Oqova suvlarni tozalash, suvlarning xossalari va ularning
sinflanishi
Sh.K.Bokiyeva [email protected]
O'.G'.Ganiyev Buxoro muxandislik-texnologiya instituti
Annotatsiya: Berilgan ilmiy ishda, neft va gaz sanoati ishlab chiqarish korxonalaridagi oqova suvlarni zamonaviy usullar orqali tozalash, bu maqsadda ishlatiladigan jihozlarini takomillashtirish orqali atrof muhitni zararli oqava suv chiqindilaridan xoli hududga aylantirish, eekologik vaziyatni yaxshilash, oqava suvlarni tozalashda yangi texnologiyalarni qo'llash, jahon hamjamiyatida bu sohada olib borilgan ishlarni o'rganish va ularni tahlil qilib chiqish, oqova suvlarning xossalari va tarkibini tahlil qilish ko'rib chiqilgan.
Kalit so'zlar: oqova suvlari, suvli ekstraktlar, absorbentlar, organik birikmalar, biogen birikmalar, sulfatli va xloridli suvlar
Waste water treatment, water properties and their
classification
Sh.K.Bokiyeva [email protected] U.G.Ganiyev
Bukhara Institute of Engineering and Technology
Abstract: In the given scientific work, wastewater treatment in oil and gas industry production enterprises using modern methods, improvement of the equipment used for this purpose, turning the environment into an area free of harmful wastewater waste, improving the ecological situation, applying new technologies in wastewater treatment, world study and analysis of the works carried out in this field in the community, analysis of the properties and composition of wastewater was considered.
Keywords: wastewater, aqueous extracts, absorbents, organic compounds, biogenic compounds, sulfate and chloride waters
Oqova suvlar hosil bo'lishi sharoitiga qarab maishiy, fekal, atmosfera va sanoat oqova suvlariga bo'linadi. Xo'jalik-maishiy oqova suvlari - bu dush, yuvinish,
ISSN 2181-0842 / IMPACT FACTOR 3.848 480 [Ml^^^H
hammom, kirxona, ovqatlanish xonalari, hojatxona, polni yuvishdan hosil bo'ladigan suvlar hisoblanadi. Bu suvlarning tarkibida taxminan 58% organik va 42% mineral moddadan iborat aralashmalar hosil bo'ladi. Atmosfera oqova suvlari - yomg'ir va qor erishidan paydo bo'ladigan va korxona hududidan oqib chiqadigan suvlar. Ular organik hamda mineral qo'shimchalar bilan ifloslangan bo'ladi.
Sanoat oqova suvlari organik va noorganik xomashyoni qayta ishlash va qazib olishda hosil bo'ladi. Texnologik jarayonlarda oqova suvlarni hosil qiluvchi manbalarga quyidagilar kiradi: 1) kimyoviy reaksiyalar borishi natijasida hosil bo'ladigan suvlar (ular boshlang'ich moddalar va reaksiya mahsulotlari bilan ifloslanadi); 2) xomashyo va boshlang'ich mahsulotlardagi erkin va bog'langan hamda qayta ishlash jarayonlarida hosil bo'ladigan namlik ko'rinishidagi suv; 3) xomashyo, mahsulot va qurilmalarni yuvishdan so'ng hosil bo'ladigan suv; 4) oqadigan suvli eritmalar; 5) suvli ekstraktlar va absorbentlar; 6) sovituvchi suvlar; 7) boshqa oqova suvlar; vakuum-nasoslardan, aralashtirish kondensatorlaridan, gidrozol yo'qotishdan, idishlarni, qurilmalarni va binolarni yuvishdan tushadigan suvlar.
Oqova suvlarning miqdori va tarkibi ishlab chiqarish turiga bog'liq. U turli moddalar: 1) biologik nobarqaror organik birikmalar; 2) kam zaharli noorganik tuzlar; 3) neft mahsulotlari; 4) biogen birikmalar; 5) o'ziga xos zaharli moddalar, jumladan, og'ir metallar, parchalanmaydigan organik sintetik birikmalar bilan ifloslanishi mumkin:
Oqova suvlar tarkibida erigan noorganik va organik birikmalar, muallaq dag'al dispers va kolloid aralashmalar, ba'zan erigan gazlar (vodorod sulfid, karbonat angidrid va boshqalar) bo'ladi.
