Научная статья на тему 'OMMAVIY MADANIYAT VA INTERNET TAHDIDLARINIHARBIY XIZMATCHILARGA SALBIY TA’SIRI VA UNING OQIBATLARI'

OMMAVIY MADANIYAT VA INTERNET TAHDIDLARINIHARBIY XIZMATCHILARGA SALBIY TA’SIRI VA UNING OQIBATLARI Текст научной статьи по специальности «Компьютерные и информационные науки»

CC BY
8
0
Читать
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Ommaviy madaniyat / internet tahdidlari / tashqi va ichki tahdid / axborot ta'siri / harbiy xizmatchilar / xavfsizlikka tahdid / manipulyatsiya

Аннотация научной статьи по компьютерным и информационным наукам, автор научной работы — Shamshiyev Ravshan Rustam O‘g‘li

Dunyo mamlakatlarida xalqaro terrorizm, diniy ekstremizm kabi xavf-xatarlar, milliy va global xavfsizlikka qarshi tahdidlar tobora ortib borayotgan bugungi kundagi murakkab davrda Qurolli Kuchlarimiz tizimida ham har bir harbiy xizmatchining professional bilim va malakasi, aqliy salohiyati, ruhiy tayyorgarligini oshirish, ularda vatanparvarlik fazilatlarini kamol toptirish, “ommaviy madaniyat” va internet tahdidlarini bartaraf etishda o‘ta muhim ahamiyatga egadir. Maqolada “ommaviy madaniyat” va internet tahdidlariни harbiy xizmatchilarga salbiy ta’siri va uning oqibatlari masalalari ko`rib chiqiladi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
Предварительный просмотрDOI: 10.5281/zenodo.14737123
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «OMMAVIY MADANIYAT VA INTERNET TAHDIDLARINIHARBIY XIZMATCHILARGA SALBIY TA’SIRI VA UNING OQIBATLARI»

OMMAVIY MADANIYAT VA INTERNET TAHDIDLARINI HARBIY XIZMATCHILARGA SALBIY TA'SIRI VA UNING

OQIBATLARI

Shamshiyev Ravshan Rustam o'g'li

Chirchiq oliy tank qo'mondonlik muhandislik bilim yurti Qurollanish va otish kafedrasi o'qituvchisi. https://doi.org/10.5281/zenodo.14737123

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi: 18- Yanvar 2025 yil Ma'qullandi: 20- Yanvar 2025 yil Nashr qilindi: 25- Yanvar 2025 yil

KEY WORDS

Ommaviy madaniyat, internet tahdidlari, tashqi va ichki tahdid, axborot ta'siri, harbiy xizmatchilar, xavfsizlikka tahdid, manipulyatsiya.

Dunyo mamlakatlarida xalqaro terrorizm, diniy ekstremizm kabi xavf-xatarlar, milliy va global xavfsizlikka qarshi tahdidlar tobora ortib borayotgan bugungi kundagi murakkab davrda Qurolli Kuchlarimiz tizimida ham har bir harbiy xizmatchining professional bilim va malakasi, aqliy salohiyati, ruhiy tayyorgarligini oshirish, ularda vatanparvarlik fazilatlarini kamol toptirish, "ommaviy madaniyat" va internet tahdidlarini bartaraf etishda o'ta muhim ahamiyatga egadir. Maqolada "ommaviy madaniyat" va internet tahdidlariHU harbiy xizmatchilarga salbiy ta'siri va uning oqibatlari masalalari ko^rib chiqiladi.

