masalasi ham dolzarb hisoblanadi [1].

Paxta to'qimachilik clusterlariga qarashli bo'lgan paxta tozalash korxonalarida paxta xomashyosiga beriladigan zarba kuchlari hamda paxtani ishqalanishda hosil bo'ladigan kuchlari sababli tolalarning shikastlanishi paxtani dastlabki qayta ishlash jarayonidagi eng katta muammolardan biri hisoblanadi. Ushbu muammolarni bartaraf qilish bo'yicha mamlakatimizda ko'plab tadqiqotchilar tamonidan ilmiy ishlar olib borilmoqda. Ammo bu masala haligacha dolzarbligicha qolmoqda [2].

Shularni hisobga olgan holda, mualliflar tomonidan tashish jarayonida tolani shikastlanishini tadqiq qilindi. Tadqiqotda buntdan, qo'zg'aluvchan qurilma tarkibidagi separator uskunasidan oldin va separatsiya jarayonidan keyin paxta xomashyolarining tolalarini HVI tizimida tolaning uzunligi, uzunlik bo'yicha bir xillik, pishiqlik, uzalishdagi uzayish, tolaning ingichkaligi va pishib yetilganligi, rangi hamda ifloslanish ko'rsatkichlarini aniqlash va solishtirish orqali tahlil etildi [3-5]. Tahlillarni "Namangan To'qimachi cluster" MCHJ ga qarashli "To'raqo'rg'on paxta tozalash" korxonasida namligi 13.4%, iflosligi 16.8%, seleksion navi Andijon-36 bo'lgan 1-sort 1-navdagi paxta xomashyosida o'tkazildi. Har bir jarayondan 9 ta tola namunalari olindi va HVI tizimida 11 ta ko'rsatkich aniqlandi va o'rtacha natijalar olindi. Olingan natijalar quyidagi jadvallarda keltirilgan [6-12].

1.1-jadval. Ochiq maydonda joylashgan buntdan olingan namunalar

№ Mic Str Len Unf SFI Elg Cnt Area Rd +b

1 4.5 34.7 1.18 89.0 <3.5 6.5 42 1.3 72.1 9.0

2 4.4 35.2 1.19 88.3 <3.5 7.0 26 0.8 73.3 9.0

3 4.4 34.4 1.20 85.9 <3.5 7.2 30 0.8 72.6 8.9

* Saloxiddinova Maxliyo Nurmuxammad qizi - Namangan to'qimachilik sanoati instituti PhD doktoranti.

«Yosh olimlar axborotnomasi» - «Вестник молодых ученых» - «The bulletin of young scientists»

4 4.4 35.4 1.18 87.1 4.7 6.5 28 1.0 72.6 8.7

5 4.5 32.3 1.19 86.7 <3.5 7.1 31 0.7 72.7 8.8

6 4.4 34.6 1.23 87.1 <3.5 7.4 10 0.5 74.6 8.5

7 4.5 34.1 1.20 86.2 <3.5 7.2 11 0.7 75.7 9.3

8 4.4 37.4 1.20 85.9 <3.5 6.7 14 0.5 74.0 9.3

9 4.4 33.5 1.22 85.9 <3.5 6.1 12 0.8 74.7 9.4

Yuqoridagi 1.1-jadvalda keltirilgan ko'rsatkichlarni o'rtacha qiymati olindi va quyidagi 1.2-jadvalda keltirildi.

1.2-jadval. Ochiq maydonda joylashgan buntdan olingan namunalarning o'tacha

ko'rsatkichlari

Ruxsat etilgan O'rtacha

№ Ko'rsatkich o'lchov birligi O'lchov sistemali xatolik, ko'pi bilan kvadratli farq, ko'pi bilan

