INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND
SOLUTIONS
JUNE 6-7, 2023
OSHLOVCHI TOTIM (RHUS CORIARIA) URUG'LARINING SIFAT
KO'RSATGICHLARI 1Hamroev Xusen Fatullaevch, 2Ochilov Temurmalik
^oshkent davlat agrar universiteti q.x.f.f.d.
2Toshkent davlat agrar universiteti, assistant Email: [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.8013749
Annotatsiya. Ushbu maqolada Totim daraxti yoki (lot.Rhus coriaria L) urug'ining sifat ko'rsatgichlari xaqida malumot berilgan. Hozirgi kunda totim turkum vakllaridan ko'kalamzorlashtirishda, tog' qiyaliklarini o'rmonlashtirishda, unimsiz va shurxok tuproqlarda daraxtzorlar barpo qilish, avtamabil yo'llarida himoya daraxtzorlari ekishda foydalanib kelinmoqda. Totim (rhus) ko'chatlaridan keng ko'lamda foydalanish uchun urug'larning sifat ko'rsatgichlarini baxolash maqsadga muvofiqdir. Olib borilgan tatqiqotlarda oshlovchi totim urug'larining sifat ko'rsatgichlari (urug' tozaligi va 1000 dona urug' vazni tahlili keltirib o'tilgan. Tadqiqot natijasida 1000 dona urug' og'irligi 13,162 gramni, tozaligi esa 42,2 foizni tashkil etgani aniqlandi.
Kalit so'zlar: Sifat ko'rsatgichlari, kimyoviy tarkibi, rhus coriaria, tabiiy tarqalish, Farmakalogik xususiyati, urug'lar tozaligi va og'irligi, fenologik kuzativ, 1000 dona urug' og'irligi, urug'lar tahlili.
Kirish: Fan texnika taraqqiyoti jadal rivojlanishi munosabati bilan tabiiy zahiralaridan xo'jalik maqsadlarida tobora ko'proq foydalanilmoqda. Dunyo aholisi yildan- yilga o'sib, ko'p miqdorda oziq-ovqat, yoqilg'i, kiyim-kechak va boshqa narsalarni ishlab chiqarish talab qilinmoqda. Bu esa o'rmonlar egallab turgan maydonlarning jadal sur'atlarda qisqarishiga, cho'l sahrolarni bostirib kelishiga, tuproqning buzilishiga, atmosferaning yuqorida joylashgan azon qatlamining yemirilishiga, yer havosining o'rtacha harorati ortib borishiga va boshqa holatlarga sabab bo'lmoqda.
Hozirda respublikamizdagi o'simliklar genofondini boyitish maqsadida keng ko'lamda intorduksiya ishlari amalga oshirilmoqda. Ana shunday o'simliklardan biri totim (rhus) hisoblanadi. Hozirgi kunda ushbu turkum vakllaridan ko'kalamzorlashtirishda, tog' qiyaliklarini o'rmonlashtirishda, unimsiz va shurxok tuproqlarda daraxtzorlar barpo qilish, avtamabil yo'llarida himoya daraxtzorlari ekishda foydalanib kelinmoqda.
Tadqiqot obekti: Oshlovchi totim (Rhus coriaria) urug'larining sifat ko'rsatgichlari.
Tadqiqot uslubi: Oshlovchi totim o'simligining urug'larni sifat ko'rsatgichlari (tozaligi, 1000 dona urug' og'irligi) ulchanadi turli hududlardan urug'lar terib olinib sifat ko'rsatgichlari tahlil qilinadi: namlik bilan kam ta'minlangan va o'rtacha ta'minlangan hududlardagi tajriba maydonlarida fenologik, morfologik va bioekologik ko'rsatkichlari taksatsion va analitik uslublar bo'yicha o'rganiladi.
Tadqiqot natijalari: Totim (rhus) ko'chatlaridan keng ko'lamda foydalanish uchun urug'larning sifat ko'rsatgichlarini baxolash maqsadga muvofiqdir.
Olib borilgan tatqiqotlarda oshlovchi totim urug'larining sifat ko'rsatgichlari (urug' tozaligi va 1000 dona urug' vazni tahlili keltirib o'tilgan. Tadqiqot natijasida 1000 dona urug' og'irligi 13,162 gramni, tozaligi esa 42,2 foizni tashkil etgani aniqlandi.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND
SOLUTIONS
JUNE 6-7, 2023
Totim daraxti -(Rhus coriaria L.) pistadoshlar oilasiga mansub, bir yoki ikki uyli o'simlik. Turkum vakillari kichik daraxt yoki buta hamda liana o'simliklaridir. Ular asosan tropik va subtropik hamda mo'tadil iqlimli mintaqalarda tarqalgan. Barglari navbat bilan joylashadi, murakkab toq patsimon tuzilgan.
