Научная статья на тему 'OTA-ONA MUNOSABATLARINING BOLA TARBIYASIGA TASIRI'

OTA-ONA MUNOSABATLARINING BOLA TARBIYASIGA TASIRI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
7
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Область наук
Ключевые слова
Positsiya / yondashuv / munosabat / muloqot / tarbiya / nasihat / intizom.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Islamova S.P.

Ushbu maqolada farzand tarbiyasida ota-onaning ro’li va vazifalari talqin qilingan bo’lib, ularning ushbu ishni bajarishdagi ma’suliyati ham chuqur inobatga olingan. Ota-onaning bola tarbiyasidagi birinchi vazifasi farzandini keng dunyoqarashga ega shahs sifatida tarbiya qilish va ilm o’rgatishdan iboratligi keltirib o’tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «OTA-ONA MUNOSABATLARINING BOLA TARBIYASIGA TASIRI»

Islamova S.P.

Andijan qishloq xo'jaligi va agrotexnologyalar

instituti o 'qituvchisi

OTA-ONA MUNOSABATLARINING BOLA TARBIYASIGA TASIRI

Annotatsiya. Ushbu maqolada farzand tarbiyasida ota-onaning ro'li va vazifalari talqin qilingan bo 'lib, ularning ushbu ishni bajarishdagi ma'suliyati ham chuqur inobatga olingan. Ota-onaning bola tarbiyasidagi birinchi vazifasi farzandini keng dunyoqarashga ega shahs sifatida tarbiya qilish va ilm o'rgatishdan iboratligi keltirib o 'tilgan.

Kalit so'zlar. Positsiya, yondashuv, munosabat, muloqot, tarbiya, nasihat, intizom.

Islamova S.P. teacher

Andijan Institute of agriculture and agrotechnologies

INFLUENCE OF PARENTAL RELATIONSHIP ON CHILD

EDUCATION

Annotation. In this article, the role and tasks of parents' upbringing children are interpreted, and their responsibility in performing this work that is also taken into account. It was mentioned that the first task of parents in raising a child is to raise their child as a person with a broad outlook and to teach science.

Key words. Position, approach, attitude, communication, education, advice, discipline.

Psixologiyada ota va ona munosabatlarni aniqlashda turli xil pozitsiyalarga bo'lingan. Pozitsiyalar psixologlar tomonidan sinovdan o'tkazilgan. "Ota" yoki "Ona" pozitsiyasida bo'lish - bu o'zining boshqalardan ustunligini aniqlash, rag'batlantirish va jazolash huquqiga egalikni his qilish demakdir. "Ota" yoki "ona"ning murojaati, odatda, pand-nasixatli, e'tirozga o'rin qoldirmaydigan, uzil-kesil bo'ladi. U o'zi buni doimo namoyon qilavermasada, biroq o'ziga hurmatni talab qiladi. U tartibni nazorat qilishni va odatlarni boshqarishni, juftiga otalarga (onalarga) xomiylik qilib xuddi zaifroq odamga yondoshgandek yondoshishni yoqtiradi.

"Katta" pozitsiyasi odamning atrofidagilar bilan teng darajada muloqotda bo'la olishni bildiradi. Atrofdagilarga o'z hukmronligini ham o'tkazmaydi yoki o'ziga nisbatan "ma'qullovchi" munosabatni ham kutmaydi.

"Bola" pozitsiyasida odam xafagarchilikka yuqori sezgirlikni, ko'ngil bo'shlik oson ishonuvchanlik o'yinqaroqlik, injiqlik, boshqalardna mehr olishni

istash, sezishni, kuchliroq odam tomonidan panoh topishni va shu kabilarni namoyon qiladi.

Agar shu pozitsiyalar o'zaro muvofiq kelsa va o'zaro mos bo'lsa, masalan kimdir juftiga nisbatana bo'lgan munosabatda "otalik" yoki "onalik" pozitsiyasini tutsa, ikkinchi tomon esa bajonidil "bolalik"ni namoyish etsa -bu yaxshi, agar ikkita "katta pozitsiya o'zaro to'qnash kelsa, bu ham yaxshi, biroq oilada ikkita "ota" ("ona") duch kelib qolsa, unda ularning muloqotida zo'riqish, nizooli vaziyatlarning yuzaga kelishi muqarar.

O'zbek oilasida bola tarbiyalashning ishontirish, tushuntirish, nasihat,

ibrat-

namuna ko'rsatish, yaxshi fazilatlarni mashq qilish, rag'batlantirish, tanbeh berish,

ogohlantirish, jazolash kabi usullar qo'llaniladi. Oilada bola tarbiyasining o'ziga xos qoidalari mavjud bo'lib, ota-onalar ulardan o'rinli foydalanishlari lozim. Hususan ular:

S Oilada xissiy moslik, ruhiy xotirjamlik va iliq iqlim yaratish;

S Ota-ona obro'sini saqlash;

S Tarbiyada ota-ona, kattalar o'rtasida talabchanlik birligi;

S bola shaxsini mehnatda tarbiyalash;

S Oila maktba va jamolatchilik hamkorligi;

S Bolani sevish va izzat qilish;

S Oilada qat'iy rejim va kun tartibi o'rnatish;

S Tarbiydaa bolalarning yosh va shaxsiy xususiyatlarni hisobga olish;

S Bola taraqqiyotini aniqlab berish;

S Bolada mustaqillik, tashabbuskorlik sifatlarini hosil etish va boshqalar.

