Научная статья на тему 'ORTOGANAL PROYEKSIYALARNI QAYTA TUZISH USULLARIDAN FOYDALANIB TALABALARNING FAZOVIY TASSAVURLARINI RIVOJLANTIRISH'

ORTOGANAL PROYEKSIYALARNI QAYTA TUZISH USULLARIDAN FOYDALANIB TALABALARNING FAZOVIY TASSAVURLARINI RIVOJLANTIRISH Текст научной статьи по специальности «Строительство и архитектура»

CC BY
142
9
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ORTOGANAL / PROYEKSIYA / SHAKL / TEKISLIG / FAZOVIY / O'Q / PERPENDIKUL / GORIZONTAL / KESMA / GEOMETRIK

Аннотация научной статьи по строительству и архитектуре, автор научной работы — Bekqulov Q.Sh.

Maqolada ortoganal proyeksiyalarni qayta tuzish usullaridan foydalanib, talabalarni fazoviy tassavurlarini rivojlantirish. Hamda bitta masalani yechimini boshqa usullardan foydalanib yechish usllari haqida ma’lumotlar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

DEVELOPING STUDENTS SPACE IMAGINATIONS USING ORTHOGANAL PROJECT RECONSTRUCTION METHODS

The article is to develop students ’spatial perceptions using methods of reconstructing orthogonal projections. It also provides information on how to solve a problem using other methods.

Текст научной работы на тему «ORTOGANAL PROYEKSIYALARNI QAYTA TUZISH USULLARIDAN FOYDALANIB TALABALARNING FAZOVIY TASSAVURLARINI RIVOJLANTIRISH»

Bekqulov Q.Sh.

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti o'qituvchi

ORTOGANAL PROYEKSIYALARNI QAYTA TUZISH USULLARIDAN FOYDALANIB TALABALARNING FAZOVIY TASSAVURLARINI

RIVOJLANTIRISH

Аннотация: Maqolada ortoganal proyeksiyalarni qayta tuzish usullaridan foydalanib, talabalarni fazoviy tassavurlarini rivojlantirish. Hamda bitta masalani yechimini boshqa usullardan foydalanib yechish usllari haqida ma 'lumotlar berilgan.

Калит сузлар: ortoganal, proyeksiya, shakl, tekislig, fazoviy, o'q, perpendikul, gorizontal, kesma, geometrik.

Bekqulov Q.Sh. teacher

Chirchik State Pedagogical Institute of Tashkent region

DEVELOPING STUDENTS SPACE IMAGINATIONS USING

ORTHOGANAL PROJECT RECONSTRUCTION METHODS

Abstract: The article is to develop students 'spatial perceptions using methods of reconstructing orthogonal projections. It also provides information on how to solve a problem using other methods.

Keywords: orthogonal, projection, shape, plane, spatial, axis, perpendicular, horizontal, cross-section, geometric.

O'zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgan kunidanoq har jabhada ijobiy o'zgarishlar olib borilmoqda. Milliy qadriyatlarimzni tiklash, ota-bobolarimiz qoldirgan boy me'moriy yodigorliklarni asrash, kelajak avlodga yetkazish masulyati bizning zimamizda turibdi. O'zbekistonning har bir viloyati yoki tumanida o'ziga yarasha urf odati, binolarni sharqona bezatish, iqlimdan kelib chiqib qurlganligi jaxon xamjamiyatini qiziqishlariga sabab bo'lmoqda. Yangi qurilayotgan binoning poydevor ostiga to'shalgan xomashiyodan tortib gumbaz yopilganigacha qadar aniq o'lcham iqlim sharoyitidan kelib chiqib tuzilgan. Binolarni bezatish ishlarida geometrik naqishlardan keng foydalanilganligi va milliylikni aks etirishi binoning jozibador bo'lishiga o'zini hissasini qo'shgan. Bugungi kunda yurtimizda qurilayotgan yangi binolarda ham qadimgi shaxarsozlik ananalariga tayanib bezash ishlari olib borilmoqda.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori 2017-2020 yillarda shaharlarda arzon ko'p kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilish Dasturini samarali amalga oshirish borasidagi, qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida qarorni ijrosini ko'rishimiz mumkin. So'ngi yillarda mamlakatimizda