Bugungi kunda O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari qo'shinlarida harbiy

xizmatchilarning kasbiy mahorati, harbiy qism va bo'linmalarning jangovar qobiliyatini real

■ ^

oshirish, qo'shinlar jangovar va ma'naviy-ma'rifiy tayyorgarligini tashkillashtirish tizimini takomillashtirish borasida muntazam ishlar olib borilmoqda. Lekin bugungi kunda insoniyat ongu-shuuriga hamda ma'naviyatiga salbiy ta'sir qilayotgan ichki va tashqi ma'naviy tahdidlarga qarshi aholining turli qatlam vakillari, ayniqsa harbiy xizmatchilarda mustahkam mafkuraviy immunitet shakllantirish ishlarida psixologik omillarning o'rni va ahmiyatini chuqurroq va ilmiy jihatdan tadqiq qilinishi maqsadga muvofiqdir. Chunki insoning har qanday tahdidlar ta'siriga og'ishishida uning psixologik xususiyatlari, bilish jarayolari, irodaviy-emotsional holatlari, e'tiqodlari, manfaatlari, maqsadlari, extiyojlari, motivatsiyalari, ustanovkalari, yo'nalganligi va ijtimoiylashuvi kabi psixologik mexanizmlarini bilishimiz mazkur masaladgi ma'naviy-mafkuraviy profilaktika ishlarini ijtimoiy-psixologik bashoratimizni osonlashtiradi.

Shu urinda globallashuv jarayoni jahon hamjamiyatining turli jabhalarini, jumladan, iqtisodiyot, madaniyat va ijtimoiy munosabatlar sohalarini tubdan o'zgartirayotgan jarayondir. Bu jarayonda internet jahon hamjamiyati uchun asosiy axborot manbasi sifatida alohida o'rin tutadi. Biroq internetdan foydalanish jarayonida paydo bo'layotgan tahdidlar, xususan, axborot tashuvchilar orqali tarqatilayotgan manipulyatsiya, yolg'on ma'lumotlar, zo'ravonlik va ma'naviy buzuqlik, fuqarolar ongiga salbiy ta'sir ko'rsatmoqda. Bu ta'sirning ijtimoiy va pedagogik xususiyatlarini o'rganish dolzarb masala hisoblanadi.

ADABIYOTLAR SHARHI

Prezitdentimiz Sh.M.Mirziyoevning O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 32 yilligi va vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bayram tabrigida [1] "....Buyuk Amir Temur bobomiz aytganlaridek, g'alaba taqdirini avvalo qo'shinning jangovar ruhi va tayyorgarligi, ma'naviy qudrati va mustahkam irodasi hal qiladi." -deya ta'kidlaganlar. Jamiyatimiz aholisi ayniqsa, yoshlar orasida harbiy-vatanparvarlik va ma'naviy-ahloqiy tarbiyasini kuchaytirish, harbiy sohadagi qadriyat va an'analarimizni targ'ib etish, o'zlarining na'munali xizmatlari uchun askar va ofitserlarimizning zamon qahramonlari sifatidagi qiyofasini badiiy asarlar, spektakl va filmlar orqali keng yoritib berish borasida adib va shoirlarimiz, taniqli olimlar, ijodkor ziyolilar, madaniyat namoyandalari tomonidan samarali tarzda tashkil qilinmoqda. Shu o'rinda Prezitdentimiz Sh.M.Mirziyoevning O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 29 yilligi va vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bayram tabrigida [2] "....Jahonda mafkuraviy kurashlar keskin tus olayotgan, axborot makonida turli xavf-xatar va tahdidlar tobora ortib borayotgan hozirgi sharoitda barchamiz doimiy ogoh va sezgir, faol fuqarolik pozitsiyasiga ega bo'lishimiz kerak.." -deya ta'kidlaganlar. Internet tarmog'i orqali turli buzg'unchi g'oyalar, odob-axloqni yemiruvchi illatlar g'arazli maqsadlar yo'lida tarqatilayotgani shubhasiz. Shu ma'noda olganda, harbiy xizmatchilarning internet saytlari hamda ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish madaniyatini oshirish, ularni zararli axborotlar ta'siriga tushib qolishdan himoya qilish nihoyatda dolzarb masalaga aylandi.