Oilada qat'iy intizom va kun tartibining bo'lishi bolalar tarbiyasiga ijobiy

ta'sir qiladi. Bolalarning bilim olishdagi yutug'i, ahloqi, salomatlik darajasi ko'p jihatdan oilada qaror toptirilgan oqilona rejimga bog'liq. Shuning uchun ota-

oanlarning o'zlari ham bu borada ibrat ko'rsatishlari oqilona tuzilgan oila rejimiga qat'iy amal qilishlari, farazandlariga ham o'rgatishlari darkor.

Tarbiyada maqsadning aniqligi muhim o'rin tutadi, chunki tarbiya ishlarini to'g'ri yo'naltirish imkonini beradi. Ota va ona bo laning birinchi murabbiysi, uni tarbiyalashda shaxsan ibrat ko'rsatuvchi ta'sirchan omil hamdir.

Tarbiya usullari- ibrat namuna usuli yaxshi xulq-atvor o'rgatish, o'rni kelganda nasihat qilish, jiddiy tanbeh berish, bola bilan vaqtincha gaplashmaslik, unga nisbatan munosabatni o'zgartirish, ishontirish, jamoatchilikning, mahallaning ta'siri, rag'batlantirish, Qur'oni karim, hadis namunalarini keltirish kabilardan iboratdir.

Har bir ota-ona tarbiyasining o'ziga xos nazariy hamda amaliy qonun-qoidalarini o'zlashtirib ularga amal qilish lozim. Negaki, oilada bola tarbiyasi g'oyat nozik murakkab masala bo'lib, ota-onadan pedagogik bilim, katta tarbiyachilik mahorati, baolalarning har birini o'ziga xos xususiyatlari haqida tushunchalar bo'lishi talaba etadi.

Ota-onaning namunasi uning oilada, jamoada mahallada tutgan mavqeidan kelib chiqadi. Zero, u sog'lom, jismonan tetik, ongli, ahloqli, xushmuomala, kasbining jonkuyari, vatanparvar, didli bo'lishi, mehribon ota yoki ona sifatida atrofdagilar diqqatini o'ziga qaratishi, jamoatchilik o'rtasida obro'-e'tibor qozonishi shart.

Kattalarga hurmat va bo'ysunish o'zbek oilalaridagi an'anaviy tarbiya uslublardan biridir. Oilada bolalarni to'g'ri tarbiyalash ota-onalarnigina emas, balki xonadondagi katta yoshli kishilarning namunasi, oila shaxsini shakllantiruvchi, uning dunyoqarashiga, xulq-atvoriga, jamoa orasida o'zini tuta bilishiga tayyorlovchi omildir.

Ota va onaning bir-biriga do'stona munosabati mehribonligi, g'amhurligi, o'z navbatida oilada farzandlarining munosabatlarini normal o'stirishga yordam beradi.

Ona qiziga muloyimlik, shirinsuhanlik, qizlarga xos bo'lgan oriyat, uyatchanlik, ibo, iffat kabi fazilatlarni shakllantirish bilan birga, unga uy-ro'zg'or yumushlarini mukammal o'rgatmog'i zarur. Yoki aksincha ma'naviy qashshoq, yengil-yelpi hayotga ko'nikib, tubanlik botqog'iga botib qolgan ayrim ayollarning ayanchli qismatidan misollar keltirish ham maqsadga muvofiqdir.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. Abdullaev M. Madaniyat, manaviyat, marifat // Muloqot. -1998.-№3.

2. Abdullajonova D. Milliy tarixiy xotira: mohiyat va talqin // Jamiyat va boshqaruv. - 2004.- №4.

3. Abduraxmonov A. Axloqiy tarbiya va milliy qadriyatlarimiz // Sharq yulduzi. - 1990.- №12.

4. "Forming negation with the prefixes" L.T. Toshhonov, H.T. G'ofurova. Вопросы науки и образования-2020, 32-36

5. "Development of multy-language competence of university students" L.T. Toshxonov - Академическая публицистика, 2019, 260-262

6. "Ritorik argumentativ nutqning B. Rassel asarlarida ifodalanishi" L.T Toshxonov. Экономика и социум-2022, 408-412

V. "Badiiy matnda inkorni ifodalashning lingvistik vositalari". L.T. Toshxonov. Экономика и социум-2021, 2V5-2V8

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.