Научная статья на тему 'PAXTA CHIGITINI DISKLI PICHOQ MASHINASIDA CHAQISH VA SEPARATOR ORQALI AJRATILGAN TARKIBIY (MAG’IZ VA SHELUXA) QISMLARINI KIMYOVIY TARKIBINI OʻRGANISH'

PAXTA CHIGITINI DISKLI PICHOQ MASHINASIDA CHAQISH VA SEPARATOR ORQALI AJRATILGAN TARKIBIY (MAG’IZ VA SHELUXA) QISMLARINI KIMYOVIY TARKIBINI OʻRGANISH Текст научной статьи по специальности «Механика и машиностроение»

CC BY
294
59
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
disk / pichoq / radial rif / mag’iz / qobiq / sheluxa / shrot / aspiratsion elash qurilmasi / buratlar / bitter-separatori / lipidlar / kimyoviy tarkib. / диск / нож / радиальный риф / ядро / оболочка / шелуха / шрот / аспирационное сито / бураты / биттер-сепаратор / липиды / химический состав.

Аннотация научной статьи по механике и машиностроению, автор научной работы — Djurayev Anvar Djurayevich, Joʻrayev Dadaxon Davlat Oʻg‘li

Ushbu maqolada paxta chigitini diskli pichoq mashinasida chaqish va separator orqali mag'iz va sheluxaga ya’ni qismlarga ajratish ishlari tushuntirilgan. Diskli chaqish qurilmasining konstruksiyasini qismlari va texnik tavsifi tushuntirib berilgan. Chigitni qayta ishlaganda uning namligi boʻyicha konditsiyalash ishlari aytib tushintirilgan. Bundan tashqari turli xil texnologiya asosida ishlangan sheluxa mahsulotining kimyoviy tarkibi ham koʻrsatib oʻtilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Исследование семян хлопчатника на дисково-ножевой машине и химический состав компонентов, отделяемых сепараторами

В этой статье описано, как измельчить семена хлопчатника на дисковом ноже и разделить их на сердцевины и оболочки с помощью сепаратора. Объяснены детали и технические характеристики конструкции дискового перекусывающего устройства. Состояние семян объясняется их влажностью при обработке. Также показан химический состав оболочки, в основе которой лежат различные технологии.

Текст научной работы на тему «PAXTA CHIGITINI DISKLI PICHOQ MASHINASIDA CHAQISH VA SEPARATOR ORQALI AJRATILGAN TARKIBIY (MAG’IZ VA SHELUXA) QISMLARINI KIMYOVIY TARKIBINI OʻRGANISH»

УДК. 621.02

PAXTA CHIGITINI DISKLI PICHOQ MASHINASIDA CHAQISH VA SEPARATOR ORQALI AJRATILGAN TARKIBIY (MAG'IZ VA SHELUXA) QISMLARINI KIMYOVIY TARKIBINI O'RGANISH

Djurayev Anvar Djurayevich т.ф.д., профессор (Тошкент тукимачилик ва енгил саноат институти)

anv ard jurayev 1948@ mail. ru+998931813804

Jo'rayev Dadaxon Davlat o'g'li (Fanlar akademiyasi Navoiy bo'limi tayanch doktoranti) [email protected] Tel: 907152686

Annotatsiya: Ushbu maqolada paxta chigitini diskli pichoq mashinasida chaqish va separator orqali mag'iz va sheluxaga ya'ni qismlarga ajratish ishlari tushuntirilgan. Diskli chaqish qurilmasining konstruksiyasini qismlari va texnik tavsifi tushuntirib berilgan. Chigitni qayta ishlaganda uning namligi bo'yicha konditsiyalash ishlari aytib tushintirilgan. Bundan tashqari turli xil texnologiya asosida ishlangan sheluxa mahsulotining kimyoviy tarkibi ham ko'rsatib o'tilgan.

Аннотация: В этой статье описано, как измельчить семена хлопчатника на дисковом ноже и разделить их на сердцевины и оболочки с помощью сепаратора. Объяснены детали и технические характеристики конструкции дискового перекусывающего устройства. Состояние семян объясняется их влажностью при обработке. Также показан химический состав оболочки, в основе которой лежат различные технологии.