Tayyor mahsulot olish uchun texnologik siklni to'liq o'tishda foydalanilgan suv boshlang'ich, oraliq va oxirgi mahsulotlar bilan ifloslanadi. Masalan, mineral o'g'itlar va noorganik moddalar ishlab chiqarish korxonalaridagi oqova suvlar, kislotalar, ishqorlar, har xil tuzlar (floridlar, sulfatlar, fosfatlar, fosfitlar va boshqalar) bilan, asosiy organik sintez ishlab chiqaruvchi korxonalar oqova suvlari - yog' kislotalari, aromatik birikmalar, spirtlar, aldegidlar bilan; neftni qayta ishlash korxonalarining suvlari - neft mahsulotlari, yog'lar, smolalar, fenollar, SFM lar (sirt faol moddalar) bilan; sun'iy tola, polimer, har xil sintetik smolalar ishlab chiqaruvchi korxonalarning oqova suvlari - monomerlar, yuqori molekulali moddalar, polimer zarrachalari bilan ifloslangan bo'ladi.
Oqova suvlarning zararlilik darajasi undagi ifloslantiruvchi moddalarning (zaharlilik) xususiyati va tarkibiga bog'liq. Og'ir metallarning tuzlari, sianidlar, fenollar, vodorod sulfid, kanserogen moddalar va boshqa shu kabi moddalar oqova suvning yuqori darajada zaharlanishiga va hidi o'zgarishiga olib keladi.
Oqova suvlarning ishqoriy yoki kislotali bo'lishi quvur materialiga, kanalizatsiya kollektorlariga va tozalovchi inshoot- laming uskunalariga o'z ta'sirini
ko'rsatadi. Sanoat oqova suvlarining ifloslilik darajalari doimo nazorat qilib turiladi. U quyidagi ko'rsatkichlar bilan aniqlanadi:
1. Organoleptik ko'rsatkichlar (suvning rangi, mazasi, hidi, tiniqligi, loyqaligi va boshqalar).
2. Fizik-kimyoviy ko'rsatkichlar (optik zichligi, pH, harorati, elektr o'tkazuvchanligi, ishqoriyligi, kislotaliligi, qattiqligi, oquvchanligi, zichligi, sirt tarangligi va boshqalar).
3. Erigan organik va anorganik moddalar aralashmasining miqdori, kislorodga bo'lgan kimyoviy ehtiyoj va kislorodga bo'lgan biokimyoviy ehtiyoj.
4. Dag'al dispers, kolloid zarrachalar shaklida aralashmalarning mavjudligi.
Oqova suvlarning tahlili organoleptik va fizik-kimyoviy ko'rsatkichlarni
aniqlashdan boshlanadi. So'ngra iflos aralashmalarning umumiy miqdorini quritish orqali aniqlanadi. Qurigan qoldiq qizdirilganda uning miqdorining kamayishi oqova suvda organik modda borligini bildiradi. Ko'pincha oqova suvlar qizdirilganda anorganik moddalar ham uchib ketishi mumkin. Shuning uchun organik moddalarning borligini kislorodga bo'lgan kimyoviy ehtiyoj (KBKE) va kislorodga bo'lgan biokimyoviy ehtiyoj (KBBE) ni aniqlash yordamida isbotlanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Проскуряков В.А., Шмидт Л.И. Очистка сточных вод химической промышленности. Л.: Химия. 1997. - 463 с.
2. А.Г. Баландина, P.I. Хангильдин, В. А. Мартяшева, IV Международная научно-практическая конференция с элементами научной школы для молодежи" экологические проблемы нефтедобычи-2014". Нефтегазовый бизнес. Уфа, 2014. Стр. 111.
3. Бокиева, Ш. К., Тошев, Ш. Ш., Дустов, Х. Б. (2021). Исследования химических методов очистки нефтепромысловых сточных вод. Scientific progress, 1(6), 904-908.
