Научная статья на тему 'ONA TILI O’QITISH METODIKASI MODULINI TAKOMILLASHTIRISHDA LOYIHAVIY TA’LIMDAN FOYDALANISH'

ONA TILI O’QITISH METODIKASI MODULINI TAKOMILLASHTIRISHDA LOYIHAVIY TA’LIMDAN FOYDALANISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
244
21
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
metodika / loyiha / analitik-sintetik ishlar / nutq o’stirish / loyihalashtirish metodikasi. / methodology / project / analytical-synthetic work / speech development / design methodology.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Umida Shavqi Qizi Tog’Ayeva

Ushbu maqolada ona tili o’qitish metodikasi modulini takomillashtirish yo’llari, usul va vositalari bayon qilingan. Loyihaviy ta’limning oliy ta’limdagi ahamiyati ochib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

USE OF PROJECT EDUCATION IN IMPROVING THE MODULE OF MOTHER TONGUE TEACHING METHODOLOGY

This article describes the ways, methods and tools to improve the module of mother tongue teaching methods. The importance of project education in higher education is explained.

Текст научной работы на тему «ONA TILI O’QITISH METODIKASI MODULINI TAKOMILLASHTIRISHDA LOYIHAVIY TA’LIMDAN FOYDALANISH»

ONA TILI O'QITISH METODIKASI MODULINI TAKOMILLASHTIRISHDA LOYIHAVIY TA'LIMDAN FOYDALANISH

Umida Shavqi qizi Tog'ayeva

Buxoro davlat universiteti tayanch doktoranti

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada ona tili o'qitish metodikasi modulini takomillashtirish yo'llari, usul va vositalari bayon qilingan. Loyihaviy ta'limning oliy ta'limdagi ahamiyati ochib berilgan.

Kalit so'zlar: metodika, loyiha, analitik-sintetik ishlar, nutq o'stirish, loyihalashtirish metodikasi.

USE OF PROJECT EDUCATION IN IMPROVING THE MODULE OF MOTHER TONGUE TEACHING METHODOLOGY

ABSTRACT

This article describes the ways, methods and tools to improve the module of mother tongue teaching methods. The importance of project education in higher education is explained.

Keywords: methodology, project, analytical-synthetic work, speech development, design methodology.

Yangilanayotgan O'zbekistonda ta'lim muassasalarida o'quvchilarning mustaqil fikrlash, atrofdagi voqelikka ongli munosabatda bo'lish, daxldorlik va ijtimoiy faollik kabi sifatlarini, nutq va tafakkurini rivojlantirish, yuksak ma'naviyatli barkamol shaxsni kamol toptirish sog'lom avlodni voyaga yetkazishning muhim omili sifatida boshlang'ich ta'lim tizimidan boshlab ilg'or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng miqyosda qo'llash zaruratini yuzaga keltirdi. "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi"da belgilab berilgan "mustaqil fikrlaydigan, qat'iy hayotiy nuqtai nazarga ega, Vatanga sodiq yoshlarni tarbiyalash, demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonida ularning ijtimoiy faolligini oshirish" vazifasi shaxsning intellektual salohiyatini shakllantirishga, jamiyatning ijtimoiy, siyosiy, madaniy, ma'rifiy hayotida faol va muvaffaqqiyatli ishtirokini ta'minlashga zamin yaratadi.

Oliy ta'limning asosiy maqsadi zamon talablariga javob bera oladigan malakali, raqobatbardosh, yuksak bilimli, oliy ta'lim mutaxassisi talablariga o'zi tanlagan yo'nalishi yuzasidan talabga javob bera oladigan respublikaning ilm-fan, madaniyat,

iqtisod, ijtimoiy sohalarini rivojlantirishda o'z hissasini qo'shadigan mustaqil fikrlay oladigan, yuksak manaviyatga bo'lgan yuqori salohiyatli mutaxassislarni tayyorlashdir.

Loyihaviy ta'lim - ta'lim modeli bo'lib, unda o'qituvchi tomonidan loyihalash ko'rinishiga ega, muammoni izlash, uni tadqiq etish va hal etish, muayyan, beqiyos, shaxsiy va ijtimoiy ahamiyatga ega natija (mahsulot)ga erishish, uni ommaviy taqdim etish va jamoatchilik tomonidan baholanishini tashkil etish va rejalashtirishni anglatuvchi, mustaqil o'quv faoliyati tashkil etiladi.

