Научная статья на тему 'ONKOEPIDEMIOLOGIK HOLATNI KOMPLEKS BAHOLASH MILLIY TIZIMINING UMUMIY ARXITEKTURASINI ISHLAB CHIQISH'

ONKOEPIDEMIOLOGIK HOLATNI KOMPLEKS BAHOLASH MILLIY TIZIMINING UMUMIY ARXITEKTURASINI ISHLAB CHIQISH Текст научной статьи по специальности «Сельскохозяйственные науки»

CC BY
18
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Agro Inform
Ключевые слова
onkoepidemiologik / kompleks / arxitektura / tizim / ma’lumotlar bazasi.

Аннотация научной статьи по Сельскохозяйственные науки, автор научной работы — Alimqulov N. M., Qoraboshev O. Z.

Maqolada ishlab chiqilayotgan milliy tizimning umumiy arxitekturasi tahlily ko’rib chiqilgan. Aholidan olingan ma’lumotlarga asoslangan saratonni ro‘yxatga olish tizimi har bir hududda holatni kompleks baholashga ko‘mak beradigan tizim hisoblanadi. Bundan tashqari tizim ma’lumotlari asosida maqsadli profilaktik ko‘rik olib borish strategiyasini belgilashni ham qo‘llab quvvatlaydi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ONKOEPIDEMIOLOGIK HOLATNI KOMPLEKS BAHOLASH MILLIY TIZIMINING UMUMIY ARXITEKTURASINI ISHLAB CHIQISH»

Received: 12 September 2022 Accepted: 20 September 2022 Published: 30 September 2022

UO'T 004.421

Sihat-salomatlik

ONKOEPIDEMIOLOGIK HOLATNI KOMPLEKS BAHOLASH MILLIY TIZIMINING UMUMIY ARXITEKTURASINIISHLAB CHIQISH

Alimqulov N. M.1, Qoraboshev O. Z.2

'Andijon davlat universiteti tayanch doktoranti,

developeradu@gmail.com

2Raqamli texnologiyalar va sun'iy intellektni

rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti tayanch doktoranti,

koraboshevoybek@gmail.com

Annotatsiya. Maqolada ishlab chiqilayotgan milliy tizimning umumiy arxitekturasi tahlily ko'rib chiqilgan. Aholidan olingan ma'lumotlarga asoslangan saratonni ro'yxatga olish tizimi har bir hududda holatni kompleks baholashga ko'mak beradigan tizim hisoblanadi. Bundan tashqari tizim ma'lumotlari asosida maqsadli profilaktik ko'rik olib borish strategiyasini belgilashni ham qo'llab quvvatlaydi. Tayanch so'zlar: onkoepidemiologik, kompleks, arxitektura, tizim, ma'lumotlar bazasi.

Kirish: Axborot texnologiyalarining turli sohalarga integratsiyasi jadal davom etmoqda. Jumladan tibbiyotning barcha jabhalarida masalan onkoepidemiologik sohalarda holatni o'rganish, uni tahlil qilishda raqamli tizimga o'tmagan davlatlar barmoq bilan sanarli darajada. Bu raqamli tizimning yaratib uni amaliyotga tatbiq etibgina, biz dunyo miqyosida mamlakatimizda onkologiya sohasida samarali ishlar olib borilganini ko'rsata olamiz. Onkoepidemiologik holatni kompleks baholo vchi raqamli dasturiy mahsulotni amaliyotga tatbiq etish orqali mamlakatimizda raqamli, aniq statistik ma'lumotlarga asoslangan yagona tizim yaratiladi. Saratonni oldini olish uchun eng katta to'siqlardan biri JSST (Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti) mutaxassislari fikriga ko'ra, profilaktika tizimiga yetarlicha baho bermaslik hisoblanadi. Jahon sog'liqni saqlash assambleyasining A58 / 16 hujjatida (aprel 2005) quyidagi ma'lumotlar keltirilgan:"... Saratonni oldini olish va nazorat qilish ishlarida ko'pincha hukumatlar va sog'liqni saqlash vazirliklari, davolashga ortiqcha e'tibor qaratishib, unga ko'p mablag' ajratishadi va saratonni tadqiqoti hamda profilaktika ishlariga kam mablag' sarflashadi. Holbuki, faqatgina profilaktika tadbirlarini yetarlicha moliyalashtirib kasallikni kamaytirish mumkin..."[l],

Ko'p yillar yig'ilgan statistik ma'lumotlarga asoslanib dunyoda onkologik kasalliklarning geografik tarqalganligi va kasallanish darajasi, yashovchanlik ko'rsatkichlari qanday holatdaligini baholash mumkin bo'ldi. 2025 yilda dunyoda

saraton kasalliklari bilan kasallanish soni 20 milliondan oshishi taxmin qilinmoqda. Shu bilan birga, 80% holatda kasallikning aniqlanishi rivojlanayotgan mamlakatlarning zimmasiga tushmoqda [2].