TADQIQOT METODOLOGIYASI VA EMPIRIK TAHLIL

1) Bugungi kunda globallashuv jarayoni bilan bog'liq tobora keng yoyilib borayotgan "Ommaviy madaniyat" deb nom olgan madaniyatning harbiy xizmatchilarga ta'siri uning, uning ijobiy tomonlari bilan birgalikda uning salbiy tomonlariga ham alohida e'tibor berilmoqda.

Ommaviy madaniyat - bu jamiyatda keng tarqalgan, ommaviy axborot vositalari orqali targ'ib qilinadigan va omma tomonidan qabul qilingan madaniy qoidalar, odatlar va qadriyatlarning yig'indisidir. Uning ta'siri ijobiy ham, salbiy ham bo'lishi mumkin.

Harbiy xizmatchilar uchun ommaviy madaniyatning salbiy ta'siri quyidagilar orqali namoyon bo'ladi:

1. Ma'naviy qadriyatlarning zaiflashuvi: Ommaviy madaniyatda ko'pincha zo'ravonlik, mas'uliyatsizlik yoki haddan tashqari individualizm targ'ib qilinadi. Bu holatlar harbiy xizmatchilarning milliy qadriyatlarga va jamoaviy hamkorlikka bo'lgan munosabatiga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin.

2. Intizomning buzilishi: Harbiy xizmatchilar uchun intizom va jamoaviy hamkorlik muhim ahamiyatga ega. Ommaviy madaniyat esa shaxsiy manfaatlarni birinchi o'ringa qo'yishni targ'ib qilishi orqali bu tamoyillarga putur yetishiga sabab bo'lishi mumkin.

3. Maqsadsiz vaqt sarfi: Harbiy xizmatchilarning vaqtni ommaviy madaniyat ta'siridagi filmlar, ijtimoiy tarmoqlar yoki o'yinlarga sarflashi ularning professional faoliyatiga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin.

4. Shaxsiy identifikatsiyaning zaiflashuvi: Ommaviy madaniyat ta'sirida shaxsiy qadriyatlarning chetga surilishi yoki milliy urf-odatlarning yo'qolishi kuzatilishi mumkin.

"Ommaviy madaniyat" deb nom olgan xalqimiz tasavvurlariga, tarixiy-madaniy an'analariga, sharqona odob, axloq normalariga zid qarashlar, pornografik asarlar va

g'ayriaxloqiy asarlar bugun milliy madaniyatlarga, milliy o'zlikni anglashga katta xavf solmoqda.

"Ommaviy madaniyat" masalasiga chuqurroq nazar soladigan bo'lsak, u hozirgi kunda madaniy globallashuvning, madaniy ekspansiyaning, qolaversa, mafkuraviy tazyiqning eng xavfli quroliga aylanib bormoqda. Shuni e'tiborga olish lozimki "ommaviy madaniyat"da milliy qadriyat, milliy xususiyat va milliy tarixga asos yo'q. U milliy madaniyat, milliy an'ana, milliy xarakter yoki milliy mintalitet hamda milliy manfaat nima ekanligini bilmaydi.

Shu o'rinda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining quydagi fikrlari e'tiborimizni tortadi: "Tabiiyki, "Ommaviy madaniyat" degan niqob ostida axloqiy buzuqlik va zo'ravonlik, individualizm, egotsentrizm g'oyalarini tarqatish, kerak bo'lsa, shuning hisobidan boylik ortirish boshqa xalqlarning necha ming yillik an'ana va qadriyatlari, turmush tarzini ma'naviy negizlariga bepisandlik, ularning qo'porishga qaratilgan xatarli tahdidlar odamni tashvishga solmay qo'ymaydi[3]"

Hozirgi globallashuv sharoitiga kelib "ommaviy madaniyat" orqali milliy qadriyat va an'analar tizimini, tubdan o'zgartirishga harakat qilinmokda. Bu bilan globallashuv sharoitidagi "ommaviy madaniyat" ning ta'siri natijasida milliy madaniyatlarini o'ziga xosligining yuqolib borishi, kam sonli xalqlarning o'z tili va urf-odatlarini unitishi, hattoki, uning yuqolib ketishi holatlarini keltirib chiqaradi.