olib borilayotgan isloxatlar jarayonini barcha sohalarda jumladan, qishloq xo'jaligi, ta'lim jarayoni va muhandislik sohlarida ham sezilarli o'zgarishlar qilinib kelmoqda. O'zbekistonda olib borilayotgan qurilish va muhandislik ishlarida ishlayotgan yoshlarni malakasini yaxshilash borasida turli o'quv kurslari tashkil qilinib kelinayapdi. Albatda yoshlarni qurilish va muhandislik sohalarida bilim ko'nikmalarini oshirib borishni avvalo maktab va oliy ta'limda o'qitilishni ahamiyati juda katta.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning 2020 yil 24 yanvardagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida "Xalqimiz shuni yaxshi bilishi kerak: oldimizda uzoq va mashaqqatli yo'l turibdi. Barchamiz jipslashib, tinimsiz o'qib-o'rgansak, ishimizni mukammal va unumli bajarsak, zamonaviy bilimlarni egallab, o'zimizni ayamasdan oldinga intilsak, albatta, hayotimiz va jamiyatimiz o'zgaradi".123

Oliy ta'lim sohasida ta'lim tarbiya berib kelayotgan o'qituvchi-pedagoglarning oliy o'quv yurtlarida, muhandislik grafikasi fanlari asoslarini o'qitishga yo'naltirilgan mashg'ulotlar jarayonini noan'anaviy shakllarda tashkil etish, ta'lim jarayonini mukammal andoza asosida loyihalashga erishish, mazkur loyihalardan oqilona foydalana olish ko'nikmalariga ega bo'lish ta'lim oluvchilar tomonidan nazariy bilimlarni puxta, chuqur o'zlashtirilishi, ularda amaliy ko'nikma va malakalarning hosil bo'lishining kafolati bo'la oladi. Zamonaviy ta'limni tashkil etishga qo'yiladigan muxim talablardan biri ortiqcha ruhiy va jismoniy kuch sarf etmay, qisqa vaqt ichida yuksak natijalarga erishishdir. Qisqa vaqt orasida muayyan nazariy bilimlarni o'quvchilarga yetkazib berish, ularda ma'lum faoliyat yuzasidan ko'nikma va malakalarni hosil qilish, shuningdek, ta'lim oluvchilar faoliyatini nazorat qilish, ular tomonidan egallangan bilim, ko'nikma hamda malakalar darajasini baholash o'qituvchidan yuksak pedagogik mahorat hamda ta'lim jarayoniga nisbatan yangicha yondashuvni talab etadi.

Muhandislik va qurilish tarmoqlarida yetarlicha bilim va ko'nikmaga ega bo'lgan yoshlarni tarbiyalashda chizmachilik va chizma geometriya faning ahamiyati muhim hisoblanadi. Bo'lajak loyihachilarni ijodkorlika va yangiliklarni yaratishda bu fanlarni ahamiyati shundaki, avolo ularda fazoviy tasavurini rivojlantirib yangilikga undash bilan birga aniqlikka undab boradi.

Inson ko'zi bilan ko'rib turgan va idrok eta olgan har bir buyumlarning o'z o'lchami bor. Ikki o'lchamli narsa tabiyatda mavjud emas, har narsaning uch o'lchami mavjud balandlik, uzunlik va eniga ega. Shu uchala balandlik va yoruq soya orqali hajimni xis qila olamiz. Inson idroki bilan quriladigan buyumlar muayan o'lchamga ega, geometrik fugralardan tashkil topgan.

Geometrik shaklning proyeksiyalaridagi holatlari uning fazoda proyeksiyalar tekisliklariga nisbatan jaylashuviga bog'liq.