Abstract: This article describes how to grind cottonseeds on a disc coulter and separate them into cores and shells using a separator. The details and technical characteristics of the design of the disc snacking device are explained. The condition of the seeds is explained by their moisture during processing. Also shown is the chemical composition of the shell, which is based on various technologies.

Tayanch so'zlar: disk, pichoq, radial rif, mag'iz, qobiq, sheluxa, shrot, aspiratsion elash qurilmasi, buratlar, bitter-separatori, lipidlar, kimyoviy tarkib.

Ключевые слова: диск, нож, радиальный риф, ядро, оболочка, шелуха, шрот, аспирационное сито, бураты, биттер-сепаратор, липиды, химический состав.

Key words: disk, knife, radial reef, core, shell, husks, meal, aspiration sieve, burats, bitter separator, lipids, chemical composition.

Paxta chigiti va shunga o'xshash sochiluvchanlik xususiyati kam bo'lgan urug'lar massasi yassi tekisliklarda to'kilgan holda omborxonalarda saqlanadi. Bunday omborxonalar ham mexanizatsiyalashtirilgan bo'ladi. Moyli urug' va mevalar to'qimalaridagi moy zaxiralari, odatda bir tekisda taqsimlanmagan bo'ladi: moyning asosiy qismi urug' mag'zida murtak va endospermda joylashgan. Urug' va meva po'stloqlarida esa juda ham kam moy to'plangan bo'lib, u boshqa xil (oziqaviylik qiymati pastroq) lipidli tarkibga ega bo'ladi.

Shunga asosan, ko'pgina turdagi moyli urug'lar va mevalarni qayta ishlashda ularning meva va urug' po'stloqlari asosiy moyli to'qima qismi- mag'izdan ajratiladi. Bunda qayta ishlanayotgan xomashyoning moyliligi, texnologik qurilma va moslamalarning ishlab chiqarish unumdorligi, moy va oqsilning sifati oshadi. Urug' po'stlog'ini mag'zidan ajratish jarayoni po'stloqni tashkil etuvchi to'qimalarga shikast yetkazish-urug'ni chaqish, so'ngra esa "chaqilma"

deb nomlanuvchi aralashmadan mag'iz va sheluxani (luzgani) ajratish jarayonlaridan iboratdir. Moyli urug'lar po'stlog'i va mag'zining fizik-mexanik xossalariga bog'liq ravishda ularni chaqish uchun turli usullar qo'llaniladi. Chaqish jarayoniga bo'lgan eng asosiy talab-mag'izga shikast yetkazmaslik va uning maydalanib ketishiga yo'l qo'ymaslikdir. Chaqish mashinalarining takomillashmaganligi sababli ushbu talabni to'la bajarib bo'lmaydi.

Paxta chigiti va shunga o'xshash moyli urug'larni zarba natijasida yorib chaqishning iloji yo'qligi sababli, ular kesish va ishqalanishga asoslangan qurilmalarda chaqiladi. Bunday qurilmalarning asosiy organlari bo'lib gardishlar (disklar), barabanlarga o'rnatilgan maxsus pichoqlar yoki abraziv hamda perforatsiyalangan gardishlar va valeslar xizmat qiladi. Tukliligi yuqori bo'lgan paxta chigiti, odatda, ikki bosqichda chaqiladi.

Bunda birinchi nav urug' mag'zi tarkibidagi sheluxa miqdori 10 % dan, to'rtinchi nav urug' mag'zi tarkibidagi sheluxa miqdori esa 15 % dan ortiq bo'lmasligi kerak. Chaqilmani mag'iz va luzgaga (sheluxaga) ajratish maqsadida, asosan, aspiratsion elash qurilmalari, buratlar, bitter-separatorlar, purifayerlar qo'llaniladi. Bu qurilmalarning ishlash prinsipi mag'iz va luzganing (sheluxaning) har xil o'lchamlarga va aerodinamik xossalarga ega ekanligiga asoslangan. Bu qurilmalardagi elash simto'rlarining diametrlari elash yo'nalishida kamayib boradi va bunda har xil fraksiyalar alohida ajratib olinadi. Bu bo'limning ish sifati ajratib olingan mag'izdagi luzga ya'ni sheluxaning qoldiq miqdori hamda ajratib olingan luzga (sheluxa)ning moylilik darajasi bilan baholanadi.[1].

