Научная статья на тему 'PAXTA-TO’QIMACHILIK KLASTERLARINING IQTISODIY SAMARADORLIGINI OSHIRISH YO’LLARI'

PAXTA-TO’QIMACHILIK KLASTERLARINING IQTISODIY SAMARADORLIGINI OSHIRISH YO’LLARI Текст научной статьи по специальности «Социальная и экономическая география»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
klaster / paxta-to’machilik klasterlari / tikuv-trikotaj sanoati / raqobatbardoshlik / eksport salohiyati. / cluster / cotton clusters / clothing and knitting industry / competitiveness / export potential.

Аннотация научной статьи по социальной и экономической географии, автор научной работы — Jamolova F.E.

Ushbu maqolada paxta-to’qimachilik klasterlarini shakllantirishdan asosiy maqsad klasterlar faoliyatini rivojlantirishga doir masalalar ko‘rib chiqilgan.Xususan, mamlakatimizda bu sohada amalga oshirilgan ishlar va natijalar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

WAYS TO INCREASE THE ECONOMIC EFFICIENCY OF COTTONTEXTILE CLUSTERS

This article discusses the formation of cotton clusters and discusses development issues. In particular, the work and results carried out in this area in our country are presented.

Текст научной работы на тему «PAXTA-TO’QIMACHILIK KLASTERLARINING IQTISODIY SAMARADORLIGINI OSHIRISH YO’LLARI»

Jamolova F.E.

Magistratura bo'limi 2-bosqich talabasi Qoraqalpoq Davlat Universiteti

PAXTA-TO'QIMACHILIK KLASTERLARINING IQTISODIY SAMARADORLIGINI OSHIRISH YO'LLARI

Annotatsiya. Ushbu maqolada paxta-to'qimachilik klasterlarini shakllantirishdan asosiy maqsad klasterlar faoliyatini

rivojlantirishga doir masalalar ko'rib chiqilgan.Xususan, mamlakatimizda bu sohada amalga oshirilgan ishlar va natijalar keltirilgan.

Tayanch so'zlar: klaster, paxta-to'machilik klasterlari, tikuv-trikotaj sanoati, raqobatbardoshlik, eksport salohiyati.

Jamolova F.E. master's 2nd stage student Karakalpak State University

WAYS TO INCREASE THE ECONOMIC EFFICIENCY OF COTTON-

TEXTILE CLUSTERS

Abstract. This article discusses the formation of cotton clusters and discusses development issues. In particular, the work and results carried out in this area in our country are presented.

Key words: cluster, cotton clusters, clothing and knitting industry, competitiveness, export potential.

Agrarindustrial ishlab chiqarishga asoslangan respublikamizning qishloq xo'jaligida chuqur qayta ishlashni va sanoatni rivojlantirmasdan iqtisodiyotimiz ko'rsatkichlarini yuqori ko'tarib bo'lmaydi. Bu jihat Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbuslari bilan qabul qilingan 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalish bo'yicha Harakatlar strategiyasida mamlakat iqtisodiyotining raqobatbardoshligini oshirish maqsadida belgilangan ustuvor yo'nalishlarida alohida ahamiyat kasb etgan.

Iqtisodiyotda yangicha, zamonaviy yondashuvlarni joriy etmasdan turib raqobatbardosh mahsulot yaratish mumkin emasligini ta'kidlashimiz zarur.

Taraqqiyot-innovatsiyani talab etadi. "Paxta-to'qimachilik klasteri"- ulkan iqtisodiy loyiha bo'lib, uni shakllantirishdan maqsad- shahar, tuman va viloyat ichida joylashgan bir xil soha korxonalarini va ular bilan yagona texnologik zanjirda bo'lgan ta'lim, ilmiy, injiniring, konsalting, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va boshqa xizmatlarni uyg'unlashtirish- innovatsion ishlab chiqarishni tashkil etish asosida raqobatbardosh tovarlar yaratishga yo'nalishtirishdan iboratdir.

Klaster=qo'shilgan qiymat zanjirining barcha ishtirokchilarini (fermerlar, qayta ishlash korxonalari, eksport qiluvchilar) bir maqsad yo'lida birlashtirgan korxonalar guruhidir.

Uning maqsadi:

• Mahsulot yetishtirishda zamonaviy innovatsion texnologiyalarni qo'llash orqali agrotexnik tadbirlarni yangilash, hosildorlikni bir necha barobar oshirish.

• Mahsulot ishlab chiqaruvchilar tomonidan qo'shilgan qiymat zanjirlarini yaratish.

• va tayyor mahsulotlar eksporti

• Kamroq bilan ko'proq ishlang. Ishlab chiqaruvchilarning moliyaviy ahvolini yaxshilash.

• ishlab chiqaruvchilarning moddiy-texnik bazasini zamonaviy qishloq xo'jaligi texnikasi va uskunalari bilan boyitish.

Respublika to'qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatida yuqori va barqaror o'sish sur'atlarini ta'minlash, to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va o'zlashtirish, raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarish va eksport qilish, modernizatsiya qilishning strategik muhim ahamiyatga ega bo'lgan loyihalarini amalga oshirish hisobiga yuqori texnologiyali yangi ish o'rinlarini yaratish, korxonalarni texnik va texnologik yangilash, ilg'or «klaster modeli»ni joriy etishga qaratilgan tarkibiy qayta tashkil etishni yanada chuqurlashtirish bo'yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

2022-yil 1-aprel holatiga ko'ra, respublikada 20 ta maxsus iqtisodiy zona (keyingi o'rinlarda-MIZ), 11б ta kichik sanoat zonalari direksiyasi (keyingi o'rinlarda-KSZ), 12 ta texnopark va 440 ta klaster mavjud bo'lib, ular tarkibiga: MIZ-512 ta korxona, 18б5 ta MIZ kiradi., texnoparklar-58 va klasterlar-44б ta korxona.Respublikada faoliyat yuritayotgan paxta-to'qimachilik klasterlar viloyatlar kesimida 1-jadvalda ko'rsatilgan.