Gullari novdaning uchki qismida shingilcha hosil qiladi, erkak va urg'ochi gullari ayrim-ayrim shingilchalarda rivojlanadi. Ular sariq va yashil bo'ladi. Mevasi danakcha, rangi qizil bo'lib, bezchalarga o'xshash tuk bilan qoplangan. Bu turkumning 150 ta turi bor. Ulardan 14 tasi Toshkent Botanika bog'ida o'stiriladi.
Kichkina, nisbatan siyrak shoxlangan daraxt yoki ko'pincha balandligi 1-3-5 metrgacha bo'lgan buta. Po'stlog'i cho'zinchoq ajinli, bir yillik kurtaklarida kulrang-jigarrang, ko'p yillik shoxlarida jigarrang.
Barglari 15-18 sm uzunlikda, navbatma-navbat, toq-pinnat, ustki qismi qanotli, 9-17 bargdan iborat. Barglari dag'al-momiq, o'simtasimon, cho'zinchoq-tuxumsimon yoki nayzasimon, dag'al tishsimon, uzunligi 3-5 sm va eni 2-3 sm, poyasi dumaloq yoki keng xanjarsimon, uchiga ishora qiladi.
Gullari yashil-oq, apikal cho'zinchoq-konussimon panikulalarda, ba'zan qisman kichik qo'ltiq osti panikulalarida, deyarli turg'un, bir jinsli, turli xil panikulalarda turg'un va pistillatli. 25 sm uzunlikdagi siyrak, uzunroq panikulalarda stamen gullari. 5 ta sepals bor, ular yashil rangli, zich tukli va tashqi tomondan kirpiksimon, yumaloq tuxumsimon. Gulbarglari 5, ular oqish, tuxumsimon. Uzunligi 15 sm gacha bo'lgan kichikroq zich panikulalardagi pistillat gullari erkaklar gullaridan juda oz farq qiladi, uchta stigma va beshta oddiy kichik stamensli rivojlangan tuxumdon mavjudligi bundan mustasno. Iyun-iyul oylarida gullaydi.
O'simlikni urug'laridan yetishtirish bir muncha mushkul bo'lganligi sababli generativ ko'paytirish usuli keng tarqalmagan. Urug'larning unuvchanlik darajasi juda past. O'nib chiqqanlarining deyarli yarmi hayotining birinchi yilidayoq nobud bo'ladi. Shu sababli o'simlikni ko'paytirishda vegetativ organlaridan ko'paytirish usuli ustunlik ega.
Oshlovchi totim (Rhus coriaria) ning 1000 dona urug' vazni
№ Aniqlangan usul Ko'rsatgich O'rtacha
1 10 ta 1000 dona 5,342
2 2 ta 500 dona 5,470 5,455
3 1000 dona 5,555
Tadqiqotlar O'bekiston Respublikasi fanlar akadimiyasiga qarashli Botanika bog'ida hamda Toshkent davlat agrar universiteti xududida o'sib-rivojlangan oshlovchi totim daraxtlaridan terib olingan urug'larda olib borildi. Bu iqlimning iqlim sharoitlari keskin kontinental bo'lib o'rtacha yillik havo xarorati 13,5 oC iyun oyidagi havo xarorati 27 oC va yanvar oyidagi havo xarorati -10 oC ga yetdi. Hududdagi yillik yog'ingarchilik 114,1 mm ni tashkil etib, u asosan oktabr-may oylarida bo'ladi. O'simlik o'sib-rivojlangan vaqtlarda yog'ingarchilik juda kam bo'ladi. Havoning o'rtacha nisbiy namligi 51% ga teng bo'lib qish-bahor mavsumida yuqori, yoz-kuz mavsumida esa juda past bo'ladi. Shamol rejimi yelning hamma mavsumida yuqari aktivlikda bo'lib, vegitatsiya davomida shimoldan qish mavsumida esa janubdan easdi. Hududda esadigan shamolning yo'nalishi doimo o'zgarib turadi.
Tadqiqot ishlari labaratoriya sharoitida olib borildi. Bunda 1000 dona urug' vazni tozaligi aniqlash bo'yicha tadqiqotlar amalga oshirildi. 1000 dona urug' vazni 3 variantda (100, 500 va 1000 donalik urug'lar) aniqlandi.Urug' tozaligi esa 4 ta variantda tahlil etildi.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND
SOLUTIONS
JUNE 6-7, 2023
Urug'ning tozaligini aniqlash uchun namuna stol ustiga tekis yoyib qo'yildi.Undagi yirik aralashmalar ajratildi va og'irligi aniqlandi. So'ngra namuna urug'lar har-xil aralashmalardan tozalandi. Totim urug'lari danakmevali urug'lar safiga kirishi aniqlandi, urug'lar bir necha takroriylikda ulchanib og'irligi va tozaligi aniqlandi.
