Научная статья на тему 'PAXTA MOYI VA SHROTININGNING FIZIK-KIMYOVIY KO‘RSATKICHLARIGA O‘TA YUQORI CHASTOTALI NURLANISH TA’SIRINI O‘RGANISH'

PAXTA MOYI VA SHROTININGNING FIZIK-KIMYOVIY KO‘RSATKICHLARIGA O‘TA YUQORI CHASTOTALI NURLANISH TA’SIRINI O‘RGANISH Текст научной статьи по специальности «Механика и машиностроение»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
paxta moyi / o‘ta yuqori chastotali nurlanish / ishlov berish / bo‘yovchi moddalar / gossipol / oqsillar.

Аннотация научной статьи по механике и машиностроению, автор научной работы — Xoldarov Shuhratjon Tursunali O‘G‘Li, Ermatova Muazzamxon Botirjonovna

Paxta yanchilmasiga namlik-issiqlik ishlov berish bo‘yicha amaldagi texnologiyaning kamchiligi sifatida bug‘ni katta miqdorda sarflanishi, oqsillar denaturatsiyasining yuqori darajasi va triglitserinlardan erkin moy kislotalarni paydo bo‘lishi hisoblanadi. O‘ta yuqori chastotali nurlanishni paxta moyi va kunjaraning fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlariga o‘tkazayotgan ta’sirini tadqiqot qilish xakida so‘z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «PAXTA MOYI VA SHROTININGNING FIZIK-KIMYOVIY KO‘RSATKICHLARIGA O‘TA YUQORI CHASTOTALI NURLANISH TA’SIRINI O‘RGANISH»

UO'T:665.3.067

PAXTA MOYI VA SHROTININGNING FIZIK-KIMYOVIY KO'RSATKICHLARIGA O'TA YUQORI CHASTOTALI NURLANISH TA'SIRINI O'RGANISH

1Xoldarov Shuhratjon Tursunali o'g'li, 2Ermatova Muazzamxon Botirjonovna

1,2AndQXAI assistentlari https://doi.org/10.5281/zenodo.11426069

Anotatsiya. Paxta yanchilmasiga namlik-issiqlik ishlov berish bo'yicha amaldagi texnologiyaning kamchiligi sifatida bug'ni katta miqdorda sarflanishi, oqsillar denaturatsiyasining yuqori darajasi va triglitserinlardan erkin moy kislotalarni paydo bo'lishi hisoblanadi. O'ta yuqori chastotali nurlanishni paxta moyi va kunjaraning fizik-kimyoviy ko'rsatkichlariga o'tkazayotgan ta'sirini tadqiqot qilish xakida so 'z boradi.

Kalit so'zlar: paxta moyi, o'ta yuqori chastotali nurlanish, ishlov berish, bo'yovchi moddalar, gossipol, oqsillar.

Аннотация. Недостатком существующей технологии влажно-тепловой обработки хлопчатобумажной крошки является большой расход пара, высокая степень денатурации белков и образование свободных жирных кислот из триглицеринов. Исследование влияния сверхвысокочастотного излучения на физико-химические показатели хлопкового масла и кунжута.

Ключевые слова: хлопковое масло, сверхвысокочастотное излучение, обработка, красители, госсипол, белки.

Anotation. Moisture to cotton milling is the large consumption of steam as a disadvantage of the current technology for heat treatment, high levels of protein denaturation and the emergence of free fatty acids from triglycerides. The study of the effect of extremely high frequency radiation on the physicochemical indicators of cotton oil and Kunjara speaks in khaki.

Keywords: cottonseed oil, ultra-high frequency radiation, processing, dyes, gossipol, proteins.

Hozirgi kunlarda ko'plab olimlar tomonidan kamchiliklarni bartaraf etish, amalga oshirilayotgan jarayonlarning tannarhini pasaytirish, va boshqalar bo'yicha tadqiqotlar o'tkazilmoqda. O'ta yuqori chastotali nurlanish paxta yanchilmasiga namlik-issiqlik ishlov berishning yangi, yuqoridagi kamchiliklarni pasaytirish qobiliyatiga ega bo'lgan uslubi deb hisoblanadi [1]. Oddiy mikroto'lqinli qurilmalar, fizik parametrlaridan kelib chiqib, faqatgina 2450 MGs bilan ishlaydilar, ularning tartibga solinadigan parametrlari deb nurlanish quvvati (w, Vt) va ishlov berish vaqti (т, daq.) hisoblanadi [2].