1 Mikroneyr ko'rsatkichi (Mic) 4.4 0.05 1.13

2 Solishtirma uzunlik kuchi (Str) 34.6 1.40 4.04

3 Yuqori o'rtacha uzunlik (Len) 1.20 0.02 1.41

4 Uzunlik bo'yicha birxillik indeksi (Unf) 86.9 1.12 1.28

5 Kalta tolalar undeksi (SFI) 2.5 1.51 59.38

6 Uzilishdagi uzayishi (Elg) 6.9 0.43 6.24

7 Iflos aralashmalar soni (Cnt) 23 11.30 49.86

8 Iflos aralashmalar maydoni (Area) 0.8 0.25 31.34

9 Nur qaytarish koyeffitsiyenti (Rd) 73.6 1.22 1.66

10 Sarg'ishlik darajasi (+b) 9.0 0.30 3.36

Jadvallardan ma'lum bo'lishicha, ochiq maydonda joylashgan buntdan olingan namunalar bo'yicha mikroneyr ko'rsatkichi (Mic) 4.4, solishtirma uzunlik kuchi (Str) 34.6 gf/teks, yuqori o'rtacha uzunlik (Len) 1.20 dyum ekanligini ko'rishimiz mumkin. Uzunlik bo'yicha birxillik indeksi (Unf) 86.9 foiz, kalta tolalar indeksi (SFI) 2.5 foiz, uzilishdagi uzayishi (Elg) 6.9 foiz, iflos aralashmalar soni (Cnt) 23 ta, iflos aralashmalar maydoni (Area) 0.8, nur qaytarish koyeffitsiyenti (Rd) sinalayoygan paxta tolasi namunasi yuzasidan qaytgan yorug'lik 73.6 hamda sarg'ishlik darajasi (+b) 9.0 ekanligi aniqlandi.

1.3-jadval. Qo'zg'aluvchan qurilma tarkibidagi SS-15A rusumli separator _ uskunasidan oldin olingan namunalar__

№ Mic Str Len Unf SFI Elg Cnt Area Rd +b

1 4.8 34.5 1.18 87.1 <3.5 6.4 46 2.3 67.7 9.0

2 4.7 29.5 1.18 89.7 <3.5 7.3 44 1.3 68.8 7.9

3 4.7 34.0 1.22 87.6 <3.5 6.7 40 2.3 62.0 6.1

4 4.6 30.6 1.19 86.0 <3.5 7.8 50 2.0 67.9 7.6

5 4.9 32.3 1.21 87.6 <3.5 6.8 52 1.3 67.7 8.0

6 4.7 30.6 1.17 87.0 <3.5 5.4 54 1.6 67.0 9.0

7 4.8 33.1 1.18 83.1 5.8 6.2 56 1.8 66.2 8.4

8 4.7 31.2 1.19 85.8 5.4 6.2 54 1.8 67.4 8.8

9 4.6 29.7 1.19 86.5 <3.5 6.5 56 2.8 66.3 8.2

1.3-jadvaldan ma'lum bo'lishicha, qo'zg'aluvchan qurilma tarkibidagi SS-15A rusumli separator uskunasidan oldin olingan namunalar bo'yicha mikroneyr ko'rsatkichi (Mic) eng yuqorisi 4.9, eng past ko'rsatkichi esa 4.6 bo'lganini ko'rishimiz mumkin. Solishtirma uzunlik kuchi (Str) eng yuqorisi 34.5 gf/teks, eng pasti 29.5 gf/teks, yuqori o'rtacha uzunlik (Len) 1.17 dyumdan 1.22 dyumgacha bo'lganini ko'rishimiz mumkin. Uzunlik bo'yicha birxillik indeksi (Unf) 83.1 foizdan 89.7 foizgacha, kalta tolalar indeksi (SFI) eng yuqorisi 5.8 foiz, eng pasti esa 3.5 foizdan kichik

«Yosh olimlar axborotnomasi» - «Вестник молодых ученых» - «The bulletin of young scientists» 43

bo'lganini aniqlandi. Uzilishdagi uzayishi (Elg) 5.4 foizdan 7.8 foizgacha, iflos aralashmalar soni (Cnt) 40 tadan 56 tagacha bo'lganini, iflos aralashmalar maydoni (Area) 1.3 % dan 2.8 % gacha bo'lganini ko'rishimiz mumkin. Nur qaytarish koyeffitsiyenti (Rd) sinalayoygan paxta tolasi namunasi yuzasidan qaytgan yorug'lik miqdori eng yuqorisi 68.8, eng pasti esa 62.0 bo'lganini kuzatdik hamda sarg'ishlik darajasi (+b) 6.1 dan 9.0 gacha bo'lganini ko'rdik.

Yuqoridagi 1.3-jadvalda keltirilganlarni barchasini hisoblab o'rtacha qiymatn oldik va quyidagi 1.4-jadval hosil bo'ldi.