Paxta chigitini chaqish uchun turli xildagi qurilmalardan foydalaniladi va shulardan bittasi diskli chaqish qurilmasi bo'lib hisoblanadi. Bu mashinada ta'minlovchi qurilma, ikkita ta'minlovchi kamera va ikkita vertikal diametri 920 mm bo'lgan disklardan iborat. Bu disklarning biri aylanadi, ikkinchisi esa qo'zg'almas holda, bularni barchasi tayanch plitaga o'rnatilgan cho'yan korpusga biriktirilgan. Har bir diskda 6 tadan yechiladigan segment holida pichoqlar boltlar bilan biriktirilgan. Pichoqlarning ishchi yuzasida radial riflar mavjud bo'lib shu riflar chigitlarni kesadi. Aylanuvchi disk juft podshipniklarga tayanadigan gorizontal o'qga o'rnatilgan va qattiq zarrachalarni o'tkazib yuborish uchun o'q bo'yicha 50 mm masofada harakatlanishi mumkin. Xuddi shu o'q yordamida klin tasmali uzatma yordamida ta'minlovchi qurilma ham harakatga keltiriladi. Urug'lar ta'minlovchi qurilmadan disklar orasidagi bo'shliqga tushadi va aylanuvchi disk bilan olib ketiladi, pichoqlar orasida kesiladi va mashina korpusining pastki qismidan chiqarib yuboriladi. Disklar orasidagi masofa me'yorlovchi bolt yordamida to'g'rilab turiladi (o'zgartiriladi). Qurilma unumdorligi sutkasiga 100...120 t tashkil etadi.

Chaqish mashinadan chiqayotgan mahsulot - rushanka bir necha fraktsiyalardan iborat: mag'iz, po'choq (luzga, sheluxa), butun urug', chala chaqilgan urug' (nedorush), sechka. Shu sababli rushanka tarkibiy qismlarga - fraktsiyalarga ajratiladi. Chaqilmani fraktsiyalarga ajratish uskunalarini tanlashda aralashmaning tarkibi va fizik xossalari e'tiborga olinadi. Rushankani separatlashda tarkibiy qismlari o'lchamlarning farqi, elektrofizik xossalari, zichligi, ishqalanish koeffitsienti, aerodinamik xossalariga asoslangan usullar qo'llaniladi [2].

Paxta chigitini maydalamasdan oldin namligini optimal holatda keltirish kerak. Optimal holatda keltirish konditsiyalash deyiladi. Urug'larni namligi bo'yicha konditsiyalash faqat boshlang'ich texnologik jarayonlar uchun ahamiyatli bo'lmasdan balki boshqa texnologik jarayonlarni borishi uchun ham ahamiyatlidir. Misol uchun paxta chigitini optimal namligi 10-11 % ga yetkazish faqatgina boshlang'ich texnologik jarayon, urug'ni chaqish va undan qobiq, mag'zni ajratishni yaxshilaydi, sheluxada yo'qoladigan moy miqdori kamayishi bilan birga mag'zni qovurish jarayoni ham yaxshilanadi.Texnologik normaga asosan qovurishdan oldin yanchilgan paxta chigitining mag'zini namligi 12 % bo'lishi kerak. Lekin amalda ko'p xollarda quruq urug'larda mag'izning namligi 6 % ni tashkil etadi. Bu esa yanchilgan mag'zni

