Научная статья на тему 'OLXO’RI NAVLARINI XO’JALIK-BIOLOGIK XUSUSIYATLARI VA ISTIQBOLLI NAVLARNI TAVSIFI'

OLXO’RI NAVLARINI XO’JALIK-BIOLOGIK XUSUSIYATLARI VA ISTIQBOLLI NAVLARNI TAVSIFI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
olxo’ri / nav / xo’jalik-biologik xususiyat / hosildorlik / fenologik faza / mevalarni tashishga moyilligi.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Xalmirzayeva Lola Baxromovna, Abduqadirova Go‘Zal Axmadjon Qizi

Maqolada olxo’rining yangi navlarining xo’jalik-biologik xususiyatlari Samarqand viloyati sharoitida o’rganilganlagi haqidagi ma`lumotlar keltirilgan. Natijada, Black Diamond, Early Fortune va Prezident navlari ajratib olinib, ishlab chiqarish uchun tavsiya qilinadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «OLXO’RI NAVLARINI XO’JALIK-BIOLOGIK XUSUSIYATLARI VA ISTIQBOLLI NAVLARNI TAVSIFI»

OLXO'RINAVLARINIXO'JALIK-BIOLOGIKXUSUSIYATLARI VA ISTIQBOLLI

NAVLARNITAVSIFI

Xalmirzayeva Lola Baxromovna

dotsent,

Abduqadirova Go'zal Axmadjon qizi

Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti

lolaxal09@smail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.11517320

Annotasiya. Maqolada olxo'rining yangi navlarining xo'jalik-biologik xususiyatlari Samarqand viloyati sharoitida o'rganilganlagi haqidagi malumotlar keltirilgan. Natijada, Black Diamond, Early Fortune va Prezident navlari ajratib olinib, ishlab chiqarish uchun tavsiya qilinadi.

Kalit so'zlar: olxo'ri, nav, xo'jalik-biologik xususiyat, hosildorlik, fenologik faza, mevalarni tashishga moyilligi.

Аннотация. В статье приведётся изученное хозяйственно-биологические характеристики новых сортов сливы выращиваемые в условиях Самаркандской области. В результате выделены и рекомендованы к производству сорта Black Diamond, Early Fortune и Президент.

Ключевые слова: слива, сорт, хозяйственно-биологическая характеристика, урожайность, фенологическая фаза, транспортабельность плодов.

Abstract. The study of the economic and biological characteristics of new plum varieties in the Samarkand region conditions. As a result, the varieties Black Diamond, Early Fortune and President were selected and recommended for production.

Key words: plum, variety, economic and biological characteristics, yield, phenological phase, fruit transportability.

Dunyo bo'yicha olxo'rining 250 dan ortiq turi mavjud bo'lib, ularning hammasi ham mazali va foydali hisoblanar ekan. O'lxo'ri o'zida ko'pgina vitamin va minerallarni saqlab, kaloriyasi pastligi sabab dietologlar uni kunlik ratsionimizda iste'mol qilishni tavsiya qiladi.

Hozirgi vaqtda olxo'ri dunyoning barcha mo'tadil iqlimli mamlakatlarida yetishtiriladi. Olxo'ri yetishtiruvchi yirik davlatlar Xitoy, Serbiya, Ruminiya, Chili, Eron, AQSh, Turkiya, Ispaniya, Hindiston va Italiyadir. Xitoy dunyodagi eng yirik olxo'ri ishlab chiqaruvchisidir.

Respublikamizda olxo'rizorlarning maydoni 2021 yilda 15,5 ming gektarni tashkil qilgani holda, yalpi hosil - 143,4 ming tonnani tashkil qildi [1]. Shu bilan birga, mamlakatimiz katta eksport salohiyatiga ega bo'lib, yangi navlarni ekib yetishtirish, ularni sifatli saqlab, xaridorlarga yetkazib berish evaziga, daromadni yana bir necha marta oshirish mumkin. Bu bir jihatdan olxo'ri navlarini to'g'ri tanlashga bog'liq, chunki olxo'ri ko'pincha transportda tashishga yaroqsiz bo'lganligi uchun uni yangi uzilgan holida kamdan-kam xorijiy mamlakatlarga eksport qilinadi [2, 3]. Ushbu omilni inobatga olib, tadqiqotimizda olxo'ri navlarini transportda tashishga moyil bo'lganlarini tanlash hamda ishlab chiqarish uchun maqbul bo'lganlarini qisqacha ta'rif bergan holda tavsiya qilishdir.

