OMMAVIY TARTIBSIZLIKNI BARTARAF ETISHGA OID
NAZARIY TAXLIL
Axmadov Shaxruxjon Shuxrat o'g'li IIV Akademiyasi o'qituvchisi Xolmurotov Mehro'zbek Sunnatovich IIV Akademiyasi kursanti
https://doi.org/10.5281/zenodo.11200036
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Received: 9th April 2024 Accepted: 11th May 2024 Published: 15th May 2024 KEYWORDS
ushbu maqolada ommaviy tartibsizlikni bartaraf etish borasida xorijiy olimlar flkr-mulohazalari o'rganilib, yurtimizdagi normativ-huquqiy hujjatlar tahlil qilinib, mualliflar tomonidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
ommaviy tartibsizlik, siyosiy yondashuv, demokratik tamoyil, miting, yig'ilish, namoyish.
Hozirgi vaqtda ommaviy tartibsizliklarni siyosiy yondashuv asosida tadqiq etish dolzarblashib bormoqda. Chunki tashqi faktorlar, yoki mamlakat ichidagi destruktiv kuchlar, ekstremistik tashkilotlar o'z maqsadlari yo'lida tartibsizliklardan muhim vosita sifatida foydalanishmoqda [1]
Bugunki kunda Respublikamizda amalga oshirilayotgan tub islohotlarning bosh maqsadi inson manfaatlariga qaratilganligi, ularning huquq va erkinliklari ta'minlanishi borasida davlat organlari vakillarining xalq uchun xizmat qilishi davlatimiz rahbari tomonidan qo'yilgan asosiy talablardan biri bo'lib turganligi bejiz emas albatta.Chunki taraqqiyotning yangicha davrini boshlar ekanmiz, dunyoning rivojlangan davlatlari qatoridan munosib o'rin egallash uchun inson omilini hamisha eng yuqori darajaga ko'tarish lozim.
Bosh qomusimizning VIII-bobi "Siyosiy huquqlar" deb nom olgan. Ushbu bobning 38-moddasida Fuqarolar o'z faolliklarini O'zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq mitinglar, yig'ilishlar va namoyishlar shaklida amalga oshirish huquqiga egaligi, hokimiyat organlari faqat xavfsizlik nuqtayi nazaridangina bunday tadbirlar o'tkazilishini to'xtatish yoki taqiqlash huquqiga ega ekanligi belgilangan.J2 Ushbu Konstitutsiyaviy norma xalqaro demokratik tamoyillardan biri bo'lib, xalqning siyosiy faolligining bir ko'rinishi hisoblanadi. Mitinglar, yig'ilishlar va namoyishlar uyushtirish yoxud o'tkazish tartibi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 29-iyuldagi "Ommaviy tadbirlarni tashkil etish va o'tkazish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" gi 205-son[3] qarorida belgilangan tartibda o'tkazilishi lozim. Chunki bunday tadbirlar o'tkazish joylari asosan jamoat joylarida o'tkazilishi, ishtirok etuvchilar ham ko'pchilikni tashkil etishi to'g'ridan to'g'ri jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga jiddiy va real xavf keltirib chiqaradi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi "O'zbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi
Volume 1, Issue 7, May 2024
Page 112
konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida" gi PF-27-son[4] farmoni orqali tasdiqlangan "O'zbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi konsepsiyasi" ga muvofiq Jamoat xavfsizligini ta'minlash tizimi jamoat xavfsizligini ta'minlovchi va unda ishtirok etuvchi subyektlardan iborat. Jamoat xavfsizligini ta'minlovchi subyektlardan biri hisoblangan Ichki ishlar organlari mitinglar, yig'ilishlar, namoyishlar va ommaviy tadbirlar o'tkazishga to'g'ridan to'g'ri javobgar organ hisoblanadi. Namoyish, miting, yig'ilish va boshqa turdagi tadbirlarni o'tkazishdan 1 oy oldin albatta ichki ishlar organlarini xabardor qilish lozim. Ichki ishlar organlari tadbirlarni tashkil etish bo'yicha kerakli barcha xavfsizlik choralarini tashkil etadi.
Bu qat'iy tartib qoidalar kelib chiqishi mumkin bo'lgan bir qancha salbiy holatlarni oldini oladi. Jahondagi yirik davlatlar tajribasi shuni ko'rsatadiki, ko'plab miting, yig'ilish, ko'cha yurishlari ommaviy tartibsizliklarga aylanib ketish holatlari uchrab turadi. Bunday holatlar avvalo fuqarolarning normal, tinch hayot kechirishiga, mulk daxlsizligiga, shuningdek, jamoat tartibi va jamoat xavfsizligiga, davlat boshqaruviga salbiy ta'sir etadi. Jamiyatda notinchlik bilan birga xalqaro hamjamiyatda davlatning nufuzining yo'qolishiga olib keladi. Bu holatlar davlatda siyosiy-iqtisodiy muammolarning kelib chiqishiga sabab bo'ladi.