1-jadval

2022-2023 yilda faoliyat yuritayotgan paxta-to'qimachilik klasterlar viloyat

bo'yicha soni

№ Hudud nomi Paxta-to'qimachilik klasterlari Paxta maydoni,ga

1 Qoraqalpog'iston Respublikasi 11 8б791

2 Andijon viloyati 15 78991

3 Buxoro viloyati 11 99220

4 Jizzax viloyati 6 77900

5 Qashqadaryo viloyati 18 136036

б Navoiy viloyati 4 31655

7 Namangan viloyati 7 63406

8 Samarqand viloyati 11 75356

9 Surxondaryo viloyati 11 72370

10 Sirdaryo viloyati 9 75500

11 Farg'ona viloyati 13 82080

12 Toshkent viloyati 6 72161

13 Xorazm viloyati 12 82757

Jaiiii: 134 1034223

Manba:stat.uz

Paxta-to'qimachilik klasterlari faoliyati samaradorligini yanada oshirish, paxta xomashyosini chuqur qayta ishlash quvvatlarini ko'paytirish, ushbu jarayonga ilmiy asoslangan usullar va intensiv texnologiyalarni keng joriy etish, shuningdek, paxta-to'qimachilik klasterlari faoliyatida yuzaga kelayotgan muammolarni o'z vaqtida bartaraf etish, ularning manfaatlarini davlat hokimiyati boshqaruv organlarida himoya qilish tizimini yo'lga qo'yish maqsadida 2020 yil 22 iyunda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan "Paxta-tao'qimachilik ishlab chiqarishini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida" qabul qilingan Qarori sohada faoliyat yuritayotgan klasterlarni rivojlantirishga muhim huquqiy asos bo'lib xizmat qildi. Bu Qarorga muvofiq O'zbekiston Respublikasi Qishloq xo'jaligi vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, "O'zto'qimachiliksanoat" uyushmasi, Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari hamda paxta-to'qimachilik klasterlari tashkilotchilarining "O'zbekiston paxta-to'qimachilik klasterlari" uyushmasini tashkil etish hamda uyushma tuzilmasida tizimli muammolarni bartaraf etish, marketing innovatsiyalarini faol joriy etish bo'yicha takliflar ishlab chiqish, shuningdek, zamonaviy tendensiyalarni hisobga olgan holda tarmoqni rivojlantirishning istiqbolli va ustuvor yo'nalishlarini aniqlashni ta'minlovchi maslahat organi-Paxta-to'qimachilik klasterlari kengashini tashkil etish to'g'risidagi takliflari ma'qullanishi asosida Kengashning tashkil etilishi klasterlar manfaatlarini davlar miqyosida himoya qilish darajasiga chiqardi.

Klasterlar uch tomonlama kelishuv doirasida Qishloq xo'jaligi vaziri bilan kelishilgan holda Qoraqalpog'iston Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlarining qarorlari asosida ish boshlaydi.

Paxta-to'qimachilik klasterlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo'yicha Respublika komissiyasi tugatilib, klaster faoliyatini tashkil etish istagida bo'lgan arizachilar ochiq va shaffof onlayn tanlov asosida tanlab olinadi.

Qishloq xo'jaligi vazirligi klasterlar reestrini yuritadi va uni muntazam ravishda o'z veb-saytida e'lon qiladi. Vazirlikka faoliyatning asosiy ko'rsatkichlari tizimi asosida klasterlar reytingini shakllantirish vazifasi yuklatildi.

Sanoatni raqamlashtirish uchun "e-urug" platformasi 2024-yil oxirigacha ishga tushiriladi. Bu urug'chilik korxonalari va fermer xo'jaliklarining o'zaro integratsiyalashuvi, urug'lik ta'minoti va zaxiralari, ularning hududlarga mosligi, agrotexnologiyasi, nav va duragaylar uchun urug'larni erkin va shaffof joylashtirish, qayta taqsimlash va sertifikatlash to'g'risida ma'lumotlar olish imkoniyatini yaratadi.

Mamlakatimiz taraqqiyotining bugungi bosqichida paxta-to'qimachilik klasterlari faoliyatini yanada kengroq va samaraliroq tashkil etish loyihalarini amalga oshirish hamda davlatimiz tomonidan tartibga solish mexanizmlarini amaliyotga keng tatbiq etish orqali yurtimizni ravnaq toptirish va xalqimizni farovonligini oshirish bo'yicha yangi yangi yutuqlarga erishishimiz mumkinligini aytishimiz joiz.

Adabiyotlar:

1.Указ Президента Республики Узбекистан, от 10.01.2023 г. № УП-2 «О мерах по поддержке деятельности хлопково-текстильных кластеров, коренному реформированию текстильной и швейно-трикотажной промышленности, а также дальнейшему повышению экспортного потенциала сферы»

2. Постановления Кабинета Министров Республики Узбекистан № 397 «Омерах по дальнейшему развитию хлопкового текстильного производства»22 июня 2020 г

3. Сейтниязов, С. П. (2020). Агропромышленный кластер и особенности регионального развития. In Экономический рост: управление и организация (pp. 75-77).

4. Система экономических отношений в налаживании деятельности дополнительных отраслей в фермерских хозяйствах Форум молодых ученых 4(68) 2022 117-120 стр.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.