Научная статья на тему 'ONOMASTIK NOMLARNING SINXRON TADQIQI'

ONOMASTIK NOMLARNING SINXRON TADQIQI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

94
18
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
onomastik nomlar / sinxron tahlil / shaxs ismlari / joy nomlari / tashkilot nomlari / etimologiya / ijtimoiy-madaniy kontekst / til evolyutsiyasi. insonning o'ziga xosligi / tarixiy taraqqiyoti. / Onomastic names / Synchronic analysis / Personal names / Place names / Organization names / Etymology / Sociocultural context / Language evolution. Human identity / Historical development.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Jahongir Siddiqov

Ushbu maqolada onomastik nomlarni sinxron tadqiq qilish, ularning madaniy, ijtimoiy va lingvistik ta'sirini tahlil qilish bo'yicha keng qamrovli tadqiqotlar keltirilgan. Turli mintaqalar va davrlar bo'yicha shaxsiy, joy va tashkilot nomlarining turli xil ma'lumotlar to'plamidan kelib chiqqan holda, tadqiqot ushbu nomlarning naqshlari, ma'nolari va etimologik ildizlarini o'rganadi. Ko'p tarmoqli yondashuvni qo'llash orqali tadqiqot onomastikaning inson o'ziga xosligini, ijtimoiy tuzilmalarini va tarixiy taraqqiyotini tushunishdagi rolini o'rganadi. Maqolada onomastik nomlar va ularning sotsial-madaniy kontekstlari o„rtasidagi murakkab o„zaro bog„liqlikni ochib berish, pirovardida tilning dinamik tabiati va insoniy muloqotning nozik jihatlari haqida qimmatli tushunchalar berishda sinxron tahlilning ahamiyati ta‟kidlangan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SYNCHRONOUS STUDY OF ONOMASTIC NAMES

This article presents a comprehensive investigation into the synchronous study of onomastic names, analyzing their cultural, social, and linguistic implications. Drawing from a diverse dataset of personal, place, and organization names across various regions and time periods, the study explores the patterns, meanings, and etymological roots of these names. By employing a multidisciplinary approach, the research delves into the role of onomastics in understanding human identities, social structures, and historical development. The article highlights the significance of synchronic analysis in revealing the complex interplay between onomastic names and their sociocultural contexts, ultimately providing valuable insights into the dynamic nature of language and the nuances of human communication.

Текст научной работы на тему «ONOMASTIK NOMLARNING SINXRON TADQIQI»

ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 | Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,9 | ASI: 1,3 | SJIF: 5,771 | UIF: 6,1

Ushbu maqolada onomastik nomlarni sinxron tadqiq qilish, ularning madaniy, ijtimoiy va lingvistik ta'sirini tahlil qilish bo'yicha keng qamrovli tadqiqotlar keltirilgan. Turli mintaqalar va davrlar bo'yicha shaxsiy, joy va tashkilot nomlarining turli xil ma'lumotlar to'plamidan kelib chiqqan holda, tadqiqot ushbu nomlarning naqshlari, ma'nolari va etimologik ildizlarini o'rganadi. Ko'p tarmoqli yondashuvni qo'llash orqali tadqiqot onomastikaning inson o'ziga xosligini, ijtimoiy tuzilmalarini va tarixiy taraqqiyotini tushunishdagi rolini o'rganadi. Maqolada onomastik nomlar va ularning sotsial-madaniy kontekstlari o'rtasidagi murakkab o'zaro bog'liqlikni ochib berish, pirovardida tilning dinamik tabiati va insoniy muloqotning nozik jihatlari haqida qimmatli tushunchalar berishda sinxron tahlilning ahamiyati ta'kidlangan.

Kalit so'zlar: onomastik nomlar, sinxron tahlil, shaxs ismlari, joy nomlari, tashkilot nomlari, etimologiya, ijtimoiy-madaniy kontekst, til evolyutsiyasi. insonning o'ziga xosligi, tarixiy taraqqiyoti.

SYNCHRONOUS STUDY OF ONOMASTIC NAMES

ABSTRACT

This article presents a comprehensive investigation into the synchronous study of onomastic names, analyzing their cultural, social, and linguistic implications. Drawing from a diverse dataset of personal, place, and organization names across various regions and time periods, the study explores the patterns, meanings, and etymological roots of these names. By employing a multidisciplinary approach, the research delves into the role of onomastics in understanding human identities, social structures, and historical development. The article highlights the significance of synchronic analysis in revealing the complex interplay between onomastic names and their sociocultural contexts, ultimately providing valuable insights into the dynamic nature of language and the nuances of human communication.

Keywords: Onomastic names, Synchronic analysis, Personal names, Place names, Organization names, Etymology, Sociocultural context, Language evolution. Human identity, Historical development.