4. Bokiyeva, S. K., Do'Stov, H. B., Sattorov, M. O. (2021). Neftni tayyorlash qurilmalari oqova suvlarini neft va mexanik zarrachalardan tozalash usullari. Science and Education, 2(4), 150-156.
5. Bokiyeva, S. K., Ortiqova, M. O. Q. (2022). Characteristics of purification of wastewater from petroleum products. Science and Education, 3(4), 227-231.
6. Bokiyeva, S. K., Ortiqova, M. O. Q. (2022). The relationship between the phase equilibrium of a gas and a glycolic solution. Science and Education, 3(4), 405408.
7. Bokiyeva, S. K., Savriyev, M. S., Sattorov, M. O. (2021). Konni ishlatish davrida oqova suvlarni tozalash sxemalari. Scientific progress, 1(6), 893-900.
8. Бакиева, Ш. К., Жахонов, Х. Д. (2019). Анализ особенностей фазового равновесия между газом и абсорбентом. Теория и практика современной науки, (3), 46-48.
9. Нуруллаева, З. В., Бакиева, Ш. К. (2016). Преимущества сухих газодинамических уплотнений, применяемых на центробежных компрессорах. Наука и образование сегодня, (2 (3)), 34-35.
10. Нусратиллоев, И. А. У., Бакиева, Ш. К. (2017). Исследование свойств высокопарафинистых дистиллятов газового конденсата. Вопросы науки и образования, (11 (12)), 14-15.
11. Нуруллаева, З. В., Бакиева, Ш. К. (2016). Эксплуатационные свойства смазочных масел и улучшение их присадками. Молодой ученый, (8), 274-276.
12. Bokiyeva Sh.K., Sharipov Q.Q., Ochilov A.A., Sattorov M.O. Mahalliy neft konlari oqova suvlarini tozalash usullari. Monografiya. Buxoro. Durdona nashriyoti. 2021. 100 b.
13. Шахноза Фахритдиновна Тиллоева (2023). Способы извлечения этилмеркаптана из сероорганических соединений в газовом конденсате. Science and Education, 4 (1), 342-346.
14. Тиллоева, Ш. Ф., & Умарова, Н. F. (2023). Газконденсат таркибидаги олтингугурт органик бирикмаларни ажратиб олиш усуллари. Science and Education, 4(2), 755-762.
15. Ш.Ф.Тиллоева,Х.Ф Тиллоева. (2023).Газни водород сулфид ва углерод оксидан TOBenm.INTERNATIONAL CONFERENCES 1(1),837-839.
16. Рахимов, Б. Р., Абдурахимов, С. А., & Адизов, Б. З. (2020). Высокосмолистые нефти и проблемы их транспортировки по трубопроводам. Universum: технические науки, (12-4 (81)), 31-34.
17. Рахимов, Б. Р., Набиев, А. Б., Адизов, Б. З., & Абдурахимов, С. А. (2020). Понизитель вязкости тяжелых нефтей на основе хлопкового соапстока. Universum: технические науки, (5-2 (74)), 59-62.
18. Рахимов, Б. Р., Адизов, Б. З., Абдурахимов, С. А., Аноров, Р. А., Ходжаев, С. Ф., & Кадирова, Н. Б. (2021). Изучение влияния смеси фосфолипидов с триацилглицеридами на изменение вязкости тяжелых нефтей. Universum: технические науки, (5-4 (86)), 86-91.
19. Aspiya o'g'li, K. N., & Egamberdiyev, N. M. (2022). PISTIYA O 'SIMLIGI YORDAMIDA OQOVA SUVLARNI TOZALASH. Новости образования: исследование в XXI веке, 1(4), 519-523.
20. Tajaliyevich, O. J. (2023). OQOVA SUVLARNI TABIIY YO'L BILAN TOZALASH USULLARI. FORMATION OF PSYCHOLOGY AND PEDAGOGY AS INTERDISCIPLINARY SCIENCES, 2(19), 264-266.