Biz tomonimizdan o'ta yuqori chastotali ishlov berish parametrlarini qovurma va uni ichidagi moyni fizik-kimyoviy ko'rsatqichlariga bo'lgan ta'siri o'rganilgan. Shu bilan birga tahlillar "Yog'-moy sanoatida tadqiqotlar, texnik-kimyoviy nazorat qilish va ishlab chiqarish hisobi uslublari bo'yicha yo'riqnoma"da ko'rsatilgan metodikaga asosan o'tkazilgan

2

4

№ 1 саноат услуби

№ 2 100 Вт билан СВЧ ишлов бериш

№ 3 300 Вт билан СВЧ ишлов бериш_

Основной

Основной

Основной

Основной о

ч

Основной §

Основной s J5

Основной о С

Основной

и о

Основной

s

Основной

Г)

Основной

Основной Основной Основной Основной Основной Основной Основной

СВЧ ишлов бериш давомийлиги, т мин

1.Qovurmadagi erkin gossipolning miqdorini yanchilmaga ishlov berish uslubiga hamda o'ta yuqori chastotali ishlov berish davomiyligiga (т) qarab o'zgarishi

1. rasmdan ko'rinib turibdiki, o'ta yuqori chastotali ishlov berish quvvati va davomiyligiga qarab bog'langan gossipolning miqdori ko'payib erkin gossipolning miqdori tegishlicha pasayadi. Tajribalar natijalari ko'rsatganidek,o'ta yuqori chastotali nurlanishining quvvati 100 dan 600 Vt gacha ko'tarilishi bilan, gossipolning o'zgarishi 10-15 daqiqa mobaynida to'xtaydi. Ishlov berish davomiyligi va quvvati oshirilganida gossipolda yanada chuqurroq o'zgarishlar ro'y beradi.

Ammo bizning laboratoriya tadqiqotlari shuni ko'rsatadiki, yanchilmaga nurlanish quvvati 100 dan 300 Vt gacha bo'lgan doirada ishlov berilganida qovurmadagi erkin gossipol ancha ozroq o'zgaradi. Bu narsani sanoat uslubidan farqli o'laroq ishlov berish vaqtini qisqarishi va ishlov berilayotgan materialning pastroq harorati bilan tushuntirish mumkin.

Namlik-issiqlik ishlov berish va qovurish paytida yuqorida aytib o'tilgan o'zgarishlar bilan birga moyning rangliligi ham o'zgaradi [3]. Paxta moyining rangliligini o'zgarishi ko'p, bo'yovchi moddalar, gossipol, oqsillar, fosfolipidlar, glyukozalar, va boshqalarning miqdorini o'zgarishi kabi omillarga bog'liq [4].

Ma'lumki, moyning bo'yalganlik darajasi yanchilmani presslashga tayyorlash uslubiga va davomiyligiga bog'liq [5]. Yanchilmani sanoat uslubida qovurishdan farqli o'laroq,o'ta yuqori chastotali ishlov berish ishlov berilayotgan materialdagi suyuqliklar bosimini shiddatli tezlanishi bilan amalga oshiriladi.o'ta yuqori chastotali nurlanishdagi moy rangliligining o'zgarishini aniqlash uchun paxta yanchilmasiga oddiy (sanoat) uslubi bilan (nazorat) hamda laboratoriya uskunasidao'ta yuqori chastotali ostida (tajriba) ishlov berilgan.

Nazorat tajribalarida (sanoat uslubi bilan) yanchilmaga bug' bilan ishlov berilib materialning namligi 13-15% gacha, harorati do 60-65°S gacha yetkazilgan, undan keyin 60 daqiqa ichida termik ishlov berilib qovurmaning harorati 100-105°S gacha yetkazilgan.

Laboratoriya tajribilarida yanchilmaga avval, nazorat tajribasidagidek, bug' bilan ishlov berilib materialning namligi 13-15% gacha, harorati do 60-650S gacha yetkazilgan, so'ng esa, 30 daqiqa mobaynida har hil quvvatlio'ta yuqori chastotali nurlanish bilan ishlov berildi. Ikkala tajribalarda har 5 daqiqadan keyin moyni presslash va uning rangliligini o'zgarishini o'lchash uchun namunalar ajratib olingan. Tajribalar natijalari 1-jadvalda ko'rsatilgan.

Jadval-1.Qovurmadagi moyni rangliligini ishlov berish uslubi va davomiyligiga qarab

o'zgarishi

Ishlov berish uslubi Qovurmadagi moyning rangliligi, Lovibond bo'yicha qizil(ko'q) birliklari kyuvetaning 1 sm qatlamida. Ishlov berish vaqti, daq.

5 10 15 20 25 30 40 60

Qovurmadagi moyning rangliligi, Lovibondbo'yicha kyuvetaning 1 sm qatlamidagi qizil(ko'q) birliklari.