ONOMASTIK NOMLARNING SINXRON TADQIQI

Jahongir Siddiqov

Andijon davlat universiteti

ANNOTATSIYA

March, 2023

ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 | Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,9 | ASI: 1,3 | SJIF: 5,771 | UIF: 6,1

Onomastika bugungi kunda eng ko'p murojaat qilinayotgan sohalardan biridir. Uning tarkibiga kirgan makroko'lamlar va mikroko'lamlar miqdori va sifati bir-biridan keskin farq qiladi. O'zbek onomastikasi bo'yicha izlanishlar olib borgan E.Begmatov Va Y. Avloqulovlar o'zbek tilida onomastikaning 47 ta mikroko'lamini ko'rsatib o'tishgan [1]. Keyingi tadqiqotlar esa uning 100 dan ortiq mikroko'lamlari borligini tasdiqlamoqda. Ularning ayrimlari ustida to'xtalib o'tmoqchimiz.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Astionim grekcha äarv övopa - shahar nomi ma'nosini bildirib, urbonimlarning eng katta ko'rinishlaridan biri sanaladi. Astionimlar hozirga qadar toponimlar nomi ostida o'rganib kelindi. Ammo, keyingi yillarda tilga sistem-struktur jihatdan yondashish til birliklari o'rtasidagi munosabatlarning eng bo'lagigacha ochib berish imkoniyatini yaratmoqda. Shu ma'noda shahar nomlari (astionimlar)ni alohida tadqiqqa tortish foydadan holi emas. Masalan, Andijon viloyatida Asaka, Poytug', Shahrixon, Xonobod, Kuyganyor, Qo'nji, Bo'taqora, Jalabek; Namangan viloyatida Pungon, Pop, Chodak, G'urumsaroy, Norin, Mingbuloq, Uychi; Farg'ona viloyatida Bog'dod, Quva, So'h, Qo'qon, Marg'ilon, Rishton, Poloson; Buxoro viloyatida Romitan, Kogon, Gazli, Vobkent, Qorovulbozor, Shofirkon kabi shahar va Ko'lijabbor, Beshtuva, Sosonchuq, Qirtay, G'onchi Chandir, Talisafed, Jayhunobod kabi astionimlar uchraydi. Mazkur nomning har birini nafaqat tarixiy, ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan, balki lisoniy jihatdan tadqiq etish bizga moziyning ochilmagan tomonlari to'g'risida ko'plab yangi ma'lumotlarni berishi aniq. Masalan, G'onchi Chandir astionimi. Nomning deriavatsion maketi aniq: G'on+chi Chandir. "O'zbek tilining izohli lug'atida g'on so'zi "Ipak qurti boqilgan so'kichakda qurt yegandan qolgan barg va axlatlar" tarzida izohlangan [2]. G'on so'zining uymoq, to'plamoq ma'nolari ham mavjud. Chandir 1 Go'shtning qattiq pay qismi. 2 Qotma, pishiq, chayir ma'nolarida keladi [3]. Anglashiladiki, mazkur agionim pishiq, chayir insonlarning uyushmasi (etnonim) sifatida paydo bo'lgan va metonimiya usuli bilan astionimga aylangan.

Katoykonim grekcha uaxd - ostida + omoq- uy so'zlaridan olingan bo'lib, aholining qaysi joyga taalluqli ekanligini anglatuvchi atama sanaladi. Katoykonimlar bevosita astionimlarda o'sib chiqadi. Sistema ichidagi ichki aloqadorlikka ko'ra farg'onalik, shahrisabzlik, xivalik, buxorolik, qo'qonlik kabi ko'rinishlarda qo'llanadi. Ularga nisbatan demonim, etnoxoronim atamalari ham

KIRISH

qo'llanadi.

March, 2023

ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 | Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,9 | ASI: 1,3 | SJIF: 5,771 | UIF: 6,1

Agoronim grekcha àyopa maydon + ôvo^a nom, atama so'zlaridan olingan bo'lib, shahardagi ochiq maydonlar va xiyobonlar nomini ifodalash maqsadida qo'llangan. Agoronimlar shaharlarning tarixiy va lisoniy qiyofasini jonlantirishda hamisha muhim o'rin tutib kelgan. Masalan, Toshkent shahridagi Beshyog'och maydoni 70-yillarda Beruniy maydoni, 80-yillarda Komsomol maydoni, 1991 yildan boshlab yana o'z holida Beshyog'och maydoni ko'rinishida qo'llana boshlangan. Chorsu maydoni, Xadra maydoni, Registon maydoni haqida ham shunday so'zlarni aytish mumkin. "O'zbek tilining izohli lug'ati"da maydon so'zining 5 ta ma'nosi izohlangan bo'lib, aynan shaharlarda muayyan maqsadlarda tashkil etilgan, shahar aholisining savdo-sotiq qilishi, xursandchilik qilishi uchun mo'ljallanib tashkil etiladigan, maxsus quriladigan ochiq joy ma'nosi nazardan chetda qolgan. Mustaqillik maydoni, Amir Temur xiyoboni, Adiblar xiyoboni, Shahidlar xiyoboni, Xotira xiyoboni singari agoronimlarda urbanizatsiya jarayonlarining zamonaviy shiddati, ko'lami, o'zbek xalqining bugungi dunyoqarashi, turmush tarzi namoyon bo'lib turibdi.

