Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 10 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
"CHIZMA GEOMETRIYA" FANI MAVZULARINING ISHLAB CHIQARISHDAGI AHAMIYATI
Boboxonov Oltiboy Raxmonovich, Sultonov Safar Nabiyevich, Husanov O'rol Sattarovich.
Termiz muhandislik-texnologiya instituti "Muhandislk va kompyuter grafikasi" kafedrasi assistenlari [email protected] sultonovsafar3 77@gmail. com xusanovural611 @gmail.com
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada "Chizma geometriya" fanida amaliy mashg'ulot mavzularini ishlab chiqarish jarayonlari bilan bog'lab o'qitishda dolzarb masalalar tahlilini keltirish, talabalarning fanni mustaqil o'rganishidagi ahamiyati haqida fikr mulohazalar keng yoritilgan bo'lib, muhandislik institutlarida uslubiy qo'llanma sifatida foydalanishga tavsiya etiladi.
Kalit so'zlar: konveyr, tasmali konveyr, shnekli konveyr, og'ish burchagi, yer ishlari, kartografiya, geodezik, topografik, ko'ndalang profil, bo'ylama profil, yonbag'r.
АННОТАЦИЯ
В данной статье дается анализ актуальных вопросов преподавания темы практических занятий по «Чертежной геометрии» с производственными процессами, замечания о важности самостоятельного изучения студентами предмета, в качестве методического пособия в инженерных вузах рекомендуется использовать.
Ключевые слова: конвейер, ленточный конвейер, винтовой конвейер, угол отклонения, земляные работы, картография, геодезические, топографические, поперечный профиль, продольный профиль, уклон.
KIRISH
O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim muassasalarida bakalavr ta'lim yo'nalishlari mamlakatimizning jahon iqtisodiyotida o'z o'rniga ega bo'lishi uchun kadrlarga bo'lgan ehtiyojlardan kelib chiqqan holda tashkil etilgan. Respublikamizning barcha oliy ta'lim muassasalarida ta'lim jarayonini rivojlangan davlatlarning nufuzli oliy ta' lim muassasalarida olib borilayotgan ta' limning yangi innovatsion texnologiyalarni joriy etish yo'lga qo'yilmoqda. Mamlakatimizdagi
727
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 10 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
barcha oliy ta lim muassasalarida jahonda reyting ko'rsatkichlari yuqori bo'lgan xalqaro universitetlarlar bilan hamkorlikni yo'lga qo'yish ishlari tashkil etilgan. Bunda oliy talim muassasalarimizda faoliyat olib borayotgan professor-o'qituvchilarning jahonda nufuzli xalqaro universitetlarda o'z malakalarini oshirishi va talabalarimizning hamkorlik o'rnatilgan xalqaro universitetlarda bakalavr talim yo'nalishining III va IV bosqichlarini davom ettirishlari yo'lga qo'yilganligini ko'rishimiz mumkin.
Har bir oliy talim muassasasida bakalavr talim yo'nalishida tahsil olayotgan talabalarga o'tiladigan fanlar o'quv yuklamasidagi majburiy fanlardan tashqari barchasi yo'nalishlarga mos fanlar sanaladi. Ta lim olayotgan talaba yoshlarni o'zlari tanlagan ta lim yo'nalishiga oid fanlarni chuqur va puxta o'zlashtirib olishini yo'lga qo'yish uchun fan o'qituvchilari talim berishning eng ilg'or yangi zamonaviy texnologiyalaridan foydalanishi talab etiladi. Talim yo'nalishiga oid fandan 2 soatlik maruza mashg'ulotida talabalarga berilgan mavzuni yoritishda, mavzudagi asosiy tushunchalarni ihlab chiqarishdagi zamonaviy texnologiyaga bog'lab olib borish va mavzunung maqsadini yoritib berish zarur. Barcha fanlardan har bir mavzu ta lim yo'nalishlariga oid ishlab chiqarish sohalariga mos misollar bilan bog'lansa fanni o'qiyotgan talaba mustaqil ta limda fanga doir kerakli bilimlarni mustaqil ravishda o'zlashtirishga qiziqishi ortib boradi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Muhandislik ishi talim sohasi bakalavr bosqichidagi talabalarga o'quv yuklamasida berilgan fanlar qatorida "Chizma geometriya" fanidan maruza va amaliy mashg'ulot darslarida har bir mavzuni ishlab chiqarishning turli sohalariga bog'lab tashkil etish, bu kelajakda o'zi mustaqil bilim olishga intiluvchan mutaxassislarni tayyorlashda o'z samarasini beradi. "Chizma geometriya" fanidan amaliy mashg'ulotda o'rganiladigan "To'g'ri chiziq kesmasining haqiqiy uzunligi va proyeksiya tekisliklariga nisbatan og'ish burchaklarini topish" mavzusida ishlanadigan grafikaviy masalalarni yechish jarayonida masalaning dolzarbligini 60720000- Oziq-ovqat texnologiyasi va 60720100-Kimiyoviy texnologiya talim yo'nalishlarida muhandislik ishi bo'yicha ta lim olayotgan talabalarning sohalariga bog'lab tushintirish orqali masalani tahlil qilish har bir talabada o'z sohasiga bo'lgan qiziqishlarini orttirishga yordam beradi.