Onkoepidemiologik vaziyatni baholash va saraton kasalliginingo'sishigasamaraliqarshiturish uchun vakolatli organlar tegishli hududdagi saraton kasalligi to'g' risida ishonchli ma'lumotlarga ega bo'lishlari kerak. Shu sababli onkoepidemiologik vaziyatni har tomonlama baholaydigan, raqamli dasturiy mahsulotning mavjudligi, bu kabi ma'lumotlarni olish imkonini beradi, bu dunyoning istalgan mamlakatida saratonga qarshi tadbirlarni rejalashtirish va keyinchalik baholash uchun zaruriyatdir. Bunday dastur, odatda, aholi darajasida saraton kasalligining tarqalishi va natijalari to'g'risida ma'lumot yetishmayotgan rivojlanayotgan mamlakatlar uchun alohida ahamiyatga ega.

Onkoepidemiologik vaziyatni har tomonlama baholaydigan raqamli dasturiy mahsulotni yaratish ustuvor tibbiy va tashkiliy vazifalardan biri hisoblanadi, chunki bu nafaqat bemorlarning aniq ma'lumotlari, o'smalarning klinik va morfologik xususiyatlarini hisobga olgan holda, ma'lum aholi guruhlarida o'smalarning barcha holatlari to'g'risida ma'lumot to'plash imkonini beradi. Dinamikada bemorlarni uzoq muddatli kuzatib borish bemorlar hayotini o'rganishning yagona va ishonchli usuli hisoblanadi. Dastur tizimidagi bemorlarni uzoq muddatli kuzatib

borish bemorlar hayotini o'rganishning yagona ishonchli usuli hisoblanadi. Zamonaviy yondashuv o'sma kasalliklari monitoringi hamda tibbiy va ilmiy, balki iqtisodiy va ijtimoiy jihatlarni ham o'z ichiga oladi. Saraton tadqiqotlari xalqaro agentlik ma'lumotlariga ko'ra, saratonga qarshi kurashni xavfli o'smalarni keltirib chiqaruvchi omillar haqida ishonchli ma'lumotlarga ega bo'lmasdan rejalashtirish harakatlarni noto'g'ri yo'nalishga boshqarib, raavjud resurslardan samarasiz foydalanish xavfini yaratadi. Saraton tadqiqotlari xalqaro agentligi tomonidan chop etilgan: "Besh qit'ada saraton" nashri dunyo bo'ylab tan olingan yuqori sifatli manbadir [3].

Masalaning qo'yilishi: O'zbekiston Respublikasida xavfli o'smalar bilan kasallanish o'sish tendensiyasiga ega. Har yili onkologik kasalliklarga chalingan bemorlarning 50 foizga yaqini III-IV bosqichlarda aniqlanadi. O'zbekiston Respublikasi Sog'Iiqni saqlash vazirligining 2018 yildagi statistik ma'lumotlariga ko'ra respublikada yangi aniqlangan onkologik kasalliklarga chalingan 23396 bemor ro'yxatga olingan, shuni ta'kidlash kerakki, bu ko'rsatkichlar yildan-yilga barqaror o'sib bormoqda. Afsuski, bugungi kunda respublikamizda sog'liqni saqlash muassasalari tibbiyot tizimlari va ularning bo'limlari o'rtasida ma'lumotlar almashinuvi muammosi mavjud bo'lib, hozirgi vaqtda bemorlarning dinamik kuzatuvi monitoringi tufayli dastlabki hujjatlarda (davlat hisobotining 7-sonli qog'oz shaklidagi nusxasida] shaxsiy ma'lumotlarning yetishmasligi hamda olingan ushbu ko'rsatkichlarning ishonchliligi hanuz pastligicha qolmoqda. Har yili yuqoridagi statistik ko'rsatkichlarga asoslanib, davlat saraton kasalligini ixtisoslashgan davolash va oldini olish uchun ma'lum miqdorda mablag' sarflaydi. Shu munosabat bilan respublikaning onkologik xizmati to'g'risida o'z vaqtida, ishonchli va sifatli statistik ma'lumotlarni olish uchun bugungi kunda dolzarb va zarur bo'lgan axborot tizimini yaratish va joriy etish talab etiladi.

Albatta birlamchi profilaktika tadbirlari mamlakat bo'ylab butun aholi o'rtasida olib borilishi lozim bo'lsada, oxirgi o'n yillikda o'sma kasalliklar strukturasida yetakchi o'rinni egallab kelayotgan sut bezi saratoniga chalingan aholi sinfining shakllantirilishi ommaviy dasturlardan farqli o'laroq, ushbu kasallikka moyil aholi orasida profilaktika tadbirlarining maqsadli turlarini kiritishni talab qiladi.