Ta'lim ma'nosidagi loyihalashtirish - o'qituvchi tomonidan o'quvchining muammoni izlash, uni hal etish bo'yicha faoliyatni rejalashtirish va tashkil etishdan to (intellectual yoki moddiy mahsulotni) ommaviy baholash uchun uni hal etish usulini taqdim etishgacha mustaqil harakat qilishini ta'minlovchi maxsus (labaratoriya sharoitlarida) tashkil etilgan maqsadli o'quv faoliyatidir. Loyiha asosida o'qitish o'quvchining mustaqil ishlashi, fikr yuritishi, o'zi o'zlashtirib olishini kafolatlaydi. Bu metod o'quv mahsulini olishda samarali bo'lib, o'quvchining o'quv-biluv faoliyatini tashkil etishda keng tavsiya etiladi. Interfaollikni loyiha asosida tashkil etish hozirgi kunda eng aktual, yuqori samara beruvchi metod sifatida tan olinyapti. Dars jarayonida loyihalar ustida ishlash aniq sotsial ijtimoiy masalalar yechimiga qaratiladi. Loyiha asosida tashkil etilgan darslarda talabalar fikr almashadilar, izlanadilar, hamkorlikda yechimini topadilar. Loyiha aosidagi darslarning boshqa usullardan farqi shundaki, o'quvchilar axborotlarni izlab topib, qayta ishlab, umumlashtiradilar. Loyiha - bu subyektiv, ba'zan obyektiv yangilikka ega bo'lgan mahsulotni yaratishga qaratilgan o'yin, kognitiv, tadqiqot, qiymatga yo'naltirilgan, ta'limiy, ijodiy faoliyatning elementlarini sintez qiladigan faoliyat turi.

Dunyoni bilish nazariyasi ona tili o'qitish metodikasining metodologik asosi hisoblanadi. Metodikaning amaliy ahamiyati o'quvchilarning til boyligini har tomonlama to'liq bo'lib olishlarini ta'minlashdir. Buning uchun biz quyidagilarni yodda tutushimiz lozim: til kishilar o'rtasidagi aloqaning zaruriy vositasidir; tilsiz jamiyatning yashashi mumkin emas; tilning aloqa vositasi sifatidagi ahamiyati uzluksiz ortib boradi; maktabning vazifasi tilni aloqa-kishilar orasidagi munosabatning rivojlangan nozik quroliga aylantirish hisoblanadi. Til oqilona, mantiqiy bilish vositasidir; til birliklari va formalari yordamida bilish jarayonida umumlashtirish, tushunchani muhokama va xulosa bilan bog'lash amalga oshiriladi; til va nutq tafakkur bilan uzviy bog'lanadi; biz fikrni nutqda shakllantiramiz; tilni egallash va nutqni o'stirish bilan o'quvchining fikrlash qobiliyati ham o'sadi.

Ona tili metodikasida ilg'or pedagogik texnologiya asoslangan dars turlari til ta'limi samaradorligini oshiribgina qolmay, uning tarkibiy qismiga aylanib bormoqda. Dars mashg'ulotlarini rang - barang zamonaviy texnik vositalar ishtirokida tashkil qila olgan o'qituvchi qisqa vaqtda o'quvchilarning egallagan bilimi, do'stlariga munosabati, muomala madaniyati, fikr doirasi, so'z boyligi, nutqiy salohiyati haqida aniq tasavvurga

ega bo'ladi. Ilg'or texnologiyaga asoslangan darslar o'quvchi va o'qituvchi o'rtasida teng, do'stona munosabat qaror topishiga sharoit yaratadi. O'quvchi darsda o'zini erkin his qiladi, mashg'ulotlarga qiziqishi, so'z san'ati bilan shug'ullanishga hamda ijodga rag'bati ortadi.

REFERENCES

1. Qosimova K., Matchonov S., G'ulomova X., Yo'ldosheva Sh., Sariyev Sh. Ona tili o'qitish metodikasi. - Toshkent, 2009.

2. Tolipov U, Usmonboeva M. Pedagogik texnologiyalarning tatbiqiy asoslari. - T., 2006.

3. Tog'ayeva U. SCIENTIFIC-THEORETICAL BASES OF USE OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN TEACHING METHODS OF MOTHER TONGUE //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). - 2020. - Т. 2. - №. 2.

4. 4.Tog'ayeva U. IMPROVING THE MODULE" MOTHER TONGUE TEACHING METHOD" IN PROJECT EDUCATIONAL INSTRUCTIONS //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). - 2020. - Т. 2. - №. 2.

5. Tog'ayeva U. "ONA TILI O'QITISH METODIKASI" MODULINI O'QITISHDA AXBOROT KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). - 2021. - Т. 1. - №. 1.

6. Sidikova S. D. Theoretical and didactic principles of distance learning //ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL. - 2021. - Т. 11. - №. 1. - С. 541-548.

7. Shavkatovna S. D. THE IMPORTANCE OF DISTANCE LEARNING IN THE TEACHING OF" METHODS OF TEACHING MATHEMATICS". - 2021.

8. 8.Sidiqova D. Boshlang'ich sinflarda interfaol ta'lim va loyihalash texnologiyasi //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). - 2020. - Т. 4. - №. 4.

9. OLLOQOVA O. ONA TILI TA'LIMIDA INTENSIV TA'LIM TEXNOLOGIYALARINI QO'LLASHNING NAZARIY METODOLOGIK ASOSLARI //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ. - 2021. - Т. 1. - №. 1.

10. Mamanazarovna O. U., Gulnoza M. USE OF MONTESSORI METHODOLOGY IN PRESCHOOL EDUCATION. - 2021.

11. Olloqova M. O. Intensive education and linguistic competence in mother tongue //ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL. - 2021. - Т. 11. - №. 1. - С. 580-587.