2) Bugungi murakkab davrda internetda foydali ma'lumot bilan birga zararli axborot ham keng tarqalmoqda. Ayniqsa, imon-e'tiqodga rahna soluvchi, dinu diyonatga putur yetkazuvchi va insonni zalolatga boshlaydigan materiallar avj olmoqda. Ayniqsa, ekstremistik oqimlar harbiy xizmatchilarni mutaassiblashtirish va ularning ongiga buzg'unchi qarashlarni singdirish holatlari kuchaymoqda. Bunday qaltis vaqtda harbiy xizmatchilarda aqidaparast g'oyalarga qarshi mafkuraviy immunitetni mustahkamlash va ularni g'oyaviy xatarlardan ogoh etish dolzarb vazifa bo'lmoqda.

Internet tahdidlari — bu kiberfazodagi xavflar bo'lib, ular shaxsiy ma'lumotlar, moliyaviy resurslar, shaxsiy hayot yoki kompaniyalar va davlat institutlarining ma'lumotlari xavfsizligiga zarar yetkazishi mumkin. Bu tahdidlar doimo rivojlanib boradi va zamonaviy texnologiyalar bilan yangi ko'rinishlarini olmoqda.

Internet tahdidlari harbiy xizmatchilarning shaxsiy hayoti, ruhiyati va xavfsizligiga jiddiy xavf tug'dirishi mumkin.

Quyidagi tahdidlar asosiylaridan sanaladi:

1. Yolg'on axborot va propaganda: Internetdagi yolg'on xabarlar va propaganda xizmatchilarning ongiga ta'sir ko'rsatib, ularning noto'g'ri qarorlar qabul qilishiga olib kelishi mumkin.

2. Kiberhujumlar: Harbiy ma'lumotlar yoki shaxsiy ma'lumotlar o'g'irlanishi natijasida davlat xavfsizligiga tahdid tug'ilishi mumkin.

3. Psixologik bosim: Internetdagi ekstremistik materiallar yoki bosim o'tkazuvchi kontent xizmatchilarning ruhiyatiga salbiy ta'sir qilishi mumkin.

4. Ijtimoiy tarmoqlarda ortiqcha vaqt o'tkazish: Bu holat xizmatchilarning diqqatini chalg'itib, xizmat vazifalariga e'tiborsizlikka olib kelishi mumkin.

5. Shaxsiy ma'lumotlarning oshkor bo'lishi: Internetda noto'g'ri platformalardan foydalanish natijasida shaxsiy ma'lumotlar boshqa shaxslar qo'liga o'tishi xavfi bor.

Globallashuv jarayoni axborot texnologiyalarining jadal rivojlanishi bilan yanada tezlashmoqda. Internet nafaqat ma'lumot tarqatish vositasi, balki turli pedagogik, madaniy va ijtimoiy jarayonlarning ta'sir ko'rsatish omillaridan biriga aylanib bormoqda. Biroq, internetning salbiy ta'sirlari, xususan, harbiy xizmatchilar ongiga yolg'on axborot, zo'ravonlik targ'iboti, axloqiy buzuqlik va boshqa tahdidlarning ta'siri, jamiyat barqarorligi va ma'naviy rivojlanishiga salbiy ta'sir ko'rsatmoqda.

Ommaviy madaniyat va internet tahdidlarining harbiy xizmatchilarga salbiy ta'siri quyidagi oqibatlarga olib kelishi mumkin:

1. Intizomning zaiflashuvi: Jamoaviy ish va shaxsiy mas'uliyatga bo'lgan munosabat o'zgaradi.

2. Xavfsizlikka tahdid: Davlat va harbiy sirlarning internet orqali tarqalishi xavfi

ortadi.