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 10 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
a)
Ao
— C. 1-fp-* ßX
M
A" i
B, i
Bo
b)
B" z fi"' , __
sqr / 7 TA"' /
A" Ax 0
B'. /
A y
c) d)
1-rasm.
Oziq-ovqat va kimiyo sanoatida xom ashyo hamda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni maxsus transpotlardan tushirish, shuningdek yuklash jarayonida foydalaniladigan tasmali konveyr va shnekli konveyrlarni o'rnatish, ko'chirish yoki ta mirlash ishlarida AB to'g'ri chiziq kesmasining haqiqiy uzunligi va proyeksiya tekisliklariga nisbatan og'ish burchaklarini topish mavzusida yechiladigan masalaning tahlili bilan bog'lab tushintirish mumkin(1-rasm.a,b,c,d). Bu masala 1 -rasm (a) da berilgan chizma asosida tahlil qilinsa bu chizmada berilgan AB kesmani tasmali konveyr deb qaralsa, yer sathiga parallel joylashgan H proyeksiya tekisligiga nisbatan uning og'ish burchagi a AB kesma bilan AE kesma orasidagi burchak bo'ladi. Navbatda H proyeksiya tekisligiga nisbatan perpendikulyar holatda jolashgan V frontal proyeksiya tekisligiga nisbatan, konveyr misolida qaralayotgan AB kesmaning og'ish burchagi ß AB kesma bilan BF kesma orasidagi burchakni hosil qiladi. V proyeksiya tekisligida AE kesmaning proyeksiyasi A"E' va H proyeksiya tekisligida BF kesmaning proyeksiyasi B'F' deb qabul qilinadi. Ko'rib chiqilayotgan AB kesmasining H va V proyeksiya tekisliklariga nisbatan perpendikulyar vaziyatda olingan W proyeksiya tekisligiga nisbatan shu kesmaning og'ish burchagi y AB va BD kesmalar orasidagi burchak bo'lib, BD kesmasining W proyeksiya tekisligidagi proyeksiyasi B"'D ' kesma ko'rinishida bo'ladi.
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 10 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
Agar biz amalda tasmali konveyrning tasmasini yangilamoqchi bo'lsak shu soha muhandisi 1-rasm (c,d) da ko'rsatilgan tekis chizma asosida AB kesmaning haqiqiy kattaligini topish usulidan foydalangan holda o'z hisob chizmasini bajarishi mumkin bo'ladi. Bunda masshtab tanlab olinib, to'g'ri chiziq kesmasining AB(A'B',A"B") epyuri qurilib, shu chizmada Y va Z koordinata o'qlariga nisbatan farqlari Ay va Az topiladi (1-rasm.c). H proyeksiya tekisligida A'B' kesmaga o'tkazilgan perpendikulyarga Az farqni va Vproyeksiya tekisligida esa A"B" kesmaga o'tkazilgan perpendikuliyarga Ay farqni qo'yish orqali yangi Ao va Bo nuqtalari belgilab olinadi. Belgilab olingan Ao va Bo nuqtalar mos nuqtalarning proyeksiyalari bilan tutashtirilib (H proyeksiya tekisligida A'Bo kesma va Vproyeksiya tekisligida esa AoB" kesmalar) berilgan AB to'g'ri chiziqning H va V proyeksiya tekisliklarida haqiqiy kattaligi topiladi. Bu chizmada A'Bo=AoB" ekanligi isbotlanadi. Hosil qilingan A'Bo va A'B' kesmalar orasidagi cî burchak hamda AoB" kesma bilan A"B" kesmalar orasidagi /? burchaklar masalada ko'rib chiqilayotgan AB to'g'ri chiziq kesmasining H va V proyeksiya tekisliklariga nisbatan og'ish burchaklarini tashkil etadi. 1-rasm(d) da ham shu to'g'ri chiziq kesmasining W proyeksiya tekisligiga nisbatan og'ish burchagi y ni topish ko'rsatilgan.OX koordinata o'qiga bo'yicha farq Ax topilib, A'"B'" ning bir uchidan o'tkazilgan perpendikulyar chiziqqa o'lchab qo'yiladi. B'"Ao kesma yani AB to'g'ri chiziq kesmasining haqiqiy kattaligi topiladi. A"'B"' kesma bilan B"'Ao kesma orasida hosil bo'lgan y burchak shu AB to'g'ri chiziq kesmasining W proyeksiya tekisligiga nisbatan og'ish burchagi hisoblanadi.