Tadqiqotlar Samarqand viloyatining tekislik mintaqasida (Samarqand viloyati Samarqand tumani) o'tkazildi. Olxo'ri navlari asosiy xorijdan introduksiya qilingan bo'lib, ular quyidagilar -Prezident, Generalskaya, Alenushka, Yevraziya 21, Siniy dar, Early Fortune va Black Diamond.

Har bir navga 3 tadan daraxt to'g'ri keladi, payvandtagi yovvoyi tog'olcha urug'ko'chati hisoblanadi. Tadqiqotlar umume'tirof qilingan uslubiy ko'rsatmalar asosida o'tkazildi [4, 5]. Shu bilan birga, olxo'ri mevalarini transportda tashishga moyilligi ko'rsatkichlariga baho berildi. Bunda mevalar qutilarga solingan holda, maxsus uskuna yordamida silkitib turildi. Shundan so'ng mevalarga texnik baho berildi [6].

Tadqiqot natijalariga muvofiq, olxo'ri mevalari Samarqand viloyati sharoitida yaxshi o'sib rivojlanadi. Shu bilan birga yangi olib kelingan navlarni o'rganish asnosida ishlab chiqarish uchun muqobil bo'lgan navlarni ajratish imkonini berdi.

Olxo'ri navlarining fenologik fazalarini o'tishini o'rganish shuni ko'rsatadiki, Prezident navi 3 aprelda gullash jarayonining boshlanishi kuzatilgan bo'lsa, eng kech gullashni boshlanishi Black Diamond navida kuzatildi. Ob-havoning tezda isib ketishi, namlikni pasayishi evaziga barcha navlarda qiyg'os gullash fazasi tezda kelishi aniqlandi. Bu holat barcha navlarda kuzitilgan bo'lib, gullashni boshlanishi va qiyg'os gullash fazalari o'rtasida o'rtacha 2-4 kun vaqt o'tdi. Gullash davrining umumiy davri turlicha bo'lganligi sababli, gullash fazasini tugashi har xil muddatlarda kuzatildi. [7] (jadval).

Olxo'ri mevalarini pishish muddati nav xususiyatlariga bog'liq bo'lib, o'rta muddatida va kech muddatda pishadigan navlarga shartli ravishda bo'lindi. Bunda o'rtapishar olxo'ri navlariga Yevraziya 21, Generalskaya, Alenushka hamda kechpishar navlarga esa Siniy dar, Prezident, Early Fortune, Black Diamond kiritildi. O'z navbatida, olxo'ri navlarining bir tupdan olinadigan hosili tadqiqotimizda mevalarning pishish muddatlariga bog'liq bo'lganligini aniqladik. Buning natijasida, bir tupdan o'rtacha hosil Yevraziya 21 navida 62 kg ni, Black Diamond navida esa 114 kg ga yetdi.

Jadval.

Turli olxo'ri navlarining Samarqand viloyati sharoitidagi fenologik fazalarini o'tishi, hosildorligi va transportda tashishga moyilligi (2023-2024 yy.).

Nav nomi Gullash muddati Mevalarni pishish Hosildor-lik, Transportda

muddati kg/tup tashishga

B* Q. T. B. T. moyil

Prezident 3/IV 6/IV 14/IV 3/IX 25/IX 94 +

Generalskaya 14/IV 18/IV 23/IV 14/VII 4/IX 73 -

Alenushka 4/IV 8/IV 16/IV 18/VII 2/VIII 77 +

Yevraziya 21 9/IV 11/IV 23/IV 5/VII 18/VII 62 -

Siniy dar 19/IV 21/IV 30/IV 11/VIII 29/VIII 87 +

Early Fortune 22/IV 26/IV 13/V 4/IX 19/IX 103 +

Black Diamond 27/IV 29/IV 11/V 16/VIII 10/IX 114 +

EKF05 0,48

Izoh: * - B. - gullashni va meva pishishini boshlanishining kalendar sanasi, T. - gullash va mevapishishining tugashi muddati, Q. - qiyg'os gullash muddati.