3. Ruhiy holatning yomonlashuvi: Ruhiy zaiflik va ishonchsizlik tufayli xizmatchilarning faoliyatiga salbiy ta'sir ko'rsatiladi.

4. Professional tayyorgarlikning pasayishi: Xizmatchilarning professional ko'nikmalari susayadi.

5. Jamoa o'rtasidagi munosabatlarning buzilishi: Xizmatchilarning bir-biriga bo'lgan ishonchi va hamkorlik ruhi zaiflashishi mumkin.

Ommaviy madaniyat va internet tahdidlarining salbiy ta'sirini kamaytirish uchun quyidagi choralar ko'rilishi lozim:

1. Ma'naviy-axloqiy tarbiya: Harbiy xizmatchilarni milliy va harbiy qadriyatlar asosida tarbiyalash, ularda yuksak ma'naviyat shakllantirish muhim ahamiyatga ega.

2. Axborot savodxonligini oshirish: Xizmatchilarga internetdan samarali va xavfsiz foydalanish bo'yicha maxsus treninglar o'tkazish zarur.

3. Kiberxavfsizlik choralari: Harbiy ma'lumotlarni himoya qilish uchun zamonaviy IT texnologiyalardan foydalanish.

4. Internet faoliyatini nazorat qilish: Xizmatchilarning internetdan foydalanish jarayonini muvofiqlashtirish va zararli kontentdan himoya qilish choralarini kuchaytirish.

5. Psixologik qo'llab-quvvatlash: Harbiy xizmatchilarga psixologik yordam ko'rsatish tizimini takomillashtirish.

6. Turli xo'jalik va ijtimoiy tadbirlar tashkil etish: Xizmatchilarni faol mashg'ulotlarga jalb qilish orqali ularning internetda ortiqcha vaqt o'tkazishining oldini olish mumkin.

Ommaviy madaniyat va internet tahdidlari zamonaviy dunyoda harbiy xizmatchilar uchun jiddiy xavf tug'dirmoqda. Bu tahdidlarning oldini olish uchun milliy qadriyatlarni saqlash, axborot savodxonligini oshirish va kiberxavfsizlikni ta'minlash muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, ularning ruhiy barqarorligini ta'minlash uchun psixologik yordam tizimini kuchaytirish lozim. Shundagina harbiy xizmatchilarning ma'naviy barqarorligi va professional samaradorligini oshirishga erishish mumkin.

1. Sh.M.Mirziyoevning O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 32 yilligi va vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bayram tabrigi.

XULOSA

References:

2. Sh.M.Mirziyoevning O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 29 yilligi va vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bayram tabrigi.

3. www.uza.uz. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 15 iyun kuni "Ijtimoiy barqarorlikni ta'minlash, muqaddas dinimizni sofligini asrash - davr talabi" mavzusidagi anjumanda so'zlagan nutqidan.

4. Mirziyoev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O'zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz T.: O'zbekiston. 2016 14-b.

5. Mirziyoev Sh.M. Niyati ulug' xalqning ishi ham ulug', hayoti yorug' va kelajagi farovon bo'ladi. "O'zbekiston" 2019.

6. Tashmetov T.X. Milliy g'oyani yoshlar ongiga singdirishning zamonaviy usullari. 326- 331 b. 2020.

7. Tashmetov T.X. Yoshlarda Mafkuraviy immunitetni shakllantirishda ta'lim tarbiyaning o'rni. ARES 2021 1046-1051 b.

8. Tuychiev B. va boshqalar Milliy g'oya: O'zbekistonni rivojlantirish strategiyasi. O'quv qo'llanma. 2022

9. I.Ergashev va boshqalar. Milliy g'oya va targ'ibot texnologiyalari // - T. "Maashhurpres". 2018

10. Алломуротов Ш.А. Гловаллашув асослари. Термиз, 2014. -B. 120..

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.