qovurishdan oldin optimal namlikgacha namlash uchun bir vaqtda ko'p miqdordagi suv bilan namlashni talab etadi, bunda miqdordagi suvni butun mag'zda bir xilda taqsimlab singdirish murakkab. Shu sababdan ham paxta chigitini maydalamasdan oldin namligini optimal namlikgacha konditsiyalash orqali mag'zga ham kerakli namlik hosil qilish imkonini beradi. Chigitni namlash orqali birinchidan namlik uni tashkil etuvchilar qobiq va mag'zga bir xilda tekis taqsimlanadi, ikkinchidan yanchilgan mag'zni qovurishdan oldin kam suv sarflab, bu suvni yanchilmagan bir tekis taqsimlanishi uchun sharoit yaratiladi. Bulardan tashqari paxta chigitini namligi bo'yicha konditsiyalash kunjaraning moyligini kamayishiga, mag'z tarkibidagi gossipol moddasi qovurish vaqtida bog'liq holatiga o'tishiga, bu esa yengil rafinatsiyalanadigan moy olish kunjara va shrot tarkibidagi erkin gossipolning miqdorini minimal bo'lishini ta'minlaydi.[3].

1-Rasm. Diskli chaqish mashinasining pichoqlari

MSHV Diskli chaqish qurilmasining texnik tavsifi

Disklar diametri: 920 mm Disklarni aylanish tezligi: 1100.. .1200 min'1 Unumdorligi: 100...120 t/sut Elektrodvigatel quvvati: 28,0 kVt

Gabarit o'lchamlari: 1735x1216x1538 mm O'zbekiston xo'jaliklarining ozuqa balansida chigit shrotlari katta o'rin egallaydi. Chigit shrotlari asosan lipidlar va soapstok bilan boyitiladi. Shrotni soapstok bilan boyitish uning tarkibidagi moy miqdorini ancha ko'paytirish imkonini beradi, shu bilan birga shrotda gossipol kam qoladi va tuzda eruvchan oqsil miqdori ortadi.

O'zbekistonda yalpi paxta hosili oshgan sayin turli ozuqa, shu jumladan, chigit sheluxasi yetishtirish ham tobora ko'paymoqda. Chigitni qayta ishlaganda uning 30% dan ko'prog'i po'st — sheluxa tarzida chigitga chiqadi. Uning tarkibida 3-6 % protein, 1-1,5 % moy va 40 - 44 % dan ko'proq kletchatka bo'ladi. Chigit sheluxasini lipidlar va shrot changi bilan boyitish va briketlash yo'li bilan uning oziqlik va fizikaviy xossalarini oshirish asosida tamomila yangi xil ozuqa tayyorlash mumkin.

Chigit sheluxasini lipidlar va shrot changi bilan boyitish va briketlash yo'li bilan uning oziqlik va fizikaviy xossalarini oshirish asosida tamomila yangi xil ozuqa tayyorlash mumkin (1-va 2-jadval). Briketlashda soapstokdan foydalanish uning ilashimli bo'lishini, shrot ham qo'shilishi esa briketlarning yirik bo'lishini ta'minlaydi. Sheluxani «B-82-30 A» va boshqa turli markadagi shibbalovchi mashinada briketlash mumkin [4].

1-jadval

Lipidlar bilan boyitilgan chigit shrotining kimyoviy tarkibi

Ko'rsatkichlar Soapstok bilan boyitilmagan sochilma shrot 15% soapstok bilan boyitilgan shrot 3% soapstok bilan boyitilgan shrot

Namligi 6,00 6,60 6,97

Umumiy moydorligi 0,65 1,17 1,12

Qoldiq moydorligi 1,08 1,78 0,74

Erkin gossipol 0,001 0,0012 0,002

Bog'langan gossipol 0,89 0,80 0,70

Umumiy kul miqdori 6,62 6,12 6,19

Chigit po'sti miqdori 24,01 24,37 24,06

Erkin fosfatidlar 1,11 1,12 1,22

Xom kletchatka 13,23 14,13 14,03

Xom protein 40,10 39,88 7,85

Oqsil 38,41 35,19 33,56

Turli xil texnologiya asosida ishlangan sheluxaning kimyoviy tarkibi

2-jadval

Sheluxani qayta ishlash texnologiyasi Xom protein Oqsil Moy Biologik faol moddalar Kletchatka 3 * Kalsiy Fosfor