Ommaviy tartibsizliklar- bu o'rnatilgan jamoat tartibi va xavfsizligini ommaviy joylarda buzishda ifodalangan ko'plab insonlarning boshqarilmagan harakatlari.
Ommaviy tartibsizliklarni tashkil qilish- ommaviy tartibsizliklarni tayyorlashga yo'naltirilgan masalan, tashviqot o'tkazish, faollarni tanlash, ommaviy tartibsizlik rahbarlarini yaratish, rejani tayyorlash, ularni o'tkazish joyi, vaqtini tanlash, plakat, shiorlar va varaqalarni tayyorlash kabi shaxsning har qanday harakatlarini tushunish lozim. Ommaviy tartibsizliklar qatnashchilarini quyidagi 3 turga bo'lishimiz mumkin: Ommaviy tartibsizliklar tashkilotchilari; Ommaviy tartibsizliklarning faol qatnashchilari; To'da olomon;
Ommaviy tartibsizliklar ishtirokchilari asosan quyidagi shaxslar toifasidan iborat bo'ladi:
1. Bezori va spirtli ichimliklar, giyohvand moddalarga tobe;
2. Ekstremizm ruhida bo'lganlar va muqaddam sudlanganlar;
3. Yashash yoki ish joyi bo'lmaganlar;
4. Jinoyatchilar;
Ommaviy tartibsizliklarning kelib chiqish sabablari quyidagilar:
Jinoyatchi yoki davlatga qarshi ish tutadigan, g'oyaviy axloqiy beqaror shaxslar harakatlari.
Bezorilik qilishga moyil shaxslarning harakatlari.
Yoshlardan tashkil topgan beqaror guruhlar orasidagi to'qnashuvlar.
IIO va boshqa organ vakillariga qarshi, kuch ishlatish yo'li bilan jazolashni maqsad qilgan shaxslarning xatti-harakatlari.
Jazoni ijro etish muassasalaridan guruhiy qochishni hamda JIEM ma'muriyatiga hujum qilishni maqsad qilgan mahkumlarning harakatlari.
Ayrim ishlab chiqarish korxonalarida, yotoqxonalarda, o'quv yurtlarida tarbiyaviy ishlarning yetarli emasligi.
Ba'zi mansabdorlar tomonidan aholining va mehnatkashlarning yetishmovchiligi yoki mehnat sharoiti to'g'risida haqli talablarni bajarmasligi yoki mensimasligi. Ishchilarga oylik maoshining o'z vaqtida berilmasligi.
Mehnat va texnika xavfsizligini tashkil qilishda buzilishlarga yo'l qo'yish, transport qatnovining
davriy ishlamasligi, undagi kamchiliklar.
HMQO tomonidan korrupsion harakatlar sodir etish.
HMQO tomonidan qonunchilik prinsiplari buzilishi, hokimiyat vakolatlaridan chetga chiqish. Guruhlar aro to'qnashuvlar, ichkilik bozlik, bezorilik haqida o'z vaqtida xabar bermaslik. Davlat hokimiyati tomonidan fuqarolarning asossiz ravishda sha'ni, qadr-qimmati kamsitilishi va boshqalar.
O'zbekiston Respublikasida Ommaviy tartibsizliklar uchun Jinoyat kodeksining 244-moddasida javobgarlik belgilangan bo'lib unga ko'ra, Ommaviy tartibsizliklarga va fuqarolarga nisbatan zo'ravonlik qilishga omma oldida da'vat qilish- uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazosi bilan, o'sha harakatlar bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib yoki ommaviy axborot vositalaridan, telekommunikatsiyalar tarmoqlaridan, Internet jahon axborot tarmog'idan, shuningdek matnni ko'paytirishning bosma yoki boshqa usullaridan foydalangan holda sodir etilgan bo'lsa- besh yildan o'n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazosi bilan, Qurol yoki qurol sifatida foydalaniladigan boshqa narsalarni ishlatib yoxud ishlatish bilan qo'rqitib shaxsga nisbatan zo'rlik ishlatish, qirg'in solish, o't qo'yish, mulkka shikast yetkazish yoki uni nobud qilish, hokimiyat vakiliga qarshilik ko'rsatish orqali sodir etilgan ommaviy tartibsizliklar tashkil qilish, shuningdek, ommaviy tartibsizliklarda faol qatnashish holatlari uchun esa- o'n yildan o'n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazosi bilan jazolanishi belgilangan.[5]
Bularning barchasi tartibsizliklarni jamoat xavfsizligiga qarshi eng xavfli jinoyatlardan biriga aylantiradi, bu esa huquqni muhofaza qilish organlaridan uni sodir etishda aybdor deb topilgan shaxslarni jalb qilish uchun zarur bo'lgan tarkibning barcha elementlarini sinchkovlik bilan o'rnatishni talab qiladi[6].
