Научная статья на тему 'PAVLONIYA DARAXTINI YETISHTIRSHDA AN`ANAVIY USULLARNING AHAMIYATI'

PAVLONIYA DARAXTINI YETISHTIRSHDA AN`ANAVIY USULLARNING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
163
23
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
pavloniya / daraxt / ekologiya / ildiz / ko‘chat / nav / nihol / urug‘ / plantatsiya / o‘rmon / bog‘ / yog‘och. / paulownia / tree / ecology / root / seedling / variety / seedling / seed / plantation / forest / garden / wood.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — S. Ubaydullayev, D. Shomuratova

Ushbu maqolada Pavloniya daraxtini parvarishlashning an’anaviy usullari, afzalliklari va ahamiyati to‘g‘risida qimmatli ilmiy ma’lumotlar bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

IMPORTANCE OF TRADITIONAL PAULOWNIA GROWING METHODS

This article provides valuable scientific information on the traditional practices, benefits, and importance of caring for paulownia trees.

Текст научной работы на тему «PAVLONIYA DARAXTINI YETISHTIRSHDA AN`ANAVIY USULLARNING AHAMIYATI»

SCIENCE AND INNOVATION

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

PAVLONIYA DARAXTINI YETISHTIRSHDA ANANAVIY USULLARNING

AHAMIYATI S.Sh.Ubaydullayev

Andijon qishloq xo'jaligi va agrotexnologiyalar instituti "Dehqonchilik va o'rmon melioratsiyasi" kafedasi katta o'qituvchisi, q.x.f.f.d.

D.Shomuratova

Andijon qishloq xo'jaligi va agrotexnologiyalar instituti magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.7110441

Annotatsiya. Ushbu maqolada Pavloniya daraxtini parvarishlashning an'anaviy usullari, afzalliklari va ahamiyati to'g'risida qimmatli ilmiy ma'lumotlar bayon etilgan.

Kalit so'zlar: pavloniya, daraxt, ekologiya, ildiz, ko'chat, nav, nihol, urug', plantatsiya, o'rmon, bog', yog'och.

ЗНАЧЕНИЕ ТРАДИЦИОННЫХ МЕТОДОВ ВЫРАЩИВАНИЯ ПАВЛОВНИИ

Аннотация. В этой статье представлена ценная научная информация о традиционных методах, преимуществах и важности ухода за деревьями павловнии.

Ключевые слова: павловния, дерево, экология, корень, сеянец, сорт, сеянец, семя, плантация, лес, сад, древесина.

IMPORTANCE OF TRADITIONAL PAULOWNIA GROWING METHODS

Abstract. This article provides valuable scientific information on the traditional practices, benefits, and importance of caring for paulownia trees.

Keywords: paulownia, tree, ecology, root, seedling, variety, seedling, seed, plantation, forest, garden, wood.

KIRISH

Bizga ma'lumki, Pavlovniya daraxti asosan 3 xil usulda: urug'dan, invitro usulda va ildiz qalamchadan ko'paytiriladi. Pavlovniya daraxtining pitomnigi yoki plantatsiyasi tashkil etishda eng optimal variant bu ildiz qalamcha tanlovi hisoblanadi, chunki ildiz qalamcha ishonchli nav bo lsa tez o'stirib olish mumkin. Chunki Ildiz qalamcha ko'chat tez rivojlanadi, noqulay sharoitga chidamliligi yuqori bo'ladi, baquvvat bo'lganligi sababli yo'qotish ko'rsatkichi past boladi. Ko'chatxona qilinganda shu yilni kuz fasliga kelib muljaldagi ildiz qalamcha olish imkoni yuqori bo'ladi. Asosiysi qachonki dastlabki ekilgan ildiz qalamcha navi aniq, ishonchli bo'lsa nav belgilari o'zgarmaydi.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Urug'dan ko'chat etishtirishda qalamcha singari tez rivojlanmasligi, yo'qotishlar nisbatan ko'p bo'lishi, unga nisbatan deyarli bir yil vaqt yo'qotilishi bilan birga, urug'dan nihol olinganda nav aynishi kuzatiladi, aniq foiz ko'rsatgichi yo'q, biroq nav o'zgarishi bo'ladi, yani shantong, 9501 gibrid navlari urug'lari ekilib nihol olinganda bu gibridlar ildiz ikki yovvoyi pavlovniya daraxtidan olinganligi sababli, ma'lum qismi boshqa shu yovvoyi navlardan biriga o'tishi kuzatiladi, natijada tashkil etilgan plantatsiya ko'chatlari har xil navda bo'lishiga olib keladi. Bu holat plantatsiya etilganda noqulayliklarga olib kelishi mumkin.