Delinterlanmagan sheluxa 5,5 5,1 1,9 33,8 44,7 2,3 - -

Delinterlangan sheluxa 4,4 3,9 1,5 40,9 36,1 2,1 - -

Oddiy sheluxa 6,01 4,93 2,04 43,60 45,11 3,24 0,31 1,10

Boyitilib briketlangan sheluxa 25,91 24,65 625 33,50 30,05 5,29 0,52 0,68

Boyitilib shibbalangan sheluxa 29,44 - 8,72 31,12 25,81 4,91 0,84 0,69

Sochiluvchan omixta yemlarning gigroskopligini va o'z-o'zidan sortlarga bo'linib ketishini kamaytirish maqsadida ular shibbalanadi. To'la ratsionli omixta yemlar ham konsentratlar ham aralashtirilib bo'lingandan keyin briket qilinadi.

Sheluxani briketlash va shibbalashning yangi texnologiyasi uning tarkibida qimmatli oziq moddalar anchagina (xom protein 3,4 barobar) ko'payishiga, uncha to'yimli bo'lmagan azotsiz ekstraktiv moddalar 9 - 10 va kletchatkaning esa 14 - 15% kamayishiga yordam beradi [5].

Tabiatda eng ko'p tarqalgan lipidlar guruhiga mansub bo'lgan moddalar bu moylar va yog'lardir. Yog'lar tuzilishi murakkabligiga qaramay uning asosiy qismini glitserin va yuqorimolekulyar yog' kislotalarning efirlari bo'lmish triatsilglitseridlar tashkil qiladi. O'simlik va hayvon fiziologiyasida ta'm, hid va rang beruvchi moddalar, vitaminlar, fermentlar va bazi kimyoviy birikmalar muhim ahamiyatga ega. Bu moddalarni o'rganish zarur, chunki biz ularni yog' tarkibida saqlab qolishimiz yoki uning asosiy komponentlarini o'zgartirmasdan tozalashimiz kerak. Yog' va glitseridlar yuqori reaksion qobiliyatga ega bo'lgan murakkab tuzilishli moddalar. Ularni o'zgarishi bir vaqtda turli yo'nalishlarda borishi mumkin.

Paxta chigitining boshqa moyli xomashyolardan o'ziga xos tomoni shundaki, uning mag'zida gossipol moddasi bo'lib, u zaharli hisoblanadi va pressda, ekstraktorda olingan moyda qora-qo'ng'ir rangni hosil qiladi. Shu sababdan ham tozalanmagan paxta moyi qora moy deb aytiladi.

3-jadval

Paxta chigiti morfologik qisnilarining kimyoviy tarkibi, % hisobida

Urug' va uning qismlari Moyliligi Oqsil Kletchatka Kuldorligi

Urug'da 22-26 25-30 12-19 4,2-4,5

Mag'zida 37-40 34-38 1,2-2,1 4,9-5,2

Qobiq qavatida 0,4-0,6 3,4-4,6 39-52 1,2-1,9

Chigit qattiq po'st, ya'ni sheluxa va mag'izdan iborat, po'st bilan mag'iz orasida havo bo'shlig'i bo'ladi. Texnik paxta chigitini tashkil etuvchi qismlarini o'zaro nisbati quyidagicha: mag'zi 61,0 - 57,0 %; sheluxa (qobig'i) 39,0 - 43,0 %; momig'i 3 - 10 %. Paxta chigiti tarkibidagi gossipol moddasining miqdori paxta naviga bog'liq bo'lib u mag'iz miqdorining 0,66 - 1,44 % ini tashkil etadi.