1-rasm Oshlovchi totim urug'larini sifat ko'rsatgichlarini aniqlash jarayoni
Tadqidot ishlarida olingan namuna og'rligi o'rtacha 13,162 grammni tashkil etdi. Ushbu namunadagi urug'ning begona qoldiqlari ulushi 57,8 toza urug'lar esa 5,455 grammni tashkil etadi.Olingan natija asosida urug'ni tozaligi 42,2 foyizni tashkil etdi.
1000 dona urug' vazni o'rmon barpo etishda katta axamiyatga ega: yirik va og'ir urug'lar yuqori ekish sifatiga ega bo'ldi. Urug'lar og'irligini ekish meyorlarini belgilash uchun bilish zarur. Tahlil o'tkazish uchun toza urug'lardan uch xil hajimdagi namuna olindi:
500 donadan ikki probada aniqlanadigan 1000 dona urug'lar vazni 2 proba og'irligini yig'indisi bo'yicha hisoblandi.
100 dona urug' vazni 10 proba og'irligi yig'indisi asosida hisoblandi.
1000 dona urug' og'irligini aniqlashda 2 probaning bir biridan farqi, ulardan hisoblab chiqilgan o'rtacha og'irlikdan 7 foizni tashkil etish mumkin.
Olib borilgan tajribalarimizda 100 donadan iborat bo'lgan urug'larning og'riligi 0,5180,515 grammni, o'rtacha ko'rsatkichi esa 5,342 grammni tashkil etadi.500 donadan iborat bo'lgan variatda esa ushbu ko'rsatkich 5,470 grammni tashkil etdi.
Olib borilgan tajribalarga ko'ra, oshlovchi totimning 1000 dona urug'ining vazni 5,455 gramni tashkil etdi.
Olib borilgan tadqiqotlarda Toshkent voxasida o'sib rivojlanayotgan totim daraxtlaridan terib olingan urug'larning sifat kursatgichlari taxlil etildi. Unga ko'ra ushbu urug'dagi 1000 dona urug' vazni o'rtacha 5,455 gramni, urug' tozaligi esa 42,2 foizni tashkil etdi.
REFERENCES
1. Xamroyev X. F., Ochilov T. OSHLOVCHI TOTIM (RHUS CORIARIA) URUG 'LARINI EKISHGA TAYYORLASHNING URUG 'KO 'CHAT UNISHI VA O 'SIB RIVOJLANISHGA TA'SIRI //Science and innovation. - 2022. - №. Special Issue. - C. 155-158.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND
SOLUTIONS
JUNE 6-7, 2023
2. Egamberdiev S. Et al. Determination of substrate composition, light, and temperature for interior plant growth //E3S Web of Conferences. - EDP Sciences, 2021. - Т. 284. - С. 03015.
3. Fatullayivech H. X., o'g'li R. B. N. HISOR TOG 'TIZMASIDAGI QIZIL DO 'LANANING (CRATAEGUS TURKESTANICA POJARK.) TABIIY KO 'PAYISHI VA О 'RMONCHILIKDAGI AHAMIYATI //Science and innovation. - 2022. - №. Special Issue. - С. 116-120.
4. Жураев Ж. М., Холмуротов М. З., Халилова К. А. Биоэкологические особенности софоры японской и значение её в пчеловодстве //Новая наука: теоретический и практический взгляд. Материалы международной научно-практической конференции. - 2020. - Т. 30. - С. 104-107.
5. Juraev, Javlon, Obid Abdullaev, Temurmalik Ochilov. "SOVUN DARAXTINING BIOEKOLOGIK XUSUSIYATLARI VA KO'CHATLARINI ETISTIRISH AGROTEXNIKASI." JURNAL AGRO PROTSESSING 5 (2019).
6. To'laev, D. B. Va T. Ochilov. "yong'oqzor O'RMONLARNI HOLATI VA TABIY KO'PAYISHI. YONG'OQNI BIOLOGIK XUSIYATLARI." JURNAL AGRO PROTSESSING 4 (2019).
7. Qalandarov, MM., T.Ochilov, Sh B.Egamberdiyev. "O'ZBEKISTON JANUBIDA obodonlashtirish uchun istiqbolli doim yashil o'simliklar". JURNAL AGRO PROTSESSING 4 (2019).