123 O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2020 yil 24 yanvardagi Oliy Majlisga Muroj aatnomasidan.

Ta'rif: Geometrik shaklning berilgan ortoganal proyeksiyalari asosida yangi proyeksiyalarni yasash ortoganalproyeksiyalarni qayta tuzish deyiladi.124

Umumiy vaziyatda berilgan geometrik shaklarni xususiy vaziyatga keltrish, asosan uch usulda bajariladi.

1. Umumiy vaziyatda berilgan geometrik shaklni fazoda harakatlantirib, proyeksiyalar tekisligiga nisbatan xususiy vaziyatga keltirish tekis-parallel harakatlantirish usuli deyiladi.

2. Aylantirish usuli. Bunda proyeksiyalar tekisliklari o'z holatlarini o'zgartirmaydi. Proyeksiyalanuvchi shakl ularga qulay holga kelguncha biror o'q atrofida aylantiriladi.

3. Geometrik shaklning fazoviy vaziyati o'zgartirilmasdan proyeksiyalar tekisliklar sistemasini unga nisbatan xususiy vaziyatga kelguncha yangi proyeksiyalar tekisliklari bilan almashtirish proyeksiyalar tekisliklarini almashtirish usuli diyladi.

Masala Umumiy vaziyatda joylashgan AB kesmani haqiqiy kataligni topishni uch usulda ko'rib chiqaylik.

a) Tekis-parallel harakatlantirish usuli; Gorizontal proyeksiyalar tekisligda joylashgan A'B' kesmani [ox) o'qiga parallel kesmaga A1(p) B'1(p) olib qo'yamiz. Gorizontaldagi A'1(p) B'1(p) kesma uchlaridan [ox) o'qiga perpendikular va A"B" kesma uchlaridan [ox) o'qiga parallel qilib yordamchi chiziqlar chiqaramiz. Yordamchi chiziqlar kesishib AB kesmaning haqiqiy kattaligi A"1(p) B'1(p) hosil bo'ladi (1-rasm). A'B'= A'1(p) B'1(p) izoh; (p) Tekis-parallel harakatlantirish usuli;

ч- — \ V- V \ \ В"

s -, *

в

1- rasm

b) Aylantirish usuli; Aylantrish o'qni chizmaning qayerida belgilashimiz kerak? AB kesmaga tegishli, A nuqtada, B nuqtada yoki AB kesmaga tegishli bo'lmagan holatda. Bu masalada B nuqtaga tegishli qilib oldik. Aylantrish o'q i gorizontal proyeksiyalar tekisligiga parallel qilib B' = i'' va B'= i' olamiz. Aylantrish markazi B'' nuqta va aylanish radusi A"B" kesma. A"B" radusni B" chiqan [ox) parallel nurni kesguncha aylantrib A"1 nuqtamizni hosil qilamiz. Gorizontaldagi A' nuqtamizdan [ox) o'qiga parallel nur chiqaramiz va A''1 nuqtadan [ox) o'qiga perpendikular nur chiqarib kesishgan nuqtasni A'1

124 Murodov Sh va boshkalar, Chizma geometriya. Oliy pedagogika o'kuv yurtlari uchun darslik, Toshkent, "Iktisod-moliya" 2008-y.

belgilaymiz. Yangi proyeksiyalar A"1=B"1 va A'1=B'1 hosil bo'ladi. Masalaning yechmi A'i=B; haqiqiy kattalik bo'ladi (2- rasm).

a '

\í"jí"íí"j

d

2- rasm

c) Proyeksiyalar tekisliklarini almashtirish usuli; Gorizontal proyeksiyalar tekisligida joylashgan A'B' kesmaga parallel qilib x1 o'q olamiz. A' nuqtamizdan va B' nuqtamizdan x1 o'qiga perpendikular qilib nurlar o'tkazib olamiz. Frontal tekisligmizdagi A "[ox) masofani A' dan chiqqan nurning davomi x1 qo'yib A'1(a) hosil qilamiz A"[ox)= x1 A"1(a) masofalar teng. Shu ketma-ketlikda B'1(a) topamiz B"[ox)= x1 B'1(a) masofalar teng. Masalaning yechmi AB kesmaning haqiqiy kattaligi A'1(a) B"1(ci)kesma (3- rasm). izoh; (a) Proyeksiyalar tekisliklarini almashtirish usuli;