Mag'iz bezchalarida to'plangan gossipol quyidagi xususiyatlarga ega:

1) gossipol bo'yoq modda bo'lishi bilan birga, tozalanmagan moy, kunjara va shrotning rangi shu moddaga ko'p darajada bog'liq;

2) gossipol zaharli modda, shuning uchun chigitdan olingan mahsulotlarning odam uchun qanchalik sifatli oziq-ovqat (moy) va hayvonlar uchun sifatli yem (kunjara, shrot) bo'la olishi shu mahsulotlardagi gossipolning miqdoriga hamda qanday xarakterda o'zgarganligiga bog'liq;

3) rafinatsiyalanmagan moydagi gossipol moyning pafinatsiyalanishiga ta'sir qiladi;

4) gossipol oksidlanishga qarshi xususiyatga ega, tozalanmagan paxta moyida gossipol bo'lishi oksidlanish jarayonini sekinlashtiradi.

Sanoatda moy olinadigan chigit navlarining ko'rsatkichlari quyidagi jadvallarda ko'rsatilgan [6].

4-jadval

Otz.DST.596 1993 Texnik chigit. Texnikaviy shartlari_

Nuqsonli Namlikning Tukdorlikning massaviy

Chigit navi chigitning Chigitning massaviy ulushi, % (bazaviy)

massaviy sin.fi и1шЫ,% 0'г!а tolali Uzun ш1аН

и1шЫ, % ko'pi bilan nav nav

ko'pi bilan (chegaraviy)

1 8.0 8.0 2.0-6.0

I 1,5 2 10.0 10.0 -

3 10.0 10.0 -

1 9.0 9.0 3,0-7,5

II 3,0 2 11.0 11.0 -

3 11.0 11.0 -

III 11,0 1 12,0 12,0 4.0-8.5

IV 33,0 1 13,0 13,0 4.5-9.0

Xulosa: Hozirgi kunda O'zbekistonda paxta yetishtirish va undan turli xomashyolar va ozuqa mahsulotlarini olish jadallashib bormoqda. Paxta chigiti moyli urug' hisoblanib, uning tarkibida 22-26 % gacha moy bo'ladi. Paxta chigiti qattiq po'st, ya'ni sheluxa va mag'izdan iboratdir. Paxta chigitini zarba natijasida yorib chaqishning iloji yo'q chunki ип^ mag'ziga shikast yetkazmasdan chaqish talab etiladi va shu sababli, ular kesish va ishqalanishga asoslangan qurilmalarda chaqiladi. Shulardan bittasi diskli chaqish qurilmasi bo'lib hisoblanadi. Chaqilmani mag'iz va sheluxaga ajratish maqsadida asosan, aspiratsion elash qurilmalari, buratlar, bitter-separatorlar, purifayerlar qo'llaniladi. Bu qurilmalaming ishlash prinsipi mag'iz va sheluxaning har xil o'lchamlarga va aerodinamik xossalarga ega ekanligiga asoslangan.

ADABIYOTLAR

1. М.^. Vasiyev, Q.O. Dadayev, I. В. Isaboyev, Z.Sh. Sapayeva, ZJ. G'ulomova "Oziq-ovqat texnologiyasi asoslari" darslik. Toshkent-2012. 147-bet. [1].

2. Suvanova F. и. "O'simlik moylari ishlab chiqarish texnologiyasi" fanidan o'quv qo'llanma 74-79 betlar. [2].

3. А Rahmonov, Z Ibragimov "Moyli екткп mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlov berish texnologiyasi" fanidan kurs loyihasi. Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti 2017. 21-bet

4. Shaumarov X. В., Islamov S. Y., "Qishloq xo'jaligi mahsulotlarini saqlash va birlamchi qayta ishlash texnologiyasi". O'quv qo'llanma., Toshkent "Innovatsiya-Ziyo" 2020 189-bet. [4].

5. R.Oripov, I.Sulaymonov, E.Umurzoqov "Qishloq xo'jalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash texnologiyasi" Toshkent "Mehnat nashriyoti" 1991. 285-bet. [5].

6. N.SH.Abdullayev, M.Z.Komilov, Q.X.Majidov, D.S.Murodov "O'simlik moylari ishlab chiqarish texnologiyasi" Toshkent - 2014. 27-bet. [6].

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.