Hozirgi kunda O'zbekiston Respublikasida

onkoepidemiologik vaziyatni har tomonlama baholaydigan va barcha ro'yxatga olingan saraton holatlarini jamlash, saqlash va tahlil qilish uchun mas'ul bo'lgan raqamli dasturiy mahsulot yo'q. Dastlab mamlakatimizda 2009 yilda Access dasturi asosida RIO va RIATM klinikasida davolangan va tashhis qo'yilgan bemorlar ma'lumotlar bazasi yaratildi. Ushbu ma'lumotlar bazasi (shifoxona registri) aniqlangan kamchiliklarni keyinchalik bartaraf etish maqsadida sinov tariqasida barcha bo'limlarda o'rnatildi. Test sinovlaridan so'ng dastur o'zagi (O'zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi) talablariga to'liq javob bermasligi aniqlandi. Dasturiy mahsulotga davlat standartlari asosida zarur tuzatishlar kiritildi va 2012 yilda MSQLga asoslangan yangi dasturiy ta'minot yaratildi. Biroq, vaqt o'tishi bilan bu raqamli mahsulot umume'tirof etilgan xalqaro standartlarga javob bermasligi ayon bo'ldi.

Ishning maqsadi: Respublikadagi onkoepidemiologik holatni tahlil qilishga ko'maklashuvchi va monitoringini olib boruvchi tizimni ishlab chiqish.

Ushbu maqsadlarni amalga oshirish uchun quyidagi vazifalar belgilandi:

• Hududdagi onkoepidemiologik holatlarni o'rganish haqidagi ma'lumotlarni to'plash;

• Mavjud ma'lumotlarga dastlabki ishlov berish orqali obyektning xarakterlovchi ma'lumotlar massivini shakllantirish;

• Onkoepidemiologik holatni nazorat qilish va monitoringini olib borishga xizmat qiluvchi tibbiy axborot tizimini ishlab chiqish.

Masalaning yechilishi:

Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (RIOvaRlATM)da aholidan olingan ma'lumotlarga asoslangan saratonni ro'yxatga olish tizimi(Population-based cancer registry - PBCR) ning yangi, Jahon sog'liqni saqlash tashkilotining ixtisoslashgan saraton agentligi hisoblangan Saraton tadqiqotlari bo'yicha xalqaro agentlik (The International Agency for Research on Cancer - IARC) talablariga javob beradigan tizimi ishlab chiqilmoqda.

Hozirgi axborot asrida rejalashtirilgan natijalarni olishning barcha imkoniyatlari mavjud. Buning uchun respublikada saraton kasalligi to'g'risida yuqori sifatli va ishonchli elektron ma'lumotlar bazasini shakllantirish lozim, bunda onkoepidemiologik vaziyatni har tomonlama

baholaydigan raqamli dasturiy mahsulot ishlab chiqilishi kerak. Elektron ma'lumotlar bazasini aniq statistik ma'lumotlar bilan to'ldirish tibbiy yordam sifatini sezilarli darajada yaxshilaydi.

O'tkazilgan tadqiqotlar tahlili asosida, aholi o'rtasida xavfli omillar salbiy ta'sirini kamaytirish va saraton profilaktikasi bo'yicha yagona strategiya ishlab chiqiladi. Bu o'z navbatida maqsadli profilaktika dasturlarini belgilash, onkologik xizmat uchun ajratiladigan byudjet mablag'larini maqsadli ishlatilishi imkonini yaratadi.

Onkoepidemiologik holatni kompleks baholovchi raqamli dasturiy mahsulot yaratish orqali saraton kasalligi va uning ko'rsatkichlarini to'g'ri hisoblash va tahlil qilish bilan butun respublika bo'ylab onkologik xizmat holati to'g'risida o'z vaqtida va ishonchli ma'lumot olishga, shuningdek, xavfli o'smalar paydo bo'lishining mintaqaviy xususiyatlarini, har bir mintaqaga xos bo'lgan xavf omillarini aniqlashga va bu masalalarni erta hal qilishga yordam beradi.

Qo'llanilayotgan usul: SROTlarining uchta umumiy turi mavjud:

• Kasalxona va ambulator jarrohlik davolash markazi (ASTC - Ambulatory Surgical Treatment Center) asosidagi registrlar.

• Aholidan olingan ma'lumotlarga asoslangan saratonni ro'yxatga olish tizimlari (PBCR).

• Maxsus saratonni ro'yxatga olish tizimlari.