1.4-jadval. Qo'zg'aluvchan qurilma tarkibidagi SS-15A rusumli separator uskunasidan oldin olingan namunalarning o'tacha ko'rsatkichlari_

№ Ko'rsatkich o'lchov birligi O'lchov Ruxsat etilgan sistemali xatolik, ko'pi bilan O'rtacha kvadratli farq, ko'pi bilan

1 Mikroneyr ko'rsatkichi (Mic) 4.7 0.10 2.06

2 Solishtirma uzunlik kuchi (Str) 31.7 1.84 5.79

3 Yuqori o'rtacha uzunlik (Len) 1.19 0.02 1.33

4 Uzunlik bo'yicha birxillik indeksi (Unf) 86.7 1.77 2.05

5 Kalta tolalar undeksi (SFI) 3.2 1.68 52.75

6 Uzilishdagi uzayishi (Elg) 6.6 0.69 10.44

7 Iflos aralashmalar soni (Cnt) 50 5.70 11.34

8 Iflos aralashmalar maydoni (Area) 1.9 0.50 25.96

9 Nur qaytarish koyeffitsiyenti (Rd) 66.8 1.96 2.94

10 Sarg'ishlik darajasi (+b) 8.1 0.90 11.12

Yuqoridagi 1.3-jadvalda qo'zg'aluvchan qurilma tarkibidagi SS-15A uskunasidan oldin olingan paxtaning tolalarini qo'l mehnati yordamida chigitidan ajratib, HVI tizimida 9 ta namuna tekshirilib ko'rildi. 1.4-jadvalda esa o'rtacha qiymatlar keltirilgan.

1.5-jadval. Qo'zg'aluvchan qurilmadan keyin olingan namunalar

№ Mic

Str

Len

Unf

SFI

Elg

Cnt

Area

Rd

+b

1

4.4

30.1

1.21

87.5

<3.5

6.6

32

1.7

69.1

7.4

4.3

32.6

1.18

86.1

<3.5

6.5

22

0.6

73.4

9.1

4.4

30.5

1.19

86.9

<3.5

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

6.82

28

1.1

73.3

9.8

4.5

31.8

1.20

86.9

<3.5

7.0

24

1.2

72.7

9.4

4.5

26.3

1.15

86.9

5.3

7.1

23

0.8

71.9

9.0

4.4

35.4

1.20

87.7

<3.5

7.3

20

1.2

71.0

8.8

4.5

32.7

1.19

87.0

3.8

7.1

26

1.6

70.7

8.8

4.6

36.3

1.22

3.2

<3.5

6.4

25

1.5

71.0

8.9

4.5

27.4

1.17

85.6

4.8

7.2

24

1.7

70.3

9.1

1.5-jadvalda keltirilgan 9 ta tola namunalarining natijalari keltirilgan bo'lib, olingan natijalarni o'rtachasini 1.6-jadvalda keltirib o'tilgan.

2

3

4

5

6

7

8

9

1.6-jadval. Qo'zg'aluvchan qurilma tarkibidagi SS-15A rusumli separator

uskunasidan keyin olingan namunalarning o'tacha ko'rsatkic llari

№ Ko'rsatkich o'lchov birligi O'lchov Ruxsat etilgan sistemali xatolik, ko'pi bilan O'rtacha kvadratli farq, ko'pi bilan