Early Fortune, Black Diamond kiritildi. O'z navbatida, olxo'ri navlarining bir tupdan olinadigan hosili tadqiqotimizda mevalarning pishish muddatlariga bog'liq bo'lganligini aniqladik. Buning natijasida, bir tupdan o'rtacha hosil Yevraziya 21 navida 62 kg ni, Black Diamond navida esa 114 kg ga yetdi.

O'rganilgan olxo'ri navlarining faqatgina ikkitasi - Generalskaya va Yevraziya 21 mevalarni transportda tashishga moyil emas. Qolgan navlar jahon mamlakatlari orasida turli xildagi transport vositalarida uzoq muddatli tashuvga chidamli ekanligi tajribadan aniqlandi.

Tadqiqotlar natijalariga muvofiq, Black Diamond, Early Fortune va Prezident navlari ajratib olinib, ishlab chiqarish uchun tavsiya qilinadi. Ushbu navlarning qisqacha tavsifi quyidagicha:

Black Diamond. Universal nav bo'lib, kechpishar, yuqori hosilli olxo'ridir. Mevalari avgust oyining ikkinchi yarmi - sentyabr oyining boshlariga to'g'ri keladi. Mevasi yirik, po'sti o'rtacha qalinlikda, to'q-siyohrang, oq nuqtalari sezilib turadi. Meva eti karsillaydigan, sersuv, shirin, birozgina nordonligi seziladi, danagi kichik.

Early Fortune. Eksportbop olxo'ri navi, kechpishar, hosili bir tupdan o'rtacha 100-105 kg ni tashkil qiladi. Mevalari sentyabr oyida pishadi, ular yirik, yumaloq shaklda, po'sti to'q-qizil yoki siyohrang bo'lib, eti sersuv, juda shirin, nordonligi umuman bilinmaydi, danagi etidan oson ajraladi.

Prezident. Universal olxo'ri navi. Mevalari o'rtacha-yirik bo'lib, ular asosan sentyabr oyining o'rtalarida pishadi. Hosildorligi bir daraxtdan o'rtacha 90-96 kg bo'lib, mevalari o'rtacha kattalikda, po'sti yupqa, silliq, siyohrangda, meva eti tig'iz, shirin ta'mli, danagi etidan ajraladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. "2021 yilda qishloq xo'jaligi ekinlarining ekin maydoni, bog'lar, uzumzorlar maydoni, yalpi hosil va hosildorlik". Davlat statistika qo'mitasi Qishloq xo'jaligi va ekologiya statistikasi boshqarmasi. Тошкент - 2022. - Б.144-147.

2. Солонкин А. В., Александрова Т. И. Биологические особенности и хозяйственно-ценные признаки сортов сливы домашней в условиях Нижнего Поволжья // Нива Поволжья. - 2021. - №. 1 (58). - С. 11-16.

3. Заремук Р. Ш., Богатырёва С. В. Сорта сливы домашней селекции СКЗНИИСиВ // Плодоводство и виноградарство Юга России. - 2013. - №. 21. - С. 46-53.

4. Программа и методика сортоизучения плодовых, ягодных и орехоплодных культур. - Орел: Всерос. научно-иссл. инс. селекции плодовых культур, 1999. - С. 127-149.

5. Программа и методика сортоизучения плодовых, ягодных и орехоплодных культур. Под ред. Г.А. Лобанова. - Мичуринск, 1973. - С. 23-87.

6. Botirov, A. E., Xalmirzayeva, L. B., & Allaberdiev, X. G. U. (2023). Zaytun: botanikasi va fiziologiyasi. Academic research in educational sciences, 4(2), 68-71.

7. Умурзоков, Э. У., Комилова, М. М., & Халмирзаева, Л. Б. (2018). Влияние органоминеральных удобрений на качество саженцев унаби. In INTERNATIONAL INNOVATION RESEARCH (pp. 106-108).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.