Aytish joizki, tartibsizliklar ba'zan fuqarolarning yig'ilish huquqini suiiste'mol qilish natijasida yuzaga keladi. Huquq falsafasida qayd etilishicha, "zamonaviy dunyoda odamlarda individual va jamoaviy harakatlar uchun mas'uliyat hissi zaiflashgan, bu esa turli nizolar va ofatlarga olib keladi.
Shu sababli, siyosatchilar va huquqshunoslar, faylasuflar va sotsiologlar o'rtasida "Insonning asosiy burchlari to'g'risidagi xalqaro deklaratsiya" ni qabul qilish g'oyasi muhokama qilinmoqda. Zamonaviy sharoitda inson huquq va erkinliklari, shuningdek, burchlar mutanosibligi barqarorlik va insoniyatning barqaror rivojlanishini ta'minlash omillaridan biri bo'lib, bu o'z navbatida uchinchi ming yillikda ham insoniyat umrining uzaytirilishining kafolati bo'lib xizmat qilmoqda[7].
Xulosa o'rnida aytish mumkinki, ommaviy tartibsizliklarning ma'no-mazmunini to'liq bilish, mazkur tartibsizliklar bosqichlari va kelib chiqish sabablarini aniqlash, tezkor xodimlarga ushbu turdagi jinoyatlarni rejalashtirish, tayyorlash va amalga oshirishda yordam beradigan shaxslarni aniqlashga qaratilgan faoliyatni samarali amalga oshirish imkoniyatini beradi; shuningdek tezkor xodimlarning tayyorgarlik ko'rayotgan, rejalashtirilayotgan miting, yig'ilish, namoyishlar haqida doimiy ravishda tezkor ma'lumotga ega bo'lishida alohida ahamiyat kasb etadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Abdug'opirovich Х.М. Ommaviy tartibsizliklarga qarshi kurash faoliyatini о 'rganishdagi ilmiy yondashuvlar //Научный Фокус. - 2023. - Т. 1. - №. 7. - С. 749755749755.
2. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. [Matn] Rasmiy nashr. - Toshkent: "O'zbekiston" nashriyoti, 2023. -120Ь
3. https://lex.uz/docs/-2438871
4. https://lex.uz/docs/-5749291
5. O'zbekiston RespuЬlikasi Jinoyat kodeksi.
6. Григорьев В.Н. Расследование массовых беспорядков в условиях чрезвычайного положения. М.:Юрайт, 2008.
7. Вдовиченко К.Г. Понятие массовых беспорядков // Современные проблемы уголовной политики: материалы V Междунар. науч.-практ. конф., 3 окт. 2014 г.: в 3 т. / под ред. А.Н. Ильяшенко. - Краснодар: Краснодарский университет МВД России, 2014.
8. Каршиев А. Урта асрлардаги тезкор-цидирув тадбирларини айрим жих,атлари
//Евразийский журнал права, финансов и прикладных наук. - 2024. - Т. 4. - №. 4. - С. 180-
187.
9. Каршиев А.М. К вопросу о понятии «оперативная комбинatsiя» //образование
наука и инновatsiонные идеи в мире. - 2023. - Т. 25. - №. 1. - С. 68-71.
10. Каршиев А.М. и др. Нормативно-правовая регламентatsiя обеспечения
компьютерной безопасности информatsiонных систем в республики узбекистан
//образование наука и инновatsiонные идеи в мире. - 2023. - Т. 25. - №. 1. - С. 77-82.
11. Якубов Х.Ш. Тезкор-цидирув психологиясининг ах,амияти //образование наука и
инновatsiонные идеи в мире. - 2023. - Т. 25. - №. 2. - С. 38-44.
12. Якубов Х. Ш. Тезкор эксперимент тезкор-цидирув тадбирининг тушунчаси //Лучшие интеллектуальные исследования. - 2023. - Т. 11. - №. 5. - С. 172-186.