1 Mikroneyr ko'rsatkichi (Mic) 4.5 0.09 1.98

2 Solishtirma uzunlik kuchi (Str) 31.5 3.31 10.53

3 Yuqori o'rtacha uzunlik (Len) 1.19 0.02 1.78

4 Uzunlik bo'yicha birxillik indeksi (Unf) 87.0 0.79 0.91

5 Kalta tolalar indeksi (SFI) 2.7 1.08 40.82

6 Uzilishdagi uzayishi (Elg) 6.9 0.33 4.73

7 Iflos aralashmalar soni (Cnt) 25 3.52 14.13

8 Iflos aralashmalar maydoni (Area) 1.3 0.39 31.08

9 Nur qaytarish koyeffitsiyenti (Rd) 71.5 1.45 2.03

10 Sarg'ishlik darajasi (+b) 8.9 0.65 7.32

Qo'zg'aluvchan qurilmadan keyin olingan namunalar bo'yicha 1.5-jadvaldagi natijalarning o'rtacha qiymatlari 1.6-jadvalda keltirilgan bo'lib, bundan ko'rinadiki, mikroneyr ko'rsatkichi (Mic) 4.5, solishtirma uzunlik kuchi (Str) 31.5 gf/teks, yuqori o'rtacha uzunlik (Len) 1.19 dyum ekanligini ko'rishimiz mumkin. Uzunlik bo'yicha birxillik indeksi (Unf) 78.0 foiz, kalta tolalar indeksi (SFI) 2.7 foiz, uzilishdagi uzayishi (Elg) 6.9 foiz, iflos aralashmalar soni (Cnt) 25 ta, iflos aralashmalar maydoni (Area) 1.3, nur qaytarish koyeffitsiyenti (Rd) sinalayoygan paxta tolasi namunasi yuzasidan qaytgan yorug'lik 71.5 hamda sarg'ishlik darajasi (+b) 8.9 ekanligi aniqlandi. Grafikdan ko'rinadiki, ochiq maydonda joylashgan buntdan, qo'zg'aluvchan qurilma tarkibidagi SS-15A rusumli separator uskunasidan oldin va

asosiy asosiy asosiy asosiy asosiy asosiy asosiy asosiy asosiy asosiy asosiy asosiy asosiy

ГЬп

EEL

□ochiq niaydondagi buntdan

■ qo'zg'aluvchan qurilmadan oldin

qo'zg'aluvchan 1=1 qurilmadan keyin

Щ

Str Len Unf SFI Elg Cnt Area Rd +b

1-rasm. HVI tizimida tekshirilgan natijalar asosidagi gistogramma

keyin olingan tola namunalarining bo'yicha olingan solishtirma uzunlik kuchi (Str), iflos aralashmalar soni (Cnt) va iflos aralashmalar maydoni (Area) kamaygan. Shuningdek, yuqori o'rtacha uzunlik (Len), uzunlik bo'yicha birxillik indeksi (Unf), kalta tolalar indeksi (SFI), uzilishdagi uzayishi (Elg), nur qaytarish koyeffitsiyenti (Rd) sinalayoygan paxta tolasi namunasi yuzasidan qaytgan yorug'lik hamda sarg'ishlik darajasi (+b) deyarli uzgarishsiz qolganini ko'rishimiz mumkin.

Xulosa. "Namangan To'qimachi cluster" MCHJ ga qarashli "To'raqo'rg'on paxta tozalash" korxonasidan ochiq maydonda joylashgan buntdan, qo'zg'aluvchan qurilma tarkibidagi SS-15A rusumli separator uskunasidan oldin va keyin tola namunalari olindi. Tajribalar xalqaro universal paxta tolasi standarti bo'yicha tola sifat ko'rsatkichlarini aniqlash uchun mo'ljallangan HVI 900 SA instrumental laboratoriya tizimida Andijon-36 seleksiya navidagi tolalarda o'tkazilgan tadqiqot natijalari olindi. Tola namunalari "Agrasanoat majmuida xizmat ko'rsatish markazi" DUK Namangan viloyati filiali laboratoriya markazidagi HVI-900 SA laboratoriya tizimida sinovdan o'tkazildi. Sinov natijalariga ko'ra, solishtirma uzunlik kuchi (Str), iflos aralashmalar soni (Cnt) va iflos aralashmalar maydoni (Area) kamayganini ko'rsatdi. Qo'zg'aluvchan qurilma tarkibidagi separatorning to'rli yuzasi orqali havo so'rilishi natijasida ma'lum miqdorda tozalanishini ko'rishimiz mumkin.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Adabiyotlar:

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida" gi PF-4947-son Farmoni. "Halq so'zi", 8-fevral 2017-yil.

X.T.Axmedxodjayev, A.M.Salimov, T.O.To'ychiyev. Tabiiy tolalarni dastlabki ishlash texnologiyasi. O'quv qo'llanma. Namangan 2020-yil.

M. Salokhiddinova, R. Muradov. Research to Reduce Seed and Fiber Strain in Cotton Separator // VIII International Annual Conference "Industrial Technologiyes and engineering" (ICITE 2021). AIP Conf. Proc. 2650, 030018 (2022) https://doi.org/10.1063/5.0105476 M. Salomova, M. Salokhiddinova, R. Muradov and A. Kushimov. How to increase the effect radius of the cotton transport procyess in a mobile devicye // International conference "Problems in the textile and light industry in the context of integration of sciyence and industry and

«Yosh olimlar axborotnomasi» - «Вестник молодых ученых» - «The bulletin of young scientists»

1.

2.

3.