Sanoat uslubi 20(3) 22(3) 26(3) 30(3) 35(2) 40(2) 49(1) 54(1)

Ishlov berish paytidagio'ta yuqori chastotali nurlanishini quvvati:

W=100 Vt 21(3) 26(3) 30(2) 36(2) 40(2) 45(2) - -

W=300 Vt 30(2) 34(2) 38(2) 43(2) 46(2) 48(2) - -

W=600 Vt 34(1) 42(1) 56(1) 68(1) - - - -

1-jadvalidan ko'rinib turibdiki, materialga sanoat uslubi bilan ishlov berilganida, dastlabki 10-15 daqiqa ichida moyning rangi unchalik o'zgarmaydi, chunki ishlov berishning bunday vaqti haroratni ko'tarilishiga sarflanadi. Keyingi 20-25 daqiqa ichida gossipol, bo'yovchi moddalar, va boshqalarning o'zgarishlari ro'y beradi, natijada moyning rangliligi keskin yomonlashadi va qizil birliklar soni 30 dan 54 gacha oshadi. Yanchilmaga 100 VT quvvatlio'ta yuqori chastotali nurlanish bilan ishlov berilganida esa moyning rangliligi atigi 5 daqiqadan so'ng o'zgarishni boshlaydi va 30 daqiqadan keyin ishlov berishning yakuniga qadar qizil birliklar soni 45 va ko'k birliklar soni 2 gacha oshadi. Huddi shunday o'zgarishlar yanchilmaga 600 Vt quvvatlio'ta yuqori chastotali nurlanish bilan ishlov berilganida kuzatiladi. Faqatgina ishlov berish quvvatini oshirilishi bilan o'zgarishlar davomiyligi qisqaradi. Masalan, materialga 600 Vt gacha quvvatlio'ta yuqori chastotali nurlanish bilan ishlov berilganida ranglilikning shiddatli o'zgarishi 20 daqiqagacha davom etadi, so'ng material ortiqcha qovurilib uning rangi ko'rib bo'lmaydiganga aylanadi.

Ma'lumki, paxta moyidagi ko'k birliklarni o'zgarishi ko'p xollarda xlorofill va uning hosilalaridagi o'zgarishlarni anglatadi. 1- jadvaldagi ma'lumotlardan ko'rinib turibdiki, ishlov berishning sanoat uslubida ko'k birliklar 25-30 daqiqadan keyin o'zgaradi va ishlov berish yakunida dastlabki miqdoridan 1/3 gacha kamayadilar.

Yanchilmaga o'ta yuqori chastotali ishlov berilganida ko'k birliklarni o'zgarishi ishlov berishning boshidan kuzatiladi, chunkio'ta yuqori chastotali nurlanish suyuqliklarning, hususan hujayralar ichidagi suvning, ichki gidravlik bosimini darhol ko'tarilishiga olib keladi va oqibatda tuzilmaning yirtilishi ro'y beradi, buning natijasida material tarkibida mavjud bo'lgan komponentlarning reaktiv qobiliyatlari o'sib boradilar. O'ta yuqori chastotali issitishda qovurmadagi moyning rangliligi yomonlashishiga qaramasdan, sanoat uslubiga qaraganida, uning jadalligi uncha sezilarli emas.

Shuningdek aniqlanishicha,o'ta yuqori chastotali nurlanish quvvatini (W) 300 dan 600 Vt gacha hamda vaqtini (т) 5 dan 30 daqiqagacha ko'tarilishi bilan olinayotgan press moylarning kislota soni 1,2-1,4 barobar oshadi.

ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. Yo'lchiyev A.B. O'ta Yuqori Chastotali nurlarning paxta chigiti yanchilmasiga ta'sirini o'rganish. «Umidli kimyogarlar-2010» TKTI ilmiy-texnikaviy anjumanining maqolalari to'plami. Toshkent-2010. Tom-2.B. 44-45.

2. Yo'lchiev A.B., Serkaev Q.P., Djamalov K.Sh., Xidirov J.E. Yuqori gossipolli paxta moyi olishda noan'anaviy yondashuv. Kompazitsion materiallar - 2020. № 4. 99-102 betlar

3. Yo'lchiev A.B., Djamalov K.Sh., Xidirov J.E. Qishloq xo'jaligi mahsulotlarini qayta ishlashning energiya tejamkor texnologiyalari. «POLISH SCIENCE JOURNAL» - 2021. ISSUE 2(35), 409 - 416 betlar

4. SH. Xoldarov, A.B. Yo'lchiyev, M.O. Xamidova, Q.P. Serkayev Paxta chigiti yanchilmasiga noananaviy manbalar yordamida ishlov berish texnologiyasi "WOMEN IN STEM" Toshkent xalqaro form ilmiy ishlar to'plami 2023

5. Rukovodstvo po metodam issledovaniya, texnoximicheskomu kontrolyu i uchetu proizvodstva v maslojirovoy prombishlennosti /Red.kol. N.V. Vengerova i dr. - L.: VNIIJ, 1964, t. III - 482 s.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.