Shuningdek, pitomnik yaratilgan taqdirda ham ildiz qalamchasidan ko'paytirilganda bu ildiz qalamchalardan tashkil etilgan pitomnikda yetishtirilgan ko'chatlar ham har xil bo'lishi, nav aynishiga olib keladi.

TADQIQOT NATIJALARI

SCIENCE AND INNOVATION

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Urug'dan nihol yetishtirish natijasida nav aynishi bilan umuman boshqa daraxtga aylanib qolmaydi, u ham pavlovniya daraxti bo'ladi, ulardanam yog'och materiali olinadi, biroq olinadigan yog och maxsuloti sifati har xil bo lishi kuzatiladi. Bu holat kelajakda daromad olishda ayrim muammolar tugdiradi.

MUHOKAMA

Shunchaki bog' yaratish, ormonzor, dam olish maskanlari uchun bu holat katta axamiyatga ega bo'lmasada, nisbatan, yo'qotilish ko'pligi, vaqt yo'qotilishi inobatga olinmasa, lekin aynan yog'och olish, uni sotish maqsadida ekilsa buni ahamiyati katta hisoblanadi. Invitro usulda kochatlar etishtirilishida, nixollar kasalliklardan holi bo lishi, deyarli bir xil o'sishi fanda isbotlangan, biroq ildiz qalamcha ko'chatlarga to'gri ishlov berilsa, tashkil etiladigan plantatsiya yoki pitomniklardan invitro usulda olingan nihollarga nisbatan yuqori natija olish uchun etarli boladi.

Sababi pavlovniya daraxti boshqa daraxtlarga qaraganda jiddiy kasalliklarga uchramaydi. Ildiz qalamcha ko'chatlarning esa o'sishi, rivojlanishi, baquvvatligi, yo'qotish darajasi kamligi, bundan tashqari pitomniklar tashkil qilingan taqdirda xam invitro usuldagi nixollar ekilgandagiga nisbatan, kuzgi ildiz qalamchalar olish imkoni yuqoriligi bilan pavlovniya daraxti invitro usulida etishtirilishiga muxtojlik sezmaydi, yani invitro usulda olingan nixoldan, ishonchli ildiz qalamcha kochati kop ustunlikka ega hisoblanadi.

XULOSA

Invitro usulda olingan niholni urug'dan etishtirilgan niholga nisbatan ustun tomonlari koproq, biroq, ishonchli ildiz qalamcha ko'chatlari, har ikkala usulda olingan nixoldan ustun tomonlari ko'pligi ilmiy asosda isbotlangan. Demak Pavloniya daraxtlarini an'anaviy usulda ko'paytirishning ustun jihatlari va ahamiyati yuqori ekanligi olib borilgan tajriba va kuzatuvlarda namoyon bo'ldi.

REFERENCES

1. P.S.Sultonov "Ekologiya va atrof- muhitni muhofaza qilish". T-2007

2. H.Otaboeva, Z.Umarov, H Bo'riev. "O'simlikshunoslik" Toshkent. "Mehnat", 2000 y.

3. Yangi Ozbekiston "Surxondaryo ormonlarini bilasizmi" . T- 2021.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.