45

ways to solve them (PTLICISIWS-2022)" AIP Conf. Proc. 2789, 040045 (2023) https://doi.Org/10.1063/5.0145641

5. R.Muradov, M.Saloxiddinova. Paxta separatori konstruksiyasini takomillashtirish // Monografiya. "Iste'dod ziyo press" nashriyoti 2021y. ISBN-978-9943-7449-8-1. 168 bet.

6. R. Muradov, M. Salokhiddinova. Improvement of cotton separator construction // Monograph LAP Lambert Academic Publishing. 2022. ISBN:978-620-5-49484. 136 bet.

7. M. Salokhiddinova and R. Muradov (2022) Methods for Increasing the efficiyency of Cleaning the Transfer Device. Engineering, 14, 54-61. https://doi.org/10.4236/yeng.2022.141005

8. Salokhiddinova Makhliyo Nurmukhammad qizi, Muradov Rustam Muradovich, Karimov Abdusamat Ismonovich, Mardonov Botir Mardanovich. The Shortfalls of the Vacuum Valve Cotton Separator. American Journal of Sciyence and Technology. Vol. 5, No. 4, 2018, pp. 4955. http://aascit.org/j ournal/archive2?journalId=902&paperId=6911

9. Salokhiddinova Makhliyo Nurmukhammad qizi, Muradov Rustam Muradovich, Mamatqulov Orif Tursunovich, Khalikov Shokir Sharipovich. Theoretical Research of the Process of Separating Impuritiyes from Cotton Flow on the Vibrating Inclined Mesh Surface. International Journal of Advanced Sciyence and Technology. Vol. 29, No. 7, (2020), pp. 10858-10869. http://sersc.org/journals/index.php/IJAST/article/viyew/27500

10. Mardonov, B.M.; Usmanov, X.S.; and Saloxiddinova, M. (2019) Theoretical analysis of the process of isolating impuritiyes from the raw cotton stream as a result of vibration of the inclined plane, Textile Journal of Uzbekistan: Vol. 1: No.1, Article 3. https://uzjournals.yedu.uz /titli/vol1/iss1/3

11. Salokhiddinova Makhliyo Nurmukhammad Qizi, Khalikov Shokir Sharipovich, Khakimova Maftuna Yoqubjon Qizi and Muradov Rustam Muradovich. Ways to Reduce the Impact of Cotton in the Separator Worker Chamber. International Journal of Psychosocial Rehabilitation, Vol. 24, Issuye 04, 2020. Pages: 6494-6501. http://dx.doi.org/10.37200/IJPR/V24I4/PR2020458

12. Yuldashev Khurshid Hazratkulovich, Salokhiddinova Makhliyo Nurmuhammad kizi, Kushimov Azamat Abrurazzokovich, & ergasheva Dildora Gairat kizi. (2022). Improving the retention of free fibers in raw cotton and the separation of cotton from the air. Texas Journal of Multidisciplinary Studiyes, 7, 34-38. Retriyeved from https://ziyenjournals.com/ index.php/tjm/article/viyew/1184

PAXTA XOMASHYOSINITASHISHDA HAVODANAJRATISH JARAYONIDA TOLA SIFATKORSATKICHLARINIANIQLASH YOLLARI

Ushbu maqolada paxtani tashishda qo'llaniladigan qo'zg'aluvchan qurilmaning elementlari hamda ishchi qismlarini paxtaning sifat ko'rsatkichlariga ta'siri o'rganilgan bo'lib, buntdan, qurilmadan oldin va keyin namuna olinib, ushbu tola namunalarini HVI tizimida sifat ko'rsatkichlari aniqlangan hamda taqqoslangan.

МЕТОДЫ ОПРЕДЕЛЕНИЯ ПОКАЗАТЕЛЕЙ КАЧЕСТВА ВОЛОКНА В ПРОЦЕССЕ СЕПАРАЦИИ ВОЗДУХА ПРИ ТРАНСПОРТИРОВКЕ ХЛОПКА СЫРЦА

В данной статье изучено влияние элементов и рабочих частей передвижной перевалки, применяемого при транспортировке хлопка, на качественные показатели хлопка, с бунта, до и после устройства, показатели качества этих образцов волокна определялись и сравнивались в системе HVI.

METHODS FOR DETERMINING FIBER QUALITY INDICATORS IN THE PROCESS OF AIR SEPARATION DURING TRANSPORTATION OF RAW COTTON

This article examines the influyence of the elements and working parts of transshipment device used in the transportation of cotton on the quality indicators of cotton, from the reel, before and after the device, the quality indicators of these fiber samples were determined and compared in the HVI system.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.