A í i \ v

4.' :

3- rasm

Berilgan AB kesmaning haqiqiy kattaligni uchta usulda a) Tekis-parallel harakatlantirish usuli, b) Aylantirish usuli, b) Proyeksiyalar tekisliklarini almashtirish usullarda alohda ko'rib chiqdik. Masalani talaba ishlash jarayoni uzoq vaqt davom etshi, bitta masalaning berilshi qayta-qayta chizlishi va zerikshiga sabab bo'ladi. O'ziga kerakli bilmni tez olishni va uni amaliyotda qo'lashga imkoniyat yaratishi kerak. Hozirgi ko'rsatilayotgan mustaqil ta'limda bitta masalaga uch tomonlama yondoshiladi. Bu esa vaqt tejalishi, har-xil varyantlarni ko'rib chiqshga asos bo'ladi.

AB kesmaning haqiqiy kattaligni topisni masala berilishi bitti yechim usullari uchta holatida ko'rsatilgan (4- rasm). Haqiqiy kattaliklar qizil rangda berilgan va bu uchala katalik A'1(p) B'1(p = A"ца) B"1(a) = A'1 B'1 bir xil.

Ortoganal proyeksiyalarni qayta tuzish usulida boshqa masalalarni ham ishlash mumkin. Chizish jarayonida kamponofkani shunday tuzib olish kerakki uchala usulda ham chizmalar aralshib ketmasligi lozim. Aks holda chizmani o'qiydigan insonga ancha qiyinchilikni tug'dradi. Masalani shunday tuzish kerakki talabaning bilim darajasni inobatga olish zarur.

Bir usul bilan 100 masala ishlagandan, bitta masalani 100 usulda ishlagan

yaxshiroq.

¿ ;r,?.-frГЛ'чn i »ri'.i

4- rasm.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2020 yil 24 yanvardagi Oliy Majlisga Murojaatnomasidan.

2. Murodov Sh va boshkalar, Chizma geometriya. Oliy pedagogika o'kuv yurtlari uchun darslik, Toshkent, "Iktisod-moliya" 2008-y.

3. A. N. Valiev, "ABOUT THE FEATURES OF THE PERSPECTIVE OF SIMPLE GEOMETRIC SHAPES AND PROBLEMS IN ITS TRAINING", IEJRD - International Multidisciplinary Journal, vol. 6, no. 2, p. 7, Mar. 2021.

Shaydulloyevich, B. K. (2020). Increasing students' graphic literacy through teaching the sciences of drafting and descriptive geometry. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences, 8 (4), Part II, 75-78 [3].

5. Kukiev, B., O'g'li, A. N. N. & Shaydulloyevich, B. Q. (2019). Technology for creating images in autocad. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences, 7

6.Murodov Sh.K. Ko'kiyev B.B. Obloqulova L.G'. Yaqqol tasvirlar qurishda qiyshiq burchakli aksonometrik proyeksiyalardagi o'zgarish koeffitsientlarining o'zaro bog'liqligi BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTI 2/2019.

7. Сечение поверхностей 2-го порядка общего вида по эллипсу заданной площади мурадов шмидт каримович, ташимов нурлан эрполатович, рахматова икболхон иномжановна, кукиев бобурмирзо баходир угли Ташкентский государственный университет имени Низами

8.Xalimov Moxir, Achilov Nurbek, Bekqulov Qudrat, Xo'jaqulov Elbek, Ko'kiyev Boburmirzo (2020) chizmachilik va chizmageometriya fanlarida burchak topishning bazi usullari. физика математика фанлари журнали. 4 (1), 47-52.

9. Yadgarov N.D., «Fazoviy almashtirishlar jarayonida o'quvchilarning bilish faoliyatini rivojlantirish omillari».-T.:2009.

10. Ugli, K. B. B. (2020). Problem-based learning technology in teaching auxiliary projection techniques. Journal of Critical Reviews, 7(6), 917-921.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.