Demak yuqorida berilgan "Chizma geometriya" fanida o'rganiladigan "To'g'ri chiziq kesmasining haqiqiy uzunligi va proyeksiya tekisliklariga nisbatan og'ish burchaklarini topish" mavzusida ishlangan masalani yeshish ketma-ketligida muhandislik ishi ta lim yo'nalishi talabalarining sohasiga mos misol yordamida mavzu masalasining dolzarbligi tahlil qilinadi.
Arxitektura va qurilish talim sohasi talabalariga "Chizma geometriya" fanidan amaliy mashg'ulot darslarini tashkil etish jarayonida "Sonlar bilan belgilangan proyeksyalar va yer ishlarining chegarasini aniqlash" mavzulariga doir masalalarning dolzarbligini tahlil qilish yo'li bilan o'rgatish talabalarda o'z sohalariga bo'lgan qiziqishlarini oshiradi, mustaqil talim olishida ko'nikma hosil qiladi.
Sonlar bilan belgilangan proyeksiyalar asosan kartografiya va geodezik ishlarida yer sirtida qurilish ishlarini (bino qurilishi, avtomobil yo'llari, aerodromlar va hakozalar) loyihalashda va tasvirlashda keng qo'llaniladi. Talabalarga chizma geometriya kursida o'rganilgan proyeksiya tekisliklaridan faqat bittasi H gorizontal proyeksiya tekisligida ishlash uchun, yer sathining Ho nol darajali gorizontal
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 10 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
proyeksiya tekisligi deb Baltika dengizi suvining sathi qabul qilinganligi, shu sath Ho tekisligidan past bo'lgan sirtlardagi nuqta manfiy ishora va baland bo'lgan sirtlarda tanlab olinadigan nuqtalar musbat ishoralar bilan berilishi talabalarga sodda qilib tushintirib beriladi.
Sonlar bilan belgilangan proyeksiyada A'5 nuqta yer sathiga parallel bo'lgan Ho proyeksiya tekisligida berilgan, demak A5 nuqta Ho dan 5 m balandda joylashgan bo'ladi (2-rasm). Agar shu Ho tekiligida B'-4 nuqta berilgan bo'lsa, u holda bu nuqtaning o'rni B nuqta Ho proyeksiya tekisligidan berilgan qiymatga teng 4 m masofa pastda joylashgan deb qabul qilinadi. Agar shu Ho proyeksiya tekisligida C'o nuqtani tahlil qilsak, demak bu berilgan nuqtaninig qiymati o ga teng bo'lganligi 2-rasm.
uchun, C=C'o nuqtalar Ho proyeksiya tekisligida joylashadi. Bu usulda masala yechimi boshqa proyeksiyalash usullariga qaraganda oson yechiladi, shunungdek muhandislik ishlari chizmasida yer sirti aniq va qulay tasvirlanadi.
Topografik sirtlarning vertikal kesimi uning profili deb yuritilishini qiyaliklar misolida masshtab tanlanib, shu masshtab asosida tuzilgan jadval hisoblash ishlarini amalga oshirilishga misollar bilan keltiriladi.
Sonlar bilan belgilangan proyeksiyalar yordamida bajarilgan muhandislik ishlarida tasvirlarning yaqqolroq bo'lmasligi kabi kamchilliklar uchraydi. Shuning uchun, bazi bir muhandislik ishlarida tasvirni yaqqolashtirish maqsadida tekislik bilan kesishishidan hosil bo'lgan kesimi Ho proyeksiyalar tekisligi bilan ustma-ust vertikal kesimdan foydalaniladi(3-rasm). Bu chizmada topografik sirtning gorizontal proyeksiyalovchi (vertikal) tekislik bilan jipslashtirilishi yordamida topografik sirtni kesuvchi tekislik Ho proyeksiya tekisligiga 3-rasm.
perpendikulyar vaziyatda qo'yilsa ko'ndalang profil, agar perpendikulyar bo'lmasa bo'ylama profil bo'lishi tahlil yuzasidan talabalarga yetkazib beriladi.
Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 21 ISSUE 10
educational, natural and social sciences -------- JtV ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022:5.947
Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7
4-rasm.
bevosita shu ko'nikmasi asosida
Yer sirti bilan gorizontal qurilish maydonchasi yonbag'rlarining o'zaro kesishishi bo'yicha hisolash ishlarini bajarishga doir masalani yechish chizmada tanlab olingan masshtab asosida bajarilishi yo'nalish sohasiga bog'lab tahlil qilinishi zarurdir.
4-rasmda gorizontal proyeksiya tekisligida qurilish uchun tekislanadigan maydonchaning yonbag'r tekisligi bilan kesishuv chiziqlarini hosil qilish orqali, tuproq to'kiladigan joy qiyaligi va tuproq kovlab olinadigan joy qiyaligining chegara chiziqlari yordamida hisob ishlarini ishlab chiqish mumkinligi ko'rsatib berilgan. Ushbu masalaga doir chizma ishini bajarish orqali muhandislik ishiga oid ayrim masala yechimi osonlashadi. Agar talaba mashg'ulot jarayonida masalalarni mustaqil yeshish
ko'nikmasini egallasa, ishlab chiqarishda malakali mutaxassis bo'lib yetishadi.
Qurilish maydonchasidagi yer qazish ishlarini bajarish chegarasini aniqlashga oid masalada yer sirtining gorizontal proyeksiya tekisligida berilgan topografik chizmasi amalga oshiriladigan ishlararni hisoblash orqali tushintirib tahlil qilish ishlari bajariladi.
5-rasmda berilgan topografik sirt ustida qiyalik balandligi masshtab asosida belgilangan chiziqlar berilgan bo'lib, shu qiyalikda qurlish uchun maydoncha tekislash ishining chizmasi bajarilgan. Maydonchaga yo'l chiqarish ishlarida yon bag'rlikda tuproq to'ldirish, shuningdek tuproq kovlash ishlarini bajarish hajmiga oid hisob ishlarini amalga oshirish uchun chizma chizish masalasini shu soha
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 10 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
mutaxassislari yaxshi o'zlashtirgan bo'lishi muhim masala ko'rinishida tushintirib beriladi.
Arxitektura qurilish va muhandislik ushi soha yo'nalishlarida o'tiladigan mutaxassislikka oid fanlar qatorida "Chizma geometriya" fani mavzularini ishlab chiqarish jarayoni bilan bog'lab o'qitish maqsadga muvofiqdir. Fanning amaliy mashg'ulotlarida o'rgatiladigan hisob grafik ishlarini bajarishda talabalar chizma chizish ko'nikmalarini egallaydi. Talabalarning dars davomida olgan ko'nikmasi kelajakda ishlab chiqarishda bilimli va malakali yosh muhandislar bo'lishida zamin bo'lib xizmat qiladi.
REFERENCES
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son «O'zbeqiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'grisida»gi farmoni.
2. Sh.Murodov, L. Hakimov, P.Odilov va M.Jumayev "Chizma geometriya kursi" Texnika oliy o'quv yurtlari uchun darslik. —T.1998: «O'qituvchi».
3. Ural Sattorovich Xusanov (2022). CHIZMA GEOMETRIYA - TEXNIKAVIY BILIMLARGA YO'L. Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS), 2 (5), 590-595.
4. Types and Forms of Independent Work in the Organization of Educational Activities of Students on the Subject "Descriptive Geometry and Engineering Graphics" Safar Nabievich Sultonov Teacher, Termez Institute of Engineering and TechnologyCopyright (c) 2022 Author (s). This is an open-access article distributed under the terms of Creative Commons Attribution License (CC BY).Toviewacopyofthislicense,visitttps://creativecommons.org/licenses/by/4.0/ Volume 5, Issue 3, Mar 2022 | 733 International Journal on Integrated Education e-ISSN : 26203502 p-ISSN : 26153785
5. K.M.Qobiljonov,I.T.Ismoilov va M.Sh.Isayeva "Chizmachilik va chizma geometriya asoslari"O'quv qo'llanma.Toshkent."O'qituvchi"-1983 yil.
6. A.A.Allanazarov,O.R.Boboxonov,S.S.Sultonov va O.N.Qarshiyev "Muhandislik va kompyuter grafikasi" Uslubiy ko'rsatma. Termiz-2022.; "IRFON-PRINT"
7. A.A.Allanazarov,O.R.Boboxonov,S.S.Sultonov va O.N.Qarshiyev "Muhandislik va kompyuter grafikasi" Uslubiy qo'llanma. Termiz-2022.; "IRFON-PRINT"
8. www.ziyonet.uz - O'zbekiston Respublikasi ta'lim portali.
XULOSA