12. Olloqova O'. Lingvistik kompetensiya va intensiv ta'lim texnologiyalari // Pedagogik mahorat. 5-son, 2020.

13. Hamroev A. R. Modeling activities of teachers when designing creative activities of students //European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences. -2019. - Т. 2019.

14. Kamroev A. STUDENTS'CREATIVE ACTIVITIES IN DESIGNING MOTHER TONGUE EDUCATION //Scientific Bulletin of Namangan State University. - 2019. -Т. 1. - №. 7. - С. 285-296.

15. Adizov B. R., Khamroev A. R. Modeling activities of teachers when designing creative activities of students //Ilmiy xabarnoma. - С. 69.

16. Azimov Y. Hamroyev A//Husnixat va uni oqitish usuliyoti (Maruza matnlari). -2003.

17. Хамраев А. Моделирование деятельности учителя при проектировании творческой деятельности учащихся //Педагопчш шноваци: ще!, реалп, перспективи. - 2018. - №. 2. - С. 23-26.

18. ДАМРОЕВ А. БОШЛАНЕИЧ СИНФ ОНА ТИЛИ ТАЪЛИМИДА У^УВЧИЛАРНИНГ ИЖОДИЙ ФАОЛИЯТИНИ ЛОЙИХДЛАШТИРИШ МЕТОДИК МУАММО СИФАТИДА //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). - 2021. - Т. 1. - №. 1.

19. Hamroyev A. R. Designing students' creative activity in primary school mother tongue education as a methodological problem //Middle European Scientific Bulletin. -2021. - Т. 11.

20. Hamroyev A. Quality and effectiveness for design of learning outcomes in the language teaching //ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL. - 2021. - Т. 11. - №. 1. - С. 549-558.

21. Qo'ldoshev A. R. et al. Forming Writing Skills in Left-Handed Students //Middle European Scientific Bulletin. - 2021. - Т. 10. - №. 1.

22. Azimov, Y. Y., and R. A. Qo'ldoshev. "Husnixatga o'rgatishning amaliy asoslari (metodik qollanma). GlobeEdit, 2020.-141bet."

23. Qo'ldoshev R. A. LEFT-HANDED CHILDREN AND THE LEARNING PROCESS //EPRA International Journal of Research and Development (IJRD) Volume. - Т. 5. - С. 277-281.

24. Qo'ldoshev, R. A., and Y. Y. Azimov. "Чапакайларни ёзишга ургатишга доир айрим мулохдзалар." НАЧАЛЬНОЕ ОБРАЗОВАНИЕ: ПРОБЛЕМЫ И ПЕРСПЕКТИВЫ» Ш-Международная научно-практическая конференция. 2020.

25. Qo'ldoshev, R. A. "THE CONTENT OF PEDAGOGICAL ASSISTANCE IN THE PERIOD OF ADAPTATION OF LEFT-HANDED FIRST-GRADERS TO SCHOOL, ADAPTATION TO SCHOOL AND ITS FEATURES AMONG STUDENTS OF THE FIRST YEAR OF STUDY." Pedagogikmahorat.-Buxoro 5 (2020): 132-135.

26. Qo'ldoshev, R. A. "LEFT-HANDEDNESS AND THE REASONS FOR ITS OCCURRENCE." MONOGRAFIA POKONFERENCYJNA SCIENCE, RESEARCH, DEVELOPMENT 32: 2020-31.

27. Qo'ldoshev, R. A. "Cognitive activity of left-handed ^¿^.«НАЧАЛЬНОЕ ОБРАЗОВАНИЕ: ПРОБЛЕМЫ И ПЕРСПЕКТИВЫ» III-Международная научнопрактическая конференция." (2020): 132-136.

28. Rustambek Q. O. L. Birinchi sinf chapaqay o 'quvchilarining maktabga moslashishi, maktabga moslashishi davridagi pedagogik yordamning mazmuni //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). - 2020. - Т. 1. - №. 1.

29. Кулдашев Р. А. ЧАПА^АЙ УКУВЧИЛАРДА ЁЗУВ КУРОЛЛАРИ БИЛАН ИШЛАШ КУНИКМАЛАРИНИ ШАКЛЛАНТИРИШ: РА Кулдошев, Бухоро давлат университети Бошлангич таълим методикаси кафедраси укитувчиси //Образование и инновационные исследования международный научно-методический журнал. - 2021. - Т. 2. - №. 3. - С. 198-217.

30. Rustambek Aezmurodovich Qo'ldoshev BOSHLANG'ICH SINF CHAPAQAY O'QUVCHILARNI YoZUVGA O'RGATISHNING ILMIY-NAZARIY ASOSLARI // Scientific progress. 2021. №6. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/boshlan-ich-sinf-chapa-ay-uvchilarni-yozuvga-rgatishning-ilmiy-nazariy-asoslari (ma'lumotlar obrascheniya: 25.10.2021

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.