Kasalxona va ASTC asosidagi SROTlari o'z

muassasasida tashxis qo'yilgan yoki davolangan barcha bemorlar to'g'risidagi ma'lumotlarni saqlaydi. PBCR (Markaziy registrlar) malum bir geografik hududdagi barcha saraton kasalliklari to'g'risidagi ma'lumotlarni saqlaydi. Ushbu SROT ma'muriy, tadqiqot yoki saraton nazoratiga yo'naltirilgan bo'lishi mumkin. Maxsus SROTlari

saratonning bir tomoni yoki bir turi bo'yicha ma'lumotlarni saqlaydi, masalan: suyak o'smalari, miya shishi yoki bolalar o'smalari. Ular ko'pincha saratonning ma'lum bir turi haqida ko'proq ma'lumot olishni xohlaydiganlar uchun va undan aziyat chekadiganlarga yordam beradi [4].

Hozirda RIO va RIATM tomonidan yara-tilayotgan PBCR ma'lumotlarni birinchi bosqichda o'zining 15 ta filialidan ma'lumotlarni oladi [5].

1-rasm. RIO va RIATM filiallari.

Yuqoridagi filiallar tomonidan bemorlar haqidagi ma'lumotlar 4 ta asosiy bo'limga ajratilgan holda kiritiladi. Bunday tizim loyihaning keyingi bosqichlarida ko'zda tutilgan maqsadlar ya'ni bemorlarni uyidan chiqmagan holda ularning holatini monitoring qilish uchun imkon yaratadigan tizimga asos bo'lib xizmat qiladi [6].

Ir^tmitlgn ItxV CrrMKWt

D OlttWH ■nlt^jfiO»

4 «níennwwi *6úui

Culi pT <yCK*VUf<

Owfk^pítlftí OÍ É li/iUffc pljn

2-rasm. Tizimning umumiy arxitekturasi.

Bemorlar: Tizimga kiritishlishi kerak bo'lgan bemorlarda aniq saraton tashxisi qo'yilgan bo'lishi talab etiladi aks holda statistik ma'lumotlarda chalkashliklar kuzatilishi mumkin.

Ro'yxatga olish: Tizimga kiritishda o'z navbatida barcha parametrlarni kiritish zarur bo'lmasligi mumkin lekin kiritilishi zarur bo'lgan parametrlarni kiritmaslik oqibatida monitoring natijalarida yetarli parametrlar mavjud bo'lmasa maqsad amalga oshmaydi shuning uchun dasturiy tizim bu holatlarni inobatga oladi.

Ma'lumotlarga dastlabki ishlov berish: Ma'lumotlar barcha filiallardan (1-rasm) doimiy

kiritilishini hisobga oigan holda ma'lumotlar hajmi katta bo'lishini inobatga olish lozim. Bunda bevosita to'ldirilishi zarur bo'lmagan parametrlarni inobatga oigan holda ma'lumotlarni monitoring qilish, bashoratlash kabi ishlardan oldin ma'lumotlarga dastlabki ishlov berish talab etiladi.

Hal qiluvchi qoidani qurish: Bunda "Baholarni hisoblash algoritmi"dan foydalanish ko'zda tutilgan.

Strategikreja:Tizimningmonitoringnatijalari vaziyatni kompleks baholashga yordam beradi va bu orqali proflaktik tadbirlarni rejalashtirish imkoniyatini oshiradi bu esa loyihaning eng asosiy maqsadi hisoblanadi.

3-rasm. Boshqa jadvallar orqali asosiy jadval ma'lumotlarini to'ldirish.

4-rasm. Tizimning ma'lumotlar bazasi strukturasi.

Quyidagi [4-rasm) ma'lumotlar bazasidagi asosiy jadvalni to'ldirish uchun bog'langan jadvallar barcha ma'lumotlar bilan boyitilgan va tayyor holatda. Ma'lumotlar bazasi uchun Intellektual mulk agentligi tomonidan 01.04.2022 sanada "Team Cancer DB" nomi bilan № BGU 00596 raqamli guvohnoma olingan.

Bu ish O'zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining Grant <53-202010191 tomonidan qo'llab-quvvatlandi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Fifty-eighth world health assembly, World health organization, Geneva, 16-25 may, 2005

2. Ferlay J, Colombet M, Soerjomataram I, Parkin DM, Pineros M, Znaor A, Bray F. Cancer statistics for the year 2020: An overview. Int J Cancer. 2021 Apr 5.

3. Cancer Incidence in Five Continents, International Agency for Research on Cancer - https://ci5. iarc.fr/

4. Parkin DM. The evolution of the population-based cancer registry. Nat Rev Cancer. 2006 Aug;6(8):603-12.

5. Respublika ixtisoslashtirilgan oklogiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi - http:// cancercenter.uz/

6. Solutions to transform out of hospital care - (https://www.docobo.co.uk/)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.