Godonimlar mahalla va ko'cha nomlarini o'z ichiga oladi. Bunday nomlarda shaharlar tarixi, aholining kasb-kori, milliy qadriyatlari, dunyoqarashi o'z aksini topgan bo'ladi. Masalan, Toshkent shahridagi Arpapoya, Kamolon, Chaqar, Taxtapul, Chuvalachi, Chordara, Chimboy, Degrez, Posira, Qozirabot, Labzak kabi godonimlarning har biri moziyga, Toshkent shahri aholisining kasb-kori, urf-odatlariga aloqador sanaladi. Ularni lingvistik tahlil qilish shahar tarixini oydinlashtirishga xizmat qilishi tabiiy. Misol uchun Chig'atoy mahallasi. Joyning kelib chiqish tarixi Chingizxonning ikkinchi o'g'li Chig'atoy bilan bog'liq holda yoritiladi [4]. Bizningcha, bu fikr noto'g'ri. Birinchidan, Chig'atoy juda oz muddat 1218 yildan 1242 yilgacha hukmronlik qilgan. Unga bo'lib berilgan Chig'atoy ulusi keyinchalik Munke bilan Botuxon tasarrufiga o'tgan. Butun Mavoraunnahr hududlarining, qolaversa, bu yerda istiqomat qilgan turkiy xalqlar tilining Chig'atoyga nisbat berilishi tarixiy adolatsizlikdan boshqa narsa emas.

Uchinchidan, tilimizda "chaqa" leksemasining pul; kichik yara, jarohat; biron-bir zarb, ta 'sir natijasida narsalarning yuzasida paydo bo'ladigan o'yiq; bola, farzand degan ma'nolari mavjud [5]. Joyning boshqa yerlarga nisbatan chuqurroqda, o'yiq yerda paydo bo'lganligi, kichik ekanligi e'tiborga olinib, shunday atalgan bo'lsa, ehtimoldan holi emas. Qolaversa, Toshkent nonvoylari tayyorlaydigan non turlaridan biri ham Chig'atoy patir deb nomlanadi va u boshqa patir turlariga nisbatan kichikroq shaklda bo'ladi.

March, 2023

ISSN: 2181-1385 ISI: G,967 I Cite-Factor: G,89 I SIS: 1,9 I ASI: 1,3 I SJIF: 5,771 I UIF: 6,1

Dromonimlar grekcha Apo^oçyugurish, harakat, yo'l, o'tish + nom so'zlaridan olingan bo'lib, quruqlik, suv, yerosti, havo yo'llarining umumiy nomini anglatadi.

Masalan, Katta halqa yo'li, Kichik halqa yo'li, Ohangaron shossesi, O'zbekiston trakti, Dovon yo'li, Samarqand yo'li, Alisher Navoiy shohko'chasi, Fitrat 4-torko'cha va h.k.

Bu so'zlarning har biri xalqimiz tarixining muayyan davrlari bilan chambarchas bog'liqdir. Ayniqsa, davr sadosi ko'pincha, dromonimlarda o'z aksini topadi. Masalan, hozirgi Andijon shahridagi Bobur shohko'chasi xalqimiz tarixiga hech qanday aloqasi yo'q bo'lgan Jdanov nomi bilan atalgan edi. Ko'plab dromonimlarda xalq donoligi o'z aksini topgan bo'ladi. Katta shaharlarimizni bir-biriga ulaydigan yo'llarning nomi o'sha shaharga olib boradigan nomlar bilan atalgan. Misol uchun Andijon shahrida O'sh, Shahrixon, Xonobod, Asaka, Poytug' shaharlariga olib boriladigan yo'llar hozirgacha shu nomlar bilan ataladi: O'sh yo'li, Asaka yo'li kabi.

REFERENCES

1. E.Begmatov, Y.Avloqulov. O'zbek tili onomastikasining makroko'lami tarkibi//O'zbek tili va adabiyoti, 2007. № 5. - B. 33-39; E.Begmatov, Y.Avloqulov. O'zbek onomastikasining mikroko'lami//O'zbek tili va adabiyoti, 2008, № 1. - B. 55-60.

2. O'zbek tilining izohli lug'ati. 5 jildlik.- 5-jild. - Toshkent: O'zME Davlat ilmiy nashriyoti, 2008. - 454-bet.

3. O'zbek tilining izohli lug'ati. 5 jildlik.- 4-jild. - Toshkent: O'zME Davlat ilmiy nashriyoti, 2008. - 456-bet.

4. Muhammadjonov A. Toshkentnoma. -Toshkent: Yangi asr avlodi, 2009.- 44-45 betlar.

5. O'zbek tilining izohli lug'ati, 5 jildlik, 4-jild.-Toshkent: O'zME Davlat ilmiy nashriyoti, 2008.-465-bet.

XULOSA

March, 2023

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.